Научная статья на тему 'STOP-MOTION” TEXNOLOGIYASI – TEATR QO’G’IRCHOQLARINING EKRANDA AKS ETTIRILISHI'

STOP-MOTION” TEXNOLOGIYASI – TEATR QO’G’IRCHOQLARINING EKRANDA AKS ETTIRILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
101
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Animatsiya / qo‘g‘irchoq animatsiyasi / ―stop-motion‖ / teatr qo‘g‘irchoqlari / plastelin animatsiyasi / kadr / multfilm / rassom-animator / rejissyor / Animation / puppet animation / "stop-motion" / theatrical puppet / plasticine animation / frame / cartoon / cartoonist / director.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dildora Sapashova

Maqolada animatsiya sohasida qo‘g‘irchoqlardan foydalanishning o‘ziga xos jiatlari, qo‘g‘irchoq animatsiyasi ―stop-motion‖ texnologiyasining tarixi va bugungi kundagi o‘rni, zamonaviy o‘zbek animatsiyasida qo‘g‘irchoqlardan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z borad

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the state mentioned about the features of the use of puppets in the field of animation, about the history and modern role of puppet animation the technology of ";stop-motion", about the importance of using puppets in modern Uzbek animation

Текст научной работы на тему «STOP-MOTION” TEXNOLOGIYASI – TEATR QO’G’IRCHOQLARINING EKRANDA AKS ETTIRILISHI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-257-262

"STOP-MOTION" TEXNOLOGIYASI - TEATR QO'G'IRCHOQLARINING

EKRANDA AKS ETTIRILISHI

Dildora Sapashova

O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti "Qo'g'irchoq teatri san'ati"

kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada animatsiya sohasida qo'g'irchoqlardan foydalanishning o'ziga xos jiatlari, qo'g'irchoq animatsiyasi - "stop-motion" texnologiyasining tarixi va bugungi kundagi o'rni, zamonaviy o'zbek animatsiyasida qo'g'irchoqlardan foydalanishning ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Animatsiya, qo'g'irchoq animatsiyasi, "stop-motion", teatr qo'g'irchoqlari, plastelin animatsiyasi, kadr, multfilm, rassom-animator, rejissyor.

ABSTRACT

In the state mentioned about the features of the use of puppets in the field of animation, about the history and modern role of puppet animation - the technology of "stop-motion", about the importance of using puppets in modern Uzbek animation.

Keywords: Animation, puppet animation, "stop-motion", theatrical puppet, plasticine animation, frame, cartoon, cartoonist, director.

KIRISH

Gor Verbinski ta'kidlaganidek "Animatsiya - bu texnika, janr emas" Qo'g'irchoq animatsiyasi deganda, eng avvalo, ko'pchiligimizning ko'z o'ngimizda, o'sha qadrdon "Sehrli sandiq", ya'ni "Zumrad va Qimmat" qo'g'irchoq multfilmi namoyon bo'ladi. Ilk ekranlarga chiqqan qo'g'irchoq animatsion filmi esa, "O'zbekfilm" kinostudiyasida, 1965-yilda yaratilgan, Damir Salimov va Yuriy Petrov rejissyorligidagi "Kvadrat 6X6" nomli qo'g'irchoq animatsion filmi edi. Multfilm o'zini "ladybug" qiyofasini olgan Kolorado kartoshka qo'ng'izi haqida hikoya qilardi.

Endi mavzuga umumiy yondashaylik, butun dunyo qo'g'irchoq animatsiyasi qachon vujudga keldi? XIX asr oxirida kinematografiya paydo bo'lishi bilan birga qo'girchoq animatsiyasi ham dunyoga kelgan edi. Qo'g'irchoq animatsiyasi - bu

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-257-262

hajmli animatsiya usuli bo'lib, uni yaratishda sahna, dekoratsiya, maketlar va qo'g'irchoq aktyorlar qo'llaniladi. Sahna kadrlar bo'yicha suratga olinadi, har bir kadrdan so'ng sahnaga minimal o'zgarishlar kiritiladi. Masalan, qo'g'irchoqning pozasi o'zgaradi yoki rekvizit detallari harakatlantirib boriladi. Dekoratsiyalar, figuralar, ob'ektlarni tayyorlash uchun materiallar va texnikani keng tanlash imkonini beradi. Olingan kadrlar ketma-ketligini aylantirganda, ob'ektlar harakati illyuziyasi paydo bo'ladi. Shundan ma'lum bo'ladiki, kinematografiya va qo'g'irchoq animatsiyasi bir fikrga asoslanadi, ya'ni, kadrlarning te zkor harakati natijasida illyuziya yaratish. Yagona farqi shundaki, haqiqiy real aktyor harakatini suratga olish uchun soniyada ko'p suratga olishi kerak, qo'g'irchoq animatsiyasida esa shoshilish talab qilinmaydi, chunki, barchasi ijodiy jamoaning o'z qo'lida.

Animator obyektni suratga olib, so'ngra bu obyektga qo'g'irchoq-aktyorlarni kiritib ularni o'zi xohlagan tarzda harkatlantirib kadrlarni yaratadi. Bugungi zamonaviy dunyoda bu texnika "stop-motion" nomi bilan qo'llaniladi, ingliz tilidan tarjima qilinganda, "to'xtagan harakat" yoki "harakatni to'xtatish" ma'nosini beradi. Aytishimiz mumkinki, stop-motion texnikasi an'anaviy 2D animatsiyaga o'xshaydi, faqat chizmalar o'rniga qo'g'irchoq-aktyorlarning fotosuratlaridan qo'llaniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Birinchi to'liq qo'g'irchoq multfilmi, "Humpty Dumpty Circus" 1898 yilda (ba'zi manbalarga ko'ra - 1908 yilda) Jeyms Styuart Blekton va Albert Smit tomonidan suratga olingan. Bu film haqiqatan ham stop-motion animatsiyaning eng dastlabki namunasimi yoki yo'qmi, aniq ma'lum emas va asarning o'zi yo'qolgan. Ammo 1907 yilda xuddi shu mualliflar tomonidan chiqarilgan "Haunted Hotel" - "stop-motion" dan maxsus effekt sifatida foydalangan birinchi badiiy filmlardan biri saqlanib qolgan. To'g'ri, rejissyorlar qo'g'irchoqlarni emas, balki mebel va idishlarni animatsiya qilishgan.

Sobiq Ittifoq, SSSRda esa ilk qo'g'irchoq animatsiyasi 1906 yilda paydo bo'lgan. Animator Mariinskiy teatrining xoreografi Aleksandr Shiryaev bo'lib, u sahna tasvirlangan harakatsiz manzara fonida o'n ikki figura raqsga tushadigan chiziq yaratadi. Film 17,5 mm plyonkada suratga olingan. Suratga olish ishlari uch oy davom etdi, xatto shu vaqt ichida Shiryaev doimiy ravishda kameradan manzaraga va orqaga qarab yuravergani parket teshilib ketgan ham deyishadi.

Bu filmlar 2009 yilda kinotanqidchi Viktor Bocharov tomonidan Shiryaev

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-257-262

arxividan topilgan. U erda yana bir nechta qo'g'irchoq multfilmlari topilgan: "To'p o'ynayotgan masxarabozlar", "Perrotning rassomlari" va baxtli yakuni bo'lgan "Arlekin hazillari" sevgi dramasi. Zamonaviy animatorlar hanuzgacha klassik animatorning sirlari tagiga yeta olmadi, chunki Shiryaevning qo'g'irchoqlari nafaqat yerda yurardi, balki havoda sakrab ham aylanardi. Shiryayev arxividagi animatsiyalar topilmagunga qadar esa, rus etnomologi, keyinchalik esa kinorejissyori Vladislav Starevich tomonidan 1911-yilda yaratilgan animatsiya, Rossiyadagi ilk qo'g'irchoq animatsiyasi hisoblangan.

Vladislav Aleksandrovich hasharotlar bilan shug'ullanib, 20-asrning boshlarida ikkita o'quv filmini suratga oladi, ninachilar va qoraqo'tir qo'ng'izlarining hayoti haqida edi. Ko'rib turganingizdek, xuddi kinematografiya singari, qo'g'irchoq animatsiya paydo bo'lishi ham rejissyor yoki rassom tomonidan emas, fan bilan shug'ullanuvchi insonlarning tadqiqot bo'lagi sifatida tug'ilgan. Bir vaqtlar ilmiy tadqiqot bo'lagi bo'lgan "Stop-motion" san'at turi sifatida yaxshigina rivojlana boshladi. Vengriya va Amerika rejissyor-animatori Jorj Pal qo'g'irchoqlar animatsiyasi bilan ishlashda soddalashtiradigan texnikani ixtiro qildi animator harakatlanuvchi ko'zlari va og'izlari bo'lgan boshlar o'rniga, boshlarini almashtirish mumkin bo'lgan qo'g'irchoqlarni yasab ulardan foydalanishni yo'lga qo'ydi. Har bir bosh ma'lum his-tuyg'uni ko'rsatardi va ularni almashtirish qo'g'irchoqning yuzidagi ifodani qo'lda o'zgartirishdan ko'ra osonroq edi. Bu bilan Jorj Pal "Stop -motion" rivojiga o'zining katta hissasini qo'shgan edi. Ahamiyatli ixtirosi uchun rejissyor Amerika kino akademiyasining faxriy mukofotiga ham sazovor bo'lgan. Bundan tashqari Jorj Pal birinchilardan bo'lib stop-motion animatsiyasi yordamida reklama roliklarini suratga ola boshlagan animatordir.

MUHOKAMA

50 va 60-yillarda esa plastilin animatsiyasidan foydalangan birinchi teleserial "The Gumby Show" ham ekran yuzini ko'rdi. Plastilin qo'g'irchoqlarining animatsiyasi birinchi marta 20-asrning boshlarida paydo bo'lgan, ammo uni mashhur qilgan Gumby yaratuvchisi, karikaturachi Art Clocky edi. Shou katta muvaffaqiyat bo'ldi va 10 yildan ortiq davom etdi.

60—70-yillarda SSSRda ham qo'g'irchoq animatsiyasi mashhurlikka erisha boshladi. O'sha yillarda "Soyuzmultfilm" AQSHning "Walt Disney" animatsiyalariga o'xshamagan, o'ziga xoslikni yaratmoqchi edi. Bunda sovet animatsiyasining eng ko'zga ko'ringan namoyandalaridan biri, Cheburashka

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-257-262

haqidagi multfilmlar turkumi muallifi Roman Kachanovning animatsiyalari qo'l keldi. Uning ishi haqiqatan ham har tomonlama noyob edi, qo'g'irchoqlarni yig'ishdan tortib, ularni animatsiyalashtirish texnikasigacha. Aynan Kachanov tufayli Sovet stop-motion animatsiya maktabi shakllandi.

Yangi texnologiyalar paydo bo'lishi bilan qo'lda yasalgan ko'p vaqt talab qiladigan animatsiyaga bo'lgan ehtiyoj yo'qola boshladi. Stop-motion davrining oxiri 1993 yilda suratga olingan "Yura davri parki" filmi bo'ldi. Stop-motion mashhurligini yo'qotishi bilan, qo'g'irchoqlar bilan ishlaydigan animatsiya studiyalarining aksariyati qisqa formatga, ya'ni "stop-motion" texnikasida suratga olingan roliklar va reklamalar yaratishga o'tib ketti. Ko'pgina qo'g'irchoq animatorlari uchun ular bugungi kunda asosiy daromad manbai hisoblanadi. Yillar davomida stop-motion texnologiyasini takomillashtirishga sarflagan animatorlar to'satdan ularning san'ati hech kimga unchalik foydali bo'lmaganini aniqladilar.

Qo'g'irchoq animatsiyasi asta-sekin o'tmishga aylanib borardi, lekin hamma ham bunga chidashni xohlamasdi. Misol uchun, Rey Garrixauzenning ashaddiy muxlisi O'ïik kelin (2005) va Frankenweenie (2012) kabi qo'g'irchoq animatsion filmlari rejissyori Tim Burton to'xtash-harakatni eskirgan maxsus effekt sifatida emas, balki ijodiy texnika sifatida ko'radi. U qo'g'irchoq animatsiyasi filmlarni o'tmishning beqiyos nostaljik jozibasi bilan to'ldiradi, deb hisoblardi.

Zamonaviy qo'g'irchoq animatsiyasining yana bir namoyondasi Genri Selik ham stop-motion animatsiyalarini yaratishda davom etdi. 2001 yilda u " Maymun suyagi" filmini suratga oldi, unda u stop-motion animatsiyasini real vaqt rejimida suratga olish bilan birlashtirdi. 2009 yilda Selik tomonidan, Nil Gaymanning romani asosida "Karolina" qo'irchoq animatsiyasi yaratildi. O'sha yili boshqa bir "stop-motion"chi animator Ues Andersonning birinchi stop-motion multfiilmi, "Fantastik janob Fox" ham ekran yuzini ko'rdi. Ues Anderson 2016 yilda yana qo'g'irchoq animatsiyasiga qaytdi va ikkinchi multfilmi "Itlar oroli" ustida ish boshladi. Bu animatsion filmda har bir dekoratsiya, qahramonlar, obyektlar mayda detallarga to'la, har bir kadr o'zgacha mehr bilan suratga olingan. Suratga olish uchun 240 ta sahna va mingta qo'g'irchoq (500 kishi va 500 it) ishlatilgan. Chunki, yaqin va uzoq masofadan kadr olish uchun turli o'lchamdagi uchta qo'g'irchoqlar kerak bo'lar edi. Ijodiy jamoa materiallardan unumli foydalanib tajriba o'tkazdilar, shunda barcha qo'g'irchoqlar boshqacha bo'lib chiqdi: ular odamlar uchun olinadigan yuzlarni yasadilar va ularni kauchuk teri bilan qopladilar, itlar esa metall qolipda plastilindan yasalgan edi. Yangi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-257-262

texnologiyalar qo'g'irchoqlarni yaratishda ham yordam berdi. Masalan, robot-itlar 3D-printerda chop etildi. Shuni ta'kidlash joizki, "Itlar oroli" nafaqat zamonaviy qo'g'irchoq animatsiyasining noyob mahsuli, balki, dramaturgik va mazmun jihatdan ham o'ziga xoslikka egadir.

TAHLIL NATIJALARI

Bugungi kunda stop-motion animatsiyasi retrograd sifatida qabul qilinadi. Bu juda ko'p kuch, vaqt va pul talab qiladigan, qimmat texnika hisoblanadi. Har bir rejissyorning qo'g'irchoqlar bilan ishlash istagi va imkoniyati yo'q. Bunday sharoitda qo'g'irchoq animatsiyasidan foydalanishning o'zi tavakkal qilish va kuchli quntni talab etadi. Ammo "Itlar oroli"ning misolida shuni anglash mumkink, bunday eksperimental yondashuvga bog'liq tavakkalchilikka qaramay, zamonaviy stop-motion filmlar hali ham o'z samarasini bera olar ekan. Bu animatsiya Ues Anderson faoliyatidagi eng katta boshlanish bo'ldi. Balki "Itlar oroli" kelajakdagi kinoijodkorlarning yangi avlodini stop-motion animatsiya bilan ishlashga ilhomlantira olar. Shunga qaramay, bugungi kunda stop-motion deyarli butunlay qisqa formatga o'tdi, bu texnika asosida reklama roliklari, musiqiy videolar va ba'zan qisqa metrajli multfilmlar yaratilmoqda. Ammo "Itlar oroli" kabi nodir filmlargina an'anaviy qo'g'irchoq animatsiyasining tarixiy ahamiyatini eslatib turadi va davom etar ekan, qo'g'irchoq animatsiyasining "o'lishi" haqida gapirishga hali ertadir.

XULOSA

Demak, dunyo miqyosida qo'g'irchoq animatsiyasi hali ekranlarni tark etmagan ekan, o'zimizda ham buni eksperimental tarzda qo'llasak biror nima yo'qotamizmi? Fikrimcha, yo'q! Biz bemalol qo'g'irchoqlardan foydalanib animatsiya yaratib ko'rishimiz mumkin. Bu bizning o'zbek animatsiyamizga muvaffaqiyat olib keladimi yo'qmi, buni albatta vaqt ko'rsatadi. Ko'pchilik ko'rgan bo'lishi kerak, TBC banki o'z reklama roliklarida plastilin animatsiyasidan mahorat bilan foydalanib kelmoqda. Bugungi IT texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda, qo'l mehnati asosida yaratilgan (va albatta IT yordamida) bu reklama roligi, boshqa roliklardan o'zgacha farq qilib turibdi. Shunday ekan, qisqa yoki to'liq metrajli "stop-motion" animatsiyalarining yaratilishi, zamonaviy o'zbek animatsiya san'atimiz bir xillikdan qochishi va yuksak rivojlanishi uchun ayni muddao bo'ladi deb o'ylayman.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-257-262

REFERENCES

1. Qodirov Muhsin. Xalq qo'g'irchoq teatri . (O'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatri), T., Adabiyot va san'at nashriyoti. 1972. 232 b.

2. Mirzamuxamedova.M. Uzbek animasiyasi.-T.: «Mumtoz so'z», 2014.-96 b.

3. Вано И. Рисованный фильм. -Госкиноиздат, 1950. - 84 с.

4. Animatsion Wоrldnetwork, Mart 1, 1999

5. Кинематография Узбекской ССР - Кино: Энциклопедичэский

6. словарь/Гл. ред. С. И. Юткевич;Редкол.: Ю. С. Афанасьев, В. Е. Баскаков,И.

7. https: //www. oyina. uz/uz/teahause/436

8. https: //www. museudamarioneta. pt/en/evento/tim-burton-the-animation-puppets/

9. https://cyberleninka.ru/article/n/tvorcheskiy-potentsial-stop-motion-animatsii-kak-fenomena-ekrannoy-kultury-v-tsifrovuyu-epohu

10. https://dtf.ru/cinema/20573-ozhivshie-kukly-istoriya-stop-motion-animacii

11. https://uz.sputniknews.ru/20191029/Rezhisser-Uzbekistanu-svoi-Simpsony-12703387.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.