Научная статья на тему 'TA’LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI'

TA’LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
210
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
spektakl / rol / aktyor / temp / asar / film / fantaziya. / play / role / actor / tempo / work / film / fantasy

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O’taganov R. J.

Ushbu maqolada sahnaviy asar ustida ishlashda va faoliyat jarayonida ta’lim uslubining afzalliklari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN ADVANTAGES OF TEACHING METHODS

This article discusses the advantages of teaching methods in working on a stage play and in the process of activity.

Текст научной работы на тему «TA’LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI»

TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI

O'taganov R.J.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining

Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada sahnaviy asar ustida ishlashda va faoliyat jarayonida ta'lim uslubining afzalliklari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: spektakl, rol, aktyor, temp, asar, film, fantaziya.

MAIN ADVANTAGES OF TEACHING METHODS

Otaganov R.J.

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the advantages of teaching methods in working on a stage play and in the process of activity.

Keywords: play, role, actor, tempo, work, film, fantasy.

Xaqiqiy ijodkor shaxsni tarbiyalash uchun, dastlab uni ijodiy muxit, ruxiyat bilan yo'g'riltirish lozim. Mashqlar, etyudlar, rollarni izlash, murabbiy bilan bo'ladigan ijodiy muomala, barchasi shunchaki quruq, maktablarga xos bo'lmasligi, ammo jonli va qiziqarli bo'lmog'i lozim. Spektakllarni, filmlarni tomosha qilish, ijodiy san'at ko'rgazmalariga, musiqa kontsertlariga tashrif buyurish va barchasi yuzasidan suhbatlashish, tahlil va xulosa qilish, albatta yaratilgan ijodiy muhitni yanada to'ldiradi va boyitadi.

Ta'lim uslubining eng asosiy afzalligi, saxnaviy asar ustidagi ishlar mantiqiy bosqichlarda, ketma ketlikda olib borilishida aks ettirilgan. To'liqroq tasavvurga ega bo'lish uchun quyidagicha ko'rib chiqish mumkin. Barcha faoliyat jarayoni shartli ravishda 5 ta bosqich yoki davrga bo'linishi mumkin, bular: paydo bo'lish, yetishtirish, saflash, sayqallash, butunlay egallash.

Demak, birinchi bosqich. Mazkur bosqichning xususiyatlari puxta muxokama qilingan va tayyorlangan bo'lishi lozim. Bunda ijodiy fantaziyaning erkin parvozi uchun yetarli zaminni belgilab olish, chegaralarini aniqlash, ilk g'oyalarni vujudga kelishi uchun muxitni yaratish lozim. Siymoning ichki yaralishi o'z o'rnida bo'lmog'i lozim, to'g'ri kelgan joyda emas. Tanlangan yo'nalish ijodiy parvoz uchun yetarlicha keng bo'lishiga aloxida e'tibor qaratilishi kerak. Ushbu joriy talablarga rioya etish natijasida, bir qaraganda, boshqarib bo'lmaydigan fantaziya, shaxsiy orzular va tasavvurning kutilmagan in'omlariga erishish imkoniyatlari beriladi. Bu xolatda

murabbiylarning o'zgartirishlari juda xam extiyotkorlik bilan va faqat belgilangan maqsadlarga erishish yo'lida jiddiy og'ishlar vujudga kelgan xoldagina kiritilishi lozim. Ba'zida esa, ijodiy shaxsni ruxlantiradigan va ilxomlantiradigan taktik turtkilar bajarilishi lozim.

Siymoni izlashni, kashf etishni, bajariladigan tayyorgarlik ishlarida, saxnalashtirishlarda, etyudlarni ijro etishlarda davom ettirish maqsadga muvofiqroq bo'ladi, zora biror sabab yoki imkoniyat tug'ilsa! Aks xolda, xamma qilingan tadbirlar samarasiz bo'ladi.

Ikkinchi bosqich-etishtirish. Birlamchi siymoni yetishtirishda, aktyorga, siymoga nisbatan o'zini tasavvurlarini kengaytirishga ko'maklashish zarur. Mazkur ishlar, asarni izlash jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayonda, vaqtincha etyudlar bilan, ularni pesalarga yaqinlashtirgan xolda ishlash xam mumkin. Asarlarni izlashda, ilk damlarda erkinroq, unchalik xam asarning matniga xos ravishda bo'lmasligi xam mumkin. Axamiyatli jixati, asarning harakatlari va asarda ishtirok etadigan ijrochilarga nisbatan munosabat mutanosib bo'lishi kerak. Asar harakati va munosabatlarini tanlashda, tanlangan ilk g'oyaga nisbatan mosligi, uning xarakteriga monandligi, uning o'zligini namoyon etib bera olish jixatlariga aloxida e'tibor bilan yondashish kerak. Murabbiy doimiy ravishda o'ylangan fikrni rivojlantirishda, uni barcha aniqliklarigacha yaratib borishda ko'maklashadi. Shu bilan birgalikda, murabbiy, talabani tez-tez turli ijodiy vaziyatlarga tushurib turishi lozim. Ushbu xolatga talabani tushirib turish vaziyatlarining me'yori, to'g'ridan-to'g'ri, o'sha talabaning saloxiyati va ijodiy jarayonning faolligiga bog'liq bo'ladi. Rolni yetishtirish jarayonida turli xil moslashuvlar izlanishlari boshlanadi. Mazkur moslashuvlar, yoki K. Stanislavskiy ta'biri bilan aytganda "xiylalar, asar jarayonida ishtirok etuvchi sheriklarning o'zaro munosabatlarini yanada mustaxkam va aniq bog'laydi"1. Moslashuv tushunchasini yanada kengaytiradigan bo'lsak, ular aniqlik bilan asar g'oyasiga mosligi, ushbu g'oyalarni kutilmaganda, ammo tug'ri talqin qilib beradigan jixatlar sanaladi. Asar g'oyasiga mos bo'lmagan moslashuvlardan iloji boricha tezroq ozod bo'lish kerak, aks xolda ushbu nomutanosib moslashuvlarga nisbatan o'rganish, ularning asarga birikishi vujudga keladi.

Moslashuvlar borasida xech qanday takliflar va tavisiyalar berilmaydi. Aksincha, namoyon bo'lgan to'g'ri moslashuvlarga aktyor-talabalarni yo'naltirish, yetaklash zarur. Moslashuvlarni rivojlantirish uchun ular bilan mashq qilish, ular xaqida qayg'urish kerak. Rivojlantiruvchi mashg'ulotlarni bajarishda majburlash kabi ta'sirlar bo'lmasligi kerak. Bunda, aktyor-talaba o'zining yakka siymosini yo'qomasligi uchun, moslashuvning jonli ko'rinishi emas, balki uning g'oyasi ifodalanib berilishi kerak.

1 K.S.Stanislavskiy. "Aktyorning o'z ustida ishlashi". T.Xo'jayev tarjimasi. S.Muhamedov muharrirligida. T. Yangi asr avlodi. 2010

Bundan keyin 3 bosqich, tartiblash bosqichi keladi. Bu bosqichda nafaqat ortiqcha ma'lumotlarni olib tashlash ishlari amalga oshiriladi, shu o'rinda butun rolning, spektaklning va sahna siymolari kompozitsiyalarini ketma ketlikda tartibga keltirish ishlari amalga oshiriladi.

Bu vaqtda rejissyorning barcha saloxiyati, xayol soati boshida daqiqalarni sanaydi, keyinchalik esa saxnaviy vaqtning soniya va onlari sanoqdan o'ta boshlaydi. Ushbu jarayonda asosiy, ikkilamchi va kam ahamiyatga ega jixatlar xisoblanadi va xar bir jixatga aloxida vaqt ajratiladi. Barcha urg'ular va avjlar joy-joyiga qo'yiladi. Biri yorqinlashtiriladi, biri esa bir muncha so'ndiriladi. Ba'zilari yanada puxtalik bilan, kengaytirilib ishlansa, biri qisqartiriladi. Templar aniqlanib, shunga mos ravishda qolgan ishlar bajariladi. Tartiblashning yakuniy qismida, odatda spektakl tayyor bo'ladi, rollar tartiblangan, spektaklning umumiy ko'rinishi aniqlangan bo'ladi.

Shundan so'ng faoliyatning 4 bosqichi, ishlov berish, sayqallash ishlari boshlanadi. Bu bosqichda barcha qismlar, xususan kichkina jixatlar xam mukammallikka erishtiriladi, ishlov beriladi va aniqlik kiritiladi.

Yetishmayotgan badiiy qism va detallarni izlash. Buning uchun aktyorda yetarlicha vaqt bo'lmog'i lozim. Ijrochi-aktyorga, barcha tartiblangan va taxlangan badiiy qismlarni o'zlashtirishi, butunlay ishlab ko'rmog'i va mustaxkamlashi uchun xam vaqt kerak bo'ladi. Aynan mana shu jarayonda aktyorga tashqi ko'maklar juda xam zarur bo'ladi. Garchi aktyor juda xam malakali tayyorgarlik ega bo'lmasin, xatoliklar va kichik kamchiliklarga yo'l qo'ymaslikning iloji yuq. Bu xolatda ijrochiga kuchli va "obro'li" timsol zarurdir. Bunda, ijrochining "obro'li" timsoli, kamchiliklardan xoli ekanligi xam juda axamiyatlidir. Murabbiy esa, o'z navbatida bir vaqtning o'zida xam ziyrak xayrixox tanqidchi, xam qattiqul, va talabchan bo'lmog'i lozim. Umumiy tusdagi fikrlar va e'tiroflar, aktyorlarning tomoshabinlar oldilariga chiqishdan oldingi ishlar jarayonida bildirilgani ma'qul xisoblanadi.

Beshinchi bosqich - to'liq egallash, o'zlashtirish: Bular turkumiga takrorlash ishlari, asosiy, xal qiluvchi tayyorgarlik ishlari kiradi. Ushbu ishlarda ijrochilar, parchalar yoki spektakllarda ijro etadigan rollarni xis etishlari va yetarli tarzda rolni mazmun-moxiyatini anglagan xolda ijro etishlari lozim. Bular, asosan so'zlar va ijro etish sur'atlarida ifodalangan tashqi tuzatishlarni kiritib borishga zamin yaratadi.

Ta'lim jarayonining ilk damlaridanoq, talabalarga, o'zlarining kelajakdagi kasblariga nisbatan muxabbatlarini uyg'otishga astoidil xarakat qilinadi. Ushbu o'ylarni asosi, ishga bo'lgan otashin muxabbat sanaladi. Odatda otashin muxabbat ilk yoshlik, o'spirinlik yoki oliygoxga qadam qo'yilgan damlardan shakllangan bo'ladi. Bular ichida, oliygoxga qadam qo'yib, ulkan qiziqish, muxabbat xissini tuyganlarning safi aksariyatni tashkil etadi. Xattoki, ikki, uch yil qo'g'irchoq teatrlarida faoliyat olib borib, oliygoxga qadam qo'yib, teatr san'atini orzu qilib

yurganlarning soni xam talaygina. Ajratilgan vaqt esa kamdir, atigi 4 yil. Egallangan kasb xayotiy zararutga aylanib, unga otashin muxabbat xissini tuyish uchun, ushbu kasbdan o'zgasini istamaslik uchun vaqt hamda murabiylarning ulkan mehnatlari talab etiladi. Qachonki, bilim va malaka bilan mustaxkamlangan mana shunday chuqur muxabbat shakllantira olinsagina, yuqori ma'naviy qoniqish xissini tuyish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.S.Stanislavskiy. "Aktyorning o'z ustida ishlashi". T.Xo'jayev tarjimasi. S.Muhamedov muharrirligida. T. Yangi asr avlodi. 2010

2. T.Tursunov. "O'zbek teatri tarixi" T.: 2008.

3. E.Konorova. "Ritmika" Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T.: 2006.

4. Рах,матуллаева Ш., Болтабоева У., Каримов Б. Фольклор санъати ва халк достонлари: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

5. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. -№. 3.

6. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.

7. Болтабоева У. Нутк санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

8. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

9. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - С. 125.

10. Усмонов Ш. САХДАДА ТАШ^И ^ИЁФАГА АКТЁРНИНГ МУНОСАБАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

11. Усмонов Ш. Илм даргохдга бир назар //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

12. Умарова Х., Усмонов Ш. Санъатга багишланган умр //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

13. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 3. - С. 91-95.

14. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - Т. 5. -№. Conference. - С. 4-4.

15. Абдуназаров З. МИЛЛИЙ УЙИНЛАРИМИЗ ИШТИРОКИДА ЁШ АКТЁРЛАРНИ ТАСАВВУРИ ВА ДЩ^АТИНИ ЧАРХЛАШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

16. Абдуназаров З. ТИМСОЛЛАР СИЙМОСИНИ ЯРАТИШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

17. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 148152.

18. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

19. Юлдашева С. Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

20. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

21. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

22. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

23. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

24. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

25. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

26. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

27. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

References

1. K.S.Stanislavskiy. "Aktyorning o'z ustida ishlashi". T.Xo'jayev tarjimasi. S.Muhamedov muharrirligida. T. Yangi asr avlodi. 2010

2. T.Tursunov. "O'zbek teatri tarixi". T.: 2008.

3. E.Konorova. "Ritmika". Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T.: 2006.

4. Рах,матуллаева Ш., Болтабоева У., Каримов Б. Фольклор санъати ва халк достонлари: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

5. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. -№. 3.

6. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.

7. Болтабоева У. Нутк санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

8. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

9. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - С. 125.

10. Усмонов Ш. САХНАДА ТАШ^И ^ИЁФАГА АКТЁРНИНГ МУНОСАБАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.