Научная статья на тему 'OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISHDA SSENARIYNAVISLIKNING O‘RNI'

OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISHDA SSENARIYNAVISLIKNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1713
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ommaviy bayramlar / ssenariy / bayram / san’at / tomosha / dramaturgiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulshira Saparbayeva, Asilbek Qolqanatov

Mazkur maqolada ommaviy bayramlarni tashkil etishda ssenariynavislikning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ommaviy bayramlarning ssenariysining mas’uliyati va murakkab talablari yuzasidan ilmiy o‘rganishlar olib borilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISHDA SSENARIYNAVISLIKNING O‘RNI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021 ISSN 2181-063X

OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISHDA SSENARIYNAVISLIKNING ORNI

Gulshira Saparbayeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Asilbek Qolqanatov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada ommaviy bayramlarni tashkil etishda ssenariynavislikning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ommaviy bayramlarning ssenariysining mas'uliyati va murakkab talablari yuzasidan ilmiy o'rganishlar olib borilgan

Kalit so'zlar: ommaviy bayramlar, ssenariy, bayram, san'at, tomosha, dramaturgiya.

THE ROLE OF SCRIPT WRITING IN THE ORGANIZATION OF PUBLIC

HOLIDAYS

Gulshira Saparbaeva Nukus branch of Uzbekistan State Institute Arts and Culture

Asilbek Qolqanatov Uzbekistan State Institute Arts and Culture

Abstract: This article discusses the educational value of screenwriting in the organization of public holidays. Scientific research has been conducted on the responsibilities and complex requirements of public holiday scenarios.

Keywords: public holidays, script, holiday, art, spectacle, drama.

So'nggi uch-to'rt yil ichida Yangi O'zbekistonda ommaviy bayram-tomoshalar, sayillarni o'tkazish ishlari mukammal darajada olib borilmoqda. Ommaviy bayramlarni o'tkazish uchun yangi maydon va joylarning bunyod etilishi bayram tashkilotchilari zimmasiga yangicha mas'uliyat yuklab, yangicha usul, metod va dasturlardan foydalanishni talab etadi. Dramaturg, ssenariy mualliflaridan bo 'lsa zamon talabi va dunyoqarachidan kelib chiqqan holda, o'zgacha yondashishni ilgari suradi. Chunki, ommaviy bayramlar umuman olganda jamiyatning tarraqiy mezoni sifatida qabul qilinib, uning rivojlanganlik darajasini ko'rsatishi mumkin. Shunday ekan, g'oyatda mas'uliyatli jarayonda ssenariyning ahamiyati va mohiyati juda yuqori hisoblanadi.

Ommaviy bayramlar ssenariysi sintetik asardir. Ommaviy bayram tomoshalarda qahramonlarning masshtabi juda ham kengdir. Har bir ssenariyning badiiy darajasi, umumiy dramaturgiyada bo'lganligi haqida epizodlarning tugallanmaganligi, kartinaning obrazli yakunlanganligi, tamoshobinga ta'sir etuvchi emotsional kuchlarning boshidan oxirigacha rivoji, dramaturgiya talablariga javob bera olishi bilan belgilana oladi. Shunday bo'lishiga qaramay, ommaviy bayram va tamoshalar ssenariysi, teatr uchun yozilgan pyesadan, badiiy filmga yozilgan ssenariydan farq qiladi. Undagi publitsistik vazifalar ahamiyatli, ijtimoiy hodisalar qahramonlarining shaxsiy qarama-qarshiliklari orqali emas, balki ijtimoiy ziddiyatlar epik printsip bo'yicha, yaxlit namoyish etiladi [1: 84].

Ommaviy bayramlar ayniqsa davlat tadbirlarida ko'pchilik tomoshabinlarning bo'lishini e'tiborga olib ssenarist ko'proq mukamallikka intilishi zarur. Ommaviy bayramlar qisqa vaqt mobaynida davom etadigan jarayon emas. Tomoshabinning diqqatini jalb qilish va uning zerikib qolmasligi bir tomondan rejissyorga bog'liq bo'lsa ikkinchi tarafdan ssenaristning mahorati katta ahamiyat kasb etadi.

Ssenariy muallifi tomonidan ommaviy tomoshalarning janrini aniqlash juda ham muhimdir. Hozirgi kunda ommaviy tomoshalar amaliyotida tasdiqlangan bir qancha janrlari mavjud. Ular quyidagilar:

• Ommaviy teatrlashtirilgan tomosha;

• Ommaviy teatrlashtirilgan konsert;

• Adabiy-badiiy musiqali kompozitsiyalar;

• Memorial-marosim tomoshalari;

• Ommaviy sport tomoshalari;

• Suvda, muzda o'tkaziladigan tomoshalar;

• Karnavallar;

• Xalq tomoshalari.

Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar zamonaviy ommaviy bayramlarning o'ziga xos janri bo'lib, o'z o'rnida ijodiy jarayondir. Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar asosan ikki qismdan iborat bo'ladi:

1. Dramaturgiya (ssenariy) asarini yaratish;

2. Yaratilgan asarlarni sahnalashtirish (asar rejissurani amalga oshirish).

Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar dramaturgiyasi va rejissurasi bir butun

jarayondir. Ma'lumki, har bir ishni boshlashdan oldin ishni bajarilishi yuzasidan maxsus reja tuziladi. Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlashda ham eng avvalo uni rejalashtiradi. Demakki, ommaviy bayramlarning rejasi uning sifati va natijasini belgilovchi hodisa. Rejalashtirish bo'lsa uning poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, bu ishlarni amalga oshirishda ssenaristlarni tanlash va ular bilan ishlashish ishning samarali chiqishini ta'minlaydi.

Tadbirni o'tkazish uchun tashkiliy guruh tuzilib, unga rahbar tayinlanadi. Rahbar tadbirning yuqori saviyasida o'tishi uchun shu soha mutaxassislari: mahaliy dramaturglarni, rejissyorlarni, baletmester hamda madaniyat va sa'nat muassasasi ijodiy xodimlarni jalb etadi. Maxsus bir tadbir uchun eng avvalo mas'ul shaxslarning - ssenariy muallifi va rejissyor kelishgan holda, umumiy reja asosida har bir kishiga taalluqli ishlarning rejalarini, kundalik ish faoliyatini aniqlaydi. Tashkiliy guruh o'z o'rnida bo'lg'usi teatrlashtirilgan ommaviy tadbirning g'oyasi, maqsadi, ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda uning dramaturgiyasi (ssenariysi)ni yaratadi [2:23, 24].

Ssenariy yozish ijodiy jarayon. U qisqa yoki uzoq muddat davom etishi bilan emas, uning tomoshabinlarda qandayda ijobiy ta'sir qoldirishi bilan izohlanadi. Bu yo'nalishda san'at va madaniyatshunos olimlarimiz ilmiy izlanishlar olib borgan va bu haligacha davom etmoqda. O'zbekistonda ssenariynavislikning rivojlanishiga hissa qo'shgan ulug' yozuvchilarimizning ishlarini ilmiy o'rganish, tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalardan biridir.

Bayramshunos olim, professor U.X.Qoraboyev bu xususida "Badiiy ommaviy tadbirlar" kitobida shunday yozadi: "Ssenariy yozish bilan kim shug'ullanmasin, u quyidagi talablarga javob bermog'i lozim:

a) Ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni, mahalliy aholi mehnati va turmushini chuqur tushuna oladigan hamda uni to'g'ri tahlil qila oladigan shaxs bo'lmog'i;

b) Adabiyot va dramaturgiya sohasida bilimga ega bo'lgan, ulardan samarali foydalana oladigan kishi bo'lishi;

c) Hayotiy materiallarni, hujjatli dalillarni yig'a oladigan, ularni adabiy-badiiy shaklda bayon qila oladigan ijodkor bo'lmog'i lozim".

Ko'rinib turibdiki, senariy mualifi rejissyor bilan ijodiy hamkorlikda hayotiy va mahalliy materiallardan foydalanib, badiiyat qonuniyatlari asosida, o'z g'oyasiga, mazmuniga ega bo'lgan yangi asarni yarata oladigan ijodkor bo'lmog'i lozim. Muallif puxta ssenariy yaratish va uni tashkiliy guruhga o'z vaqtida topshirish uchun ish jarayonini rejalashtirish lozim.

Ommaviy bayramlarni o'tkazuvchi va tashkil etuvchi rejissyorlar doimo yaxshi ssenaristlar izlaydi. Sababi, yaxshi yozilgan ssenariy ommaviy bayramning yutug'idir. Ommaviy bayramlarda ko'plab tashkilotchilarning safarbar etilishi sir emas. Ommaviy tadbirning boshqa konsert va tadbirlarga qaraganda mas'uliyat toshi og'ir hisoblanadi.

Ommaviy tadbir - bu estrada konsertidagidek, tayyor nomerlarining ijarasi yoki asosiy farqini oshiruvchi rasm, surat emas. Balki, bu turli janrdagi nomerlar hujjatli ma'lumotlar, kino va diaproyeksiyalar, maxsus yoritilgan materiallarni o'zaro qo'shiluvidir. Oqibatda, o'ta sifatli va yangi umumlashtirilgan, murakkab birlik tashkil etkan harakatlardan iborat janr tug'iladi, qolaversa, epizoddagi nomerlar montaji tadbirdagi epizodlar montajini, ochiqrog'i, "kollaj" tushunchasi amalga

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

oshiriladi. Chunki, bu joyda bir xil ma'lumotlar yuzaki birlashtirilmaydi. Balki, turli janr elementlaridan yangi, mustaqil san'at asari yaratiladi yoki S.M.Eyzeynshteyn iborasi bilan aytganda, "eng qiziq tomoshalar montaji" vujudga keladi. Bu yerda S.M.Eyzenshteyn attraksion yoki eng qiziq hayratomus o'yin, tomoshalar deganida, "teatrning eng agressiv holatini tomoshabinda his qo'zg'atuvchi yoki ruhiy ta'sir o'tkazishta, "teatr" qismlari, tomoshabinga nisbatan hayajonli hujumga o'tayotgan jarayonini "ko'z oldida tutadi" [3:39].

Albatta, tomoshabinning e'tirofi va fikri bayramning asl bahosi. Shunday ekan, ommaviy bayramlarning yuqori saviyasi faqatgina ta'sir ko'rsatish bilan belgilanmaydi. Uning tarbiyaviy jihati ommaviy bayram ssenariysiga bog'liq bo'ladi.

San'atning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir o'quvchi yoki tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarini uyg'otishdadir. San'at turli ko'rinishlari bilan o'ziga xos badiiy estetik qadriyatlarini to'plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatlariga ega bo'lgan estetik tizimni tashkil etadi. San'at tasviriy san'at, me'morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot xoreografiya va boshqalarni o'z ichiga oladi. San'atning turlari o'z predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, adabiyotta asosiy ifoda vositasi bo'lib til xizmat qilsa, tasviriy san'atda esa bo'yoqlar orqali konkret hissiy obraz gavdalantiriladi. Teatrda esa pyesa qahramonlarining siymosi aktyorlarda o'z aksini topadi [4:20].

Ommaviy bayramlarda ssenariynavislikning imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanishni bilish zaruriyati seziladi. Ssenarist o'z oldiga qo'ygan marrasiga erishishida asosiysi janr va bayram mohiyatining tarixi va ijtimoiy ahamiyatini yaxshi bilsa bo'ldi. Qarabsizki, tomoshabinni o'ziga jalb qilguvchi elementlar o'z-o'zidan yuzaga chiqaveradi. Ommaviy bayramlar ssenariysi o'z murakkabligiga ega.

Har qanday bayram va tomoshani tashkil etish uchun, avvalo, uning dramatik asosi - ssenariy yoziladi. Ssenariy bu tadbirni amalga oshirishdagi ilk qadamdir. "Ssenariy" so'zi, U. Qoraboyevning "Badiiy-ommaviy tadbirlar" kitobida, "Ssenariy italyancha so'zdan olingan bo'lib, asarning plani, sxemasidir", deb ta'riflangan. Lug'atlarda ssenariy:

1) Kinosenariy;

2) Teatrda - qo'yiladigan dramatik asarning rejasi, syujet chizig'i; operada -dramatik harakatning tasviri; baletda - syujetning barcha raqs va mimikalarini o'z ichiga olgan mukammal bayoni;

3) Pyesada ishtirok etuvchilarning sahnaga chiqish payti va tartibi ko'rsatilgan yo'l-yo'riqdir deb izoh berilgan. Ommaviy bayram va tomoshalarda ssenariy o'tkaziladigan bayram yoki tomoshalarning to'liq yozma bayonoti, deb ta'riflash maqsadga muvofiqdir. Ssenariy yozilishida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

• Bayram yoki tomosha o'tkaziladigan joy o'rganiladi;

I [ccñ^^BI 19 http://oac.dsmi-qf.uz

• Mahalliy sharoitdan, mavzu tadbir g'oyasidan kelib chiqqan holda manbalar izlanadi;

• Hujjatli materiallar badiiylashiriladi;

• Sahnaviy usullardan foydalanish yo'llari izlanadi;

• Ta' sirchan vositalar tanlanadi.

Rejissor B.Sayfullayev senariy haqida gapirib uni 3 xil toifaga ajratadi, ya'ni:

1. Oddiy senariyda mavjud materiallarni ketma-ketligi belgilanib, boshqaruvchi boshlovchi sifatida ishtirok etadi.

2. Yig'ma ssenariy, ya'ni turli xil ssenariylardan ishlatilgan materiallardan foydalangan holda yoziladi.

3. Original ssenariy, bunda tomoshabin ko'z oldida o'zi kutmagan turli burulishlarga, to'qnashuvlarga, hissiyotlarga duch keladi va natijada u zerikmaydi tadbirdan estetik zavq oladi, - deb tushuntiradi [5: 7, 16].

Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining asosi ssenariy mukammalligini talab qiladi. Ssenariy adabiy me'yorlarga bo'ysinadi. Ommaviy bayram ssenariysining mazmunini adabiy tasvirlash bo'lib bunda jiddiy ketma-ketlik asosida harakat elementlari murakkab xarakterga ega bo'lishi kerak. Uning asosiy g'oyasi bir bo'limdan ikkinchisiga o'tish davomida uzulishlarga uchramasligi shart.

Ommaviy bayram va tomoshalar qahramonlarning masshtabi juda ham kengdir. "Har bir ssenariyning badiiy darajasi, umumiy dramaturgiyada bo'lganidek, epizodlarning dramaturgik tugallanganligi, kartinaning obrazlik yakullanganligi, tomoshabinga ta'sir etuvchi emotsional kuchlarning boshidan oxirigacha rivoji, dramaturgiya talablariga javob bera olishi bilan belgilanadi.

Shunday bo'lishiga qaramay, ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi, teatr uchun yozilgan pyessadan, badiiy filmga yozilgan ssenariydan farq qiladi. Undagi publitsistik vazifalar ahamiyatli, ijtimoiy hodisalar aniq qahramonlarning shaxsiy qarama-qarshiliklari orqali emas, balki ijtimoiy ziddiyatlarni epik prinsipi bo'yicha yaxlit namoyish etiladi". Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga emotsional ta'sir qilish borasida keng imkoniyatlarga ega. Bunday ssenariy muallifi, tomoshabinlarga berilgan tarixiy faktlarga bo'lgan munosabatiga suyanishi mumkin [6: 132, 133].

Keyingi paytlarda mutaxassislar ommaviy bayramlarning yuqori saviyada o'tishini texnik vositalarga bog'liq degan fikrlarni ilgari suradi. Bu ham to'g'ri texnik vositalar ommaviy bayramlarning yanada mukammal va sifatli, bezakli, fayzli o'tishini ta'minlaydi. Lekin tomoshabinlarga faqat estetik emas, ma'naviy ozuqa berish ssenariynavislikning bosh maqsadi hisoblanishini unutmaslik zarur.

Madaniyat muassasalaridagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar turli yoshdagi aholining ma'naviy-axloqiy, milliy-ma'naviy ruhda tarbiyalashga qaratilgan madaniy tadbirlar - eng avvalo millat g'oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh

I icclT^^^^H 20 http://oac.dsml-qf.uz

avlod ongi va qalbida ezgu g'oyalarga sadoqat tuyg'ularini tarbiyalashga shuningdek, kishilarni ma'naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash, ularning mohiyatini anglab yetishga qaratilgan tizimli shakllar, usullar, vositalar va maqsadli amalli harakatlar majmuidir. Yuqorida aytib o'tganimizdek, biron-bir asarni asar mazmuni mohiyatidan uning janri aniqlangandek madaniy tadbirlar ham tashkil etilayotgan tadbirning mohiyatidan, ichki mazmunidan kelib chiqqan holda turli shakllarga ega bo'ladi. Yoshlarga ko'p bilim, tarbiya, ma'naviy ozuqa berishga qaratilgan turini ma'naviy-ma'rifiy tadbir deb atasak, to'g'ri bo'ladi [7: 13].

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash kerakki, ommaviy bayramlar vaqt o'tishi va texnikaning rivojlanishi bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilib, rivojlanib boradi. Eng asosiysi ssenariy yozilish davri, ijtimoiy muhiti, tarbiyaviy ahamiyati bilan tomoshabinlarda o'zgacha ta'sir qoldirishi lozim. Asosiysi, ssenariy muallifi tomosha san'atini yaxshi tushunishi va ssenariynavislik talablariga javob berishi, tomoshabinni bayram e'tirofida o'z aksini ya'ni ijobiy ta'sirini qoldirishi juda katta ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Haydarov A. Ijodiy ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish. Tashkil etish va boshqarish. A Haydarov. Ijodiy ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish fanidan o'quv qo'llanma. -T.: 2016. - 208 b.

2. J. Mamatqosimov. Ommaviy bayramlar rejissurasida sahna madaniyati. T., «Fan va texnologiya», 2009, 208 bet (23-bet).

3. Dushamov Jumanazar. Ommaviy tadbirlar rejissurasi. Mas'ul muharrir: T. Islomov. - T.: F. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti., 2002.- 144 b. (39-bet).

4. Haydarov. A Madaniyat va san'at sohasini boshqarish asoslari [Matn]: o'quv qo'llanma. A. Haydarov. - T.:«Kamalak» nashriyoti, 2019. 192 b. 20-bet.

5. Rustamov V. Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari: o'quv qo'llanma/ V. Rustamov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013, - 192 b.

6. F. E. Ahmedov. Ommaviy tadbir va bayramlar rejissurasi va aktyorlik mahorati. Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2007. 303-b.

7. B. S. Sayfullayev, V. K. Rustamov. Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati.-T.:«Fan va texnologiya», 2016, 180 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.