Научная статья на тему 'YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH'

YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
684
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LOGISTIKA TIZIMI / TERMINAL TASHISHLAR / YUKLARNI ETKAZIB BERISH / TRANSPORT TARMOQLARI / SHAKLLANISH TAMOYILLARI / SAMARADORLIK / USULLAR / HARAKATLANUVCHI TARKIB / TERMINAL TEXNOLOGIYASI / YUK HARAKATI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qosimov S.H.

Ushbu maqolada yuklar harakatlanuvining terminal tizimini yaratishning asosiy masalalari vazifalari tahlil qilinadi. YUklar harakatlanuvining terminal tizimini yaratish bo‘yicha keltirilgan taklif va mulohazalar hududda terminal texnologiyasi asosida yuklar tashishni tashkil etishning logistik tizimini shakllantirishga zamin yaratgan holda transport jarayoni ishtirokchilari faoliyatining uyg‘unligini ta’minlash hamda tashish jarayonlarining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF A LOGISTICS SYSTEM USING TERMINAL TECHNOLOGY IN THE REGIONS ON THE BASIS OF CARGO TRANSPORTATION ORGANIZATION

This article analyzes the tasks of the main issues of creating a terminal system of cargo movement. The proposals and comments on the creation of the terminal system of the movement of goods will allow to ensure the harmony of the activities of the participants of the transport process and increase the efficiency of the transportation processes, creating the basis for the formation of a logistic system for the organization of cargo transportation in the area based on the terminal technology.

Текст научной работы на тему «YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH»

Qosimov S.H.

"Transport logistikasi" kafedrasi dotsenti Jizzax Politexnika instituti

YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO'LLASH LOGISTIK TIZIMINI

SHAKLLANTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada yuklar harakatlanuvining terminal tizimini yaratishning asosiy masalalari vazifalari tahlil qilinadi. YUklar harakatlanuvining terminal tizimini yaratish bo'yicha keltirilgan taklif va mulohazalar hududda terminal texnologiyasi asosida yuklar tashishni tashkil etishning logistik tizimini shakllantirishga zamin yaratgan holda transport jarayoni ishtirokchilari faoliyatining uyg'unligini ta'minlash hamda tashish jarayonlarining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: Logistika tizimi, Terminal tashishlar, yuklarni etkazib berish, transport tarmoqlari, shakllanish tamoyillari, samaradorlik, usullar, harakatlanuvchi tarkib, terminal texnologiyasi, yuk harakati.

Kasimov S.H. associate professor "TransportLogistics" Department Jizzakh Polytechnic Institute

FORMATION OF A LOGISTICS SYSTEM USING TERMINAL TECHNOLOGY IN THE REGIONS ON THE BASIS OF CARGO TRANSPORTATION ORGANIZATION

Abstract. This article analyzes the tasks of the main issues of creating a terminal system of cargo movement. The proposals and comments on the creation of the terminal system of the movement of goods will allow to ensure the harmony of the activities of the participants of the transport process and increase the efficiency of the transportation processes, creating the basis for the formation of a logistic system for the organization of cargo transportation in the area based on the terminal technology.

Key words: Logistics system, Terminal transportation, cargo delivery, transport networks, principles of formation, efficiency, methods, rolling stock, terminal technology, cargo movement.

Mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar, yangi tijorat tuzilmalarining shakllanishi va tadbirkorlikning rivojlanishi, yaqin qo'shni mamlakatlar va uzoq chet el bilan xo'jalik aloqalarining instensivlashuvi, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda yuklar tashuvini tashkil etishga, magistral

turdagi transport bilan yuklarni tashib etkazib beruvchi va tashib olib ketuvchi mahalliy avtotransport o'rtasidagi muvofiqlik va o'zaro hamkorlikni ta'minlashga bo'lgan iste'mol talablarini ortishiga olib keladi. Bunda terminal texnologiyalari bo'yicha kompleks transport-ekspeditsion xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.

Terminal tashishlar, xorijda, avvalo, yuklarni etkazib berishning shaharlararo va xalqaro hamjamiyatida yirik dengiz portlari, transport tarmoqlarida keyinchalik, G'arbiy Evropa va SHimoliy Amerikaning yuk tashuvida paydo bo'ladi. Terminal tashishlarning tashkilotchisi rolida, odatda, transport ekspeditsiya firmalari yoki turli xildagi tashishlar uchun universal yoki maxsus terminallar yoki terminallar majmuidan foydalanuvchi turli xil transport operatorlari mavjud. YUk terminallari deb, tashkiliy jihatdan o'zaro bog'liq va qabul qilish, ortish-tushirish, saqlash, turlarga ajratish, turli partiyali yuklarni qayta ishlash bilan bog'liq logistik operatsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan inshootlar, xodimlar, texnik va texnologik asboblar, shuningdek, yuk qabul qilib oluvchilar, tashuvchilar, unimodal, multimodal, intermodal va boshqa turdagi yuklarni tashishda boshqa logistik vositachilarga tijorat-axborot xizmatlari ko'rsatishning maxsus majmuiga aytiladi.

YUklar harakatlanuvining terminal tizimini yaratishning asosiy masalalari quyidagilardan iborat: yuklar harakatlanuvining terminal texnologiyalarini joriy etish, sanoat va savdo korxonalaridagi omborxona zahiralarini qisqartirish, hududning transport tugunlarida mijozlarni kafolatlangan tarzda transport -ekspeditsion xizmatlar kompleksi bilan ta'minlovchi, ularning omborxona maydonlarini va o'zlariga qarashli avtomobil parklarini qisqartirishga, ko'p smenali - kerak bo'ladigan bo'lsa sutka davomida beto'xtov tarzda terminallar ishini tashkil etish asosida magistrallarda ishlovchi avtopoezdlarning aylanishi vaqtini qisqartirish hisobiga mayda va o'rtacha partiyali yuklarni tashishda kamtonnajli transport vositalaridan foydalanishsamaradorligini oshirish (klassik "terminal" samara) talab etiladi. Mazkur masalani hal etishning shartlari quyidagilardan iborat: terminallarni mehmonxonalar, haydovchilarning dam olish xonalari va oshxonalar bilan jihozlash; terminallarning hududlarida avtomobillarga, tirkamalarga, yarim tirkamalarga va kichik hajmdagi ta'mirlash ishlarini bajaruvchi zonalarni tashkil etish va boshqalar.

YUklar harakatlanuvining terminal tizimini yaratish bo'yicha keltirilgan taklif va mulohazalar hududda terminal texnologiyasi asosida yuklar tashishni tashkil etishning logistik tizimini shakllantirishga zamin yaratgan holda transport jarayoni ishtirokchilari faoliyatining uyg'unligini ta'minlash hamda tashish jarayonlarining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Bugungi kunda terminallar shunchaki yuk jo'natish punkti bo'lib qolmay, balki muhim yirik logistik markazga aylanib, ko'p miqdorda yuklarni taqsimlash markazlari va ta'minot bazalari rolini o'ynaydi. Universal va maxsuslashtirilgan terminallar va terminal majmualari, universal terminallar o'zida distribyutiv markazli omborlar guruhlarini ifodalaydi. Bu terminallarning vazifalari to'plash,

olib kelish, tarqatish, asosan mayda jo'natishlarda yukni qayta ishlash, yuklarni saqlash va boshqa logistik amaliyotlar hisoblanadi. Universal terminallar maxsus omborxonalarga va og'ir vazndagi, uzun, tez buziluvchi yuklarni qayta ishlash uchun asbob-uskunalar, shuningdek, konteynerlar maydonlariga ega bo'lishi zarur. SHuningdek, terminallar ko'pincha kirish yo'laklari bo'lgan temir yo'llarga ulangan bo'ladi. Universal terminallar amaliyotida bajariladigan asosiy operatsiyalar quyidagilar: - mijozlarning arizalarini qabul qilish va o'rganish; -mijozlar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish, - transport logistik xizmat ko'rsatish bozorini o'rganishning marketing tadqiqotlari; - yuklarni to'plash va tarqatish; - qisqa muddatli saqlash; - yukni qayta ishlashda yig'ish, maydalash, turlarga ajratish, o'rashqadoqlash va boshqa ishlar; - terminallararo tashish va yuklarni oxirgi iste'molchiga etkazish; - terminalning axborot xizmati yordamida transport logistik operatsiyalari uchun hisob-kitob ishlarini bajarish va boshqalar. Odatda yirik universal terminallar ma'muriy binolar, mayda jo'natishlarni qayta ishlash omborlari, yukni uzoq saqlash omborlari, yuklarni bojxona ko'rigidan o'tkazish va xalqaro tashishlar uchun omborlar, tez buziluvchi yuklarni qayta ishlash uchun omborlar, og'ir vaznli, uzun yuklar va konteynerlar uchun maydonchalar, haydovchilarning dam olish xonasi va avtopoezdlar uchun to'xtash maydonchalariga egadir. Maxsuslashtirilgan terminallar transport-logistik xizmat ko'rsatish ishlarining belgilangan turi yoki assortimentiga qarab amalga oshiriladi. Masalan, tez buziluvchi yuklar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, qog'ozlar va hokazo. YUk terminallarining maxsuslashuvi mijozlarning yuk tashishi, saqlashi va yuklarni qayta ishlashga bo'lgan talablarini yaxshiroq hisobga olish va logistik menejmentning samaradorligi, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, logistik xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Terminal yuk tashishning texnologik jarayoni uchta asosiy bosqichdan iborat:

- yuklarni terminallarga keltirish va ularni terminallardan tarqatish;

- terminalda yuklarni qayta ishlash;

- terminallararo yuklarni to'g'ridan-to'g'ri tashish.

Terminallarda yuk tashishning sxemasi ifodalangan. Terminallarda yuk tashishlar sifati yuklarni yuqori tezlikda etkazib berish va transport vositalaridan samarali foydalanish bilan tavsiflanadi. Yirik logistik tizimlarda yuk tashish usulini tanlashda yuk tashish bilan bog'liq xarajatlarni to'g'ri belgilash katta ahamiyatga egadir. Masalan, yuklarni xalqaro tashish bilan bog'liq xarajatlarni logistik tashkil etuvchilari quyidagilarni o'z ichiga oladi: - mahsulotni jo'natishga tayyorlash (sifatini, sonini, markirovkasi, qadoqlanishi va h.k ni tekshirish); - mamlakatda ortish-tushirish; - yuklarni jo'natish nuqtalarida, terminallarda saqlash, vaqtinchalik saqlash omborlarida va h.k; - yuklarni chegaradan olib o'tish, portlar va xorijda jo'novchi transport vositalariga etkazish; - transport vositalariga ortish (avtomobil, kema va vagon), shu jumladan chegaradan o'tish nuqtasida ham; - xalqaro transport orqali tashish; -sug'urta va bojxona deklaratsiyasi uchun haq to'lash; - belgilangan punktda

yukni tushirish; - bojxona to'lovlari, soliq va yig'imlarni to'lash; - yuklarni qabul qiluvchi omboriga etkazilgani uchun haq to'lash va boshqalar. YUklarni etkazishda aniq xarajatlar yig'indisining mavjudligi sotish sotib olish shartnomasi bilan belgilangan asosiy shart - sharoitlardan kelib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyot:

1. Миротин Л.Б., Чубуков А.Б., Тошбоев И.Э. Логистическое администрирование- Москва: Экзамен, 2009.

2. Qoriyeva, Y. (2012). Глобал логистик тизимларда юкларни ташишнинг замонавий технологияларини жорий этиш. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (2), 106-113.

3. Косимов, С., & Косимов, Б. (2021). Факторы формирования и развития современных терминалов в логистической системе. InterConf.

4. Суннат Хатамович Косимов, & Азиз Орзикул Угли Нишонов (2021). ПУТИ РАЗВИТИЕ ЛОГИСТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ ПРИ ОРГАНИЗАЦИИ ПЕРЕВОЗКИ ГРУЗОВ НА МЕЖДУНАРОДНЫХ МАРШРУТАХ. Academic research in educational sciences, 2 (3), 830-839.

5. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Vektorlar. Science and Education, 2(8), 173182. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1747

6. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini еchishning matritsa, Gauss va Gauss-Jordan usullari. Science and Education, 2(8), 312-322. Retrieved from http:// openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1761

7. Usmonov, M.T. & Shokirov.,Sh.H, (2022). Teylor formulasini matematik masalalarni еchishdagi ahamiyati. "«Science and Education» Scientific Journal" Scientific Journal, Tom-3, 19-23.

8. Usmonov, M.T. & Shokirov.,Sh.H, (2022). Dаrаjаli qаtоrlаrning tаqribiy hisоblаshlаrgа tаtbiqi. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-3, 2932.

9. Usmonov, M.T. & Shokirov.,Sh.H, (2022). Ishoralari almashinib keluvchi qatorlar. Leybnits alomati. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-3, 24-28.

10. Usmonov, M.T. & Shokirov.,Sh.H, (2022). Teylor qatori va uning tadbiqlari. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-3, 33-38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.