Научная статья на тему 'KINO SAN’ATINING JANRLARI VA KINO SAN’ATINING BADIIY ASOSLARI'

KINO SAN’ATINING JANRLARI VA KINO SAN’ATINING BADIIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
3779
256
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kashfiyot / syomka / film / fotografiya / apparat / ixtiro / rejissyor / aktyor. / Discovery / filming / film / photography / hardware / invention / director / actor.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Z.Ahmedov

Ushbu maqolada kino san’atining vujudga kelishi, uning janrlari hamda kino san’atining asoslari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENREES OF CINEMATOGRAPHY AND THE ARTICAL BASIS OF CINEMATOGRAPHY

This article discusses the origins of the art of cinema, its genres, and the foundations of the art of cinema.

Текст научной работы на тему «KINO SAN’ATINING JANRLARI VA KINO SAN’ATINING BADIIY ASOSLARI»

KINO SAN'ATINING JANRLARI VA KINO SAN'ATINING BADIIY

ASOSLARI

Z.Ahmedov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining

Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada kino san'atining vujudga kelishi, uning janrlari hamda kino san'atining asoslari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Kashfiyot, syomka, film, fotografiya, apparat, ixtiro, rejissyor, aktyor.

GENREES OF CINEMATOGRAPHY AND THE ARTICAL BASIS OF

CINEMATOGRAPHY

Z.Ahmedov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the origins of the art of cinema, its genres, and the foundations of the art of cinema.

Keywords: Discovery, filming, film, photography, hardware, invention, director, actor.

San'atning yangi turi bo'lgan kinoning vujudga kelishi va rivojlanishi fan, texnika taraqqiyoti hamda ungacha bo'lgan san'at turlarining erishgan yutuklari bilan bog'liqdir. Kinoning paydo bo'lishiga bir qator kashfiyotlar ham sabab bo'ldi. XIX asrning oxirlarida odamlar turmushiga elektr quvvati kirib keldi, kimyo fani rivojlandi, u fotografiya (surat olish)ning paydo bo'lishiga, keyinroq esa plyonkani ixtiro qilishda (1887 yil) katta rol o'ynaydi. Bo'lajak kino uchun J. Plato ixtiro etgan harakatlanuvchi rasmlarga ega bo'lgan apparat, Edisonning harakatni plyonkaga uzatuvchi apparati muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni vaqtda proyeksion apparatni ham yaratish yuzasidan tajribalar olib borildi. Bir qancha mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiyada) kinoni kashf etish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan izlanishlar olib borildi va asosiy texnikaviy kashfiyotlar qilindi: suratga oluvchi va ko'rsatuvchi (syomka va proyeksion) apparatlar yaratildi, maxsus kinoplyonka ishlab chiqildi. Xuddi mana shu narsalardan ixtirochi aka-uka L. va O. Lyumyerlar (1895 yil 28 dekabr) Parijda "Poyezdning kelishi", "Jiqqa ho'l sug'oruvchi", "Bolani ovqatlantirish" nomli dastlabki filmlarni suratga olish va namoyish qilish uchun foydalandilar. Ushbu kun kino san'atining vujudga kelish kuni hisoblanadi. Kinoning san'at turi sifatida

shakllanishida an'anaviy san'atlar ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Qadim zamonlarda jahon xalqlari qoyalarga chizib qoldirgan rasmlar, miniaturalar, XVIII va X1Xasrlarda esa grafikaning rivojlanishi, rangtasvir va nihoyat, fotografiyaning paydo bo'lishi — bularning hammasi makon va vaqt, harakat va vaqtni birlashtirish yo'llarini izlash bilan to'liq bo'ldi. Har bir san'at turini batafsil o'rganishda shu muhim vazifalarni hal etishga intilishni ko'ramiz. Masalan, har qanday sharq miniatyurasining kompozitsiyasi unda kechayotgan harakatning murakkab izchil uyg'unlashuvidan iborat bo'lib, bu esa ularning mualliflari o'z asarlarida vaqtni aks ettirishga intilganliklarini ko'rsatadi. Ko'pgina rassomlarning ijodida (Domye: "Don Kixot va Sancho Panso", mashhur fransuz fotografi Pol Nodarning olgan rasmlarida) zamonaviy til bilan aytganda "seriyalik"ning paydo bo'lishini, ularda vaqt va harakat jarayonini to'liq ko'rsatib berishga, gavdalantirishga intilishni ko'rish mumkin. Jahon rassomlari o'z san'atlarida shunday ifoda vositalarini izlaganlarki, natijada ular o'zlari ishlagan rasmlarda harakatni g'oyat xilma-xil plan va rakurslarda ko'rsatib berishga erishganlar. Vaqt va makonda harakat dinamikasini tasviriy san'at orqali ko'rsatib berish yo'lidagi tinimsiz izlanishlar rassomlardan P.Breygel, I.Repin hamda impressionistlar asarlarida kuzatiladi. Binobarin, yosh kino ham ana shu izlanishlarga befarq bo'la olmadi, u o'zining rivojlanishida ana shu izlanishlar natijalaridan foydalandi. Kino ovozsiz bo'lgan davrda uning tasviriy san'atga yaqinligi, ayniqsa yaqqol seziladi. Shunga ko'ra ko'pgina kino nazariyotchilarining kinoni tasviriy san'atga mansub deb hisoblashlari bejiz emas. Masalan, buyuk kinorejissyor S. M. Eyzenshteynning fikricha, kino tarixi rangtasvir tarixining bir qismidir.

Kino o'zigacha bo'lgan barcha san'atlar tajribasini o'zlashtirgan hodda shakllandi. Bu san'atlarning har biridan o'zining ifoda vositalarini rivojlantirishga yordam beradigan xususiyatlarni olishga intildi. Uzbek badiiy kinosi shakllanib kelayotgan davrda (1927 yilda) Fitrat o'zining "San'atning manbai (kelib chikishi)" nomli maqolasida "kino ham teatr singari oltita ajoyib san'at: raqs, musiqa, adabiyot, rangtasvir, haykaltaroshlik, me'morlikdan kelib chiqqan: yoki boshqacha qilib aytganda: kino oltita qadimiy ajoyib san'atning samarali mevasidir" deb yozgan edi. Oradan biroz vaqt o'tgach kino muayyan tajribaga ega bo'ldi, bu tajriba nazariy umumlashmalar qilish imkonini berdi va kino to'g'risida ko'plab asarlar yozgan S. M. Eyzenshteyn ham "kinodagi har bir unsurning ildizlari boshqa san'atlarda yotadi", "chunki kinoning o'z-o'zdan vujudga kelish nazariyasi allaqachon o'z umrini yashab bo'lgan", "kinoning xususiyatlarini san'atning bir-biriga yaqin turlaridan qidirish kerak" deb xulosalar chiqargan. Kino o'zining shakllanish bosqichida bir-biriga yaqin san'atlardan tajribalarni singdirib olganligi bois qisqa vaqt ichida chinakam san'atga aylanishiga, an'anaviy san'atlar bilan bir safda turishiga imkon yaratildi. Kino rivojlangani sari uning muayyan mamlakatdagi badiiy madaniyat tizimi bilan

munosabatlari murakkablashib, chuqurlashib o'zaro ijodiy aloqa, o'zaro yordamlashish xususiyatlarini kasb etadi.

Kino turlarining janrlari badiiy adabiyot ta'sirida shakllandi. Kinoning ilk davrida adabiy janrlar badiiy filmlarga o'tgan va rejissyorlar ularning qonun-qoidalariga qatiy amal qilganlar. Biroq, kino rivojlanib borgan sari janr chegaralari kengayib bordi. Filmning g'oyasi, mavzusi, maqsadini, qahramonlar xarakterini chuqurroq ochib berish uchun badiiy kinoda janrlar aralashuvi sodir bo'ladi. Bu hodisa hozirgi zamon kinosiga ham xos. Mashhur rus rejissyori E.Ryazanovning "Avtomobildan saqlaning" nomli filmini eslaylik. Uni komediya janriga kiritish mumkin, lekin ayni vaqtda u detektiv holida namoyon bo'ladi. U yoki bu janrning ifoda vositalari bir-biriga ko'chadi, biroq ular niyat va qahramon xarakterining birligi bilan yagona asarga aylanadi. Kinoning barcha turlari janrlarining boy bo'lishi kinematografchilarning yangi-yangi mavzularni, syujetlarni, hayotiy materiallarni o'zlashtirishlari bilan bog'liq. Kino ijodkor o'z ssenariysi va film uchun tanlagan janr, ijodkorning materialga bo'lgan munosabatini ham, uslubini ham, talqinini ham aniq ifodalaydi. Janrda uning dunyoqarashi, badiiy tafakkuri namoyon bo'ladi. Ssenariy muallifi, rejissyor o'z asari uchun muayyan janrni tanlashi, bu film dramaturgiyasiga asos qilib olingan materialni muayyan tarzda inkishof etishi bu asarning badiiy o'lchovini belgilashdir. Shunday qilib, janr rejissyorga o'z niyatini amalga oshirish uchun zarur ifoda vositalarining tanlanishini belgilab beradi. Janrni tanlash ssenariy muallifining ham, rejissyorning ham ishidagi ma'suliyatli jihatlardan biridir. Ertaklar morfologiyasi va janrlarini tadqiq etgan mashxur olim V. Y. Progsh: "Asarning janrga mansubligi yuzaki bir xususiyat emas, balki u asarning butun badiiy to'qimasini belgilab beradigan fazilatdir" degan edi. Kinoning har bir turida janrlar o'z xususiyatlariga egadir. Kino san'ati poetikasi esa janrlar xususiyatini, ulardan foydalanish yo'llarini belgilab beradi. Misol uchun rangtasvirdagi va hujjatli kinodagi portret janrini taqqoslab ko'raylik. Har ikkala san'atda bu janrda bir inson haqida hikoya qilinadi. Unisida ham, bunisida ham mualliflar ushbu insonning o'ziga xosligini, betakrorligini ko'rsatib berishga intiladilar. Lekin bunda rassom ham, kinematografchi ham turli ifoda vositalaridan foydalanadilar. Rassom o'z asari uchun kompozitsiyadan, koloritdan foydalanadi, e'tiborni qahramonning kiyimiga, uning detallariga qaratadi va ayniqsa, qahramonning chehrasini sinchiklab tasvirlaydi, bundan maqsad uning shaxsini yorqin ochib berishdan iboratdir. Kinoda bularning hammasiga qahramonning plastikasi va albatta, nutqi qo'shilib, obrazning ichki dunyosini alohida kuch bilan ochib berish mumkin. Zero makon va vaqtdagi harakat kinoga xos bo'lib, portret janrida muhim ahamiyatga ega. Kinodagi janr qotib qolgan narsa emas. Ular rivojlanib, yangilanib boradi, ayrimlari o'tmishda qolib ketadi. Janr qonunlari badiiy usullar, qoidalar majmuidan iborat. Ular xar bir janr uchun zarur, chunki film janrini rivojlantirib yangi qonun-qoidalar bilan boyitadi. Rejissyor o'z niyatini amalga oshirishda ifodaviy yorqinlikka

intilib ba'zan janr qonunlaridan chetga chiqishi mumkin. Ko'p hollarda buni rejissyorning shaxsi, o'ziga xosligi emas, balki filmga tanlangan material taqozo etadi. Rejissyor E.Ryazanov o'zining har bir filmida janrni yangilashdan iborat maxsus vazifani o'z oldiga qo'ymaydi, balki syujetlar qonun-qoidasidan chetga chiqishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham uning mashxur "Karnaval kechasi" filmi ayni vaqtda ham lirik, xam hajviy komediya hisoblanadi. "Shafkatsiz romans" filmi satira va tragediya unsurlariga ega bo'lgan melodramalar, "Orzular osmoni" esa yaqqol ifodalangan dramadir. Lekin rejissyor chegaralarni buzib, ularga komediya na tragediya ohanglarini kiritgan. Janrlarning bir-biriga aralashib ketishi - bu ularning ifoda vositalari va tamoyillarini filmni yaratishda vujudga keladigan vazifalar bilan bog'liq ravishda ichki jihatdan qayta joylashtirishdir. Hozirgi zamon kinosida janrlarning aralash holda ishlatilishi odatiy voqeadir. Dramaturgiya, g'oya, rejissura jiddiy bo'lganda janrlarning aralash kelishi ijobiy natijalar beradi. Masalan, M. Kalatozovning "Turnalar uchmoqda" filmida melodramatik syujet tragediya ga yaqinlashib qolgan vizual uzviy birlikda o'zaro munosabatga kirishadi. Shuning uchun plastik yechimi bilan g'oyat xilma-xil janr vositalari filmga chuqur, boy ma'no bag'ishlaydi. Dramaturgiya yetarli darajada pishiq bo'lganda janrni aniq tanlash, o'ziga xos ifoda vositalardan foydalanish filmning muvafaqqiyatini belgilab berishi mumkin. XX asrning ikkinchi yarmidagi badiiy filmlarda quyidagi janrlarni ajratib ko'rsatish mumkin: tragediya (L. Fayziyevning "Ulug'bek yulduzi", G.Kozinsevning "Qirol Lir", D.Kemeronning "Titanik" filmlari), drama (SH.Abbosovning "Sen yetim emassan", E.Ishmuhammedovning "Alvido, g'o'r yoshligim...", B.Flemingning "Shamollarda uchgan hislarim"), komediya (Y. Protazanovning "Nasriddin Buxoroda", N.G'aniyevning "Nasriddinning sarguzashtlari", M.Abzalovning "Kelinlar qo'zg'aloni", "Chimildiq" filmlari), melodrama (Hindistondagi Bombey maktabi filmlari), shuningdek, detektiv, sarguzashtlar, fantastika va boshqalar. Deyarli har bir janrda ularning har xil turlari uchraydi. Komediya o'ziga xos belgilarga ega bo'lgan alohida janr bo'lib, u musiqali (Y.A'zamovning "Maftuningman"), maishiy (rejissyor SH.Abbosovning "Mahallada duv-duv ran"), hajviy (E.Ryazanovning "Garaj") bo'lishi mumkin. Vaziyat komediyalar ham (Chaplinning ilk filmlari) mavjud. Kinoning dastlabki - boshlanish paytlarida "piroxen" komediyalar ommalashgan edi, bu komediyalarda albatta qahramonlar bir-biriga toshlar otishardi. Hujjatli va ilmiy-ommabop kinoda portret, ocherk, manzarali film, filmintervyular janrlari ommalashgan. Animatsiyali kino esa mavjud janrlarning butun boyligini o'zida mujassamlashtirgan. Badiiy ijodda bo'lajak filmning qaysi janrga mansub bo'lishi muhim ahamiyatga ega, chunki u aktyorning rol ijro etishdagi uslub va harakat tarzini ham belgilaydi. Film qaysi janrga mansubligining aniqligi uni tomoshabin tomonidan yaxshi idrok etilishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mahmudov J. O'zbekiston teatrlari. - Т., 1997.

2. Mahmudov J. San'at fidoyilari.

3. Sayfullayev B., Mamatqosimov J. Aktyorlik mahorati. - Т., Fan va texnologiya, 2012.

4. RahmonovM. R., Toshxo'jayeva M.T., Muxtorov 1. A. O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi. - Т., 2003.

5. Rizayev O. Nabi Rahimov. - Т., 1997.

6. Rizayev Sh. Jadid dramaturgiyasi. - Т., 1998.

7. Юсупова M.P. Упражнения по актёрскому тренинг. - Т., 2005.

8. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №. 3.

9. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.

10. Болтабоева У. Нут; санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

11. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

12. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - С. 125.

13. Усмонов Ш. САХНАДА ТАШ^И ^ИЁФАГА АКТЁРНИНГ МУНОСАБАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

14. Усмонов Ш. Илм даргохдга бир назар //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

15. Умарова Х., Усмонов Ш. Санъатга багишланган умр //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

16. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 3. - С. 91-95.

17. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - Т. 5. - №. Conference. - С. 4-4.

18. Абдуназаров З. МИЛЛИЙ УЙИНЛАРИМИЗ ИШТИРОКИДА ЁШ АКТЁРЛАРНИ ТАСАВВУРИ ВА ДЩ^АТИНИ ЧАРХЛАШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. Абдуназаров З. ТИМСОЛЛАР СИЙМОСИНИ ЯРАТИШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

20. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 148-152.

21. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

22. Юлдашева С. Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

23. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

24. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

26. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

27. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

28. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

29. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

30. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

References

1. Mahmudov J. O'zbekiston teatrlari. - Т., 1997.

2. Mahmudov J. San'at fidoyilari.

3. Sayfullayev B., Mamatqosimov J. Aktyorlik mahorati. - Т., Fan va texnologiya, 2012.

4. RahmonovM. R., Toshxo'jayeva M.T., Muxtorov 1. A. O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi. - Т., 2003.

5. Rizayev O. Nabi Rahimov. - Т., 1997.

6. Rizayev Sh. Jadid dramaturgiyasi. - Т., 1998.

7. Юсупова M.P. Упражнения по актёрскому тренинг. - Т., 2005.

8. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №№. 3.

9. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

10. EonTa6oeBa Y. HyTK caHtaTHHUHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

11. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

12. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.

13. YCMOHOB m. CAXHA^A TAmKH KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

14. Ycmohob m. Hhm gaproxura Sup Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

15. YMapoBa X,., Ycmohob m. CaHtaTra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

16. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

17. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №2. Conference. - C. 4-4.

18. A6gyHa3apoB 3. MH^^HH YHHmAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEP^APHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. A6gyHa3apoB 3. THMCO^^AP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

20. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №№. 1. - C. 148-152.

21. ro^garneBa C. KHTo6-KyHrun nuporu //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

22. rongarneBa C. KHTO6 MyTonaacuHH maKHnnaHTupumga KyTySxoHanunHK ^aonuflTH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

23. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE

OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 121-124.

24. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

26. AxMegoB P. Mh.mhh MycHKUH h^pohhhhk caHtarara 6np Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

27. ro^garneB K., 3raM6epgneB X. Pe^nccypa: Kena Ba 6yryH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

28. Tana6oeB A. MaspM caHtaraga cy3HHHr ypHH //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

29. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

30. AK6apoB T. OO.TBK.nOP BA AHLAHABHH MYCH^A MACA.TA.TAPH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.