PRODYUSERLIK FAOLIYATDA MADANIYAT VA SAN'AT
TARAQQIYOTI
Vahobjon Rustamov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada prodyuserlik faoliyatning muhim jihatlari haqida so'z boradi. Unda bu faoliyatning jamiyat taraqqiyoti, ayniqsa madaniyat va san'at sohasi rivoji, insonlarning ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan funksiyalari haqida yetarlicha ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: prodyuser, prodyuserlash, madaniyat, san'at, menejment, rejissyor, ma'naviy ehtiyoj
DEVELOPMENT OF CULTURE AND ART IN PRODUCTION ACTIVITY
Vahobjon Rustamov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article clarifies about the important aspects of production activity. It provides enough information about the functions of this activity aimed at the development of society, especially the development of the sphere of culture and art, and the satisfaction of people's spiritual needs.
Keywords: producer, production, producing, culture, art, management, director, spiritual need
"Hayot-teatr, odamlar esa undagi aktyorlarga o'xshaydi", degan ibora Shekspir davridan buyon og'izdan - og'izga o'tib kelayotgani bejiz emas. Bu so'zning zaminida yuksak ma'no va haqiqat yotganligini hech kim inkor etolmaydi. Shekspir davridagi va bugungi kundagi muammo va voqeliklarni solishtiradigan bo'lsak, har ikkala davrning ham o'ziga xos bo'lgan muhim tomonlarini kuzatish mumkin. Yuqorida aytilgan ibora aynan teatr san'atiga tegishli bo'lsa ham unda hayotning barcha jihatlarini o'zida qamrab olganligini anglash qiyin emas.
Prodyuserlikning rejissyorlikdan farqi shundaki, u bu faoliyatning barcha jarayonlarini qamarab oladi, boshqaradi. Rejissyor biron-bir asarni sahnaga qo'yishgacha bo'lgan barcha ishlarni bajaradi. U sahnalashtirishga oid barcha masalalarni prodyuserning yordamida (mablag', joy, ijodiy guruhlarni shakllantirish, texnik jihozlar bilan ta'minlash va h.k) hal qiladi. Prodyuser esa ijrochilar guruhini
I 300 http://oac.dsmi-qf.uz
shakllantiradi, repititsiyalar yoki ovoz yozish, kliplami suratga olish kabi ishlarni amalga oshirishga, bir so'z bilan aytganda, ijodiy va tashkiliy jarayonlarni amalga oshirishga barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi va uni bozorda "sotadi"1.
Rivojlangan mamlakatlarda prodyuserlik sohasini san'atning barcha jabhalaridagi ijodiy faoliyatini kuzatish mumkin. Ayniqsa, "Gollivud" kino sanoatida ularning faoliyati salmoqlidir. Bizning mamlakatimizda bu soha endigina odimlamoqda. Prodyuserlarni xususiy studiyalarda olingan filmlar titrlarida, xususiy teatr studiyalari afishalarida va boshqa konsert dasturlarida uchratish mumkin. Bu faoliyatni olib borish uchun hozirgi kunda maxsus shtatlar ta'sis etilmagan. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir nechagina prodyuserlik markazlari san'at sohasini rivojlantirish, madaniyatimizni yuksaltirish kabi muhim masalalar bilan shug 'ullanmoqdalar.
O'zbekistonda xozirgi kunda prodyuserlikning "jaydari usullari"dan biri "xonandani to'yma-to'y" olib yurishda ko'rinmoqda. "O'rtakashlar" o'zlarini "prodyuser" deb e'lon qilib, san'atkorning bor repertuarlaridan foydalanib ish ko'radilar. Ular ovozi shirin xonanda yigit yoki qizni chiroyli (bir xil) kiyintirib, to'ylarga olib boradilar va "tirikchilik" qiladilar. Bu esa prodyuserlik sohasini, xonanda (artist)ni imkoniyatlarini cheklab qo'yishiga olib keladi. Bu sohaga professional nuqtai nazardan yondoshish maqsadga muvofiqdir.
Teatrlarda prodyuserning vazifalarini asosan teatr administratori bajaradi. U asosan, chiptalarni tarqatish, tomoshabin yig'ish, zalni to'ldirish kabi ishlar bilan shug'ullanadi. Mablag' topish esa teatr rahbariyati tomonidan belgilangan xuquqiy normativlar asosida amalga oshiriladi. Administratorning asosiy maqsadi teatrni doimiy ravishda tomoshabinlar bilan ta'minlashga qaratilgan bo'lib, repertuar, aktyorlik ijrosi, rejissura haqida qayg'urmaydilar. Bu holatni prodyuserlik deb atab bo'lmaydi. Chunki prodyuser aniq maqsadga yo'naltirilgan manbani tanlab, uni takomillashtiradi va "bozor"ga olib chiqishga tayyorlaydi. Bozor uchun esa faqat sifatli mahsulot kerak. Shuning uchun u spektaklni sahnalashtirish, dekoratsiyalar tayyorlash, kostyum-niqoblar, rekvizit va butaforlarni ishbilarmonlik bilan moliyaviy ta'minlab, o'zini-o'zi qoplash va "foyda" topish yo'lidan boradi.
San'at sohasi xalqimizning avloddan-avlodga o'tib kelayotgan ilk namunalaridan tortib, hozirgi kun fan-texnika taraqqiyoti davrigacha bo'lgan san'at va madaniyatimizning barcha qirralarini o'zida qamrab olgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki ajdodlarimiz ibtidoiy davrdanoq uyushgan holda mehnat qilib, o'z muvaffaqiyatlari, yutuqlari, qayg'ularini san'at sohasining elementlaridan faol foydalanib kelganlar.Ular muvaffaqiyatga erishganlarida kuy, qo'shiq va raqs harakatlaridan foydalanishgan, g'amg'in holatda ham o'zlarining kayfiyatlarini shu vositalar orqali namoyon qilishga uringanlar.
1B.Sayfullayev, V.Rustamov. Prodyuserlik mahorati asoslari". "Fan va texnologiya", 2015, 5b.
I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
Zamonlar o'zgarib, san'at sohasiga mablag'lar bilan bog'liq bo'lgan tushunchalarning kirib borishi bu sohaning qay darajada taraqqiy qilishini belgilamoqda.
Prodyuserlikka yaqin bo'lgan vazifani qadim davrlardan boshlab san'at sohasiga yaqin bo'lgan shaxslar bajarganlar. Masalan, Zardo'shtiylikning diniy marosimlarida, jumladan, "Avesto" bilan bog'liq marosimlarda bu qadimiy kitobning tarkibiga kirgan asarlardan parchalar, alqovlar va olqishlar maxsus ijrochilar tomonidan o'qib, kuylab yoki ijro etib berilgan. Zardo'shtiylik dinini targ'ib etuvchi va saqlovchilar "mug'lar"2 deb atalgan.
Professor M.Qodirovning fikricha, mug'lar "Avesto" qasidalarini, rivoyatlarini va duolarini ijro etuvchi malakali kishilar bo'lib, "otashgohlar qoshida bunday mug'larning butun-butun to'dalari qaror topgan, ular orasida ma'lum darajada ixtisoslashish ro'y berib, so'z ustalari, qiroatxonlar, hofizlar, o'yinchilar alohida toifalarga bo'linganlar"3.
Qadimiy shaharlarda xalq sayillari va bayramlar ommaviy tomosha tarzida bo'lib o'tgan. Bunday shaharlarda tomosha san'ati an'analari rivoj topganligiga sabab, ularda har bir daha, har bir mahalla va guzarning o'z san'atkorlari, o'z korformonlari bo'lib, ular xalq sayillari va bayramlarni tomoshabop qilib o'tkazishda bosh-qosh bo'lishgan. Masalan, XX asr boshida Buxoro amirligida san'at ishlari bilan Jalol mirzaboshi bilan Mirzo Abdurahim degan kishilar shug'ullanishgan4.
Har qanday holatda ham o'zbek san'atining ilk qadamlari tomosha san'atidan boshlangan bo'lsa-da, xozirgi kunga kelib milliy an'ana, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz saqlangan holda takomillashib, taraqqiy topib, jahonga yuz tutmoqda.
Respublikamizda madaniyat va san'at sohasida teatr, kino, televideniye, musiqa, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan yaxshilash, shuningdek, mazkur yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-texnik bazalar imkoniyatlarini kengaytirish mazkur sohani yanada rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. San'at va madaniyat sohasidagi ijodkor kuchlarini birlashtirib, katta ijodiy muhitni paydo qilish hamda katta ijodiy jarayonni yuzaga keltirish, san'at va madaniyatning saviyasini yanada ko'tarish va albatta, O'zbekiston san'ati va madaniyatini dunyoga yanada kengroq yoyish, tarannum qilish -ushbu sohaning asosiy vazifalaridandir.
Qisqacha mazkur faoliyatning kasb sifatida shakllanishi haqida fikr yuritsak. Prodyuserlik faoliyat to'g'risidagi asosiy tushunchalar 1910-yillar oxirida Gollivudda
2 B.Sayfullayev. Tomosha san'ati san'ati tarixi va nazariyasi, T.,35bet
3 Qodirov M. "Avesto" va tomosha san'atlari // "Avesto" va uning insoniyat taraqqiyotidagi o'mi. - T.,-Urganch.: 2001. 44b.
4 B.Sayfullayev. Tomosha san'ati san'ati tarixi va nazariyasi, T.,55-bet
I fctlT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz
paydo bo'ldi. Bu esa o'z navbatida ijodiy, tashkiliy va moliyaviy masalalarga shaxsan javobgarlikni o'rnatishga dastlabki katta qadam bo'ldi. Hammaga ma'lumki, moliyaviy masalalar kino yaratish san'atida eng muhim ishlardan biri hisoblanib, usiz film yaratish mumkin emas. Amerika kinolarini taqdirini, uni dovrug'ini dunyoga taratishda rejissyorlardan ko'ra ko'proq prodyuserlarning hissasi katta ekanligini shu soha bilan shug'ullanuvchi olimlarimiz qayd etib o'tganlar. Klassik Gollivud prodyuseri Irving Talberg bunga yorqin misol bo'la oladi; uning vafotidan so'ng keyinroq Amerika kino akademiyasi eng yaxshi kinoprodyuserlarni mukofotlash uchun uning nomida mukofot ta'sis etdi.
Prodyuserlik ta'sis etilgandan so'ng unga bo'lgan talab kuchayib ketdi. Bu kasbning G'arbiy Yevropaga kirib kelishi san'at turlarining taraqqiyotiga katta sabab bo'ldi. Ayniqsa musiqa, estrada shou tomoshalari, televideniye, teatrlarda ham prodyuserga bo'lgan talab oshib bordi.
Dastlabki prodyuserlik faoliyatlarni teatr sohasi bog'liqligini kuzatish mumkin. Teatr prodyuserligi to'g'risida gap boradigan bo'lsa, bu soha o'ziga xos taraqqiyot bosqichlariga ega. XIX asrda tomoshabin teatrga aktyor uchun tashrif buyurgan bo'lsa, XX asrda rejissyor ijodini tomosha qilishga kelgan bo'lsa, XXI asrda prodyuserning mehnatini tomosha qilishga oshiqadilar. Manbalarda XXI asrni "prodyuser teatri asri" deb nomlanganligi haqida ham ma'lumotlar bor. Aynan mana shu kasb egasi, ya'ni prodyuser - asarni tanlab, rejissyor va aktyorlarni taklif qilib, mablag'ni garovga qo'yadi. Spektakl yoki fílmning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ham aynan prodyuserga bog'liqligi hech kimga sir emas. Bu kasb - sirli kasbdir. Oddiy qilib aytganda loyihaga pul topuvchi odam. Bu yangi film bo'ladimi, spektakl, konsert, disk, klip, teledastur bo'ladimi barchasiga mablag' topish kerak. Professional nuqtai nazardan qaraganda, bu sohaning asosini mahsulot ishlab chiqarish jarayonining (film, spektakl, klip va h.k.) barcha etaplarini o'rganish tashkil etadi. Bu faoliyat bilan shug'ullanuvchi shaxs moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy va ijodiy jarayonlarni bir-birlariga uyg'unlashtira oladigan qobiliyatga ega bo'lish kerakki, zero u sarf qilgan mablag' samarasiz bo'lmasligi kerak. Undan tashqari, prodyuserdan tomoshabinni bilish va hurmat qilish talab etiladi.
Shu o'rinda bir jihatni aytib o'tish kerakki, teatrlarimiz, madaniyat markazlarimiz o'zlarida 500-600dan ortiq o'rindiqlariga ega bo'la turib, iqtisodiy jihatdan qiynalib qolganliklarini guvohi bo'lamiz. Bu esa prodyuserlik qobiliyatining yetishmasligi, prodyuserlik haqida kam bilimlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Prodyuserlik faoliyati yuqorida qayd etib o'tganimizdek, juda ko'p sohalarni bilishni taqozo etadi. Unda moliyalashtirish, hisob-kitob ishlari, menejerlik, ya'ni boshqaruvchilik qobiliyati, qonunlarni yaxshi bilishi, ijodiy hamda tashkiliy jarayonlarni uyg'unlashtira oladigan, san'at turlarini yaxshi biladigan, oldindan ko'ra oladigan, tavakkalchilikda katta yutuqlarga erishadigan, tadbirkorlik xususiyatlarga
I [ccñ^^BI 603 http://oac.dsmi-qf.uz
ega bo'lgan bilimdon shaxs bo'lmog'i lozim. Prodyuserdan juda ko'p sohalardan xabardor bo'lishi talab etiladi. Ayniqsa, u menejer vazifasini a'lo darajada bajara olishi lozim. Manbalarda, menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko'paytirish jarayonidir5, deb ta'rif berilgan. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o'ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uni bajarilishini nazorat qilishdir. Mazkur faoliyatining ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to'g'ri bajara olishga, ma'qul va ishonchli qarorni qabul qila olishiga bog'liq. Hammualliflar M, Sharifxo'jayev, Yo.Abdullayevlarning "Menejment" nomli kitobida berilgan juda ko'p terminlar prodyuserlik faoliyatda qo'l keladi.
Prodyuser (ingl. producer) - faoliyatning moliyaviy, ma'muriy, texnologik yoki huquqiy sohalarini tartiblovchi (yoki tartiblashga ko'maklashuvchi), shuningdek biror loyihani bajarishdagi siyosatni yurgizuvchi mutaxassisdir. Prodyuser san'atning qaysi turida faoliyat yuritmasin, uni chuqur tushunish bilan birga buxgalterlik hisobini, smeta tuzishni, iqtisodiy sohalarni yaxshi tushunishi talab etiladi. Bu soha madaniy tadbirlarni tashkil etish, rejissura, aktyorlik mahorati, raqs san'ati, san'at tarixi, san'at va madaniyatshunoslik, ma'naviyat, xuquq, iqtisodiyot bilan bog'liq bo'lgan sohalarni ham o'zida qamrab oladi. Chunki prodyuser ishni tashkil etishda oldiga katta kafolatlangan maqsadlarni amalga oshirishga ma'suldir.
Aytib o'tganimizdek, menejment - bu bozor iqtisodiyoti jarayonida boshqarishdir, ya'ni mulk shaklini o'zgarishi va inson omili rolini kuchayishi bilan asosan bog'liq bo'lgan tushunchadir. Bu vazifalarni prodyuserlik faoliyatda qo'llash maqsadga erishishning to'g'ri yo'llaridandir.
Prodyuserlikda tashkil etish, nazorat, muvofiqlashtirish va tartiblash, oldindan ko 'ra bilish, faollashtirish, tadqiqot kabi tushunchalar muhimdir. Ayniqsa, oldindan ko'ra bilish - prodyuser uchun eng kerakli bo'lgan, uning asosiy qiladigan ishlarini shunga qarab yo'naltirishga qaratilgan qobiliyatdir. Agar prodyuser sarf qilgan mablag'ini nimaga sarf qilayotganligini, u qanday daromadlar keltirishini taxminan bo'lsa ham bilmasa, unda uning qilayotgan ishini to'g'ri rejalashtirilmagan deb hisoblash kerak bo'ladi. Prodyuser bir jamoani faoliyatini yuzaga chiqarish, obro'sini ko'tarish, reklama qilish, davlat darajasidagi chiqishlarini ta'minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash, ko'pchilikning nazariga tushish kabi vazifalarni o'z oliga qo'yganda, bu jamoa, guruh yoki xonandani yuqorida aytilgan maqsadlarga yo'naltirishda ularning o'zlarining ham faolligini kuchaytirish kerak bo'ladi. Undan tashqari, prodyuser doimo yaxshi natijalarga erishishga intilgan holatda ham masalaning ikkinchi tomoni, ya'ni maqsadlarni amalga oshmay qolish variantlariga ham javobi tayyor bo'lishi lozim.
5 Sharifho'jayev M, Abdullayev YO. Menejment. T.: "O'qituvchi" 2001. -B. 5.
I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
Prodyuser (inglizcha producer -ishlab chiqaruvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi) - loyihani ishlab chiqishda bevosita ishtirok etuvchi mutaxassis, faoliyatning moliyaviy, ma'muriy, texnologik, ijodiy va xuquqiy sohalarini, qandaydir loyihaning bajarilish siyosatini tartiblovchi shaxs bo'lib, faoliyatning barcha jarayonlarini nazorat qiladi.
Prodyuserlarning teatr, musiqa, saund-prodyuser (audioyozuv jarayoniga rahbarlik qiladi va amalga oshiradi hamda tahrir qiladi), badiiy prodyuser -(kompyuter o'yinlari sanoatida -o'yinlar prodyuseri),kinoprodyuser yoki teleprodyuser kabi turlari mavjud bo'lib, bu sohalarning barchasida hamkor prodyuser, ijrochi prodyuser, yo'nalish (lineyniy) prodyuseri, bosh prodyuserlar va boshqalar ish olib borishlari mumkin.
Ijrochi prodyuser -yirik loyihalarda bu odatdagi vakil yoki studiya rahbarlaridan biri, bu ishni yirik investor ham bajarishi mumkin. Ishlab chiqarishning moliyaviy, ma'muriy va ijodiy sohalarini nazorat qiladi, lekin texnik ishlarda qatnashmaydi. Ijrochi prodyuser kichikroq kompaniyalar yoki erkin loyihalarda film yaratuvchi, ssenariy muallifi sifatida ham gavdalanishi mumkin.
Hamprodyuser - ijrochi prodyuserga hisobot beradigan shaxs. U filmni moliyalashtirish uchun pul beradi. Oddiy prodyuserga qaraganda kundalik ishlab chiqarishda ko'proq qatnashadi.
Film prodyuseri -film yaratish uchun sharoitlarni yaratib beradi, sahnalashtiradi, muvofiqlashtiradi. Undan tashqari byudjetni ko'paytirish, asosiy xodimlarni yollash, distribyuterlar bilan shartnomalar tuzish singari ishlarni boshqaradi.
Qo 'shmaprodyuser -odatda prodyuser vakili rolini o'ynaydi, u moliyaviy, ijodiy yoki ma'muriy vazifalarning bir qismiga javob berishi mumkin. Bu ishni kino ishlab chiqarishda tajribasi katta mutaxassisga topshiriladi, u asosiy maslahatchilardan hisoblanadi.Yoki bu ishni loyihaga yirik moliyaviy yoki ijodiy ulush qo'shgan odam bajarishi ham mumkin.
Prodyuser assisenti - odatda qo'shma prodyuser rahbarligida ishlaydi.
Liniya prodyuseri -film byudjeti va kundalik ishlab chiqarishni nazorat qiladi.
Ma'muriy prodyuser -direktorlar kengashiga hisobot beradi va ishlab chiqarishning turli bosqichlari uchun shtatsiz xodimlarni yollaydi.
Kreativ prodyuser -loyihaning ijodiy tomoniga, ijodkorlar guruhini (sahnalashtiruvchi rejissyor, rassom, ssenariy muallifi, operator, bastakor, raqs qo'yuvchi va h.k.) tanlashga ma'sul, loyihaga rahbarlik qiladi.
Veb -prodyuser yoki Veb sayt prodyuseri - veb-ilova yoki veb-sayt yaratishga sharoit hozirlaydi va g'oyani amalga oshiradi.
Axborotprodyuseri (OAV) - dasturni axborot ta'minlashga ma'sul shaxs.
Kinoprodyuser - filmni suratga olish chog'ida g'oyaviy-badiiy va tashkiliy-moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi kinokompaniyaning ishonchli vakilidir.
I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz
Shuningdek, aktyorlar, texnik xodimlarni tanlashda faol ishtirok etadi. Rejissyorlar, aktyorlar, ssenariy mualliflari ham prodyuser bo'lishlari mumkin. Kino prodyuserining asosiy vazifasi -suratga olish guruhiga film suratga olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Suratga olish guruhining oliy maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Musiqa prodyuseri. O'zbekistonda prodyuserlik faoliyatni ko'proq musiqiy jarayonlarda kuzatish mumkin. San'atkorni tanlash va uni prodyuserlash (prodyuserlash - loyihani "bozorda sotishga tayyorlash", uni takomillashtirish, pirovard natijada katta yutuqlarga erishish, katta foyda olishni ko'zlab ish tutishdir, deganidir6), musiqasi, imidjini yaratish, uni xalqqa tanitish, obro'yini ko'tarish, televideniye, radio va to'ylarga chiqish, konsertlar tashkil etish va boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirish orqali katta daromadga ega bo'lishga erishish - musiqiy prodserlikning asosiy funksiyalaridandir.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, prodyuserlik faoliyat O'zbekistonda madaniy siyosatini yurgazishda muhim rol o'ynamoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. B.Sayfullayev, V.Rustamov. Prodyuserlik mahorati asoslari" "Fan va texnologiya", 2015, 5b.
2. B.Sayfullayev. Tomosha san'ati san'ati tarixi va nazariyasi, T.,35bet
3. M.Qodirov. "Avesto" va tomosha san'atlari // "Avesto" va uning insoniyat taraqqiyotidagi o'rni. - T.,-Urganch.: 2001., 44b.
4. M.Sharifho'jayev, Yo.Abdullayev. Menejment. T.: "O'qituvchi" 2001.,5b.
B.Sayfullayev, V.Rustamov. Prodyuserlik mahorati asoslari". "Fan va texnologiya", 2015, 45b
606
http://oac.dsmi-qf.uz