Научная статья на тему 'FILM VA DRAMATURGIYA'

FILM VA DRAMATURGIYA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
107
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
film / ssenariy / rejissor / aktyor / manaviyat / marifat / qisqa metrajli film / sound / marifat / poetika

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Aydos Janabaevich Otepbergenov

Bu maqolada filmlarning dramaturgik sifati va dramaturgiyaning tariyxidan kelib chiqib hozirgi kundagi filmlarda uning qanchalik zarurligi haqida misollar bilan so‘z etiladi. Dramaturg asarining filmning muvaffaqiyatli chiqqishidagi o‘z o‘rni haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FILM VA DRAMATURGIYA»

FILM VA DRAMATURGIYA

Aydos Janabaevich Otepbergenov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Bu maqolada filmlarning dramaturgik sifati va dramaturgiyaning tariyxidan kelib chiqib hozirgi kundagi filmlarda uning qanchalik zarurligi haqida misollar bilan so'z etiladi. Dramaturg asarining filmning muvaffaqiyatli chiqqishidagi o'z o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: film, ssenariy, rejissor, aktyor, manaviyat, marifat, qisqa metrajli film, sound, marifat, poetika

FILM AND DRAMATURGY

Aydos Janabaevich Otepbergenov Uzbekistan State Institute of Arts and culture Nukus branch

Abstract: This article provides examples of the dramaturgic quality of films and how much it is necessary in current-day films based on the history of dramaturgy. The playwright's work deals with his role in the film's successful release.

Keywords: film, scenario, director, actor, manaviyat, marifat, short film, sound, marifat, poetics

Hozirgi kunda kino san'ati jamiyatning ijtimoiy hayotida salmoqli o'ringa ega. Kino san'ati inson ma'naviyati yuksalishiga bevosita xizmat qiladi. "San'at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yo'l topish mumkin." - deb yoziladi I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch"1 asarida. Bundan kelib chiqadiki, kino san'atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga bo'lgan ta'siri beqiyos. Kino san'ati sintetik san'at turi bo'lib o'zida deyarli barcha san'at turlarini qamrab olgan. Kino san'atida tasviriy san'at, musiqa, adabiyot kabi san'at turlari elementlarini ko'rishimiz mumkin. Kino san'ati boshqa san'at turlaridan keyin paydo bo'lgan bo'lsa ham, jamiyat madaniy hayotining ajralmas qismiga aylandi. O'z o'rnida kino tasvirga olinish uslubi va mavzusu jihatidan bir necha turga bo'linadi. Shular orasida qisqa metrajli filmlar bir tomondan yuksak mahorat talab etgani uchun san'at sohasida qadrlanib kelingan bo'lsa, bir tomondan ma'lum vaqt tomoshabinlar e'tiboridan chetda qolgan edi. Ammo, so'nggi yillarda qisqa metrajli filmlarga yana e'tibor orta boshladi. Dunyo mamlakatlarida o'tkazilayotgan turli xalqaro

1 Karimov I.Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008. -B.146

ITFVE^^Hl 12 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

kinofestivallar yosh ijodkorlarni rag'batlantirib, qisqa metrajli filmlaming qayta tiklanishiga sabab bo'ldi. Kino san'atida hajmga emas, sifatga e'tibor kuchaya boshladi.

Sifat haqida gapirar ekanmiz, har qanday sahna asarining asosida dramaturgiya yotishini ta'kidlashimiz lozim. Chunki badiiy asarda mazmun mohiyat mavjud emas ekan, u o'z ortidan tomoshabinlarni ergashtira olmas ekan, uni san'at asari deb atay olmaymiz. Ingliz dramaturgi U.Shekspir "Gamlet"da "San'at asari yaratish - bu tabiat oldida oyna ushlab turish, uning xususiyatlarini, qiyofasini aks ettirish, har bir asr va tabaqada iz qoldirish deganidir"2 - deb yozgan edi.

Filmning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz chiqishida kimdir rejissorni, kimdir unda rol ijro etgan aktyorlarni ayblasa, yana kimdir ijodiy guruhni ayblaydi. To'g'ri, filmning omadli chiqishida ijodiy guruhning har bir a'zosi o'z hissasini qo'shadi. Buni hech kim inkor etolmaydi. Biroq bizning nazarimizda asosiy e'tiborni birinchi navbatda filmning asosi bo'lmish dramaturgiyasiga qaratish zarurdir. "Amerika ssenariy mualliflari tashkiloti"ning a'zosi hamda ssenariy mahoratidan dars beruvchi Sid film shunday deydi: "Rejissyor yaxshi ssenariy asosida yaxshi film suratga olishi mumkin. Shuningdek, yaxshi ssenariy asosida yomon film suratga olish mumkin. Ammo rejissor yomon ssenariy asosida hech qachon yaxshi film yarata olmaydi. Buning imkoni yo'q"3. Sid filmning fikricha har bir film omadli chiqishining ellik foizi ssenariyga bog'liq. Bu ko'rsatkich ijodiy guruhning mashaqqatli mehnati orqali to'qson yoki yuz foizga chiqishi mumkin. Lekin ijodiy hamda texnik guruh qanchalik harakat qilmasin filmni baribir noldan yuz foizlik ko'rsatkichga chiqara olmaydi. fikricha har bir film omadli chiqishining ellik foizi senariyga bog'liq. Bu ko'rsatkich ijodiy guruhning mashaqqatli mehnati orqali to'qson yoki yuz foizga chiqishi mumkin. Lekin ijodiy hamda texnik guruh qanchalik harakat qilmasin filmni baribir noldan yuz foizlik ko'rsatkichga chiqara olmaydi.

Ayniqsa qisqa metrajli filmlarda dramaturgiyaning mohiyati katta. Chunki, bir necha daqiqa ichida film g'oyasi va maqsadi aniq ochib berilishi kerak bo'ladi. Unda to'liq metrajli filmlarda muvaffaqiyatli qo'llaniladigan texnik uslublar, vaqtni cho'zish, tomoshabin diqqatini ikkinchi darajali voqea va harakatlar bilan ushlab turish kabi usullar ish bermaydi. Bir necha daqiqada asar tuguni o'rtaga tashlanib, voqea rivojlanib, o'z echimiga etishi shart. Ana shu yerda dramaturgik mahorat as qotadi. film fabulasi eng asosiy voqeani hikoya qilib, asar syujeti voqeani muhim yo'nalish bo'ylab rivojlantirib, bosh qahramonlar xarakterini ochib berishga xizmat qilishi kerak bo'ladi.

2 To'laxo'jayevaM., Qozoqboyev T. Drama nazariyasi. - T.: Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi, 2014. -B.18-bet, 15-bet, 26-bet, 27-bet

3 Corey, George Ochoa. American film institute. -the USA., November 2002. -P.173

ITFVE^^Hl 13 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Qisqa metrajli filmlarda mavzuni yoritishda maqsadga muvofiq harakatlargina mujassam bo'lishi kerak. Zero, ortiqcha harakatlar uning belgilangan xajmi va syujetini o'zgartirib yuborishi mumkin. Gegel o'zining "Estetika bo'yicha ma'ruzalar" asarida bu narsaga aloxida to'xtalib o'tgan: "Dramatik asarda qandaydir harakat mazmun hisoblanadi, drama bu harakatni qanday amalga oshirishni tasvirlashi kerak. Ammo odamlar kwplab harakat hodisalarni amalga oshiradi. Inson amalga oshirayotgan harakatlardan dramaning o'ziga tegishli bo'lgan harakat bilan bevosita bog'liq bo'lmaganlari olib tashlanishi lozim. Demak, dramatik asarga aynan ushbu ma'lum mazmunni namoyon qilish va ifodalashga xizmat qiladiganigina kiradi, zero hech qanday ortiqchasi qolmasligi zarur."4 Gegelning fikridan xulosa qiladigan bo'lsak, qisqa metrajli film faqat mavzuni ochib berishga yo'naltirilgan hodisa va harakatlardan iborat bo'lishi kerak ekan.

Mavzu tanlash haqida gapiradigan bo'lsak, har qanday asar uchun jamiyatni qiziqtiradigan, ularning qalblarini junbushga keltiradigan mavzu tanlanishi kerak. Ayniqsa, qisqa metrajli film uchun mavzu tanlash o'ta ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki, tanlangan mavzu bir necha daqiqada ochib berilishi lozim bo'ladi. Qisqa metrajli filmda ko'tarib chiqilgan mavzu bir necha daqiqa ichida tomoshabinni o'ziga jalb qilib uni o'ylantira oladigan va shu bir necha daqiqa ichida tomoshabinni xulosa chiqarishiga turtki bo'lishi kerak. Lessing damaturgik asarni "tomoshabin vaqtini chog' qilishga emas, balki hamdardlik orqali axloqiylikni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak,"5 - deb bejiz xisoblamagan.

Umuman olganda hozirgi kunda haqiqatdan ham san'at asari deb hisoblasa bo'ladigan qisqa metrajli filmlarni twplash oson emas. Chunki, "kino ishlab chiqarish" jarayoni butun dunyoni o'z domiga tortgan. Kino sohasida kinematografik did va madaniyatni shakllantirish uchun esa bu sohada ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor berish talab etiladi. Faqat yuksak estetik didga ega kino ijodkorgina o'z asarlarida oliy g'oyalarni aks ettira oladi. Ammo, kino san'atida yuzaga kelayotgan bir xillikka qaysidir ma'noda ko'nikib qolmoqdamiz. Ya'ni tasviriy ifodalarning bir-biriga o'xshashligi odatiy holatga aylanib bormoqda. Bu narsa shunga olib kelmoqdaki, lirik preambula kichik bir ko'tarinkilikning katta bir tantanaga aylantirib yuborilishiga sabab bo'lmoqda.6 Ya'ni, qaysidir ma'noda yuzakilik yuzaga kelib, arzimaydigan voqealar birinchi planga chiqib, asosiy hodisalar keyingi o'ringa tushib qolmoqda.

Ammo shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki, qisqa metr formati mualliflari o'z dunyoqarashlarini erkin tarzda namoyon qilib, tijorat filmlariga qarshi wlaroq bu

4 To'laxo'jayeva M., Qozoqboyev T. Drama nazariyasi. - T.: Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi, 2014. -B.15.

5 To'laxo'jayevaM., Qozoqboyev T. Drama nazariyasi. - T.: Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi, 2014. -B.26.

6 Дроздова Марина. Анапа-2007: Наши намёки впольне прозрачны. - Кино Искусства. №2 февраль ПссТВ^^В! 14 ISSN 2181-063Х/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

yo'nalish ijodkorlari qalblariga quloq tutib ijod borasida hech qanday eksperimentlardan qo'rqmay faoliyat olib borishga harakat qilmoqdalar. "Ilm olish nafaqat faylasuflar uchun qiziq balki, oddiy insonlar uchun ham. Tasvirga tikilish shunisi bilan zavq bag'ishlaydiki, u orqali o'rganish va fikr yuritish mumkin. Agar oldinlari tomosha qilinmagan tasvir bo'lsa, unda u o'zgacha zavq bag'ishlaydi."7 deb yozgan edi antik davr dahosi Arastu o'zining "Poetika" asarida. Milloddan avvalgi 336-322 yillarda bitilgan bu fikr hozirgi kunda ham o'z kuchini yo'qotmaganligiga amin bo'lamiz. Tomoshabin navbatdagi filmni tomosha qilishga kirishar ekan oldinlari ko'rmagan, eshitmagan voqealar guvohi bo'lishni xohlaydi. Chunki, inson borki, u yangilikka intilib yashaydi.

Endi e'tiborni film voqea-hodisalarini tomoshabinga etkazishda asosiy vosita vazifasini o'taydigan qahramonlarga qaratsak. filmdagi obrazlar turli xil rangdan iborat kamalak misol bir-birini to'ldirib, syujet g'oyasini ochib berishga xizmat qilishi kerak. Ammo, afsuski kwp hollarda filmlardagi obrazlar bir-biriga o'xshash, rangsiz tasvirlanadi. Ijobiy obrazlar mehribon, salbiy obrazlar esa qahri qattiq. Bizga ma'lumki, tomoshabin o'zining kimligini faqatgina kuchli his-hayajonga tushgandagina anglab etadi. Bunday jarayon esa kinozalda tomoshabin qaysidir personaj bilan identifikaciyalashganda sodir bo'ladi. Shundagina tomoshabin o'zini tashqaridan ko'ra oladi. O'zini o'zi tahlil qiladi, xulosa chiqaradi. Identifikaciya esa tomoshabin haqiqatdan ham film qahramoni obrazidan ta'sirlansagina amalga oshadi. Buning uchun film qahramoni o'zgalarga o'xshamagan o'ziga xos bo'lishi kerak. Shu bilan birga film qahramoni o'zida jamiyat a'zolariga xos yurish-turish va o'y-hayollarini mujjasamlashtirishi lozim. Chunki, yaratilayotgan obraz hayotiy va tomoshabinga yaqin bo'lishi darkor. Ya'ni, obraz umumlashtirish, ham individuallashtirishni o'zida jamlagan salmoqli tushuncha. Arastuning ta'kidlashiga ko'ra, inson hayoti, inson taqdiri san'atning haqiqiy mazmuni hisoblanadi. Shuning uchun insonni "umumiy tarzda" tasvirlashning imkoniyati yo'q, inson faqat individ, shaxs sifatida mavjud bo'ladi. Inson - bu o'zining hayotga ma'lum munosabati, o'z dunyoqarashi, o'z tili bo'lgan ma'lum ijtimoiy xarakter. Shuning uchun obraz inson hayoti kartinasi sifatida eng avvalo ma'lum ijtimoiy insoniy xarakterni tasvirlashni nazarda tutadi.8

Muallif obraz yaratar ekan uning ichki dunyosiga ahamiyat qaratishi kerak. Chunki, ekrandagi qahramon tomoshabinga yaqin bo'lishi uchun uning dil tug'yonlari yorqin ifodalanishi talab etiladi. "Meni ruhshunos deb atashadi: yolg'on, men realistman - deb yozadi M.F. Dostoevskiy. - Men reallikdagi insondan insonni izlab va uning qalb ummonini tasvirlayman."

7 Аристотель. Об искусстве поэзии. - Москва: Государственное издательство Художественной литературы, 1957. -С. 49, -С. 88-89

8 To'laxo'jayevaM., Qozoqboyev T. Drama nazariyasi. - T.: Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi, 2014. -B.27

15

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Hammaga ma'lumki insonning ichki dunyosi murakkab va sirlidir. Buni bir qahramon ya'ni obraz misolida talqin qilish bundanda mushkul. Kinorejissyor Andrey Tarkovskiy o'zining ma'ruzalarida shunday degan edi: "Ekrandagi inson hayot kabi tushunarsiz va sirli bo'lib uni muallif tomoshabin bilan birga o'rganib uning sir-asrorini anglashga harakat qiladi."9

Obraz ustida ishlar ekanmiz uning qanday xislatlarga egaligini xarakter orqali ochib beramiz. Xarakter insonning ichki dunyosini tasvirlashda asosiy vosita hisoblanadi. Muallif obraz yaratishda xarakterdan material sifatida foydalanib, uni o'z tasavvuri bilan boyitadi. Boshqacha qilib aytganda xarakter xamir bo'lib undan obraz tug'iladi. Dramaturg asar qahramoni xarakterini uning xatti-harakati, nutqi orqali ochib beradi. Tomoshabin ko'z oldida qahramon xarakteri odatlari, so'zlashish uslubi, qiziqishlari bilan u yoki bu holatda gavdalanadi. Qahramon xarakteriga ko'ra ularni salbiy, ijobiy, murakkab va sodda deb baholashimiz mumkin. Arastu -"Xarakter - bu irodaning yo'nalishi,"- deb ta'rif bergan bo'lsa, Lessing -"Xarakter tushunchasi - bu insondagi qat'iylik talabidir,"- deb izoh beradi. Shuni aytib o'tish kerakki, dramatik qahramon aniq maqsad sari intilishi kerak, shundagina uning xarakteri to'laligicha namoyon bo'ladi.

Film qahramoni tomoshabin qalb to'ridan o'z xatti-harakati bilan joy olar ekan. Film qahramoni avvalambor tomoshabin hurmatini qozonishi kerak bo'ladi. Shundagina u qahramoni bilan birga azoblanadi va u uchun qayg'uradi. Ammo tomoshabinning mehrini qozonishi uchun u shunga loyiq xarakterga ega bo'lishi talab etiladi. Arastuning ta'biri bo'yicha qahramon xarakteri quyidagi to'rtta hislatni o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi zarur: "oliyjanoblik, mutanosiblik, haqqoniylik, etmaketlik"10 Ya'ni qahramon xarakteri oliyjanob bo'lib o'z irodasini twg'ri yo'naltira olishi muhim. Shu bilan birga qahramon xarakterida mutanosiblik mavjud bo'lishi zarur. Chunki, tanlangan qahramon xarakteri uning kelib chiqishi va yoshiga mos bo'lishi kerak. Undan tashqari ochib berilayotgan obraz xarakteri haqqoniy, hayotiy bo'lishi shart. Aks holda tomoshabin tasvirlanayotgan obrazga ishonmaydi. So'nggi xislat ketma-ketlik esa o'ta muhim. Chunki, qahramonning xatti-harakatlari mantiqan ketma-ketlikka bo'ysinishi lozim. Agar qahramonning harakatlari mantiqan uzviy bog'lanmagan bo'lsa, tomoshabin nafaqat yaratilayotgan obraz mohiyatiga balki, umuman film mazmuniga tushunmaydi.

Film jumladan qisqa metrajli film yaratishga kirishgan ijodkorlar ayniqsa, kino olamiga endi qadam qo'yayotgan yosh ijodkorlar yuqorida aytib o'tilgan fikrlarga e'tibor bersa maqsadga muvofiq bo'ladi.

9 Нехорошев Л.Н. Драматургия фильма. -Москва: 1986

10 Аристотель. Об искусстве поэзии. - Москва: Государственное издательство Художественной литературы, 1957. С. 88-89

ПссШ^^Ш] 16 ISSN 2181-063Х/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Foydalangan adabiyotlar

1. Karimov I.Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. - T.: Manaviyat, 2008. -

2. Tolaxo'jayeva M., Qozoqboyev T. Drama nazariyasi. - T.: Fan va Texnologiyalar Markazining bosmaxonasi, 2014. T.

3. Corey, George Ochoa. American film institute. -the USA., November 2002.

4. Drozdova Marina. Anapa-2007: Nashi namyoki vpol'ne prozrachni. - Kino Iskusstva. №2 fevral'

5. Aristotel'. Ob iskusstve poezii. - Moskva: Gosudarstvennoe izdatel'stvo Xudojestvennoy literaturi,1957. -S. 49, -S. 88-89

6. Nexoroshev L.N. Dramaturgiya filma. -Moskva: 1986

7. Aristotel'. Ob iskusstve poezii. - Moskva: Gosudarstvennoe izdatel'stvo Xudojestvennoy literaturi,1957.

8. BEKPOLATOVICH, M. A. Ways of Formation of Karakalpakfilm in the Pre-independence Years. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(4), 1-3.

9. AögpefiMOB, M. E. (2021). KOPA^A.mOK KHHEMATOrPAOH^CH^A 0B03 PE^HCCEP^HrH MYAMMO.TAPH. Oriental Art and Culture, (8), 22-25.

10. Abdreymov, M. B. (2021). QORAQALPOQ ZAMONAVIY MILLIY KINODAGI IZLANISHLAR XARAKTERI. Oriental Art and Culture, 2(4), 44-49

11. Embergenovich, K. J. (2021). The Representativeof The Karakalpak Theater. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(11), 7207-7213.

17

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.