Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARDA EKOLOGIK BILIM VA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARDA EKOLOGIK BILIM VA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
501
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
atrof-tabiat / ekologik ta’lim – tarbiya / jonli va jonsiz tabiat / tabiiy boyliklar / tabiiy resurslar / yer / suv / hayvon / o’simlik / tirik organizam / ekologik savodxonlik / ekologik ong. / environment / environmental education education / wildlife and inanimate nature / natural resources / land / water / animal / plant / living organism / environmental awareness / environmental awareness.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — J. Mamaxonova

Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchi yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish, tabiat haqidagi bilimlarini mashg‘ulotlarda shakllantirish,ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, badiiy ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, bolalarda jonli va jonsiz tabiat haqida tushunchalarni rivojlantirish, axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish, tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning o‘ziga xosligi, bolalarni tabiatga bo’lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va amaliy mashg’ulotlarni tog’ri tashkil etish bo’yicha uslubiy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL METHODOLOGICAL BASIS OF THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL KNOWLEDGE AND CULTURE IN PRIMARY CLASS STUDENTS

This article deals with the ecological education of children of primary school age, the formation of their knowledge about nature in activities, the organization of educational activities, the formation of artistic and creative abilities, the development of children's ideas about living and inanimate nature, the formation of moral and aesthetic qualities, nature. recommendations on the originality of the organization of educational work, the development of children's interest in nature and creative abilities, the correct organization of practical classes.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARDA EKOLOGIK BILIM VA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARDA EKOLOGIK BILIM VA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

Mamaxonova Jumagul

-Andijon Davlat Universiteti "Boshlang'ich ta'lim pedagogika "kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7257745

Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchi yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish, tabiat haqidagi bilimlarini mashg'ulotlarda shakllantirish,ta'lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, badiiy ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, bolalarda jonli va jonsiz tabiat haqida tushunchalarni rivojlantirish, axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish, tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlarini ta'lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning o'ziga xosligi, bolalarni tabiatga bo'lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va amaliy mashg'ulotlarni tog'ri tashkil etish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: atrof-tabiat, ekologik ta'lim - tarbiya, jonli va jonsiz tabiat, tabiiy boyliklar,tabiiy resurslar, yer,suv,hayvon,o'simlik,tirik organizam,ekologik savodxonlik,ekologik ong.

ТЕОРЕТИКО-МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ЗНАНИЙ И КУЛЬТУРЫ У ШКОЛЬНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССОВ

Аннотация. В данной статье речь идет об экологическом воспитании детей младшего школьного возраста, формировании у них знаний о природе в деятельности, организации воспитательной деятельности, формировании художественно-творческих способностей, развитии у детей представлений о живой и неживой природе, формировании нравственно-эстетических качеств, природы Методические рекомендации на своеобразие организации воспитательной работы, развитие у детей интереса к природе и творческих способностей, правильную организацию практических занятий.

Ключевые слова: окружающая среда, экологическое образование - образование, живая и неживая природа, природные ресурсы, земля, вода, животное, растение, живой организм, экологическая грамотность, экологическое сознание

THEORETICAL METHODOLOGICAL BASIS OF THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL KNOWLEDGE AND CULTURE IN PRIMARY CLASS STUDENTS

Abstarct. This article deals with the ecological education of children of primary school age, the formation of their knowledge about nature in activities, the organization of educational activities, the formation of artistic and creative abilities, the development of children's ideas about living and inanimate nature, the formation of moral and aesthetic qualities, nature. recommendations on the originality of the organization of educational work, the development of children's interest in nature and creative abilities, the correct organization of practical classes.

Keywords: environment, environmental education - education, wildlife and inanimate nature, natural resources, land, water, animal, plant, living organism, environmental awareness, environmental awareness.

Agar chag va g'ubor bo'lmasa insonlar mingyilyashar edi

Ibn Sino

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KIRISH

Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlar asosida o'quvchilarga fanlararo ekologik tarbiyani oshirish, ekologik tarbiyani umumkasbiy fanlar yuzasidan o'rganish hamda umum kasbiy fanlar nuqtai nazaridan taxlil qilishda ekologik mazmundagi mavzular bilan tanishishda umumkasbiy fanlararo bog'lanishni bosqichlar aro amalga oshirishda;"Boshlang'ich ta'lim" mutaxassisligining umumkasbiy fanlar yordamida ekologik tarbiyani o'rganilishida, ekologik tarbiyaning pedagogik jihatdan nazarga olinishida; bolalarda tabiatga nisbatan muxabbat va g'amxo'rlik tuyg'ulari oila va maktabda tarbiyalanishi ,bolalarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashni yoshlikdan boshlash zarurligini mashhur kishilar xam o'z asarlarida ta'kidlab o'tishgan. A.S.Makarenko «Tarbiya to'g'risida ma'ruzalar» nomli kitobida shunday yozadi: «Siz bola bilan gaplashayotganigizda yoki unga biror narsani ko'rsatayotganingizda unga tarbiya berayapman deb o'ylamang. Bolalarni haqiqiy muallifligingiz ostida tarbiyalaysiz». Bolalarga ekologik tarbiya berishda ular ko'z oldida sodir bo'layotgan jonli, chiroyli misollarni keltirish lozim. Oilada aytilayotgan har bir so'z, har bir ohang, har bir qilinayotgan ishni bola to'g'ri qabul qiladi va shu muhit bola uchun ideal holat hisoblanadi.

So'ngi yillarda dunyo bo'yicha ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida juida kattaXususan, Respublikamizda ekologik muammolarni bartaraf etish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash, barcha aholida ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida ekologik ta'lim-tarbiyani uzluksiz ta'lim tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida qarash va ta'lim tizimi jarayoniga keng joriy etishning ya'ni barcha ta'lim turlarida ekologiya fanini o'qitishning muhimligini anglatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan "O'zbekiston Respublikasining Ekologik ta'limni rivojlantirish Kontseptsiyasi" ishlab chiqildi (Mirziyoev, 2019). O'zbekiston Respublikasining ekologik ta'limtizimini rivojlantirish kontseptsiyasiga ko'ra, o'sib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong, madaniyat va tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish hamda ekologik ta'lim-tarbiya jarayonini tizimli va samarali tashkil etish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni jahonning ilg'or innovatsion texnologiyalarini jalb etgan holda yanada takomillashtirish asosiy maqsad etib qabul qilingan ishlar amalga oshirilmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishida faoliyat yuritayotgan pedogok o'qituvchilarning o'quv rejasida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan unumli foydalanish masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Shuning uchun ekologik ta'lim - tarbiya ishlarini to'g'ri amalga oshirish jamiyatning, har bir insonning hayotiy zaruratiga aylanib borishi davr taqozosidir. Yerdagi tabiiy manbalarni asrab-avaylashning eng muhim vositalaridan biri- o'sib kelayotgan yosh avlodni tabiatni asrashga oid ekologik bilimlardan xabardor qilish, ularga ekologik tarbiya berish hamdir. Tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, uning boyliklaridan unumli foydalanish, tevarak-atrofdagi muhitni yaxshilash, uning buzilishiga, ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, tabiatga nisbatan axloqiy shu bilan birga qimmatli xatti-harakatlarni olib borish malaka va ko'nikmalari esa bolalikdan rivojlantirilsagina maqsadga erishish mumkin. Ayni maqsadlar kishining butun hayoti davomida mafkura,siyosat, san'at, adabiyot, ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish amaliyoti, ta'lim-tarbiya, tashviqot orqali amalga oshirilishi mumkin. Ammo, bu ishlarning dastlabki shakllari maktabgacha ta'lim yoshidan boshlanishi zarur. Bolaning maktabgacha ta'lim yoshida tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan ongli ravishda tabiatga ijobiy munosabati tarkib topa boshlaydi va u ona tabiatga bo'lgan g'amxo'rligini his qila boradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ana shu sababdan tabiatshunoslik mashg'ulotlari , ta'limiy o'yinlar, diognostika uchun test savollari, ekologiyaga oid ertak va o'yinlardan namunalar keltirilgan dars ishlanmalar,boshlang'ich ta'lim tashkilotlarda mashg'ulotlar davomida tarbiyachilar tomonidan ekologiya yo'nalishida ishlar olib borilib, har bir yosh guruhlarda bolalarga kundalik hayotlarida jonli, jonsiz tabiat bo'yicha ta'lim berib borish lozim. Mazkur ta'lim jarayonlarida bizni o'rab turgan tevarak-atrofga to'g'ri munosabatda bo'lish, jonli tabiatni parvarish qilish va uni muhofaza qilishga o'rgatib borish asosida ularni masalan: shitirlanayotgan barglarni daraxtlarni shamolda qimirlashi,qushlaming sayrashi va boshqalar. SHu bois ekologik tarbiyani "Maktabgacha ta'lim", "Boshlang'ich ta'lim", "Mehnat ta'limi", "Musiqa va tasviriy san'at" mutaxassisligi o'quvchilariga umumkasbiy fanlararo ekologik tarbiya berish o'z ahamiyatiga ega. U quyidagi fanlar asosida beriladi: "Pedagogika", "Psixologiya", "Anatomiya, fiziologiya va gigiena", "Tarbiyaviy ishlar metodikasi", "Mehnat muxofazasi"

TADQIQOT NATIJALARI

Boshlangich ta'lim yo'nalishida ish yuritayotgan pedagoklar o'quv rejasida "Boshlangich sinf o'quvchilarini ekologik bilim va madaniyatini rivojlantirish "nomli mavzu bo'lib ,bunda asosan ekologik ta'lim-tarbiya nazariyasi haqida ma'lumotlar beriladi. Mavzuni o'tish jarayonida «O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI —QIZIL KITOBI o'quvchilarga ekologiya, insonning tabiatga ta'siri unga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar haqida ma'lumotlar berish, tabiat va insonning o'zaro bog'liqligi haqida ularning bilim va ko'nikmalarini shakllantirish masalalari mujassam etgan. «Tabiat va inson — bir butun» va «O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi» mavzulari boshidagi quyidagi savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi: Uylar quriladigan yog'ochlar qayerdan olinadi? Uyimizda yoqiladigan tabiiy gaz, mashinalarga quyiladigan benzinlarchi?

— Ko'chalardagi mashinalardan chiqayotgan benzin qoldiqlari (tutun) biz nafas olayotgan havoga qanday ta'sir ko'rsatadi? Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga ekologiya nima ekanligi, insonning tabiatga ta'siri, «O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi», unga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar haqida batafsil so'zlab beriladi.

Ekologik madaniyatni yoshlar ongiga singdirish uchun mamlakatimiz tabiatini hayvon va o'simliklarni muhofaza qilish, suvlarni ifloslantirmaslik, qushlarga ziyon yetkazmaslik, eng muhimi, ona zaminni bezavol asrashning aniq tuzilgan rejasi bo'lishi lozim.Ekologiyaga oid hadislardan namunalar keltirilgan holda dars mashg'ulotini tashkil qilish ;

Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan payitda , behosdan qiyomat- qoim bo'lishi aniq bo'lsa ham ulgursangiz uni ekib qo'ying.

Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do'zahga tashlanadi.

Qaysi bir musulmon ekin eksa, yoki biror daraxt o'tkaza, so'ng uning mevasidan qush yoki hayvon yesa, uning ekkanidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi.

Islomda ichimlik suvi bilan ekin sug'orish man etilgan.

Vatanni sevish — tabiatni sevishdan boshlanadi, binobarin, yoshlarda go'zallikka nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg'usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas.Holbuki,tabiat va uning mahsullari inson uchun ekan, ulardan oqilona foydalanish kerak.Yerga, suvga, hayvon va o'simliklarga bo'lgan munosabaimizni tiklashimiz orqaligina Ona tabiatimizni saqlab qolishimiz mumkin.

MUHOKOMA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tajribadan kelib chiqqan holda shuni aytish kerakki "Boshlangish sinf o'quvchilariga ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishning metodoligik asoslari"mavzusi bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilish usullari etarli emas. Bunday holatda o'qituvchi o'z ustida ko'proq ishlashi dars mashg'ulotlarni ekologiyaga oid o'yinlardan , A.S.Makarenko «Tarbiya to'g'risida ma'ruzalar» nomli kitobidan foydalanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

XULOSA

Yuqorida bayon etilgan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo'lsak, demak farzandlarimizda ekologik madaniyatni shakllantirish dunyo bo'yicha muhim ahamiyat kasb etadigan global masala ekanligini unutmasligimiz kerakligini his qilib dars o'tishimiz lozim. Bu jarayonni oiladan, bolalar bog'chasidan, maktab, kasb - hunar va oily o'quv yurtlarida davom ettirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Boshlang'ish sinf o'quvchilariga ekologik bilim va madaniyatni rivojlantirish yurtimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodga to'la -to'kis etkazish biz pedogoglarni muhim vazifasi hisoblanadi.

REFERENCES

1. Nuritdinova M. "Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi" Toshkent, 2005 yil

2. D. Sharipova, D. Xodiyeva, M. Shirinov "Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi" Darslik. "Barkamol fayz media" nashriyoti, Toshkent, 2018 yil-458b.

3. Sh.Mirzaxmatova, D. Pulatova. Tabiatshunoslik darslarida interfaol ta'lim (Uslubiy qo'llanma) -T.: "Yangi asr avlodi", 2011-yil. - 44 b.

4. A. Bahromov, Sh. Sharipov, M. Nabiyeva Tabiatshunoslik. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darslik. - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent - 2020-120b.

5. Umum ta'lim maktablarining o'quv dasturlari (boshlang'ich sinflar) 2022-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.