Axmedov Z.S.
Isroilov F.I.
Jizzax Politexnika Instituti O'zbekiston, Jizzax
QISHLOQ XO'JALIK MAHSULOTLARINI TASHISH MARSHRUTLARINI OPTIMALLASHTIRISH
Annotasiya. Ush bu maqolada Xududdagi yuk oqimlarini avtomobil transporti vositalari va tarmog'idan samarali foydalangan xolda o'zlashtirish masalani yechimini aniqlash hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Yuk, punkt, yuk qabul qiluvchi, ko'taruvchanlik, optimallashtirish, marshrut, masofa, ratsional tarqatish.
Akhmedov Z.S.
Israilov F.I.
Jizzakh Polytechnic Institute Uzbekistan, Jizzakh
OPTIMIZATION OF AGRICULTURAL PRODUCTS TRANSPORTATION ROUTES
Abstract. The purpose of this article is to determine the solution to the problem of utilization of cargo flows in the territory with the effective use of vehicles and the network.
Keywords: Cargo, cargo receiver, carrying capacity, optimization, route, distance, rational distribution.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har-bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" asarida [1] ta'kidlaganidek, "Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat buyudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo'lishini ta'minlash eng muhim ustivor vazifamizdir".
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustivor yo'nalishlari rejasida avtotransport xizmatlari bilan ta'minlash sohasini yanada takomillashtirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-ihtisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va qishloqlarida aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari ko'rsatishning rolini kuchaytirish, yo'lovchilar tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli tashlanmalarni qisqartirishni nazarda tutadi. Shu maqsadda 2017-2021 yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi.
Iqtisodiyotning o'sishi, tashish hajmlarini oshishi, iste'molchilaming yuk va yo'lovchi oqimlarini tashib etkazishga bo'lgan ehtiyojlarini kafolatli qondirish, logistik kanallar faoliyati iqtisodiy samaradorligi ta'minlash bugungi kunda mamlakatimiz transport sektoriga dolzarb vazifalarni qo'ymoqda.
Transport tizimi va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalariga mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning ko'pgina ko'zga ko'ringan olimlari o'z e'tiborlarini qaratdilar. Jumladan, transport sohasi samaradorligi oshirish muammolari bilan G'.P.Nesterov, G.N.Kovshov, V.N.Livshik, Ya.V.Xomyak, I.T.Kozlov, B.S.Kozin, S.V.Kiropivin, Yu.D. Kuznetsov, B.A.Xo'jayev, G.M.Kosimov, K.Uldjibayev, Sh.A.Bo'tayev, A.A.Zenkin, A.B.Kanlan, E.A.Pozamantir, S.Alikarayev, B.Sh.Omonov va boshqa ko'p olimlar shug'ullanganlar.
E.P.Nesterov, V.N.Livishits, G.N.Kovshov kabi olimlar o'z ilmiy tadqiqotlarila transport tarmog'ini rivojlantirish masalalarini tahlil etganlar. B.A.Xujayev, G.M.Kosimov, K.Uldjaboyev, Sh.A.Bo'tayev, B.Sh, Omonov va shu yo'nalishdagi boshqa olimlar tadqiqotlarida esa tashish jaranini optimallashitirish va samarali boshqarish masalalariga katta e'tibor qaratganlar. G.A.Samatov tadqiqotlarida esa passajirlar va halqaro yuklar tashishni optmallashtirish masalalari ko'rilgan. B.A.Xo'jayev ilmiy tadqiqotlarida paxta homashyosini tashishda transport vositalari tanlovi tahlillari keltirilgan. A.Qo'ziyev ilmiy ishlarida esa xududdagi yuk oqimlarini er usti avtomobil va temir yo'l transporti vositalarini va tarmog'idan samarali foydalangan holda o'zlashtirish hamda ularni kelajakdagi yuk oqimlarini o'sishiga (dinamikasiga) mos ravishda rivojlantirish masalalari ko'rilgan. Ayni paytda olimlarning ilmiy tadqiqotlarida iqtisodiy regiondagi maxalliy yo'l tarmoqlarida yuk oqimlarini amalga oshirishga oid transport tarmog'i va vositalarini optimallashtirish masalalari ko'rilmagan.
Tashish marshrutlari bo'yicha transport vositalarining taqsimlanishi va mayatnikli marshrutlarda tashishni rejalashtirishni optimallashtirish masalalarining ayrim model va metodlari B.D.Prudovekiy va G.N.Trofimovlar tomonidan ishlab chiqilgan masalaning matematik modeli quyidagicha aniqlanadi.
Berilgan.
n - yuk qabul qiluvchi (klent)lar soni Kj -j - lineyasi bo'yicha tashish xajmi m - tashishda foydalanilayotgan avtomobil turlari soni: Mayda partiyali tashishni marshrutlashtirish-bu yuk va yo'lovchilarni ketma-ket ratsional tarqatish yoki yig'ish marshrutlarini tuzish demakdir. Matematik mohiyatiga ko'ra bu masala bir necha manzillarni o'zaro bog'laydigan sxemani aniqlashdan iborat bo'lib, bunda boshlang'ich va oxirgi punktlar yagona bo'lishi hamda qolgan manzillardan faqat bir marta o'tilishi lozim.
Yuk jo'natish punkti V dan oluvchi punktlarga j = {1,2......n} yuk
tashilishi lozim. Har bir oluvchiga tashiladigan yuk miqdori Sj berilgan. Yuk tashishni bajarishda l sondagi avtomobillar l = 1.2...k....lo ishtirok etishi mumkin. Xar bir K avtomobil uchun yuk ko'taruvchanlik Rk ma'lum Ks{1.2—l.} . Avtomobillarning tartib raqamlari l = {1,2...l} shunday belgilanshi quyidagicha bo'lishi shart.
q1 < q2 < ... < ql
Xar bir avtomobil uchun tuzilgan Rk marshrut ma'lum
{B, J\, Jk2,... J\, Б}
manzillar ketma-ketligidir, bunda B.JsRk = {B, Jk, Jk,...J5k,B} Xar bir K avtomobil uchun shunday Rk aniqlash kerakki, bunda manzillar olidagan yuk miqdorining yig'indisi avtomobil yuk ko'taruvchanligidan oshmasligi kerak, ya'ni
XQj < qk,Ks{1.2,...,1}jSRk
Bunda barcha marshrutlar to'plami {Rk} uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
-birorta ham oluvchi manzil ikkita marshrutga masalan (Rk va Rr) marshrutlarga kirmasligi, boshqacha aytganda Rk va Rr marshrutlarga tegishli bo'lgan oluvchi punktlar kesishmasi bo'm-bo'sh bo'lishi kerak, ya'ni
r = k ^ Rk ПR = ф.^{1.2..,l}
Hamma oluvchilarga yuk olib berilishi lozim, ya'ni
Rk = {1.2.., l}
U
K = {1 ^ l}
tuzilgan marshrutlar sistemasi eng kam yuriladigan yo'l uzunligi ta'minlashi kerak
bu yerda:
r1 = {(R.J,k ).( j.j2 )......(j5kB)} -avtomobil marshrutidagi juft
punkitlar to'plami,
R1 = {R1,R-7,—,Ri,...R/1} , , , . . „ ,
12 k - xamma marshrutlardagi juft punkitlar
to'plamidir.
dji - punkitlararo eng qisqa masofalar matritsiyasining elementlari.
Masalaning qo'yilishi va modeli yig'ish marshruti uchun ham yuqoridagilardan aytarli farq qilmaydi.
Shuni aytish kerakki, hozirgi paytga qadar mayda partiyali yuk tashishni marshrutlashtirishning universiyal metodlari ishlab chiqilmagan.
Manzillar soni aytarli ko'p bo'lmagan xollarda (n<5) masalani hamma variantlarini solishtirib chiqish vositasida echish mumkin. Ammo ko'p sonli
punktlaruchun bunday tarzda masalani echish mumkin bo'lmay qolad i, chunki bunda solishtirib chiqilishi lozim bo'lgan variantlar soni nihoyata ko'pdir. Yo'l sxemasi murakkab bo'lganda marshrutlarning bir qancha varianti orasidan eng qisqasini topib olish ba'zan mumkin bo'lmay qoladi. Masalan, 5 punktni 12 xil marshrut 6 punktni 60 xil marshrut va 10 punktni 18/400 xil marshrut bo'yicha aylanib chiqish mumkin.
Ammo variantlarni tekshirmasdan qisqaroq yo'llar bilan optimal marshrutlar sistemasini topishning bir qancha metodlari mavjud. Bu metodlar optimal variantlarga yaqin echimlarni topishga imkon beradi. Amalda punkitlar soni ko'p bo'ladi. Demak, hamma marshrutlarni bir-biri bilan taqqoslab chiqish maqsadga muvofiqini topish uchun maxsus matematik metodlar zarur.
Yuk tashish xajmining oshib borishi turli transport vositalarining yo'l tarmoqlari kengayishi va zichlanishi, ulardagi material oqimlar jadalligining oshishi, shaxarlar kattalashuvi va shu kabi omillar xududning mahsulot va tovarlar jo'natuvchi manzillari bilan iste'molchi tashkilotlar ob'ektlari o'zaro boylaydigan eng qisqa uzunlikdaga kam harajatli yo'l sxemalarini aniqlash masalasini kun tartibiga qo'ymoqda. Chunki eng qisqa yo'l tarmog'i bo'ylab etkazib beriladigan materiallar oqim xarajatdorligi kam hisoblanadi va u ishlab chiqarilayotgan maxsulotning raqobatbardoshligini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.-T.: O'zbekiston, 2017.-103 b.
2. Bo'tayev Sh.A.va boshqalar. Logistika (etkazib berish zanjirida oqimlarni boshqarish)T.: extremum-press, 2012-575 b.
3. Bo'tayev Sh.A., Mirzaahmedov B.M. Jo'rayev M.N., Do'rmonov A.Sh., Baxadirov B. Tashish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish-Toshkent: Fan, 2009-240 b.
4. Bo'tayev Sh.A., Qo'ziyev A.O'. Iqtisodiy hududning transport infratuzilmasini optimal rivojlantirish modellari va uslublari-Toshkent: Fan 2009-140.
5. Мухторов.А, & Эргашева, К. (2022). ТРАНСПОРТ ВОСИТАЛАРИНИНГ ЮКЛАНГАНЛИК МАСАЛАЛАРИ ТАШИШДА ЮКНИНГ НОМЕНКЛАТУРАСИ.. Аcадемиc Ресеарч ин Эдуcатионал Cc^Hcec, 3(2), 534-540.