"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 3 / June 2023
ESTRADA SAHNASIDA AKTYORNING IJODIY CHIZGILARI VA TOMOSHABIN BILAN BEVOSITA MULOQOT
Farrux Tuxtayevich Egamberdiyev farruh1978@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Aslini olganda tomoshabin bilan muloqot qilish antik davr teatriga xosdir. Ya'ni ilk teatr tashkil etilgan davrda Yunonistonda dramatik asarlar xor tomonidan ijro etilganligi bizga ma'lum. Teatr tarixidan bilamizki, xor ijrosiga ilk aktyorlarni Esxil, Sofokl va Aristofanlar olib kirishadi. Ya'ni partnyor tushunchasi ana o'shanda paydo bo'ladi. Aktyorlar tomonidan ijro etilgan monologlarning aksariyati tomoshabinlarga qaratilib aytilardi.
Kalit so'zlar: estrada nomeri, aktyorning partnyori? dramatik aktyor, skomorox, mim, jonglyor, shpilman, menestel, frant, kuker, masxaraboz va qiziqchilar
ACTOR'S CREATIVE LINES AND DIRECT COMMUNICATION WITH
THE AUDIENCE ON THE STAGE
Farrukh Tukhtaevich Egamberdiev farruh1978@gmail.com Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: In fact, communicating with the audience is characteristic of the ancient theater. In other words, we know that in the period when the first theater was established in Greece, dramatic works were performed by the choir. We know from the history of the theater that Aeschylus, Sophocles and Aristophanes brought the first actors to the chorus performance. That is, the concept of partyor appears then. Most of the monologues performed by the actors were addressed to the audience.
Keywords: variety number, actor's partner? dramatic actor, clown, mime, juggler, spilman, minstrel, frant, cooker, clown and entertainers
"Estrada" atamasida ma'nosi bugungi kunimizga qadar saqlanib qolgan va o'z kuchini yo'qotmagan, zero bu ma'noni anglatuvchi so'z san'atda azaldan mavjud bo'lgan, u ham bo'lsa "teatr" atamasidir. Axir teatr atamasi ham "tomosha ko'rsatadigan joy" ma'nosini anglatadi.
Estrada deb nom olgan sahnada - parda, sahna ortidagi "gori-zont'', yonidagi -kulis, sahna sathini aylanti-radigan mashina bo'lmaydi. U shu jihati bilan estrada sahnasi maxsus jihozlangan teatr sahnasidan farq qiladi1.
San'atshunos-nazariyotchi Ye.M.Kuznesov estrada san'atining o'ziga xosligi va uning boshqa san'at turlaridan farqli qirralarini quyidagicha izohlaydi. "Estrada san'ati janrga oid turli-tuman bir-birini takrorlamaydigan turdagi sahna asralarini o'ziga birlashtirib, ommaviy sahnada namoyish qilinish shartlari va tomoshabinga ta'siri jihatidan yengil qo'llanilishi mumkin bo'lgan hamda ijrochining individual mahoratini yaqqol ko'rsatib, qisqa va lo'nda badiiy hatti-harakatlarni mujassamlaydigan - jonli so'z va hatti-harakat birligida vujudga keladigan, yuksak ijtimoiy-siyosiy aktuallikni qurshab olgan, shu bilan bir qatorda, satira, yumor va publisistik elementlarni birlashtirgan san'atdir" 2
Demak, estrada sahnasida namoyish etiladigan sahna asarlari ma'lum bir qisqa vaqt ichida ko'rsatilishi va davrning dolzarb mavzularini o'zida mujassam etishi zarur hisoblanadi. Ammo faqat shu qirralari bilan estrada boshqa ijroviy san'at turlaridan farq qiladi desak, yanglishgan bo'lamiz.
Shunday ekan, estrada teatrdan nimasi bilan farq qiladi: teatr bino ichkarisida estrada esa ichkarida, tashqarida, maydonda, bog'da, dalada xullas istalgan joyda, ha aslini olganda ham bu fikrlarda haqiqat bor, ammo estradaning xususiyatlarini yaqqol namoyon etadigan o'ziga xosligi bu bilan cheklanmaydi. Estrada - hayotning badiiy ko'zgusi, bu teatr san'atiga ham tegishli, ammo estrada zamonaviy kun bilan yashaydi, unda jamiyatni ko'zda ko'rgandek ko'rasiz, chunki unda ortiqcha dramatizm mavjud emas. Badiiylik dramadagi singari bo'rttirilgan va ma'lum bir bo'yoqlarda bo'yalgan bo'lmaydi.
Tomoshabin - aktyorning partnyori. Bu estradada aktyorlik ijrosi uchun qo'yilgan zaruriy talablardan biridir. Dramatik aktyor tomosha zalidan tasavvuriy to'rtinchi devor bilan to'silgan bo'lib u shu bilan oshkora tanholikka erishadi. Estradada esa aktyor yolg'iz emas, u har doim tomoshabin bilan bevosita muloqotga kirishadi. Lekin so'ngi paytlarda dramatik aktyorlar ham tez-tez tomoshabinlarga replika tashlash, ahyon-ahyonda ular bilan muloqot qilish, munozaraga kirishish, monologlarini tomosha zaliga qarata aytishga erishmoqdalar. Bunga teatrlarimizda Bahodir Yo'ldoshev, Rustam Hamidov, Olim Salimov, Turg'un Azizov singari atoqli rejissyorlarimiz tomonidan sahnalashtirilgan "Kelinlar qo'zg'oloni", "Oltin devor", "Temir xotin", "Toshkentga sayohat", Qalliq o'yin", "Qirmizi olma" singari ko'plab asarlarni misol keltirish mumkin. Rej. T.Azizov tomonidan O'zbek Milliy Akademik drama teatrida sahnalashtirilgan "Chimildiq" (muallif: E.Hushvaqtov) komediyasining ekspozisiyasi tomosha zalidan boshlanishi fikrimizning tasdig'idir. Bunday asarlarni
1M. Umarov " Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi" TDSI.nashriyoti. 2007 y. - 206 b. 2 YE.M.Kuznetsov, "Iz proshlogo russkoy estradi", M. "Prosvyasheniye" 1958 y. - 144 b
PÍgcTÍÍ^^BI 212 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Korlo Gossi, Karlo Goldoni, Molyer, Gogolning ijodlarida ham uchratish mushkul emas.
Aslini olganda tomoshabin bilan muloqot qilish antik davr teatriga xosdir. Ya'ni ilk teatr tashkil etilgan davrda Yunonistonda dramatik asarlar xor tomonidan ijro etilganligi bizga ma'lum. Teatr tarixidan bilamizki, xor ijrosiga ilk aktyorlarni Esxil, Sofokl va Aristofanlar olib kirishadi. Ya'ni partyor tushunchasi ana o'shanda paydo bo'ladi. Aktyorlar tomonidan ijro etilgan monologlarning aksariyati tomoshabinlarga qaratilib aytilardi.
Yuqorida ta'kidlaganimizday, so'ngi yillarda teatr sahnadan to'rtinchi devorni olib tashlab tomoshabin bilan muloqot qilishga kirishmoqda. Bu shaklni u estradadan emas, balki o'zining tarixiy ildizi bo'lmish, xalq an'anaviy teatridan olgan desak, to'g'riroq bo'ladi.
Chunki xalq tomosha teatrining asosiy omillaridan biri tomoshabin bilan be'vosita muloqot qilish hisoblanadi. Bugungi kunda estrada bu shakldan yanada dadillik bilan kengroq foydalanib, uni qurol qilib olgan desak, yanglishmagan bo'lamiz.
Ammo estrada san'atida shunday janrlar mavjudki, ularda ijro shakllari teatrnikidan farqlanmaydi. Bunday janrlarga sketch, miniatyura, intermediyalar kiradi. Aktyor teatrdagi singari ma'lum bir xarakter va obrazda gavdalanib, berilgan shart-sharoit doirasida hatti-harakat qiladi. Mazkur holatda aktyor va tomoshabin o'rtasida tasavvurdagi to'rtinchi devor mavjud bo'lishi mumkin.
Teatr aktyori o'z qahramonini tasavvuriy to'rtinchi devor ortida ijro qilsada, tomoshabinlar auditoriyasini his etib, sahnada ular bilan bog'liq holda hatti-harakat qiladi. Shu xususda Arkadiy Raykin ijodiga e'tibor qaratsak, u ijro etgan miniatyuralarda ham to'rtinchi devor mavjud bo'lgan. U o'z ijrosini teatr qonun-qoidalari asosida tashkil qilib, sahnadagi hatti-harakatini muayyan shart-sharoitga mos holda olib boradi va shu bilan estrada prinsiplariga sodiq qoladi.
Aslida tomoshaboblik deganda nimani tushunamiz? K.S.Stanislavskiy teatrning tomoshabobligi xususida quyidagilarni aytadi. "Teatrni - maktab deyishga shoshilmaymiz. Yo'q, teatr bu - ko'ngil ochish maskani. Teatrning mazkur elementini ko'zdan yiroq tutish o'rinsiz bo'ladi. Mayli odamlar teatrga ko'ngil ochish uchun tashrif buyurishsin. Ular teatrga kelishganidan so'ng biz eshiklarni mahkamlaymiz va shundan keyin ularning ko'ngliga istaganimizni solishimiz mumkin bo'ladi."3Ko'ngil ochish tomosha san'atining barcha turiga taaluqli, desak yanglishmaymiz. "Hattoki o'sha teatrdagi eng "jiddiy" tragediya ham tomoshabinning personaj qayg'usiga sherik bo'lishiga shunday holatda olib keladiki, qachonki spek-takl uningko'ng-lini chog' qilsa. Tomoshaboblik sahna san'ati turlariga xos xususiyat hisob-lanib, san'at turlarini
3 Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. T.Xo'jayev tarjimasi. S.Muhamedov muharrirligida. -T.: Yangi asr avlodi. 2010 y. - 128 b
ricTrÜ^^Bl 213 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
keng qamrovli qiladi. K.S.Stanislavskiyning o'zi sahna san'atining tomoshaboblik vazifasi xususida quyidagilarni aytadi: "Men (tomoshaga) kelib, kresloga o'tirdim. Hayratga soluvchi dekorasiya, ajoyib aktyorlar, maftunkor va epchil jestlar, ko'zni qamashtiradigan yorqin va chaqnab turuvchi chiroqlar, musiqa- bularning barchasi jonga huzur bag'ishlaydi, sezgilarimni turtkilab, asab tolalarini eng yuqorigi cho'qqilarga ko'taradi. Men bunday tomoshalarni hush ko'raman"4 , - deya e'tirof etadi, Stanislavskiy.
Shuni aniqlashimiz lozimki, bugungi jamiyatimizda estradaning tomoshaboblik vazifasi qanday darajada bo'lishi zarur? Buning uchun tomosha san'atining vujudga kelish tarixiga nazar solishlik va mazkur xususiyatni ana o'sha yerdan izlash lozim bo'ladi.
Biz estrada deb ataydigan san'at turining tashkil topgani va yuzaga kelganligiga hali ko'p bo'lgan emas. XIX va XXasrlarda mazkur san'at va uning aksariyat janrlari hozirgi ko'rinishida vujudga keldi desak, yanglishmaymiz.
Estrada san'ati shakli va janrlari jihatidan turli-tuman bo'lib, ular uch ko'rinishda bo'ladi: konsert estradasi, teatr estradasi va bayram estradasi.
Har qaysi mamlakatda estrada san'atining shakli o'sha yerdagi madaniy rivojlanish, tub xalqning an'ana va udumlaridagi o'ziga hosligi jihatidan farqlanib turadi, desak yanglishmagan bo'lamiz. Estrada san'ati xalq og'zak ijodi va xalq an'anaviy tomosha san'ati bilan chambarchas bog'liq bo'lib, pirovardida o'ziga xos ko'rinishdagi milliy estradaning vujudga kelishiga olib keldi.
Estradaning ilk ko'rinishlari teatr va sirk san'ati singari insoniyat madaniy taraqqiyotining o'zoq o'tmishiga borib taqaladi. O'sha davr estrada tomoshalari o'zida xalq ashula va raqslarini, pantomima, komik sahnalarni birlashtirgan bo'lib, bunday shakldagi tomoshalar Qadimiy Sharq, Qadimiy Gresiya va Rimda mavjud bo'lgan. Ular kalendar va diniy bayramlarda, hosil bayramlarida ijro etilib, xalq udum va marosimlarining bir qismi hisoblangan.
O'rta asrlarda xalq tomosha san'ati xususan estrada san'atining rivojiga sayoq aktyorlar-gistrionlar katta hissa qo'shadilar. Har hil davlatlarda ularning nomlari turlicha bo'lgan. Misol uchun, Rossiyada - skomorox, Italiyada - mim, Fransiyada -jonglyor, Germaniyada - shpilman, Angliyada - menestel, Polshada - frant, Bolgariyada kuker, O'rta Osiyoda esa - masxaraboz va qiziqchilar deb atalgan.
Gistrionlar haryoqlama qobiliyatli aktyorlar hisoblanishib, xilma-xil janrlarda ijod qilishgan. Ular musiqa asbobida kuy ijro etishni, raqsga tushishni, qo'shiq
4Stanislavskiy K.S. Aktyoming o'z ustida ishlashi. T.Xo'jayev tarjimasi. S.Muhamedov muharrirligida. -T.: Yangi asr avlodi. 2010.
kuylashni, pantomima yo'nalishida etyud ijro etishni, komik sahna ko'rinishlari o'ynashni va sirk uslubida nomer ko'rsatishniqoyilmaqom darajada bilishgan edi.
Estrada san'atiga xos elementlar o'rta asrlarda (XIV-XVI asrlar) uyg'onish davrida, Italiyada "niqoblar komediyasi" - "del arte" komediyalarida keng foydalaniladi.
"Komediya del-arte o'zbek qiziqchilik teatri singari xalq tomoshalari asosida tarkib topib, demokratik g'oyalar minbari sifatida omma orasida keng yoyilgan teatr edi. O'zbek an'anaviy teatrida bo'lganidek, xalq orasida chinakkam italiyan aktyorlari badihago'ylik(improvizasiya)da layoqatlari benazir ijodkor bo'lishgan", deydi S.Tursunboyev.5 Haqiqatdan ham del-arte aktyorlarida zamonamiz estrada ijrochilari singaritomoshabinlar bilan bevosita muloqot ham yo'lga qo'yilgan bo'lib, tomosha davomida ular tomoshabinlarning qiziqishlari va takliflarini inobatga olgan holda sahna ko'rinishlariga o'zgartirishlar ham kiritib ketaverishgan. Ammo umumiy voqealar tizimi va asar syujetiga darz yetkazmaslikka intilganlar ham. Shunday ekan estrada san'atining badihago'ylik hislatini "del-arte" komediyalaridan meros deyish mumkin.
Angliyada sovuq yomg'irli kunlarda ko'cha artistlari ko'pincha o'z tomoshalarini tavernalarda namoyish etishga majbur bo'lganlar. Artistlarning bu singari namoyishlari bino egalari uchun qo'l kelgan. Shu paytlardan boshlab tavernalarda aktyorlar ijrosi uchun sahna ko'rinishlarini namoyish etishga qulay qilib maxsus ko'tarilgan taxtasupalar-estradalar o'rnatish boshlandi. U yerda qisqa ko'rinishdagi buffonadaga boy intermediyalar, raqs va qo'shiqlar, akrobatik nomerlar ijro qilingan.
Tomoshalar to'la muvaffaqiyat bilan amalga oshirila boshlagach, sahnalar takomillashtirilib, sahna ko'rinishlarini namoyish etishga moslashtirildi, tomoshabinlar uchun qulayliklar yaratildi. Tomoshalarda san'atning turli-tuman janrlarida ijod qiladigan o'z davrining eng iste'dodli va mashhur artistlari chiqishlar qila boshlaganligi sababli ularga tomoshabinning qiziqishi orta bordi. Balet truppalari kengaydi. Tomoshalar yaxlit syujetga birlashgan nomerlardan tuzilib ommaga taqdim etilardi. 1890 yilda London shahrida tavernalar negizida "Algambra" deya nom olgan ilk myuzik-xoll tashkil topadi. 1904 yilda "Kolizey" nomli yana bir myuzik-xoll o'z faoliyatini boshlaydi. Bunday tomoshagohlarning muvaffaqiyati barobarida boshqa davlatlarda ham shu singari myuzik-xollarning ochilishiga sabab bo'ladi.
Shu singari bir tomondan xalq tomoshalaridan, ikkinchi tomondan drama teatrlaridan aktyorlar Estrada saxnasiga ko'chadilar. Ular ko'rsatayotgan tomosha konsert nomeri deb atala boshlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.Tursunboyev. Xorijiy teatr tarixi. T. "Turon-Iqbol" nashriyoti, 2005 yil
5S.Tursunboyev. Xorijiy teatr tarixi. T. "Turon-Iqbol" nashriyoti, 2005 yil. - 43 b.
ncTTÜ^^Bl 215 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
2. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. T.Xo'jayev tarjimasi. S.Muhamedov muharrirligida. -T.: Yangi asr avlodi. 2010.
3. M. Umarov " Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi" TDSI.nashriyoti. 2007 y.
4. YE.M.Kuznetsov, "Iz proshlogo russkoy estradi", M. "Prosvyasheniye" 1958
y.