Научная статья на тему 'ZAMONAVIY LOGISTIKADA YUKLARNI TASHISH TEXNOLOGIK JARAYONINI LOYIXALASH'

ZAMONAVIY LOGISTIKADA YUKLARNI TASHISH TEXNOLOGIK JARAYONINI LOYIXALASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
381
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
YUK / ORITISH-TUSHIRISH / TASHISH TANNARXI / TASHISH SIFATI / ORTUVCHI PUNKTLAR / PLAN / PUNKTLARARO / YUKSIZ YURISH

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ergasheva K.I., Karimov A.B.

Iqtisodiy hududdagi yuk oqimlarini avtomobil transport vositalarida optimallashtirish va transport vositalaridan samarali foydalanish masalasini modellashtirishga oid uslubiy yondoshuv va tavsiyalar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalaridan yuk tashishni rejalashtirish masalalarini yechishda qo‘llaniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESIGN OF THE TECHNOLOGICAL PROCESS OF CARGO TRANSPORTATION IN MODERN LOGISTICS

Methodological approaches and recommendations for modeling the issue of optimizing cargo flows in the economic region by road transport and the effective use of vehicles are substantiated. The research results are used in solving transportation planning issues.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY LOGISTIKADA YUKLARNI TASHISH TEXNOLOGIK JARAYONINI LOYIXALASH»

Ergasheva K.I.

Karimov A.B.

Jizzax Politexnika Instituti O'zbekiston, Jizzax

ZAMONAVIY LOGISTIKADA YUKLARNI TASHISH TEXNOLOGIK

JARAYONINI LOYIXALASH

Annotatsiya: Iqtisodiy hududdagi yuk oqimlarini avtomobil transport vositalarida optimallashtirish va transport vositalaridan samarali foydalanish masalasini modellashtirishga oid uslubiy yondoshuv va tavsiyalar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalaridan yuk tashishni rejalashtirish masalalarini yechishda qo'llaniladi.

Kalit so'zlar: Yuk, oritish-tushirish, tashish tannarxi, tashish sifati, ortuvchi punktlar, plan, punktlararo, yuksiz yurish.

Ergasheva K.I.

Karimov A.B.

Jizzakh Polytechnic Institute Uzbekistan, Jizzakh

DESIGN OF THE TECHNOLOGICAL PROCESS OF CARGO TRANSPORTATION IN MODERN LOGISTICS

Abstract: methodological approaches and recommendations for modeling the issue of optimizing cargo flows in the economic region by road transport and the effective use of vehicles are substantiated. The research results are used in solving transportation planning issues.

Keywords: Freight, transshipment-unloading, cost of transportation, quality of transportation, transshipment points, plan, point-to-point, gratuitous travel.

Yuklarni tashish jarayoni- transport jarayoning ko'pchilik ishtirokchilarini qamrab olgan jarayon bo'lib, ishtipokchilarning hammalari tomonidan kelishilgan holda me'yoriy hujjatlar yoki tashishni muxandislik tayyorgarligi asosida amalga oshiriladi.

Mazkur davlat standartiga texnologik jarayon, ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo'lib, mehnat predmetini o'zgartirish bo'yicha maqsadga yo'naltirilgan harakatlardan tashkil topadi. Tashishlarda texnologik jarayon tashish jarayonining tasviri sifatida yni amalga oshirish bo'yicha yo'riqnomalar, qoidalar va cheklovlar, maxsus talablar, grafiklar vahakozolar ko'rinishida taqdim etiladi. Yuk tashishlar texnologik jarayonlari quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi.

Yuk tashishlar texnologik jarayonlarini ishlab chiqarish va loyixalash quyiqagi ketma- ketlikda amalga oshiriladi:

- Tashishlar tavsiflari me'yorlarini belgilab olish (xarakat tezligini hisoblash, oritish-tushirish ishlarini bajarish vaqtini hisoblash, harakatlanuvchi tarkibni taqdim etish grafigi va jadalligini hisoblash, sutkalik yoki soatbay tashish hajmi va hokozolar aniqlanadi).

- Tashishlarni amalga oshirish marshuruti va texnologiyasi tanlanadi.

- Texnologik hujjatlar ishlab chiqiladi.

- Tashishni amalga oshirish xavfsizligi va sifatini nazorat qilish usullari aniqlanadi.

- Texnologik loyihaning tashish sifati va xavfsizligini ta'minlobchi, me'yorlangan ko'rsatkichlar bajarilishini tasdiqlovchi tavsiflar tahlil qilinadi.

- Avtotransport birlashmasi rahbarlari tomonidan texnologik loyiha tasdiqlanadi.

Texnologik jarayonni takomillashtirish tashkilot ishi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.

Tanlangan tashish texnologiyasining samaradorligi quyidagi ko'rsatkichlar orqali aniqlanadi:

- Tashish tannarxi;

- Solishtirma harajatlar;

- Xarakatlanuvchi tarkib ish unumdorligi;

- Tashish sifati.

Grafik tuzilgandan so'ng yuk jo'natuvchining omborxonalarga yuklarni yuklashga tayyorlashga sarflanadigan vaqti t1, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish vaqti, t2, yuk qabul qiluvchi omborxonalariga yuklarni joylashtirish vaqti t3, harakatlanuvchi tarkibga jo'natuvchi tomonidan xizmat ko'rsatish vadqti t4 va yuk qabul qiluvchi tomonidan harakatlanuvchi tarkibga xizmat ko'rsatish vaqti t5 larning haqiqiy qiymatlari aniqlanadi.

Quyida 4 ta ATB va yuk jo'natuvchi va yuk qabul qiluvchining yuklash tushirish punktlarining ish grafigi keltirilgan.

Yuk yetkazishning transport texnologiksxemalarning ishlab chiqilishi quyidagilarga imkon beradi:

-modul printspidan foydalanish evaziga tashishlarni operativ rejalashtirish va dispetcher boshqarishni soddalashtirish;

-texnologik operatsiyalar bajarilishining oqimlilik, uzluksizligi va maksimal paralelligini ta'minlash;

-turli tashkilotlar hodimlari tomonidan operatsiyalarning kelishuv asosida amalga oshirilishini;

-yuklarni yetkazishning umumiy vaqtini qisqartirish.

Marshurutlashtirishni transport masalasiga keltirib yechish, yirik partiyali yuk tashishni marshrutlashtirishda bir-biridan farqli yo'nalish mavjud. Yo'nalishda marshrutlashtirish transport masalasiga keltirib yechiladi,

ikkinchisida esa u chiziqli programmalashtirishning umumiy masalasiga keltiriladi.

Marshrutlashtirish masalasini bir necha xolda qo'yish mumkin:

- Avtotransport korxonalarining (ATK) joylashishini hisobga olmasdan berilgan rayondagi yuk tashishni marshrutlashtirish, keyin esa topilgan marshrutlarni korxonalarga birkitish (yagona ATK uchun marshrutlar tuzganda masalani bu ko'rinishda qo'yish mumkin);

- Marshrutlarni korxonalarning joylanishini hisobga olib tuzish.

Eng oddiy ko'rinishda qo'yilgan marshrutlashtirish masalasini ko'rib chiqaylik. Aytaylik, I(i e {l: m}) yuk jo'natuvchi va J(j e {l: n}) qabul qiluvchi manzillar raqamlari to'plami bo'lsin. Manzillardan yuk jo'natish hajmlari at va manzillarga yuk qabul qilish hajmlari bj berilgan. Yuk tushiruvchi va ortuvchi punktlar orasidagi masofalar matritsasi C berilgan bo'lsin. Punktlararo yuk tashish plani [xt]} berilgan, bunda Xy. tashilishi lozim bo'lgan tonnalar yoki

bajarilishi kerak bo'lgan qatnovlar soni ko'rinishda ham berilishi mumkin.

Marshrutlashtirish-bu punktlararo harakatlanishning shunday sxemalarini topish demakki, yuksiz yurilgan yo'l uzunligi eng kam bo'lsin va berilgan yuk tashish plani bajarilsin. Bizga yuk bilan yurish plani {xtj} berilgan. Demak,

shunday yuksiz yurish planini {yjt} topish kerakki, bunda {xtj} plani bajarilib

yuksiz o'tilgan yo'llar yig'indisi eng kam bo'lsin, bu yerda {yjt}- j tushirish i

ortish punktlari orasidagi yuksiz yurish plani; y. -esa j va i punktlari orasida

bajariladigan yuksiz avtotonnalar yoki qatnovlar soni.

Yuksiz yurishning optimal plani {yjt} quyidagi shartlarga javob berishi

kerak:

i punktga keladigan yuksiz qatnovlar yoki avtotonnalar shu punktdan hamma j e J punktlariga ketadigan qatnovlar yoki avtotonnalar soniga teng bo'ladi:

n

£ y ß= at ,(i = 1: m), (1.1)

j=i

bu yerda at = £ Xj ;

jeJ

j punktidan chiqadigan yuksiz qatnov yoki avtotonnalar shu punktga hamma i e I punktlaridan keladigan yukli qatnovlar yoki avtotonnalar soniga teng bo'ladi:

m

£yß= bj,(j = 1: n), (1.2)

¿=1

bu yerda bj = £ x,j;

iel

yuksiz yurishdagi qatnovlar yoki avtotonnalar soni manfiy bo'la olmaydi

y, > 0,(i = 1: m, j = 1: n), (1.3)

yuksiz yuriladigan umumiy yo'l uzunligi eng qisqa bo'lishi kerak

m n

L = EE cfiy ji^ MIN, (1.4)

i=\ j=\

bunda y ji -yuksiz qatnovlar soni;

yuksiz yurishda yo'qotilayotgan tonna kmdagi transport ishi hajmini o'rtacha bir tonna 1 t yuk ko'taruvchanlikka to'g'ri keladigan miqdori

m n c y 1 m n

l6 = E E—=—E E^y^ MIN (\.4* )

i=\ j=\ QhYo qHCij i=\ j=\

bunda yn yuksiz qatnovlarda tashilishi mumkin bo'lgan tonnalar soni.

Bundan tashqari manzillarga olib kiriladigan va punktlardan tashib chiqiladigan yuklar miqdori o'zaro teng, ya'ni

n m

E aj = Eb(1.5)

i=\ j=\

yukli va yuksiz qatnovlar soni yoki bu qatnovlarda tashiladigan tonnalar soni ham o'zaro tengdir:

m n m n

EEj =EEy, a.6)

i=\ j=\ i=\ j=\

Yuqorida bayon etilgan ko'rinishda yuksiz yurish optimal planini aniqlash matematik jihatdan chiziqli programmalashtirishning transport masalasining o'zginasidir, 1.1-L4- ifodalar esa transport masalasining matematik modelidir. Bunda L2-tengliklar cheklash tenglamalari, L4 yoki L4* esa optimallik kriteriyasi yoki samaradorlik funktsiyasi deyiladi. SHunday qilib, yuksiz yurishning optimal planini topish transport masalasini optimal yechishga olib kelinadi. Yuqorida modeli berilgan transport masalasini yechish metodikasini soddalashtirilgan misolda ko'rib chiqamiz.

Hamma yuksiz qatnovlardagi avtotonnalar manfiy bo'lmasligi

y\\ ^ 0 y\2 ^ 0,•••, y55 ^ 0 (L9)

hamda yuksiz yuriladigan barcha yo'llar yig'indisi eng qisqa bo'lishi

lozim:

ynCn + y\2C\2 + ... + y55C55 ^ MIN (U0)

(\.\0) tenglama masalani yechish jarayonida tkm dagi minimum transport ishini olishga erishish lozimligini ko'rsatadi. Bunda har bir ko'paytiruvchi-bu mazkur jo'natuvchi punktdan belgilangan qabul qiluvchi punktgacha bo'lgan masofasi va yuk miqdorini ko'paytmasi.

Transport masalasining xususiyati shundan iboratki, uni matritsa ko'rinishdagi ma'lum jadval shaklida ham yozish mumkin. Masalaning o'zgaruvchilari yji va ularning koeffitsientlari c]l shu tablitsaning j qatori va i

ustuni kesishishidan hosil bo'lgan kataklarda yoziladi, a kattaliklar qiymatlari

oxirgi ustunda, b j esa oxirgi qatorda keltiriladi

Transport masalasini yechish ikki bosqichdan iborat bo'ladi:

1) boshlang'ich bazis planini tuzish;

2) boshlang'ich planni optimallashtirish.

Boshlang'ich bazis plani sifatida cheklash tenglamalari 1.7 va 1.8 ni qanoatlantiradigan va o'zgaruvchilari manfiy bo'lmagan har qanday planni qabul qilishi mumkin. Ammo bazis plani qanchalik yaxshi tuzilgan bo'lsa undan optimal plangacha bo'lgan iteratsiyalar (planni o'zgartirish-yaxshilash tsikllari) soni shuncha kam bo'ladi. Shuning uchun optimalga yaqin boshlang'ich plan tuzish maqsadga muvofiqdir.

Yakuniy xulosa shuni ko'rsatadikiy Hududdagi sanoat mahsulotlarini avtomobil transporti vositalari va tarmoqlaridan samarali foydalangan holda o'zlashtirish masalani yechimini aniqlash hisoblanadi.

Adabiyotlar:

1. Бутаев Ш.А., сидикназаров КМ., Муродов А.С., Кузиев А.У. Логистика (етказиб бериш занжирида окимларни бошкариш).-Тошкент: EXTREMUM -PRESS, 2012.-577 б.

2. Бутаев Ш.А. ва бош. Автотранспорт воситалари ташиш имкониятларини радиал маршрутларга отимал таксимлаш моделлари ва усуллари. -Т.:2011.-171 б.

3. Саматов P.F. «Совершенствование работы логистической системы автомобильного транспорта в условиях конкуренции» диссертация, написанная на степень. Ташкентский институт автомобильных дорог. 2012.- 44 с.

5. Raxmatullaev M. Qosimov S.X. Yuk oqimini logistik kuzatuvi va komplekslarini mahalliylashtirish omillari. Ilmiy-tex. jur. 23 (8) 52.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6.Raxmatullaev M. Qosimov S.X. Современные инновации и технологии организации перевозки. Ilmiy - texnik jurnal 23 (9) 167.

7. Mustafoev Behzod, Xamdamova Shoxista. NOMENKLATURE OF FREIGHT IN TRANSPORTATION ISSUES OF VEHICLES. UNIVERSUM, 2022.- 50 р.

8. Ахмедов Зохдд Собирович, Файзиев Отабек Эркинович, Нурмахамматов Жавохир Толипович. РАЗВИТИЕ ТРАНСПОРТНОЙ СИСТЕМЫ ОБЕСПЕЧИВАЮЩЕГО ВЫХОДА НАЦИОНАЛЬНОЙ ПРОДУКЦИИ НА РЕГИОНАЛЬНЫЕ И МЕЖДУНАРОДНЫЕ РЫНКИ. UNIVERSUM, № 12 (105) декабрь, 2022 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.