Научная статья на тему 'OVOZ REJISSYORLIGI KASBI KLASSIFIKATSIYA VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

OVOZ REJISSYORLIGI KASBI KLASSIFIKATSIYA VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
800
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ovoz rejissori / kasb / sanʼat / kino / studiya / jarayon / faoliyat / malaka / taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Arzimatov Botirali Abdumajidovich

Mazkur maqolada ovoz rejissorligi kasbining umumiy klassifikatsiyasi va takomillashtirish masalalari atroflicha yoritib berilgan. Shu bilan birga ovoz rejissorligi kasbining oʻziga xos xususiyatlari va uning kinomatografiya sohasi taraqqiyotidagi oʻrni haqida fikr-mulohazlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OVOZ REJISSYORLIGI KASBI KLASSIFIKATSIYA VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

OVOZ REJISSYORLIGI KASBI KLASSIFIKATSIYA VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Arzimatov Botirali Abdumajidovich O'zDSMI Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada ovoz rejissorligi kasbining umumiy klassifikatsiyasi va takomillashtirish masalalari atroflicha yoritib berilgan. Shu bilan birga ovoz rejissorligi kasbining o'ziga xos xususiyatlari va uning kinomatografiya sohasi taraqqiyotidagi o'rni haqida fikr-mulohazlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: ovoz rejissori, kasb, san'at, kino, studiya, jarayon, faoliyat, malaka, taraqqiyot.

FEATURES OF CLASSIFICATION AND IMPROVEMENT OF VOICE

DIRECTION PROFESSION

Arzimatov Botirali Abdumajidovich Fergana regional branch of the UzSIAC

Abstract: This article discusses the specifics of the profession of sound directing and its role in the development of the field of cinematography. The general classification of the profession of sound directing is covered in detail. At the same time, suggestions were made to improve the profession of sound directing.

Keywords: sound director, profession, art, film, studio, process, activity, skill, development.

Ovoz rejissori kim? degan savolga qisqa javob eshita olmaymiz. Chunki, ovoz rejissori kino, televideniye, teatr, radio va ovoz yozish sohasida faoliyat yurituvchi va ovozning badiiy jihatiga javob beruvchi shaxsdir. Ovoz rejissori kasbi vujudga kelgunga qadar san'atda, ovoz rejissorinig ayrim vazifalarini bajaradigan turli yo'nalishlar mavjud bo'lgan.

Jumladan, musiqa tanlovchi - teatr, kino, televideniya va radioda musiqiy eshittirishlar, spektakllar va turli janrdagi musiqalarni fonotekadan foydalangan. Ovoz operatori - asosan texnika bilan bog'liq ishlarni bajargan, yozib olish va qayta ishlov berish. Shovqin hosil qiluvchi tabiatda mavjud bo'lgan yoki narsa va buyumlarning tabiiy shovqinini sun'iy ravishda hosil qiluvchi. Musiqiy sayqallovchi - film, ko'rsatuv, spektakl va musiqiy dasturlarni turli xil musiqa, sempl ovozlar va inter shovqinlar bilan bezatuvchi. Yuqorida aytib o'tigan kasb egalarining ish faoliyati hozirgi kunda ham davom etmoqda, faqatgina ovoz rejissor boshchiligida

amalga oshiriladi. Ovoz rejissorligi kasbi bir qancha yo'nalishlarga bo'linib, bir-biridan farqlanadi. Bular quyidagilar:

- teatr ovoz rejissori;

- musiqiy ovoz rejissori;

- kino ovoz rejissori;

- radio ovoz rejissori;

- televideniya ovoz rejissori;

- ommaviy tadbirlar ovoz rejissori;

Respublikamizda ovoz rejissorligi kasbi salkam bir asr mobaynida rivojlanish bosqichini bosib o'tdi. Bu davrda bir qancha yetuk ovoz rejissorlari jumladan: (radioda) Nabi Hasanov, Anvar Tojiyev, (kinoda) Yo'ldosh Abdukarimov, (televideniyada) Rixsixo'ja Umarxo'jayev, Xayrulla Karimov, Cho'lpon Abbasov ovoz injeneri bo'lib hujjatli filmlar studiyasida ishlab ovoz rejissorligining rivojlanishiga katta hissalarini qo'shib ketishgan, hozirgi kunda oliy toifali ovoz rejissori Atabayev Zokir, (kino) Karimjon Bo'ribayev, Senchilo, Rovza Hakimova, (televideniya) Muxtor Oripov, Akbar Mirzayev, (teatr) Dalil Xadjayev, Husniddin Komilov teatrda, Igor Iosis ommaviy tadbirlarda va boshqa ko'plab mahoratli ovoz rejissorlari o'z ishlari bu sohada respublikamiz dovrug'ini dunyoga tanitishdi. Ayniqsa, dublyaj sohasida 60-80 yillarda dublyaj qilingan xorij fílmlari o'zining sifatliligi mazmuni jihatidan butun dunyoda e'tirof etilganligi bilan respublikamiz ovoz rejissorlik sohasida ancha ilg'or natijalarni qo'lga kiritilganligini isbotlab berdi[1: 6,8].

Yuqorida qayd etib o'tganimiz kabi ovoz rejissorligi ma'lum darajada murakkab kasb hisoblanadi. Uning klassifikatsiyasi (tasnif) nimada o'z aksini topadi degan savol paydo bo'lishi tabiiy hisoblanadi. Bunga javob tariqasida klassifikatsiyaning mazmun-mohiyatiga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Klassifikatsiya o'zi ilm yoki inson faoliyatining biror sohasiga oid o'zaro bir xil tushunchalar sistemasi hisoblanib, har bir fanga xos muhim mantiqiy amal bo'ladi[2:1]. Uning vositasida shu fan doirasida to'plangan bilimlar qat'iy tartibga solinadi. Klasifikkatsiya yordamida esa, ovoz rejissorligi fanida muhim ahamiyat kasb etuvchi jadvallar, chizmalar, grafiklar, kodekslar vujudga keladi. Tabiiy va sun'iy klassifikatsiyalar bir-biridan farq qiladi. Barcha sohalarda bo'lgani kabi ovoz rejissorligi sohasida hamki, davr o'tishi bilan o'rganilayotgan obyekt haqidagi bilimlarimizning rivojlanishiga mos ravishda takomillashtirib, tuzatilib, rivojlantirilib boriladi. Ovoz rejissorligi boshqa rejissura sohalari kabi ma'lum darajada jarayonni boshqarishi taqoza etadi. Shuningdek, u madaniyat va san'at sohasining barcha jabhalarining taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shu bilan birga yana ba'zi manbalarda ovoz rejissorligi kasbi va uning ijodiy o'ziga xos xususiyatlari haqida quyidagicha fikr-mulohozalar keltirilgan. Xususan, ovoz rejissorligi kasbi - ijodiy kasb - badiiy tovush

obrazlarini yaratuvchi, tovushning dramaturgiyasini yaratuvchi, yangi tovushlarni yaratib ularni qayta ishlash kabi vazifalarni o'z ichiga qamraydi. Bu kasbni egallagan inson albatta texnik bilimlarga ham ega bo'lishi kerak.

Ovoz rejissorligi kasbining klassifikatsiya va takomillashtirish masalari juda murakkab va katta ilmiy-tahlil ishlarini talab qiladi. Ovoz rejissori doimo o'z bilim, ko'nikma va malakasini zamonaviy xorij texnologiyalarini o'rganish orqali boyitib borishi mumkin. Bundan tashqari - fizika, musiqiy akustika, psixologiya, psixoakustika va albatta musiqiy bilimlarga ega bo'lishi kerak. Ovoz rejissori -ovozni yozib oladi, qayta eshittiradi, qayta ishlaydi, texnik asboblar yordamida turli tovushlarni qo'shadi. Bu kasb kinoindustriyada, musiqiy ovoz yozuvida, teatr, radio va televideniyada, konsertlarda, tovush restavratsiyasida talab qilinuvchi kasbdir. "Haqiqiy ovoz rejissori - haqiqiy artist, ijrochining sirdoshi, fikrdoshi bo'lishi muhim. U shunday sharoit yaratib berishi kerakki, ijrochi unda o'zining bor imkoniyatlarini to'kib socha olsin. Buning uchun ovoz rejissori chuqur bilim, betakror did, katta ishlash qobiliyati va albatta iqtidor egasi bo'lmog'i lozim [3:1].

Ovoz rejissorligi kasbi klassifikatsiyasining takomillashish masalalari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Uni takomillashtirish mediaga oid bo'lib, bu madaniyat va san'at sohasi mahsulotlarining mukammaligiga erishiladi. Ovoz rejissorligining rivojlanishi nafaqat kinomatografiya taraqqiyoti uchun balkim dramaturgiya, grim, rejissura sohalarining ham rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Bu jarayonlar xususida taniqli san'atshunos olima Abulqosimova "Kino san'ati asoslari" asarida: kinoning rivojlanib borish jarayonida bo'lajak film syujetini oldindan yozib olishga ehtiyoj tug'ildi. Dastlabki ssenariylar bo'lajak film voqealarini kadrlar bo'yicha muayyan nomerlar bilan yozib olishdan iborat bo'lar edi (texnik ssenariy). Keyinchalik kino uchun asar yozadigan mualliflar teatr dramaturgiyasi tajribasiga murojaat qildilar, shu tariqa ssenariylar pyesaga o'xshay boshladi. To'g'ri, bunday ssenariylarda so'z juda oz o'rin egallagan, chunki u vaqtlarda kino ovozsiz edi. Kino ovozli bo'lgandan keyin kinodramaturgiya jadal rivojlana boshladi [4:6] - deya ta'kidlab o'tganlar. Shuningdek, Sh. Amanmuradov, D.Mirsaidovalarning "Ovoz rejissyorligi mahorati" asarida ham ovoz kinamatografiyada namoyon bo'ladigan elementar ko'rinishlardan avval paydo bo'lgan degan fikrni ilgari suradi. "Ovoz yozuvi kinomatografdan oldin paydo bo'lib, tasvir va ovozni sinxronlashga harakat esa kino yaratilishi bilan bir vaqtda yuzaga kelgan.

Tomas Edisonning hammuallifi Uilyam Diksonning aytishicha, u 1889-yildayoq ovoz va tasvirni birgalikda ko'rsatadigan qurilma - "kinotofonografni ixtiro qilgan ekan. Lekin uning so'zlarini isbotlovchi hech qanday dalil yo'q. Boz ustiga, XX asrning boshlariga qadar fonografni eng muhim ixtiro, deb yurgan Edison kinotoskopni fonograf bilan sinxronlash harakatlarini davom ettirgan, ammo qo'lidan kelmagach, bu ishga bo'lgan qiziqishi so'nmagan. Kinomatograf rivojlanishining ilk

davrlarida ovozli kino hosil qilishga ko'p mamlakatlarda urinishlar bo'ldi. Bunga ikkita asosiy muammo halal berardi: birinchisi tasvir va tovushni sinxronlash bo'lsa, ikkinchisi tovushni yetarli darajada baland chiqmasligi edi. Birinchi muammo tovush va tasvirni bitta uskunaga yozish bilan yechilgan bo'lsa, ikkinchisini yechish oson kechmadi. Chunki, tovush diapazonini elektr tebranishlarini kuchaytirib beruvchi qurilma hali kashf qilinmagan edi[5:9].

Haqiqatan ham filmlarga ovoz kirib kelishi bilan tomoshabinlar auditoriyasi kengaydi, ifoda usullari tamoman yangicha mazmun kasb etdi. Kino hali ovozsiz bo'lgan dastlabki paytlarda aktyorlar ijrosi qisman teatrni eslatib turgan. Sababi, film mazmunini yoritishda asosan ijroga tayanilgan va aktyorlar mimikasi, ifodali harakatlari yetakshilik qilgan. Ovoz filmning ta'sir doirasini yana ham kengaytirdi, maxsus tasmalarga yozib olingan nutq, musiqa, shovqin va boshqa tovushlar yordamida kadrlar "tilga kirdi"[6:31].

Raqamli va ko'p kanalli ovoz yozuvining rivojlanishi ovoz rejissoriga montaj jarayonida juda ko'p imkoniyatlar ochib bermoqda. Ularni amalga oshirish uchun chuqur musiqiy bilimlar va bejirim did egasi bo'lmoq lozim. Zamonaviy ovoz rejissorligining har qanday yo'nalashi, yosh ovoz rejissorining shakllanishida individual yondoshishni talab qiladi. Rivojlanayotgan texnika va efirda ovoz bilan ishlashda qo'llanilayotgan yangi texnologik usullar, TV va RV ovoz rejissoridan tezda yangiliklarga ko'nikish, yangi texnikani o'zlashtirish va badiiy ta'sirchanlikni qo'llashni bilishni talab qiladi. Ovoz rejissori sohaga oid barcha texnikani yaxshi bilishi kerak.

Ayniqsa ijroning ovozli dizayni uchun ishlatiladigan mayda elementlardan tortib ovoz rejissurasiga oid vositalargacha. Ovoz rejissori texnik jihatdan qanchalik malakali bo'lsa, u shunchalik muvaffaqiyatli bo'ladi va ijodiy muammolarni hal qilishda texnik vositalardan foydalanish mahoratini rivojlantirib boradi. Masalan, teatrdagi ovoz rejissori ikkala ijodni birlashtirishi kerak. Ijodiy va texnik vositalarni boshqarishni. Shuningdek, dramaturgiya, rejissor, aktyorlik va sahna munosabatini aniq his qilishi va shunga qarab harakat qilish texnikalarini egalashi zarur[7:18].

Hozirgi kunda zamonaviy radio uzatuvdagi ovoz rejissori kasbining ko'pqirraligi, bu sohadagi mutaxassislarni professional tayyorgarligining sifati haqidagi savolni oldinga suradi. Bu jarayonda nafaqat o'tmishdagilarning boy tajribalarini qo'llash, shu bilan birga ilg'or chet davlatlarning tajribalarini ham qo'llash lozim. G'arb davlatlarining ovoz rejissorlari juda puxta maxsus professional tayyorgarlikka, ham texnik tomondan ham musiqa tomondan, va mustaqil ish boshlashdan avval, tubdan tayyorlanishadi. Ilg'or ovoz rejissorlarning tajribasi tizimlashtiriladi va maxsus o'quv yurtlarida o'qitiladi. Ovoz rejissorlari kadrini sifatli tayyorlash uchun, ikki asosiy bosqichdan iborat bo'lgan o'quv hajmini belgilash lozim:

■ musiqiy-texnik bilimlami egallash;

■ yangi radiouzatuv texnikasining paydo bo'lishi, efirda ketadigan dasturlarni ovozlashtirishdagi yangi texnologiyalar kelib chiqishi munosabati bilan, vaqti-vaqti bilan malaka oshirib turish.

Bu o'z navbatida ovoz rejissorligi kasbini takomillashtirish uchun xizmat qiladi. Teleradiouzatuv ovoz rejissorining shakllanishidagi foydali rolni tajribali mutaxassislarning master-klasslari o'ynashi mumkin. Ularning hayotiy misollaridan efirdagi tovush bilan ishlash ko'nikmalarini namoyon qilishlari yosh ovoz rejissorlariga qo'l keladi. Teleradiouzatuv yo'nalishidagi ovoz rejissorlarini tayyorlash jarayonida akustika, musiqiy bilimlar asoslari, teleradio dasturlarni musiqalashtirish, tinglab tahlil qilish, orkestrlash tarixidagi yo'nalishlar kabi bilimlar asoslari katta ahamiyatga egadir. Bu bilimlarni egallash bilan bir qatorda amaliy vazifalarni ham bajarib borish muhimdir: teleradiouzatuv dasturlarining ovozlashtirilishini tahlil qilish va referat shaklida bajarish, kurs ishlari, jonli ijroning texnik ovoz yozuvi, qisqa video ko'rinishni mustaqil ovozlashtirish va boshqalar.

Yangi O'zbekistonda ovoz rejissorligi kasbini takomillashtirish uchun bir qancha ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustda "Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ - 3176-sonli qaroriga asosan, yosh avlod tarbiyasida muhim o'rin tutadigan multiplikatsion filmlar 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab esa 50 tadan ishlab chiqarish ko'zda tutilgan. Sohada sifatli va milliy qadriyatlarimizga mos ijodiy ishlarni yanada ko'proq yaratish jarayonlariga xolisona qatnashadigan Badiiy kengashning yuqoridagi qaror asosida tashkil etilishi esa katta natija bo'ldi. Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning g'oyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish masalasiga ham qarorda alohida e'tibor qaratilib, shu maqsadda kino sohasining yetuk namoyandalari va tajribali mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuzilishi belgilangan [8:1] Undan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining milliy kino san'atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish maqsadida 2021-yil 7-aprelda "Kino san'ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PF-6202-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra "O'zbekkino" Milliy agentligi O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi. Ushbu qaror bilan, kino san'ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan O'zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti va Agentlik va O'zbekiston kino sanoati vakillari

uyushmasi muassisligida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etildi. [9: www.lex.uz ] Bunday ijobiy o'zgarishlar soha taraqqiyoti va ovoz rejissorligi kasbining klassifikatsiyasi mukammalashuviga xizmat qilish bilan birga istiqboldagi ijodiy ishlarga motivatsiya bo'ladi.

Albatta, har bir kasbda bo'lgani singari ovoz rejissorlarining ham ijtimoiy, ham man'an himoyasi mavjud. Davlatimiz tomonidan ularning muhofazasi bo'yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, asosiysi xavsiz va mukammal mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan:

- mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog'lomlashtirish chora-tadbirlari bo'yicha bo'limni o'z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;

- tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o'rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o'rinlarini attestatsiya qilish kartalari;

- mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;

- ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o'qitish, yo'l-yo'riq berish va bilimlarini sinovdan o'tkazish dasturlari;

- mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ma'muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);

- xodimlar bilan yong'inga qarshi yo'l-yo'riq berish va yong'in-texnikaviy minimum mashg'ulotlarini o'tkazish dasturi [10:1].

Albatta, insoning hayot xavsizligi uning kasbiy xususiyatlaridan yuqori turadi. Inson sog'lom bo'lsagina yaxshi va samarali mehnat qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jihatdan har tamonlama qo'llab-quvvatlangan xodimgina mukammal ijodiy asar yarata oladi. Soha xodimlariga esa, qonuniy jihatdan ham barcha shart-sharoitlar yaratib berilgani quvonarli albatta. Endi, har tomonlama yetuk asarlar orqali xalqimizga xizmat qilish har bir ovoz rejissorining oliy saodatli vazifasidir. Davlatimiz rahbari va ma'sullar tomonidan qaratilayotgan yuksak e'tibor va etirofga munosib bo'lib, Yangi O'zbekistonning ovoz rejissurasi sohasini yanada rivojlantirib, dunyo standartlariga javob beradigan media mahsulotlarini yaratish davri keldi deb, baralla aytgimiz keladi. Kinomatografiya rivojida ovoz rejissorlari qo'ldan kelguncha xalqimizga astoyidil xizmat qilamiz.

Ushbi ilmiy maqolani yozishda ko'plab adabiyotlarni va sohaga doir qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o'rganish natijasida quyidagi takliflarni bildirib o'tmoqchiman:

- O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Texnogen san'at (kino, televideniya va radio ovoz rejissorligi)" ta'lim yo'nalishi qabul kvotasini 100 foizga oshirish;

- Madaniyat markazlarida ovoz rejissorligi shtatida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni malakasini oshirish;

— O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Texnogen san'at (kino, televideniya va radio ovoz rejissorligi)" ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarni xorijiy madaniyat va san'at oliygohlariga tajriba almashish maqsadida doimiy ravishda jo'natish;

— O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filialida "Texnogen san'at (kino, televideniya va radio ovoz rejissorligi)" ta'lim yo'nalishini ochish;

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: "Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz - hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo'rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli, buyuk xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo'lib, yakdil va ahil bo'lib harakat qilsak, halol-pok bo'lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz"- deya ta'kidlab o'tgani kabi Yangi O'zbekistoning ovoz rejissorligi sohasida ham albatta, yang tarix sahifalarini yaratamiz. Shunday ekan, buyuk madaniyat yaratgan xalq sifatida ajmu shijoatimizni, tariximizning soha taraqqiyotiga baxshida etamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Amanmuradov Sh., Mirsaidova D. Ovoz rejissyorligi mahorati. - Toshkent:. O'zDSMI. 2019. 117b.

2. To'rayev V. Tasnif. Manba: https://qomus.info/oz/encyclopedia/t/tasnif/

3. Kasimxodjayeva A. "Musiqiy ovoz rejissyorligi asoslari" O'zDK.

4. Abulqosimova X. Kino san'ati asoslari. - Toshkent.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2009. - 96 b.

5. Amanmuradov Sh., Mirsaidova D. Ovoz rejissyorligi mahorati. - Toshkent:. O'zDSMI. 2019. 117b.

6. A'zamov D. Kino muvvafaqiyati// jur. Teatr - Toshkent, 2016.№5. 48b.

7. Бунькова А., Мещеряков С. Студийная звукозапись и основы звукорежиссуры. - Екатеринбург. УГПУ. 2014. 175 с.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustda PQ - 3176-sonli "Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. Manba: www.lex.uz

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-aprelda "Kino san'ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qо'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish tо'g'risida"gi PF-6202-sonli Farmoni Manba: www.lex.uz

10. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirining Buyrug'i. "Televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun mehnatni

muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida". Toshkent sh., 2011-yil 30-iyun, 35-B-son. [O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 25-iyulda ro'yxatdan o'tkazildi, ro'yxat raqami 2248]

11. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

12. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

13. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

14. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

16. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

17. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

18. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

19. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

20. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

21. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

22. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

23. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

24. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

25. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

26. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

27. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

28. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

29. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

30. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

31. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

32. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

33. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

34. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

35. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

36. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

37. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

38. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

39. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

40. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

41. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.

42. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

43. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.

44. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.

45. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.

46. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

47. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.