Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TELEVIDENIYE SOHАSIDА OVOZ REJISSORLIGINING TUTGAN O’RNI VА MEHNАT FАOLIYATINING SAMARALI JIHATLARI'

ZAMONAVIY TELEVIDENIYE SOHАSIDА OVOZ REJISSORLIGINING TUTGAN O’RNI VА MEHNАT FАOLIYATINING SAMARALI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
839
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ovoz / rejissor / studiya / televideniya / sanʼat / radio / musiqa / faoliyat / mehnat / teleko’rsatuv

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rustam Asanovich Nietullaev

Ushbu maqolada zamonaviy televideniye sohasida, jumladan, Qoraqalpog’iston telekanallarida ovoz rejissorligining o’rni va mehnat faoliyati haqida so’z yuritilgan. Ovoz rejissorligi sohasining eng murakkab hamda muhim jihatlari xususida fikr bildirilib, mavjud imkoniyatlar bo’yicha mulohazalar qayd etilgan. Maqolani yoritishda tavsifiy, tasnifiy, tarixiy-qiyosiy yondashuv tahlil usullari qo’llanilgan. Bundan tashqari, ovoz rejissorligi sohasini rivojlantirish hamda bu sohani yetuk kadrlar bilan ta’minlash, sohada yangi texnologiyalarni tadbiq qilish yuzasidan tavsiyalar aytilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TELEVIDENIYE SOHАSIDА OVOZ REJISSORLIGINING TUTGAN O’RNI VА MEHNАT FАOLIYATINING SAMARALI JIHATLARI»

ZAMONAVIY TELEVIDENIYE SOHASIDA OVOZ REJISSORLIGINING TUTGAN O'RNI VA MEHNAT FAOLIYATINING SAMARALI JIHATLARI

Rustam Asanovich Nietullaev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filali

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy televideniye sohasida, jumladan, Qoraqalpog'iston telekanallarida ovoz rejissorligining o'rni va mehnat faoliyati haqida so'z yuritilgan. Ovoz rejissorligi sohasining eng murakkab hamda muhim jihatlari xususida fikr bildirilib, mavjud imkoniyatlar bo'yicha mulohazalar qayd etilgan. Maqolani yoritishda tavsifiy, tasnifiy, tarixiy-qiyosiy yondashuv tahlil usullari qo'llanilgan. Bundan tashqari, ovoz rejissorligi sohasini rivojlantirish hamda bu sohani yetuk kadrlar bilan ta'minlash, sohada yangi texnologiyalarni tadbiq qilish yuzasidan tavsiyalar aytilgan.

Kalit so'zlar: ovoz, rejissor, studiya, televideniya, san'at, radio, musiqa, faoliyat, mehnat, teleko'rsatuv

THE ROLE OF VOICE DIRECTIVE AND EFFECTIVE ASPECTS OF WORK IN THE MODERN TELEVISION SPHERE

Rustam Asanovich Nietullaev Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article describes the role and work of a sound engineer in the field of modern television, including on the TV channels of Karakalpakstan. The most complex and important aspects of the field of sound engineering are discussed, comments are made on the available opportunities. When covering the article, descriptive, classification, historical and comparative methods of analysis were used. In addition, recommendations are given on the development of the field of sound engineering and the provision of qualified personnel in this field, as well as the introduction of new technologies in the field.

Keywords: sound, director, studio, television, art, radio, music, activity, work, TV show

Barchamizga ma'lumki, hozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye, odamlar hayotining, kundalik turmush tarzining ajralmas qismiga aylanmoqda. O'zining rivojlanish tarixiga ega bo'lgan hamda ayni paytda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan televideniye sohasining o'ziga xos bo'lgan, juda mas'uliyatli vazifalari mavjud. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi

I ibiSi^^Bl 457 http://oac.dsmi-qf.uz

Qoraqalpag'iston televideniyesi 1964-yil 5-noyabrda ilk bor efir yuzini ko'rgan edi. Uning ilk faoliyati davrida ko'rsatuvlar faqat kechqurun bir yarim soat davom etgan. Hozirgi kunda esa "Qaraqalpaqstan" telekanali 18 soatlik efir vaqtiga ega. "Assalawma aleykum, Qaraqalpaqstan" ertalabki musiqiy dam olish dasturi ushbu kanalning tashrif qog'ozi hisoblanadi. U bir hafta davomida 40 daqiqadan efirga uzatiladi.

Hududlarda mahalliy telekanallar faoliyatining yo'lga qo'yilishi muayyan bir manzilning o'ziga xos bo'lgan hayotini aks ettirish, bo'lib o'tayotgan jarayonlar to'g'risida batafsil axborot berish, bayram va madaniy tadbirlarni efirga uzatish, mavjud muammolarni muhokama qilishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, iste'dodli yoshlar hayoti, chekka qishloqlarda mehnat qilayotgan fidoyi insonlar, namunali oilalar ana shu hududiy telekanallar orqali keng yoritilmoqda.

Avvalo, qayd etish kerakki, studiyada tasvirga olinib, yaxshi bir musiqiy kompozitsiya bilan boshlanadigan "Assalawma aleykum, Qaraqalpaqstan" ko'rsatuvida ikki nafar boshlovchi navbati bilan turli lavhalar haqida aytib o'tishadi. Shundan so'ng ularni tartib asosida efirga uzatish boshlanadi. Ushbu ko'rsatuv ijodiy jamoasi tomoshabinlarni kayfiyatini, ruhiyatini ko'tarishga intilishadi. Chunki odamlar ertalabdan ishga yoki o'qishga yoxud boshqa bir yumushiga shoshiladi, agar unga qiziqarli lavha taqdim etilmasa, ko'rsatuvga e'tibor kamayishi mumkin. Telekanal ijodiy xodimlari ayni jihatlarga ahamiyat qaratishga harakat qilishadi.

2018-yilda tashkil etilgan "Jaslar TV" telekanali esa Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha hududlarida efirga uzatiladigan, ilk xususiy telekanaldir. Ko'rsatuvlari asosan qoraqalpoq tilida tayyorlanadi. Syujet, matn, kompozitsiya, montaj masalalarida elementlarning to'g'ri tanlanishiga jiddiy e'tibor beriladi. Telekanalning informatsion dasturi bo'lgan "Qaraqalpaqstan online" ko'rsatuvining maqsadi respublika aholisini tezkor yangiliklar bilan tanishtirishdan iborat. O'n besh daqiqa atrofida davom etadigan "The best day" (Yaxshi kun) ko'ngilochar ko'rsatuvida instagramm ijtimoiy tarmog'iga qoraqalpoq, o'zbek va qozoq shou-biznesi yulduzlari olib chiqqan yangi klip premyerasi bilan tanishtirib boriladi. "Qiziqarli video" nomli ruknda internet tarmog'idagi qiziqarli videolar namoyish etiladi. "Life Hack" ruknida kundalik hayotda kerak bo'ladigan turli foydali maslahatlar beriladi. Janr jihatidan intervyu shaklida tayyorlanadigan "Shipaker" esa ko'rsatuvida asosan inson salomatligi, har xil kasalliklarning oldini olish to 'g'risida respublikadagi ko'zga ko'ringan shifokor-mutaxassislar bilan suhbat olib boriladi.

Mana shunday bir qator ko'rsatuvlarning g'oyaviy-badiiy saviyasi yuqori bo'lishida ovoz rejissorlarining o'rni beqiyos, ekanligini qayd etish o'rinli bo'ladi. Ularning zimmasida juda mas'uliyatli vazifa yuklatilgan. Ma'lumki, nutq, musiqa va shovqin singari uchta asosiy toifa tovushni ifodalaydi. Muallifning g'oyalari amalga

oshirishda ovoz rejissorligi sohasi ijodiy faoliyatning eng istiqbolli yo'nalishlaridan bin sifatida namoyon bo'ladi.

Shu o'rinda qayd etish lozimki, XX asrda texnika sohasining taraqqiy eta boshlaganligi bizga tarixdan ma'lum. Bu asrda fan-texnikaning turli jabhalarida izlanishlar olib borildi va bu izlanishlar o'z samarasini berib, insonlar tomonidan kashfiyotlar, ulkan yutuqlarga erishildi. Fan texnika rivojlanishi telekomunikatsiya sohasini ham chetlab o'tmadi. "Tomas Edisonning hammuallifi Uilyam Diksonning aytishicha, u 1889-yildayoq ovoz va tasvirni birgalikda ko'rsatadigan qurilma -"kinotofonograf'ni ixtiro qilgan ekan. Lekin uning so'zlarini isbotlovchi hech qanday dalil yo'q. Boz ustiga, XX asrning boshlariga qadar fonografni eng muhim ixtiro, deb yurgan Edison kinotoskopni fonograf bilan sinxronlash harakatlarini davom ettirgan, ammo qo'lidan kelmagach, bu ishga bo'lgan qiziqishi so'nmagan. Kinomatograf rivojlanishining ilk davrlarida ovozli kino hosil qilishga ko'p mamlakatlarda urinishlar bo'ldi. Bunga ikkita asosiy muammo halal berardi: birinchisi tasvir va tovushni sinxronlash bo'lsa, ikkinchisi tovushni yetarli darajada baland chiqmasligi edi. Birinchi muammo tovush va tasvirni bitta uskunaga yozish bilan yechilgan bo'lsa, ikkinchisini yechish oson kechmadi. Chunki tovush diapazonini elektr tebranishlarini kuchaytirib beruvchi qurilma hali kashf qilinmagan edi"1.

Darvoqe, ovoz rejissorligi ijodiy kasb - badiiy tovush obrazlarini yaratuvchi, tovushning dramaturgiyasini yaratuvchi, yangi tovushlarni yaratib ularni qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan. "Haqiqiy ovoz rejissori - haqiqiy artist, ijrochining sirdoshi, fikrdoshi bo'lishi muhim. U shunday sharoit yaratib berishi kerakki, ijrochi unda o'zining bor imkoniyatlarini to'kib socha olsin. Buning uchun ovoz rejissori chuqur bilim, betakror did, katta ishlash qobiliyati va albatta iqtidor egasi bo'lmog'i lozim"2. Demak, bu kasbni egallagan inson fizika, musiqiy akustika, psixologiya, psixoakustika bilimlarini qunt bilan egallagan va albatta, texnik bilimlarga ega bo'lishi kerak. Qoraqalpag'iston televideniyesida musiqachi ijod bilan mashg'ul bo'lsa, ovoz texnigi texnika bilan shug'ullanadi. Ovoz rejissori esa o'z kasbining mohir ustasi sifatida har ikkisini ham eplab ketishga harakat qiladi. Ular ancha serqirra ijodkor sifatida qanday ko'rsatuv topshirilishidan qat'iy nazar, kattami-kichikmi, barchasiga birday mas'uliyat bilan yondashadi, efirga sifatli uzatilishini ta'minlaydi. Ovozni yozib oladi, qayta eshittiradi, qayta ishlaydi, texnik asboblar yordamida turli tovushlarni qo'shadi.

"Intershovqin hosil qiladigan ishonchlilik va hayotiylik bilan kontrastda musiqa - televizion dasturning unsurlaridan biridir. Teledastur esa qanchalik g'alati tuyulmasin, ko'pincha musiqasiz, xuddi intershovqin bilan bo'lganidek, ma'nosiz,

1Amanmuradov Sh., Mirsaidova D. Ovoz rejissorligi mahorati. - Toshkent: O'zDSMI. 2019. - B. 117.

2Kasimxodjayeva A."Musiqiy ovoz rejissorligi asoslari" fanidan ma'ruzalar matni. O'zbekiston davlat konservatoriyasi, "Musiqiy ovoz rejissorligi va informatika" kafedrasi o'qituvchisi.

I fctlT^^^^H 459 http://oac.dsmi-qf.uz

jonsiz va notabiiy bo'lib chiqadi! Birdan ovozsiz sahnada yangray boshlagan musiqa bizga hozir qandaydir yangi narsa yuz berishini yoki biz tomosha qilayotgan sahnada biror narsa jiddiy ravishda o'zgarganini xabar qiladi"3. Efirga uzatiladigan yangiliklar reportajlarning har biriga alohida musiqa yoki har xil ovozli sempllardan foydalanib ishlov beriladi. Ko'rsatuv xarakteriga qarab, musiqaning turli janrlarda bo'lishi tomoshabinni zeriktirmaydi. Sempl orqali esa raqamlarning va foizlarning ko'rsatilishi esa tomoshabin e'tiborini jalb qilib, yanada tushunarli bo'lishiga sabab bo'ladi. "Har qanday asarni musiqalashtirish uning muvaffaqiyatining kafolatidir. Chunki musiqa qahramonlarning ruhiy holatlarini, emotsionalligim, ta'sirchanligini kuchaytirishda, qatnashuvchilarning, obrazlarning xarakterini ochib berishda, harakat, sahnaviy muhit yaratish va boshqa jihatlarda muhim o'rin tutadi"4.

O'rni kelganda aytish lozimki, musiqa ekranda yuz berayotgan voqealarga shunchaki e'tiborni jalb etishi mumkin. Eng muhimi, musiqa ko'rsatuv tasvirga olingan davri, shart-sharoitlari, millati, janri singari xususiyatlariga qarab tanlanishi va qo'llanishi kerak. "Ovoz rejissori kasbi vujudga kelgunga qadar san'atda, ovoz rejissorinig ayrim vazifalarini bajaradigan turli yo'nalishlar mavjud bo'lgan. Jumladan, musiqa tanlovchi - teatr, kino, televideniya va radioda musiqiy eshittirishlar, spektakllar va turli janrdagi musiqalarni fonotekadan foydalangan. Ovoz operatori - asosan texnika bilan bog'liq ishlarni bajargan, yozib olish va qayta ishlov berish. Shovqin hosil qiluvchi tabiatda mavjud bo'lgan yoki narsa va buyumlarning tabiiy shovqinini sun'iy ravishda hosil qiluvchi. Musiqiy sayqallovchi - film, ko'rsatuv, spektakl va musiqiy dasturlarni turli xil musiqa, sempl ovozlar va inter shovqinlar bilan bezatuvchi. Yuqorida aytib o'tigan kasb egalarining ish faoliyati hozirgi kunda ham davom etmoqda, faqatgina ovoz rejissori boshchiligida amalga oshiriladi"5.

Darhaqiqat, hozirgi kunda hududlarda tashkil etiladigan yirik tadbirlar, festivallardan tayyorlangan reportajlar jonli efirda uzatilmoqda. Bu esa soha mutaxassislariga ikki karra mas'uliyat yuklaydi. Ushbu jarayonda reportyor va tasvirchi bilan ovoz rejissori bir joyda bo'lmaydi. Tasvirdagi ovozning sifatiga esa ovoz rejissori mas'ul hisoblanadi. Shu bois, ovoz rejissori bunday holatlarda to'g'ridan-to'g'ri uzatilayotgan ovozga ishlov berishda miksher pultidagi dinamik protsessorlar jamlanmasidan foydalanadi. Keyin ikkinchi kanaldan fon uchun bayram yoki festival mavzusiga oid to'ldiruvchi musiqalardan foydanadi. Demak, jonli efirda qo'shimcha mikrofondan, maxsus ovoz yozish dasturlari hamda miksher pultining ovozga badiiy jilo berishda ishlatiladigan effektlar jamlanmasidan foydalanishni

3M. Maxammetov, Sh. Atamuradova. Televideniye va radio rejissurasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent: "Niso poligraf'. 2017.

4Rustamov V. Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari: o'quv qo'llanma. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. - B. 192.

5Amanmuradov Sh., Mirsaidova D. Ovoz rejissorligi mahorati. - Toshkent: O'zDSMI. 2019. - B. 117. I fctlT^^^^H 460 http://oac.dsmi-qf.uz

bilish taqazo etiladi. "Ovoz rejissori sohaga oid barcha texnikani yaxshi bilishi kerak. Ayniqsa, ijroning ovozli dizayni uchun ishlatiladigan mayda elementlardan tortib ovoz rejissurasiga oid vositalargacha. Ovoz rejissori texnik jihatdan qanchalik malakali bo'lsa, u shunchalik muvaffaqiyatli bo'ladi va ijodiy muammolarni hal qilishda texnik vositalardan foydalanish mahoratini rivojlantirib boradi"6. Ovoz rejissyori - zamonaviy texnik vositalar yordamida ham ijrochi san'ati, ham atrof-muhit hissini tinglovchiga yetkazishi kerak. Buning uchun u tovushni dinamik orqali eshitish va eshitilayotgan tovushning tabiiysidan farqli xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Bunda ovoz rejissori tovushga tegishli tarzda ishlov berishi lozim. Tabiiyki bu vazifani faqat tovush uzatish va insonning psixofiziologik eshitishi qonunlarini yaxshi bilish natijasida amalga oshirish mumkin.

"Ekran madaniyatining eng asosiy alomati: havola etilayotgan obyektlarni audiovizual va dinamik shaklda, ya'ni harakat tasvirini ovoz bilan o'zaro uyg'unlikda uzatishdir. Bu alomat "ekran madaniyati" tizimining barcha unsurlariga taalluqli bo'lib, ularda bir umumiylikni yuzaga keltiradi. Musiqa alohida o'ziga xos ifoda vositalari orqali insonning eng nozik va murakkab his-tuyg'ularini, turli voqea-hodisalar mohiyati va ma'nosini eshituvchiga yetkazib berish xususiyatiga ega"7.

Ovoz, kuy, tovushlarni mono, stereo, hozirgi paytda uch va undan ortiq o'lchamli yozish efirga uzatishda ovoz sozlovchilarning roli beqiyos oshib ketdi. Ovoz rejissorining foydalanilayotgan texnika imkoniyatini puxta bilmasligi, yetarli darajada malakaga ega emasligi, tajribaning kamligi efirda o'zining ifodasini topmay qolmaydi. Ko'rsatuvlar sifatiga, badiiy yaxlitligiga jiddiy zarar ko'rsatadi. Shuning uchun telekanallar ovoz balansi bir-biridan keskin farq qiladi. Qolaversa, aksariyat ovoz rejissorlari ham ovozga badiiy jilo berishda dinamik prosessorlar jamlanmasidan foydalanishmaydi. Shu ham aytish lozimki, ovoz bilan bog'liq jarayon malakali ovoz rejissori tomonidan emas, balki sohadan uzoq texnik xodimlar tomonidan bajarilish holatlari ham kuzatilayotgani sir emas. "G'arb davlatlarining ovoz rejissorlari juda puxta maxsus professional tayyorgarlikka, ham texnik tomondan ham musiqa tomondan, va mustaqil ish boshlashdan avval, tubdan tayyorlanishadi. Ilg'or ovoz rejissorlarning tajribasi tizimlashtiriladi va maxsus o'quv yurtlarida o'qitiladi. Ovoz rejissorlari kadrini sifatli tayyorlash uchun, ikki asosiy bosqichdan iborat bo'lgan o'quv hajmini belgilash lozim: musiqiy-texnik bilimlarni egallash; yangi radiouzatuv texnikasining paydo bo'lishi, efirda ketadigan dasturlarni ovozlashtirishdagi yangi texnologiyalar kelib chiqishi munosabati bilan, vaqti-vaqti bilan malaka oshirib turish"8.

6Бунькова А., Мещеряков С. Студийная звукозапись и основы звукорежиссуры. - Екатеринбург. УГПУ. 2014. -C. 175.

7Ishoqov, A'zam. Kinematografiya tarixi - Toshkent: "Zilol buloq" nashriyoti. 2019-yil. - B. 484.

8Xolida Yunusova. "Ovoz rejissorligi akustikasi asoslari". Ma'ruzalar matni. O'zbekiston davlat konservatoriyasi.

Toshkent: 2020. - B. 36.

I fcOl^^^^HI 461 http://oac.dsmi-qf.uz

Bu jarayonda nafaqat o'tmishdagilarning boy tajribalarini qo'llash, shu bilan birga ilg'or chet davlatlarning tajribalarini ham qo'llash lozim. G'arb davlatlarining ovoz rejissorlari juda puxta maxsus professional tayyorgarlikka, ham texnik tomondan ham musiqa tomondan, va mustaqil ish boshlashdan avval, tubdan tayyorlanishadi. Ilg'or ovoz rejissorlarning tajribasi tizimlashtiriladi va maxsus o'quv yurtlarida o'qitiladi.

Ko'rsatuvlardagi tasvir, ovoz so'nggi texnologiyalar yordamida amalga oshirilishi lozim. Bu yo'lda esa ilk qadamlarni tashlayotgan yoshlarga o'z vaqtida to'g'ri yo'nalish berishimiz kerak. Har bir ijodkorni tarbiyalashda asosiy e'tibor uning mahoratini oshishiga qaratilishi kerak. Shuningdek, barcha bosqichlarda bo'lg'usi ijodiy va texnik xodimlar yonma-yon bo'lishlari yaxshi samara beradi. Misol uchun telejurnalistikaga ixtisoslashayotgan talaba amaliyot jarayonida o'ziga tengdosh texnik mutaxassislar operatordan boshlab ovoz rejissori va chiroqchiga qadar ijodiy hamkorlikni boshlashi kerak.

Bunda telestudiyada yoshlarga o'rgatiladigan texnikalar, video kameralar va montaj uskunalari zamonaviy bo'lishi lozim. Chunki eski texnikada o'rgangan yoshlar ertaga amaliyotdagi yangi texnika va sharoitga moslashishi qiyin kechadi. Agar tegishli jihozlar bo'lmasa, tomoshabin mualliflar tomonidan yaratilgan badiiy tasvirning kichik, ammo baribir muhim qismini yo'qotish xavfini tug'diradi.

"Rejissura - o'ta injiq, o'ta murakkab san'at sohasi. Bu faoliyat bilan shug'ullanuvchi shaxsdan katta bilim, cheksiz xayolot ko'lami, qat'iyat va talabchanlik, nozik did, tashkilotchilik va rahbarlik mahorati talab qilinadi, deyiladi filologiya fanlari nomzodi, professor N.Qosimovning "Teatr" jurnaliga yozgan "Rejissura - uning qismati" maqolasida"9. Ovoz rejissyorligi yo'nalishlari keng va ulardan asosiylari quyidagi yo'nalishlardir:

- Televideniye ovoz rejissori

- Radio ovoz rejissori

- Musiqiy studiya ovoz rejissori

- Tomosha-konsert ovoz rejissori

- Teatr ovoz rejissori

- Kino ovoz rejissori10. Shu nuqtai nazardan qaralganda, ustoz ovoz rejissorlarning ijodini o'rganish, ularning tajribalarini, ijodiy uslublarini chuqurroq tahlil etish, xorijiy telekanallarning ovozlashtirish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qayd etish joizki, Qoraqalpog'iston xalqining madaniyati juda boy tarixga ega hisoblanadi. Qolaversa, ushbu madaniyat turli xalqlarning madaniy an'analarining

9 Rustamov V. Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari: o'quv qo'llanma. Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. - B. 192.

10Kasimxodjayeva A. "Musiqiy ovoz rejissorligi asoslari" fanidan ma'ruzalar matni. O'zbekiston davlat konservatoriyasi, "Musiqiy ovoz rejissorligi va informatika" kafedrasi o'qituvchisi.

I icclT^^^^H 462 http://oac.dsmi-qf.uz

qorishmalarini ham o'zida mujassamlashtirgan. Xalqning o'ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari asrlar davomida sayqallanib kelgan. Jumladan, XIX asrda kino va radioning kashf etilishi ham qoraqalpoq xalqining madaniyatini yanada rivojlanishiga hissa qo'shgan. Shu tariqa, respublikamizda ham ovoz operatori, ovoz rejissori kabi yangi sohalar shakllanib, taraqqiy etishni boshlagan. Ayniqsa, 1970-yillarda raqamli texnikalarning ishlab chiqarilishi, stereofoniya, ko'pkanalli uskunalar, sintezatorlar, kompyuter dasturlarining paydo bo'lishi ovoz rejissori kasbining takomillashuviga katta hissa qo'shgan. Qoraqalpoq ovoz rejissurasini yanada rivojlantirish uchun soha vakillarining xorijda tajriba orttirishga yuborish hamda sohada yangi, zamonaviy texnikalar, asbob-uskunalardan foydalanishni yo'lga qo'yish kerak.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, ovoz rejissori kasbi bu nafaqat texnikaviy bilim, balki ijodiy yondashishni ham talab qiladigan sohalardan biridir. Hozirgi zamon ovoz rejissorlari ovoz yozuvlari, efir uzatuvi, montajlar, turli xil ko'rsatuvlarning ovozlashtirilishiga mas'ul shaxsdir. Shu bois, Qoraqalpog'iston telekanallarida faoliyat yuritadigan ovoz rejissori zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishi, matbuot, axborot va media tarmoqlari, jumladan, televideniye va radio sohasida xizmat qilishga o'zini bag'ishlagan, zamon kishisi bo'lishi darkor. Buning uchun esa ushbu sohada tahsil olayotgan talabalar ham nazariy, ham amaliy tayyorgarlikka ega bo'lishi joizdir. Ovoz rejissori esa bu yerda ham muallif, ham ijrochi, ham ovoz yozuvining prodyuseri hisoblanadi. Shu jihat ayonki, texnikalarni avtomatlashtirish asosida asosiy yo'l yo'riqlar maxsus qoidalar ko'rinishida ifodalangan bo'ladi.

Shunday ekan, "Ovoz rejissorligi mahorati" faniga ixtisoslashgan kasbiy fanlarni umumlashtirish zarur. Shuningdek, sohaga taalluqli xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish, ularni o'quv amaliyotiga olib kirish borasida ham samarali vazifalarni bajarish lozim. Qolaversa, bugungi kunda texnika, fan taraqqiy etayotgan bir paytda har kuni yangilik, maxsus jihozlar, dasturlar yaratilmoqda. Ularning imkoniyatlaridan unumli foydalanib, darslik, o'quv qo'llanmalarni yaratish kerak. Eng muhimi, ovoz rejissorligi sohasida ishlash uchun kuchli iste'dod, o'tkir zehn, qobiliyat, musiqiy bilim, xorijiy tili ko'nikmasi bo'lishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kasimxodjayeva A. "Musiqiy ovoz rejissorligi asoslari" fanidan ma'ruzalar matni. O'zbekiston davlat konservatoriyasi, "Musiqiy ovoz rejissorligi va informatika" kafedrasi o'qituvchisi.

2. M. Maxammetov, Sh. Atamuradova. Televideniye va radio rejissurasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent: "Niso poligraf". 2017.

3. Rustamov V. Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari: o'quv qo'llanma. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. - B. 192.

4. Amanmuradov Sh., Mirsaidova D. Ovoz rejissorligi mahorati. - Toshkent: O'zDSMI. 2019. - B. 117.

5. Бунькова А., Мещеряков С. Студийная звукозапись и основы звукорежиссуры. - Екатеринбург. УГПУ. 2014. - C. 175.

6. Ishoqov, A'zam. Kinematografiya tarixi - Toshkent, "Zilol buloq" nashriyoti. 2019-yil. - B. 484.

7. Xolida Yunusova. "Ovoz rejissorligi akustikasi asoslari". Ma'rualar matni. O'zbekiston davlat konservatoriyasi. Toshkent: 2020. - B. 36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.