Научная статья на тему 'QO‘G‘IRCHOQ TEATRI VA IJROCHILIK MAHORATI'

QO‘G‘IRCHOQ TEATRI VA IJROCHILIK MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
933
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qo‘g‘irchoqboz / korfarmon / badihago‘ylik / cho‘poyoq / improvizator / personaj / muqallid / badihago‘y / folklor

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Abdurashid Madaliyev

O‘zbek qo‘g‘irchoq teatri qo‘g‘irchoq teatri, qo‘g‘irchoq teatri aktyoridan alohida ijro mahoratini talab etadi. O‘zbek an’anaviy qo‘g‘irchoq teatri o‘ziga hos ijro yo‘nalishi, qo‘g‘irchoq bilan ishlash mahorati bilan ajralib turadi. Maqolada O‘zbek qo‘g‘irchoq teatri tarixi, rivojlanish bosqichlari va ijrochilik maktabi haqidagi ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘G‘IRCHOQ TEATRI VA IJROCHILIK MAHORATI»

QO'G'IRCHOQ TEATRI VA IJROCHILIK MAHORATI

Abdurashid Madaliyev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotasiya: O'zbek qo'g'irchoq teatri qo'g'irchoq teatri, qo'g'irchoq teatri aktyoridan alohida ijro mahoratini talab etadi. O'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatri o'ziga hos ijro yo'nalishi, qo'g'irchoq bilan ishlash mahorati bilan ajralib turadi. Maqolada O'zbek qo'g'irchoq teatri tarixi, rivojlanish bosqichlari va ijrochilik maktabi haqidagi ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Qo'g'irchoqboz, korfarmon, badihago'ylik, cho'poyoq, improvizator, personaj, muqallid, badihago'y, folklor

PUPPET THEATER AND PERFORMING SKILLS

Abdurashid Madaliyev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Uzbek Puppet Theater requires special performance skills from a puppet theater actor and from Puppet Theater itself. The traditional Uzbek puppet theater is characterized by a unique style of performance, the art of working with puppets. The article provides information about the history of the Uzbek Puppet Theater, its stages of development and the school of performance.

Keywords: puppet performer, entrepreneur, quick wit, wooden leg, improviser, character, imitator, quick wit, folklore

"Osiyo qo'g'irchoq teatri bu shunchaki ermak o'yin emas, balki bir qit'a xalqlarining falsafasi, dini, adabiyoti, eposi, musiqasi, folklori, tasviriy san'ati va albatta, tillari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan muhim tarixiy hodisadir", - degan edi teatrshunos olim Muhsin Qodirov.

So'zimiz boshida keltirilgan fikrga qo'shilgan holda shuni aytish mumkinki, insonga nafosat tuyg'usini singdirib va murg'ak qalbiga ezgulik urug'ini sochishda, yosh avlodning estetik tarbiyasi, ongi va tafakkurini o'stirishda, qolaversa, ularga milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom, chinakam vatanparvarlik xislatlarini singdirishda qo'g'irchoq teatrining o'rni beqiyosdir. Albatta, yosh avlodning tarbiyasi biz uchun juda muhim. Shuning uchun ham jajji murg'ak qalblarni kelajakka to'g'ri yo'ldan boradigan va xalqiga vafodor, ota-onaga mehribon, haqiqiy ajdodlarga yetuk va bilimli, dunyoqarashi keng farzand bo'lmog'i darkor. Chunki ular bizning davomchilarimiz va kelajagimiz, desak mubolag'a bo'lmaydi. Dunyo xalqlarining

adabiyot namoyandalari yaratgan asarlarini sahnalashtirib, yosh tomoshabinlarimizga ma'naviy ozuqa berayotgan serg'ayrat kasb jonkuyarlari - bu qo'g'irchoq teatri zahmatkashlaridir. Bu kasb egalari yosh avlodni tarbiyalashda ozmi-ko'pmi hissalari bor. Bosqichma-bosqich o'zining ijro uslubini topib kelayotgan o'zbek qo'g'irchoq teatri tarixiga nazar solsak, tarixda "Chodir jamol", "Chodir xayol" va "Fonus xayol" turlarga ajralganligini bilamiz. Shundan "Chodir jamol" teatri hayotiy voqelikni aks ettirgan tomoshalarni ko'rsata boshlaydi va asta-sekin ijtimoiy-fosh etuvchi xarakterga ega bo'lib boradi. Shu tariqa bir zamonlar chinakam xalq teatri bo'lgan qo'g'irchoqbozlik san'ati XX asr avvalidan asosan bolalarga xizmat qila boshladi.

Bugungi kunga kelib nafakat O'zbek milliy qo'g'irchoq teatrida, balki yangidan tashkil etilgan viloyat qo'g'irchoq teatrlarida ham kattalar uchun tarixiy va zamonaviy mavzularda bir qator spektakllar yaratilmoqda. Oddiygina chodir-sahnada qo'g'irchoq-personajlar orqali katta-katta ijtimoiy-siyosiy va falsafiy mavzularni yoritish mumkin. Binobarin, qo'g'irchoq teatri o'z xususiyatlariga ko'ra bolalarga yaqin va tushunarli bo'lishi bilan birga katta yoshdagi tomoshabinlar uchun ham zarur va foydali san'at hisoblanadi.

Barchamizga ma'lumki, bugungi texnika taraqqiyoti davrida qo'g'irchoq teatrlarida yangi, zamon talablariga javob bera oladigan sahnaviy asarlarni yaratish uchun teatr ijodkorlaridan ishiga chinakam fidoyilik va professional mahorat bilan yondashuv talab etiladi. Bu o'rinda birinchi mas'uliyat qo'g'irchoq teatri aktyorining ijro mahoratida aks etadi. Negaki yosh avlodni tarbiyasiga ta'sir kuchi juda katta, o'tgan asr ma'rifatparvarlari ta'kidlaganidek, "O'qish boshqa, ko'rish boshqa", "O'qiydigan odam juda kam, ko'radigan odam esa juda ko'p" kabi iboralarda albatta haqikat bor. Qo'g'irchoq aktyorlarining muxlisi bolajonlar bo'lgani uchun ham ularga spektaklt orqali fikrni etkaza olish samaraliroq bo'ladi. Lekin ba'zi tajribaviy va avangard spektakllarda izlanuvchan rejisyorlar tomonidan spektakl g'oyasidan kelib chiqqan holda, yangi qo'g'irchoq turlari kashf etilib, ishlatib kelinayapti.

Masalan, hozirgi kunda qo'g'irchoq teatrida asosan qo'g'irchoqlarning qo'lqopli, trostli, iplar yordamida boshqariladigan (marionetka), soya orkali ko'rsatiladigan, planshet va niqob (maska) kabi turlaridan foydalanilmoqda.

Qo'g'irchoq teatri spektakllari muvaffaqiyatli chiqishi uchun ijodiy jamoa, ya'ni muallifdan tortib, rassom, qo'g'irchoq ustasi, bastakor, aktyor va boshqa ijodiy kollektivning roli muhim ahamiyatga egadir. Shu ijodiy jamoani tashkil qilib, uni boshqaradigan ijodkor esa albatta, rejissor hisoblanadi. Ma'lumki, bugun har qanday teatr rejissorsiz ishlay olmaydi. Aynan rejissor teatrni boshqaribgina qolmay, uning ijodiy yo'lini belgilaydi va shuning barobarida spektakl yaratilishida katta javobgarlikni o'z bo'yniga oladi. Rejissorlik xarakterini shakllantirish uchun birgina qobiliyatning o'zi kamlik qiladi. Bor qobiliyatni tinimsiz mashq qildirish, ya'ni atrofimizdagi kundalik maishiy hayotga nisbatan o'ta kuzatuvchanlik, kishilar

nazaridan chetda qolgan holatlarni ham ko'ra bilishdek mahorat talab etiladi. Rejissorlik xarakterini muntazam mutolaa qilish bilan ham shakllantiriladi. Bunda inson tasavvurini boyitish, chuqurlashtirish va fantaziyani kengaytirish mumkinligi aniqlangan. Aytaylik, insonda musiqani tinglash, sozlar jarangini diqqat orqali birini boshqasidan farqlay bilish, eslab qolish qobiliyati bo'lmasa u hech qachon qo'shiq ayta olmaganidek, inson kuzatish, fantaziya va tasavvur qilishdan yiroq bo'lsa, unda hazil-mutoyibaga, yumorga moyillik, temperament, ritmni aniq his qila olish va hokazolar bo'lmasa, u hech qachon rejissor bo'la olmaydi.

K.S.Stanislavskiy ta'biri bilan aytganda, insonni rejissorlikka o'rgatib bo'lmaydi, u rejissor bo'lib tug'ilishi lozim. Ya'ni yuqoridagi xususiyatlarga ega insonni shu qirralarini tarbiyalashga, rivojlantirishga, bir so'z bilan aytganda, uni bu kasbga yo'naltirish mumkin, xolos. Agar bu kasbga yuqori pozisiyadan turib nazar tashlasak, bu dunyodagi kasblar ichida eng murakkablaridan biri ekanligini tushunamiz. Rejissorning teatrdagi o'rni, aktyor va rejissor hamkorligi haqida qanchalik tortishuvlar bo'lishiga qaramay hayot shuni ko'rsatdiki, teatrning asosi dramaturgiyadir. Qo'g'irchoq aktyori shu dramatik asardagi voqealarni qo'g'irchoq orqali etkazib beruvchi shaxs sifatida namoyon bo'lsa ham, bugungi va kelajakdagi teatr taqdiri rejissor zimmasidadir. Chunki rejissor yuqorida aytilganidek, ijodiy jamoalarni jamlovchi va ijodiy mahsulotni tayyor holda tomoshabinga etkazib beruvchi vositachidir. Vaholanki, rejissor aralashuvisiz teatr - teatr emas. Har qanday teatr, har bir rejissor, "o'z uyida", o'z repertuarida hamma uchun umumiy bo'lgan masalani, ya'ni xalqqa qanday qilib yuqori ijtimoiy g'oyalarni yetkazish, zamondoshi qalbini larzaga soluvchi, uning dil torlarini chertuvchi san'at asarlari yaratishni hal qilishi lozim.

Tabiiyki, yuqorida aytilgan barcha fikrlardan qo'g'irchoq teatri ham mustasno emas. Bu teatrda jonlanish jarayoni, ya'ni jonsiz narsaning harakatga kira boshlashi tomoshabin uchun albatta mo''jizadir. Tomoshabin xoh katta, xoh yosh bo'lsin uning ahamiyati yo'q. Qo'g'irchoq teatrida sodir bo'luvchi bu mo'jiza, tomosha san'atida tirik insonni ko'rsatuvchi boshqa mo'jizalardan ancha ustundir. Qo'g'irchoqni boshqarayotgan aktyor mahoratli va oldiga qo'yilgan maqsadi aniq bo'lsa, tomoshabin qalbidan o'rin olishida doim juda kuchli qurol bo'lib xizmat qiladi. Shu jihatdan qo'g'irchoq teatri sahnasidagi qo'g'irchoq tomoshabin yoshining o'lchovini belgilovchi emas, balki tomosha san'atining mustaqil bir turidir.

Professional qo'g'irchoq teatri aktyori bo'lib etishish uchun, avvalo, ustoz-shogird an'analarini yo'lga qo'yish kerak. Bundan tashqari, qo'g'irchoq teatri aktyorligiga talab ortib borayotganligi sababli talabalarning amaliyotini bir muddatga emas, balki teatr bilan birgalikda hamohang ravishda olib borilsa, ayni muddao bo'ladi. Chunki talaba to'rt yil o'qisa bir yilda bir oy amaliyotga chiqadi. Talaba teatrda amaliyot o'tab, kasbiy mahoratini oshirsa, o'shanda bitiruvchi talabalarimiz yyetuk

kadrlar bo'lib yetishadi.

Qo'g'irchoq teatrlari uchun o'tkaziladigan festivallar va tanlovlarning rang-barangligi va ularning o'tkazilish sifatini oshirish kerak. Ushbu festivallarda professional ijodkorlar tomonidan mahorat darslarining o'tkazilishi, yosh mutaxassislarni chet el teatrlariga malaka oshirish uchun yuborish zarur. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti qo'g'irchoq teatri aktyorligida o'qiydigan talabalarga keladigan bo'lsak, hozirgi kunda oliygohni bitirayotgan tabalarimiz diplom spektakllarini oliygohning o'zida, tor doirada taqdim qilishayapti. Hech bo'lmaganda, diplom spektakllarini viloyat teatrlarida sahnalashtirish imkoniyati yaratilsa, bitiruvchi talaba uchun ham, o'sha teatr jamoasi uchun ham yangi spektaklb yaratish imkoniyati dunyoga keladi.

Masalan, S.Obrazsov teatrini olaylik. Uning teatri qo'g'irchoq teatri tajribaxonasiga o'xshaydi. Chunki har bir yaratilayotgan yangi spektaklda kutilmagan aktyorlik topilmalarini, qo'g'irchoqlarning bir-biriga o'xshamagan konstruksiyasini, musiqiy va dramaturgik mo'jizalarini ko'rish mumkin. Keyinchalik bu narsalardan boshqa teatrlar namuna sifatida foydalana boshlaydilar. Birinchi bor spektaklda qo'g'irchoqning nusxasini ishlatilishi ham mana shu yerda paydo bo'ldi va bu spektaklning tomoshaviyligini yanada oshirdi. Ilk qo'g'irchoqlar muzeyi ham mana shu teatrda ochilgani kelajak avlod uchun tarixiy va madaniy manba hisoblanadi.

Masalaning ikkinchi tomoni ham bor: yosh ijodkor mutaxassislar yetishib chiqsa-yu, ularning ishlashi uchun yetarli shart-sharoit yaratilmasa (viloyatga borib ishlaydiganlar uchun uy-joy, oylik maosh masalasi yoki zamonaviy texnika, yoritgich asboblari va boshqa kerakli narsalar bo'lmasligi) bu ham yosh kadrlarning o'z kasbini o'zgartirishiga sabab bo'lishi mumkin. Ana shu muammolarning yechimi uchun mamlakatimizni bugungi yangi bosqichda madaniyat va san'atning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini oshirish va uning rivoji uchun davlatimiz tomonidan e'tiborning kuchayganligi barchamizni xursand qiladi.

Sog'lom raqobat bor bo'lgan joyda ijodiy izlanishlar ortadi. Agar viloyat qo'g'irchoq teatrlari orasida ham mana shunday raqobat bo'lsa, spektakllar sifatining oshishiga xizmat qilgan bo'lar edi. Ushbu ijodiy izlanishlarga ilhomlantirish va yosh mutaxassislarga mahorat darsi bo'lishi uchun bir kator spektakllar sahnalashtirildi.

Masalan, Andijon teatrining "99 tilla tanga" spektakliga olingan mavzu Xo'ja Nasriddin latifalari asosida ishlangan. Qizig'i shundaki, o'zbek an'anaviy "Chodir xayol" qo'g'irchoq teatri turini esga soladigan tomosha. Tomoshani korfarmon (aktyor R.Cho'qqiyev) olib boradi. Birpasda u yuziga niqob kiyib, Xo'ja Nasriddin qiyofasiga kiradi. Qo'lida chirmanda, voqealarga sharh beradi. Sahna to'rda, qora mato bilan bekitilgan, old qismida tomosha ketadi. Boy (B.Qurbonov) va Qozi (D.Otajonov) qo'g'irchoqlari iplar vositasida o'ynatiladi. Boy qo'g'irchog'ining xarakteri juda yaxshi topilgan, bu qo'g'irchoq ustasining xizmati, albatta. Bu asarda adolatning

noxaqlik ustidan qilgan g'alabasi aks ettirilgan bo'lib, tomoshabinni qiziqarli voqea guvohiga aylantiradi. Asardagi mavjud obrazlar o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan, Boy obrazini olaylik, u o'ta xasis, bahil, faqat o'zini o'ylaydigan, boylik uchun hamma narsaga tayyor, hatto kambag'al beva-bechoralarning dilini og'ritishdan ham toymaydigan inson sifatida ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.

Voqelik xasis boyning bir kambag'alga bir tillo qarz evaziga bergan kulollarning loyi bilan boshlanadi. Bu loydan kambag'al Kulol ko'za, lagan yasab sotmoqchi bo'ladi, ammo boy ko'za va laganlarni olib qo'yadi. Shunday qilib yordamga bir yaxshi odam aralashib xasis boydan to'qson to'qqiz tillo tangasini olib qo'yadi va ular Qoziga borib bu ishni odillik bilan hal qilib berishni so'raydilar. Voqea rivoji shunday bo'ladiki, oxir-oqibatda xasis boy kambag'al Kulolga bergan qarzidan voz kechish evaziga to'qson to'qqiz tillo tangaga ega bo'ladi. Shunday qilib, adolat tomoshabin ko'z o'ngida qaror topadi.

Spektakl tomoshabinlarga o'ynalgan va shu sababli juda tekis hamda aktyorlar tomoshabinlarni jalb eta olishgan. Foydali bo'lishidan tashqari, milliy dramaturgiyaning rivojiga ham o'z hissasini qo'shgan va tomoshabinlarda milliy ruhni kuchaytirishda xizmat qiladi.

"Teatr tomoshabinni tarbiyalamaydi - tarbiyali tomoshabingina o'zi teatrga boradi. Teatrga tomoshabin spektakl ko'rgani emas, qahramonlarga hamdard bo'lgani keladi...", deb ta'kidlagan edi davrimizning yetuk rejissorlaridan biri Bahodir Yo'ldoshev. Bu fikrlarga shuni qo'shimcha qilamizki, kichik yoshdagi tomoshabinlar ham san'at darajasidagi spektakllarni ko'rib ulg'ayishsa, kelajakda, albatta, tarbiyali tomoshabinlar qatoridan joy olishadi. Bir so'z bilan aytganda, qo'g'irchoq teatri san'atining rivojlanib, taraqqiy topishi uchun har bir ijodkor fidokorona mehnat qilmog'i darkor.

Har bir davrda teatrga nisbatan turli qarashlar, tazyiq va tahqirlashlar bo'ldi. Xullas, u juda ko'p "kasalliklar" bilan kasallandi. Lekin o'lmadi, ijodiy jarayon to'xtamadi. Teatrga bo'lgan ehtiyoj so'nmadi. Muallif, aktyor va tomoshabin ittifoqi buzilmas ekan, bundan keyin ham teatr hayot. Rejissor esa ana shu ittifoqni jamlovchi, qolipga soluvchi bosh kuch bo'lib qolaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. J Mahmudov. Aktyorlik mahorati. - T.: Talqin, 2005.

2. M. Qodirov, S. Qodirova. Qo'g'irchoq teatri tarixi. - T.: Talqin, 2006.

3. H. Ikromov. "Davr va teatr". "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. - Toshkent., 2009.

4. D. Abdullaev. L. Usmanova. Qo'g'irchoq boshqarish asoslari. T.: 2014.

5. N. Mirsaidova. R.O'taganov. Qo'g'irchoq boshqarish asoslari - T.: Zamon poligraf, 2015.

6. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

7. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

8. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

9. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

10. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

11. Хатамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

12. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

13. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУХЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АХАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

14. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

15. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХИДА. Oriental Art and Culture, (6).

16. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

17. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

18. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

19. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

20. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

21. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

22. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

23. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

24. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

25. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

26. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

27. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

28. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

29. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

30. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

31. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

32. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

33. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

34. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

35. Дехдонов, Р. (2020). СОГЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).

36. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

37. MaganneB, A. (2021). HOAAB.HAT K^FHPTOK TEATP-HAPH^A AKTEP.HHK CAHLATH MACA.TA.nAPH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

38. MaganneB, A. (2021). KyfhPhok Tearpn aKTepnHHHr nnacraK HMKOHH^raapn. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

39. MaganneB, A. (2021). KyFHpHOK Tearpn Tapnxnra Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

40. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

41. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHCnABCKHH TAL-HHMOTH^A AKTEPHHHT CAXHABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

42. HyngarneB, K. (2021). PE^HCCYPA BA AKTEP^HK MAXPPATH OAH^APHHH HHABA^OH YKHTHm. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

43. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

44. Fo^ypoBa, B. (2020). AKTEPHHHr HYTKHHH TAKOMH^^AmTHPHm^A HHHOBA^OH TEXHO-nOrHOAPHHHT A^AMH^TH. Oriental Art and Culture, (V).

45. nynaroB, P. (2020). «MHP3O Y.HYFBEK» TPATE^H^CHHHHr ^PATHHHmH TAPHXH. Oriental Art and Culture, (V).

46. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.