Научная статья на тему 'AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN’ATI'

AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN’ATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
350
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Kechinma san’ati / tasavvur / xotira / hatti-harakat / trening-mashqlar / Experience / imagination / memory / behavior / training

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — M. Qurbonov

Ushbu maqolada aktyorning kechinma san’ati,uning tasavvuri va xotirasini charhlash uchun mashqlarning ahamiyati haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ART OF EXPERIENCE IN PERFORMING ART

This article discusses the actor’s experiential art, the importance of exercises to sharpen his imagination and memory.

Текст научной работы на тему «AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN’ATI»

AKTYORLIK MAHORATIDA - KECHINMA SAN'ATI

M.Qurbonov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada aktyorning kechinma san'ati,uning tasavvuri va xotirasini charhlash uchun mashqlarning ahamiyati haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Kechinma san'ati, tasavvur, xotira, hatti-harakat, trening-mashqlar.

THE ART OF EXPERIENCE IN PERFORMING ART

M.Qurbonov

Fergana regional branch of Uzbek State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the actor's experiential art, the importance of exercises to sharpen his imagination and memory.

Keywords: Experience, imagination, memory, behavior, training.

Kechinma san'atining asoschisi Konstantin Sergeyevich Stanislavskiy ta'limotida harakatning mohiyatini tushunishga intilish har doim asosiy o'rinni egallagan, ammo u o'zining oxirgi izlanishlarida unga yanada chuqurroq e'tibor qaratgan. Agar Stanislavskiy o'z izlanishlarining birinchi davrida aktyorlarga: "Ayni sahnaviy ko'rinishda nimani xohlaysizlar?" - degan savol bilan tez - tez murojaat qilgan bo'lsa, keyinchalik: "Agarda shunday va yoki mana bunday narsalar sodir bo'lganida, siz nima qilgan bo'lar edingiz?" - degan savolni bergan. Agarda birinchi savol aktyorni mushohada qilishga undagan va shuning barobarida sustkashlik (passiv) holatida qoldirgan bo'lsa, ikkinchi holatda aktyorlarda faollik kuzatilgan. Chunki ular o'zlariga: "Men aynan shu shart - sharoitlarda, bugun, shu yerda, hozir nima qilgan bo'lar edim?" - degan savolni bera boshlagan. Va bu narsa ularni harakat qilishga majbur qilayotgan sabablarni anglashga intilishlariga, fikriy hatti - harakatga erishishlariga, fikran harakat qilayotib his - tuyg'ular uyg'onishiga erisha olishlariga yo'l topishlariga turtki bergan. Talaba tanlangan parchaning barcha faktlari tizimini aniq o'rganishi va mohiyatini tushunib yetishi lozim. Lekin hali buning o'zi to'g'ri hatti - harakatni amalga oshirish uchun yetarli emas. Chunki har qanday harakat uning tug'ilishiga turtki beruvchi bahona - sabablarsiz amalga oshmaydi. Ya'ni, "Men nima qilyapman?" - degan savolni "Nega bunday qilyapman?" - degan parallel savolsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Har bir hatti - harakatni chaqiruvchi o'z sabablari bor. Oddiygina xalq maqoli ham buni tasdiqlab turadi: "Sababsiz oqibat yo'q!" - deydi xalqimiz.

Talaba aktyorlar voqealarni, unda ishtirok etayotgan personajlarning muomala va hatti - harakatlari mantig'i va ketma - ketligini o'rganish jarayonida sekinlik bilan bo'lsada ularni qadrlashni, o'z qahramonlarining qilmishlarini, sabablarini anglashni boshlaydilar. Sahnaviy parchada ham, keyinchalik butun boshli pesada ham xuddi hayotdagidek "yangilikning eskilik bilan, ilg'orning qoloq bilan kurashi" sodir bo'ladi. Har bir asarda harakatlanuvchi bir shaxs - bir tomonga, ikkinchi shaxs - boshqa tomonga intiladilar. Ishtirokchilar bamisli "ikki lager"ga ajralib qolishadi. Birida - bir maqsad, ikkinchisida - boshqa bir maqsad bo'ladi. Shuning natijasida ikki o'rtada to'qnashuvlar, kurashlar sodir bo'ladi. Mana shu to'qnashuvlarning sabablarini aniqlash, tanlangan parchaning u yoki bu personajlari maqsadi va o'zini tutishi sabablarini tushunish va ularni "Berilgan shart - sharoitda men" sharti bilan o'zining maqsadi va o'zining xulq - atvoriga aylantira olishga erishish o'quv davrining ikkinchi bosqichida amalga oshirish lozim bo'lgan eng asosiy jihatdir. Bu jarayondan to'laqonli o'ta olgan talaba navbatdagi bosqich - "Berilgan shart - sharoitda mening rolim" sharti asosida ijod qila olishga tayyor bo'ladi.

O'quv davrining bu bosqichidagi vazifa - talabalarni asosiy voqeani uni chetga tortib ketishi mumkin bo'lgan mayda - chuydalarga e'tibor bermagan holda tushunishga, hatti - harakat va qarshi (kontr) hatti - harakat nimadan iborat ekanligini chuqur tahlil yordamida aniqlashga va shuning asosida dramaturgik konfliktni oydinlashtirishga o'rgatishdan iborat. Sahnaviy ko'rinishning fakt va voqealarini baholash - bu ularda yashiringan ichki ma'noni, ularning ruhiy mavjudligini, ularning ahamiyati va ta'sir qilish darajasini topish demakdir. Bunga esa tashqi fakt va voqealarning ichki dunyosini qidirish va ularning ichidagi, ya'ni chuqur yashiringan botiniy ziddiyatlarni topishdir. Bu voqeaning ruhiy rivojlanishini kuzatish, uning ta'sir qilish darajasi va fe'l - atvorini his qilish, harakatlanuchi shaxslarning intilishlarini kuzatishdir. Bir so'z bilan aytganda, insonlarning o'zaro munosabatlarini aniqlovchi ichki qonuniyatlarni bilish demakdir.

Tasavvur. Mashhur chempion Uilyam Bleyk tasavvur haqida shunday deb yozgan edi:"Bu nima o'zi. Bir marta tasavvur qilib, bu menga qanchalik ilohiy qudrat va faol harakat berganiga ishonch hosil qildim". Bu bizning sof quvvat bilan bog'lanishimizdir. Biz ijodkor sifatida ishlay boshlasak, albatta unga murojaat qilamiz. Agar biz qat'iyat bilan harakat qilsak aktyorlik texnikasi bilan ijodiy faoliyatni birlashishiga erisha olamiz. Bu Mixail Chexovning hatti-harakatga yondashuv prinsipida bu markaziy rolni o'ynaydi. Bunga tinimsiz ishlash orqali yetishish mumkin. Bu ushbu uslubda ishlovchi talaba uchun boshlang'ich nuqta bo'lib qoladi. Kundalik turmushdan ijod olamining ostonasiga qadam qo'yishni bir tasavvur qilib ko'ring. Boshqa bir olamga qadam qo'yishimiz bilan ichki bir kuchimiz va tasavvurimiz uyg'ona boshlaydi. Bu ostonadan o'tishimiz bilan Chexov aytgan "aktyorlar marshi(yurishi)" boshlanadi.

Men ijodkorman.

Menda ta'sir qiluvchi kuch bor.

Qo'llarimni yuqoriga ko'tarsam- ucha boshlayman.

Qo'llarimni pastga tushirsam -o'sa boshlayman.

Havoda- bo'yin va boshim atrofida fikrlar kuchini his qilaman.

Havoda- qo'llarim va ko'krak qafasim atrofida his-tuyg'ular kuchini sezaman.

Havoda-oyoqlarim atrofida va tovonimda ham erkinlikning kuchini his qilaman.

Men -shundayligimcha mavjudman, borman.

Bunday ta'kidlashlar bizni Chexov orzu qilgan ideal aktyorga osonlik bilan yetaklashi mumkin. Bu bizga tasavvurga qorishib ketayotgan va so'ngra harakatsiz harakat qilayotgan aktyorning holatini namoyon qiladi. Insoniy tushuncha va vazifalarni o'zimizga jalb eta olish- mana aktyorga nima zarur, mana nimalar bizdan ularni uyg'otishimizni ichimizda kutib yotibdi. Atrofimizdagi butun borliq o'zligini bizga topshirib qo'yishga tayyor. Biz chin dildan quchoq ochsak kifoya. Bizdan ana shu allaqachon erishilgan ideallikni tasavvur qilishni, bunga erishsak bizga yutuq va rohat baxsh etishni so'ramoqda.

Tasavvurdan foydalanish aktyorga o'zining tor doiradagi shaxsiy xislatlari chegarasidan chiqish uchun erkinlik beradi. Bu unga o'zini kuchli his qilishiga, ijroda uni jamlay olishiga imkon beradi.

Jamlash .

Jamlash- biror bir narsani amalga oshirishda faoliyatning kaliti vazifasini o'taydi. Jamlanish degani chuqurroq o'ylash degani emas. Bu jarayonda biz o'zimizni obyektga yoki tasvirga yo'naltiramiz va shu orqali tasvirga qo'shilib ketamiz va uni his qila boshlaymiz, uning o'ziga xos xislatlarini, impuls va taassurotlarni seza boshlaymiz. Bunday jamlanishga erishgan ijodkor tomoshabinda juda katta taassurot qoldiradi. San'atni jamlanishsiz taqdim etib bo'lmaydi. Biz diqqatimizni jalb etgan narsaga qarab turganimizda, o'zimizni unga talpinayotganimizni, u o'zining borlig'i bilan bizni o'ziga tortayotganini seza boshlaymiz. Bu yoqimli holat. Bu o'z-o'zidan sodir bo'layotgan jamlanishdir. Jamlanishning ixtiyoriy shakli - tanlagan obyekt bilan qo'shilib ketish, uni bilish va ichimizdan his qilish uchun unga o'zimizni yo'naltirishimizdir. Xuddi shu yo'l bilan tasvirlayotgan obyektga ruhan chirmashib ketamiz.

San'atning har bir sohasida tasavvur ayni shu sohaning o'ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda namoyon bo'ladi. Yozuvchining tasavvuri rassomnikidan yoki bastakornikidan farq qiladi. Sahnaviy tasavvurning ham boshqalaridan farqi bor.

Tasavvurga ega bo'lmagan aktyor hech qachon yaxshi aktyor bo'la olmaydi. Xo'sh, aktyor tasavvuri nima, uning boshqa san'atkorlardan qanday farki bo r? Farqi shundaki rassom yoki haykaltarosh o'z tasavvurini o'zidan tashqarida yaratadi, aktyor esa bunday qilolmaydi. Aktyor o'zi yaratayotgan obrazni o'zi vujudida his qiladi va

jonlantiradi. Zero yaratayotgan qahramoni hayoti haqida o'ylayotganda uchinchi shaxsda emas, birinchi shaxsda fikrlaydi. Tasavvurida paydo bo'layotgan obraz hayoti bilan qo'shilib ketadi. Aktyorning tasavvurini yosh bolanikiga o'xshatish mumkin. Chunki bolalar o'yin paytida o'zlarini goho sho'h, goho malika, goh esa sarkarda, uchuvchi deb tasavvur qiladilar va buni juda jiddiy qabul qiladilar.

San'at sohasidagi tasavvur, inson organizmidagi 5 ta sezgining birortasi bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, rassomda - ko'rish, musiqachida eshitish, haykaltaroshda sezish organlari bilan bog'liq. Aktyorning ijodiy tasavvuri esa 5 ta sezgi organining hammasi qamrab oladi. Lekin aktyor uchun eng asosiysi bu uning o'z tanasi, gavdasi, chunki u sahnada shahsan harakat qiladi; - tushuntiradi, yupatadi, qo'rqitadi, sevgi izhor qiladi va yana qanchadan-qancha badiiy vazifalarni bajaradi. Demak, aktyor aqli-idrokini, irodasini, fantaziyasini ishga solib o'z badiiy tasavvurini mushaklarning ma'nodor harakatlari orqali ifoda qiladi. Shu uchun unga o'z «mushaklari xotirasini» (muskulnaya pamyat) o'stirish katta ahamiyatga ega. Ishonch, tasavvur va fantaziyani tarbiyalash uchun hilinadigan mashqlar:

1. «Diqqat» uchun qilinadigan mashqlarni murakkablashtirib borish kerak. Kuzatish uchun tanlangan obyektni talaba o'zi uchun «zarur» deb belgilashi lozim. Bundan u o'z-o'ziga «nimaga?» «nima uchun?» shu byektni kuzatayapman, u yoki bu ovozlarni tinglayapman va hakozo savollarni berishi, tasavvuri va fantaziyasidan kelib chiqqan holda ushbu savollarga javob topishi kerak: Tasavvur diqqatni yanayam aktivlashtiradi, unga emotsional hissiy tus beradi. Shundan so'ng talaba qay yo'sinda, qanday qilib ushbu obyektni o'zi uchun zarur deb tasavvur qilganini gapirib beradi. Dars yakunida mashqni eng yaxshi va eng yomon bajargan talabaning hikoyalar taqqoslab tahlil etiladi. Bunda pedagog ishonch va diqqat o'rtasidagi bog'liqlikni yorqin misollarda isbotlab berishi mumkin. Shunda talabalar o'z tasavvurlari qanchalik boy bo'lsa, diqqatlari shunchalik chuqur va faol bo'limini, hamda fantaziyalari shunchalik kengayib borishini ilg'ab oladilar.

2. Tana holatini oqlash uchun mashqlar

3. Bundan tashqari pedagog bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan turli xatti-harakatlarni taklif qilib ketma-ketligini o'zgartirmagan holda ularni oqlashni so'rashi mumkin. Bunday mashqlar talabalarning tasavvurini yangi-yangi oqlashlar topish uchun zo'r berib ishlashini ta'minlaydi.

4. Bir-biriga bogliq bo'lmagan hatti-harakatlarni berilgan shart-sharoitdan kelib chiqib oqlash. Bundan hatti-harakat aynan personajning harakter-xususiyatidan kelib chiqib tanlanishi kerak.

Bu mashqlar aktyorni o'z hatti-harakatlarining shemasini pesada berilgan shart-sharoitdan va qahramonning harakteridan kelib chiqib oqlashga o'rgatadi. Bu malaka talabaga kelajakda yaratadigan rollari ustida izlanishlarida katta yordam beradi.

5. Suratga qarab, shu suratdagi odamlarni har birini alohida,fe'l-atvori, kasbi, boshqa odamlar bilan munosabatini aniqlash mashqlarini buyuring. Bunday mashqlar talaba-aktyorda tasavvurdan tashqari kuzatuvchanlikni, xotirani, ziyraklikni ham rivojlantiradi.

Keyingi kattaroq kurslarda mashqlarni mukammallaroq bajarish uchun uni bir oz murakkaboq o'tkazish mumkin. Mashqlarni eslashdan boshlang (buyumlar, odamlar, xodisalar). Xotirada mumkin qadar ko'proq unsurlarni tiklashga harakat qiling. Xotirada jonlangan manba'ni sinchiklab o'rganar ekansiz, boshqa narsalarga chalg'imang.

Sizga yaxshi tanish bo'lgan biron - bir pesadan kichik sahnani tanlang. Tanlangan sahanani tasavvurda o'ynash jarayonida boshqa ishtirokchilar oldiga bir necha oddiy va sodda vazifalar (savollar)qo'ying. Misol uchun u yoki bu xususiyatni mumkin qadar yorqinroq ifoda etishlik, sahnadagi muhitini aniqroq ko'rsatishlik, u yoki bu his -hayajonni oshirish, kamaytirish kabi. Extiroslarni jilovlash yoki ularni bo'sh qo'yish, harakat sur'atini tezlashtirish yoki sekinlashtirish, va h.k. Siz bergan savollar natijasida, ishtirokchilarda yuz beradigan o'zgarishlarni diqqat bilan kuzating.

Ertangi mashg'ulotda yana o'sha sahnaga qayting. Kechagiga nisbatan bugun bergan savollaringiz natijasida qanday o'zgarishlar ro'y berdi? Bugun bergan savollaringiz natijasida timsollarda ro'y bergan o'zgarishlarga e'tibor qarating. Ishtirokchilarga yangi savollar bering yoki avvalgi bergan savollaringizni takrorlab ertasiga natijasini kuting. Sahnadagi timsollarni sizga bergan maslahatlariga ko'proq ahamiyat bering. Sahnada sizni timsolga, timsolni sizga ko'rsatgan ta'siri natijasida qanday o'zgarishlar bo'ldi? Sizda yanga - yangi g'oyalar, his - tuyg'ular paydo bo'ldimi? O'zingiz kutmagan ta'sir vositalarini kashif qildingizmi? Ularni siz qabul qilish yoki qabul qilmasligingiz mumkin. Negaki bir marta topilgan narsalarga mutlaqo yopishib olmang.

Aktyor, mayda - mayda unsurlar bilan sira erinmay ishlashiga odatlanishi kerak. Ijro davomida arzimaydigan bo'lib ko'ringan mayda - chuyda jihatlari to'g'risida ulardan hayoliy timsollardan_so'rang. Masalan: ko'z qarashi, qo'l harakati,sukut qilish, xo'rsinish, hissiyot, xohish, ehtiros, fikr yuritish, va h.k.lar. Savol berganingizda, ulardagi yuz bergan o'zgarishlarga e'tibor qiling.

Agar berilgan savollarga olingan javoblar natijasida, sizda ijodiy shuur uyg'onib, u yoki, bu rolni o'ynash istagi paydo bo'lsa, - mashqlarni to'xtatib amalliy jarayonga o'tishingiz mumkin. Albatta har qanday mashqdan ko'zlangan maqsad (shu jumlanadan tavsiya etilgan usullar ham) ijodiy tuyg'uni uyg'otishi uni harakatga chorlashdan iboratdir. Bunday usullar juda ko'p bo'lib ularni topish aktyordagi xohish - istak bilan bog'liqdir.

Tasavvurni oddiy qayishqoqli (plastika) qilishga o'rgatuvchi mashqlarga o'ting. Tasavvurda bironta timsolni gavdalatiring, endi uni boshqa holatga kiritishga harakat

qiling. Misol: o'spirin munkillab qolgan chol qiyofasiga kirsin, yoki aksincha. Yosh bir nihol shohlari har tomonga tarvaqaylab ketgan ulkan daraxtga aylansin. Qishki manzara o'rnini bahorgi, yozgi, ko'zgi, yana qaytib qishki manzara namoyon bo'lsin. Xuddi shunday mashqni afsonaviy qasrda sinab ko'ring: muxtasham saroy sekin - asta harobaga aylansin. Tilamchi kampir, go'zal jodugor qiyofasiga kirsin. Bo'ri -shahzoda, shahzoda - qurbaqa va h.k.

Mashqning navbatdagi bosqichi: obrazning tashqi qiyofasiga qarab, ichki dunyosini ko'rishlik. Misol uchun, Qirol Lir sahroda; Qirol - Klavdiy ibodat qilmoqda; Orleanlik beva qiz, dardu - hasratini gapirib bermoqda; Boris Godunovni vijdoni qiynoqqa solmoqda; Don Kixotning quvonch va iztiroblari va h.k. Timsollar sezgilar xarakatga keltirmaguncha mashqni qaytaring.

Endi o'zingiz yaratgan dastalabki timsollardan voz kechib tugal sahnaviy timsollar yaratishga kirishing. Tasavvurda yaratgan timsol ortidan ehtiyot bo'lib yurib ko'ring. U har qancha yaxshi bo'lmasin, undan - da yaxshisini yaratishga xarakat qiling. Agar siz avvalgi yaratgan timsoldan voz kecha olsangiz uning ortidan yangisi paydo bo'ladi. Pesadan, adabiyotdan, tarixiy manba'lardan olingan timsollar paydo qilishga urinib ko'ring. Bu jarayonda shoshilish, zarardan boshqa narsa emas. Dastlabki namoyon bo'lgan timsoldan voz kechib yangisini paydo qilishga o'rganiing. Agar dastlabki yaratgan timsolning sizga yoqqadigan xususiyatlari tasavvuringizdan ketmasa, o'sha xususiyatlarni keyingi yaratgan timsolga mengazib ko'ring. Sizga yoqqan xususiyatlarni tasavvurda saqlagan holda uchinchi timsoloni yaratib ko'ring. Bu mashqni, sizni ilhomlantirgan, ijodingizni qoniqtiradigan darajadagi timsol, tasavvurda namoyon bo'lmaguncha davom ettiring.

Afsonaviy qahramonlar timsolni tasavvurda yaratib, ularning tashqi ko'rinishi, ichki dunyosini shakllantirishga odatlangan.

Trening-mashq.

Aktyorlik mahoratini egallashda ikki bosqich mavjud. Birinchi bosqich bo'lg'uvsi aktyor o'z ustida ishlashni (xarakat, so'z, fikr, tasavvurini charxlash) nazarda tutsa, ikkinchi bosqichda rol ustida ishlash jarayonini qamrab olish nazarda tutiladi. Quyidagi mashqlar aktyorlik mahoratni harakat doirasida oshirishga qaratilgan.

Mashq:

Yetti ishtirokchi, o'zaro kelishilmagan holda, simmetrik shakl barpo qiladilar. Ular bir-birlarini fikran his etgan holda asta odimlaydilar qachonki simmetrik shakl paydo bo'lishi bilan o'z aro kelishilmagan holda yurishdan to'xtaydilar.

Agar aktyor garmoniyani (o'z-aro mutanosiblik) his etmasa, tomoshabin ham uni his etmaydi.Eng muhimi, aktyor sahnada paydo bo'lar ekan sheriklari bilan o'z-aro mutanosiblik va munosiblikni his eta bilishi shart.

Mashq:

Tomog'ingizga qadar suvda turibsiz. Mana, asta sekinlik bilan suvda yurib boryapsiz. Badaningizda suv tegmagan joy qolmagan. Mana, suvni badaningizning har bir qismi sezyapti. Siz shuni his qilyapsizmi yo'qmi? Bu muhimdir.

Demak suv tekkan badaningizning har bir bo'lagi, alohida-alohida nafas olyapti. Uni siz his qilyapsizmi? Agar badaningiz suvni sezmasa mashqni boshidan qaytarmoq kerak."His qilish" degandan tanamizning yuqori qismidan quyiga qarab bir iliqlik, quvvat asta- sekin oqib tushayotganini sezishimiz kerak. Mana shu iliqlik pastdan yuqoriga asta ko'tarilyapti. Iliqlik va quvvatni bir soniya bo'lsa ham to'xtab qolishiga yo'l qo'ymang. Suvda baliqdek erkin va yengil suzing. Asablaringizni bo'shating. Harakatlaringiz o'zingizga xush yoqyaptimi? Xuzur qilyapsizmi? Badaningizda harakatlanayotgan quvvatni sezib turing.

Endi jismoniy harakatni to'xtatish kerak. Ammo ichki quvvat harakatdan to'xtamasligi kerak. Siz quvvat yo'nalishini ichki ko'z-basirat bilan kuzating. Yana badanni harakatga keltiring. Shu asnoda koptok o'ynating. Endi o'yinini to'xtating. Ammo quvvat to'xtamasin. Yana koptok o'yinni davom etdiring. Bu o'yin sizga juda-juda yoqyapti. Ichki quvvatingiz harakatdan to'xtamasin, badan xarakatini boshqarsin. Aktyorni harakatga keltiruvchi ichki quvvat mana shu bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Behbudiy Mahmudxo'ja. Tanlangan asarlar. -Toshkent: Ma'naviyat, 2006.

2. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. -Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1965.

3. Salimov O. Rejissyorning spektaklb ustida ishlari. -Toshkent: 2014.

4. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSIYA-ZIYO; 2019.

5. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

6. EomaSoeBa Y. HyTK caHtaraHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba eHHMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

7. YCMOHOB m. CA^HA^A TAmKH KHÉOATA AKTÉPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

8. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

9. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №. Conference. - C. 4-4.

10. Абдуназаров З. МИЛЛИЙ УЙИНЛАРИМИЗ ИШТИРОКИДА ЁШ АКТЁРЛАРНИ ТАСАВВУРИ ВА ДИККАТИНИ ЧАРХЛАШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

11. Абдуназаров З. ТИМСОЛЛАР СИЙМОСИНИ ЯРАТИШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

12. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 148-152.

13. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

14. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

15. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

16. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

17. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

18. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

19. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСИКА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

20. Омоновна X. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

21. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

22. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

23. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

24. Турсунов Б. ЧОЛГУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

25. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

26. Fo^ypoBa E. AKTEPHHHr HYT^HHH TAKOMHKHAmTHPHmftA HHHOBAqHOH TEXHO^OrH^^APHHHr A^AMH^TH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

27. nynaTOB P. «MHP3O Y.HYFEEK» TPArE^H^CHHHHr ^PATHHHmH TAPHXH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

28. Qurbonova M. CHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

29. MaMarKynoB E. TEATP^A CAXHA^AmTHPYB^H PACCOMHHHr KACE CHP^APH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

30. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

31. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

32. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

33. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

34. AK6apoB T. OO.HBK.nOP BA AHLAHABHH MYCH^A MACA^A^APH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

35. AcKapoBa M. Y3EEK A^AEHH TAH^H^H TAPA^^HETH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

36. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. - IEEE, 2009. - C. 67-72.

37. napnneB A. ^A^H^^H OEH^OH MAXMYAOBHHHT OAO^H^TH^ArH ^HrH ^HPPA^AP //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

38. OMOHOBHa X. C. TAPHXHH ^y.nE3MA MAHEA^APHH KOHCEPBATЦH^-PECTABPAЦH^ KHHHm ^APAEH^APH XYCYCH^A //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

39. Normatova M., Ikromjon X. "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

40. Py3ueBa r., Xa6n6^0H0B H. CA^P 3HE KYTYEXOHACH //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

41. Nurxon I., Habibjonov I. KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

42. Oglu H. I. T. Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language) //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL

MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2020. - Т. 10. - №. 12. - С. 1308-1313.

43. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАД^И^И //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

44. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

45. Мирзаева Н. УРТА АСР ШАР^ МАДАНИЯТИ ВА ЗАДИРИДДИН МУХАММАД БОБУР //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

46. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ харакати

47. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

48. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

49. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

50. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

51. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

52. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

53. Аскарова М. УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРА^^ИЁТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

54. Гофурова Б. АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

55. Турсунов Б. ЧОЛГУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

56. Тургунбаев Р. Метамаълумот: хусусиятлари, турлари ва стандартлари //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 167-175.

57. Yunusov G. et al. A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. -2021. - Т. 25. - №. 6. - С. 2225-2232.

58. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

59. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

60. Haydarov A., Akbarov T., Abdunazarov Z. High purpose and leading action //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2020. - T. 10. - №. 12. - C. 609-615.

61. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 125-128.

62. Tursunova G. BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

63. Tursunova G., Karimov B. Factors that should be considered in musical theater actors education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 11. - C. 57-61.

64. Gaffarov S. S., Tursunova G. B. The resettlement policy of imperial russia during the colonial period //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 839-845.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.