Научная статья на тему 'SHOU BIZNESDA PRODYUSERLIK KASBINING O‘RNI'

SHOU BIZNESDA PRODYUSERLIK KASBINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
602
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
prodyuserlik faoliyati / shou biznes / madaniy xizmat / studiya / televideniye / sanʼatkor / musiqa / hamkorlik / ijod

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umid Todjidinovich Todjidinov

Ushbu maqolada shou biznesda prodyuserlik kasbining o‘rni va mehnat faoliyati haqida so‘z yuritilgan. Shou biznesda prodyuserlik faoliyatining eng murakkab hamda muhim jihatlari xususida fikr bildirilib, mavjud imkoniyatlar bo‘yicha mulohazalar qayd etilgan. Maqolani yoritishda tavsifiy, tasnifiy yondashuv va tahlil usullaridan foydalanilgan. Bundan tashqari, shou biznesda prodyuserlikni rivojlantirish hamda sohani yetuk kadrlar bilan ta’minlash, sohaga yangicha yondashish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOU BIZNESDA PRODYUSERLIK KASBINING O‘RNI»

SHOU BIZNESDA PRODYUSERLIK KASBINING O'RNI

Umid Todjidinovich Todjidinov

O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada shou biznesda prodyuserlik kasbining o'rni va mehnat faoliyati haqida so'z yuritilgan. Shou biznesda prodyuserlik faoliyatining eng murakkab hamda muhim jihatlari xususida fikr bildirilib, mavjud imkoniyatlar bo'yicha mulohazalar qayd etilgan. Maqolani yoritishda tavsifiy, tasnifiy yondashuv va tahlil usullaridan foydalanilgan. Bundan tashqari, shou biznesda prodyuserlikni rivojlantirish hamda sohani yetuk kadrlar bilan ta'minlash, sohaga yangicha yondashish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: prodyuserlik faoliyati, shou biznes, madaniy xizmat, studiya, televideniye, san'atkor, musiqa, hamkorlik, ijod

ROLE OF THE PRODUCTION PROFESSION IN SHOW BUSINESS

Umid Todjidinovich Todjidinov

UzSIAC

Abstract: This article discusses the role of the production profession in show business and labor activity. Opinions on the most complex and important aspects of production activities in show business were expressed and opinions on the available opportunities were noted. Descriptive, classification approach and analysis methods were used to cover the article. In addition, recommendations were made on the development of production in show business and the provision of mature personnel in the industry, a new approach to the industry.

Keywords: production activities, show business, cultural service, studio, television, artist, music, collaboration, creativity

Madaniyat sohasining o'ziga xosligi shundaki, u notijorat va tijorat (pullik) xizmatlarning ham mahalliy, ham xalqaro hamkorligini o'z ichiga oladi[1:15]. Shou biznes prodyuserligi esa notijorat xizmatlardan boshlanib, tijorat xizmatlarini yo'lga qo'yish bilan davom ettiriladi.

Bugungi kunda media prodyuserlari o'rtasidagi raqobat global darajaga ko'tarildi. Sabab, avvalari shou biznes prodyuserlarning ijodiy mohsulotlari faqat o'z bozorlarida mijozlar tomonidan sotib olinsa, hozirda xohlagan media mahsulotingizni internet orqali tanlashingiz mumkin bo'lib qoldi. Buning oqibatida yangidan-yangi kasblar vujudga kelib, ularning ish vazifalari yildan-yilga xalqimizga sifatli va

saviyali xizmat ko'rsatish darajasiga yetdi. Bunda yoshlar zamonaviy kasb tanlab, kreativ fikrlashi va tashkilotchilik qobliyatlarini yuzaga chiqarmoqda. Mazkur kasblarning biri shou biznesda prodyuserlikdir. Bu kasbni ijodga yaqin, kreativ fikrlash qobliyati, iqtisodiy bilimga ega, o'ziga xos eksklyuziv loyihalar ishlaydigan yoshlar kasbu-kor sifatida tanlab, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olmoqda. Prodyuserlik kasbi kishidan ijodkorlik talab qilishi barobarida, ijodiy mahsulot yaralishidagi barcha jarayonlarni o'z ichiga qamrab oladigan soha hisoblanadi. Mazkur kasbni tanlagan yoshlar avvalo sohaga qiziqsa, shou-biznesning ichki muhitiga kirsa, prodyuser bo'lish oson. Ha, bir qarashda bu zamonaviy sohani egallash oson ko'rinadi, ammo prodyuser sifatida nom qozonish, ishlash g'oyatda mushkul ish. Bu bir jihatdan moliyaviy, bir jihatdan esa ijodkorlik va tashkilotchilik qobliyatini talab qiladi. Undan tashqari prodyuser shaxs sifatida shakllangan bo'lishi lozim. Qolaversa u loyihalar va media mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida ma'naviy mas'uliyatini unutmasligi kerak.

Shou-biznes sohasidagi prodyuserning mahorati faqat pul topish bilan cheklanmaydi. Ularning professional jihatlari xaridorlar uchun qulayliklarni shakllantirish, yaxshi ommabop san'at asarlarini yaratish, targ'ib qilish va tarqatish, ijodkor uchun shart-sharoitlar yaratib, ijrochilarning kasbiy salohiyatini oshirish, professional san'at janrlarini rivojlantirish, mualliflik huquqlarini himoya qilish, intellektual mulk sohasida tajribaga ega bo'lishi, tijorat ishlari bilan maqbul moliyaviy natijaga erishishida namoyon bo'ladi.

Ilmiy adabiyotlarda shou, shou biznes, shoumen atamalariga quyidagicha ta'rif beriladi. Shou - yorqin pop-spektakldir. Shou-biznes - bu ko'ngilochar industriya bilan bog'liq bo'lgan va ajoyib tomoshalarni tashkil etish va o'tkazishga asoslangan biznes[2:171].

Shou-biznes ma'lum faoliyat sohasini o'z ichiga olgan, bir qator xususiyatlarga ega bo'lgan xizmat sohasi doirasidagi alohida, mustaqil tizim sifatida namoyon bo'lib, ko'ngil ochish, madaniyat yoki san'at sanoati sifatida ham keng tushunchani ifodalaydi. Bu tushunchani iqtisodiy tahlil nuqtai nazaridan ochib berish uchun ijodiy faoliyatning xilma-xil turlari majmuini sanash mumkin, zero ularga xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni ochib berish ham ko'rsatiladi. Shou-biznes - siyosiy, intellektual yoki badiiy mahsulotni tez sotishga qaratilgan, tomoshabinning hissiyotiga ta'sir qiluvchi tomosha yoki tadbirlarni o'tkazish va tarqatish bo'yicha tijorat faoliyati. Bunday ta'rifdagi shou-biznes sohasiga kino, televideniye, estrada, teatr, sport, kompyuter o'yinlari kabilarni kiritish imkonini beradi[3:17].

Shunday qilib, "shou-biznes" tushunchasi ko'ngilochar sohada ma'lum bir mahsulotni targ'ib qilishni ham anglatadi. Shou-biznesning "ko'ngilochar sanoat"i deb filmlar, TV dasturlar, teatrlar, media mahsulotlari, defile ishlab chiqarish va ijaraga berishni tushunish ham mumkin. Bizda ko'pincha shou biznes deyilsa,

ma'naviy madaniyatning bir qismi bo'lgan, axloqiy va estetik qadriyatlarni o'zida mujassam etgan, jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy o'zgarishlarga hamohang bo'lgan pop musiqasiga asoslangan "musiqa biznesi" tushuniladi. Sotsiologik tadqiqotlarga ko'ra, musiqa san'ati jamiyatning bo'sh vaqtini zavqli o'tkazishda birinchi o'rinda turadi. Yoshlar auditoriyasi orasida bu ko'rsatkich juda yuqori ehtiyojda.

Shou biznes sohasi prodyuseri aholiga san'atkorning ijodini turli xil usullarda jahon bozor narxlariga intilgan holda, ichki narx bilan sotishni taklif qiladigan, xizmat ko'rsatish obiektini ishlab chiqishga ma'sul mutaxassis. Ular bir jihatdan taqdiqiotchi hisoblanadi. Ammo, tadqiqot ishlarini o'zlari bilmagan holda amalga oshiradi. Ya'ni xalqning madaniy ehtiyojlarini o'rganadi, aholi ko'proq eshitadigan, tomosha qiladigan mediani tahlil qiladi va ijodiy mahsulotlarni shunga qarab talab katta bo'lgan mediaga tegishli tartibda xaridor topadi. Shou biznes prodyuserning vazifalariga quyidagilar kiradi:

• Homiylarning o'z mablag'lari yoki kapitalini jalb etgan holda loyihani moliyalashtirishni tashkil etish va ularni amalga oshirish;

• Ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslash, ularning g'oyaviy badiiy ahamiyati, shuningdek ularning qaytarilishi va rentabelligi;

• Loyihalarni amalga oshirish rejalarini ishlab chiqishni tashkil etish, ularni amalga oshirish mexanizmlari va usullarini aniqlash;

• Loyihalarni amalga oshirish uchun kadrlar tanlashda ishtirok etish va ularning oqilona joylashishini ta'minlash;

• Loyihaga qiziqqan barcha tomonlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

• Loyihani amalga oshirish jarayonida kompleks ishlarning bajarilishini tashkil etish, ularni zarur vositalar bilan ta'minlash;

• Moddiy resurslardan samarali foydalanish, ularni tejashga qat'iy rioya qilish choralarini ko'rish, loyihani tayyorlash va amalga oshirish jarayonida ulardan foydalanishda nazoratni amalga oshirish;

• Amalga oshirilayotgan loyihalar mavzusi bo'yicha mahalliy va xorijiy adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish;

• Ishlab chiqilgan loyihalar bilan bog'liq reklama kompaniyalarini topish, reklama va OAVning shakllari va usullarini tanlash, uning matni, rangi va musiqiy dizayni bo'yicha ishlarni tashkillashtirish[4:1].

Ushbu vaziyatni samarali amalga oshirish uchun prodyuserlarning yondashuvlaridan biri bu foydalanuvchilarni mahsulotni loyihalash jarayonlariga jalb qilishdir. Bunda foydalanuvchilarning ishtiroki sof axborot ta'minotidan tortib to ijodiy ishlab chiqarish jarayonigacha faol bo'lishi kerak. Har qanday holatda ham,

asosiy g'oya va foydalanuvchilarga yangicha tuyilgan ishlar aslida prodyuserga tegishli bo'lishi kerak[5:20].

Hozirgi jahon shou biznes prodyuserlarining asosiy professionallik vazifasi shuki, shou biznes prodyuserining ishini o'zidan keyin hech kim takrorlay olmasligi, g'ayrioddiy, betakror boshqa prodyuserlarning ishlariga qaraganda ikki karra tomoshabinga zavq beradigan mahsulotlarni media bozoriga olib kirishi bilan izohlanadi. Prodyuserlik - o'z kasbingizni sevsangiz, unga qalbingiz, iqtidoringiz va ilhomingizni bag'ishlasangizgina, u shubhasiz yuqori haq to'lanadigan ijodiy kasbga aylanadi. Shu bilan birga rejissyor, aktyor, tadbir tashkilotchisi, muallif, rassom va ijodiy muharrir mahoratining noprofessional unsurlarini o'zida mujassam etgan prodyuserlik kasbining ulkan ijodiy salohiyatini ko'pchilik tushunavermaydi. Aynan prodyuserlar tomosha bilan bog'liq hamma narsani noldan ishlab chiqadilar. O'zbekistonlik taniqli prodyuserlar "prodyuserlik"ga quyidagicha ta'rif beradi.

Aziz Xo'jaqulov (prodyuser): Prodyuserning vazifasi noyob bir iste'dodni topib, uni xalqqa ko'rsatish, to'g'ri ko'rsata bilish. Kerak bo'lsa uning sahnada yurish-turishi makiyaji hattoki raqs, vokal imkoniyatlarini oshirib xalqqa chiroyli qilib ko'rsatishdir.

Davron Muqimov (prodyuser): Nima uchun bunaqa mahsulot yaratilayapti. Kim uchun? Har bir loyihasini hisobga olishi kerak. Bu nima beradi? Kimga kerak talab qiladimi? Shu savollarga agar javob olib shu narsani aniq puxta qilsa bu - prodyuser.

Oybek Aliyev (telejurnalist, prodyuser): G'oyalarim bor. G'oyalar tinichlik bermagandan keyin nimadir qilasiz. Bu nimanidir isbotlash uchun emas. Bu o'zingiz uchun qilgan ishingiz. Hamisha natijasi bo'ladi. Haqiqatan ham har bir prodyuser mazkur kasbga va ish holatiga o'zlarining ko'nikmalaridan kelib chiqqan holda javob beradi va izohlaydi. Birorta katta tadbir, shou, film, musiqiy trekni professional darajada shakllantirishda prodyuserning xizmatidan foydalanish yaxshi samara beradi. Sababi, prodyuser bu ishlarni qanday qilishni biladi. Aynan mahoratli prodyusergina ijodiy ishlarning konsepsiyani mukammal etib o'ylab topadi, amalga oshiradi[6:1].

Shou biznesda prodyuserlik kasbining o'rni boshqaruvchilikdir. U professional tashkilotchiligi bilan sohada ijodiy, badiiy, huquqiy va iqtisodiy kombinatsiyalarni teng boshqaradi. Prodyuserlik sohasi hech qachon mukammal taraqqiy etmaydi. U inson omili bilan rivojlanadigan jarayon bo'lgani uchun sohada qaysidir muammo hal bo'lsa, keyingi muammo chiqib kelaveradi. Prodyuserning vazifasi ana o'sha muammolarni hal qilish bilan davom etib, mukammallashib boradi. Shu bois shou biznes sohasidagi muammolardan biri aholiga xizmat ko'rsatishda yosh toifasining kam hollarda hisobga olinishidir.

Xorijda media olami asosiy pul manbayi sifatida ta'kidlanadi. Ammo, Sharq davlatlarida bu unchalik o'zini oqlamaydi. O'zbekistonda so'ngi yillarda xususiy

telekanallar sonining ortishi prodyuserlarga katta tajriba, ijodiy maktab hamda yangi ish o'rinlarining vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda. Endi oldimizda yoshlar uchun ham ijod qilayotgan yosh ijodkorlarning ishini uzviy targ'ib qiladigan, yoshi katta ijodkorlarni tomoshabinlar bilan yanada yaqinlashtiradigan, ishlarni amalga oshiradigan kuchli, tajribali, xalqaro muloqatga ega prodyuserlarni tarbiyalash vazifasi turibdi. Shou-biznes mahsulotlari aholining turli ijtimoiy va yosh guruhlarining ma'naviy, estetik ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi. Bugungi kunda shou biznes prodyuserlari konsert davlat muassasalari, agentliklari, yirik tashkilotlar va kompaniyalar bilan ham hamkorlikni amalga oshirishni bilishi zarur.

Prodyuserlar tomoshabinlar ehtiyojlarining ortishi, aholining moliyaviy imkoniyatlari tufayli prodyuserlarga talab soni o'sib bormoqda va geografik jihatdan malaka oshirish kontinenti kengaymoqda. Bu ijobiy hodisa, chunki: madaniy xizmatlar bozorida sermahsullik paydo bo'ladi, madaniy sanoat rivojlanadi. Lekin ayni paytda davlatlarora media sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarning yangi tizimi shou biznes tuzilmalarini shakllantiradi. Bugungi kunda shou biznes eng rivojlangan professional sohalardan biridir. Ko'pincha uning loyihalari yirik tashkilotlar, korxonalar tomonidan ishlab chiqiladi. Hattoki, filiallari ham faoliyat yuritmoqda. Shou biznesni professional sohalarni bir-biriga bog'laydigan sektor sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi[7:437].

Shou biznesda prodyuser loyihaning hamma tomonlarini qamrab olishga qiziqadi va ko'p sonli odamlarga xizmat ko'rsatishni o'z zimmasiga oladi. Ularning barchasi u yoki bu tarzda g'oyani amalga oshirish, bozorga chiqish va keyinchalik tijoratini yuqori su'ratlarda saqlab qolishga harakat qiladi.

Prodyuser - ishlab chiqaruvchi. U bir martalik loyihani ishlab chiqaradi. Prodyuser tomonidan alohida bir tadbir o'tkazish g'oyasi har tomonlama o'ylangan, puxta holda amalga oshiriladi. Prodyuser kelajakdagi aksiyani rejalashtiradi, uni amalga oshirish uchun sheriklarni qidiradi, rejani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan pulni topadi, texnologiyada ko'zda tutilgan barcha ishlarni boshqaradi, reklama bilan shug'ullanadi[8:29]. Shou biznes sohasidagi prodyuserlik kasbi o'z murakkabligiga ega. Tomoshabinlar talabining sirini topish prodyuserlik faoliyatining zaruriy qismi. Prodyuserlikning ob'ektiv sifati yangi "yulduzlar"ni saxnaga olib chiqishdan, yoshlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdan, yangi yirik nomdagi san'atkorlarning paydo bo'lishidan manfaatdor bo'lish sanaladi[9:36].

Shou biznes prodyuserlari xonandalarning studiyada ovoz yozuvlari, bastakorlar bilan hamkorligi, ovoz yozish va o'zlashtirish jarayonini doimiy nazorat qilish barobarida san'atakorlarning turli xil ko'rik-tanlovlarga ishtirokini ham ta'minlashi mumkin. Shouz biznesda musiqiy prodyuserning kasbiy vakolatiga musiqiy asarni yozib olish jarayonini doimiy ravishda nazorat qilish, repertuar uslubini aniqlash,

matnlar, musiqa va aranjirovkalarni tanlash kiradi. Bundan tashqari, musiqiy prodyuser klip yoki konsert tomoshalarining ssenariylarini tanlashi mumkin[10:18]. Prodyuser - bu nafaqat daromad olish uchun emas, balki kelajakda yanada muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirishga yordam beradigan, yaxshi nom olish uchun qancha va kimga sarmoya kiritishni aniq biladigan, uzoqni ko'ra oladigan moliyachi va sotuvchi bo'ladi.

Shuningdek, prodyuser tinglovchiga aniq nima kerakligini bilib, jamiyatdagi tendensiyalarni doimiy ravishda qabul qiladigan shaxsdir. U doimo ijod olamidan tomoshabinga kelajakda qanday media mahsulotga talab bo'lishini biladi. Buning uchun u san'atkorni boshqalardan ko'ra yaxshiroq tushunishi, bilishi, qiyin vaziyatda yagona to'g'ri qaror qabul qilishi shart. Shou biznesda loyihalarni o'zlari ishlab chiqadigan, hamma narsani aniqlaydigan ishlab chiqaruvchilar (marketing, PR, kontsertlar va boshqalar) loyihadan 95% gacha foyda olishadi.

Prodyuser faqat bilim va tajribaga ishonish mumkin emas, u kasbiy sezgiga ishonishi kerak. Har bir insonning karerasida, hatto taniqli prodyuserlarda ham xatolar va umidsizliklar bo'lgan. Hozirda shou biznes prodyuserlari mamlakatimizda pul ishlashda xalq xizmatlaridan tushadigan mablag'larga qiziqishadi. Shuning uchun eng ammobop "xit" qo'shiqlarni tezkor mahsulot sifatida tarqatishdan manfaatdor bo'ladi. Mutaxassislar bu holatni o'zgarttirish kerakligini ta'kidlaydilar.

Davron Muqimov (prodyuser): Bugungi kunda shou biznesimizda yosh ijodkorlar yo'q. Hamma shu taniqli 10 top san'atkorning atrofida aylanadi. Konservatoriya huddi ishlamayotgandek. Konservatoriyada bir yilda nechi talaba chiqadi? Nimaga ularga imkon yo'q, chiqishga. Bu prodyuser yo'qligidan. Bu ko'pchilik o'ylaydi pul bo'lsa bo'ldi. Men shu tushunchani, mana shu fikrni qo'limdan kelgunicha o'zgartirmoqchiman1.

To'g'ri har bir soha mutaxassisida kunlik ehtiyoj, moliyaviy chiqimlar albatta o'z qiymatiga ega. Ammo prodyuser pulni emas, karyerasini birinchi o'ringa qo'yishi zarur. Hozirda O'zDSMIda "San'at sohasida prodyuserlik" ta'lim yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Kelajakda ular prodyuserlik ixtisosligiga ega bo'ladilar. "San'at sohasida prodyuserlik" ta'lim yo'nalishi bitiruvchilari quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishlari joiz:

• san'at va madaniyat sohasining barcha yo'nalishlarida prodyuserlik mahoratini to'g'ri qo'llay olishi;

• o'zi va boshqalarga ham manzur keladigan loyihalar ustida ishlash va uni amalga oshirish yo'l-yo'riqlarini o'rganish hamda hayotda qo'llay olish;

• san'at sohasi biznesi doirasida ishlay olish qobiliyatini takomillashtirish;

1 Shou biznesdagi mashhur prodyuserlarning haqiqati. SevimliTV telekanali ko'rsatuvidan. 19minut 40 sekund. Ko'rib yozilgan manba: https://youtu.be/TL4qdNrCjJM

• zamon, davr bilan hamnafas bo'lish, yangiliklar izlash, katta mablag'ga ega bo'lish, professional prodyuserlardan yo'l-yo'riqlar o'rganish;

• ko'pincha frilanserda ishlash va ma'lum bir ish beruvchiga bog'lanib qolmaydigan kasbiy faoliyat sifatida;

• ko'p bo'lmagan daromadlar, nomuvofiq daromadlar yoki mumkin bo'lgan mablag'lar bilan ishni to'xtatib qo'ymaslik, muammolarni hal qilish xususiyati;

• ish vaqtini to'g'ri tashkil etish;

• shou-biznes amaliyotiga yangi texnologiyalar, kompyuterlashtirishning joriy etilishini takomillashtirish va kreativ dasturlarini yaratish;

• xorij media bozorini tahlil qila oladigan, milliy media bozordagi ehtiyojlarni biladigan, mustaqil fikrlaydigan, moslashuvchan va uzoqni ko'ra bilish;

Prodyuserlik - bu ijodiy jarayon, har qanday amalga oshirilgan mustaqil loyihadir. Shou-biznes prodyuserligining o'ziga xos texnologiyalari, tamoyillari, xususiyatlari mavjud. Lekin ayni paytda ijtimoiy faoliyatning boshqa turlari va qoidalariga bo'ysunadi. U moliyaviy, kadrlar kabi ko'plab ijtimoiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Musiqiy iqtisodiy loyihalar sohadagi boshqaruv va tadbirkorlikning eng muhim tafsilotlaridan biridir. Prodyuser javobgar bo'lgan birlashtirilgan shou-biznesning ayrim tarkibiy qismlarini quyidagi chizmadan ko'rib chiqishingiz mumkin.

/ Prodyuserlik \

Rasmda ko'rsatilgandek, musiqa sanoati quyidagi iqtisodiyot, huquq, ijodkorlik va menejment kabi elementlarni o'z ichiga oladi. Qanday qilib ushbu tarkibiy qismlar musiqa shou biznesida taqqoslanadi? Bunda ijodiy va iqtisodiy sohaning tartibini taqqoslash aniq qo'shimcha misol bo'la oladi.

Har qanday loyihani tashkil etish shaxsiy omilga asoslangan boshqaruv munosabatlarini ta'minlaydi. Bundan tashqari har qanday ijodiy loyihani tashkil qilish kastingdan boshlanib, san'atkorlar va jarayonlar uchun mas'ul bo'lgan prodyuserlarga alohida ma'suliyat yuklaydi. Lekin ma'muriy munosabatlarni yuqori darajada ta'minlash huquqiy qonunchilikda o'z aksini topgan tamoyillarga bog'liq.

Musiqiy loyihani ishlab chiqarish ko'p vaqt talab qiladigan jarayondir, bu prodyuserdan ijodiy boshqaruv qobiliyatini, kuch, vaqt va katta asablarning sarflanishini talab qiladi[11:10]. Shou biznes olomida juda ko'p prodyuserlar va xaridorlar o'zaro manfaat uchun kurashadi. Ular orasida qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo'yicha tahliliy munozaralar bo'lishi aniq. Xo'sh, o'zbek shou biznesida raqobat qay darajada va ko'proq qaysi jihatlar ustunlik qilmoqda? Sohadagi raqobatlar xususida mutaxassislarda quyidagicha fikr-mulohozalar mavjud.

Davron Muqimov: Bugungi kunda prodyuserlarning raqobati to'ylar bilan o'lchanadi. Bu juda ayanchli holat desa bo'ladi. Kimning san'atkori kuniga nechta to'yga kirdi? Nechi pul ishladi? Mana ularning raqobati shu. Lekin, men xohlardimki raqobat - kimning qo'shig'i nechi marta internet tarmog'i orqali ko'chirib olindi. Nechi marta youtubeda ko'rildi. Shu ko'rsatgichlar bilan raqobatlashish qiziqroq2.

Asror Isaxo'jayev (prodyuser): Xalq nimani talab qilsa, xuddi shu narsaga ijod qiladi. Bizning san'at faqat to'y uchun ishlaydi. O'zbekistonda shou biznes yo'q desangiz ham bo'laveradi. Yangi san'atkor bilan ishlash niyatim yo'q. San'ati bor qo'lidan keladigan talanti borlar ko'p. Lekin, ishonch qolmadi. Sababi, boshida juda yaxshi bo'lib kelishadi. Ozgina vaqt o'tgandan keyin tanimay qolasiz. Barcha soha singari o'zbek shou biznesida ham muammolar mavjud. Bu tabiiy hodisadir. Chunki, ish bor joyda muammo bo'ladi va ish samaradorligi sifat jihatdan yuqorilasa muammolarga yechim topilib, soha rivojlanib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Байтасов Р. Менеджмент в сфере культуры: от теории к практике. Культурная спадчына, менеджмент, маркетынг. 1х роля у развщщ музея: матэрыялы навукова-практычнай канферэнцьи (Мшск, 1 снежня 2009 г.) / Нацыянальная бiблiятэка Беларусг - Мiнск, 2010. - С. 15-24.

2. Жданова Е.И., Иванов С.В., Кротова Н.В. Управление и экономика в шоу-бизнесе. - М.: Финансы и статистика, 2003. - 176 с.

3. Sayfullayev B., Rustamov V. Prodyuserlik mahorati asoslari. -Т.: "Fan va texnologiya", 2015. - 256b.

4. Становление и развитие шоу-бизнеса. https://ist.na5bal.ru/pravo/2068/index.html

5. Wellsandt S, Thoben K. Approach to describe knowledge sharing between producer and user. //jur. / Procedia CIRP 50, 2016 (20 - 25 p). Bremen, Germany

6. https://tehnobitspb.ru/uz/disputes-with-neighbors/interesnye-professii-dlya-tvorcheskih-lyudei-professii-svyazannye-s.html

2 Shou biznesdagi mashhur prodyuserlarning haqiqati. SevimliTV telekanali ko'rsatuvidan. Ko'rib yozilgan manba: https ://youtu.be/TL4qdNrCjJM

7. Осик Ю.И., Нурмагамбетова Н.А., Давлетбаева Н.Б., Нижегородцева М.А. Особенности менеджмента в сфере шоу-бизнеса.// жур. Международный журнал экспериментального образования №10, 2013. - Москва. (437-442)

8. Раззаков Ф.И. За кулисами шоу-бизнеса. - М.: АСТ, 2004. - 944 ст

9. Иванов Г.П., Огурчиков П.К., Сидоренко В.И. Основы продюсерства. Аудиовизуальная сфера. - М.: ЮНИТИ, 2003. С. 719.

10. Синеокий О.В. — Профессиональная продюсерская культура: право шоу-бизнеса и антикризисные коммуникации в музыкальной индустрии // Социодинамика. - 2015. - № 4. - С. 18 - 48. DOI: 10.7256/2409-7144.2015.4.14631 URL: https://nbpublish.com/library_read_article.php?id=14631

11. Шутов В. Продюссирование как средство продвижения деятельности творческого коллектива на рынке исполнительских услуг. Екатеринбург 2016. -46 ст.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.