ZAMONAVIY KINOTEATRLAR VA ULARNING INSON PSIXOLOGIYASIGA TA'SIRI
O.Dadamirzayev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Maqolada XIX asr boshlarida paydo bo'lib, ulkan rivojlanish yo'lini bosib o'tgan kino san'ati va uning tarbiyaviy ahamiyati to'g'risida so'z yuritiladi. Steriokino, kino san'ati mutaxassislariga tanish ibora. Ammo bu ibora oddiy tomoshabin uchun yangilik bo'lib eshitilishi mumkin. Zamonaviy kinoteatrlar 3D formatdagi kino ilk marotaba anashunday nomlangani va bu kinoteatrlarda namoish etilayotgan filmlar inson salomatligiga qanchalik ta'sir ko'rsatishini esa hech kim tasavvuriga keltirmaydi.
Kalit so'zlar: kino, 3D, 5D, 7D, stereokino, maxsus effektlar
MODERN CINEMA THEATERS AND THEIR INFLUENCE ON HUMAN
PSYCHOLOGY
O.Dadamirzayev Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The article talks about the art of cinema, which appeared at the beginning of the 11th century and went through a great development, and its educational importance. Stereokino is a phrase familiar to cinematographers. But this phrase may sound like news to the average viewer. No one can imagine that modern cinemas are the first 3D cinemas to be called so, and how much impact the films shown in these cinemas have on human health.
Keywords: cinema, 3D, 5D, 7D, stereocinema, special effects
Kino dastlab oddiy ekranda oq-qora tasvirda dunyoga keldi. Fan va texnika tez sur'atda rivojlanishi natijasida san'atning bu turi oq-qora tasvirdan rangli tasvirga, oddiy ekrandan keng ekranga o'tdi.
Bugungi kunda fan va texnika yorug'lik tezligida rivojlanmoqda desak xato qilmagan bo'lamiz. San'atning biror bir jabxasi qolmadiki texnik rivojlanish o'z ta'sirini o'tkazmagan bo'lsa. Kechagi oq-qora tasvirdagi kino plyonkalarni sanoqli kunlarda rangli tasvirga aylantirish imkoniyati yaratildi.
Fransuz kinorejissyori A.Gans 1927-yilda birinchi bo'lib keng xajmli film yaratgan edi. «O'zbekfilmda keng xajmli kino 1957-yilda ishlab chiqilgan, film bir nuqtadan ikkida kamera orqali suratga olinar, ya'ni bir xil tasvirning chap va o'ng
ITFVE^^Hl 365 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
ko'zlar uchun alohida-alohida ko'rinishda tasvirga olinishi demakdir» - degan edilar ustozimiz O'zbekiston halq artisti Sh.S.Abbasov.
Stereokino 1939-yilda tashkil topdi. Ammo kinoteatrlarning moddiy texnik ba'zasi yetarli bo'lmaganligi uchun rivojlanishdan to'xtab qoldi. Kino sanoati rivojlanishda davom etdi va bugungi kunga kelib texnik imkoniyatlar samarasi oshdi. Stereokino ham o'zining rivojlanish pog'onasidan o'tib yangi shakl va ko'rinishda 3D, 5D, 7D formatlarda istemolga kirib keldi.
Yangi zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan 3D, 5D, 7D kinoteatrlar poytaxtimiz, viloyat, tuman markazlarida kun sayin ko'payib bormoqda. Zamon bilan hamnafas bo'lib, yaratilayotgan yangiliklardan o'z vaqtida voqif bo'lish yaxshi albatta, lekin masalaning boshqa tomoni ham borki, bu muammo paydo bo'lgandagini bong uriladi.
Kino san'ati o'zining jozibadorligi, ta'sirchanligi, hayratomuzligi bilan boshqa san'at turlari orasida alohida ajralib turadi. Shu bois, ushbu san'at turi paydo bo'libdiki, butun dunyoda unga bo'lgan qiziqish hamisha yuqori bo'lib kelgan. Zamonaviy taraqqiyot yuksak darajaga erishgan, fan-texnika yutuqlari insoniyat hayotiga shitob bilan kirib kelayotgan bugungi davrda ham kino san'atiga bo'lgan e'tibor zarracha susaygani yo'q. Bu bejiz emas. Zotan, insoniyat ma'naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan kino san'ati kishilarga o'ziga xos ruhiy ozuqa berib, ularning ma'naviy ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda.
Ma'lumki, kino san'atining asosini fotografiya, teatr, musiqa, tasviriy va amaliy san'at tashkil qiladi. Ularni sintezlashtiradi, o'z xususiyatlariga bo'ysundiradi. Bu san'atlarning har biridan o'zining ifoda vositalarini rivojlantirishga yordam beradigan unsurlarni yig'ib oladi.
Kinoning tashkil etilganiga ko'p bo'lmagan bir paytda, ya'ni 1927 yillarda o'zbek adibi, teatr nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o'zining "San'atning manbai" maqolasida "Kino ham teatr singari oltita ajoyib san'at: raqs, adabiyot, musiqa, rang-tasvir, haykaltaroshlik, me'morlikdan kelib chiqqan, yoki boshqacha qilib aytganda, kino oltita qadimiy ajoyib san'atning samarali mevasidir[1]" deb, yozgan edi.
Barcha san'at turlari kabi kinematografiya san'ati ham zamonga hamnafas tarzda o'sib, rivojlanib kelmoqda. Texnologiyalar asri deb e'tirof etilayotgan XXI asrda kinoga yangi inavatsion texnologiyalar kirib keldi. Kompyuter texnologiyalari mukammallashuvi natijasida kino san'atining yangi-yangi qirralarini kashf etdi, dasturlar, ixtirolar yaratilmoqda. Turli o'lchamli, kompyuter grafikasiga asoslangan kinolar XXI asarning mo'jizaviy kashfiyotlari deb tan olindi. Xozirda esa 2D formatdagi filmlarning yangi talqinlari paydo bo'lib, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va dasturlari bilan shu darajada sayqallandiki tomoshabinlar 3D formatdagi filmlarni zo'r mamnuniyat bilan qarshi oldi. Bugungi kunda 3D formatdagi filmlarni nafaqat maxsus kinoteatrlarda, uyda 3D formatda ko'rsatuvlar
ITÏy^^^BI 366 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
uzatish funksiyasiga ega bo'lgan teleekran orqali ham ko'rish mumkin. Uch o'lchamli bunday texnologiyalarning har bir xonadonga kirib borishi yangilikning ommaviylashganidan darak beradi.
5D, 7D kabi texnologik kinoteatrlar 3D formatdagi filmlarni tomoshabinga yanada chuqurroq ta'sir qilishi va filmdagi maxsus effektlarni yaqinroq xis qilishi uchun zamonaviy texnologik qurulmalardan foydalanib ishlangan kinoteatrlardir. Misol uchun filmdagi shamolni xis qilishingiz uchun bu kinoteatrda tomoshabinning yuziga shamol beriladi. Yog'ayotgan yomg'irni xis qilishingiz uchun kinoteatr shiftidan ustinggizga yomg'ir yog'diriladi. Filmda maboda yer qimirlab qolsa siz o'tirgan qursi ham qimirlaydi. Shunga o'xshash ko'plab maxsus effektlar beruvchi uskunalar bilan jihozlangan kinoteatrlar kundan-kunga o'z mijozlari sonini oshirib bormoqda.
Aksariyat bunday kinoteatrlarda film tomosha qilayotgan tomoshabinlar yoshlar. Yangi texnologiyalar yangi avlod uchun deb aytishimiz mumkin. Ammo, tanganing ikki tomoni bo'lgani kabi bu ixtirolarning ham salbiiy tomoni mavjud. Inson bosh miyyasi ma'lumotlarni cheklovsiz qabul qila olmaydi. 3D, 5D va 7D formatdagi kinoteatrlarda film tomosha qilgan tomoshabinning bosh miyyasi ma'lumotlarni katta tezlik va zo'riqish bilan qabul qiladi. Natijada bunday kinoteatrlardan film tomosha qilib chiqqan tomoshabin ruhan toliqqan holda ko'rinadi.
Voqealar maxsus effektlar orqali shu darajada reallashtirilganki ayrim kinofilmlarda bevosita ishtirokchi bo'lib qolasiz. Mana shunday maxsus effektlar bilan "ishlov" berilgan tomoshabindan, yoshlardan ertaga nima kutishimiz mumkin.
3D kinoteatrlarda filmlarni tomosha qilish chuqur asoratli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday formatdagi filmlarni muntazam ko'rib borgan tomoshabinda "anizometropii" ko'z kasalligining boshlng'ich turi bir ko'zda yoki har ikkala ko'zda birxil kasallik ko'rish masofasining buzilishi kelib chiqadi. Shunday kasallik bilan og'rigan bemorlarda zo'riqish asosida kasallik rivojlanishi mumkin. Ochiq yopiq turdag'i g'ilaylik kasalligini ham keltirib chiqaradi.
Britaniya olimlari 3D filmlarni maxsus ko'zoynaklar orqali tomosha qilgan 1000 kishidan so'rov o'tkazdi. So'rov natijasiga ko'ra 20% tomoshabin filmni normal tomosha qilgan. Qolgan 80 % tomoshabin seansdan keyin o'zida toliqish xis qilgan va ko'rish qobiliyati pasayganligidan shikoyat qilgan. 3D formatdagi film effektlari ko'zning bosimiga, muskullariga va ko'z asab tolalariga qattiq ta'sir o'tkazadi.
Bunga misol Tayland fukorolaridan birining uch o'lchamdagi "Avatar" filmini tomosha qilayotgan paytdagi xalokatini olishimiz mumkin.
Samsung, Toshiba, Sharp, Hitachi firmalari mutaxassislari uch o'lchamdagi filmlar tomoshasi vaqtida bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, ko'rish qobiliyatining pasayishi kabi salbiy xolatlarning kelib chiqishini tasdiqladilar. Bundan tashqari shu
367
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
firmalar Yaponiya raxbariyati bilan hamkorlikda 3D formatdagi filmlar keltirib chiqaradigan ko'plab boshqa salbiy oqibitlarini ma'lumotnomasini tuzib chiqdilar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Boltayev X. Fitrat va san'at nazariyasi. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, 1998.
2. X.Abulkosimova. "Kino asoslari"
368
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)