Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA MA’NAVIY-AXLOQIY VA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH'

TA’LIM JARAYONIDA MA’NAVIY-AXLOQIY VA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
55
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologiya / ekologik madaniyat / ta’lim-tarbiya / nafosat / san’at / estetik tarbiya / axloq / badiiy ijod / mazmun / mohiyat / samaradorlik. / ecology / ecological culture / education / sophistication / art / aesthetic education / morality / artistic creativity / content / essence / efficiency.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muhammadiyeva, Gulnoza Zarif Qizi

Maqolada ta’lim jarayonida ma’naviy-axloqiy va ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha asosiy tushunchalar, tabiatni muhofaza qilish, ekologik tamoyillarga amal qilish bo’yicha mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat va estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ilmiy bilimlarni berish orqali ekologik ta’lim-tarbiyani shakllantirish nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF SPIRITUAL-ETHICAL AND ECOLOGICAL CULTURE IN THE EDUCATIONAL PROCESS

The article presents the main concepts of formation of spiritual, moral and ecological culture in the educational process, comments on nature protection and ecological principles. Also, it is envisaged to form ecological education and upbringing by providing scientific knowledge about the nature, goals and tasks of spiritual and moral qualities, work and aesthetic education to students of junior school age.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA MA’NAVIY-AXLOQIY VA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(02), Feb., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

TA'LIM JARAYONIDA MA'NAVIY-AXLOQIY VA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH

Muhammadiyeva Gulnoza Zarif qizi

Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada ta'lim jarayonida ma'naviy-axloqiy va ekologik madaniyatni shakllantirish bo'yicha asosiy tushunchalar, tabiatni muhofaza qilish, ekologik tamoyillarga amal qilish bo'yicha mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga ma'naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat va estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ilmiy bilimlarni berish orqali ekologik ta 'lim-tarbiyani shakllantirish nazarda tutilgan.

Kalit so'zlar: ekologiya, ekologik madaniyat, ta'lim-tarbiya, nafosat, san'at, estetik tarbiya, axloq, badiiy ijod, mazmun, mohiyat, samaradorlik.

АННОТАЦИЯ

В статье представлены основные концепции формирования духовно-нравственной и экологической культуры в образовательном процессе, даны комментарии по природоохранным и экологическим принципам. Также предусматривается формирование экологического образования и воспитания путем предоставления научных знаний о природе, целях и задачах духовно-нравственных качеств, труда и эстетического воспитания учащихся младшего школьного возраста.

Ключевые слова: экология, экологическая культура, образование, утонченность, искусство, эстетическое воспитание, нравственность, художественное творчество, содержание, сущность, эффективность.

ABSTRACT

The article presents the main concepts of formation of spiritual, moral and ecological culture in the educational process, comments on nature protection and ecological principles. Also, it is envisaged to form ecological education and upbringing by providing scientific knowledge about the nature, goals and tasks of spiritual and moral qualities, work and aesthetic education to students of junior school age.

Key words: ecology, ecological culture, education, sophistication, art, aesthetic education, morality, artistic creativity, content, essence, efficiency.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

O'quvchi yoshlarda ekologik madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. Ekologik madaniyatning asosini, shubhasiz, ekologik ta'lim - tarbiya tashkil etadi. Bugungi ekologik holat ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarini ya'ni maktabgacha ta'lim muassasalaridan tortib oily ta'lim bosqichlarini ham qamrab oladi. Chunki, muayyan aniq maqsadlarga yo'naltirilgan ekologik ta'lim - tarbiya natijasida o'quvchi yoshlarning ekologik madaniyatini bilimlarini oshirish, ularda tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo'lish malakalarini tarkib toptirish, ekologik madaniyatni tizimli va izchillikda olib borish dolzarb masalalardan biri sifatida nazarda tutish lozim.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ekolgik madaniyatni rshakllantirish vositasi sifatida maydonga chiquvchi yaratuvchilik nimanidir o'zgartirishga, yangilik yaratishga, fikrlashga majbur qiluvchi ehtiyoj hisoblanib, u o'quvchilarda mustaqil ta'lim olish, ya'ni mustaqil o'rganish, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. O'zini - o'zi anglash va o'zligini ifodalashga bo'lgan ehtiyoj o'quvchilarni o'z faoliyatida ma'lum bir ijobiy natijalarga erishish, o'quvchilar jamoasida obro' - e'tibor qozonish, atrof muhit ta'siri va uni inson salomatligidagi roli borasida harakatga keltiruvchi vosita bo'lib, o'quvchilarda o'zini - o'zi hurmat qilish, o'zligini anglash, o'zini - o'zi boshqarish, o'zini - o'zi tarbiyalash, tozalikka rioya qilish, gigiyenik talablarni amalda bajarish kabi ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi vositalardan biri muvaffaqiyatga bo'lgan ehtiyoj bo'lib, bu ma'lum bir vazifani mas'uliyat bilan bajarish orqali ko'zlangan natijalarga erishishga xizmat qiluvchi, o'quvchilarda mas'uliyat hissini shakllantirish orqali ijodiy faoliyatga etaklovchi ehtiyoj hisoblanadi.

Demak, o'quvchilardagi mavjud va ma'lum bir maqsadda shakllantirilgan ehtiyojlar boshlabg'ich sinflardayoq ma'naviy ma'rifiy ishlar jarayonini ilmiy asosda tashkil etish hamda yuqori natijalarga erishish, o'quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirish vositalari sifatida xizmat qilishi mumkin.

MATERIAL VA METODLAR.

Tafakkurni rivojlantirish vositalari haqida fikr yuritar ekanmiz, tafakkur qanday va qaysi vositalar va asoslarga ko'ra shakllanadi hamda rivojlanadi. Uning shakllanishiga va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning o'ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? degan savollarga javob topish va undan o'quvchilarda mustaqillik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta'lim -

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tarbiya va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarida foydalanish muhim ahamiyatga ega, chunki, yuqorida aytib o'tganimizdek, o'quvchilarda tafakkurning shakllanish va rivojlanish jarayoni nimanidir bilib olishga va o'rganishga yo'naltirilgan aqliy -tahliliy xatti -harakatlar jarayoni bo'lib, mazkur jarayonda o'quvchilar o'zlari uchun yangilik bo'lgan qaysidir hodisa va voqealarni vujudga kelish sabablarini o'rganadi va tahlil qiladi.

Mazkur yangilik avvaldan mavjud bo'lishi, ya'ni sub'ektiv bo'lishi mumkin. Lekin bu o'quvchilar uchun yangilik hisoblanadi, chunki, o'quvchilar mazkur yangilikning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari, ahamiyatini o'rganish va tahlil qilish asosida qaytadan kashf etadi. Mazkur jarayonni tafakkurning shakllanish va rivojlanish jarayoni deb aytishimiz mumkin. Demak, tafakkurning shakllanish va rivojlanishi jarayonida tasavvur, tushuncha va dunyoqarash asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Mazkur fikrlarga asoslanib aytishimiz mumkinki, o'quvchilarga ekologik tafakkur uning mazmun - mohiyati, ahamiyati va zaruriyati yuzasidan tushunchalar berish, ularda mazkur soha bo'yicha tasavvurni shakllantirish, kelajakka ishonch uyg'otish, dunyoqarashini kengaytirish ularda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vositalari sifatida xizmat qiladi.

Jumladan, ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni bu - tabiiy resurslardan oqilana foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik tizim barqarorligini ta'minlash, aholi hayoti va salomatligini saqlash, iqlimning o'zgarishi, suv resurslarning kamayib ketishi, atmosferaning ifloslanishi, tuproq degradatsiyasi, cho'llashuv jarayonlari bioxilma-xillik va o'rmonzorlarning qisqarishi, tabiiy boyliklarning sifat va miqdorini oshirish va tabiatni muhofaza qilish bugungi kunning ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi.

Ekologik madaniyat - bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo'llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko'rsatkichi, ongli va ma'suliyatli yondashuvdir.

Ekologik bilim va ekologik madaniyatning tayanch fazilatlari:

- axloqiy-ekologik onglilik shaxsning muhim madaniyatlilik sifati bo'lib, uning atrof - muhitni hissiy bilish jarayoni atrof - muhitdagi obyektlar va hodisalarni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, ziyraklik va teranlik asosida tabiat muhofazasi bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishi lozimligini nazarda tutadi;

- ekologik ma'suliyatlilik shaxsda munosabat va ma'sullikni tarbiyalashda namoyon bo'ladi, bunday munosabat shaxsning tabiatga ko'rsatgan salbiy ta'siri oqibatlarini anglash va bunday ta'sirni bartaraf etish istagi natijasidagina shakllanadi;

- ekologik irodaviylik shaxsning o'zi va o'zgalarning atrof - muhitdagi hatti-harakatlarini baholashi va nazorat qilishi shaxsdagi qat'iyatlilik, tejamkorlik,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ozodalik va pokizalik bilan bog'liq jarayon hisoblanadi. Shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega, ularga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va ongli faollik kabilar kiradi. Xususan, bugungi ekologik muammolar, ya'ni global, mintaqaviy va lokal ekologik muammolarni bilish, er, suv, energetik muammolar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, cho'llanish jarayoni, atmosfera havosining ifloslanishi kabi tushunchalar bilan chambarchas bo'gliq. Ekologik ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash bog'cha, umumta'lim maktablari, lisey, kasb hunar ta'limi, oliygohlarda mutaxassislar tomonidan olib borilishi maqsadga muvofiq.

Aholining boshqa tabaqalarida esa O'zbekiston ekologik partiyasi va boshqa ko'ngillilar, tashkilotlar tomonidan targ'ibot ishlari yo'lga qo'yilishi mumkin. Ekologik ta'limning nazariy asosi - atrof muhit muhofazasiga oid ta'limni bog'cha, maktab, oliy o'quv yurtlarida ma'lum o'quv reja va dasturlari asosida olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Yig'ilgan tajribalar umumlashtirilib ma'lim pedagogik shaklga keltirilib o'quv dasturi darsliklari tuzilishi lozim.

NATIJALAR

Oliy va o'rta maxsus ta'limga ega bo'lgan tarbiyachi, ekologik metodist, ekologik pedagog, ekologik instruktor, injener-ekolog, ekolog-agroximik, ekolog-texnolog kabi mutaxassislar tayyorlanishi lozim. Ekologik ma'naviyatli shaxs tabiatdagi obyekt va hodisalarni qiyoslay olishi, ongli tushunchalar hosil qilishi, tabiatga munosabatni oldindan rejalashtirishi, atrof-muhitdagi o'zgarishlarga nisbatan ziyrak va tabiatga qiziquvchan bo'lishi, tabiat go'zalligini his eta olishi, tabiatni muhofaza qilishda qat'iyatli bo'lishi, tabiatga zarar etkazmaslik, boshlangan ishni oxirigacha etkazishi, atrof-muhit muhofazasida tashabbus ko'rsatishi, tabiatni asrash uchun yangi g'oyalar, ekologik bilimlarni targ'ib qilishi, ijtimoiy foydali mehnatga havas hissini shakllantirishi, mehnat malakalarini egallashi, o'z-o'zini nazorat qila olishi, vatanparvarlik, ona tabiatga mehr-muhabbat hissiyotiga ega bo'lishi, o'zi yashab turgan uy, mahalla, shahar tabiatini sevishi, undan g'ururlanishi, uni ardoqlashi lozimdir.

Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanib, jamiyatning katta tashvish uyg'otmoqda. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari tartibsiz foydalanishi oqibatida, o'rmonlar siyraklashib, o'simlik va hayvonlar turlari kamayishi, foydali qazilma boyliklari tugab borayotganligi, shuningdek, suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Bularning barcha

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

insonlarning tabiiy boyliklardan oqilona foydalanmasliki oqibati hisoblanadi. Shuning uchun ham ekologik talim-tarbiya berishni maktabgacha yosh davridan boshlash lozim. Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o'zgarishi, er yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning birbirlariva atrof-muhit o'rtasida bo'lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini o'zlashtirishdan iboratdir.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ekolgik ta'lim - tarbiya berish ularni ilk marotaba tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli, oqilona ravishda foydalanishga, xalqimizning tabiatga hurmat va e'tibor bil an qaraydigan urf-odatlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko'paytirish va ulardan to'g'ri foydalanish, bog'-urog'lar, gulzorlar tashkil qilishga, daraxtlarni, o'simlik va hayvonlarni asrashga, ularga ozor bermaslikka o'rgatish, shuningdek, o'quvchilarning qalbida tabiatga, uni asrashga nisbatan yaxshi xislatlar uyg'otishdan iboratdir.

Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhit va uning muammolari haqida ongli munosabatni hamda ular bo'yicha optimal echimlar toppish to'g'risidagi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bir qator vazifalarni hal qilishga to'g'ri keladi.

1. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ekolgik ta'lim - tarbiya berishda ularning yashab turgan joyi (tabiati) va boyliklarini tejab-tergashga, ularni ongli ravishda muhofaza qilishga o'rgatish.

2. Ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni, eng avvalo, oiladan boshlanmog'i lozim.

O'quvchi yoshlarga ekolgik ta'lim - tarbiya berish, xalqimizning o'ziga xos milliy tarbiyasidan, ya'ni ota-onalar tarbiyasidan boshlanadi. Milliy tarbiyamizda suvni isrof qilmaslik bilan birga, er, havo, tuproq ham muqaddas hisoblanadi. O'quvchilarga ekologik ta'lim berishda har bir bolaga 1 ta gul tuvakni parvarishlash topshirig'ini berish ham eng samarali usullardandir. Bunda parvarishlash usullarini o'rgatib, ularni shu gulni qanday parvarish qilyotganini nazorat qilib boriladi. Natijada o'quvchilarda avvalambor mehr-shafqat tuyg'usi, tabiatga muhabbat shakllanadi. O'quvchilar gullarining qurib qolmasligi uchun qayg'uradilar va parvarish qilishadi.

Demak, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ekolgik madaniyatni shakllantirish orqali ularning tabiatga bo'lgan mehrini shakllantirish va kelajakda tabiiy fanlarni o'zlashtirishi uchun poydevor yaratiladi. O'quvchilarga ekologik

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ta'lim - tarbiya berishda zamonaviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu orqali o'quvchilarning o'zlashtirishini yanada oshirish va qiziqarli, yangicha ta'lim jarayonini tashkil etishdan iborat bo'ladi.

Binobarin, axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mohiyati, shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu bois, axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi o'rni belgilanayotgan jarayonda mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo'lib xizmat qiladi.

Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo'lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o'quv, ishlab chiqarish, xalq an'analari) da o'z talablarining asoslanishi, amalga oshirilishi va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hech kimning ko'rsatmasi, hech qanday maxsus buyruq asosida bajarilmaydigan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talablarining bajarilishi faqat ma'naviy ta'sir ko'rsatish shakllari doirasida yuz beradi.

O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi tarixiy-obyektiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning o'zaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi takomillashuviga ko'rsatiladigan ta'sirning ijobiy, mo'tadil holatda bo'lishini ta'minlashda ko'rinadi. Ma'naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi quyidagi umumiy mazmun asosida ro'y beradi:

- o'quvchining m a'naviy-axloqiylik darajasi ijtimoiy munosabatlar jarayonida, uning jamiyat, atrof-muhit va tabiatga bo'lgan yondashuvida namoyon bo'ladi;

- o'quvchining ma'naviy-axloqiylik darajasi jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy taraqqiyoti darajasiga bog'liq;

- o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy kamoloti obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarning o'zaro uyg'unlashuvi asosida tashkil etiladigan uzluksiz, tizimli ta'lim -tarbiyaning yo'lga qo'yilishi natijasida vujudga keladi;

- o'quvchining ma'naviy-axloqiy kamoloti ijtimoiy munosabatlarning yo'lga qo'yilishida ijobiy natijalarga olib keladi.mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Avezov Sh. Maktabda ekologik tarbiya-Toshkent: O'qituvchi,1992.-62 b.

2. Berdanova P.U. Qoraqalpoq oilalarida bolalarning ekologik madaniyatini

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

shakllantirishning pedagogik asoslari (o'smirlar oilasida): ped. f.n. diss. avtoref. Toshkent, 205-19 b.

3. Ismatov I.Sh. O'quvchilarda atrof-muhitga ma'suliyatli munosabatni shakllantirish (anorganik kimyo misolida): p.f.n. diss....avtoref. - Toshkent, 2006. -

4. Jumanova F.U. Kasb-hunar kolleji o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish (geografiya ta'limi misolida): ped.fan.nom. diss.... avtoref. Toshkent, 2010.-22 b.

5. Norbo'tayev X.B. Boshlang'ich ta'limda ekologik xafvsizlik madaniyatini takomillashtirish. //Муаллим хем узлуксиз билимлендириу. Илмий-методикальщ журнал №2 ISSN 2181-7138 Некис-2022. -Б. 93-97. Mualliflik ishtiroki 100%.

6. Ismoilov, N. B. (2023). YANGI O 'ZBEKISTONDA TA'LIM VA ILM SOHALARI RIVOJLANISHNING YANGI DAVRIDAGI MUHIM ASOSLARI. International scientific journal ofBiruni, 2(1), 81-88.

7. Ismoilov, N. B. (2022). O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY BAG 'RIKENGLIK VA KONFESSIYALARARO HAMKORLIKN! TA'MINLASH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1116-1121.

8. Najmiddin, I. (2023). THE INTEGRATIVE ROLE OF SCIENTIFIC KNOWLEDGE IN INFORMATION SOCIETY.

9. Erkinov, A. S., Haydarov S. (2021). Yunon-baqtrya podsholigining ijtimoyi tuzimi, xo'jaligi va madaniyati. Scientific progress, 1(6), 620-622.

21 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.