Научная статья на тему 'QORAQALPOQ DAVLAT TEATRIDA QO'G'IRCHOQ TEATRIDA MILLIY QAHRAMONLARINING TASVIRLANISHI'

QORAQALPOQ DAVLAT TEATRIDA QO'G'IRCHOQ TEATRIDA MILLIY QAHRAMONLARINING TASVIRLANISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
167
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
repertuar / obraz spektakl / tarbiyaviy ahamiyat / tarix milliy qahramonlar / daston qahramonlari / kelajak avlod / turmusht sharayoti / milliy urf-odat / muallif / yosh tomoshabinlar / festival / korik tanlov.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nazira Primbetova

Ushbu maqolada Qoraqalpoq davlat qo’g’irchoq teatrida sahnalashtirilyotgan tarixiy spektakllar haqida yozilgan. Spektakllar bolalar yoshiga qarab guruhlarga bo’linadi. Katta yoshdagi o’spirim yoshlarga tarbiyaviy ahamiyatga ega masalalar oldingga qo’yilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOQ DAVLAT TEATRIDA QO'G'IRCHOQ TEATRIDA MILLIY QAHRAMONLARINING TASVIRLANISHI»

QORAQALPOQ DAVLAT TEATRIDA QO'G'IRCHOQ TEATRIDA MILLIY QAHRAMONLARINING TASVIRLANISHI

Nazira Primbetova

O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat Instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpoq davlat qo'g'irchoq teatrida sahnalashtirilyotgan tarixiy spektakllar haqida yozilgan. Spektakllar bolalar yoshiga qarab guruhlarga bo'linadi. Katta yoshdagi o'spirim yoshlarga tarbiyaviy ahamiyatga ega masalalar oldingga qo'yilgan.

Kalit so'zlar: repertuar, obraz spektakl, tarbiyaviy ahamiyat, tarix milliy qahramonlar, daston qahramonlari, kelajak avlod, turmusht sharayoti, milliy urf-odat, muallif, yosh tomoshabinlar, festival, korik tanlov.

DESCRIPTION OF NATIONAL HEROES AT THE KARAKALPAK STATE

THEATER AT THE PUPPET THEATER

Nazira Primbetova

Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article is written about the staging of historical performances in the Karakalpak State Puppet Theater. Taking into account the age of the children, the performances are divided into groups. Children of older adolescence are given educational tasks.

Keywords: theater, play, repertoire, image, performance, educational value, history, national heroes, heroes of the epic, future generation, living conditions, national tradition, author, young spectators, festival, competitive selection.

"Qo'g'irchoq teatrida birinchi bo'lib bola qalbida go'zallikka, insonga, vatanga, tabiyatga bo'lgan muhabbat uchqunini yoqadi". (Volxovskiy: "Aktyor, personaj, rol', obraz" ilmiy ishlar to'plami Leningrad 1986.)

«Agar biz dunyoda tinchlik o'rnatishni istasak ishni bolalar tarbiyasidan boshlashimiz kerak».

Qo'g'irchoq teatri dramaturgi bolalar psixologiyasini ularning xulq-atvorini, ruxiyatini, xayotda tutgan o'rnini, qiziqishlari-yu, intilishlarini atrofini o'rab turgan borliqdagi hal qila olmagan jumboqlari yechimini bilib, ularni oqil yo'lboshchisiga aylanishi kerak. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining professori, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Ashurova Maryam.

I icclT^^^^H 164 http://oac.dsmi-qf.uz/

Qo'g'irchoq teatri uchun repertuar tanlash eng murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki bu teatrga tashrif buyuradigan tomoshabinlar turli yoshdagi bolalardan iborat. Shuning uchun ma'lum yoshdagi bolalarni aniq yoshini inobatga olmasdan asar yozish yoki tanlash noo'rin hisoblanadi. Ma'lum sahna asariga olingan mavzu, voqealar tizimi, qarama-qarshiliklar va ularning yechimi personajlarning qanday inson ekanligi, ular xarakterining o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq. Bu xususiyatlar asarning berilgan shart-sharoitida, bosqichma-bosqich, har-xil jarayonlarda turlicha kechadi. Chunki tomoshabinlarning yoshiga qarab, ularning qabul qilish imkoniyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun qo'g'irchoq teatri repertuarlarini shakllantirishda tomoshabinlarning yoshiga qarab uch toifa bo'lib p'yesa yoziladi.

Birinchi toifa tomoshabinlari maktabgacha tarbiya maskanida tarbiyalanuvchi bolalar guruhi hisoblanadi.

Ikkinchi toifa tomoshabinlari maktabning boshlang'ich va o'rta sinf o'quvchilaridan iborat bo'ladi.

Uchinchi toifani o'spirin yoshdagi o'quvchilarning guruhi tashkil qiladi.

Uchinchi toifani o'spirin yoshdagi tomoshabinlar uchun yoziladigan p'yesalardan iborat. Ularda milliy an'analar, qadriyatlar, urf-odatlar, tarixiy shaxslarning yashab o'tgan yo'li va ularning dunyo tamadduniga qo'shgan hissasi aks etiladi. O'spirinlar ko'radigan tomoshalarda - bosh qahramon maqsadga erishish uchun har qanday to'siqlarni enga oladigan, ilg'or g'oyalarga intiladigan vatanparvar inson bo'lmog'i kerak. Turli xil janrlarni o'z ichiga qamrab olgan p'yesalar mazmun-mohiyati bilan tomoshabinlarni o'z oliy maqsadini belgilab olishga ko'maklashib, ularni mardlik, sodiqlik, odamiylik, oliyjanoblik, insonparvarlik kabi ulug' insoniy fazilatlarga undashi lozim. J. Xo'janovning "Oqquv haqida rivoyat" spektaklida: bosh qahramon Temirbek zehnliligi, chaqqonligi sababli yalmog'iz kampirning hiylasidan qutilib, qo'rqinchli, yovuz Quvin bilan mardlarcha olishib g'alaba qozonadi va seviklisiga erishadi.

"Shar'yar" dostoniga asoslanib sahnalashtirilgan spektakl'da: Shar'yar oddiy xalqqa bog' yaratib, mehnat sevarligi, topqirligi bilan o'z dushmanlarini yengib o'tib, o'z onasini zindondan qutqaradi. Shunday sahna asarlari kelajagimiz bo'lgan yoshlarni bizning orzuyimizdagi kabi insonlar bo'lishiga, so'zsiz dastlabki darslar vazifasini bajaradi. ("Saniyat" jurnali, Nukus 2015 yil №2)

"Shar'yar" dostoniga asoslanib planshet planshet qo'g'irchoqda spektakl sahnalashtirildi. Darapsha degan podshoh bo'libdi. U o'z elini odil boshqarib, mamlakatni kengaytirib baxtli davron hayot kechiribdi. Biroq uning yoshi oltmishga kelsa ham hech bir farzandi bo'lmabdi. U endi taxtini emas, farzand haqida qayg'ura boshlabdi. Uning aqlli vaziri Tamay elning chetida bir boyning aqlli qizi bor ekanini aytibdi va shu Gulshorani podshoxga olib beribdi. Gulshora halol umr yo'ldoshi bo'lib Darapshadan xomilador bo'libdi. Darapsha ham xursand bo'lib: "farzandli

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz/

bo'lsam quvonchdan yuragim yorilib ketar undan ko'ra ovga chiqayin, farzandli bo'lganimdan keyin kelarman" - deb Gulshorani yalmog'iz kampirga topshirib ketadi.

Yalmog'iz kampir podshoxning katta xotini bilan til biriktirib o'g'il va qiz tuqqan Gulshoraning qo'yniga kuchuk bilan mushuk solib uni zindonga tashlatadi. Yalmog'iz tug'ilgan o'g'il bilan qizni ya'ni Shar'yar bilan Anjimni "O'ldir" - deb Qaramon qulga berib yuboradi. Undan Shosuvor boy bolalarni so'rab oladi. Shar'yar voyaga yetib yetti iqlimning podshoxi Bulbuligo'yo-Jaditoyni yengib haqiqiy onasi Gulshorani ozod qilib otasi Darapshaning saroyiga boradi. Shu yerda Shar'yar, Anjim ota - onasi bilan topishib otasining o'rniga podshox bo'lib o'z elini odil boshqaradi.

Dramaturg P.Aytmuratov "O'mirbek Laqqi Chimboy bozorida" nomli maskali spektakli sahnalashtirildi.

Xalq tili bilan aytganda, "O'mirbek Laqqidan qolgan ijodlarning qoraqalpoq xalqining o'tmish xayotining hech bir soxasini chetlab o'tmaganini ko'rib ularni "Qoraqalpoq xalqining turmush tarixining yumorlik entsiklopediyasi" deb atashga bo'ladi. Unda shu zamonda o'z kunini bazo'r yurgan qashshoq, har kuni orzu bo'lgan baliqchi, loyqa suvni o'z joniday qadrlagan dehqon, din va shariyatni pesh qilib, xalqni aldagan iymonsiz mulla, Chimboy bozorida o'zini xudo deb bilgan savdogar, o'zlarini Umirbekdan aqlli sanab, uni gapdan yengaman deb tilini tishlab qolgan". Har bir xalqning faqatgina sanoqlisidagina qahramonlari bor. Nasriddin afandi, Aldar kose, ahmoq Ivan...bu ro'yxat uzunmas. Ularning orasida hech biri qanchalik dunyoga taniqli bo'lmasin, o'z millatining xulq-atvorini "kam sonli" deb atalgan Qoraqalpog'istondan chiqqan O'mirbek laqqi kabi o'zida jamlagan. Albatta buning sababi, bu insonning haqiyqatdan ham qoraqalpoqlar orasida yashab, o'zidan asrlar bo'ylab yashaydigan donolik bilan sug'orilgan hangomalar qoldirgan tarixiy siymo bo'lganligida.

Xalqimiz orasida "O'mirbek laqqining kulguli so'zlari" deb nomlangan jo'yali so'zlar va anekdotlarning ko'pligidan, insonga berilgan qisqa umri davomida bunchalik ko'p voqealarning bir insonning boshidan o'tganiga ishonish qiyin. Lekin o'zi tabiatan hazilkash, jo'yali so'zga o'ch, ushbu xulqi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadigan qoraqalpoq xalqining O'mirbek laqqi nomi bilan juda ko'p hangomalarni yaratganligini hisobga olsak, O'mirbek laqqi qoraqalpoqlar uchun kim bo'lganligini tushunish qiyinchilik tug'dirmaydi.

O'zbekiston xalq yozuvchisi O.Abduraxmonov tomonidan yozilgan "Guldirsin" afsonasiga asoslanib spektakl' sahnalashtirildi. Kichik planshet qo'g'irchoqlar katta o'rinni egalladi. Elning podshoxi qizi Gulistan, dushman mo'g'il askarboshisi Nuyonni sevib qoladi. Elni, xalqni bosib ololmagan dushmanga shahar sirini oshkor qilib, elining ota-ona, qarindoshlarining qirilib ketishiga sababchi bo'ladi. Necha asrlar o'tsa ham bu qizning o'z xalqiga sotqinlik qilganini saboq qilib ko'rsatishdan

I jbÄÜ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz/

iborat Har kimning gapiga kirib el-xalqqa sotqinlik qilmang, turli oqimlarga kirib, ota-onangizning ko'z yoshi bo'lmang degan chaqiriqdan iborat.

Teatr jamoati tomonidan Prezidentimizning farmon va qarorlarini amalga oshirishda ham bir qancha ishlar qilinmoqda. Aytilib o'tilganidek birinchi teatrimizning sahnasida Kengesbay Karimovning "Oriq mergan" spektakli bilan ochildi. Ushbu spektakl' qoraqalpoq xalq afsonalari asosida yozilgan. "Oriq mergan" afsonasida asosiy qahramonlar Oriq mergan, Jeztirnoq, Mechgayboy o'rtasida bo'lib o'tadigan voqealar, bolalar uchun qiziqli, tushunarli bo'lishi uchun Oriq merganning aqlliligi bilan Jeztirnoq va Mechgayboyni yengishi ko'rsatilgan. Afsonadagi Jeztirnoq obrazini boshqa da davlat ertak, afsonalarida uchratamiz. Misol uchun, rus xalqida "babayaga",tatar xalqida "Shurale"ni aytib o'tish mumkin. Bizning Jeztirnoq bilan tatar xalqining "Shurale" degan voqealar takrorlanadi.

Murat Begimov "Qirq-qiz" dostoni yosh tomoshabinga kichkina qiz paytidan hamma narsaga qiziqib otasi Allayar boyga savollar berishi, ularning ikkalasining dialogidan ko'rinib turadi. Uning ulg'ayganda kim bo'lishi "Bo'lar bola besh yoshidan ma'lum" deganni anglatadi.

Guloyim: -ota, nega osmonda yulduzlar ko'p?

Allayar boy: -bular bizning ota-bobolarimizning ruxlari.

Guloyim: -ota -bobolarimiz shunchalik ko'p bo'lganmi?

Allayar boy: - ha qizim, bizlar ulug' xalqmiz, bizlar ko'p bo'lganmiz

Guloyim: - ota, shamol bilan nimaga terak qattiq chayqalyapti?

Allayar boy: - u yolg'iz bo'lgani uchun shamolga kuchi yetmayapti. Anavi turgan ko'p daraxtlarni ko'ryapsanmi"

Guloyim: - Ha, ko'ryapman.

Allayar boy: - ularga daraxtning kuchi yetmaydi. Sababi, ular bir-biri bilan jipslashib ketgan. Odamlar ham ularday inoq bo'lsa, hech qanday dushman ularni yenga olmaydi.

Guloyim: - bizlar ham hammamiz birgamiz-ku.

Allayar boy: -Ha, qizim.

Guloyim: - Yashasin! . . .Bizlar bigamiz. Hech qanaqa shamol bizni yenga olmaydi, kuchi yetmaydi.

Allayar boy: - olti o'g'illarimning ichidagi erka qizim Guloyim aqlli bo'lib o'syapti. Kelajakda umidlarim ko'p.

Ushbu pyesa patriotlik tuyg'ularga to'la. Elni sevish, uni dushmanlardan qo'riqlash, xalq birlibini saqlash mavzusida yozilgan. Bu spektakl' bilan Toshkent shahrida o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi XI-Qo'g'irchoq teatrlari ko'rik tanlovi festivalida ishtirok etib, faxrli uchinchi o'rinni egalladi.

167

http://oac.dsmi-qf.uz/

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Volxovskiy, "Aktyor, personaj, rol', obraz" (ilmiy ishlar to'plami, Leningrad 1986 )

2. Hikmatlar shodasi - T. "O'zbekiston" 2013 y.

3. M.Ashurova "Mehrdan yaralgan olam" (Toshkent - 2018 y.)

4. Sundukova V.N., Ahmedova Z.A. "K.S.Stanislavskiy sistemasi atama va unsurlari" O'quv qo'llanma-Toshkent, 2012.-45 b.

5. K.S.Stanislavskiy - Aktyor o'z ustida ishlashi O'quv qo'llanma-T.Xo'jayev tarjimasi T.2010

168

http://oac.dsmi-qf.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.