Научная статья на тему 'QO’G’IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O’RNI'

QO’G’IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
678
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo’g’irchoq teatri / spektakl / repertuar / bolalar adabiyoti / qo’g’irchoq obraz / pyesa

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — B.Mamatqulov

ushbu maqolada kattalar va bolalarga yo’naltirilgan qo’g’irchoq teatri xususiyatlari, uning repertuari, spetsifik muammo sanalgan munosib asar tanlash jarayoni, ayni paytda qo’g’irchoq teatri duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlar, hamda milliy dramaturgiyani rivojlantirish xususida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO’G’IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O’RNI»

QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV

MEZONLARINING O'RNI

B.Mamatqulov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: ushbu maqolada kattalar va bolalarga yo'naltirilgan qo'g'irchoq teatri xususiyatlari, uning repertuari, spetsifik muammo sanalgan munosib asar tanlash jarayoni, ayni paytda qo'g'irchoq teatri duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlar, hamda milliy dramaturgiyani rivojlantirish xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq teatri, spektakl, repertuar, bolalar adabiyoti, qo'g'irchoq obraz, pyesa

THE ROLE OF MANAGEMENT CRITERIA IN THE CREATION OF

PUPPET PERFORMANCES

B.Mamatqulov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the features of adult and children's puppet theater, its repertoire, the process of selecting a suitable work that is a specific problem, the current problems of puppetry and their solutions, as well as the development of national dramaturgy.

Keywords: puppet theater (puppetry), performance, repertoire, children's literature, image of a puppet, play.

Kattalarga va bolalarga yo'naltirilgan qo'g'irchoq teatri san'atlarning eng qadimiysi bo'lib, u balet, pantomima, dramatik va musiqiy teatrlar kabi mustaqil san'atdir.

Ushbu san'at turi ham boshqa barcha san'at turlari kabi spektakl yaratish mezonlariga amal qiladi, qonuniyatlariga suyanadi.

Soha vakillariga ma'lumki, repertuar teatrning g'oyaviy va ifodaviy qiyofasini belgilaydi. Shu sababli rejissorlar zimmasida spektakl uchun munosib pyesa tanlash mas'uliyati turadi. Ammo, gap shundaki bu jarayonlarning barchasi qo'g'irchoq teatr san'ati tushunchasiga to'g'ri keladigan shartlarga tayanishi, mos kelishi kerak.

Eng birinchi spetsifik muammo asosan pyesa topish va tanlashdan boshlanadi. Soha imkoniyati va kamchiliklarini har tomonlama yoritishimiz uchun uning yutuq va muammolariga tik qarashni o'rganishimiz kerak. Xozirdagi katta muammolardan biri,

respublikada qo'g'irchoq teatrlari ko'p bo'lishiga qaramay aynan qo'g'irchoq teatrlari uchun maxsus pyesalar yozadigan dramaturglar deyarli yo'q. Umuman olganda bizda maxsus "dramaturglar maktabi" yo'q.

Yana bir katta muammo rejissyorlarni milliy repertuar yaratishdagi no'noq faoliyatida. Achinarlisi, qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasiga katta teatrlarga yoziladigan pyesalarga qaraganda ikkinchi darajali degan munosabatda bo'lishadi. Natijada, ko'p sonli qo'g'irchoq teatrlari adabiyot jihatidan ham, teatr san'ati jihatidan e'tirof etarlik darajadagi ishlarga ega emas.

2005 yilda qo'g'irchoq teatr rejissyorligi magistr darajasini olish uchun yozilgan A.Abduxalilovning "Qo'g'irchoq teatrida rejissyorlik hususiyatlari" dissertatsiyasida: "Bolalar uchun chiqarilayotgan adabiyotlar sifati qanchalik yaxshi bo'lsa, qo'g'irchoq teatri ham shu talab darajasida bo'lishi lozim" ,1 - deb ta'kidlagan. Lekin bolalar uchun nashr etilayotgan adabiyotlar qo'g'irchoq teatri spetsifikasini inobatga olmagan bo'lsa, ularning "sifati", "talab darajasi" qo'g'irchoq teatri san'atiga hech bir ta'sir ko'rsata olmaydi. Ammo muallifni ham sahnaviy talqinda asar yarat, deb majburlab ham bo'lmaydi. Yagona yechim bolalar dramaturgiyasini rivojlantirish. Teatrshunos T.I.Yuldashev shunday yozadi: "o'qitish va o'qish jarayonida qo'g'irchoq teatri san'ati sohasi ustozlari va yosh mutaxassislari adabiyotchilar ta'sirida qo'g'irchoq teatrining o'ziga xosligiga putur yetkazadigan xulosalar qilishmoqda"2 Balki shuning uchun viloyat qo'g'irchoq teatrlari repertuarida faqat mavzusi bo'yicha "zamonaviy", "milliy" bo'lib ko'ringan sayoz asarlar ko'payib ketgan va ularning bayonchilik xususiyatlari, "so'z"i meyoridan oshib ketgani uchun sahnaviy hayoti juda qisqa bo'lgandir. Lekin, "teatr jamoalari keyingi vaqtlarda, ba'zi iqtisodiy qiyinchiliklarni ro'kach qilib, tayyor tarjima asarlarni yoki sahnalashtirilgan asarlarni qayta-qayta sahnaga olib chiqishga", 3 uringan bo'lsa ham ular umuminsoniy qadriyatlar aks ettirilgan va eng muhimi, qo'g'irchoq teatri san'atining o'ziga xosligi mavjud bo'lgan asarlarni sahnalashtirgan. Bularning barchasi umumiy qo'g'irchoq teatrlari faoliyati va repertuar siyosati bilan bog'liq. Shu bilan birga Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatriga ham ushbu yutuq va kamchiliklar birdek tegishlidir.

O'zbekistondagi qo'g'irchoq teatrlari repertuarida original milliy dramaturgiya shu choqqa qadar orzu bo'lib qolmoqda. Butun jahon qo'g'irchoq teatri amaliyotida (balki boshqa turlarda ham) repertuar yaratishda sinovdan o'tgan ikkita uslub bor: ijodkor teatr uchun yozilgan pyesani qo'liga oladi va pyesa ustida ishlash jarayonida qo'g'irchoq personaj obrazini yaratishda ma'lum bir tipdagi muammolarni hal etadi. Aytaylik, yozib keltirilgan va rejissor qo'liga tekkan pyesa qo'g'irchoq sahnasi

1 Abdullayev A.A. Qo'g'irchoq teatrida rejissyorlik xususiyatlari. Magistrlik dissertatsiyasi. - T.,, 2005. 4-6.

2 Yuldashev.T.I., Ikromov H.I., Muxtarov I.A, M.S.Muxtorova. Teatr va yosh avlod. T., 2012 y. 31-bet.

3 O'rinov E. Qo'g'irchoq teatrlarida repertuar masalasi. Teatr, 2004, №1, 25-6eT.

tabiatiga tog'ri keladimi yoki yo'qmi? Muallifning ijodiy tasawurini badiiy gavdalantirishda teatr ijodiy uslubiyati va qo'g'irchoqlarning badiiy va texnik imkoniyatlari o'zaro til topadimi yoki aksincha. Ikkinchisi, mualliflarning teatr ichida rejissyorlar bilan bevosita hamkorlikda yaratadigan pyesalar. Ayni shu jarayonda dramaturgiyaning umumiy qonuniyatlariga har ikki yo'nalishda ham amal qilinadi. Ammo birinchi holda qotg'irchoqlar pyesalarga to'g'ri keladimi, kelmaydimi, degan masala ko'ndalang bo'lsa, ikkinchi holda dramaturg yaratadigan badiiy obraz alohida tarzda emas, balki rejaning o'zidayoq qo'g'irchoq bilan birga tug'iladi, shakllanadi. Misol uchun, Obrazsov teatrining, yoki Sankt Peterburgdagi katta qo'g'irchoq teatrining mumtoz san'at asariga aylangan, o'lmas spektakllari ana shunday jarayonda yaratilgan.

Ko'p xollarda rejissor pyesa o'qib bo'lishi bilan spektakl yechimini oldindan ko'z oldiga keltiradi va shu bilan cheklanib qoladi. Bu xuddi aktyorning boshidanoq natijani o'ylagandek katta xatodir. Rejissyor oldindan ko'ra olish huquqini olishdan avval u bir qator vazifalarni oldiga qo'yishi kerakki, faqat tasavvur qilish emas, balki asarga obrazli yondashish bo'lsin. Shu bilan birga bu yondashish professional bo'lmagan odamning qo'lidan kelmaydigan bo'lsin. U yaratgan san'at asari - spektakl shunday darajada bo'lsinki, uni ko'rgan tomoshabin mo'jiza deb atalmish teatrga kelganiga hech afsuslanmasin. U o'zida harakat yetaklab boradigan kechinma san'atini tuysin, kotarsis holatini boshdan o'tkazsin. San'atning tarbiyalovchi vazifasini to'laqonli o'tasin. Ushbu jarayonlar eng muhim bo'lib, u sahnalashtirilayotgan spektakl haqiqiy san'at asari bo'la oladimi yoki yo'qmi degan savolga javob beradi.

Asosiy vazifa hamma zamon teatrlarida rejissor zimmasida bo'lgan. U yaxshi aktyor ansamblini yaratish, janr yo'nalishini belgilash, spektaklning badiiy qiymatini, g'oyasini aniqlash kabi zarur vazifalarni ado etadi. Ayni shu joyda rejissor talqini nima va u qanday paydo bo'ladi degan savol tug'iladi. Hamma ish pyesa qidirishdan boshlanadi. Albatta, bu pyesa g'oyasi, rejissor va u bilan birga ishlayotgan ijodiy jamoa uchun yaqin va qiziqarli bo'lishi lozim. Pyesa rejissor fantaziyasiga ummondek oqimlar olib kelsa, tassavvurini uyg'otsa, hayotda ko'rgan -kechirganlarini eslatsa va bu murakkab psixologik jarayon qadam - baqadam, ba'zida esa yashindek bo'lib, dramaturg fikr - g'oyalarini obrazli talqinga olib kelsa, demak bu pyesa baxtli sahna hayotiga ega bo'ladi. Shunday qilib rejissor talqini - bu rejissyor fantaziyasi, rejissyorning ko'rishi (rejissyorskoye videniye), muallif g'oyalarini obrazli talqin qilinishi va bu ma'lum bir usulda sahnaga olib chiqishdir. Barcha sahna asarlari rejissor g'oyasi talqinida turlicha ko'rinish kasb etadi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi, dotsent Maryam Ashurova Respublika qo'g'irchoq teatrida bosh rejissor bo'lib ishlagan kezlarida teatr repertuari haqida gapirib, teatrga repertuar tanlayotganda ayniqsa, qo'g'irchoq teatrlari uchun

albatta bolalar yoshi inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, asarda yoritilayotgan mavzu ma'lum yoshdagi bolaning qabul qilish imkoniyat doirasiga bog'liq. Albatta har bir yosh tomoshabinning ma'lum voqelikka baho berib, uni qabul qilishi har xil kechadi. Bog'cha bolalariga ko'pincha voqelikni oddiy, lo'nda so'zlar kam ishlatiladigan qo'g'irchoq personajlarining plastik xatti-harakatlari yorqin, jozibali, ko'rinishlar orqali namoyish qilinishini taqazo etishadi.

Jumladan, O'zbek milliy qo'g'irchoq teatri repertuaridagi "No'xot bola" yoki "Miyovlagan kim bo'ldi" spektakllari bog'cha yoshidagi bolalarga mo'ljallangan asarlardir. Chunki bu spektakllar o'yin tariqasida sahnalashtirilgan, bolalarbopligi bilan ajralib turadi. "No'xot bola" spektaklida bolaning oiladagi o'rni, kattalarni hurmat qilish, do'stlarga e'tiborli, ota - onasiga yordamchi bo'lish ko'rsatilgan bo'lsa, "Miyovlagan kim bo'ldi" spektaklida kichkina kuchukchaning dunyoni asta - sekinlik bilan o'rganishi va o'ziga do'st topishi kichik voqealar orqali aks ettirilgan. Bunday asarlarni bog'cha yoshidagi bolalar juda yaxshi qabul qiladi.

Mavzu jihatdan shunday asar tanlanishi kerakki, u albatta maktabning boshlang'ich sinflari uchun ham mo'ljallanishi kerak. Bu asarlarda ko'pincha yaxshilik va yomonlik orsidagi farq, o'ziga do'st tanlash, zinhor - bazinhor yolg'on gapirmaslik, o'zidan kattalarni hurmat qilish, o'zidan kichiklarga ozor bermaslik kabi xislatlar, hayotning yorqin ranglari, nutqning ravonligi - yu musiqaning sehrliligi, obrazlarning yorqin namoyish etilishi beg'ubor bolalarda katta ishonch uyg'otadi.

Teatr jamoasi o'zining kelgusi yil repertuarini tomoshabinlarning yoshiga munosib bo'lgan, zamon ruhidagi asarlar bilan boyitib borishini rejalashtirgan. Jumladan, G'.G'ulom tavalludining 100 yilligiga bag'ishlab "Shum bolaning sarguzashtlari", X.Rasulning "Gul va bulbul", o'zbek xalqining milliy urf-odatlari targ'ib qiluvchi "Karvon ko'rdim", rus xalq ertagi asosida yaratilgan "Ayoz bobo" va "Mitti qizaloq" asarlarini yangi 2013 yilda poytaxtimizning yosh tomoshabinlari e'tiboriga havola etilgan. Ushbu o'sish jarayoni rejissorlarning repertuar masalasiga befarq emasligini, bu ijodiy yuksalishning muhim talabi ekanini isbotlab berdi.

Rejissor ma'lumotida repertuarda asosan faqat bolalarga mo'ljallangan asarlar haqida gap boradi. Respublika qo'g'irchoq teatrida repertuarning bu taxminiy tuzilishi bejiz emas va bunday hol qolgan barcha teatrlarga birdek xos xususiyatdir. Ko'rinib turibdiki, bizda qo'g'irchoq teatrlarimizda katta yoshdagilar uchun qo'g'irchoq spektakllari qo'yilishi amaliy tusga kirmagan. Zotan, o'zbek qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasida kattalarga mo'ljallab yozilgan pyesalarning o'zi yo'q. Adabiy asarlar asosida insenirovka qilingan ayrim pyesalar, masalan, Xaytmat Rasulning "Qush tili" (A.Navoiy "Lison ut tayr") pyesasi bundan mustasno.

Bolalarga mo'ljallangan repertuarning hamma vaqt tomoshabini bor. Bu yo'nalishda teatrning tomoshabin muammosi yo'q. Katta yoshdagi tomoshabinlar uchun qo'yiladigan spektal teatrdan ham ijodiy, ham tashkiliy jihatdan qo'shimcha

mehnat talab qiladi. Shuning uchun Qo'g'irchoq teatri san'atining bu muhim tarmog'i e'tibordan chetda qolgan.

Qo'g'irchoq teatri pyesasining o'ziga xosliklari orasida majoziylik va shartlilik jonli teatr dramaturgiyasidagidan keskin farqlanishi ham spetsifik muammodir.

Qo'g'irchoq tilsiz, jonsiz bir narsa bo'lib, ko'rinishi jihatidan tabiiy asosga monand bo'lmaydi. Haqiqiy o'xshashlik qo'g'irchoq teatr tabiatiga yotdir. Qo'g'irchoqning afti-angori ham mutlaqo o'hshamas tarzda bo'lishi mumkin. Fantaziyaga cheku-chekara yo'q. Faqat bitta sharti - hikoya qilinayotgan, ko'rsatilayotgan predrnet, hayvonot dunyosi, odamzot haqida tushuncha bo'lishi va ijroda ishontira bilishi kerak. Ayniqsa, bolalarning beg'ubor dilida qo'g'irchoq obraz ishonch to'g'dirishi spektakl yutug'ining garovi bo'ladi. Majoziylikda esa qo'g'irchoq teatrining eng yaqin tug'ishgani - masal - janrdagi majoziylik yaqqol misoldir.

Demak, pyesaning qo'g'irchoq olamiga mansublikka bildiruvchi xususiyatlar majoziylik va shartlilik ekan. Shuningdek qo'g'irchoq obrazida badiiy umumlashma ham katta ma'noga ega. Qo'g'irchoq pyesalar obrazlaridagi umumlashmalik dramatik teatr obrazlaridagi estetik vazifani psixologik kechinmalar emas, balki ko'proq, aniqrog'i asosan hatti-xarakat orqali namoyon etadi. Xarakat qo'g'irchoq olamining asosidir. Qo'g'irchoq xarakat vositasidagina "jonlanadi". Qo'g'irchoqning xar bir ma'no-mazmunga, ma'lum bir vazifani bajarish, maqsadga qaratilgan xarakati -sahnaviy xatti - xarakatga kiradi. Qo'g'irchoqning sahnaviy harakati hamma vaqt biror bir ma'noni anglatuvchi harakatdir. Haqiqiy qo'g'irchoqning har bir so'zi, jumlasida unga jo'r bo'ladigan harakat mavjud. Jonli teatr pyesasida bu funksiyani ko'proq remarka ifoda qiladi. Spektakl tayyorlashdan avval pyesa qo'g'irchoqlardan qanday xatti-harakatlar talab qilishini aniq bilib olishi kerak, chunki qo'g'irchoqning xarakatlari ma'lum cheklanishlarga ega bo'ladi. Qo'g'irchoq teatrining xarakteri personaj aytadigan so'zlar vositasida emas, u qiladigan plastik xatti-xarakatlar orqali tug'iladi, shakllanadi. So'zlar Obrazsov iborasiga ko'ra "Qo'g'irchoq xulq-atvoriga sabab" bo'lishi kerak.

Yuqoridagi muammolarni hal qilinishi, yoki qadam-baqadam yechim izlanishi ushbu sohani tez fursatlarda rivojlanishiga turtki bo'ladi. "...Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir",4 deganida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev naqadar haq.

4 W.M.Mwp3MeeB. "Mwnnm TapaK^weT Wy^MMM3HM K,arbMflT QunaH gaBOM э"П"мpм6, ahtm 6ocK,MHra KyTapaMM3". T:, "y36eKMCTOH", 2017 W, 27-6eT.

Yoshlar qalbida madaniyat va sportga bo'lgan muhabbat tuyg'usini yuksaltirish, san'atning tarbiya o'chog'i, ma'naviyat o'chog'i ekanini hisobga olib, teatrlarimiz hayotida zamonaviylikni mujassam etish bugungi kunning bosh maqsadi bo'lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

2. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

3. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

4. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

5. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

6. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

7. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Х,аётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

8. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

9. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

10. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).

11. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

12. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

13. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

14. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

15. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

16. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

17. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

18. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

19. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

20. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

21. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

22. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

23. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

24. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

25. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

26. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

27. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

28. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

29. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

30. Дехдонов, Р. (2020). СОЕЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).

31. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

32. Мадалиев, А. (2021). НОДАВЛАТ КУТИРЧОК ТЕАТРЛАРИДА АКТЁРЛИК САНЪАТИ МАСАЛАЛАРИ. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

33. Мадалиев, А. (2021). Кугирчо; театри актёрининг пластик имкониятлари. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

34. Мадалиев, А. (2021). Кугирчо; театри тарихига назар. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

35. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

36. Умарова, Х., & Курбонов, М. (2021). КС СТAНИСЛAВСКИЙ ТAЪЛИМОТИДA A^^m^ СAХНAВИЙ ТAРБИЯСИ. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

37. Йулдашев, К. (2021). РЕЖИССУРА ВА АКТЁРЛИК МАДОРАТИ ФАНЛАРИНИ ИНАВАЦИОН УКИТИШ. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

38. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

39. Еофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).

40. Пулатов, Р. (2020). «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ. Oriental Art and Culture, (V).

41. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.