Научная статья на тему 'AKTYORNING ROL USTIDA ISHLASHI'

AKTYORNING ROL USTIDA ISHLASHI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
591
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aktyor / rejissor / sahna / tasavvur / pyesa / qahramon / drama / so’z / ijro

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Ravshan Zunnunov, Bahora G’ofurova

Ushbu maqolada aktyorning rol ustida ishlashi, rol ustidagi ishlar samarali bo’lishi uchun aktyor tasavvurining faol ishlashi, uning rejissor bilan ishlashi haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORNING ROL USTIDA ISHLASHI»

AKTYORNING ROL USTIDA ISHLASHI

Ravshan Zunnunov Bahora G'ofurova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotasiya: Ushbu maqolada aktyorning rol ustida ishlashi, rol ustidagi ishlar samarali bo'lishi uchun aktyor tasavvurining faol ishlashi, uning rejissor bilan ishlashi haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Aktyor, rejissor, sahna, tasavvur, pyesa, qahramon, drama, so'z,

ijro.

THE ACTOR WORKING ON THE ROLE

Ravshan Zunnunov Bahora G'ofurova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article tells about the actor's work on the role, the active work of the actor's imagination to make the work on the role effective, his work with the director.

Keywords: Actor, director, stage, imagination, play, hero, drama, word, performance.

Aktyorning rol ustidagi izlanishlari repetisiya uchun ajratilgan vaqtga nisbatan bir necha barobar ko'proq bo'lishi lozim. Ko'pchilik aktyorlar bu talabga o'zlarining dangasaliklari yohud rejissorsiz ishlay olmasliklari sababli javob bera olmaydilar ayrimlari esa rol ustida, uy sharoitida qanday ishlash kerakligini bilmaslikni bahona qiladilar. Ayrim aktyorlar esa «uyda ishlash» deganda, rolning so'zlariga ohang berib o'qish, o'zi yo'q hamroh bilan bahslashish kabi mashg'ulotlarni bajaradilar jamoa bilan birgalikda stol atrofida olib borilgan mantiqiy o'qishlar davomida pyesaning g'oyaviy yo'nalishi, bo'lg'usi spektaklni sahnalashtirishdan ko'zlang. Bu esa repetisiya jarayonida tug'iladigan haqiqiy ijodiy izlanishlar yo'lidagi o'tib bo'lmas g'ovga aylanishini yaxshi tushunmaydilar. Avvalo, rejissor va ijodiy an «oliy maqsad», mazkur rolning p'yesa talqinida tutgan o'rnini aniqlab olmay turib, rol ustida uy sharoitida ishlash mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, rol ustida mustaqil ish boshlashdan avval, aktyor: «Shu rolni sahnalashtirayotgan spektaklda nima uchun o'ynayman?», degan savolga aniq javob topishi kerak bo'ladi.

Aktyor rol ustidagi dastlabki ishini hayotni o'rganishdan boshlagani ma'qul.

Buning uchun qo'lidagi rol daftarini bir chekkaga qo'yib, vaqtisoati kelgunicha unga qaramasligi kerak, deb o'ylaymiz. Buning sababi shundaki, o'zi ijro etayotgan roldagi qahramon yashagan davr, ijtimoiy va siyosiy muhitni bilmay turib, rolga yondashmagani ma'qul. Bu - masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan esa qahramon yashagan muhitni bilishning o'zigina kifoya qilmaydi. Balki o'sha davrga taalluqli aniq faktlar, odamlar, ularning yurishturishi, qahramonni qurshab turgan shaxslar, ularning kundalik turmush tarzi, muomala madaniyatini ham yaxshi bilmay turib, rolni haqqoniy va ishonarli qilib ijro etish mumkin emas. Har bir ijodkor, xayotni o'rganish bilangina kifoyalanmay, uni umumlashtira bilishi, o'z bilimlarini zarur maqsad sari yo'naltira bilishi ham kerak.

Misol uchun Hamzaning «Boy ila xizmatchi» pyesasidagi Qodirqul mingboshi rolini ijro etadigan aktyor, mingboshilik qanday lavozim, uning qanday vazifalari, manfaatlari borligi, kimlar bu lavozimni egallashi mumkin ekanligini bilmay turib, Qodirqul mingboshi rolining ishonarli va to'laqonli chiqishiga erisha olmaydi.

Mingboshi - turkcha so'z bo'lib, ming kishining boshlig'i, mo'g'ul - turk xalqlarida, shuningdek O'rta Osiyoda qadimdan ming kishilik askar boshlig'i. XVII-XIX asrlarda daha yoki shaharning katta bir qismi boshlig'i. Hozirgi tushunchada shahar hokimi. O'tgan asrda bu mansab egalarining cheksiz imtiyozlari bo'lgan. SHahardagi barcha savdosotiq, mahkama boshqaruvi, qozichilik (sudmahkama), yo'l qurilishi, mahbusxonalar hokim qaramog'ida bo'lgan (muallif).

Turkiston o'lkasining Rusiya tomonidan bosib olinishiga qadar Hokim, beklar podshohlik tomonidan tayinlangan bo'lsa, ruslar o'z bosqinchiliklarini Jahon jamoatchiligi ko'z o'ngida biroz niqoblash uchun «Mingboshi»larni mahalliy xalq orasidan saylab qo'yiladigan lavozimga aylantirganlar (Albatta, bu lavozimga ruslarning chizgan chizig'idan chiqmaydigan, boybadavlat odamlar saylangan). Endi shu ma'lumotlaming o'zi Mingboshi rolini o'ynaydigan aktyor uchun etarlimi? Albatta, yo'q! Chunki biz aytib o'tganlar quruq ma'lumot, xolos. SHu rol ijrochisi, hokimlik nima ekanligini his qilish uchun, o'sha qahramon yashagan zamonda o'zini ko'rishi, ko'rgazmali qurollardan foydalanishi, ya'ni eski rasmlar, gazetalar, badiiy va publisistik maqolalarni diqqat bilan o'rganishi, o'sha zamonda odamlar kiygan kiyimlarda xayolan yurishi ham kerak bo'ladi. Buning uchun esa aktyorning fantaziyasi yaxshi rivojlangan bo'lishi lozim. Fantaziyani rivojlantiradigan ozuqalarni biz yuqorida sanab o'tdik.

Rol ustidagi ishlar samarali bo'lishi uchun aktyor tasavvuri faol ishlashi kerakligini hamma biladi. Ammo hamma ham tasavvurdan unumli foydalanish yo'llarini bilmasa kerak.

Buning uchun aktyor, o'zini pyesa voqeasiga aloqasi bo'lmagan sharoitga qo'yib ko'radi hamda o'ziga: «Agar mening qahramonim shunday sharoitga tushib qolguday bo'lsa, nima qilgan bo'lar edi», - degan savol beradi. Misol uchun G'ofir rolini ijro

etayotgan aktyor o'z oldiga shunday savollar qo'yishi mumkin: Solihboy uning oldiga kelib, «O'g'lim, men yanglishgan ekanman, haqiqatdan ham Jamila bilan ikkovingiz bir-biringizni sevar ekansiz, shuning uchun baxtli bo'linglar», - desa, G'ofir nima qilgan bo'lar edi? Yoki Jamila G'ofiming oldiga kelib, «Solihboyni haqiqatan ham sevib qoldim, bizning turmushimizga xalaqit bermang», - desa u nima qilgan bo'lar edi? Qo'yilgan savollarga dabdurustdan javob topish anchayin mushkul. Lekin aktyor uyda ishlar ekan, shunga o'xshash bir necha savollarga o'zicha javob topishga harakat qilib ko'rsa, astasekin berilgan rolning xayoti bilan yashay boshlaganini his qiladi. Savollarga javob topish uchun albatta tasavvur qilib ko'rish kerak. Buning uchun esa, G'ofir berilgan sharoitda nima qilgan bo'lar edi, degan savolni o'ziga berib xayolan turli yo'llarni boshidan kechirishi kerak.

Lekin bu ham hali hammasi emas. Rol yaratish uchun o'sha rolning tarjimai holini ham bilish kerak. Ko'pchilik aktyorlar bunday hollarda qahramonning tarjimai holini umumiy ko'rinishdagina chizib oladilar. Misol uchun, qahramonning - mening otam kambag'al dehqon bo'lgan, u juda yaxshi odam bo'lib o'z farzandini yaxshi ko'rgan, qahramon ham otasini yaxshi ko'rgan. Ammo o'qimagan, onasi savodini chiqargan va h.k. Lekin «yaxshi odam», yomon odam, «badjahl», «mehribon» degan so'z va iboralarni minglab odamlarga nisbatan ishlatish mumkin. Masala shundaki, qahramon o'zi uchun shunday so'zlar topishi kerakki, bu so'zlar faqat shu qahramonning hayotiga mos tushishi lozim. Bunday hollarda insonga xos bo'lgan sezgilar yordamga kelishi mumkin. YA'ni aniq bir holatda otaning bolaga ko'rsatgan bironbir mehribonligi nimalarda ifodalangan ediyu qahramon o'sha vaqtda ko'nglidan nimalarni o'tkazgan, nimalarni boshidan kechirgan edi? O'sha voqealarni eslar ekanmiz, o'sha vaqtda qaysi fasl edi? Tomning boshida endigina ochilgan lolaqizg'aldoqning kattaligi qanday edi? Uning hidi bormidi? Birinchi marta otasi bozorga olib tushib, olib bergan muzqaymoqning ta'mi qanday edi va h.k. Chunki har bir esda qolgan narsa ma'lum bir sezgilarimiz orqali xotiramizga o'rnashib qolgan bo'ladi. Modomiki, siz xotirangizni qo'zg'atmoqchi ekansiz, albatta maydachuyda, ikirchikirlarni ham ko'z oldingizga keltirishga harakat qilishingiz kerak. Baxtga qarshi biz yuqorida ko'rsatib o'tgan mashqlarni hamma aktyorlar ham jondili bilan bajarmaydi. Goho erinishadi. Goho, baribir tomoshabin bu narsalarni ko'rmaganidan keyin, ularni o'ylab nima qilaman, deydi. To'g'ri, siz tasavvur qilib ko'rgan voqealarni tomoshabin ko'rmaydi. Ammo tomoshabin siz sahnaga chiqishingiz bilan bu qahramonning tarjimai holi «bor», «yo'qligini» darhol fahmlab oladi. Agar sahnaga chiqishingiz bilan bu qahramon o'tmishda kim bo'lgan, nimalarni boshidan kechirgan, xayoti qanday o'tganligi sezilsa, demak, siz yaratayotgan siymo to'laqonli yaratilgan bo'ladi. Agar shu narsalar bo'lmasa, sahnaga soqol, mo'ylov yopishtirib chiqib kelgan aktyordan boshqa odam ko'rinmaydi.

Yana bir muhim narsa shuki, berilgan qahramonning butun boshidan

kechirganlarini sahnaga olib chiqish mahorati qay darajada namoyon bo'lgan. Albatta bu narsalar p'yesada ko'rsatilmagan bo'lishi, ko'rsatilsa ham unga juda kam miqdorda o'rin ajratilgan bo'lishi mumkin. Shunga qaramay, aktyorda o'z qahramonining uy sharoiti, do'stlar davrasi, moddiy sharoiti, nimalar bilan shug'ullanishi, maishiy sharoiti qanday? degan savollarga tayyor javoblar bo'lishi ham muhim ahamiyatga egadir.

Odatda, ertalab uyqudan uyg'onish bilan sahnaga chiqish o'rtasida birmuncha vaqt o'tgan bo'ladi. Aktyor, ana shu o'tgan vaqt ichida qahramon nima ish bilan mashg'ul bo'lganligini ham yaxshi bilishi kerak. Chunki u sahnaga chiqib kelar ekan, kunduzi o'tgan hayotning bir qismini sahnaga olib chiqib keladi va uning qadam bosishi, nafas olishi, ko'z qarashidan hayot tarzining keskin yoki sust davomiyligi aniq bilinadi. Eng muhimi, rol ustida tasavvur qilar ekan, aktyorning barcha harakatlariyu, fikr hayoli o'zi yaratayotgan qahramon fíkri bilan hamohang bo'lishi, ya'ni p'yesada berilgan voqelik doirasidan tashqariga chiqib ketmasligi kerak. Shundagina uning tasavvuri unumli va foydali bo'lib, o'zi yaratayotgan qahramon qiyofasini boyitishga, to'ldirishga, unga hayotiylik baxsh etishga xizmat qiladi.

Qachonki aktyor o'zi yaratayotgan qahramon haqida ozmiko'pmi tushunchalarga ega bo'lib, o'z tasavvuri orqali qahramon yashagan davr, muhit haqida etarli ma'naviy ozuqa to'plaganidan keyin rol daftarini qoiiga olishi mumkin. Lekin biz nazarda tutayotgan «matn mohiyatini aniqlash» degan gap, aktyor daftarni ochib olib, so 'zlarni urg'u bilan qaytarib yod olishi kerak, degan gap emas. Aktyorning navbatdagi vazifani bajarishidan ko'zlagan maqsadi so'z ortiga yashiringan ma'nolarni aniqlashdan iborat bo'lishi kerak.

«Ma'noni aniqlash» deganda nima nazarda tutiladi? Bunda so'z ostiga yashiringan fikr, maqsad, hayol, iroda, g'ayrat kabi sezgilarni qidirib topish kerak. Demak, matnda ifodasini topmagan, yashirin niyat, xohish, ko 'zlangan maqsad -yashirin orzular, xursandchilik, hafachilik kabilarni aniqlashdan iboratdir. Bunga erishish uchun ishni qahramonning fikr yo'nalishini aniqlashdan boshlash kerak.

Qahramonning qaysi so'zlari asosiy, qaysilari xabar beruvchi, qaysilari ikkinchi darajali ekanligini belgilab olish lozim. Qaysi so'z orqali oldiga qo'ygan maqsadiga erishmoqchi? Qaysi so'zlar orqali sherigiga ta'sir o'tkazib, uni yo'ldan qaytarmoqchi va, nihoyat, qaysi so'zlar orqali maqsadini bildirmoqchi?

Shunday yo'l bilan fikrning uzluksiz harakat chizig'i chizib olinadi. Matn ostiga yashiringan mohiyatni anglash deganda, yuqorida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish ko'zda tutiladi. Masalani yaxshiroq tushunib olish uchun misol keltiramiz: Men - aktyor, sahnadagi hamrohimdan «hozir yo'lakka chiqib, to'g'ri yurishni, so'ngra zinadan boloxonaga ko'tarilib, chap tomonga burilishni, to'g'rida turgan eski jovonning pastki tortmasidan charm muqovali daftarni olib tushishni» iltimos qilaman. Hayotda biron kishiga shunday topshiriq beradigan bo'lsak, ko'z o'ngimizdan yo'lak,

narvon, boloxona, eski jovon charm muqovali eski daftar xuddi kinolentasiday o'tishi aniq. Biz shu gaplarni o'sha odamga tushuntirayotganimizda, ko'z o'ngimizdan o'tayotgan o'sha narsalarni eshitayotgan kishi ham biz nazarda tutayotgan narsalarni ko'z oldiga keltirsin, deya harakat qilamiz. Sahnadagi aktyor esa bu so'zlarni shunchaki havodan olib gapirayotgandek ifoda qiladi. Natijada tomoshabin uning «shunchalik» gapirayotganini his qilib turadi.

«Bunga erishishning yo'li qanday?», degan savol tug'ilishi mumkin. Buning uchun aktyor rolning har bir so'zi va harakatini ichida, xayolan, ovoz chiqarmay ijro etib ko'rishi kerak. Iloji bo'lsa, bir joydan qimirlash ham kerak emas. SHuni alohida ta'kidlash joizki, uyda rol ustida ishl anganida mutlaqo ovoz chiqarmaslik jismoniy harakat qilmaslik muhimdir. Sababi: agar aktyor ovoz chiqarib mashq qilsa, rolning tashqi xatti-harakati, tashqi ko'rinishi paydo bo'lib, repetisiya jarayonida bu o'ziga ham, ham rohiga ham halaqit beradi. Chunki repetisiya vaqtida ijodiy jarayon ro'y bermasligi mumkin.

Bunday holatda, ya'ni rol ovoz chiqarmay tayyorlansa, qahramonning ruhiy holati paydo bo'ladi. Tashqi xatti-harakat esa repetisiya va spektaklda ko'rinadi.

Rol ustida uyda ishlash jarayonida yaratilajak siymoning tashqi ko'rinishi, yurishturishi repetisiya vaqtida uning ichki holati, vazifa va maqsadidan kelib chiqib, o'z-o'zidan paydo bo'lib qoladi. SHuning uchun ham «Ichki holatdan - tashqi harakatga» degan edi K.S.Stanislavskiy.

Ammo shunga qaramay, insonning bu qonunga bo'ysunmaydigan bir qancha tashqi tavsiflari ham borki, bular insonning ichki ruhiyatiga bog'liq emas. Ammo uning ichki holati ruhiyatiga so'zsiz o'z ta'sirini o'tkazadi. Bunday tavsiflar qatoriga insonning tashqi jismoniy ko'rinishi hamda uning anatomik tuzilishi kiradi. Misol uchun semiz, bukri, cho'loq, qiyshiq, ko 'r, baquvvat, nimjon, kasalmand va h.k.

Hamzaning «Maysaraning ishi» p'yesasidagi Hidoyatxon - xezalaknamo, Qozi -semiz, Shekspirning «Richard III» pyesasidagi Richard - bukri va h.k.

Aktyor, o'z qahramonining tashqi qiyofasi ustidagi ishlarini qachon, qaerda, (uydami, repetisiyadami) olib boirishi kerak? Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, insonning tashqi qiyofasiga oid semizlik, nogironlik, ko'rlik, qarilik kabi sifatlarini birdaniga yoki tez kunda o'zlashtirish juda ham qiyin masala. Bu erda, tashqi qiyofani bir amallab namoyish etishning o'zi kamlik qiladi. Qari yoki semiz odamning o'tirib turishini o'xshatish uchun ter to'kish, mashq qilish kerak bo'ladi. Oddiy odam uchun o'tirib turish ko'p ham qiyin ish emas. Ammo semiz odamning chordona qurib o'tirishi, o'rnidan qo'zg'alishi va nihoyat, tik turib olishi oson ish emas. Bu holatni kundalik hayotimizda ko'p kuzatganmiz. Bunday rollarni ijro etish jarayonida semiz odam o'tirib turganida uning mushaklari qanday ahvolda bo'ladiyu, nimalarni sezadi? Uning yuragi qanday ishlaydi? Qanday nafas oladi? Agar aktyor shu narsalarni to'g'ri seza bilsagina, uning ichki va tashqi a'zolari o'z-o'zidan to'g'ri harakat qila boshlaydi.

Ba'zi aktyorlar, agar semiz odam rolini o'ynashlari kerak bo'lsa, qorniga yostiq bog'lab sahnaga chiqib ketadi. Bu o'ta hatodir. Chunki zalda o'tirgan tomoshabin aktyor qorniga bog'langan narsa yostiq ekanligini bir ko'rishdayoq payqab oladi. Semiz odamning rolini o'ynash uchun avval boshdan, qoringa hech narsa bog'lamasdan, o'zini semiz, deya his qilishi, semiz odam qanday yurishini ko'chako'yda kuzatib, o'zi ko'rganlarini mashq qilishi kerak. Odatda, semiz odam darhol o'rnidan turib keta olmaydi. Oldin ikki qo'lini erga tirab, oyoqlarini joyidan qo'zg'atib, to'g'rilaydi. Undan keyin bir amallab qo'lini erdan olib, qaddini rostlaydi. Nihoyat, o'rnidan turib olganidan keyin, darhol yurib ketmay, bir muddat nafasini rostlab olib, ana undan keyin harakat boshlaydi. Mana shularni sira erinmay mashq qilib ko'rish o'ta zarurdir.

Berilgan rolning tashqi qiyofasini yaratish sohasida ustki kiyimlarni kiyib yurishni o'rganish ham katta ahamiyatga egadir. Masalan, «Alisher Navoiy» spektaklidagi Navoiy rolini ijro etuvchi aktyor ichki yoqasiz ko'ylak, ichki yalang xalat, uning ustidan engi kalta qabo - chopon kiyib, boshda salla, belida bir necha qavat belbog', chopon va cho'ntaksiz ichki ishtonda qaddini g'oz tutib yurishni o'rganishi muhim ahamiyatga ega. «Gamlet» spektaklidagi Gamlet rolini ijro etuvchi aktyor tizzagacha bo'lgan kalta ishtonda yurishni bilishi kerak. «Agar, kostyum kiysam, o'z-o'zidan unda yurishni o'rganib olaman», degan aktyor qattiq yanglishgan bo'ladi.

Ma'lumki, har bir millat har bir elatning o'z milliy kiyimboshi, gaplashish usuli, imo-ishorasiyu, xatti-harakati va gaplashishda o'ziga xos tomonlari bor. Uning ustiga har bir kasb egasining o'ziga xos xatti-harakati, yurishturishi bor. YOzinqishin qo'lidan ketmon tushmaydigan odam bilan, ertayu kech traktor yoki mashina haydaydigan odam birbiridan farq qiladi. Shuningdek, harbiy kishi bilan yog'ochsoz usta, temirchi bilan zargar, soasoz o'rtasida ham farq borligini aktyor yaxshi tushunib olgan bo'lishi kerak. Bunday mashqlar bilan spektakl tayyor bo'lgunicha, tinmay shug'ullanish foydadan xoli bo'lmaydi. SHundagina siz yaratgan obraz ham ishonarli, ham ma'naviy, ham siyosiy jihatdan to'laqonli chiqishiga ishonsa bo'ladi.

Demak, aktyor, uyda rol ustida ishlar ekan, o'zi gapirayotgan gaplarda ifodalangan manzaralarni xuddi kinolentasidek ko'z o'ngidan o'tkazib turishi, sahnadagi hamrohiga ham tomoshabinga ham etib borishi uchun harakat qilishi kerak ekan. Bu esa juda ham muhim jihatdir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, uy sharoitida rol ustida ishlar ekanmiz, fikr chizig'i, harakat chizig'i, tasavvur chizig'ini aniq chizib olishimiz kerak ekan. Shunday qilingan taqdirdagina, aktyorning ichki sezgi chizig'i o'z-o'zidan paydo bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jo'ra Max,mudov, Sax,na kompozisiyasining alifbosi, Toshkent-2006y.

2. Xoli^ulova G. Sax,na nut^i. Toshkent - 2007 y.

3. Boltaboeva U. Saxna nut;i. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.

4. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

5. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

6. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

7. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

8. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 71-77.

9. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

10. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

11. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

12. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

13. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).

14. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

15. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

16. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

17. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

18. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

19. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

20. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

21. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

22. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

23. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

24. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

25. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

26. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

27. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

28. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

29. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

30. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

31. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

32. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

33. Дехдонов, Р. (2020). СОГЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).

34. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

35. MaganneB, A. (2021). HO£AB.TAT K^FHPTOK TEATP-TAPH^A AKTEP.THK CAHLATH MACA.TA.nAPH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

36. MaganneB, A. (2021). KyfhPhok Tearpn aKTepHHHHr nnacraK HMKOHH^raapn. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

37. MaganneB, A. (2021). KyfhPhok Tearpn Tapnxnra Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

38. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

39. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHCHABCKHH TAL.THMOTH£A AKTEPHHHr CA^HABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

40. HyngarneB, K. (2021). PE^HCCYPA BA AKTEP.THK MA^OPATH OAHTAPHHH HHABA^OH YKHTHm. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

41. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

42. Fo^ypoBa, B. (2020). AKTEPHHHr HYTKHHH TAKOMHTTAfflTHPHmAA HHHOBAUHOH TEXHO^OrH^^APHHHr A^AMH^TH. Oriental Art and Culture, (V).

43. nynaroB, P. (2020). «MHP3O Y.TYFBEK» TPArE^H^CHHHHr ^PATHTHmH TAPHXH. Oriental Art and Culture, (V).

44. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.