Научная статья на тему 'О’ZBEK AN’ANAVIY QО’G’IRCHOQ О’YINI VA OG’ZAKI DRAMATURGIYASI'

О’ZBEK AN’ANAVIY QО’G’IRCHOQ О’YINI VA OG’ZAKI DRAMATURGIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
287
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / qo‘g‘ichoq / ko‘cha tomoshalari / dramaturgiya / niqob

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dildoraxon Baxtiyorjon Qizi Zokirova

Ushbu maqolada o‘zbek an’anaviy teatri tarixida qo‘g‘irchoq teatri san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi hamda sohani o‘rganish mobaynida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О’ZBEK AN’ANAVIY QО’G’IRCHOQ О’YINI VA OG’ZAKI DRAMATURGIYASI»

О'ZBEK AN'ANAVIY Q0'G'IRCH0Q О'YINI VA OG'ZAKI

DRAMATURGIYASI

Dildoraxon Baxtiyorjon qizi Zokirova

O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek an'anaviy teatri tarixida qo'g'irchoq teatri san'atining vujudga kelishi va rivojlanishi hamda sohani o'rganish mobaynida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: teatr, qo'g'ichoq, ko'cha tomoshalari, dramaturgiya, niqob.

UZBEK TRADITIONAL PUPPET GAME AND ORAL DRAMA

Dildorahon Bakhtiyorjon qizi Zokirova

UzSIAC

Abstract: This article talks about the emergence and development of the art of the puppet theater in the history of the Uzbek traditional theater, as well as scientific research conducted during the study of the sphere.

Keywords: theater, doll, pitcher performances, dramaturgy, mask.

Teatr san'atining paydo bo'lishi qadimgi yunon teatriga borib taqaladi. Yunon dramaturgiyasi miloddan avvalgi IV asrda yuzaga kelgan. Shu bilan bir qatorda xalq teatri va dramaturgiyasi ham shakllana boshlagan. Unda mimlar - taqlid qiluvchilar, masxaralovchilar tomosha ko'rsatgan. Bizning Turon zaminda xususan, O'zbekiston hududida ham an'anaviy teatr juda qadimiy va boy merosga egadir. Uning ilk ko'rinishlari ibtidoiy jamoa yuzaga kela boshlagandayoq ov va boshqa mehnat jarayoni ifodalangan taqlidiy raqslar, jangovar va xalq o'yinlari, tabiat hodisalariga sig'inish oqibatida vujudga kelgan marosimlar shaklida namoyon bo'lgan. Mil. avv. 7-6 -asrlardanoq Turonda zardushtiylik va uning muqaddas kitoblar to'plami - Avesto bilan bog'liq 2 toifa - kulgili va qayg'uli marosim tomoshalari o'zining aniq shakl va mohiyatiga bo'lgan. Alalxusus, mana shunday marosim tomoshalari xalq orasiga singib, jamoaning ajralmas hayotiy bir bo'lagiga aylanib ulgurdi. Vaqtlar davomida bu tomoshalar kishilarning aqliy faoliyatining hamda turmush tarzining rivojlanganini ko'rsatib o'laroq shakl va mazmunda bir qancha o'zgarishlar yuzaga kelib, o'z mohiyati va hamiyatini yanada mustahkamlab bordi. Buning negizida esa xalq og'zaki ijodi va o'tmishdan xabar beruvchi milliy folklor janri vujudga kelib taraqiiy etti.

O'tmishda folklor bilan bog'liq tomosha san'ati turlari - xalq turmush tarzi, marosimlari, urf-odatlari, odob-ahloq talablari bilan mahkam bog'liq bo'lgani,

I icclT^^^^H 966 http://oac.dsmi-qf.uz

ularning ijrochilari bir-biriga o'xshash sharoitda, har xil muhitda faoliyat yuritib, bir-biriga ta'sir ko'rsatib, to'ldirib, yanada ommalashib kelgan. "Tomosha san'ati" tushunchasini ilmiy atama shaklida ilk bor Muhsin Qodirov qo'lladi. Ustozning 1981-yilda "O'zbek xalq tomosha san'ati" nomli kitobi nashrdan chiqdi. Shundan e'tiboran "tomosha san'ati" tushunchasini tadqiqotchilar qo'llay boshlagani uchun atamaga aylandi. Bu atama to'g'ri ekanligini olim - an'anaviy teatrning turlari, sahnaviy yakka ijroga asoslangan raqs san'ati va xalq sirki ko'rinishlari, bayramlar haqidagi ma'lumotlar asosida dalillangan. Xususan, Temuriylar davri tomosha san'ati turlari, bayramlar to'g'risidagi ma'lumotlar hamda yig'malar muhim akamiyat kasb etti. Shuningdek, tadqiqotdagi Zayniddin Vosifiyning "Badoye' ul-vaqoye", Xondamirning "Makorim ul-axloq", Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma", Hasanxo'ja Nisoriyning "Muzakkiri ahrob" kabi asarlari ham xuddi shu kabi asosnoma bo'lib xizmat qiladi. Ularda an'anaviy teatr, raqs, folklor va sirk tomoshalari bo'yicha ma'lumotlar, umumlashma fikrlar mavjud. Tomosha san'ati turlari va bayramlar tarixini tadqiq etgan Muhsin Qodirov o'zidan judda kata boy ilmiy-ijodiy meros qoldirgan. Bu esa bizning milliy an'anaviy teatr tarixi haqida tasavvurlarimizni to'la shakllanishiga muhim vosita sifatida xizmat qiladi.

An'anaviy teatrning eng qadimiy namunalaridan biri qo'g'irchoq o'yini tarixini o'rganar ekanmiz, mazkur san'at turi bilan bog'liq atamalarga e'tiborni qaratamiz. M.Qodirov Temuriylar davri tomosha san'ati bilan tanishar ekan, qo'g'irchoq o'yin haqida ham batafsil to'xtalib o'tgan. U davrda qo'g'irchoq o'yin va uning "Chodir jamol", "Chodir xayol", "Fonus xayol" turlari keng tanilgan. Ijrochilari "lubatboz", "qovurchoqchi" deb atalgan."1 Shu o'rinda qo'g'irchoq so'zining kelib chiqishiga izoh keltirsak. M.Qodirov ushbu so'zga, qo'g'irchoq (qovurchoq) so'zi o'zak - qo'g'ir (qovur) hamda qo'shimcha (choq)dan iborat, asli "qo'g'ir-moch" so'zidan olingan, deb ta'rif beradi. U qo'g'irmoch qovurilgan bug'doy, ko'chma ma'nosi - aqlli, topqir kishi, ya'ni u "qo'g'irchoq"ni mitti polvon, "jajji odamcha", deydi. Qobarchuq (qovarchoq) so'zini ham qo'g'irchoq so'ziga bog'lab, qabariq (qavariq), ya'ni qadoq qo'l, ko'chma ma'noda mehnatkash, tirishqoq, o'z maqsadi sari tirishib harakat qiluvchi odamcha2, deya ta'rif beradi.

O'zbek qo'g'irchoq teatrining paydo bo'lishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Uning ilk ildizlarini xalq san'ati namunalaridan topish mumkin. Xalq san'atiga xos bo'lgan an'anaviy teatr shakllarida qo'g'irchoq teatriga xos bo'lgan ifodalar mavjud bo'lgan. An'anaviy teatr rivojlanish jarayonida mustaqil san'at turlariga bo'lina boshlagan. Dastlab u muqallid san'ati bilan ajralib chiqdi. Milodiy I-II asrlarda xalq aktyorlari muqallidda o'zlari taqlid namoyishini ko'rsatish bilan birga taqlidda

1 Qodirov M.Temur va temuriylar davrida tomosha san'atlari. - Toshkent: G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1996. - 37-b.

2 Qodirov M. O'zbek an'anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. -355-b.

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

qo'g'irchoqlardan ham foydalana boshlashdi. Natijada qator qo'g'irchoq ko'rinishidagi qahramonlar paydo bo'la boshladi.

Qo'g'irchoq teatri hozirgi kunda O'zbekiston shahar va qishloqlari xalq bayramlarining an'anaviy dasturlariga kiradi. Qo'g'irchoq teatri, boshqa folklor san'ati kabi, o'zining badiiy xususiyatlariga ega edi. Bu san'at turi ko'p jihatdan "masxara, muqallid" xalq professional teatriga yaqin. Bu yaqinlik ham og'zaki dramaturgiyada, ham improvizatsiya, ham sahna san'atida bir-birini to'ldirib borgan. "Masxara va muqallid" teatri bir vaqtlar niqoblar teatri bo'lgan. Masxaraboz va qiziqchilar niqoblardan foydalangan holda o'z tosmosha san'atlarini namoyish etishgan. Qo'g'irchoqlarni esa aktyorlarning o'zi parda ortidan, yoki kechqurunlari nur va soya yordamida harakatlantirib tomoshalar tashkil etishgan.

Qo'g'irchoq teatrining asosiy o'ziga xosligi shundaki, bu yerda qahramonlar -qo'g'irchoqlar va ularni harakatga keltiradigan aktyor tomoshabinlarning ko'zidan yashiriladi. Ehtimol, dunyoda qo'g'irchoq aktyordan ko'ra oddiyroq aktyor yo'q. U aktyorlik mahoratini bevosita namoyish etish imkoniyatidan mahrum. U barcha iste'dodlarini qo'g'irchoqlarga beradi. Ammo dramatik aktyor mahrum bo'lgan imtiyozlarga ega. O'zbek qo'g'irchoq teatrida, masalan, bir, ikki yoki uchta aktyor turli rollarda ijro etuvchi spektaklni muvaffaqiyatli ijro etishi mumkin edi.

Ma'lumki, qadimda Sharqda qo'g'irchoq o'yin "Chodir jamol" ko'rinishida -doiraga o'ralgan mato ichidan turib ko'rsatilgan. Bu ko'rinishni shartli quvur ichidan turib amalga oshirilgan deb qabul qilsak, beshikdagi quvurchoq bilan matoli quvurchoq bir-biriga bog'liqdek tuyuladi. Shunga ko'ra, qovurchoq (qo'g'irchoq)ni beshik anjomining nomidan kelib chiqqan degan farazimiz bor. Biroq bu fikrlarimiz isbot talab etadi. Shuning uchun dastlabki qo'g'irchoq atamasiga teatrshunos olim M.Qodirov tomonidan keltirilgan fikr asosliroq, deyish mumkin.

An'anaviy teatr - uning bir qismi folklorshunoslik fani bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomoni teatrshunoslik faniga oid hisoblanadi. Shuning uchun uning tarixini faqat teatr san'ati tarixiga bog'lab o'rganib bo'lmaydi. O'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatri ham murakkab soha sanalib, uning asosini og'zaki dramaturgiya tashkil etadi. Gap an'anaviylik haqida ketganda, avvalo og'zaki dramaturgiya nazarda tutiladi. Biroq og'zaki dramaturgiya faqat ma'lum voqealar ketma-ketligi va ularning orasidagi so'zlashuvlar jamlanmasi emas. Zamonaviy san'atshunoslik fanida dramaturgiya muayyan mavzu atrofidagi syujetlar hamda qahramonlarning suhbati va qarama-qarshiliklar bilan ta'riflanadi. An'anaviy qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasining tamoyillari butunlay o'zgacha. "An'anaviy teatr, - deydi M.Qodirov, - faqat pyesa shaklidagi tuzilmalargagina emas, shu bilan birga, ssenariy va libretto singari og'zaki ko'rsatma va qoidalarga ham tayangan holda ish ko'radi. Qanday bo'lmasin, an'anaviy teatr asosini asrlar davomida ustadan-shogirdga, og'izdan-og'izga o'tib kelgan syujetlar, konfliktlar, obrazlar, kompozitsiyalar, lavhalar, uslub va vositalar tashkil etib

I ícclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

kelgan"3. Qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasi ham an'anaviy teatr dramaturgiyasining bir tarmog'i sifatida yuqoridagi ta'rif bilan xarakterlanadi. Bundan kelib chiqadiki, o'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatri asosini ham og'izdan-og'izga o'tib kelayotgan syujetlar, urf-odat va marosimlar, turli diniy qarashlar asosidagi rivoyatlar tashkil etgan. Barcha kompozitsiyalar ustadan-shogirdga, avloddan-avlodga o'tib sayqallanib boravergan.

Og'zaki dramaturgiyani o'rganar ekanmiz, bevosita shunga oid namuna orqali "Chodir jamol" teatri dramaturgiyasi haqida fikr yuritamiz. Namuna sifatida M.Qodirov tomonidan 1965-yil Samarqandda ustazoda qo'g'irchoqboz Qulibobo Novvotov ijrosida "Polvon Kachal sarguzashtlari" nomi bilan yozib olingan nusxadan foydalangan holda qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasi bilan tanishib chiqamiz.

Qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasini o'rganar ekanmiz, mazkur og'zaki pyesaning ham dramaturgik unsurlarini tahlil qilamiz. Asarda har bir qahramonning xarakteri turlicha. Hech biri bir-birinikini takrorlamaydi. Korfarmonni olaylik, adolatli, aqlli, farosatli, haqiqattalab va cho'rtkesar shaxs. Aosan, u odil hakam ko'rinishida gavdalanadi. Nima to'g'ri, yo noto'g'riligini hal qilib beruvchi, har kimning hojatini chiqaruvchi, yoqlovchi yoki jazolovchi odil personaj. Uning tomosha davomida aytadigan so'zlari ham aniq, ravon, masxara-yu mayna so'zlar aralashmagan, dono nutq egasidir. Polvon Kachal esa qiziqqon, shoshqaloq, ko'ngilchan va shu bilan birga u ham adolatparvar qahramondir. Bir so'z bilan aytganda, mukammal bo'lmagan oddiy, chapani odam. Pyesadagi nutqi ham jo'n, hazilomuz, yolg'on aralashmagan, tili biyron. Bichixon ham Polvon Kachalga mos. Oddiy, sodda ayol. U ham biroz qiziqqon, sho'x, dilidagini so'zlaydigan jo'shqin shaxs. Sudxo'r bo'lsa haqiqiy salbiy qahramon. Katta gapiradigan, ayyor, hech narsadan tap tortmaydigan inson. Voqelikdagi so'zlari ham qo'pol, qo'rs tarzda berilgan. Bu ham qo'g'irchoqbozlarning mahoratidan darak beradi. M.Qodirov ularning mahoratini e'tirof etar ekan quyidagi fikrlarni bildiradi: "Dialog san'atida qo'g'irchoqbozlar ulkan yutuqlarga erishgan. Savol-javoblarning lo'nda, ixcham, sodda, tejamli, ayni chog'da mazmunli, ifodali, jozibali va jonli bo'lishi uchun kurashganlar. Dialog vaziyatga, qahramon holatiga, personajlarning o'zaro munosabatiga odatda mos va hamohang bo'lgan"4.

Shunday qilib, tarixga nazar tashlasak yurtimiz mustaqillikka erishgach, avvalo ma'naviyatga, jumladan san'atga, madaniyatga alohida e'tibor berildi. San'atning turli yo'nalishlarida milliylikka urg'u berila boshlandi. Ushbu davrga kelib xalqning tomosha san'atiga bo'lgan qiziqishlari inobatga olinib, ehtiyojlarini o'rgana boshladi. Ularga ham milliy, ham zamonaviy asarlar namoyishlari taqdim etib ko'rildi. Qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasida ham milliy qadriyatlarimiz aks etgan asarlar

3 Qodirov M. O'zbek an'anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. - B. 4.

4 Qodirov M. O'zbek an'anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. - B. 15.

I D^H^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

yozishga va sahnalashtirishga intilishlar bo'ldi. Hozirda sahnalarimizda klassik asarlar, tarjima va insenirovkalar qatorida milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna asarlari, jumladan, qo'g'irchoq teatri namoyishlari uzluksiz faoliyat olib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov M.Temur va temuriylar davrida tomosha san'atlari. - Toshkent: G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1996. - 37-b.

2. Qodirov M. O'zbek an'anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. -355-b.

3. Qodirov M. O'zbek an'anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. - 4-b

4. Qodirov M. O'zbek xalq tomosha san'ati. - Toshkent: O'qituvchi, 1981.

970

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.