Научная статья на тему 'OVOZ REJISSORLIGI VA OVOZ YOZISH STUDIYALARINING BUGUNGI KUNDA TUTGAN О‘RNI'

OVOZ REJISSORLIGI VA OVOZ YOZISH STUDIYALARINING BUGUNGI KUNDA TUTGAN О‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
609
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ovoz / rejissor / studiya / madaniyat markazi / televideniya / radio / musiqa

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Botirali Abdumajidovich Arzimatov

Ushbu maqolada bugungi kunda ovoz rejissorligi faoliyati, madaniyat markazlarida ovoz rejissorligi va ovoz yozish studiyalarni tashkil etish metodikasi hamda ovoz rejissorligi sohasini rivojlantirish va bu sohani yetuk kadrlar bilan ta’minlash, yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va respublikamizda kechayotgan iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OVOZ REJISSORLIGI VA OVOZ YOZISH STUDIYALARINING BUGUNGI KUNDA TUTGAN О‘RNI»

OVOZ REJISSORLIGI VA OVOZ YOZISH STUDIYALARINING BUGUNGI

KUNDA TUTGAN O'RNI

Botirali Abdumajidovich Arzimatov O'zDSMI Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda ovoz rejissorligi faoliyati, madaniyat markazlarida ovoz rejissorligi va ovoz yozish studiyalarni tashkil etish metodikasi hamda ovoz rejissorligi sohasini rivojlantirish va bu sohani yetuk kadrlar bilan ta'minlash, yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va respublikamizda kechayotgan iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: ovoz, rejissor, studiya, madaniyat markazi, televideniya, radio, musiqa.

THE ROLE OF VOICE DIRECTORY AND VOICE RECORDING STUDIOS

TODAY

Botirali Abdumajidovich Arzimatov

Fergana regional branch of UzSIAC

Abstract: This article discusses the current activities of sound directing, methods of organizing sound directing and recording studios in cultural centers, as well as the development of the field of sound directing and its staffing, the introduction of new technologies and its impact on socio-economic development.

Keywords: voice, director, studio, cultural center, television, radio, music.

Hozirgi rivojlanish davrida san'atning texnika bilan bog'liq sohalari, jumladan "Ovoz rejissorligi" sohasi rivojlanib kelmoqda. Yangi O'zbekistonda malakali soha mutaxassislariga bo'lgan talab yanada kuchaymoqda.

XX asrda texnika sohasining taraqqiy eta boshlaganligi bizga tarixdan ma'lum. Bu asrda fan-texnikaning turli jabhalarida izlanishlar olib borildi va bu izlanishlar o'z samarasini berib, insonlar tomonidan kashfiyotlar, ulkan yutuqlarga erishildi.

Fan texnika rivojlanishi telekomunikatsiya sohasini ham chetlab o'tmadi. Radio va televideniyening ixtiro qilinishi, telestudiyalar ochilib ommaga tatbiq etilishiga sabab bo'ldi. Telekomunikatsiya sohasining rivojlanishi o'z navbatida, sohaga taalluqli yangi kasblarning paydo bo'lishiga zamin yaratdi. Bu yangi kasblardan rejissor, ovoz rejissori, operator, texnik muhandis va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.

Ayniqsa, XX asrning oxiriga kelib, ovoz rejissorligi sohasi kasb sifatida rivojlanib, juda kengaydi desak adashmagan bo'lamiz. Ovoz yozish studiyalari barpo etilib, eng so'nggi texnik anjomlari bilan jihozlanmoqda. Bunga miksher pultlari, turli nusxadagi mikrofonlar, ovoz kuchaytirgichlar, kompressorlar, kompyuterning yangi nusxasi Apple Mackintoshni misol qilishimiz mumkin. Bugungi kunga kelib ovoz yozish studiyalari Apple Mackintoshning imkoniyatlaridan foydalangan holda, ovoz (ijro) benuqson yozib olinib, musiqiy asarlar professional darajada tayyorlanmoqda. Hozirda ovoz yozuvlari asosan raqamli tarzda yozib olinmoqda. [1:5]

Ovoz rejisserligi ikkita asosiy yo'nalishdan tashkil topgan: texnik, ilmiy va badiiy-falsafiy. Eng boshida quyidagi bilimlar asosi kerak bo'ladi:

- musiqiy bilimlar asoslari;

- sozdan tovush chiqarish bilim asoslari;

- musiqa tarixi asoslari;

- har qanday soz va uskunalarning ishlatish asoslari;

- akustika, psixoakustika, elektroakustika va fizika asoslari;

- kompyuterlarni mukammal bilish.

Raqamli va ko'p kanalli ovoz yozuvining rivojlanishi ovoz rejissoriga montaj jarayonida juda ko'p imkoniyatlar ochib bermoqda. Ularni amalga oshirish uchun chuqur musiqiy bilimlar va bejirim did egasi bo'lmoq lozim. Zamonaviy ovoz rejissorligining har qanday yo'nalishi, yosh ovoz rejissorining shakllanishida individual yondoshishni talab qiladi. Rivojlanayotgan texnika va efirda ovoz bilan ishlashda qo'llanilayotgan yangi texnologik usullar, TV va RV ovoz rejissoridan tezda yangiliklarga ko'nikish, yangi texnikani o'zlashtirish va badiiy ta'sirchanlikni qo'llashni bilishni talab qiladi. Zamonaviy radiouzatuvdagi ovoz rejissori kasbining ko'pqirraligi, bu sohadagi mutaxassislarni professional tayyorgarligining sifati haqidagi savolni oldinga suradi. Bu jarayonda nafaqat o'tmishdagilarning boy tajribalarini qo'llash, shu bilan birga ilg'or chet davlatlarning tajribalarin ham qo'llash lozim. G'arb davlatlarining ovoz rejissorlari juda puxta maxsus professional tayyorgarlikka, ham texnik tomondan ham musiqa tomondan, va mustaqil ish boshlashdan avval, tubdan tayyorlanishadi. Ilg'or ovoz rejissorlarning tajribasi tizimlashtiriladi va maxsus o'quv yurtlarida o'qitiladi. Ovoz rejissorlari kadrini sifatli tayyorlash uchun, ikki asosiy bosqichdan ibora bo'lgan o'quv hajmini belgilash lozim:

musiqiy-texnik bilimlarni egallash;

yangi radiouzatuv texnikasining paydo bo'lishi, efirda ketadigan dasturlarni ovozlashtirishdagi yangi texnologiyalar kelib chiqishi munosabati bilan, vaqti-vaqti bilan malaka oshirib turish.

Teleradiouzatuv ovoz rejissorining shakllanishidagi foydali rolni tajribali mutaxassislarning master-klasslari o'ynashi mumkin. Ularning hayotiy misollaridan

efirdagi tovush bilan ishlash ko'nikmalarini namoyon qilishlari yosh ovoz rejissorlariga qo'l keladi. Teleradiouzatuv yo'nalishidagi ovoz rejissorlarini tayyorlash jarayonida akustika, musiqiy bilimlar asoslari, teleradiodasturlarni musiqalashtirish, tinglab taxlil qilish, orkestrlash tarixidagi yo'nalishlar kabi bilimlar asoslari katta rol o'ynaydi. Bu bilimlarni egallash bilan bir qatorda amaliy vazifalarni ham bajarib borish muhimdir.

Ovoz kuchaytirish tizimlari tufayli qadrli tinglovchilarimiz konsertlar va teatrlarda sifatli va kuchaytirilgan tovushlarni eshitish, aktyorlar, xonandalar va sozandalar esa o'z mahorati va iqtidorini minglab tomoshabinlarga namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ammo bunga erishish qanchalik qiyin ekanligini ko'pchilik bilavermaydi. Ovoz muhandisining konsertlardagi ishi studiyalardagi ishdan jiddiy farq qiladi. Tez-tez safarlarga chiqish, og'ir apparatlar, ba'zan akustikasi yomon havosi og'ir zallar, ko'p sonli omma, xonanda va sozandalarning injiqliklari - konsertlardagi ishning ajralmas qismi. Musiqachilar va tomoshabinlar studiyada ishlangan tovushga yaqin bo'lgan sadolanishni eshitishni xohlashadi. Bunday vaziyatlarda, asosiy mutaxassis, albatta ovoz rejissori bo'ladi. Barcha ishlar risoladagiday bo'lsa-ku, uni birov eslamasligi ham mumkin. Agar qandaydir kamchilik sezilsa, darhol ovoz rejissorini aybdor qilishadi. Ko'p narsalarni bilish va bajara olish zarur. [2:72]

Zamonaviy radiouzatuvdagi ovoz rejissori kasbining ko'pqirraligi, bu sohadagi mutaxassislarni professional tayyorgarligining sifati haqidagi savolni oldinga suradi. Bu jarayonda nafaqat o'tmishdagilarning boy tajribalarini qo'llash, shu bilan birga ilg'or chet davlatlarning tajribalarin ham qo'llash lozim. G'arb davlatlarining ovoz rejissorlari juda puxta maxsus professional tayyorgarlikka, ham texnik tomondan ham musiqa tomondan, va mustaqil ish boshlashdan avval, tubdan tayyorlanishadi. Ilg'or ovoz rejissorlarning tajribasi tizimlashtiriladi va maxsus o'quv yurtlarida o'qitiladi. Ovoz rejissorlari kadrini sifatli tayyorlash uchun, ikki asosiy bosqichdan iborat bo'lgan o'quv hajmini belgilash lozim: musiqiy-texnik bilimlarni egallash; yangi radiouzatuv texnikasining paydo bo'lishi, efirda ketadigan dasturlarni ovozlashtirishdagi yangi texnologiyalar kelib chiqishi munosabati bilan, vaqti-vaqti bilan malaka oshirib turish. [3:11]

Ovoz rejissori bo'lish uchun qanday bilimlarga ega bo'lish lozimligini ko'rib chiqamiz. Avvalo bu yo'lga - birinchi tajribadan to haqiqiy professionalizmgacha bo'lgan yo'lga nazar tashlasak. Unda uchta asosiy bosqichni belgilab o'tsa bo'ladi. Birinchisi - "o'zim uchun", ikkinchisi - "demo", uchinchisi - "profi" "O'zim uchun" - eng sodda urunishlar. Bu "personal studiya"lardagi eng arzon ovoz platalarida, duch kelgan mikrofonlarda va tekin bo'lgan musiqiy dasturda qilingan harakatlardir. "Demo" - bu o'ziga xos universitetga o'tuvchi o'rta maktab. Bunda qilingan ishni nafaqat yaqin do'stlarga, balki professional studiyalardagi "kattalar"ga ham uyalmay

ko'rsatish mumkindir. "Profi" - nomining o'zi ko'p narsa haqida gapirmoqda. Albatta bu kasbni mohir ustasi bo'lish uchun ancha yillar ketadi. Quyida shu bosqichlarni utishda kerak bo'lgan bilimlarni sanab o'tamiz. Shuni eslatib o'tish joizki ovoz rejissorligi kasbi noyobdir. Agar musiqchi ijod bilan shug'ullansa, ovoz texnigi texnika bilan shug'ullansa, ovoz rejissori ikkisini ham eplab ketishi kerak. Ovoz rejissorligi kasbi uchun hattoki uchta oliy ma'lumotga ega bo'lish xalaqit qilmas edi. Bular: texnik, musiqiy va ovoz rejissorlik ixtisosliklari. Ovoz rejissori bo'lish yo'lidagi bosqichlarga qaytsak. Kichik xonaki studiyalarda nima boladi? Mikrofon, ovoz kartasi va MIDI klaviaturali kompyuter. Yomon emas! Ovoz rejissori esa bu yerda ham muallif, ham ijrochi, ham ovoz yozuvining prodyuseri. Ko'p tarqalgan va haqiqatdan uzoq bo'lgan fikr bo'yicha arzon asbob uskunalarda jiddiy ish qilib bo'lmaydi. Qilib bo'ladi! Albatta texnik jihatdan, yozib olingan narsa mukammallikdan yiroqda bo'lishi mumkin.

Kinoda ovoz rejissori. Har qanday filmni yaratish jarayoni tayyorgarlik, suratga olish, montaj, tuslash singari uch bosqichga bo'linadi. Kinochilar bu bosqichlarni preprodakshn, proprodakshn va postprodakshn deb ataydilar. Ovoz rejissori bu barcha uch bosqichda ham ishtirok etadi. Sinxron shovqinlarni yozish taxminan aktyorlar ovozi yozuviga o'xshab ketadi, faqat bunda suratga olish paytida barcha yozilgan ovozlar muhitdan tashqari yoziladi. Bularga taqillash, g'irchillash, shaqillash, bilqillash, zarblar, qadam kabilar kiradi. Buning uchun ko'p vaqt sarflashga to'g'ri keladi. Bu barcha ovozlarni tiklash bilan "fol artistlar" deb nomlangan ajoyib odamlar shug'ullanadi. Film yaratishning so'nggi bosqichida ovoz rejissori deyarli asosiy mutaxassisga aylanib qoladi. Albatta, bu bosqichda montaj ham qilinadi, negaki, buni montaj tuslash davri deb ataladi. Tuslash ayni shu mutaxassislarga aytilgan. Ilgari aktyorlarni qayta ovozlashtirish jarayoni tuslash deb yuritilgan, hozir bu termin biroz eskirdi, ammo aktyorlarni qayta yozish (agar maydonda biror sabab bilan yomon yozilgan bo'lsa) bu ovoz, rejissorining postprodakshndagi yagona vazifasi emas. Bunda shovqin va montaj ovozi ham, saunddizayn ham, qayta yozuv ham amalga oshiriladi. [4:111, 112]

Ovoz yozish studiyasi. Bugungi kunda dolzarb bo'lib kelayotgan Madaniyat markazlarida tashkil etiladigan studiyalarning vazifalari nimalardan iborat? Agar barcha madaniyat markazlarida mavjud bo'lsa. Afsuski, barcha madaniyat markazlarida mavju emas.

Madaniyat markazlarida xalq ijodiyoti janrlari bo'yicha ma'lumotlar bazasini yaratish va havaskorlik san'atini rivojlantirish, O'zbekistonning nomoddiy madaniy merosi obyektlari va namunalarini saqlab qolish va ko'paytirish, havaskorlik jamoalari va to'garaklar ishtirokchilarining tayyorlagan dasturlarini yozib olib, tadbirda foydalanish va keng ommaga namoyish etish, aholining barcha qatlamlari tomonidan talab qilingan zamonaviy madaniy-ma'rifiy xizmatlarni keng yoyish,

iqtidorli yoshlarni ma'naviy qo'llab-quvvatlash va ijodkor yoshlaming yutuqlarini targ'ib qilish, aynan studiyalar ishini o'rganish uchun keladigan yoshlar, o'smirlar ichidan iqtidorlilarini tanlab olib kasbga yo'naltirish, ularni hayotimizga kirib kelgan zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ovoz yozish studiyalarini tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalasi bo'lmoqda.

Markaz rahbariyati ishni dastlab professional mutaxassisni topishdan boshlash lozim. Tegishli tartibda hujjat ishlari taxt bo'lgach, belgilangan maqsadga muvofiq, tanlangan xonada ishlar quyidagicha olib boriladi:

Ovoz yozish studiyasi madaniyat sohasida ijodkorlarga xizmat ko'rsatish manbai hisoblanadi.

Studiyalar imkoniyatlari doirasida (madaniyat markazlarining rejasidagi tadbirlaridan tashqari) aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o'rnatilgan tartibda pullik xizmat ko'rsatadi. Ijtimoiy ijodiy buyurtmalar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan boshqa shartnomalar bo'yicha turli madaniy ommaviy sifatli tayyorlashda yordam ko'rsatadi.

Tuman madaniyat bo'limi boshlig'i tasdiqlagan shu reja asosida studiya ish faoliyatini olib boradi. Yaxshi niyatlar bilan boshlangan ishning natijasi va sifati ko'p jihatdan ovoz yozish vositalari, texnika va texnologiyalari, ovoz yozish va eshittirish dasturlari, qolaversa ovoz yozish rejissoriga bog'liq hisoblanadi. Bundan tashqari ovoz yozilayotgan studiyaning akustik sifatlari ham muhim ahamiyatga ega. Yuqori sifatli tovush eshittirishga erishish uchun, avvalo, maxsus akustik ishlov berilgan xonalar, studiyalar jihozlanadi. Yuqori sifatli tovushlarni yozib olish uchun studiyalar tashqi shovqinlardan yetarlicha himoyalangan bo'lishi kerak. Shuni ta'kidlash joizki, standartlashtirish tashkilotlari tomonidan studiyalarning akustik ko'rsatkichlariga alohida e'tibor qaratilmagan, yaqinda ular tomonidan rad etilgan ko'pgina tavsiyalar ko'nikmalari akustik sohada ko'rib chiqilib, dolzarbligini yo'qotmaganligi e'tirof etildi. Zamonaviy nashrlarda ham studiyalar akustikasi haqida maqola tayyorlansa, albatta, ana o'sha tavsiyalarga ishora qilinadi.

Akustik loyihalashning asosiy tamoyillari juda oddiy bo'lib, bunda yangi ish boshlamoqchi bo'lgan xodimlarga qaratilgan bitta tavsiya bilan baholash kifoyadir. Hech qachon mustaqil ravishda studiyalarni yoki apparat xonalarni loyihalashga yo'l qo'yilmaydi. Hamisha professional mutaxassislarga maqsadli ravishda yondashish tavsiya etiladi.

Birinchidan, bitta binoda reverberatsiyalar turlarini turli xil konstruktiv eshitilishlar bilan ta'minlash, jumladan, har tomonlama qulay, estetik va iqtisodiy tomondan hamda impuls jihatidan qulay tuzilmalarga ega variantlar tanlanishi lozim. Bu muammolarni hal etish uchun yetarli darajada amaliy tajriba va loyihalash, studiyani sozlash bo'yicha esa malakaga ega bo'lish qat'iyan talab qilinadi.

Ikkinchidan, binolarning akustik jihatdan ovozni yutish hamda ovozni pasaytirish fonlari hisob kitobini nihoyatda aniq deb bo'lmaydi. Bu bir qator omillar bilan, ya'ni hisob kitobda ishlatiladigan ovoz pasaytirish haqidagi ma'lumotlar o'rtacha statistikaga ega turli xil materiallar bilan chambarchas bog'liq. Hozirda bu sohada sezilarli darajada siljishlarga erishilmoqda. Studiyada akustik o'lchovlarni o'tkazishda faqtagina me'yoriy ko'rsatkichlarni aniqlash bilan cheklanibgina qolinmaydi. Studiyalarni loyihalash ishiga yuksak professional mahoratga ega mutaxassislarni jalb etishning maqsadga muvofiqligini yana bir karra tasdig'i sifatida shuni aytish mumkinki, studiyalar akustikasi va ovoz sozlash ishlari sifatsiz, qoniqarsiz o'tkazilsa, u yana ko'plab ortiqcha sarf-xarajat va mablag' talab etadi, natijada hamma ishni yana boshidan boshlashga to'g'ri keladi.

Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. Masalan, ovoz yozish va ovoz sozlash sifatlari pasayib ketadi, bu o'z navbatida ovoz rejissorlarining haqli e'tiroziga sabab bo'ladi.

Studiyalarni akustik loyihalashda ikki guruhdan tashkil topgan vazifalarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

Birinchisi, studiyani halal beruvchi shovqinli tovushlardan himoya qilish bilan bog'liq.

Ikkinchisi, bevosita studiya ichidagi muayyan tuzilmali ovoz maydonga ega bo'lgan muhit bilan bog'liqdir. Birinchi toifadagi vazifalar qurilish akustikasi uslubi bilan hal etilsa, ikkinchi uslub esa arxitektura akustikasi bilan alohida ko'rib va eshitib hal qilinishi kerak.

Studiyalarda ovoz fonini hosil qiluvchi uchta asosiy mexanizmlarni aytib o'tishimiz zarur.

1. Aylanma shovqin

2. Havo shovqini

3. Mexanizm tuzilmali ovoz

Aylanma shovqin ventilyator va protsessor motori orqali ovozni havoga tarqatilishiga sabab bo'ladi.

Havoli shovqin - bu mexanizm ovozni studiya chegarasi orqali yetkazib keladi. Havo shovqinlari manbayi transport shovqinlari hisoblanadi.

Nazorat agregatlarining aralash apparatlarida ishlaydigan ovoz, studiya yon atrofdagi xonalar va koridorlardagi shovqinli ovozlar ham shular jumlasidandir.

Mexanizm tuzilmali ovoz, bu fon ovoz to'lqinlarini bino ko'lami ichida tarqatadi, yani ularning vibratsion yuklamalari shaklida qo'zg'atilganda tarqatilishidir.

Tuzilmali ovoz manbayiga misol qilib shularni aytish mumkinki, studiyaga yondosh xonalar, koridorlar, lift ichidagi va boshqa texnologik uskunalar orqali

tuzilmali shovqinlar vujudga keladi. Yuqorida ko'rsatilgan barcha shovqin manbalari bilan kompleks ravishda kurashish kerak va oldini olish zarur.

Tajribalarda ko'rsatilishicha binolardagi apparatlar studiyaning hajmiy va rejaviy qarorini to'g'ri qabul qilish juda muhim.

Shuning uchun ham zamonaviy madaniyat markazlarining kompleks apparat xonalarini yangilash borasida qurilish ishlari boshlansa, unga albatta akustika bo'yicha mutaxassisni ish boshlanishidan oldin bo'lajak binoning qavatlari bo'yicha reja tuzilayotganda taklif qilinishi kerak.

Faqat shundagina kamxarajat sarflab, ovoz yozish studiyalarini shovqindan himoyalagan holda joylashga erishish mumkin.

Hozirda aylanish shovqini yetarli darajada ishlab chiqilgan bo'lib, har bir studiyaga texnologik uskunadan issiqlik ajratuvchilar sonini hisobga olgan holda havo almashtirish jarayoni talab darajasida aniqlanadi. Mazkur ma'lumotlar asosida havo aylanish tizimi va aylantirgichlar turlari tanlab olinadi. Shundan so'ng tizimning aniq konfiguratsiyasi hisobga olib, pasaytirgichlari o'rnatiladi. Odatda studiyalarga minimal miqdorda ikkita ko'rinishdagi ovoz pasaytirgichlar kerak bo'ladi. Birinchisi, magistiral kirish joyida havo aylantirgich yani vintilyator matoridagi va popturubkasi ishlatiladi. Ikkinchisi, bu seksiyali deb nomlanib, studiyaga havo aylantirishning chiqish joyiga o'rnatiladi.

Bu usul garchi biroz qiyinroq bo'lib ko'rinsada, ovoz pasaytirgichlar va turlariga talabni to'g'ri aniqlab beradi hamda ular shovqinni yetarli miqdorda ta'minlaydi. Bunga qurilishdagi qo'llanilgan ishlarni misol qilishimiz mumkin. Havo aylanish tizimining noto'g'ri ulanishi ham keraksiz shovqinlarni ham keltirib chiqadi. [5:96]

Quyida sizga madaniyat markazlarida faoliyat ko'rsatayotgan ovoz rejissorlarining lavozim vazifalari, bilishi muhim bo'lgan hujjatlar va malaka talablarini keltirib o'tamiz:

- Lavozim vazifalari: Tomosha zalidagi akkustikani yuqori saviyada bo'lishini ta'minlash, radiokarnaylarni, mikrofonlarni ta'mirlash va sozlash, fonoteka fondini shakllantirish, mavjud fonoteka materiallarini (musiqa, shovqin) qabul qilish, hisobga olish, ishlatiladigan nazorat-o'lchov uskunalarini ishlatish ishlarini tashkillashtiradi; sahna va tomosha zalida ovozni kuchaytirib berish, ularni bir maromda ishlatish, elektrik va boshqa texnik xodimlar bilan hamkorlik qiladi; ovoz rejissori baholash mezoniga asosan 1 oyda kamida 12-15 ta madaniy ma'rifiy tadbirlarda ovoz kuchaytirgich moslamalari bilan qatnashishi shart. bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini tayyorlab, tadbirlardan olingan fotosurat va ma'lumotlardan yig'ma jild tayyorlaydi;

- Bilishi lozim: Hukumat qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, idoraviy va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda ularni amaliyotda qo'llash, ulardan kelib chiqadigan xizmat vazifalarini belgilay olishni, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan unumli foydalanishni, mikrofonlami ta'mirlash va sozlashni bilishi lozim, fonoteka materiallarini (musiqa, shovqin) qabul qilish, hisobga olishni, ishlatiladigan nazorat-o'lchov uskunalarini ishlatish va ta'mirlash qoidalarini bilish, ovoz sozlash tembrlarini bilish kerak.

- Malaka talablari: oliy yoki o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan hamda madaniyat sohasida kamida 1 yillik ish stajiga ega bo'lishi lozim. Ovoz rejissori madaniy-ma'rifiy muassasalar ish faoliyatini tubdan yaxshi tushunadigan mutaxassis bo'lishi, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni bilishi hamda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, ijodkor, iqtidorli xodim tayinlanadi1.

Quyida ovoz rejissorligi va ovoz yozish studiyalari faoliyatini yanada rivojlantirishga doir taklif keltirib o'tilgan:

Birinchi taklif: Rahbar zimmasiga yuklatiladigan asosiy vazifalardan biri -xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, yangi texnologiyalar bilan ishlash va ishni tashkil etish uslubiga o'rgatishdan iborat. Tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, bozor munosabatlarini rivojlantirishdagi 80% to'siqlar tashkilot xodimlari muammolari bilan bog'liq ekan. Bu muammolar tarkibiga xodimning joriy etilayotgan yangiliklarga qarshiligi, qayta o'qishni xohlamasligi, yangicha ishlashni istamaslik, tashkilot maqsadlari bilan shaxsiy ehtiyojlarning o'zaro mos kelmasligi kabilar kirishi mumkin[6:144]. Shu sabab, madaniyat markazlarida faoliyat olib borayotgan 826 nafar ovoz rejissori2 va O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti va O'zbekiston davlat konservatoriyasida ovoz rejissorligi mutaxassisligi bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilarning malakasini har uch yilda oshirib borish kerak.

Amalga oshirish mexanizmi: Madaniyat markazlarida faoliyat olib borayotgan ovoz rejissorlari malakasini O'zDSMI huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida oshirish bo'yicha har uch yilga mo'ljallangan reja-jadval tasdiqlash. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti va O'zbekiston davlat konservatoriyasida ovoz rejissorligi mutaxassisligi bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilarning malakasini chet elda oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Kutilayotgan natija: Madaniyat markazlarida faoliyat ko'rsatayotgan ovoz rejissorlarining ish samaradorligi yuqori sur'atlarda ortadi. Ansambllar ijrolarini yozib olish va madaniy tadbirlarni o'tkazishda ovozni pastanovka qilishning zamonaviy xorij tajribalarini professor-o'qituvchilardan o'rganadi. O'zbekiston

1 Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markaz tomonidan ishlab chiqilgan "Madaniyat markazlari xodimlarining malaka tavsiflari va funksional majburiyatlari" dan olingan

2 Mazkur taklifdagi xodim soni O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2019-yil 4-iyun "O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Madaniyat markazlarining namunaviy shtat jadvalini tasdiqlash to'g'risida"gi 24-son qo'shma buyrug'i asosida hisoblangan.

davlat san'at va madaniyat instituti va O'zbekiston davlat konservatoriyasida ovoz rejissorligi mutaxassisligi bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilar xorij tajribasini o'rganib talabalarga saboq berishda qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Amanmuradov Sh, Mirsaidova D. Ovoz rejissorligi mahorati. O'quv qo'llanma. "Fan va ta'lim poligraf' bosmaxonasi. Toshkent 2019-y. - 117 bet

2. Akbar Mirzayev. Ovoz kuchaytirish apparaturasi va xavfsizlik texnikasi. "Muharrir " Toshkent, 2013-yil. 80 b

3. Holida Yunusova. "Ovoz rejissorligi akustikasi asoslari" Ma'rualar matni. O'zbekiston davlat konservatoriyasi. Toshkent 2020. 36b

4. Xaytmatova S.A., Tursunmetova R.A. Kinoshunoslik: kino san'ati tahlili va tanqidi. O'quv qo'llanma. - Toshkent.: "Innovatsiya-Ziyo", 2020, 150 bet

5. Hakimova Ozoda. Madaniyat va aholi dam olish markazlarida studiyalar tashkil etish medodikasi. - Toshkent.: "Istiqlol nashriyoti" MCHJ matbaa bo'limi, 2014, 128 bet

6. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT bosmaxonasi. -Toshkent 2005. - B.170.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.