Научная статья на тему 'TEATR SAN’ATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

TEATR SAN’ATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
3297
205
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Teatr / san’at / voqelik / tomoshabin / rejissyor / aktyor / adabiyot

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — U.Boltaboeva, Y.Xalilov

Ushbu maqolada teatr san’atining o‘ziga xos xususiyatlari va muhim vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Teatr san’ati hayotni, voqeahodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xattiharakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi. Pyesani rejissyor sahnalashtiradi: rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar o‘tkazadi, rassom, libos tikuvchi, nur sozlovchi, musiqa tanlovchi (yoki kompozitor) va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko‘pchilik bo‘lib tayyorlangan sahna asari tomoshabinga ko‘rsatiladi. Aktyorlar sahnada yuz berayotgan voqealarga berilib, har xil fe’l-atvorli kishilarning qiyofalarini gavdalantiradilar, tomoshabinlarni sezib tursalar ham, sezmaslikka olib o‘ynaydilar. Sahnada hayot, voqelik birmuncha bo‘rttirib aks ettiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEATR SAN’ATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021 ISSN 2181-063X

TEATR SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

U.Boltaboeva Y.Xalilov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining

Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotasiya: Ushbu maqolada teatr san'atining o'ziga xos xususiyatlari va muhim vazifalari to'g'risida ma'lumot berilgan. Teatr san'ati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi. Pyesani rejissyor sahnalashtiradi: rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar o'tkazadi, rassom, libos tikuvchi, nur sozlovchi, musiqa tanlovchi (yoki kompozitor) va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko'pchilik bo'lib tayyorlangan sahna asari tomoshabinga ko'rsatiladi. Aktyorlar sahnada yuz berayotgan voqealarga berilib, har xil fe'l-atvorli kishilarning qiyofalarini gavdalantiradilar, tomoshabinlarni sezib tursalar ham, sezmaslikka olib o'ynaydilar. Sahnada hayot, voqelik birmuncha bo'rttirib aks ettiriladi.

Kalit so'zlar: Teatr, san'at, voqelik, tomoshabin, rejissyor, aktyor, adabiyot.

CHARACTERISTICS OF THEATER ART

U.Boltaboeva Y.Xalilov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides information on the specific features and important functions of theatrical art. Theatrical art depicts life, events, various struggles and contradictions, inner experiences in dramatic actions, through the performance of an actor. It relies on a play or libretto written by a writer. The play is staged by a director: he assigns roles to actors, rehearses with them, works with an artist, a tailor, a lighting designer, a music selector (or composer), and so on. At the end of the performance, a mass production will be shown to the audience. The actors are immersed in what is happening on the stage, portraying people of different personalities, playing on the audience, even if they feel it. Life and reality are a bit exaggerated on the stage.

Keywords: theater, art, reality, audience, director, actor, literature.

Teatr san'atining turlari estrada teatri, maydon teatridir. Teatr asarlarining janrlarini aytmaysizmi? Asosiylari: drama, tragediya, komediya. Ammo teatr

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

yo'nalishi, turiga bog'liq holda ular ko'payib ketadi. Chunonchi, fars, buffonada, tragikomediya, xronika, myuzikl, tarixiy drama, ertak-pyesa, folklor-etnografik tomosha, sahnaviy hazil kabi janrlar bor.

Teatr juda qadim zamonlarda paydo bo'lgan. Ibtidoiy jamiyatdagi mehnat va dunyoqarashlar bilan ko'p. Bular - drama teatri, opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo'g'irchoq teatri, radio teatr, televizion teatr. Teatrning sof tomosha shaklida ko'rinishi dastlab qadimgi Sharqda yuz bergan. Hindiston, O'rta Osiyo, Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Birma, Vyetnamda teatr tomoshalarining xilma-xil shakllari yaratilgan. Teatr miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda paydo bo'lgan. Yunon teatri davlat tomonidan uyushtiriladigan bayramlarda ko'rsatilgan.

1. Teatr san'atining xomashyosi - harakatlanuvchi jonliaktyordir. Teatr san'atida hamma narsani inson - shaxs hal qiladi. Nima ham emas, qanday ham emas, kim ijod qilyapti? Shu muhimdir.

2. Teatr san'atining ikkinchi o'ziga xos tomoni aktyor o'z harakati orqali o'zga shaxsni yaratadi. Ya'ni o'zidan ajralmagan holda o'zgani ixtiro qiladi. Xom ashyo ham, qurol ham, timsol yaratuvchi ham yagona shaxs - aktyor ijodida mujassamlashgan. So'z ham, so'zlovchi ham, so'zanda ham, hosil etilgan mahsulot ham - aktyorning o'zidir. Buning uchun birinchi navbatda i shaxs sifatida shakllangan, o'z dunyoqarashiga ega mustaqil inson bo'lmog'i lozim. Bu o'rinda inson omili o'ta muhimdir! Bugungi kunda ijodkor shaxs bilan yaratilajak timsol o'rtasida ma'lum masofalanish bo'lishi zarur (timsolga munosabat). «Men berilgan shart-sharoitda» emas (mazkur usul o'quv jarayoning birinchi kursi uchun muhimdir) men obrazni gavdalantirishim, unga nisbatan mening munosabatim. Hamza Umarovning obraz yaratish jarayonidagi, ijobiy yoki salbiy qahramonlarning ichki holatini his qilishi, buyuk A.I.Raykin yaratgan timsollar, I.Smoktunovskiyning Gamleti va «Avtomobildan saqlaning» filmdagi Detochkin obrazlari bunga misoldir. Afsuslar bo'lsinki, bugungi o'zbek sahnasida va kinosida bunday qiyofalar yaratish kamyob holat bo'lib kelmoqda. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek qiyofa - timsol - obraz bo'lmasa, borliqning aksi, tasavvur, anglash va ijod ham yo'qdir. Har bir aktyorning o 'ziga xosligi, individualligi - iste'dodning muhim belgisidir.

G'urur. O'z kasbi bilan g'ururlanadigan aktyorlarni tarbiyalash muhim vazifadir. Q'z qobiliyatiga mutanosib baho berish, o'z zimmasidagi vazifa qiymatini yerga urmaslik shart. «MEN -AKTYORMAN! Mening zimmamdagi vazifa o'ta murakkab. Men ma'naviyat elchisiman. Aktyor - Hazrati oliylari! O'z kasbining qadrini bilmaydigan aktyor, o'zligini arzon-chakana shuhratlar quliga aylantirib qo'yadi. Iste'dod maydalashadi, ijodkor shaxs sifatida tanazzulga yuz tutadi. Rejissor va aktyor teatr va adabiyot - jamiyatning ma'naviy qiyofasini belgilovchi minbarligini unutmasliklari kerak.

3. Teatr san'ati - ommaviy san'atdir. Teatr san'atida ijod lahzalari hozir, shu yerda, tomoshabin bilan birgalikda ro'y beradi.Bu tomoshabin va aktyor o'yini. Aktyor va tomoshabin - ikki ijodkor. Shov-shuv, bayramona ruh, ko'tarinki kayfiyat muhimdir. Agar lomosha zali bo'm-bo'sh bo'lsa bu o'ta xavflidir. Bizning san'at ommaviy san'atdir. «Tomoshabin ro'baro'sidagi aktyorning tanholigi» - bu qarama-qarshilikning birligidir. Tomoshabinning qaynoq nafasini sezib turishlik aktyor ijodining eng muhim shartlaridan biridir. Teatr san'atida aktyor bilan tomoshabin hamkorligidagi ijodiy jarayon ro'y berishi zarur. Agar teatrga tomoshabin tushmay qo'ysa bong urmoq zarur. Bunday holatda ikki tomonlama qiziqishni yo'qotishlik vaziyati vujudga keladi.

4. Teatr san 'ati - vaqt va makonda ro 'y beradigan san 'atdir. Buyum shaklida namoyon bo'ladigan san'at bor, faoliyat, xatti-harakat shaklida namoyon bo'ladigan san'at bor. Rassom, haykaltarosh, arxitektor san'ati inson faoliyati natijasida yaratilgan san'atdir. Teatrning o'zi faoliyat bo'lib, hozir, shu yerda, tomoshabinlar ko'z o'ngida, tinglovchilar qarshisida tomosha namoyon qila oladi. Teatr bu - tomosha qilish va tinglash demakdir. Teatr san'atining eng muhim tomoni - tomoshabin ko'z o'ngida sodir bo'ladigan kinetik (harakatlanuvchi) jarayonning o'zgaruvchanligini oldindan rejalashtirilgan holda ta'minlashdan iborat. Teatrdagi barcha hodisalar rivojlanish jarayoni shaklida bo'lib o'tadi. Stsenografiyada bezak emas, vaqt va makonda o'zgaruvchan ma'lum ta 'noni anglatuvchi sahna uskunalari bo'lishi kerak. Spektakldagi musiqa ham vaqt va makon birligida rivojlanishi zarur. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda teatrdagi barcha narsalar jarayondadir, ilialektik xarakterga ega. Hamma narsa qarama - qarshilik birligida. ko'pincha, teatr unsurlari hisoblanmish aktyor o'yini, senografiya va musiqaning bir-biriga qarshi (kontrapunkt) usulidan foydalanish mumkin, ammo bu unsurlarning bir maqsadga qaratilgan uyg'unlikdagi rivojini ta'minlash oliy maqsad bo'lishi zarur.

5. Teatr - barcha san 'atlarning o'zaro uyg'unlashuvidan hosil bo 'ladigan san 'at turidir. Rassom, kompozitor, baletmeyster, ashula, raqs, so'z va boshqa san'atlar unda mujassamdir. Lekin ularning tabaqaviy joylashishi mavjud. Asosiy tayanch - adabiy manba hamda rejissor va aktyor san'ati bo'lib, ular uch birlikni hosil qiladi. Qolgan barcha unsuriar ham g'oya va badiiy timsol yaratish uchun xizmat qiladi.

6. Teatr san'ati - jamoa ko'rinishdagi san'atdir. Shu bilan birga u ijodkor shaxslarni birlashtiradi. Natijada, bir g'oya atrofida turli fe'l-atvor va kayfiyatdagi kishilar boshini qovushtirish muammosi yuzaga keladi. Asosiy qarama-qarshilik shaxs va teatr san'ati jamoa ijodiga asoslanganligi o'rtasidagi kelishmovchiliklardan iborat. Shuning uchun kichik bir ijodiy makonda hamma uchun muqobil muhitni yarata bilish zarur. Buning uchun birinchi navbatda, ma'naviy qarashlari bir hil bo'lgan shaxslarni ijodiy jarayonda birlashtirish, mehnat, maqsadlarning amalga oshirishdagi taqsimotni to'g'ri tashkil etish lozim bo'ladi. «Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun»,

I îhSi^^Bl 42 http://oac.dsml-qf.uz

degan shior hukm surishi kerak. Studiyaviylik muhiti hukm surish kerak. Studio - birga o'rganish, mehnat qilish, sinchiklab o'qish demakdir. Ijodiy muhit yaratish juda ham qiyin, lekin teatr san'atida bu talablarsiz ijod qilish mumkin emas.

7. Teatr san'ati - ikkilamchi san'atdir. Teatrda, eng avvalo, san'at asari hisoblanmish adabiyotdan foydalaniladi. Bir tomondan bu ishni osonlishtirgandek, yengil tuyulishi mumkin. Lekin ikkinchi tomondan teatr o'ta murakkab san'atdir. Qafasdagi erkinlikka (mutelikdagi erkinlikka) erishmoq lozim. Muallifning chizgan chizig'idan chetga chiqmagan holda, erkin ijod bo'lishi kerak. Psixologik teatrda muallifning ruhiyati, asardagi olg'a surilgan fikri saqlanib qolishi kerak. Muallif fikri va g'oyasiga putur yetkazmagan holda adabiy asarni sahnaviy asar qonuniyatlarga bo'ysindirish lozim. Bu rejissor zimmasidagi vazifadir. Shuning uchun ham u rejissor! Teatrda ijodkor bo'lishdan ko'ra havaskor boiish juda ham oson.

Teatr maktabining asosiy va muhim vazifalaridan biri - talabalarning badiiy saviyasini shakllantirishdan iboratdir. Aktyorning axloq va odob sohasidagi tarbiyasi, bir tomondan, teatr san'atining o'ziga xos tomonlariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, aktyorning o'zi tanlagan soha taqozosiga ko'ra, g'oyaviy kurash jabhasining jangchisi sifatida, uzluksiz davom etayotgan g'oyaviy kurashning oldingi safida ekanligi bilan bog'liqdir. Aktyor, g'oyaviy jabha kurashchisi sifatida, millat va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini chuqur anglagan bo'lishi mustaqil Respublikamiz manfaatlarini himoya qilishi kerak.

«Sahna uzunasiga o'ttiz, eniga yigirma qadam, balandligi pardasi barobar uncha katta bo'lmagan makon, - deb yozadi Georgiy Tovstanogov. - Biroq bu makonning pardalari ochilgach, unga o'tmish ham, bugun ham, kelajak ham sig'ishi mumkin...»

Demak, teatr san'ati yo'lida xizmat qilishga bel bog'lagan har bir inson zimmasidagi sharafli vazifani shu yurtning farzandi sifatida, tomoshabin, teatr jamoasi, ptesa muallifi, sahnadagi hamrohi (partnyor) va nihoyat, o'z vijdoni oldidagi mas'uliyatini chuqur anglagan holda ado etishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rizaev O. XXI asr o'zbek teatri: muammolar va rejalar. "Teatr", 2002 yil, 6-

son.

2. K.S.Stanislavskiy "Aktyorning o'z ustida ishlashi" - T., YAngi asr avlodi., 2010.

3. Jumanov I. Sahna nutqi - T., "Abu matbuot-konsalt"MCHJ nashriyoti - 2015.

4. Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o'quv qo'llanma Toshkent, "Innovasion ziyo"-2021.

5. Nosirova A. Jonli so'z san'ati - T., TDSI bosmaxonasi, 2003.

6. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

7. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

8. Haydarov, A., Akbarov, T., & Abdunazarov, Z. (2020). High purpose and leading action. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 609-615.

9. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

10. Абдуназаров, З. (2020). Тимсоллар сиймосини яратиш. Oriental Art and Culture, (III), 146-150.

11. Абдуназаров, З. (2020). Миллий уйинларимиз иштирокида ёш актёрларни тасаввури ва диккатини чархлаш. Oriental Art and Culture, (III), 134138.

12. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

13. Болтабоева, У. (2020). КУТИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУЩНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

14. Boltaboeva, U., Gofurova, B., Pulatov, R., & Mamatkulov, B. (2020). Methods of improving the young actors speech. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1114-1123.

15. Болтабоева, У. (2021). МУСИКДЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

16. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХИДА. Oriental Art and Culture, (6).

17. Болтабоева, У. (2021). УЗБЕК ТЕАТРИ САДНАЛАРИДА ТИЛ ВА НУТК МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental Art and Culture, (7), 171-180.

18. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

19. Usmonov, S., Boltaboeva, U., & Akbarov, T. (2021). Principles of working on a monologue with future actors. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(6), 28-38.

20. Boltaboeva, U., Usmonov, S., & Akbarov, T. (2021). A Look at Askia Art. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2277-2284.

21. Usmonov, S., Boltaboeva, U., Rahmonova, N., & Akbarov, T. (2021). Pedagogical Approaches To Educating Future Actors. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 3(05), 85-90.

22. Болтабоева, У. (2019). Ижодкор шахс-актёрни тарбиялашда жонли сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 37-39.

23. Рахматуллаева, Ш., Болтабоева, У., & Каримов, Б. (2019). Фольклор санъати ва хал; достонлари: кеча ва бугун. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 4649.

24. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

25. Болтабоева, У. (2020). Нут; санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 26-32.

26. Boltaboeva, U. (2019). Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology. Eastern European Scientific Journal, (1).

27. Boltaboeva, U., Sh, U., & Rahmonova, N. (2019). Creative person-the role of live word in educating an actor. European Journal of Arts, (3).

28. Boltaboyeva, U., Rakhmonova, N., & Usmonov, S. (2020). Characteristics of speech Art: problems and solutions. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(4), 559-567.

29. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

30. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

31. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE. International Engineering Journal For Research & Development, 5(Conference), 4-4.

32. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

33. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

34. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

35. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

36. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

37. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

38. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

39. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

40. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

41. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

42. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

43. GofirjonYunusov, R. A., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look at the Folklore of Fergana Valleyor History of a Song in the Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2822-2827.

44. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

45. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

46. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

47. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

48. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

49. Талабоев, А. (2019). Ма;ом санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

50. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

51. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

52. Дех;онов, Р. (2020). СОЕЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).

53. Utaganov, R., Dehqonov, R., & Tuxtasinov, M. (2020). MAIN ADVANTAGES OF TEACHING METHODS IN ARTS. European Journal of Arts, (2), 146-148.

54. Usmonov, S., Utaganov, R., & Dehqonov, R. (2020). Director's knowledge and approach in performing classical plays. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2921-2924.

55. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

56. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

57. Гайдаров, А. (2021). ЁШЛАРИМИЗНИНГ ЭСТЕТИК БАРКАМОЛ БУЛИБ УЛЕАЙИШИДА УЗБЕК ХАЛК ОЕЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИНИНГ УРНИ. Oriental Art and Culture, (6).

58. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

59. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

60. Ас;арова, М. (2021). АДАБИЙ ЖАРАЁННИНГ ЗУККО ТАДКИКОТЧИСИ. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

61. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

62. Mag, A. (2021). Y3EEKHCTOH XA-K APTHCTH TAMAPA XOHHMHHHr COEHK HTTHOOK AABPH^A CAHLATAATH H^OAHH OAOHH£TH. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

63. MagonHMOB, A. (2021). Y3EEKHCTOH CAHLATKOPHAPHHHHT YHYF BATAH YPYmHAA OPOHT BA OPOHT OPTHAA FAHAEATA K^fflTAH XHCCACH (19411945 HHHHAP). Oriental Art and Culture, (7), 144-151.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.