Научная статья на тему 'O’ZBEK QO’G’IRCHOQ TEATRIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR'

O’ZBEK QO’G’IRCHOQ TEATRIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
415
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Qog‘irchoq / teatr / aktyor / an’anaviy / dramaturgiya / marionetka

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abbosjon Shavkat O‘gli Umurzoqov

Ushbu maqola о‘zbek an’anaviy qо‘g‘irchoq teatrida obraz tushunchasining yuzaga kelishi, qaysi manbalarga bogliq ekanligi va an’anaviy teatr bugungi zamonaviy teatrdan ayrim jihatlari bilan farq qilishi, hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga vatanparvarlik, milliy g‘urur, insoniylik, mehr-oqibat, odob-axloq g‘oyalarini singdirishda teatr boshqa san’at turlaridan ta’sirchanligi va samaradorligi bilan ajralib turishi. Marionetka teatridagi zamonaviy muammolar haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK QO’G’IRCHOQ TEATRIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR»

O'ZBEK QO'G'IRCHOQ TEATRIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR

Abbosjon Shavkat o'gli Umurzoqov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatrida obraz tushunchasining yuzaga kelishi, qaysi manbalarga bogliq ekanligi va an'anaviy teatr bugungi zamonaviy teatrdan ayrim jihatlari bilan farq qilishi, hamda o'sib kelayotgan yosh avlod qalbiga vatanparvarlik, milliy g'urur, insoniylik, mehr-oqibat, odob-axloq g'oyalarini singdirishda teatr boshqa san'at turlaridan ta'sirchanligi va samaradorligi bilan ajralib turishi. Marionetka teatridagi zamonaviy muammolar haqida yozilgan.

Kalit sozlar: Qog'irchoq, teatr, aktyor, an'anaviy, dramaturgiya, marionetka.

MODERN TENDENCIES IN UZBEK PUPPET THEATER

Abbosjon Shavkat ogli Umurzoqov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article describes the sources on which the emergence of the concept of image in the Uzbek traditional puppet theater depends and how the traditional theater differs from the modern one in some aspects, as well as how the theater differs from other types of art in effectiveness in instilling ideas of patriotism, national pride, humanity, kindness, morality to the younger generation.

Keywords: Puppet, theatre, actor, traditional, dramaturgy, marionetka.

Qo'g'irchoq teatr san'ati yosh avlodning xalqning urf-odatlari, an'ana va qadryatlarini anglash. Ularning vatanparvarlik, milliy mafkura, milliy gu'rur, do'stlik va totuvlik ruhida tarbiyalash davlatimizning oldiga qoygan eng ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tantanali tabrik nutqida taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi Renessans bo'lishi lozimligini ta'kidladi. Uning poydevori hisoblangan yosh avlodni har tomonlama barkamol, yetuk inson qilib tarbiyalashda qo'g'irchoq teatrining o'rni beqiyos. Har qanday mamlakatning darajasi u yerda yashayotgan insonlarining madaniyati, ma'naviyati qolaversa ularning aqliy salohiyatiga qarab belgilanadi. Insonlardagi aqliy salohiyat ularga yaratilgan moddiy va ma'naviy shart-sharoitlarga, jamiyatdagi ijtimoiy sog'lom muhitga, bog'liq bo'lib, kishilarning hayotiy e'tiqodlari asosida yanada shakllanib boradi .

Bolalar qadrlanadigan millat uchun ularning tarbiyasi ham o'ta muhim tushunchadir. Bolalarni keng dunyoqarash va boy tasavvurga ega bo'lishida esa san'at o'zining sezilarli ta'sirini o'tkazadi. Ayniqsa, qo'g'irchoq teatrlari orqali

I icclT^^^^H 76 http://oac.dsmi-qf.uz

uyg'onadigan taassurotlarni hech bir vosita bilan tenglab bo'lmaydi. Boisi, hayratlanish inson o'zligida burilish yasay oladigan kuchli turtki, o'z-o'zidan bolalar harakatlanayotgan, hattoki nozik xatti-harakatlarni bajarayotgan qo'g'irchoqlarni ko'rib doim hayratlanadilar. Bu hayratlanish orqali ularda yangi fikr tug'iladi. Ulardagi qarash shakllanadi.

Har bir xalq ajdodlaridan qolgan madaniy merosiga ega bo'lib, uning usbu boyliklari sirsiga qo'g'irchoq teatri ham kiradi. Qo'g'irchoqbozlik o'zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko'ra g'ayrioddiy hodisa emas, balki xalq hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat qonunlariga, taraqqiyotiga hamohang belgilanadigan faoliyatdir.

Prezidentimizning yoshlarimiz tarbiyasi va ma'naviy dunyosini oshirishga bo'lgan katta e'tiborlari natijasida 2020-yilning 27-may sanasidagi PQ-6000-son "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarorida O'zbek milliy qo'g'irchoq teatri maktabining shakillanishi va rivojidagi beqiyos hissasini inobatga olib, Respublika qo'g'irchoq teatriga O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatri maqomini berilishi katta ahamiyatga egadir.

Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu viloyatlarda qo'g'irchoq teatrlarini tashkil etish to'g'risidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga muhokamasiga kiritilib O'zbekiston Respublikasining 2021 - 2023 yillarga mo'ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida 2021 yilda Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari qo'g'irchoq teatrlari binolarini qurish, ularga ajratilgan binolarni rekonstruksiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Prezidentimizning bu qarori qo'g'irchoq teatrini rivojlantirishda muxum amaliy tashabbuslardan biri hisoblanadi.

"Qo'g'irchoq teatri tarixi" qo'llanmasida keltirilishicha: "O'zbek qo'g'irchoq teatrinining vujudga kelishini olib qaraganimizda, bir nechta manba muhim va hal qiluvchi rol bajarganini ko'ramiz. Masalan O'zbekiston hududida yashagan qadimgi, animistik e'tiqodga tayanuvchi xalqlarning marhumni eslash marosimidir, deb hisoblanadi. Mazkur marosimga ko'ra, o'lgan kishining eng yaqin odami uning niqobini yasab kiyadi va marhum harakatlari, nutqi, muomalalarini tiklashga urinadi. Niqob ba'zan boshga kiyilmasdan, qo'lda ushlanganicha harakatlantirilgan. Bunday paytda "ijrochi" ham marhum, ham o'z "rolini" bajargan va o'ziga xos dialog hosil qilgan. Ushbu marosim o'zbek qo'g'irchoq teatrining paydo bo'lishi uchun zamin tayyorlagan."1 Haqiqatdan ham aynan, jonsiz tanani jonlantirishga urinish asosida keyinchalik, jonsiz qo'g'irchoqqa jon ato etilganini (harakatlantirish, so'zlatish)

1 Qodirov M., Qodirova S. Qo'g'irchoq teatri tarixi. - T.: Talqin 2006. 17-b.

77

payqash qiyin emas. Ya'ni, mana shu diniy qadriyat orqali obraz tushunchasi vujudga kelgan.

Uzoq tarixga va boy qadimiy qiyofalarga ega an'anaviy qo'g'irchoq teatri o'zining maftunkorligi va yorqinligi bilan ajralib turadi. M.Qodirov aytgandek, "Osiyo qo'g'irchoq teatri bu shunchaki ermak, o'yin emas, balki bir qit'a xalqlarining falsafasi, dini, adabiyoti, eposi, musiqasi, folklori, tasviriy san'ati va albatta tillari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan muhim tarixiy badiiy hodisadir"2 Aynan mana shu uzoq tarixga ega san'at turi va uning dastlabki qiyofalari bevosita an'anaviy qo'g'irchoq teatri san'ati hisoblanadi. An'anaviy teatr xalq orasida juda mashhur bo'lib, asosi og'zaki dramaturgiya hisoblangan. Zero, draamaturgiya teatr bilan birga tug'iladi va birga yashaydi. An'anaviy teatr bugungi zamonaviy teatrdan ayrim jihatlari bilan farq qilgan. Masalan, zamonaviy teatrda asos dramaturgdan boshlanib, asosiy mas'uliyat rejissor zimmasiga tushadi. Aktyorlar butun ijodiy guruhning mehnatini yuzaga chiqaruvchi jamoa a'zosi. An'anaviy teatrda esa asosiy mas'uliyat aktyor zimmasida bo'lgan. Shu sababdan aktyorlarga qo'yilgan talab va ularning imkoniyatlari ham yuqori darajada bo'lgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak an'anaviy teatr - ijrochilik san'atidir. Bu yerda hal etuvchi - ijrochi aktyor, uning e'tiqodi, qobiliyati, malakasi, mahoratidir. Zotan, xalq aktyori tomoshabinlar davrasidan hosil bo'lgan o'ziga xos "sahna"da, maxsus ayvonlarda, ko'shklarda tomosha ko'rsatgan. Rasman dekoratsiya yo'q, voqea o'rni va payti esa shartli. Bunday sharoitda aktyor faqat o'ziga, o'z san'atiga ishonib ish ko'radi. U mustahkam an'anaviy fabula, voqealar, obrazlar silsilasi, barqaror savol-javoblarga tayangan holda so'z va harakatlar to'qiydi, ya'ni badihagoylik (improvizatsiya) qiladi.3 Haqiqatdan ham aynan mana shu xususiyatlarni qamrab olgan an'anaviy qo'g'irchoq teatri uzoq yillar davomida xalqimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida baholangan. Ana shu vaqtlarda, O'rta Osiyoda an'anaviy qo'g'irchoq teatrining eng ko'p tarqalgan ikki turi mavjud bo'lgan, bular "Chodir jamol" va "Chodir xayol"dir.

Bu yerdagi "jamol" so'zi bir tomonlama tomoshaning yorug'likda, kunduzi ko'rsatilishiga, ikkinchidan, tomoshada kundalik hayotdan olingan real, tanish voqealar tasvirlanishiga ishora qiladi. "Chodir" so'zi esa ham sahna, ham teatr ma'nosini beradi. Demak, "Chodir jamol" - bu kishilarning kundalik hayotidan olingan voqealarni qo'lga kiyib o'ynatiladigan qo'g'irchoqlar yordamida kunduzi aks ettiruvchi o'ziga xos teatrdir.4 Darhaqiqat bu teatr tomoshalari odatda kechalari ko'rsatilgani, oddiy nur-shu'la va shovqindan foydalanilgani tufayli qora pardalar ichidagi qo'g'irchoqlarning o'zi harakat qilayotganday tabiiy va ajib manzara hosil

2 Qodirov M. Tomosha san'ati o'tmishidan lavhalar. - T.: Fan, 1993. 163-b.

3 Qodirov M. An'anaviy teatr dramaturgiyasi. - T.: Yangi asr avlodi, 2006. 7-b.

4 Qodirov M., Qodirova S. Qo'g'irchoq teatri tarixi. - T.: Talqin, 2006. 32-33-b.

I fctlT^^^^H 78 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'lgan. Har mashhur qo'g'irchoqboz bir vaqtning o'zida iplar yordamida 8-10 qo'g'irchoqni harakatga keltira olgan. Bugungi kunda ham bu yo'nalishlar mohiyatan saqlanib qolgan bo'lib, uning vositasida turli rang-barang tomoshalar dunyoga kelmoqda. An'anaviy qo'g'irchoq teatr haqida gap ketganda, dastavval kuchli mahorat egalari hisoblangan aktyorlar jamoasi ko'z oldimizda gavdalanadi. Bugungi kun aktyorlaridan farqli ravishda ularning an'anaviy teatrdagi roli behad yuqori bo'lgan. Umuman olganda, an'anaviy teatr aktyori mahoratini baholash avvalida an'anaviy qo'g'irchoq teatriga xos asosiy xususiyatlarga e'tibor qaratish lozim:

- tomoshalarning og'zaki dramaturgiyaga asoslanganligi;

- tomoshaning asosan xalq orasida, ochiq maydonlarda qo'yilishi;

- tomoshani tashkil etish asosan ikki ijodkor - aktyor va korfarmonga bog'liqligi;

- aktyorlarning serqirraligi;

- tomoshalarning asosan kattalar uchun mo'ljallanganligi;

- tomoshada asosan ijtimoiy mavzularning tanlanishi;

- tanlangan ijtimoiy mavzularning masxara va mubolag'a yo'li bilan ko'rsatilganligi va hokazo.

"Chodir xayol" - xalq qo'g'irchoq teatrining turi hisoblanib, unda qo'g'irchoqlar iplar yordamida harakatga keltiriladi. "Chodir xayol" teatri "Chodir jamol"ga nisbatan murakkab va mukammal. Sahna tuzilishi, qo'g'irchoqlarning yasalishi, ijro uslubi, mavzu doirasi- barcha kompanentlar ko'rinib turadi. Aktyorlar sahna ortida ya'ni chodir pardasi ortida ish olib boradi. Bu M.F. Gavrilov tomosha texnikasida shunday bayon etiladi: "Teatr sahnasida qo'g'irchoqlar iplar yordamida harakatga keladi. Iplar ham ichki parda singari qora. Iplar bilan odatda qo'g'irchoqlarning tanasi, boshi, qo'llari va oyoqlari bog'langan, bir uchi "dastcho'p" deb ataluvchi (20sm) cho'pga ulangan. Ichki parda orqasida turgan qo'g'irchoqboz dastcho'pni qo'liga ushlab, qo'g'irchoqni sahnaga chiqaradi, o'zi esa parda bilan tepadan chodir pardasi bilan tomoshabinga yashirin qolaveradi"5

Qora pardalar ichida qo'g'irchoqning iplari va aktyor qo'rinmaydi. Bu tomoshabin ko'z o'ngida xuddi qo'g'irchoqning o'zi harakatlanayotgandek bo'ladi. "Chodir jamol" teatri tomoshalarida ko'pi bilan o'nta qo'g'irchoq ishtirok etsa, "Chodir xayolda"ning bir tomoshasida ellikdan ortiq qo'g'irchoqlar ishtirok etishi mumkin. Ikkala turda ham tomoshalar asosan ikki kishi-qo'g'irchoqboz bilan Korfarmon qo'g'irchoq teatri spektakllarini uyushtirgan va boshqargan. Bunda korong'i sahnada qo'llar orqali qaxramonlar jonlantirilib, har xil harakatlarni namoyish etadi. Qo'g'irchoq teatrining asosiy personaji, ishtirokchisi qo'g'irchoq hisoblanadi. Ularni boshqarib turuvchi Korfarmon bo'ladi. "Chodir xayol" teatrida asosan spektakllar mifologiya asosida sahnalashtiriladi.

5 M.Qodirov, S. Qodirov: " Qo'g'irchoq teatri tarixi" -T."Talqin" 2006

I ícclT^^^^H 79 http://oac.dsmi-qf.uz

Marionetika teatri hozirgi kunda hususiy tadbirkorlik yo'nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. U yerda professional ijodkorlar tomoshbinlarga o'z spektakillarini namoyish qilib kelmoqda. Lekin respublikamizda faoliyat korsatyotgan davlat qo'g'irchoq teatrlarida bu turdagi qo'g'irchoq spektakllariga bo'lgan e'tibor ancha past. Chunki marinetika qo'g'irchoq spektakli yaqin yillarda teatr repertuarlaridan orin olmay kelmoqda. Sababi marinetika qo'g'irchog'ini yasash murakkab bo'lib uni yasovchi ustalar hozirda kamchilikni tashkil qiladi bundan tashqari marionetika qo'g'irchog'ini sahnada boshqarishda aktiyordan katta mahorat talab qiladi. Bunday maxoratga ega bo'lgan mutaxasis aktiyorlar hozirgi kunda sanoqli hisoblanadi. Ustoz san'atkor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist F.Xo'jayev bu qo'g'irchoq turida ko'p yillar mehnat qilib kelmoqda. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Qo'g'irchoq teatr aktiyorligi ta'lim yo'nalishida o'qiyotgan talabalarga qo'lqopli, simli, planshetli va marionetika qo'g'irchoq turlari o'rgatilmoqda. Lekin mutaxasislarning fikiricha marionetika qo'g'irchoq turini talabalarga chuquroq o'rgatish uchun ko'p vaqt talab qilinadi. Yuqoridagi omillardan tashqari marionetika teatiri uchun maxsus sahna talab qilinadi. Ya'ni qo'lqopli, simli, planshetli qo'g'irchoq turlari bitta sahnada spektakillarda ijro qilish mumkin, lekin marionetika uchun boshqa maxsus jihozlangan sahna kerak. Yevropaning ko'pgina davlatlarida marionetika teatrlarida katta yoshdagi odamlar uchun ham spektakillar namoyish qilinadi. Mening fikirimcha Respublikamizda davlat tasaruffidagi alohida marionetika teatrini ochish, unga kerakli kadrlarni tarbiyalash va kelajak egalariga yuqori saviyadagi spektakillarni namoyish qilish vaqti keldi. Keltirilgan muammolar o'z yechimini topsagina marionetika qo'g'irchoq turi yurtimizda rivojlanshi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, qo'g'irchoq teatr aktyorini o'qitish, tarbiyalash va shakillantirishda bugun muhim qadamni tashlash lozim. O'zbek teatr san'atining ertangi taraqqiyoti - bugun har bir truppada teng iste'dodga ega dramaturg, rejissor, rassom va aktyorlarining birlashuviga bog'liq holda erishish mumkin. Ayniqsa, zamonaviy ta'lim olgan yoshlar jamoasining shakllanishi teatrni ulkan zafarlarga sabab bo'ladi. Bugunga kelib milliy va umuminsoniy qadryatlar, qarashlarni sintezlay oladigan ijodkorlarning kamayib ketishi san'atning eng muhim tarmog'i "Ustoz -shogird" an'anasining yo'qolib ketishiga sababchi bo'lmoqda. Oqibatda esa, teatrlarda aksariyat ustoz ko'rmagan aktiyorlar faoliyat olib borishmoqda. Xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, yuksak ma'naviyat, milliy o'ziga xoslik va xalq an'analarining mavjud ko'p asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sog'lom, ma'nan yetuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatni barpo etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Yaratilgan imkoniyatlardan har birimiz mas'ulyat bilan foydalanmog'imiz darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov M., Qodirova S. Qo'g'irchoq teatri tarixi. - T.: Talqin 2006. 17-b.

2. Qodirov M. Tomosha san'ati o'tmishidan lavhalar. - T.: Fan, 1993. 163-b.

3. Qodirov M. An'anaviy teatr dramaturgiyasi. - T.: Yangi asr avlodi, 2006. 7-b.

4. Qodirov M., Qodirova S. Qo'g'irchoq teatri tarixi. - T.: Talqin, 2006. 32-33-

b.

5. M.Qodirov, S. Qodirov: " Qo'g'irchoq teatri tarixi" -T."Talqin" 2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.