Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MUSIQALI TEATR SAN’ATINING TASHKIL TOPISHI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI'

O‘ZBEKISTONDA MUSIQALI TEATR SAN’ATINING TASHKIL TOPISHI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1529
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Ijod / uslub / janr / musiqali drama / baxshi / san’at

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nazokat Abdumuxtorova

Ushbu maqolada o‘zbek musiqali teatr san’atining paydo bo‘lishi va rivojlanishi o‘z aksini topgan. Uning mustaqil janr sifatida yuksalib, bugungi kungacha alohida maqomini saqlab kelayotgani uning dolzarb bo‘lib qolganini aks ettiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MUSIQALI TEATR SAN’ATINING TASHKIL TOPISHI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI»

O'ZBEKISTONDA MUSIQALI TEATR SAN'ATINING TASHKIL TOPISHI

VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Nazokat Abdumuxtorova abdumuxtorvanazokat3 6 @gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek musiqali teatr san'atining paydo bo'lishi va rivojlanishi o'z aksini topgan. Uning mustaqil janr sifatida yuksalib, bugungi kungacha alohida maqomini saqlab kelayotgani uning dolzarb bo'lib qolganini aks ettiradi.

Kalit so'zlar: Ijod, uslub, janr, musiqali drama, baxshi, san'at.

STAGES OF ORGANIZATION AND FORMATION OF MUSICAL THEATER ART IN UZBEKISTAN

Nazokat Abdumukhtarova abdumukhtorvanazokat3 6 @gmail .com Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The emergence and development of Uzbek musical theater art is reflected in this article. Its rise as an independent genre and maintaining its special status to this day reflects its relevance.

Keywords: Creativity, style, genre, musical drama, entertainment, art.

San'at azaldan dunyoning qurilishi haqidagi diniy, afsonaviy tasavvurlar bilan bog'liq holda rivojlangan. Ibtidoiy davrdan to bugungi kunga qadar san'atdagi tasvirlar ko'p xollarda o'ziga xos tumor vazifasini o'tab, yovuzlik va ezgulik belgisi sifatida nafaqat insonlar tomoshasiga, balki afsonaviy xudolarda xush kayfiyat va yoqimli fikrlar uyg'otishga mo'ljallangan holda rivojlangan. Ijtimoiylashuv o'z taraqqiyoti negizida bir qancha bosqichlarni bosib o'tib, odamning turli qiyofalari transformasiyasini boshdan kechirgan.

XX asr o'zbek teatri madaniyatimiz tarixida ro'y bergan noyob hodisadir. 1914-yili Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush" pyesasi bilan o'z pardasini ochgan o'zbek teatri ikki-uch o'n yillik ichida har bir xalq g'ururlansa arzigulik teatr sifatida maydonga chiqqan. O'zbek teatri jadidchilik harakatining mevasi - marifiy teatr sifatida tug'ilgan. Birinchi o'zbek ijodiy jamoasi bo'lmish "Turon" truppasining "Nizom"ida teatrning bosh maqsadi:

a) aholi o'rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabatni ivojlantirish,

I icclT^^^^H ^ http://oac.dsmi-qf.uz

b) xalq uchun spektakl ko'rsatish, unga sog'lom tomosha berish..., - deb belgilangan bo'lgan. Sahna ishini tashkil etgan va uni xalq orasida keng yoygan Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy singari atoqli marifatparvarlarning say-harakati bilan bu teatr tez orada xalq madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Sanoqli bir necha yil davomida o'ttizga yaqin pyesa yaratilib, aktyorlik va rejissorlik san'atining tub tamoyillariga asos solingan.

Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati - uning oila hayotini tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma'rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotida avj olib borayotgan milliy uyg'onish g'oyalarini tarannum etishda ko'ringan. Jadid ma'rifatparvarlari yoqqan ma'rifat mash'ali qariyb 1930-yillarga qadar yangi g'oya va intilishlar bilan teatr hamda dramaturgiyaga kirib kelgan ahli san'at yo'llarini yoritib turgan. Shuni ta'kidlash joizki, o'zbek teatri milliy mahdudlik qobig'ida o'ralashib qolmay, balki o'z taraqqiyoti yo'lida jahon teatri tajribasini o'zlashtirib borgan "Turon" truppasida boshlangan o'zga xalqlar dramaturgiyasini sahnalashtirish tajribasi keyinroq, o'zbek sahnasiga Shiller, Gogol, Shekspir singari dramaturglar asarlarining kirib kelishi bilan davom ettiriladi.

O'zbek aktyorlarini 1924-1927-yillari Boku teatr texnikumi va M.Uyg'ur, Cho'lpon rahbarligida Moskva teatr studiyasida tahsil ko'rganliklari ularning kasbiy darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etganini ko'rishimiz mumkin. Moskvadagi ta'lim davri rus teatrida turlicha uslubiy yo'nalishlar, izlanishlar avj olgan davrga to'g'ri kelgan. O'zbek aktyorlari bu shov-shuvli teatr hayotini astoydil kuzatib o'rganishgan. Lekin shunisi e'tiborliki, ularga taqlid qilish, uslublarini ko'r-ko'rona qabul qilish yo'lidan bormaydilar. Cho'lpon "Meyerxold teatri" degan maqolasida, masalan, 1920-yillarda Moskva teatri hayotining yalovbardoriga aylangan bu rejissorning shon-shuhrati haqida ilhom bilan qalam tebratgan bo'lsa-da, lekin biron joyda unga ergashish, undan andoza olish fikrini olg'a surmagan. "Bu teatrning soddaligi biz uchun kerak. Ko'pchilikka yaqin kelishi biz uchun lozim. Bizning xalq teatri unsurlaridan ba'zilari bu teatrda bor". Ya'ni ulug' shoir chet tasirlarga nisbatan sezgir, hushyor turishga da'vat etib, faqat o'zbek xalq teatriga xos "ba'zi unsurlar", "soddalik", "ko'pchilikka yaqinlik" jihatlarini olish mumkinligi g'oyasini olg'a surgan.

Bu o'zbek teatrining dastlabki davrdanoq o'z milliyligini asrash yo'lida qat'iy turganligidan guvohlik beradi. Bir jihatdan, bu ajablanarli holat emas. Sababi, taqdirlarini teatr va dramaturgiya bilan bog'lashga ahd qilgan kishilar eski maktab, madrasa ko'rgan, mumtoz adabiyot, musiqa, xalq teatri tasirida bu nafosat olamiga chinakam milliy teatr san'atini barpo etish ezgu istagi bilan kirib kelgan zotlar edi. O'zbek teatrining asoschilari, xususan, atoqli rejissor va teatr arbobi Mannon Uyg'ur o'z atrofiga eng iste'dodli dramaturg va san'atkorlarni uyushtirib, ular bilan

ilhombaxsh izlanishlar olib borar ekan, xalqimizning boy ma'naviyatiga mushtarak keladigan zamonaviy teatr barpo etish yo'lidan borgan edi.

O'zbek teatrining tug'ilganiga o'n yil bo'lmayoq Abdurauf Fitratning "Chin sevish", "Abulfayzxon", Cho'lponning "Yorqinoy", Hamza Hakimzodaning komediya va dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni Yevropacha drama estetikasi talablari darajasida bo'lishi shu izlanishlarning mantiqiy natijalari bo'lgan deyish mumkin.

Musiqali dramatik murakkab sintetik san'at janrining paydo bo'lishi ham o'zbek xalqining benihoya boy badiiy me'rosga egaligi va shu me'rosni zamonaviy teatr tiliga ko'chira oluvchi sohibi talantlar borligi bilan bog'liq bo'lgan albatta. Dastlab kichik musiqali sahnalar tarzida ko'ringan bu janr G'ulom Zafariyning "Halima", Xurshidning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asarlarining yaratilishi bilan o'zbek teatrida alohida san'at yo'nalishi tarzida taraqqiy topadi. Takidlash lozimki, o'tmishda bu "folklor janr, o'tkinchi, opera san'atiga o'tishda ko'prik vositasi xolos" degan fikr-mulohazalar musiqali drama yo'liga qanchalik to'siq bo'lmasin, u rivojlanishda davom etavergan. Ham sof drama, ham musiqali drama asarlarini sahnalashtirishga qaratilgan "Musiqali drama va komediya teatri" deb atalgan viloyat teatrlari drama borasida hozirgi Milliy akademik drama teatridan, musiqali drama sohasida 1930-yillarda Respublika musiqa teatri, keyin Muqimiy nomidagi musiqa teatri tajribalariga suyanib, har biri san'atimiz xazinasiga ulush bo'lib qo'shilgan badiiy-estetik qadriyatlarni yaratgan.

O'zbek musiqali teatr san'atining ildizi xalq musiqiy me'rosi, folklori, urf-odatlari, an'analari va shu bilan birga xalq orasidan chiqqan baxshilar, qiziqchilar, masxarabozlar, hofizlar kabi o'zbek an'anaviy teatri zahmatkashlarining betinim xizmatlari evaziga shakllanib bordi. Xalq teatrida bosh ijodkor masxaraboz va qiziqchi hisoblanadi. Ular ham yaratuvchilik, ham ijrochilik, ham tashkilotchilik vazifalarini bajargan. Mazkur an'anaviy teatrda so'z va o'yin bilan bir qatorda ashula, raqs, nayrangbozlik aralash holda bo'lgan. Keyinchalik xalq teatri mustaqil ijodiy sohasi sifatida ajralib, aktyorlari malakali va iqtidorli kishilardan tashkil topdi. Xalq teatri aktyorlari yolg'iz yoki jamoa bo'lib, shaharma-shahar va qishloqma-qishloq yurib, to'y, sayil va bayramlarda, ko'pincha ochiq maydonlarda tomosha ko'rsatishgan. Ularning repertuarida xalq og'zaki ijodiga asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli adabiy asarlarning xalq teatriga moslashtirilgan variantlari mavjud bo'lgan. Ushbu teatr tomoshalarida qatnashuvchi aktyorlar bevosita o'zbek xalq lapar, aytishuv, qo'shiq va turli xil cholg'u kuylaridan samarali foydalanganlar va shu bilan bir qatorda ushbu musiqa aktyorlarga obrazga kirishda ham muhim rol o'ynagan. Albatta, yevropa shaklidagi teatr yuzaga kelishida an'anaviy teatr ijodiy namunalari poydevor vazifasini bajardi. Bundan tashqari, xalq teatrining o'ziga xos badiiy va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin bo'lgan. Shu bois, o'zbek musiqali dramasi

I ícclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

o'zining hayotiyligi va xalqchilligi bilan alohida janr sifatida munosib o'rin egallashida an'anaviy teatr unsurlari, xalq ijodiyoti namunalarining o'rni beqiyos. O'z o'rnida fikrimizni bir qadar tor doirada davom etib, musiqali dramaning o'lkamiz zaminiga kirib kelishi va janriy xususiyatlari to'g'risidagi qarashlar yuzasidan davom etamiz.

O'tgan asrning yigirmanchi yillarida matbuot nashrlarida e'lon qilingan san'atga doir bir qancha maqolalarda "cholg'uli fojia", "cholg'uli kulgu", "opera", "milliy opera", deya berilgan iboralarga duch kelamiz. Bugungi kun ta'biri bilan aytganda yuqoridagi atamalardan ayon bo'lmoqdaki, musiqali dramaning yaxlit ko'rinishi bir necha bosqichlarda shakllangan. "Nihoyat, yigirmanchi yillarning so'ngida "musiqali drama" atamasi tez-tez ishlatiladigan bo'lib qoldi. Xuddi mana shu davrda Sotti Husayn ushbu terminni o'zining "O'zbek teatri" risolasida qo'llaydi"1.

XX asrning 20-yillarida milliy, o'ziga xos, o'zbek xalqi og'zaki ijodi hamda tomoshabinining didiga mos san'at yaratish yo'lida izlanishlar olib borildi. Albatta, bu davrda bizda na musiqa yozadigan, na notani taniydigan kompozitorlar, na orkestr mavjud edi. Natijada yana xalq ma'naviy boyligi - xalq musiqasi, xalq ijodiyotiga murojaat etildi. Ularga ishlov bergan bo'lib, xalq sevib eshitadigan ohanglar, musiqa navolari spektakllarda qo'llana boshlanadi. Bu haqda gap borganda "Halima", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Tohir va Zuhra", "Alpomish" singari buyuk asarlarni eslamay iloji yo'q. Mazkur sahna asarlaridagi mavzuning badiiy va g'oyaviy yetukligi, jozibasi tomoshabinni birdek hayajonga soladigan qo'shiq va musiqalari xalqimiz qalbidan chuqur o'rin olgan. Mazkur sahna asarlari dramaturg, rejissyor hamda bevosita bastakorning ijodiy hamkorligida dunyoga kelgan. Shu sabab, aktyorning sahnadagi har bir gapirayotgan so'zi, har bir bajarayotgan xatti - harakati va kuylayotgan ariyalari ohanglarga uyg'unlashgan holda asar ichiga kirib borgan.

Garchi o'zbek teatri tarkibida musiqali drama janr sifatida shakllanishida ozarbayjon musiqali dramasi muhim rol o'ynagan bo'lsa-da, uning tez fursat, yuqori darajada rivojlanishida boy va qadimiy o'zbek madaniyatining hissasi katta. "Qaysi san'at xalq hayoti va orzu umidini to'g'ri aks ettirsa hamda ana shu jarayonda xalqning madaniy, adabiy-badiiy me'rosiga mustahkam tayansa, o'sha san'at hayotbaxsh, o'sha san'at umrboqiydir. Musiqali drama shuning uchun ham hayotiy, shuning uchun ham tomoshabinlarimiz qalbini rom etganki, uning ildizlari, uni yuzaga chiqargan manbalar xalqchildir" 2.

O'lkamizda xalq ijodi asrlar davomida mehnatkash xalq tomonidan yaratilib, og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga o'tib kelgan jamoa ijod mahsuli, deyish mumkin. Sababi, xalq ijodiga mansub asarlar bir kishi tomonidan yaratilmay, balki butun bir ijodiy jamoa tajribasi asosida vujudga keladi. Dastavval, ijodkor va ijrochi asar yaratishda o'rgangan tajribaga va an'analarga ijodiy tayangan

1 KpgnpoB M.X. "Cexp Ba Me^p"

2 Yma MaHÔa, 6-6.

' T.: F. Fy^OM hom. ag. Ba caH. Hamp. 1980, 11-6.

holda ijro davomida o'zidan biror detal qo'shib, uni sharoitga moslashtiradi. Mazkur asarlar shu tariqa shakllanib, takomillashib, xalq mulkiga aylangan. Shu tufayli, xalq kuychisi deya tan olingan dostonchi, qo'shiqchi, latifago'y, askiyachilar ayni paytda jamoa tomonidan yaratilgan asarlarni boshdan oxirigacha so'zma-so'z ijro etmay, balki unga ijodiy yondashgan holda o'zidan nimadir qo'shadi va uni boyitib boradi. Shu sababli ham u ijro qilayotgan asarlar hamisha "xalqniki" deb tan olingan.

Yuqoridagi fikrlar asosida biz tadqiq etayotgan janr shakllanishida xalq og'zaki ijodining ahamiyat darajasi nechog'lik muhim bo'lgan, desak xato bo'lmaydi. Janriy kamolot darajasi, albatta, o'z-o'zidan bo'ladigan jarayon emas. Janr sifatida rivojlanishida atoqli san'atkorlarimiz Yusufjon qiziq, Muhiddin Qori Yoqubov, Tamaraxonim, To'xtasin Jalilov singari yetuk ijodkorlar sayi-harakatlariga to'xtalib o'tishdan oldin, uning dramatik janrdan farqlanuvchi va o'xshash jihatlari to'g'risida bir qator tavsiflarni bergan holda o'ziga xosligini ochib, fikriy yaxlitlikni ta'min etishga harakat qilamiz.

Hozirda o'zbek musiqali dramasiga ta'rif berganda, o'ziga xos murakkab san'at turi ekanligini e'tirof etishimiz lozim. Zero, adabiy matn tayyor bo'lgan taqdirda ham, hali musiqali drama yaratildi, degan gap emas. Matn kompozitor ixtiyoriga o'tadi. Natijada asar g'oyasidan kelib chiqqan holda musiqa yoziladi. Alohida san'at namunalari - matn, musiqa, sahna bezaklari, raqs ko'rinishlari, sahnaviy talqin va ijro hamohangligida milliy musiqali sahna asari dunyoga keladi. Bunda rejissyor, dirijyor, konsertmeyster, baletmeyster, rassomlarning xizmati beqiyosdir. Demak, musiqali drama - bu adabiy matn, musiqa hamda sahnaviy talqin asosida hosil bo'ladigan san'atdir namunasidir. Bu komponentlar alohida-alohida ijodkorlar tomonidan yaratilib, bir maqsad, rejissyor-postanovkachi ko'zlagan g'oyaga xizmat qilsagina maqsadga erishiladi. Binobarin, musiqali drama uch komponentdan iborat bo'lib, ular matn, musiqa va sahnaviy talqin bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi. "Bizningcha, musiqali drama sahnaviy talqin tufayli, badiiy so'z bilan muzikaning teng huquqli birligidan hosil bo'ladigan, drama, tragediya va komediya yo'nalishidagi ichki janriy turlarni kashf etgan, qardosh xalqlar musiqa teatrlari va milliy adabiy - badiiy me'ros negizida rivojlanib kelayotgan, o'z tarixiy yo'li, uslubi, vazifalariga ega bo'lgan sahnaviy, musiqali - dramatik janrdir" 3 Amaliyotdan ma'lumki, musiqali drama janrining eng yaxshi namunalari to'laqonli pyesa va uning musiqiy talqini, sahnalashtirish mahorati (rejissyorlik, dirijyorlik, sahna bezagi, baletmeysterlik, xormeysterlik), spektakl yaratuvchilarining qobiliyati va professional bilimi, g'oyalarining o'ziga xos uslubda yoritilishi kabi bog'liqlikda namoyon bo'ladi. Bo'g'inlarning birontasi ishlamay qolgan taqdirda o'zbek musiqali drama spektakli barbod bo'ladi. Mazkur janrning o'ziga xosligi ham mana shunda. Darhaqiqat, aynan

' O'sha manba, 8-b.

mana shu matn, kuy, sahnaviy talqin hamohangligidan yaralgan sahna asarida aktyorlik san'atining o'rni ahamiyatli ekani ko'rinadi. Zotan, aktyor mahoratidan kelib chiqqan holda musiqali drama spektakliga baho beriladi. Musiqali teatr aktyorining mahorati qay darajada organik ravishda dialog yoki monologdan vokal qismga o'tishi yoki aksincha, musiqiy chiqishdan so'zlashuvga o'tishida namoyon bo'ladi. Aktyorning sahnadagi holati, qahramoni talqinida o'zni ko'z-ko'z qilish, sun'iy ehtiroslar emas, tabiiy hissiyotlar chulg'ab olishi kerak.

Albatta, yangi o'zbek teatri taraqqiyotida, xususan musiqali dramaning janr sifatida shakllanishida o'zbek badiiy madaniyatining o'rni bo'lak. Musiqali drama elementlari qadim davrda marosim o'yinlarida, hosil bayramlarida o'ynaladigan raqs, qo'shiq, kuy ohanglarida uchragan. Xalq og'zaki ijodining o'ziga xos namunalaridan yuzaga kelgan, musiqali dramaning asosi bo'lib xizmat qilgan laparlar, aytishuvlar, katta ashulalarning san'atkorlar tomonidan sahnada yangitdan qo'llanilishi janr shakllanishidagi ilk muvaffaqiyatli qadamlardan bo'lgan. Xususan, xalqdan chiqqan neki bor xalqqa yaqin bo'ladi. Marosim, yig'inlar va fasllarga atab aytilgan qo'shiqlar musiqali dramaning musiqiy bazasi bo'lgan.

Xalqning dunyoqarashi, turmush darajasi, ayniqsa, uning poetik ijodi ayni vaqtda xalq dostonchilik yo'nalishi tarkibida musiqali drama elementlari yaqqol ko'zga tashlangan va vaqt o'tishi bilan yangi sifatlar bilan boyigan. Epik janrning mazkur ko'rinishida asosiy e'tibor va kuch doston ijrochisiga, ya'ni baxshiga tushadi. Ular bir paytning o'zida ham ijrochi, ham ijodkor, ham sozanda bo'libgina qolmasdan, ijro etilayotgan asardagi har bir personaj xarakterini so'zda va ohangda ochib bera olgan mahoratli aktyorlardir.

"Baxshichilik bu ilohiy qudratdir. Baxshichilik san'atida teatrning barcha elementlari mavjud bo'lib, xususan, aktyorlik, ijrochilik, rejissyorlik, adabiyot, senariy, shoirlik kabi xususiyatlar mujassamlashgan san'at janrlaridan biridir. Bundan tashqari, dostonda o'zbek xalqining olis tarixga ega bo'lgan urf-odatlari va an'analari o'z o'rnini topgan. Baxshi bir vaqtda sozni va so'zni obraz orqali tomoshabinga yetkaza olishi shart",- deb ta'kidlaydi Norbek baxshi.

Ko'p yillardan buyon avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xalq dostonlaridagi personajlarning qaxramonlik, bahodirlik, o'z xalqiga va muhabbatiga fidoyilik, do'stlik va birodarlik kabi g'oyalari o'z ahamiyati bilan xozirgi kunda ham qadrli ekanligiga amin bo'lamiz. O'sib kelayotgan yosh avlodni vatanga sadoqat, ota-onaga va oilaga hurmat ruhida tarbiyalashda aynan dostonlarning o'rni beqiyosdir.

Shu o'rinda o'z-o'zidan kuy, qo'shiq, qahramon holati, ijro bo'lsa unda bu doston emas, musiqali drama bo'lishi mumkinmi, degan fikr yuzaga keladi. Qaysidir ma'noda janr elementlari mavjud bo'lgani bilan birga, baxshi tom ma'noda sahnaviy xatti -harakatni ishlata ololmagan, sababi qo'lida do'mbira, imkoniyatlari chegaralangan bo'lgan.

I ihSi^^Bl ^ http://oac.dsmi-qf.uz

Shunday qilib, musiqali dramaning dastlabki elementlari xalq dostonchiligida namoyon bo'lgan bo'lsa, masxaraboz, qiziqchi, qo'g'irchoqbozlar teatr tomoshalarida matn, kuy va raqs uyg'unligi namoyon bo'lgan. Bu esa xalq san'atidagi mavjud manbalarga mahkam tayangan, uning asriy madaniyati, estetik didini o'zida namoyon etgan yangi janrning ilk ko'rinishlari bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov M. O'zbek xalq og'zaki dramasi. T., Fan, 1963, 124-131 bb.

2. Qashqadaryo va Surxonjaryo ekspeditsiyasi materiallari. O'zFASI fondi, inv.T-

307

3. Qodirov M.X. O'zbek xalq tomosha san'ati. T.:O'qituvchi. 1981. 59-b

4. Sayfullaev B, J.Mamatqosimov. Aktyorlik mahorati. T.: Fan va texnologiya, 2012. 13-14 b.

5. Yuldashev.T.I., Ikromov H.I., Muxtarov I.A, M.S.Muxtorova. Teatr va yosh avlod. T., 2012 y. 31-bet.

6. Tog'aev Ochil. "Kurash va qahramon" (maqolalar). T., G'.G'ulom. 1970 y. 80-

bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.