Научная статья на тему 'QO'G'IRCHOQ O'YINI UYG'UNLASHGAN TOMOSHA TURI'

QO'G'IRCHOQ O'YINI UYG'UNLASHGAN TOMOSHA TURI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
230
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qo'g'irchoq / chodir jamol / chodir xayol / fonus xayol / M.Qodirov / qo'g'irchoqboz / aristotel / qo'g'irchoq o'yin / masxarabozlar. / puppet / chadyr jamal / chadyr khayal / fonus khayal / M. Kadyrov / puppeteer / Aristotle / puppet show / clowns.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N. Ulugova, M. Xojanova

Artistning mahorati, harakati, texnikasi bilan sahnaviy tomosha shaklida yuzaga keladigan masxarabozlik, raqs, nayrangbozlik, dorbozlik, chavandozlik, mullaqchilik, ayiq, echki, ilon o'ynatish, yog'och oyoq tomoshalari qo'yingki xalq teatri, raqsi va sirk san'atining barcha ko'rinishlari bir so'z bilan "o'yin" deb, mazkur san'atlarining namoyandalari esa "o'yinchi" deb yuritilgan. Shuning kabi xalq professional qo'g'irchoq teatri qo'g'irchoqbozlik ham "qo'g'irchoq o'yin" deb, qo'g'irchoqboz "o'yinchi" deb atalgan. Bunda "o'yin" so'zi iste'dod va mohirlik bilan ko'rsatilgan tomosha, san'at ijrochilik ma'nosini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PUPPET SHOW IS A FORM OF COMBINED SPECTACLE

Clowning, dancing, tricks, fencing, horseback riding, bear, goat, snake games, shows on stilts, which are created in the form of a stage performance using artistic skills, movements and techniques, even all types of folk theater, dance, circus art are called in one word "playing", and the representatives of these arts are called "players". In the same way, the folk professional puppet theater puppetry was called "puppet show", and the puppeteer "player". In this case, the word "play" gives the meaning of a performance, an art performed with talent and skill.

Текст научной работы на тему «QO'G'IRCHOQ O'YINI UYG'UNLASHGAN TOMOSHA TURI»

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

QO'G'IRCHOQ O'YINI - UYG'UNLASHGAN TOMOSHA TURI Nozima Ulug'ova Baxtiyorovna

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali 2-kurs talabasi

Mehribon Xo'janova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6941210

Annotatsiya. Artistning mahorati, harakati, texnikasi bilan sahnaviy tomosha shaklida yuzaga keladigan masxarabozlik, raqs, nayrangbozlik, dorbozlik, chavandozlik, mullaqchilik, ayiq, echki, ilon o'ynatish, yog'och oyoq tomoshalari - qo'yingki xalq teatri, raqsi va sirk san'atining barcha ko'rinishlari bir so'z bilan "o'yin" deb, mazkur san'atlarining namoyandalari esa "o'yinchi" deb yuritilgan. Shuning kabi xalq professional qo'g'irchoq teatri -qo'g'irchoqbozlik ham "qo'g'irchoq o'yin" deb, qo'g'irchoqboz "o'yinchi" deb atalgan. Bunda "o'yin" so'zi iste'dod va mohirlik bilan ko'rsatilgan tomosha, san'at ijrochilik ma'nosini beradi.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq, chodir jamol, chodir xayol, fonus xayol, M.Qodirov, qo'g'irchoqboz, aristotel, qo'g'irchoq o'yin, masxarabozlar.

КУКОЛЬНЫЙ СПЕКТАКЛЬ - ЭТО ФОРМА КОМБИНИРОВАННОГО ЗРЕЛИЩА Аннотация. Клоунада, танцы, фокусы, фехтование, верховая езда, медвежьи, козлиные, змеиные игры, шоу на ходулях, которые создаются в виде сценического представления с использованием артистических навыков, движений и приемов, даже все виды народного театра, танца, цирковного искусства одним словом называются «игровыми», а представители этих искусств именуются «игроками». Точно так же и народный профессиональный кукольный театр - кукловодство назывался "кукольным спектаклем", а кукловод - "игроком". В данном случае слово «игра» придает значение спектакля, искусства, исполненного с талантом и мастерством.

Ключевые слова: кукла, чадыр джамаль, чадыр хаял, фонус хаял, М. Кадыров, кукольник, Аристотель, кукольный спектакль, клоуны.

Abstract. Clowning, dancing, tricks, fencing, horseback riding, bear, goat, snake games, shows on stilts, which are created in the form of a stage performance using artistic skills, movements and techniques, even all types of folk theater, dance, circus art are called in one word "playing", and the representatives of these arts are called "players". In the same way, the folk professional puppet theater - puppetry was called "puppet show", and the puppeteer -"player". In this case, the word "play" gives the meaning of a performance, an art performed with talent and skill.

Keywords: puppet, chadyr jamal, chadyr khayal, fonus khayal, M. Kadyrov, puppeteer, Aristotle, puppet show, clowns.

O'zbekistonda qadim zamonlardan, asrlar davomida xalqning eng sevimli tomoshalaridan biri, qo'g'irchoq o'yinidir. Qo'g'irchoq o'yinlarining turlari, tarixiy yo'nalishlari, tarixidagi mashhur ijrochilari va repertuarlari to'g'risida M. Qodirovning "Qo'g'irchoq teatri" va "O'zbek xalq tomosha san'ati kitoblarida mukammal yoritilgan. Qo'g'irchoq teatri san'ati turi, chodir ichida yoki parda ortida yashiringan aktyor-qo'g'irchoqbozlar tomonidan harakatga keltirilib ko'rsatiladigan qo'g'irchoqlar tomoshasi. Qo'g'irchoqlarning turi (to'la, yassi, shartli yoki

THE PUPPET SHOW IS A FORM OF COMBINED SPECTACLE

KIRISH

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

natural), boshqarish tizimi (ip bilan boshqariladigan qo'lga kiyiladigan soyasi tushiriladigan, simli va mexanik) va katta- kichikligi (bir necha santimetrdan tortib odam bo'yidan ham yuqori qo'g'irchoqlar) bilan bog'liq holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan. Milliy an'analar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham qo'g'irchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga ta'sir ko'rsatadi. Inson xarakteri, jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzda aks ettirish, majoz, sahnaviy bo'rttirma qo'g'irchoq teatrida satirik hamda qahramonlik yo'nalishlar qaror topishini ta'minlagan. Qo'g'irchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Gerodot, Ksenofont, Aristotel, Goratsiy, Avreliy va boshqalarning ma'lumotlari bo'yicha 5 6 asrlardayoq qo'g'irchoq teatri paydo bo'lgan. Sharqda qo'g'irchoq teatrining barcha turlari mavjud bo'lgan, biroq shundan soya teatri (O'zbekiston hududida "Fonus xayol" deb yuritilgan) keng tarqalgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Indoneziyada XI XII asrlarda simlar bilan boshqariladigan qo'g'irchoq tomoshalari bo'lgan. Sharqda hamon qo'g'irchoq teatrining an'anaviy turlari va shakllari yashab keladi. G'arb mamlakatlarida esa XIX asrning o'rtalaridan boshlab xalq qo'g'irchoq teatri inqirozga uchrab, uning o'rnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim professional truppalar maydonga kela boshladi. XX asr boshida Rossiyadagi xalq qo'g'irchoq teatri davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning an'analari , tajribasi yangi shakldagi teatrning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etadi. 1924-yil Ye.S.Demmenl rahbarligidagi markaziy qo'g'irchoq teatri tashkil qilindi. Bizda deb yozadi M. Qodirov - "Qo'g'irchoq o'yin" deb yuritiluvchi bu san'atning, xususan qo'lga kiyib o'ynatiladigan, ip bilan boshqariladigan va soyasi tushiriladigan turlari o'tmishda keng tarqalgan. Ular "Chodir jamol", "Chodir xayol" va "fonus xayol" deb atalgan. "Chodir xayol" teatri "chodir jamol" ga nisbatan ancha murakkab va mukammaldir. Bu teatr tomoshalari, odatda kechqurunlari ko'rsatilgani, shula va shovqindan foydalanganligi tufayli qora pardalar ichidagi qo'g'irchoqlarning iplari ko'rinmay, xuddi qo'g'irchoqlarning o'zi harakat qilayotganday tabiiy va ajab manzara hosil qilgan. Har bir mohir qo'g'irchoqboz ayni vaqtda iplar yordamida 8 10 ta qo'g'irchoqni harakatga keltira olgan.

"Qo'l qo'g'irchoq" teatrida ko'pi bilan o'n qo'g'irchoq ishtrok etgan bo'lsa, "chodir xayolda" bir yo'la 50 dan ortiq qo'g'irchoq o'ynalgan. Bu teatrda musiqa badiiy bezak sifatida ko'proq qahramonlar holatini ifodalovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Qo'g'irchoqboz-sozandalar qo'g'irchoq o'yinlari uchun maxsus "Ufor", "Miyonxona" , "Charax", "Duchava parron", "Chog'olloq", "Ot eroniy", "Qum pishig'i", "To'rg'ay chirillama" kabi bir qancha ajoyib kuylar yaratganlar. O'zbek xalqining ma'naviy hayotida, yuqorida ko'rsatilgan teatrlardan tashqari, "Navro'z", Ramazon va Qurbon hayitlarida, "Gul sayil", "Hosil sayil" va boshqa bayramlarda va sayillarda turli-tuman qo'g'irchoq o'yini ham mavjud edi. Bu sayil va tomoshalarda sho'x qo'shiq, lapar, yallalar jaranglaydi, yakka va omaviy raqslar avj oladi. Eng hurmatli hofizlar kuchli va betakror ovozlari bilan baland pardalarda ashulalar aytib, xalqning olqishiga sazovor bo'lar edilar. Maydonlarda qo'g'irchoq o'yini ko'rsatilardi. Bu an'ana hozirga qadar dsvom etib kelmoqda.(1. 253, 254 b).

TADQIQOT NATIJALARI

Artistning mahorati, harakati, texnikasi bilan sahnaviy tomoshashaklida yuzaga keladigan masxarabozlik, raqs, nayrangbozlik, dorbozlik, chavandozlik, mullaqchilik, ayiq, echki, ilon o'ynatish, yog'och oyoq tomoshalari - qo'yingki xalq teatri, raqsi va sirk san'atining barcha ko'rinishlari bir so'z bilan "o'yin" deb, mazkur san'atlarining namoyandalari esa "o'yinchi" deb

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

yuritilgan. Shuning kabi xalq professional qo'g'irchoq teatri - qo'g'irchoqbozlik ham "qo'g'irchoq o'yin" deb , qo'g'irchoqboz "o'yinchi" deb atalgan. Bunda "o'yin" so'zi iste'dod va mohirlik bilan ko'rsatilgan tomosha, san'at ijrochilik ma'nosini beradi. "O'yin" so'zi bilan qadimgi teatr, raqs va sirk san'atining bir-biriga yaqinlashtirilishida jon bor, negaki ularning asosida o'yin ya'ni ijro, harakat, tomoshaviylik harakat yotadi. Shunday qilib, xalq professional qo'g'irchoq teatri qo'g'orchoq o'yin yoki qo'g'irchoqbozlik deb atalgan.

Qo'g'irchoq o'yin bilan xalq professional teatri -masxarabozlik o'rtasida ko'pgina umumiylik mavjud. Masxarabozlar o'z tomoshalarida niqob ishlatganlarida go'yo qo'g'irchoqqa aylanganlar, chunki goh qotib, goh jonlanib turuvchi, sahnaviy qo'g'irchoqlar vositalarini ishga solishga majbur bo'lishgan. Shu o'rinda mashhur rus qo'g'irchoqbozi Ye.V. Speranskiyning quyidagi so'zlarini eslab o'tish joizdir: "Oddiygina karnaval niqobini kiygan odam- yarim qo'g'irchoq degandek gap. Agar buning ustiga u aktyor bo'lsa, qo'g'irchoqbozga aylanadi, chunki u jonsiz niqobni jonlantirishga harakat qilar ekan, "qo'g'orchoq usuli" bilan yaxshiroq o'ynaydi". (2. 73.)

Boshqa san'atlar kabi qo'g'irchoq teatri ham yashash uchun kurashdi. Chunki ulamolar qo'g'irchoq o'yinini "shayton o'yin" deb, iloji boricha uni yo'q qilishni istaganlar. Ammo qo'g'irchoqbozlar ustalik qiladilar, kasbni qonunlashtiruvchi risola yozdirib olib, tomosha ko'rsatish huquqiga ega bo'ladilar. Ulamo qo'g'irchoq o'yinini bir marta ko'rish mumkin deb fatvo beradi va buni quyidagicha asoslaydi."Qo'g'irchoq bu teshikdan chiqib bir jilva qilib oxiri go'rga kiradi. "Odam ham onadan tug'ilib, dunyoga kelib, olam ichra bir jilva qilib oxiri go'rga kiradi. Odam ham onadan tug'ilib, dunyoga kelib, olam uzra jilva qilib oxiri go'rga kiradi. Shuning uchun bu o'yinni bir marta ko'rsa bo'ladi, ikki marta ko'rib bo'lmaydi. Zeroki bu shayton chiqargan o'yin uni ikki marta ko'rgan odam iymonidan ayriladi". (3. 57)Anglashilib turibdiki, ulamo qo'g'irchoq o'ynatishga formal ruxsat bergan bo'lsada, uni o'z ta'sirida tutishga, undan bu dunyo besh kunlik, bir jilva qilasanu o'tasan, yaxshisi chin dunyoni, ollo -taoloni o'yla degan asosiy g'oyani targ'ib etish uchun foydalanishga uringan.

MUHOKAMA

Qo'g'irchoqni insonga, uning o'yinini inson hayotiga, qo'g'irchoqboz ishini falak gardishiga o'xshatish faqat risolalarda emas mumtoz poeziyada ham dam-badam uchraydi. Bunday qarash rang-barang talqinlarda Al Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Umar Hayyom, Nizomiy, Shamsi Tabriziy, Alisher Navoiy, Husayin Voiz Koshifiy va boshqa mutaffakkirlar hamda shoirlar ijodida uchraydi. Tasavvuf tariqatlari ham o'z falsafiy g'oyalarini ifodalashda qo'g'irchoq teatri ko'rinishlari va timsollaridan foydalangan. Dastavval qo'lga kiyib o'ynaydigan qo'g'irchoqlar tomoshasi yuzaga kelgan. Chunki bu tur nisbatan yengil bo'lib, uni o'zlashtirish u qadar qiyinchilik tug'dirmaydi. Keyinroq iplar yordamida harakatga keltiriladigan qo'g'irchoqlar rasm bo'lgan. Birinchi turda oila va turmush masalasi, ikkinchi turda xalq mifalogiyasi yoritilgan deb o'ylaymiz. Qo'g'irchoqbozlarning bizgacha yetib kelgan repertuari, ipli qo'g'irchoqlar tomoshasida dev, yalmog'iz, shayton kabi mifalogik obrazlarning saqlanganligi fikrimizni biroz tasdiqlashi mumkin. Buyuk shoir va olim Umar Hayyomning quyidagi mashhur ruboiysi ham Eron, ham Xuroson, ham Movarounahr qo'g'irchoq teatriga barobar taaluqli bo'lib, fikrimizni birmuncha tasdiqlaydi.

Bizlar qo'g'irchog'u falak qurchoqboz,

Bu so'zim chin so'zdir, emasdir majoz.

Yo'qlik sandig'iga bir-bir tushamiz,

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Vujud palosida o'ynagach biroz (4. 24,b.)

Xorazimlik pahlavon Mahmudning ruboiysi esa shundan guvohlik beradi:

Falak charxi ichra bizlar hayronmiz,

Fonus misol hayol qilib sarsonmiz.

Quyosh charog' bo'lsa, jahon bir fonus,

Qo'g'irchoqdek tunda biz sargardonmiz. (5. 26, b.)

Umar Hayyom chodir xayol teatrini nazarda tutgan bo'lsa, Pahlavon Mahmud fonus xayol teatri tarifini beradi. Shu asosda soya teatrini o'ziga xos xususiyati haqida tasavvur hosil qilish mumkin: fonus oldida harakatda bo'lgan qo'g'irchoqlarning oq pardaga soyalari tushib, ajib bir tomosha hosil bo'lgan. Shu o'rinda M. Qodirovning "Qo'g'irchoq teatri tarixi" kitobida Qo'g'irchoq teatrining boshqa teatrlardan farqi va shu teatr ijodkorlarining yutuqli tomonlari haqida ham ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Qo'g'irchoq teatri spesifikasini belgilovchi asosiy farq shundan iboratki, agar boshqa teatrlarda qahramonlar qiyofasida aktyorlarning o'zlari ko'rinsa, bunda ijrochilar tomoshabinlarga pinhon qolgani holda qo'g'irchoq- personajlar namoyon bo'ladi. Ha olamda qo'g'irchoqbozday kamtarin, insofli, odamshavanda, artist bo'lmasa kerak. Zotan u o'z qaddi qomati, aktyorlik mahoratini bevosita namoyish etishdan mahrum. Butun qobiliyati, bilimi hatto husni- latofatini qo'g'irchoqqa bag'ishlaydi. Ana oliyjanoblik! Lekin shu narsani ham aytib otish lozimki, qo'g'irchoqboz bir tomondan o'zini ko'rsatolmay jabrlansa, ikkinchi tomondan dramatik aktyorga nisbatan bir qancha afzallik va imtiyozlarga egadir. Chunonchi qo'g'irchoq teatri uchun bo'y, qad, yosh jismoniy kamchilikning ahamiyati bo'lmagani sababli bunda qobiliyati to'g'ri kelsa yoshi o'tgan aktrissa qizcha rolini rohat qilib o'ynayveradi; oriq ijrochi semiz qo'g'irchoq personajni, pakana- alp qomatni, qiz- cholni, bola-kampirni bemalol olib chiqveradi. Qo'g'irchoq teatrining sharti shu: xohlagan rolingni o'ynayver, iste'doding, mahorating, ijodiy harorating va shavqing bo'lsa bas. Ikkitagina qo'g'irchoqboz katta muvaffaqiyat bilan ko'p personajli katta bir spektaklni namoyish qilishi mumkin. (6. 4,5.b.)

XULOSA

Qo'g'irchoq teatri ajoyib va g'aroyib, ta'sirli san'at. Uning jozibadorligi, tomoshaviyligi va qandaydir sodda go'zalligi "mo'jizali" tabiatga ega bo'lishidandir. Ha qo'g'irchoqbozlik -mo'jizali teatr. Jonsiz, zabonsiz oddiy qo'g'irchoqlar vositasida inson hayoti, munosabatlari axloqi, odati ko'rinishlarini badiiy haqqoniy va jozibali qilib namoyish etish mo'jiza emasmi, axir! Qo'g'irchoqboz- mo'jizakor. U qo'g'irchoqlarni harakatga keltirib, ularga hayot bag'shlab, odamlarga qanchadan-qancha ma'naviy oziq va kuch in'om qiladi. Boshqa paytda oddiy bolalar o'yinchog'idan kam farq qiladigan qo'g'irchoq qo'g'irchoqboz qo'liga qo'ngach, jonlanadi, aql paydo qiladi, rasmana insoniy hayot bilan yashay boshlaydi: kuladi, yig'laydi, iztirob chekadi, urishadi, jang qiladi, o'ynaydi, kuylaydi, nayrang ko'rsatadi va hokazo. Mana shu mitti artistlar hayot va inson jumboqlari ustida bosh qotiradi, sevgi va sadoqat, do'stlik va muruvvat, rostgo'ylik va halollik haqida hikoya qiladi. Ko'z oldingizda ana shu zayl mo'jiza sodir bo'ladi. U sizni sehirlaydi, siz rostakam odamlar harakat qilayotganday tomoshaga berilib ketasiz, voqeaga ishonasiz, hayratlanasiz, lol bo'lasiz. Ammo bu - g'ayritabiiy bir kuch hosil etgan karomat emas, qo'g'irchoqboz mahorati, iste'dod mahsuli, san'at sehridir.

REFERENCES

1. Ma'mur Umarov. "Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi" Toshkent. 2009. (253, 254.b.)

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

2. Сперанский. Е. Актёр театра кукол. М., ВТО, 1965, с.73.

3. Bu qism risolai qo'g'irchoqdan 1940-yili X. Komilova tomonidan qo'qonlik qo'g'irchoqboz G'ofurjon Mirzaraximovdan yozib olingan. O'zBASITI fondi, inv.57.,2-kitob, 55.

4. Umar Hayyom. Ruboiylar. T., O'zadabiynashr, 1960, 24. b.(Sh. Shomuhamedov tarjimasi).

5. Pahlavon Mahmud Xorazmiy. Ruboiylar. T., 1977., 26-b. Forsiydan o'zbek tiliga shoir Ulfat tomonidan tarjima qilingan.

6. M. Qodirov, S. Qodirova . "Qo'g'irchoq teatri tarixi" Toshkent. 2006. (4,5.b.)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.