Научная статья на тему 'YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI'

YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
916
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik ta’lim / biosfera / ekotizim / tabiiy resurslar / antropogen omillar. / ecological education / biosphere / ecosystem / natural resources / anthropogenic factors.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — N. Teshaboyev, A. Xalilov, Z. Sheraliyeva

Ekologik tarbiya – shaxsda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim, jismoniy, ruhiy, ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy pedogogik jarayon. Bu jarayonda yuqorida ta’kidlanganidek, xalqimizning amaliy urf-odatlari va qolaversa, oila muhiti muhim o‘rin tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN YOUNG PEOPLE

Ecological education is a continuous psychological, moral and educational pedagogical tendency aimed at the formation of the environmental culture of the individual. At the same time, folk customs and traditions, as well as the environment for human upbringing, play an important role.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich Xalilov Abrorjon

Farg'ona davlat universiteti Zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchilari Sheraliyeva Ziyoda Avazbek qizi

Dorivar o'simliklar yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7308779

Annotatsiya. Ekologik tarbiya - shaxsda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim, jismoniy, ruhiy, ahloqiy, ma'naviy-ma'rifiy pedogogik jarayon. Bu jarayonda yuqorida ta'kidlanganidek, xalqimizning amaliy urf-odatlari va qolaversa, oila muhiti muhim o'rin tutadi.

Kalit so'zlar: ekologik ta'lim, biosfera, ekotizim, tabiiy resurslar, antropogen omillar.

ФОРМИРОВАНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ У МОЛОДЕЖИ

Аннотация. Экологическое воспитание - практическое воспитание, физический, умственный, нравственный, духовно-воспитательный педагогический процесс, направленный на формирование у человека экологического сознания и культуры. В этом процессе, как было сказано выше, большую роль играют практические традиции нашего народа и, тем более, семейная среда.

Ключевые слова: экологическое образование, биосфера, экосистема, природные ресурсы, антропогенные факторы.

FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN YOUNG PEOPLE

Abstract. Ecological education is a continuous psychological, moral and educational pedagogical tendency aimed at the formation of the environmental culture of the individual. At the same time, folk customs and traditions, as well as the environment for human upbringing, play an important role.

Key words: ecological education, biosphere, ecosystem, natural resources, anthropogenic factors.

KIRISH

Bugungi kunda atrof-muhitni sog'lomlashtirish, aholini ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, biologik xilma-xillikni asrash, iqlim o'zgarishlarining oldini olish dolzarb muammolar hisoblanadi va ularni ijobiy hal qilish insoniyatning kelgusi taraqqiyotini belgilaydi. Yoshlarda yer sayyorasi haqidagi tasavvurlar, o'z yashash muhiti to'g'risidagi bilimlar, tabiat va insonlarni o'zaro uzviy bog'liqligi haqidagi ilmiy-nazariy dunyoqarashlar, ekologik tizimlar, ularning paydo bo'lishi, evolyutsion rivojlanishi, antropogen o'zgarishi, milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari, amaliy ekologik ko'nikma va malakalar, atrof-muhitni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish ularni tanlagan kasblariga qarab ekologik ta'lim va tarbiya shakllantiriladi va rivojlantiriladi.

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga doir kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko'rib chiqish ekologik qonunchilik bazasini har tomonlama tahlil qilish va uni amaliyot bilan bog'lash mexanizmini yaratish, milliy ekologik ta'limning majburiylik prinsipini amalda qo'llash, ekologik ta'limni barqaror rivojlanish qoidalariga mos ravishda qayta ko'rib chiqish kabi masalalarni xal etishga undaydi. Hozirgi vaqtda ekologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning yashashiga yordam berishdir, chunki antropogen omillarning tabiatga salbiy ta'sir qilishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kuchayib bormoqda, natijada jamiyat va tabiat orasidagi muvozanat buzilib, atrof-muhitga salbiy ta'sir kuchaymoqda. Havo, suv, tuproq turli chiqindilar bilan ifloslanmoqda, ekotizimlar buzilishi natijasida ekologik inqirozlar kelib chiqmoqda. Hozirgi ekologik ta'lim orqali vujudga kelayotgan ekologik madaniyat - turmushning barcha yo'nalishlarida, ma'naviyatga va ekologik siyosatga amal qilishdir. Ekologik madaniyat doim o'zgarib va rivojlanib turuvchi insoniyatning tabiatga odamiylik bilan javob berishidir. Yuksak ekologik madaniyatli inson biosferada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish orqali munosabatda bo'lishdir. Ekologik madaniyat - bu insoniyat tomonidan tabiat va jamiyat birligini va taqdirini tushunishdir. Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishning yo'llaridan biri yuqori samara beradigan tabiiy resurslar bilan bir qatorda, kam, samaralilaridan ham foydalanishdir. Yer osti boyliklaridan asosiy elementlar bilan birga uchraydigan boshqa ma'danlarni ham ajratib olib, ma'dansiz chiqindilarni xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida ishlatish, ya'ni chiqindisiz texnologiyaga erishish, dehqonchilikda unumsiz, notekis, botqoq, sho'rxok va toshloq yerlarni xo'jalik ehtiyojlari uchun yaroqli holga keltirish bunga misol bo'la oladi. Jamiyatning ekologik madaniyati uning tabiatga nisbatan aqlli munosabati ko'rsatkichi yoki indikatoridir.

METOD VA METODOLOGIYA

Ekologik madaniyat bu tabiatga imkoni boricha zarar keltirmaslik, tabiat va jamiyat taqdiri birligini tushunishdir. Yoshlarda tabiatdan uning boyliklariga zarar yetkazmazmagan holatda foydalanish kerakligini o'rgatish ekologik ta'lim tarbiyaning asosi hisoblanadi. Bunday maqsadlarga erishda Oliy o'quv yurtlarida turli kasb egalari uchun alohida dasturlar, metodik qo'llanmalar yaratilgan bo'lib, ularda har bir mutaxassislik bo'yicha tabiatga salbiy ta'siri, atrof - muhit muhofazasi muammolari o'z aksini topgan bo'lishi zarur. Yoshlarda ekologik ta'lim tarbiya masalariga chuqur yondoshishda maxsus ekologik ta'lim tarbiya dasturi va metodik qo'llanmalar asosida amalga oshiriladi.

Ekologik ta'lim va tarbiya olgan mutaxassislarda atrof-muhitning tuzilishi, unda bo'lib o'tayotgan voqealar, ekologik o'zgarishlar hamda xalq xo'jaligining turli tarmoqlaridan chiqayotgan chiqindilarni yig'ish, qayta ishlash bilan zararli moddalar miqdorini kamaytirish, tabiatni saqlash borasidagi ilg'or tajribalarni umumlashtirish va keng joriy qilish, tabiiy boyliklardan foydalanishda isrofgarchilikka yo'l quymaslik, natijada atrofmuhit muhofazasini yuqori darajada olib borishda turli yoshdagi, kasbdagi aholini jalb qila bilish bilimi va mahorati bo'lishi kerak.

Ekologik ta'lim va tarbiyani amalga oshirishda turli aholi guruxdarini atrofmuhit muammolarini hal kilish uchun o'qitish va qayta o'qitish kurslarida, fakultetlarida "Ekologik ta'lim asoslari", "Atrof-muhit", "Atrof-muxitning dolzarb muammolari", "Atrof-muhitning tozaligi va inson salomatligi", "Tabiat va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish", "Ekologiya va yoshlar tarbiyasi", "Qishloq xo'jaligi ekologiyasi", "Ijtimoiy ekologiya", "Avtotransport va atrof-muhit", "Kimyo va tabiat" kabi qisqa kurslar ma'lum o'quv dasturlari asosida o'tiladi. Shu bilan bir qatorda, turli xo'jaliklar, korxonalarga ekskursiyalar va tajribali dehqonlar, ishchi-texnik-muhandislar bilan uchrashuvlar tashkil qilib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash vositasida turli guruhdarga atrof-muhitni o'rganishga, undagi ekologik salbiy holatlarni tuzatishga qiziqish uygotish mumkin.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Ekologik ta'lim va tarbiyani olib borishda ommaviy axborotning roli juda katta. Birgina televideniye orqali ekologik mazmundagi ko'rsatuvlarning doimiy ravishda berib borilishi aholi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ayniqsa, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga ekologik ta'lim-tarbiya berish orqali ularda yuksak ekologik ong, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhit muhofazasi, biologik xilma-xillikni muhofaza qilishdek yuksak vazifalarni bajarishga hissa qo'shish zarur. Halqimizni milliy hamda diniy qadriyatlari shaxsiy gigena, tozalik va ozodalikdan tortib o'zi yashab turgan joyini turli xil chiqindilar bilan ifloslantirmaslik, tabiat ne'matlarini isrof qilmaslik, atrofni ko'kalamzorlashtirishni keng targ'ib etadi. Ushbu tushunchalar insonlarning yoshligidanoq o'z oilasidagi keksa avlod vakillari tomonidan ular ongiga singdirib boriladi. Demak insonda dastlabki tushunchalar o'z oilasi paydo bo'ladi. Keyinchalik tushunchalar bog'cha, maktab, litsey, kollej, oliy o'quv yurtlarida kengaytiriladi va rivojlantiriladi.

Ekologik tarbiyaning keyingi rivojlanishi va samarasi eng avvalo oilada qo'yilgan poydevorga bog'liq ekanligini bugun hayotning o'zi yaqqol ko'rsatib turibdi. Global miqyosda ekologik muammolar yanada kuchayib, uning ta'siri O'zbekistonda ham yaqqol sezilayotgan, insoniyatning atrof - muhitga bo'lgan salbiy ta'siri yanada ortib borayotgan, tabiat ne'matlaridan ayovsiz foydalanilayotgan bugungi sharoitda bu yanada dolzarblik kasb etadi.

Ekologik tarbiya - shaxsda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim, jismoniy, ruhiy, ahloqiy, ma'naviy-ma'rifiy pedogogik jarayon. Bu jarayonda yuqorida ta'kidlanganidek, xalqimizning amaliy urf-odatlari va qolaversa, oila muhiti muhim o'rin tutadi. Har bir oilada yoshi kattalar ommaviy axborot vosilari, gazeta va jurnallarda ekologik madaniyatni shakllantirish, hayvonot va qushlar dunyosi, o'lkashunoslik, ekoturizm kabi mavzularidagi film va ko'rsatuvlarni o'z farzandlari bilan birga ko'rib, muhokama qilishlari hamda ona tabiat qo'ynida amaliy ishlarni bajarish, yani bog'lar yaratish, turli daraxt va gul ko'chatlari o'tqazish, uy hayvonlarini parvarishlash, tomorqada turli - xil ekinlarni yetishtirish orqali yosh avlodda ekologik ta'lim tarbiya asosli ravishda shakllantirilishi mumkin. Tomchilardan yig'ilib, dengiz bo'ladi degan naqlga muofiq ekologik sohasida qilinayotgan kichik - kichik ishlar yig'ilib, pirovord natijada o'lkamiz tabiati musaffoligini saqlab qolishda va keogusi avlodlarga yetkazishda muhim omil bo'ladi. Keksa avlodning oilada yurish-turishi, hatti-harakati, pand-nasihati, hayotiy, tajribasi shu oilada o'sayotgan yosh avlodga o'rnak va ibrat bo'ladi.

XULOSA

Zero "Qush uyasida ko'rganini qiladi" degan maqol bejizga aytilmagan. Yoshlarda ta'lim tarbiya, ekologik madaniyatning yanada oshishida keksa avlodlarning o'rni beqiyos, ularning bilim va tushunchalari yoshlarning ekologik ongi va ekologik madaniyatini yanada yuksalishida o'rnak va ibratdir.

REFERENCES

1. KogupoB, TemaGoeB, H., TemaGoeBa, M., AGgyraaeBa, r., & MyxTopoB, ffl. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

2. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. N Teshaboyev, M Teshaboyeva, Z Sheraliyeva.. .KUZGI BUG 'DOYNI ASRNAVI HOSILDORLIGIGA URUG 'EKISH MUDDATLARINI TA'SIRI

4. - Science and innovation, 2022

5. Эшпулатов Ш., Тешабоев Н., Мамадалиев М. ИНТРОДУКЦИЯ, СВОЙСТВА И ВЫРАЩИВАНИЕ ЛЕКАРСТВЕННОГО РАСТЕНИЕ СТЕВИЯ В УСЛОВИЯХ ФЕРГАНСКОГО ДОЛИНЫУ/EurasianUnionScientists. - 2021. - Т. 2. - №. 2 (83). - С. 37-41.

6. Тешабоев, Нодирбек Икромжонович; Бобоев, Бахромжон Кенжаевич. ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВА ЗЕРНОПРОИЗВОДСТВА НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ УРОЖАЯ. OOO «Science and innovation»2022. - 31-34с.

7. Тешабоев, Нодирбек; Абдурахимова, Мухабатхон; Эшпулатов, Алишер; Мах,камова, Дилёра. ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY:// RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. - 2021.

8. Жамолов, Р., Абдуллаева, Г., Х,айдарова, Н., & Тешабоев, Н. (2021, August). THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1334. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

9. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY. In Конференции.

10. Тургунов, А., Тешабоева, М., & Мамажонова, Н. (2014). ПОТРЕБНОСТЬ РАСТЕНИЙ В БИОПРОДУКТАХ. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 126-128).

11. Teshaboyev, N., Muqimov, Z., & Abduraximova, M. (2021, July). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS. In Конференции.

12. Тешабоев, Н., Мамадалиев, М., Абдуллаева, Г., & Матмисаева, Ш. (2021, August). FIGHT AGAINST THE SPIDER IN THE FIG: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1400. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

13. Nodirbek, T., Muhammadkarim, M., & Zohidjon, M. (2021). Natural screen sanded sands field water capacity. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 1080-1082.

14. Турсунов, С., Тургунов, А., Тешабоева, М., & Ашуров, Х. (2014). ОПЫТ ВЫРАЩИВАНИЯ ДВУХ УРОЖАЕВ С ОДНОГО ПОЛЯ ЗА ОДИН ГОД. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 70-42).

15. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

16. Kodirov, J., Teshaboyev, N., Teshaboyeva, M., Abdullayeva, G., & Muxtorov, S. (2021, July). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES. In Конференции.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.