Научная статья на тему 'MUSIQALI TEATR AKTYORINING OVOZ IMKONIYATLARI'

MUSIQALI TEATR AKTYORINING OVOZ IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
54
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
vakal / ovoz / obraz / rejissyor / aktyor / spektakl / drama / teatr / tomoshabin / tasavvur

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — F.Mannonova

Ushbu maqola musiqali teatr aktyorlik mahoratining asosiy ifoda vositasi bo’lgan ovoz imkoniyatlari va boshqa yo’nalishlardan farqliligi hususida. Musiqali teatr aktyori oldiga qo’yilgan asosiy talab vokal, musiqa vokalli va sahnada maqsadli xatti-harakat qilish mahoratini sintez qila bilishi, bir-biriga o’zaro bog’lay olishi hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQALI TEATR AKTYORINING OVOZ IMKONIYATLARI»

MUSIQALI TEATR AKTYORINING OVOZ IMKONIYATLARI

F.Mannonova O'ZDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqola musiqali teatr aktyorlik mahoratining asosiy ifoda vositasi bo'lgan ovoz imkoniyatlari va boshqa yo'nalishlardan farqliligi hususida. Musiqali teatr aktyori oldiga qo'yilgan asosiy talab - vokal, musiqa - vokalli va sahnada maqsadli xatti-harakat qilish mahoratini sintez qila bilishi, bir-biriga o'zaro bog'lay olishi hisoblanadi.

Kalit so'zlar: vakal,ovoz, obraz, rejissyor, aktyor, spektakl, drama, teatr, tomoshabin, tasavvur.

VOICE CAPABILITIES OF A MUSICAL THEATER ACTOR

F. Mannonova UzSIAC

Abstract: This article is about the possibilities of voice, which is the main means of expression of musical theater acting skills, and its difference from other directions. The main requirement for a musical theater actor is to be able to synthesize and connect the skills of vocal, music-vocal and purposeful behavior on stage.

Keywords: vocal, voice, image, director, actor, performance, drama, theater, audience, imagination.

Musiqali teatrdagi kuylovchi - aktyor, avvalambor, dramaturg tomonidan berilgan shart-sharoitlarda maqsadga muvofiq harakat qiluvchi shaxsdir. Tovush, uning bo'yoqlari, jumlalar ohangi o'zidan o'zi, hech narsaga asoslanmagan holda paydo bo'lishi mumkin emas. Har bir nota, har bir musiqali jumla bastakor tomonidan ma'lum bir maqsad bilan yozilgan. Shuning uchun ham ijroning xarakteri, badiiy uslubi mana shu maqsad orqali aniqlanishi lozim. Aynan ijrodagi ma'nolilik - asarning badiiyligi belgisidir. Agar aktyorning ovozi uning maqsadini aniq ifodalasa, demak bu vokal obrazining ma'lum shart-sharoitlardagi jonli harakatidir. Musiqali teatrda inson qalbining tuyg'ularini ochish vazifasi ovozga yuklatilgan.

Bastakorning g'oyalarini amalga oshiruvchi birinchi va asosiy vosita - bu ovozdir. "Yaxshi, g'oyatda ifodali ijro etilgan jumlaning o'zidayoq parchaning bo'lagidan to'rtdan uch qismini bajarish degan so'z" , - degan edi musiqiy teatrning mashhur rejissyori B.A.Pokrovskiy. Lekin to'rtdan uch qismi degan so'z, bu hali bir butun degani emas. Harakatli kuylashning ahamiyati qanchalik yuksak bo'lmasin u

I icclT^^^^H 452 http://oac.dsmi-qf.uz

kuylovchi - aktyorning sahnaviy hayotini oxirigacha to'liq ochib berolmaydi. "Musiqali spektaklda aktyorning o'yini ashulaga qo'shimcha emas. Bu aktyorning sahnada yashash shakli. Bunda kuylash, berilgan harakatning jonli oqimidagi zaruratga aylanadi", - deydi yana ta'kidlab.

Kuylovchi aktyor orkestr ovozini yorib o'tishi, o'z ovozini tomosha zaliga yo'naltirishi kerak. Orkestrdan ajralib qolmaslik uchun dirijyorni ko'rib turishi lozim. Bu musiqali teatrning navbatdagi shartligidir.

Sahna talablari esa aktyordan erkin harakat qilishni, qulay va noqulay bo'lgan turli holatlarda kuylashni, dirijyor bilan emas, partnyor bilan muomalada bo'lishni, xatti-harakatlarda nafas olishga qulaylik qidirishda emas, balki mantiq bilan fikrlashni talab qiladi.

Sahnaviy - vokal mahorati aynan shunga qaratilgan. Kuylovchi - aktyor musiqani deb sahna haqiqatidan, sahnaviy haqiqat deb musiqadan voz kechmay, aksincha, ularni tabiiy ravishda bir-biriga uyg'unlashtirsagina haqiqiy sahnaviy - vokal obrazi paydo bo'ladi. Bunda musiqa va sahnadagi harakat bir-biriga xalaqit bermaydi, balki bir-birini kuchaytiradi. Musiqali teatr aktyorining drama aktyoridan farqi nimada? . Dramatik teatrda bu faqat psixo-fizik xatti-harakat bo'lsa, musiqali teatrida unga yana musiqa - vokalli xatti-harakat qo'shiladi. Dramatik aktyorni spektaklning tempo-ritmi boshqaradi. Uni his qilgan aktyor, shunga asoslanib o'z obrazini boshqaradi. Musiqali teatrda musiqa spektaklga jon bag'ishlaydi. Musiqa ila boyitilgan asarning voqealari kuy va qo'shiqlar orqali bir- biri bilan bog'lanadi. So'zdan asar dunyoga keladi, so'zdan qo'shiq yaraladi. Sahnadagi qahramonning ichki iztirobi kuchayib, quvonch yoki hasrat cheksiz bo'lganda, so'z bilan ifodalab bo'lmas holat - qo'shiq va kuy orqali tomoshabinga yetkazib beriladi.

K.S.Stanislavskiy kuylovchi aktyor va musiqali teatr san'ati haqidagi tadqiqotlarida bu masalani nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Ulug' reformater ta'limotlari va amaliy xulosalarini musiqali teatrlarga aktyor tayyorlashga tadbiq etish, bu sohada o'ziga xos usul va pedagogik yo'lni topish istagi hamon dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Bugungi kunda musiqali teatr aktyorining o'ziga xos harakati bilan musiqali-vokalli ijrochining bir-biri bilan tabiiy bog'lanishi amaliy jihatdan ham, nazariy jihatdan ham asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Musiqali teatrimizning yetuk namoyondalari mumtoz merosimizning eng yaxshi an'analariga suyangan va ilg'or fikrlardan foydalangan holda, musiqali teatr imkoniyatlarining kengligini isbotlovchi, yangi mavzu hamda obrazlar yuzaga keltiruvchi, sifat jihatidan mutlaqo yangi asarlar yaratishdi.1 Musiqali teatr aktyori oldiga qo'yilgan asosiy talab - vokal, musiqa - vokalli va sahnada maqsadli xatti-harakat qilish mahoratini sintez qila bilishi, bir-biriga o'zaro bog'lay olishi hisoblanadi. Musiqali teatrning o'ziga xos xususiyatini tahlil qilishda, bu sohada o'zining yaxshi namoyandalariga ega bo'lgan rus va

1 Tursunov T. Ozbek teatr tarixi. - T.: ART PRESS, 2020. K.S.Stanislavskiy Aktyorning o'z ustida ishlash 1-tom. I ícclT^^^^H 453 http://oac.dsmi-qf.uz

ozarbayjon musiqali teatrining tajribasi muhim rol o'ynaydi. Ular tajribasi shuni ko'rsatadiki, musiqali teatr aktyori o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramay, undagi rejissyor ijodining asosiy qonunlari hamma sahnaviy san'at turlari uchun umumiydir. "Teatr san'ati bilan mashg'ul bo'lgan barcha kishilar uchun ijod qonunlari bir xildir" - degan edi K.S. Stanislavskiy. 2 Sahnada borliqni badiiy ifodalash talabi ham bir xil. Shu talabni amalga oshiruvchi ijodkor ham bir, ya'ni aktyor. Bu teatrlarda aktyorning sahnada obraz yaratish uslubi ham bir - uning asosida ma'lum maqsadga yo'naltirilgan yagona psixo - fizik harakat mavjud.Insonning qalbida sodir bo'layotgan jarayonni ochish yo'li ham bir, ya'ni bu inson fe'lini xatti-harakatlar orqali ifodalashdir. Bularning barchasi, aktyor ijodining qonunlari, hamma tomosha san'atlari uchun bir, deyishimizga imkon beradi. Bu qonunlar, Stanislavskiyning drama va musiqali teatrlarga bag'ishlangan to'plamlarida bayon qilingan. Ammo, yuqorida ko'rsatilganday, umumiy qonunlardan tashqari, musiqali teatr aktyorlarini tarbiyalashning o'ziga xosligini talab qiladigan tomonlari ham bor. Musiqali spektakldagi aktyorning maqsadga muvofiq xatti-harakati - bu musiqa-vokalli-sahnaviy ijro san'atidir. Musiqa bizga tuyg'ularni bildiradi, lekin aktyor va aktrisalar bu tuyg'ularni xatti-harakatlarga ko'chira bilishi kerak. Xatti-harakatning musiqa belgilab bergan vaqt - tempo-ritm qonunlariga bo'ysundirilganligi - musiqali teatr aktyorligi ijodidagi ikkinchi muhim spesifik xususiyatdir.

Musiqali teatrning talabi aktyorning o'z xatti-harakatlarini musiqa usuliga bo'ysundirishi bilan va eng asosiysi, har bir musiqaviy fikrga, yangi harakatlarni topa olishi bilan belgilanadi. Ko'pincha musiqa o'zining daqiqa va soniyalarda o'lchangan xranometraji bilan aktyorga ma'lum miqdordagi harakatlarni bajarishiga va ularni aynan shu musiqa tempo-ritmiga joylay olishiga imkon berayotganday bo'ladi. Lekin musiqaning ma'noli tuyg'ulardan iborat bo'lgan mazmuni aktyorga faqat chegaralangan miqdorda harakatlar bajarishga imkon beradi. Bu musiqali teatr aktyorini spektakl voqealari davomida kerakli harakatlarni va ayniqsa, moslashuvlarni chertib-chertib tanlashga, ularning orasidan eng zarurinigina qoldirishiga majbur qiladi. Bu bilan qisman sahnaviy xatti-harakatlarni detallashtirishdan qo'rqmaydigan dramatik teatr obrazlariga nisbatan vokal obrazlarning ancha ixcham va umumlashganligini tushunish mumkin. Musiqali-vokalli xatti- harakatlarning asosiy spesifik xususiyati mana shundan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tursunov T. O'zbek teatr tarixi. - T.: ART PRESS, 2020. K.S.Stanislavskiy Aktyorning o'z ustida ishlash 1-tom.

2. Qodirov M. Sahnamiz lochinlari -T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 2016

2 Qodirov M. Sahnamiz lochinlari -T.: G' .Gulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 2016

I [ccñ^^BI 454 http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.