Научная статья на тему 'TEATRLASHTIRILGAN TOMOSHALARNI О‘TKAZISHDA OVOZ REJISSORINING ROLI'

TEATRLASHTIRILGAN TOMOSHALARNI О‘TKAZISHDA OVOZ REJISSORINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
287
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr ovoz rejissorligi / spektaklda musiqa / uvertyura / musiqiy antrakt / musiqiy final / syujetli musiqa / shartli musiqa

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shoxrat Charievich Amanmuradov

Ushbu maqola teatr spektakllarida ovoz rejissorligi o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan. Maqola muallifi teatrdagi ovoz rejissorining rolini ko'rib chiqadi. Maqolada musiqaning spektakldagi roli batafsil tavsiflangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEATRLASHTIRILGAN TOMOSHALARNI О‘TKAZISHDA OVOZ REJISSORINING ROLI»

TEATRLASHTIRILGAN TOMOSHALARNI O'TKAZISHDA OVOZ

REJISSORINING ROLI

Shoxrat Charievich Amanmuradov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqola teatr spektakllarida ovoz rejissorligi o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan. Maqola muallifi teatrdagi ovoz rejissorining rolini ko'rib chiqadi. Maqolada musiqaning spektakldagi roli batafsil tavsiflangan.

Kalit so'zlar: teatr ovoz rejissorligi, spektaklda musiqa, uvertyura, musiqiy antrakt, musiqiy final, syujetli musiqa, shartli musiqa.

THE ROLE OF THE SOUND DIRECTOR IN CONDUCTING THEATRICAL

SHOWS

Amanmuradov Shokhrat Charievich [email protected] The Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article is devoted to the specifics of the sound engineering of a theatrical performance. The author of the article considers the role of a sound engineer in the theater. The article contains a detailed description of the role of music in the performance.

Keywords: theater sound direction, music in the performance, overture, musical interlude, musical finale, plot music, conditional music.

Tomosha san'atlarining ovoz rejissorligi badiiy yaxlitlik sifatidagi tomoshalar (spektakl, film, konsert va h.k.) tovushqatorini yaratish bo'yicha badiiy ijod turidir. Material spetsifikasi, ifodaviy imkoniyatlar va badiiy tomoshani ishlab chiqarish texnologiyasiga bog'liq holda u o'z xususiyatlariga ega bo'ladi.

Ovoz rejissorligi - spektakl umumiy rejissurasining ajralmas tarkibiy qismi, va shu sabab birinchi navbatda u bilan sahnalashtiruvchining o'zi shug'ullanadi. Ammo spektakl ovoz rejissurasining masalalari ovoz texnikasi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu teatrda yangi ijodkor ishchi - teatr ovoz rejissorining paydo bo'lishini belgilab berdi.Tomosha san'atlarining ovoz rejissori sahnalashtiruvchi rejissor va kompozitor bilan hamkorlikda badiiy-ifoda vositalari va zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlarining ulkan spektrini amalga oshirgan holda, audiovizual asarning tovush palitrasini yaratadi.

Ye.Averbaxning "Ovozli obrazning tug'ilishi" nomli kitobida ovoz rejissori ishining uchta asosiy tarkibiy qismi ajratib ko'rsatilgan: tovush bilan ishlash; partitura (matn) bilan ishlash; ijrochi bilan ishlash [1, 6].

Rejissorning ijodiy g'oyasiga muvofiq, u dramaturgik jihatdan asoslangan urg'ular, leytmotivlarni shakllantirib, tovushli kontrastlar yaratadi. Ovoz rejissori san'at va texnika bo'sag'asida turib, ifodaviy usullar, ovoz yozishning texnik va akustik vositalaridan foydalangan holda, turli obrazlarning g'oyaviy-badiiy talqinida rejissorning hammuallifi yoki interpretatori rolida yuzaga chiqadi.

Spektakl tovushqatorining yaratilish jarayoni ikki bosqichdan iborat:

- asardagi tovushli tomosha obrazi kons eptual modelining pesa adabiy ssenariysi, rejissorlik ishlanmasi va tasviriy material asosida shakllanishi;

- mazkur konsepsiyaning ovoz rejissorligi vositalari orqali amalga oshirilishi.

Ovoz rejissori o'z rejalarini tovush ustida boruvchi barcha keyingi ishlarni

belgilab beradigan ovozli eksplikatsiya yoki partiturada bayon etadi. Ovozli yechim asarning boshqa komponentlari bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak. Shu munosabat bilan dramaturg va rejissor ovoz rejissori bilan hamkorlikda rejissorlik ishlanmalarini yaratish asnosida, badiiy asar ustida ishlash bosqichidayoq, ovozli tomosha obrazlariga ishlov berishi juda muhim.

Ovoz rejissori tomoshali obrazga mos keluvchi ko'plab ovozli signallar, rang-barang musiqiy va shovqinli fakturalar, akustik fonlar yoki sun'iy sintezlangan jaranglardan ovozli eksplikatsiya yaratadi. Zamonaviy ovoz texnikasi, eng yangi kompyuter texnologiyalari makon-zamon voqealarini uyushtirish va texnik jihatdan qayd etishda rang-barang imkoniyatlar taqdim etib, sahna va ekranda konseptual modelni shakllantirish bosqichida ovoz rejissori tasavvurida yuzaga keladigan ovozli tomosha obrazlarini birmuncha aniq qayta yaratish imkonini beradi.

Sahna san'atlarida asarning audiovizual ovozli sohasi bevosita spektakl vaqtida, "jonli" jarangning avvaldan tayyorlangan ovozli unsurlar yoki kompozitsiyalar bilan o'zaro mutanosiblashuvi asosida shakllanadi.

Ovoz rejissori audiovizual asar tovushqatori uchun mas'uldir. Uning asosiy vazifasi - tabiiy tinglashga xos bo'lgan hissiyotlarning butun majmuini to'liq yetkazib berish: makoniy taassurot, jarang shaffofligi, ovozli (musiqiy) muvozanat, tembr bo'yog'i, dinamik belgilar.

Texnik yoritish ovoz rejissoriga o'zining ijodiy g'oyalarini hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Rang-barang texnik palitradan savodli foydalanish zamonaviy ovoz rejissoridan ovoz yozish texnikasi va texnologiyasida yuz berayotgan o'zgarishlarga moslasha olishni talab etadi.

Teatrlashtirilgan tomoshaning ovoz rejissori musiqa, spektaklning bu yoki boshqa joyida, u yoki bu sahnada nimani ifodalashini aniq biladi. Asarni nigoh bilan

to'laligicha qamrab ola bilgandagina, qaysi voqelik funksiyasida aynan qanday musiqa kerak bo'lishini ajratib olish mumkin.

Musiqa tinglovchiga tejamli ishlatilgandagina, aynan zarur joylarda, voqealarni to'ldirib, tomoshabinning idrok etishiga ko'maklashgandagina eng ko'p emotsional ta'sir ko'rsatadi. Ammo ayni paytda musiqani cheklash ijodiy g'oyadan emas, balki uning yo'qligidan kelib chiqadi" [2, 102].

Ovoz rejissori syujetli musiqaning muallifga ko'rinmagan, ammo qahramonning sahnadagi hayotining qaysidir tomonlarini ochib beradigan alohida nomerlarini o'ylab chiqishi kerak.

Illyustrativ deb, o'zining xarakteri, ritmi va mazmunida tasviriy qatorni takrorlovchi musiqaga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda uni "muhit musiqasi" deb ham tavsiflash mumkin. Illyustrativ metod ekrandagi tasvirga bor-yo'g'i bitta ovozli bo'yoq qo'shadi. Illyustrativ asosdan tashqari uning bosh vazifasi - bu turli parchalar va mavjud barcha harakatlarni yagona bir butunlikka birlashtirishdir. Illyustrativ musiqa yordamida voqealar joyi, turmush tarzi va h.k.ning muayyan muhiti yaratiladi.

Mavzuiy metod rejissordan spektakl dramaturgiyasiga nisbatan teran nigoh, muayyan ijodiy tajriba va musiqiy fantaziyani talab etadi. Ushbu metoddan foydalanganda ham butun spektaklning, ham alohida sahnalarning asl mohiyati namoyon bo'ladi. Musiqa ham alohida qahramonlar, ham umumiy qiziqishlar orqali birlashgan qatnashchilar guruhini tavsiflash uchun kiritiladi. U konkret voqeani umumlashtirishi, u yoki bu sahnaning keyingi rivojiga ishora qilishi mumkin. Shunday qilib, umumiy musiqiy g'oya bilan bog'langan butun musiqiy bezakning yagona uslubiga rioya qilinadi. Ayrim asarlarda musiqiy bezak rejasi qandaydir metodga ega emas: musiqa bir sahnada illyustrativ-tasviriy unsur sifatida kiritilgan bo'lsa, boshqasida u sahna yoki qahramon xarakteri, uning kayfiyatining g'oyaviy mazmunini ochib beradi.

Epizodlarni musiqiy bezash jarayonida uning janri, ritmi va sur'ati xususida savol tug'iladi. Ovoz rejissori mazkur epizodga mos keluvchi musiqiy asar topishi kerak. Ishlash davomida yuzaga keluvchi barcha g'oyalarni u spektaklning musiqiy yechimi xususidagi taxminiy rejasiga kiritib qo'yadi va ularni rejissor bilan muhokama qiladi. Musiqiy bezak rejasi ishlab chiqilgach, ovoz rejissori musiqiy material tanlashga kirishadi. Buning uchun u nafaqat musiqiy asar xarakterini bilishi, balki u sahnada aynan qanday ijroda yangrashi kerakligini ham tasavvur qilishi kerak: orkestr (simfonik, estrada, kamer) ijrosida. Musiqiy asarlar orkestrlanish xarakteri, ijro ritmi va sur'ati jihatidan pyesa janriga, postanovka uslubiga, qahramonlar obrazlariga mos kelishi kerak.

Spektakl uchun musiqa tinglash va saralash davomida nafaqat dramaturgik materialni o'rganish, balki bezakning batafsil sahnalashtiruvchi rejasini ham ishlab

chiqish lozim. Musiqa tanlash spektakl repetitsiyasi jarayonida ijrochilar, rejissor va rassom bilan bo'ladigan doimiy ijodiy muloqot davomida yuzaga keluvchi bevosita assotsiatsiyalarni hisobga olgachgina o'tkazilishi kerak. Musiqa tanlashda spektaklning janr alomatlari katta ahamiyat kasb etadi. Komediya, drama, fojea, bolalar ertagi, myuzikl shakl va janr jihatdan turli xil musiqani talab etadi. Muallif uslubi va musiqiy asarning tabiiy birligi alohida musiqiy va badiiy didni talab etadi.

Ko'pincha spektaklga musiqa tanlash voqealardagi romantika, qahramonlik, g'am va shodlik tuyg'ularini ta'kidlab ko'rsatish hamda ifodalash zarurati bilan bog'liq bo'ladi. Bunday vaziyatda klassik va zamonaviy musiqaning boy merosidan foydalanmay bo'lmaydi. Raqsbop musiqa tanlash raqs sahnalashtiruvchisi bilan avvaldan kelishuv asosida bo'ladi. Raqsning emotsional tomoni uni dramaturgik spektakl tarkibiga kiritishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Raqsbop musiqa tanlash qahramonlarning mazkur sahnada ifodalashlari zarur bo'lgan tuyg'u va kayfiyatlaridan kelib chiqadi.

Uvertyura - musiqiy asarlar muqaddimasi bo'lib xizmat qiluvchi orkestr cholg'u pyesasi. Uvertyura opera, balet, kinofilm, dramatik teatr tomoshasi, cholg'u kompozitsiyalari va b.ni ochib berishi mumkin. Uvertyura odatda butun dramaturgik asarning umumlashtiruvchi g'oyasini o'zida jamlaydi. Ba'zan uvertyura tomoshabinni spektaklning umumiy muhitiga yetaklab, fojea va komediyani emotsional jihatdan idroklashga tayyorlaydi.

Musiqiy antrakt dekoratsiyalar o'rnini almashtirish yoki spektakl ko'rinishlari orasidagi pauzalarni to'ldirish uchun zarur. Antrakt musiqasi ko'rinishlar yoki pardalar orasida ro'y beradigan voqealarni bayon etadi. Musiqa tomoshabin fikri va fantaziyasi ishlashi kerak bo'lgan yo'nalishni uyushtiradi. Qulog'i bilan eshitib, ammo tashqi alomatlarni ko'rmay, tomoshabin go'yoki musiqiy obrazlarda rivojlanib boruvchi shu voqeaning ishtirokchisiga aylanadi.

Uvertyura va musiqiy antraktlar tomoshabinni odatda yangi obraz va g'oyalarga tayyorlab, bo'lajak voqealarga yetaklaydi, musiqiy fínallar esa spektaklda bildirilgan g'oyalarni musiqada umumlashtirib, bunday idroklashni yakunlaydi.

Musiqaning voqealardagi ishtirok etish uslubini ikkita asosiy turga bo'lish mumkin: syujetli va shartli.

Syujetliga shunday musiqa mansubki, u berilgan sahnada vaziyat bilan oqlangan bo'lib, uni voqea qahramonlari yo ijro etadilar, yoki tinglaydilar. Ba'zan bu musiqa sahna ortida bo'layotgan voqealarni tasvirlab, parda ortida yangraydi. Syujetli musiqani spektaklga muallifning o'zi kiritadi, va u spektaklning qaysi joylarida yangrashi kerakligini ko'rsatali. Syujetli musiqa voqealar joyi va vaqti tavsifida o'ta ahamiyatli rol o'ynaydi.

Ko'plab spektakllar mavjudki, ularda musiqa kiritishga maxsus mualliflik ko'rsatmalari yo'q. Bunday musiqani shartli deb ataydilar. Shartli musiqa

qahramonlar tavsifini nafaqat keskinlashtirga, balki spektaklning turli sahnalarida ifodali yechimlar topishga qodir. Shartli musiqa voqealarning bevosita va to'g'ridan-to'g'ri ishtirokchisiga, syujetli rivojlanishning muhim vositasiga aylanishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, shunday spektakllar borki, sahna voqealarida foydalaniladigan musiqani na syujetliga, va na shartliga mansub deb bo'ladi. Odatda bu musiqa rejissor tomonidan qandaydir sahnani emotsional sozini yaratish uchun kiritiladi.

Dramaturg ko'rsatmalari asosida voqealarga kiritilgan syujetli musiqa har bir postanovka uchun majburiydir. Muayyan badiiy vazifalarga erishish uchun rejissor tomonidan jalb etilgan shartli musiqa faqat shu teatrning shu postanovkasi uchun to'g'ri keladi. Shartli musiqa ko'pincha voqealar davomida yangrovchi musiqaga nisbatan ancha kuchli badiiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq syujetli musiqa shartlisiga qaraganda birmuncha faol qabul qilinadi, sababi tovush manbaining mavjudligining o'ziyoq, tomoshabin diqqatini o'ziga qaratadi, ayniqsa agar ijrochi - asar qahramoni bo'lsa.

Spektakldagi musiqaning asosiy funksiyalaridan biri - illyustrativlik, u musiqaning sahna voqealari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqasini anglatadi. Musiqaning badiiy ifodaviylik darajasi ko'p jihatdan uning kiritilgan vaqti va joyiga hamda sahnalashtiruvchining badiiy didiga bog'liq. Masalaning ijodiy yechimi davomida musiqa sahna voqealarini teran his ettirishga, sahnadan olingan taassurotlarni to'ldirish va rang-baranglashtirishga qodir.

San'atning barcha turlari o'zaro qiyoslanish kontrastiga asoslanadi: nur va soya, forte va piano, parvoz va qulash, taranglik va bo'shashish. Badiiy, jumladan musiqiy bezakning mazkur tamoyili spektakllarda nihoyatda keng tarqalgandir. Kontrastlanuvchi musiqadan foydalanish - uni voqealarga qo'shishning eng kuchli usulidir. Kontrapunkt uchun odatda shartli musiqadan foydalaniladi, ammo ba'zan syujetli musiqa ham bu funksiyani bajarishi mumkin. Musiqa sahnadagi voqealarni yorqinroq va to'liqroq yetkazib berishga qodir, va ayni paytda tomoshabinga sahnada bo'layotgan voqealarni teranroq tafakkur qilishiga yordam beradi, zero u sahnadagi voqealar va hatto so'zli nutqqa nisbatan kattaroq umumlashtiruvchi imkoniyatlarga ega. Musiqa nafaqat alohida sahnani, balki ba'zida butun spektaklni g'oyaviy-emotsional idroklashda yordam beradi.

Musiqa sahna voqealarining sur'atli-ritmik omili sifatida ham muhim rol o'ynaydi. Bu ayniqsa sahna harakatining aniq ifodalangan ritmiga ega sahnalarga jo'rlikda namoyon bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, musiqa harakatning nafaqat ritmik xususiyatini ajratib ko'rsatadi, balki sahnaning dinamik tarangligini ham kuchaytiradi. Spektakl musiqasi qaysidir ma'noda yo ma'lum voqeaning, yoki butun spektaklning sur'ati va ritmiga bog'liq bo'ladi.

"Musiqa nafaqat sahnadagi personajlar harakatini, balki jonsiz buyumlar harakatini ham: bular avtomashinalar, poyezdlar va h.k., shuningdek, hayvonlarni

ham, mos keluvchi shovqinlar bilan mutanosiblashib, yo bo'lmasa ularni musiqaning ifodaviy vositalari yordamida "tasvirlab", ritmik jihatdan uyushtirishi va ularga emotsional rang berishi mumkin" [3, 44].

Butun spektakl davomida muayyan g'oya, tuyg'u yoki qahramon xarakterining qirrasini ifodalagan holda, bir necha marta takrorlanuvchi musiqiy mavzular katta ahamiyatga ega. Bunday mavzular leytmavzular yoki leytmotivlar deyiladi. Leytmotiv turlari nihoyatda rang-barang bo'lib, u ifodalanyotgan obrazga, spektaklning janr xususiyatlariga bog'liq. Bular o'zgarmas leytmavzular, asosan asar qahramonlarining portretlari bo'lishi mumkin. Biroq har doim ham leytmotiv o'zgarmas bo'lib qolmaydi, aksincha, u rivojlanadi, konkret sahna vaziyatlari va voqealarning o'sha lahzasidagi qahramonning ruhiy holatiga qarab o'zgaradi. Leytmotivlarning o'zgarishi, mavzu-tavsiflarning rivojlanishini mavzui rivojlanish deyiladi. Mavzui rivojlanish spektakl musiqiy bezagining muhim unsurlaridan biridir.

Spektaklning musiqiy bezagi leytmotivlarsiz bo'lishi ham mumkin. Kompozitorlar ko'pincha mavzui rivojlanishdan nihoyatda cheklangan hajmda foydalanadilar, yoki musiqiy dramaturgiyaning boshqa vositalarini afzal ko'rib, undan mutalaqo voz kechadilar.

Spektaklga kiritilgan musiqa shubhasiz, alohida personaj, personajlar guruhi va sahnadagi voqealarga mualliflik munosabatini bildiradi (dramaturg, rejissor, kompozitor). Shunday qilib, musiqa muayyan sahna voqealari yoki alohida qahramonning tomoshabin idrokiga ta'siri bilan birga, butun spektaklning g'oyaviy xulosasiga ham sezilarli ravishda ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Spektaklning musiqiy bezagida turli janrlardagi musiqalardan foydalanilishi mumkin. Dramatik spektaklda ko'proq vokal janrlardan foydalaniladi, cholg'u janrlaridan esa raqsbop musiqa qo'llaniladi. Vokal janrlarga qo'shiq, romans va balladalar kiradi.

Spektakllardagi musiqiy janrlar odatda mualliflik chekinishi funksiyasini bajaradi. Ular yordamida spektaklda kechayotgan voqealarga muallif yoki sahnalashtiruvchi tomonidan baho berilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Авербах Е. Рoждение 3ByKoBoro o6pa3a. М.: McKyccTBo, 1985. — 239 с.

2. Барашв А.А. Пyтевoдитель no режиссуре и актерс^му мастерству: Учеб.пoсoбие. СПб., 2001. — 200 c.

3. К^юрен^ Ю. Остовы звyкoрежиссyры в театре. М.: Искyсствo, 1975. — 248 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.