Научная статья на тему 'MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA LOYIHALARGA MABLAG‘ JALB ETISH MASALALARI'

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA LOYIHALARGA MABLAG‘ JALB ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
238
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat va san’at / “fandreyzing” / mablag‘ / loyiha / sarmoya / hamkor / aloqa / samaradorlik / muammolar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘Li Xolmoʻminov, Nilufar Laziz Qizi Maratova

Maqolada Respublikamizdagi madaniyat markazlarining faoliyatini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy loyihalarga mablag‘ jalb etish masalalari koʻrib chiqilgan. Bu sohada e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlar va xususiyatlar oʻrganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA LOYIHALARGA MABLAG‘ JALB ETISH MASALALARI»

MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDA LOYIHALARGA MABLAG' JALB

ETISH MASALALARI

Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com Nilufar Laziz qizi Maratova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada Respublikamizdagi madaniyat markazlarining faoliyatini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy loyihalarga mablag' jalb etish masalalari ko'rib chiqilgan. Bu sohada e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan muhim jihatlar va xususiyatlar o'rganilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat va san'at, "fandreyzing", mablag', loyiha, sarmoya, hamkor, aloqa, samaradorlik, muammolar.

ISSUES OF ATTRACTING FUNDING FOR PROJECTS IN THE FIELD OF

CULTURE AND ARTS

Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov mominmirzoxolmominov@gmail.com Nilufar Laziz kizi Maratova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In the article, the issues of attracting funds to social projects in order to develop the activities of cultural centers in our Republic were considered. Important aspects and features that require attention in this area have been studied.

Keywords: culture and art, "fundraising", money, project, investment, partner, communication, efficiency, problems.

Hozirgi kunda madaniyat markazlari faoliyati, umuman, madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini kengaytirish, aholi orasida milliy madaniyatimizni keng targ'ib qilish, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xalqimizni madaniyat va san'atimizga bo'lgan e'tiborini kuchaytirish va to'laqonli jalb etish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bugun zamonaviy jamiyatimizda yangicha madaniyat va san'at muassasalari, xususan, madaniyat markazlari faolligi talab etilmoqda. So'nggi yillarda madaniyat sohasida katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Keng qamrovli sohamizdagi muhim o'zgarishlar ijodiy shaxslar va jamoalar uchun pul topish imkoniyatiga aylanayotgan ijodiy tadbirkorlikning rivojlanishi tufayli amalga oshmoqda [1:44]. Ijodiy tadbirkorlik - o'z iqtidori va qobilyatlaridan kelib chiqib

I icclT^^^^H 114 http://oac.dsmi-qf.uz

tashkillashtirilgan biznesning bir shakli sifatida namoyon bo'ladi. Uning an'anaviy tadbirkorlikdan farqi shundaki, u ijodiy faoliyat va mualliflik huquqi bilan uzviy aloqador bo'ladi. Masalan, qo'shiq ijro etish, raqs tushish, musiqa asboblarini chalish orqali ijodiy xizmat ko'rsatishning oddiy va yorqin namunasi bo'la oladi. Ammo bugun zamonaviy texnika asrida zamon talablariga javob bera oladigan madaniy-ma'rifiy, ijodiy xizmat ko'rsatish madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning xalq orasida yuqori mavqega ega bo'lishlarida mustahkam ko'prik vazifasini o'taydi, albatta. Aholining talab va ehtiyojlariga zamonaviy yondashuvlar bilan javob bera olish, o'z navbatida, o'z ustida ishlovchi xodimlari jamoasini, zamonaviy texnik bazani hamda eng muhimi yetarlicha pul mablag'larini talab etadi.

Madaniyat markazlariga pul mablag'larini, ya'ni mahalliy loyihalarni amalga oshirish va bugungi kun talablariga javob beruvchi madaniyat markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish uchun tashqi investorlarni jalb etish dunyoning rivojlangan mamlakatlarining madaniyat va san'at sohasida keng qo'llanilgan va ijobiy ta'sir ko'rsatayotgan soha, ochiqroq aytadigan bo'lsam, hayriya to'plash yoki homiylarni jalb etish (ingliz tilida "fundraising" deb ataladi) hisoblanadi. Madaniyat markazlarining auditoriyasini ko'paytirish, ular uchun foydali va manfaatli takliflarni bera olish, qisqa qilib aytganda, talabga javob bera oladigan madaniy xizmat ko'rsata olish yoki namuna ko'rsatish uchun istiqbolli reja va loyihalar madaniyat va san'at sohasiga homiylarni jalb etish uchun qurol vazifasini bajaradi. Madaniyat markazlariga homiylarni jalb etish - bu jismoniy shaxslar, xayriya jamg'armalari yoki davlat idoralarini jalb etish orqali ixtiyoriy moliyaviy mablag'larni izlash va yig'ish jarayoni.

Darvoqe, AQShda mamlakatmizdagi kabi davlat qaramog'idagi Madaniyat markazlari, madaniyat saroylari, kutubxonalar, teatrlar, muzeylar, dam olish va istirohat bog'lari yo'q. Bu esa AQShda madaniyat muassasalari yo'q degan, fikrga olib kelmasin. Nafaqat AQSh, balki ko'plab xorijiy davlatlarda shunday. Har bir aholi istiqomat qiladigan joylarda madaniy-maishiy xizmat ko'rsatadigan servislar mavjud. Ular davlat byudjetidan mablag' talab etmaydi, insonlarning o'zlari quradi, boshqaradi [2:59]. Bundan tashqari Buyuk Britaniya madaniyat va san'at sohasiga nazar tashlar ekanmiz, xususiy va davlat qaramog'ida bo'lgan ikki shakldagi muassasalar faoliyat yuritadi. Ahamiyatlisi shundaki, har ikki turdagi madaniyat va san'at muassalari homiylik va xayriya mablag'lari bilan o'zlarini o'zlari moliyalashtiradi, ya'ni "fandreyzing" sohasi allaqochon yo'lga qo'yilgan. Statistik ma'lumotlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Londondagi deyarli barcha davlat tasarrufidagi madaniyat markazlari, teatrlar, sirk, konsert zallari, madaniyat saroylari va muzeylarni moliyalashtirish mablag'larini atiga 30 foizi davlat tomonidan qoplanadi. Taajubki, bizda barcha madaniyat va san'at muassasalarimiz davlat qarmog'ida, barcha imkoniyatlarni davlat qilib bermoqda. Bugun tilimizda

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

"zamonaviy", "zamon talabi", "yangicha hayot tarzi" kabi bir qancha so'z va iboralar muqim o'rnashib bormoqda. Ammo tilimizda bot-bot takrorlangan bu so'zlarni amaldagi ishlarimizda qo'llamas ekanmiz so'z so'zligicha, hayotimiz esa muallaq qoladi. Rivojlangan davlatlarda madaniyat muassasalari uchun yetarlicha daromad olib kelayotgan "fandreyzing" sohasi madaniyat markazlarimizda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatdir. Shuning uchun ham ayni paytda bu sohani keng tadbiq etish maqsadida jahon tajribasidan o'rnak olgan holda anchagina samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti va Londondagi Goldsmit universiteti hamkorligida joriy yilning 27-iyunidan 1-iyuliga qadar "Madaniyat va san'at sohasida ijtimoiy loyihalarga mablag' yig'ishda xorij tajribasi " nomli seminar-trening bo'lib o'tdi. Ushbu anjumanning asosiy maqsadi ham O'zbekistonda endi quloch yoyayotgan "fandreyzing" sohasining ahamiyati va foydali xususiyatlarini madaniyat va san'at xodimlariga tushuntirish edi. 5 kun davom etgan seminarda respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan madaniyat markazlarining rahbarlari va talabalar ishtirok etishdi. Trening spikeri Goldsmit universiteti, London ijodiy instituti va madaniy tadbirkorlik direktori Gerald Lidstone: "Fandreyzing - madaniyat markazlarini rivojlantirishda ish beradigan usul", - deya ta'kidlab o'tdi. Aslida ham shunday. Seminarda "fandreyzing"ning 5 ta bosqichi va amalga oshirish mexanizmlari to'g'risida bilim va ko'nikmalar, jahon tajribalari bilan o'rtoqlashildi:

1-bosqich: O'z tashkilotingizni baholash.

2-bosqich: Homiy uchun takliflar paketini tayyorlash.

3-bosqich: Homiylarni qidirish (munosib homiy tanlay olish).

4-bosqich: Uzoq muddatli va doimiy aloqa o'rnatish.

Ushbu bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tish uchun, avvalo, niyat to'g'ri bo'lishi va tashkilotning maqsad va vazifalari aniq bo'lishi zarur, deb o'ylayman. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Har bir rahbar o'z ish uslubini o'zgartirib, oddiy adamlarning imkoniyati va ko'nikmalarini inobatga olib, amaliy loyihalar qilinsagina tezroq natija bo'ladi"[3:374]. Amaliyotlar shuni ko'rsatadiki, o'z faoliyatimiz davomida loyihaviy yondashuvlardan foydalanmas ekanmiz, har qanday g'oya oddiygina rejalashtirish bo'lib qolaveradi. Shu sababdan ham, trening davomida amaliy topshiriq maqsadida aynan shu muammo uchun yechimlar izlandi. Ishtirokchilar kichik guruhlarda muammoni muhokama qilishni boshlashdi, tajribalar bilan o'rtoqlashishdi, turli yechimlar taklif qilishdi va janob Gerald Lidstone har jamoa uchun seminar yakunida homiylarni jalb etish va ulardan mablag' undirish yo'llarini oddiy va jahon tajribasida sinalgan usullar bilan tushuntirdilar. Seminarning har bir kunida "Biz nima bilan shug'ullanamiz?", "Kim uchun qilyapmiz?", "Qanday qilib bajaramiz?", "Nima uchun bajaramiz?" kabi savollarga javob topildi. London tajribasiga e'tibor qaratar ekanmiz, bu soha har bir

I ícclT^^^^H 116 http://oac.dsmi-qf.uz

tashkilot uchun zarur tarmoq sifatida qaratilar ekan. Bundan tashqari bu soha uchun iqtisodiyotdan xabardor, mahalliy va xalqaro aloqalar o'rnata olish qobiliyatiga ega shaxslar tanlanar ekan. "Hamkorlikning ishonchli va samarali bo'lishi uchun samimiylik va to'g'ri so'zlik oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishishimizning yagona ish beradigan vositasidir", - deya ta'kidladi, trening spikeri. Haqiqatdan ham, Navoiy asarlarida shunday deyiladi: "Mol-u martaba garchi jonni parvarish qilsa ham, So'z kamoli hammasidan yuqoriroqdir" Qanchalik martabamiz yuqori bo'lmasin, nutqiy qobiliyatimiz yaxshi rivojlanmagan bo'lmasa, samarali natijaga erisha olmaymiz. Quyida "fandreyzing" sohasining talablariga javob bera oladigan taklif loyihani havola etmoqchiman.

Taklif: Madaniyat markazlarida har doim tashkil etiladigan tadbirlardan farqli ravishda zamonaviy- ommabop shou-konsert dasturlarini tashkillashtirish va pullik xizmatlarni joriy etishdan iborat. Homiylik tomonidan berilgan mablag' tadbirni namoyish etish uchun zarur zamonaviy texnikalar bazasi bilan boyitish, liboslarni yangilash va madaniyat markazini qo'shimcha mablag' bilan ta'minlash uchun ishlatish reja qilingan. Bu loyiha uchun asosiy homiylar fermerlar hisoblanadi. Yurtimiz agrar davlat bo'lganligi uchun ham har bir tumanda bir qancha fermerlar faoliyat yuritadi.

Amalga oshirish mexanizmi: Zamonaviy texnika va liboslardan foydalanib, auditoriyamizning xohishlaridan kelib chiqib, shou-konsert dasturini tayyorlaymiz. Xizmatlarimizning iste'molchisi, ya'ni auditoriyasi fermer xo'jaliklarida paxta terish mavsumida mehnat qiluvchi 30 yoshda 50 yoshgacha bo'lgan aholi. Tashkil etgan konsert dasturlarimizni yurtimizda paxta terish mavsumi boshlangan paytda namoyish etish rejalashtiriladi. Ko'rsatadigan xizmatlarimiz mavsumiy bo'ladi, ya'ni, har yili ikki oy (sentyabr, oktyabr) da namoyish etiladi.

Homiy uchun tegadigan manfaatlar: Tayyorlangan konsertlar orqali fermer qilayotgan ishlarni reklama qilamiz (uning ishlari to'g'risida sahna asarlari va qo'shiqlar qilinadi). Ular shu orqali viloyatda va respublikada eng namunali fermer nomini ham olishi mumkin. Fermerlar o'rtasidagi raqobatda xodimlarini madaniy hordiq chiqarishi va ularning ish samaradorligini oshirishda o'z hissalarini qo'shayotganligi uchun tahsinga sazovor bo'ladi. Taklifni amalga oshirishda fermer uchun foydali bo'ladigan yana bir jihat shundaki, fermerlar yerga bug'doydan so'ng ikkinchi ekin sifatida qovun va tarvuz hamda boshqa foliz ekinlari ekishadi. Undan tashqari ko'plab fermer xo'jaliklarining bog'lari mavjud. Madaniyat markazida "Karving san'ati" zamonaviy to'garagi tashkil etiladi va ularning mahsulotlari reklama qilinadi.

Kutilayotgan natija: Birgina loyihani o'z vaqtida bir nechta fermerlar uchun taklif qilish orqali madaniyat markazlariga budjetdan tashqari pul mablag'lari jalb etiladi va aholini, ayniqsa, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va

I D^H^^Sl ^^ http://oac.dsmi-qf.uz

madaniyat markazlarini byudjetdan tashqari mablag'larini ko'paytirish maqsadida, mahalliy byudjet mablag'lari, yosh tadbirkorlarini jalb etgan hoda zamonaviy ovoz yozish, foto va video studiyalarini, "Karaoke", "Book cafe", "Aerobika" to'garagini tashkil etiladi.

Madaniyat va san'at muassasalariga yangi hamkor va homiylarni jalb etish bugungi kun uchun dolzarb masala. Bu soha xodimlari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Har bir vazifada juda katta ezgulik va ulug' maqsadlar mujassam [4:18].

Bu kabi seminar treninglarni doimiy ravishda o'tkazib borish, bugungi kun ish tajribalarining zamonaviy ko'rinishlarini talqin qilish va erishilgan natijalarni amaliyotga to'la-to'kis tadbiq qilish madaniyat va san'at sohasi vakillarining asosiy vazifalaridan biridir desak, mubolag'a bo'lmaydi. Yangi O'zbekistonda yangi marralarni zabt etish, albatta, katta mas'uliyat, mustahkam bilim va tajriba talab etadi. Shuningdek, hayotga chiroyli ko'zlar bilan ko'ra olish hamda yangiliklar sari intilish madaniyat va san'at sohasida yangiliklar yaratish uchun zamin bo'la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hayitova M. Madaniyat markazlarida barcha uchun ta'lim va rivojlanish imkoniyatlarini yaratish. "Fan va texnologiyalar nashriyoti matbaa uyi" MCHJT -2022. - B 92.

2. Alimasov V. Madaniyat va demokratiya. //O'zDSMI xabarlari. - Toshkent: 2021. 3(19)-son. - B. 96.

3. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.

4. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

118

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.