Научная статья на тему 'BOLALARNI TARBIYALASHDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING AHAMIYATI'

BOLALARNI TARBIYALASHDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
6183
282
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalar / bilim / qo‘g‘irchoq / teatr / spektakl / tomosha / sahna / madaniyat / aktyor / qahramon / ertak / sehrli san’at

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — B.Mamatqulov

Ushbu maqolada bolalar tarbiyasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularning ongida mehr-muhabbat, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarini paydo qilishda qo‘g‘irchoq teatri muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bolalikda olingan har qanday bilim va ko‘z bilan ko‘rilgan taassurotlar bir umrga bola ongida saqlanib qoladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI TARBIYALASHDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING AHAMIYATI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X

BOLALARNI TARBIYALASHDA QO'G'IRCHOQ TEATRINING

AHAMIYATI

B.Mamatqulov

O'zDSMI FMF

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar tarbiyasiga e'tibor qaratilgan bo'lib, ularning ongida mehr-muhabbat, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarini paydo qilishda qo'g'irchoq teatri muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bolalikda olingan har qanday bilim va ko'z bilan ko'rilgan taassurotlar bir umrga bola ongida saqlanib qoladi.

Kalit so'zi: bolalar, bilim, qo'g'irchoq, teatr, spektakl, tomosha, sahna, madaniyat, aktyor, qahramon, ertak, sehrli san'at.

THE IMPORTANCE OF PUPPET THEATER IN THE EDUCATION OF

CHILDREN

B.Mamatqulov FRB UzSIAC

Abstract: This article focuses on the upbringing of children, and puppet theater plays an important role in instilling in their minds the concepts of love, good and evil. Because any knowledge and visual impressions received in childhood will remain in the child's mind for a lifetime.

Keyword: children, knowledge, puppet, theater, spectacle, watch, scene, culture, actor, hero, fairy tale, magic, art

Dunyo hamjamiyatining taraqqiyoti, taqdiri va kelajagi albatta bolalar tarbiyasi, ularning ma'naviy ongi, bilim va ko'nikmalari bilan bog'liqdir.

Yoshlarni ezgu g'oyalar asosida tarbiyalashda, ularning madaniyati, ma'naviyati va dunyoqarashini kengaytirish hamda beg'ubor qalblarini munavvar tuyg'ulari bilan oshno qilish kelajakda yetuk, barkamol, vatanga muhabbat, ota-onaga xurmat, farzandlik burchini yurakdan ado etish, el manfaati yo'lida fidoyilik va insoniylik fazilatlari ruhida kamol toptirish, xullas bir so'z bilan aytganda vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi uchun san'atning ta'sirchan vositalaridan biri bu, teatrdir. "Teatr san'atining qudrati shundaki, u dramaturg, aktyor, rejissyor, rassom, sozanda, raqqos va boshqa ko'plab sahna arboblarining ijodiy mehnatini bir butun qilib birlashtiruvchi

kollektiv ijodkordir."1, "Teatr voqelnkni san'atning turlari yordamida aks ettirib, uni har tomonlama, harakat va rivojlanishda jozibali qilib ko'rsatar ekan, bir vaqtning o'zida ming-minglab tomoshabinlarning ruhiy olamiga chuqur kirib, uning dil torlarinn cherta oladi",- degan fikrlarni yozgan edi V. G. Belinskiy.2

"Yosh tomoshabinning san'atga oshnoligi ilk bor qo'g'irchoq teatridan boshlanadi. Shuning uchun u bu dargoxni tez-tez qumsaydi, hal eta olmagan jumboq-larga shu dargoxdan javob topadi. Shu sababdan qo'g'irchoq teatri spektakllari yosh tomoshabinlarga tushunarli, janr jihatidan rayag-barang, zamon talabiga javob bera oladigan mukammal mazmunga ega, g'oyaviy jihatidan yetuk asarlari bo'lishi shart"3. Jajji bolajonlarimiz uchun teatrlar ichida qo'g'irchoq teatrining o'rni va ahamiyati juda muximdir. Qo'g'irchoq teatri tomoshalari bolalarga bir olam zavq bag'ishlaydi. Ularning ongida mehr-muhabbat, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni paydo qiladi.

Qo'g'irchoq teatrining yana bir muhim jihati shundaki, yoshlarni sahna san'ati, sahna madaniyatiga oshino qilishdir. Ular bolalikdan asta-sekin balog'at yoshiga yetgani sayin mavzular o'zgarib boradi va yoshlar teatri, musiqali drama teatri shu kabi teatrlarda spektakllar tomosha qilishga o'tadi. Lekin shu davrgacha birinchi navbatda dunyoqarashini shakllantiradigan teatr bu - qo'g'irchoq teatri xisoblanadi. Chunki, bolalikda olingan har qanday bilim va ko'z bilan ko'rilgan taassurotlar bir umrga bola ongida saqlanib qoladi.

Bizga ma'lumki qo'g'irchoq teatri o'zining qadimiy va boy tarixiga ega. Qo'g'irchoq teatrining o'ziga xos - sehrli olami, dunyosi mavjud. Demak sehrli olamga sayoxat qilar ekansiz albatta bosh sehrgarlarga duch kelasiz. Odatda bu sexrgarlar - aktyorlar hisoblanadi. Ular yordamida biz ertaklar olamiga sayohat qilamiz. Ertak qahramonlarining yaxshi-yomon tomonlarini, sarguzashtlarini, xullas, boshidan kechirganlarini aktyorlar ijrosi orqali qo'g'irchoq teatri sahnasida tomosha qilamiz. Qo'g'irchoq teatri aktyorining eng katta yordamchisi qo'g'irchoqlardir. U spektakl mavzu va g'oyasiga mos ravishda qo'g'irchoq rassomi va qo'g'irchoq ustasi tomonidan tayyorlanadi.

Aktyorlar jonsiz bo'lgan oddiygina qo'g'irchoqlarning gapirishi, inson singari xursand yoki xafa bo'lishi, uxlashi, og'iz va ko'zlarini harakatlantirib, moxirona boshqarib qahramonlarga ovoz berishadi. Qo'g'irchoq teatrining sehrli olamida qahramonlarning xatti-harakatlarini jon-u dili bilan tomosha qilayotgan, undan ruhan ozuqa olayotgan murg'ak qalblarni ko'rgan kishida zavq, shavq uyg'onadi.

Mustaqillikka erishgan ilk kunlarimizdan boshlab mamlakatimizda yoshlarimizni jismonan baquvvat, sog'lom, ma'naviyatli bo'lishi uchun yoshlarga oid

1 К.С.Станиславский Собр. соч., т. 6 М., 1959 стр 24

2 В.Г.Белениский Собр. соч., т. I.M., 1948, стр. 185

3 М.Х.Ашурова Кугирчок; театр санъатининг актёрлик мактаби.Т.: 2007 Дарслик 10 бет

davlat siyosati olib borildi. Shu o'rinda alohida ta'kidlab o'tish joyizki, hozirgi kunda Prezedint Sh.M.Mirziyoev tomonidan ham sog'lom avlodni tarbiyalashga, ma'naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli shaxsni shakllantirish, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda teatr san'atini izchil ravnaq toptirish, ijodkorlar mehnatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, yurtdoshlarimizni ezgulikka chorlaydigan badiiy asarlar yaratish, ayniqsa professional qo'g'irchoq teatrini rivojlantirish masalasi ustuvor maqsad qilib olingan. Buning isbotini 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish dasturi bo'lgan "Xarakatlar strategiyasi" va "Besh muhim tashabbus"da ko'rishimiz mumkin.

Bugungi kunga qadar respublikamizda o'nta professional davlat qo'g'irchoq teatri faoliyat yuritib kelmoqda. Bu respublika aholisining katta qismini yoshlar kategoriyasi tashkil etadigan jamiyat uchun juda kam ko'rsatgich ekanligi oydek ravshan albatta. Biroq, masalaning boshqa tomoni mavjud: faoliyat olib borayotgan mazkur teatrlar o'z zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalarni bajara olmoqdami, qo'g'irchoq teatrlarining bugungi kun bolalar madaniy hayotida tutgan o'rni qanday darajada, Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan O'zbek milliy qo'g'irchoq teatri poytaxt aholisi ma'naviy ehtiyojlarini qondira olayaptimi yoki ushbu teatr qancha tomoshabinlarni o'z bag'riga sig'dira oladi-yu, bir yil mobaynida qancha bolalarga xizmat qilishi mumkin, kabi savollar ko'ndalang bo'lib qolmoqda.

O'zbekiston axborot agentligining ma'lumotiga ko'ra Toshkent shahar doimiy aholisi soni 2021 yil dekabr holatiga 2,71 mln kishini tashkil etmoqda. Keltirilgan raqamlardan poytaxt ko'g'irchoq teatrining aholini qamrab olishi darajasini taxmin qilish qiyin emas. Viloyat qo'g'irchoq teatrlari xususida ham shunga o'xshash raqamlar yuzaga chiqishi aniq. Achinarlisi ushbu ko'rsatkichlar qaysidir viloyat yoshlari mazkur san'at turidan butunlay bebahra ulg'ayib kelayotganligidan darak beradi.

O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O'zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ'ib etish, xalq og'zaki ijodiyoti va xavaskorlik san'atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integrasiyalashuvini ta'minlash, madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish4 yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-son Farmoni imzolandi hamda shu farmon asosida Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 30 noyabr kuni 754 sonli qarori tasdiqlandi. Qarorda

4 Узбекистан Республикаси Президенты Ш.М.Мирзиёев "Маданият ва санъат со^асининг жамият ^аётидаги урни ва таъсирини янада ошириш чора-тадбирлари тугрисида"ги 2020 йил 26 майдаги ПФ-6000-сонли Фармони

ПМ^^^в 437 http://oac.dsmi-qf.uz

Sirdaryo, Namangan, Navoiy va Toshkent viloyatlarida davlat qo'g'irchoq teatrini tashkil etish, Respublika qo'g'irchoq teatriga O'zbek milliy qo'g'irchoq teatri maqomini berish, yana qo'g'irchoq teatri tarixida bo'lmagan ishlardan biri professional qo'g'irchoq teatrlari faoliyatida muxim kasb egasi ya'ni "Qo'g'irchoq yasash ustasi" bugungi kunga qadar hech qaerda o'qimagan, lekin teatrda qo'yilgan spektakllarning qo'g'irchoqlarini o'zlari bilgan usulda yasab kelgan. Endilikda farmon va qarorda 2021-2022 o'quv yilida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Qo'g'irchoq yasash texnologiyasi" mutaxassisligi bo'yicha bakalavriat ta'lim yo'nalishini ochish ko'zda tutilgan.

Qo'g'irchoq teatri san'ati halqimizning hamda butun jahondagi xalqlarning eng boy qadimiy san'at turlaridan biri xisoblanadi xuddi balet teatri, musiqiy va dramatik teatrlari kabi o'z yo'nalishiga ega bo'lgan mustaqil teatrdir. Qo'g'irchoq teatri boshqa teatrlardan yaqqol ajralib turadi. Chunki, boshqa teatrlarda aktyorlar sahnada tomoshabinlar oldida jonli planda namoyon bo'lsa, qo'g'irchoq teatrida esa aksincha qo'g'irchoq aktyorlari shirma ortida bo'lishadi. Demak bundan ko'rinib turibdiki Hozirda Respublikamizdagi davlat qo'g'irchoq teatrlarida qo'lqopli, simli qo'g'irchoq turlaridan keng foydalanilib kelinmoqda. Biroq, bugungi zamonaviy jarayonlar jajjigina bolalarni ham har taraflama "pishitib" bormoqda. Maktabgacha ta'lim yoshli bolalarning so'ngi rusumdagi kompyuter texnologiyalari va telefon apparatlaridan foydalanib, multfilmlar tomosha qilar ekan, bu jarayonlarda ularni spektakl sahnasidagi tomoshalarga "ishontirish", mazkur tomoshalar orqali ular ruhiyatini tarbiyalash o'z dolzarbligini yanada oshirib boraveradi. Bu jarayonlarda sahnada media vositalaridan keng foydalanish hamda qo'g'irchoq yasash texnologiyalari va boshqarish mexanikalarini dunyoning rivojlangan davlatlaridan o'rganib, qiyosiy tahlil qilgan holda, yangicha usullarni, innovitsiyalarni, jalb etib Respublika qo'g'irchoq teatrlariga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega, nazarimda.

Qo'g'irchoq teatri haqida biz ko'p gapirganda hali qo'g'irchoq teatri tarixi, nazariyasi haqida emas balki aslida qo'g'irchoqlar nima ekanligini, ular qanday yasalishini bu turli xalqlar, turli millatlar mentalitetiga ko'ra qanday ma'no va mazmun kasb etishi haqida ko'pchilik tasavvurga ega emas. Yevropa xalqlari yoki Amerika xalqlari qo'g'irchoqlari bilan O'zbekistonni yoki sharq xalqlari qo'g'irchoqlarini bir-biriga taqqoslab ham bo'lmaydi va bularda aynan qo'g'irchoq yasalishidagi uni yuzida, ko'zida yoki bo'lmasa tashqi ko'rinishidagi ma'no-mazmunlar hamma xalqlarda har-xil ketadi. Bunga sabab o'sha xalq yashayotgan tabiiy sharoit, muxit bilan bog'liq bo'lsa o'sha xalq mentaliteti, dunyoqarashi, yashash tarzi kabi bir qancha parametrlardan kelib chiqadi. Endi bu haqida ko'p gapirish mumkin misol tariqasida bugungi kunda Amerika Qo'shma Shtatlarining "Mattel" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Barbi" qo'g'irchog'i dunyoda juda mashhur bo'lib ketgan. Qo'g'irchoqlar nafaqat bolalar uchun balki kattalar

uchun ham juda kuchli salbiy oqibatlarga olib keladi xatto qomati chiroyli yoshgina qo'g'irchoq ko'rinishiga ega bo'lgan o'yinchoqlar tarqalishi, ota-onalar uni farzandiga sotib olib berish bilan o'zlari ham unga xavas qiladi.

Arzimasdek tuyulgan bu kabi holatlar farzandning murg'ak tasavvuriga singadi. Uning kiyinishi, yurish-turishiga, tarbiyasiga asta-sekin ta'sir ko'rsatib, hayotiy jarayonlarida aks eta boshlaydi. "Mard va jasur milliy qahramonlarimiz, bolalarni yaxshilikka, ezgulikka, teran fikrlashga undaydigan qanchadan-qancha ertak va afsonalarimiz bo'la turib, farzandlarimiz bunday qo'g'irchoqlarga berilib ketayotganliklariga e'tiborsiz qarab bo'lmaydi"5. Shuning uchun bola tarbiyasi juda jiddiy jarayon xisoblanadi.

Sodda dil egalari bo'lmish jajji bolajonlarimiz ishonuvchan bo'ladi.

"Barbi" singari qo'g'irchoqlarni bolani ovuntirish uchun olib bermaslik, balki ma'naviy va madaniy ozuqa beruvchi qo'g'irchoq teatri tomoshalariga kichkintoylarni biz ota-onalar tomoshabin sifatida olib kirsak, farzandlarimiz kelajakda albatta, jismoniy va ma'naviy kamolotiga, tafakkurining shakllanishiga ezgu amallar qilishga ko'nikma hosil bo'lishiga hizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 26 maydagi PF-6000-sonli Farmoni

2. M.X.Ashurova Qo'g'irchoq teatr san'atining aktyorlik maktabi.T.: 2007

3. M.Qodirov Sahnamiz Lochinlari Toshkent 1986

4. K.S.Stanislavskiy Sobr. soch., t. 6 M., 1959

5. V.G.Beleniskiy Sobr. soch., t. I.M., 1948

6. G.Sattorova Muslima.uz "Farzand tarbiyasida o'yinchoqlarning o'rni"

7. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

8. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

9. Boma6oeBa, Y. (2021). Byna^aK aKTepnapHH TapSnanamga negaroraK eHgarnyBnap. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

10. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

5 r. CarropoBa Muslima.uz "®ap3aHg TapÖHacnga yHHHHOKflapHHHr ypHH"

11. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

12. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нутд техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

13. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

14. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУЩНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

15. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

16. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).

17. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

18. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

19. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

20. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

21. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

22. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

23. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

24. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

25. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

26. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

27. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

28. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

29. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

30. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. HHTepHayKa, (19-4), 55-56.

31. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

32. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

33. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

34. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

35. BonTa6oeBa, Y., & ^xkohob, P. (2021). X,aeTHHnHK Ba xaKKOHHunuK gpaMaTHK acap, pe^uccypa, aKTepnuK Maxpparn acocu. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

36. ^exKOHOB, P. (2020). COF.HOM AB-HOA-ftAPHH mAK^^AHTHPHmAA XA.HK YHHTOAPH BA AHLAHA^APHHHHr TYTTAH YPHH. Oriental Art and Culture, (V).

37. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

38. MaganueB, A. (2021). HO^AB^AT K^FHPTOK TEATP-ftAPH^A AKTEP.HHK CAHLATH MACA^A^APH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

39. MaganueB, A. (2021). KYFHPHOK Tearpu aKTepHHHHr nnacTHK HMKOHHtfraapu. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

40. MaganueB, A. (2021). KyfhPhok Tearpu Tapuxura Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

41. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

42. Умарова, Х., & Курбонов, М. (2021). КС СТЛНИСЛЛВСКИЙ ТAЪЛИМОТИДA ЛКТЁРНИНГ СAХНAВИЙ ТЛРБИЯСИ. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

43. Йулдашев, К. (2021). РЕЖИССУРА ВА АКТЁРЛИК МАДОРАТИ ФАНЛАРИНИ ИНАВАЦИОН УКИТИШ. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

44. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

45. Еофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).

46. Пулатов, Р. (2020). «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ. Oriental Art and Culture, (V).

47. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.