Научная статья на тему 'ESTRADA SAN’ATI SPETSIFIKASI VA JANRLAR KLASSIFIKATSIYASI'

ESTRADA SAN’ATI SPETSIFIKASI VA JANRLAR KLASSIFIKATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
128
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / teatr / estrada / spetsifika / janr / klassifikatsiya / original janr / nutqiy janr / xoreografiya / bir aktyor teatri

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jahongir Mamatqosimov

Mazkur maqolada estrada san’ati spetsifikatsiyasi va janrlar klassifikatsiyasi haqida ma’lumot berilgan bо‘lib, estradaning о‘ziga xos xususiyatlari va ko‘p janrlilik tamoyillari tadqiq etilgan. Estrada san’ati rivoji yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESTRADA SAN’ATI SPETSIFIKASI VA JANRLAR KLASSIFIKATSIYASI»

ESTRADA SAN'ATI SPETSIFIKASI VA JANRLAR KLASSIFIKATSIYASI

Jahongir Mamatqosimov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada estrada san'ati spetsifikatsiyasi va janrlar klassifikatsiyasi haqida ma'lumot berilgan bo'lib, estradaning o'ziga xos xususiyatlari va ko'p janrlilik tamoyillari tadqiq etilgan. Estrada san'ati rivoji yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: san'at, teatr, estrada, spetsifika, janr, klassifikatsiya, original janr, nutqiy janr, xoreografiya, bir aktyor teatri

VARIETY ART SPECIFICATION AND GENRE CLASSIFICATION

Jahangir Abirkulovich Mamatkasimov Uzbekistan State Institute of arts and culture

Abstract: This article provides information on the specification and classification of variety art, explores the specific characteristics of variety art and the principles of genre. Recommendations for the development of variety art have been developed.

Keywords: art, theater, variety, specification, genre, classification, original genre, speech genre, choreography, one-actor theater

Bugungi ijtimoiy hayotning zamonaviy o'zgarishlari barobarida estrada san'ati o'ziga xos shakli jihatidan sahna san'ati turlari ichida keng targ'ib etilayotgan turlardan biridir.

Estrada so'zi lotin tilidin olingan bo'lib, tomosha uchun maxsus joy ma'nosini anglatadi. "Estrada" so'zi, lotin tilidan "stratum", tarjima qilganda "havoza", "taxtasupa" ya'ni taxtadan ko'tarib ishlangan maydon ma'nolarini anglatadi. Estrada atamasidagi bu ma'no bugungi kunimizga qadar saqlanib qolgan va o'z kuchini yo'qotmagan, zero bu ma'noni anglatuvchi so'z san'atda azaldan mavjud bo'lgan, u ham bo'lsa "teatr" atamasidir. Axir teatr atamasi ham "tomosha ko'rsatadigan joy" ma'nosini anglatadi. Estrada deb nom olgan sahnada - parda, sahna ortidagi "gorizont", yonidagi - kulis, sahna sathini aylantiradigan mashina bo'lmaydi. U shu jihati bilan estrada sahnasi maxsus jihozlangan teatr sahnasidan farq qiladi [5, 206].

Estrada san'atining jahon miqyosidagi tarixiy rivojlanish genezisiga e'tibor qaratsak, uning insoniyat taqdirida qay darajada muhim ahamiyat kasb etganligiga guvoh bo'lamiz. Tarixdan ma'lumki, estrada san'ati jahon sivilizatsiyasining

ijtimoiy-madaniy sohadagi rivojiga katta hissa qo'shganligiga, uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati naqadar yuqori bo'lganligini ta'kidlash o'rinlidir.

Estrada - ommaviy tomosha madaniyatining bir ko'rinishi bo'lib, u har bir davrda va har bir jamiyatda o'ziga xos tarzda vujudga keldi va rivojlandi. Aslini olganda, "estrada" atamasining o'zi ham jahonning har qaysi mintaqalarida turlicha nomlar bilan yuritiladi.

Bu yo'nalish Yevropa davlatlarida XIX-asr oxiriga kelib yakka tartibda, kichik shaklda ijod qilish ma'nosini anglata boshlagan bo'lsa, bizning Respublikamizga tom ma'noda mustaqillikka erishgandan so'ng e'tibor berila boshladi.

Estrada san'ati spetsifikasi, nazariyasi va bevosita amaliyoti bilan tadqiqotchilar M.Qodirov [7], B.S.Sayfullayev [4], U.X.Qoraboyev [8], M.B.Umarov [5], M.R.Yusupova [6], F.E.Ahmedov [1], T.M.Rashidov [9], F.T.Egamberdiyev [2; 3] kabilarning tadqiqot ishlari, darsliklari, o'quv qo'llanmalari va uslubiy ko'rsatmalarida batafsil ma'lumotlar berilgan.

Estrada san'ati ko'p janrli bo'lib, har bir janr o'ziga xos alohida xususiyatga ega. Estrada janrlaridagi ba'zi xususiyatlar bir-birida takrorlansada, ba'zi janrlari umuman farq qiladi. Estrada janrlari teatr san'atida ham, musiqa san'atida ham ijrochining individualligiga asoslanadi. Individuallik ijrochining aynan o'ziga xos ijro uslublari, iqtidoridagi o'ziga xoslik kabi ma'nolarni anglatib estrada san'atida, ayniqsa estrada aktyori san'atidagi dastlabki mezon, ijroviy talabdir. Barcha san'at turlari yoki fan tarmoqlari qatorida estrada san'atining ham o'ziga xos klassifikatsiyasi va janrlari mavjuddir.

Estrada san'ati sohasida pedagoglik faoliyatini olib borayotgan tadqiqotchi F.Egamberdiyev estrada san'ati klassifikatsiyasini 1-rasmda berilgan tartibda qayd etgan [2, 22]. Qayd etish lozimki, estrada san'atining ijtimoiyligini e'tiborga olib mazkur klassifikatsiya shartli ravishda tuzilgan (1-rasmga qarang).

1-rasm. Estrada san'ati klassifikatsiyasi

701

Albatta, estrada san'ati rivojlanishini taqiq etgan olimlar tomonida janrlar batafsil ilmiy-nazariy o'rganilgan deya olmaymiz. Biz yuqorida estrada san'ati o'zgaruvchan san'at turi ekanligini va har bir ijodkor o'z nomerini yaratishda boshqasiga o'xshamaslikka, originallika intilishini ta'kidlaganmiz. Ammo shunday bo'lsada, estrada ijodkorligini ilmiy-nazariy tahlil etishda ayrim shakllarga qiyoslash bilan ularning o'ziga xosligini aniqlash zarurdir.

Nutqiy janr - adabiy materialning aktyorlik san'ati bilan birikishi oqibatida vujudga keladi. So'zlashuv janrining xilma-xilligi cheksizdir: bu hikoya, ertak, lirik monolog, feleton, intermediya, lirik she'r, masal, epigramma va latifalarni bayon qilish va ijro etish bilan sodir bo'ladi. Bu sahnalashtirilgan bir butun spektakl ko'rinishida bo'lishi ham mumkin. Shuning bilan so'zlashuv janri o'zining janr osti janrlariga ham ajraladi. Misol uchun, ijro etilayotgan hikoya romantik, vatanparvarlik, maishiy dramatik, yumoristik, lirik-nazmiy va publitsistik shakllarda bo'lishi mumkin.

Musiqa va so'zlashuv janrlarining sintezi oqibatida ijrochidan musiqiy-vokal bilimiga ega bo'lishlikni talab etmaydigan kuplet, musiqiy feleton, rechitativ ohangdagi qo'shiq va boshqa nutqiy-musiqiy janrlar yuzaga keladi.

Dramatik spektakl sahnasidan ko'chirilgan sahna ko'rinishlarini ham estradaning so'zlashuv janriga mansub deyish o'rinli bo'ladi. Shubhasiz, spektakldan trasformatsiya qilingan parcha estrada sahnasida ayrim o'zgarishlarga sabab bo'lishi tayin. Parcha murakkab dekoratsiyalarsiz va kerak bo'lsa, balki grim va kostyumlarsiz ham ijro etilishi mumkin. Ammo g'oyaviy yo'nalish o'zgarishsiz qolishi aniq.

So'zlashuv uslubidagi janrga mansub nomer bir, ikki yoki bir necha aktyorlar tomonidan ijro qilinadi.

Konsert ijodiga mansub bo'lgan instrumental janr professional bastakorlar tomonidan yaratilgan asarlarning estrada ommaviy sahnasiga ko'chganligi bilan ahamiyatlidir. Instrumental janr o'ziga ko'plab musiqiy shakllarni birlashtiradi: etyudlar, konsertlar, triolar, kvartetlar, simfoniyalar va boshqalar. Instrumental janrning ham janr osti janrlari keng rivojlangan. Misol uchun, estrada simfoniyasida qaxramonona, romantik, pastoral turlar uchrab turadi.

Konsert ijodkorligida vokal janri yuqoridagi janrlarni kamsitmagan holda aytish zarurki, nisbatan murakkabroq hisoblanadi. Bu janr o'zida to'rt tarkibiy qismlarni birlashtiradi - musiqa, qo'shiq, so'z va aktyorlik mahorati. Bu tarkibiy qismlarning barchasi birday muhim hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda vokal janri bir qancha toifalarga bo'linadi - romans, qo'shiq, kantata, oratoriya va boshqalar.

Har qaysi janr osti janri yana janrlarga bo'linib ketadi. Misol uchun, lirik va epik qo'shiqlar bilan ishqiy lirika va vatanparvarlik ruhidagi qo'shiqlarning farqlari

to'g'risida ortiqcha tavsifga hojat yo'q. So'ngi yillarda xalq folkloriga oid qo'shiqlar ham estrada yo'nalishi kuylay boshlanishi bu janrga yangi yo'nalishni olib kirdi.

Xoreografik janr konsert ijodida alohida o'rin tutadi. Chunki mazkur janrning ham yo'nalishlari beqiyos darajada ko'pdir. Adabiy asosga ega, baletmeyster yoki xoreografning g'oyalari asosida, musiqadan kelib chiqilgan holda va raqsga tushayotgan aktyorning ijro mahorati asosida yuzaga keladigan xoreografik elementlar bir biridan yaqqol ajralib turadi.

Raqs san'ati aktyor tanasining tayyorgarligi, plastik qobiliyatining boyligidan yuzaga kelishini inobatga oladigan bo'lsak, bu janrni rang-barangligi jihatidan teatrga tenglashtirish mumkin. Xoreografik janrning yo'nalishlari bir jihatdan (lirik, qahramonlik haqidagi, hazilomuz, parodiyali, xalq va klassik raqslar) vokal janrlarini eslatadi.

Tomoshabin tomonidan yengil tushunish mumkin bo'lgan, o'tkir syujetlar bilan to'ldirilgan, yorqin xarakterdagi personajlar mavjud bo'lgan va asosan yumorga boy raqslarni estrada tipiga qo'shish mumkin. Ko'p xollarda estrada raqslarida zamonaviy ritmlarni uchratamiz.

Sirk janrlari, sirk arenasidan estrada sahnasiga ko'chirilgan nomerlar hisoblanib, bunday transformatsiya jarayonida nomerlarning mohiyati o'zgarmaydi, ya'ni nomer sirk arenasida qanday namoyish etilgan bo'lsa, u estrada sahnasiga shu holicha o'tishi mumkin. Chunki shakli jihatidan sirk nomerlari estrada nomerlari ko'p jihatdan yaqin turadi. Ya'ni estrada singari sirk nomerini ham yengil idrok etish mumkin. Lekin barcha turdagi sirk nomerlari estrada sahnasiga ko'chirib bo'lmaydi. Misol uchun, qo'lga o'rgatilgan yirtqich hayvonlar, otlar bilan tayyorlangan nomerlar, faqat sirk manejida mavjud bo'lgan texnik moslamalardan foydalanish evaziga tayyorlangan atraksion nomerlarni estrada konsertida namoyish etishning ilojisi yo'q.

Janrlar bu yerda ham rang-barangdir: akrobatika, ekvilibristika, jonglyorlik, gimnastika, illyuziya san'ati va boshqalar. Sirk estradasida kamdan-kam uchraydigan janrlar ham mavjud bo'lib ular mnemotexnika, ventrologiya, ovoz taqlidchiligi va boshqalar estrada sahnasida original janrlar sifatida yuritiladi.

Ovoz taqlidchiligi - bu san'at turi artisti hayvonlar, qushlar, mexanik moslamar va turli-tuman asbob-anjomlarning ovozini o'xshatish qobiliyatiga ega. Bizga an'anaviy teatr san'ati tarixidan ma'lumki, yurtimizda xalq orasida muqallidchilik san'ati mavjud bo'lib, muqallid ustasi ham biz yuqorida aytgan hunarning egasi hisoblangan.

Teatrshunoslar orasidagi "kichik shakldagi sahna asari zamonaviylik belgisidir" iborasi haqiqatga o'xshab ko'rinadi va kichik shakl san'ati deb asosan estrada san'ati nazarda tutiladi.

Estrada san'atini ko'pincha "kichik shakl san'ati" deb yuritishar ekan, bu fikr uning mohiyatini ochib ham beradi. Estrada ijrochisi sahnada o'z nomerini uzoq

borsa, 3-5 daqiqa namoyish etadi. Ya'ni hajmi jihatidan estrada nomeri tomosha san'atining boshqa turlaridan kichik bo'ladi. Estrada artisti o'z namoyishi davomida rekvizitlar, dekoratsiya, grim, sahna liboslari va boshqa turdagi anjomlardan deyarli foydalanmasligi ham mumkin.

Estrada aktyori o'z nomerini teatr sahnasida, istirohat bog'idagi maydonchada, kema palubasida, stadionda, adirlikda, qisqasi istalagan muhitda namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ammo shunday bo'lsada, unga sahnada o'ta murakkab obrazlarni yaratishi zarur bo'ladi. Shundan ayon bo'ladiki, estrada aktyori badiiy obraz yaratishi mobaynida grotesk va sharj singari ijro uslublaridan foydalanadi, zero u yaratgan obrazi orqali personajning tipik qirrasini yaqqol namoyon etishi va shu bilan tomoshabinning xotirasida uzoq qolishi zarurdir.

Shuni nazarda tutish lozimki, kichik shakl bu - mayda-chuyda, arzimas g'oyalar degani emas. Go'yoki bir tomchi suvda quyosh aks etganidek, estradaning kichik shakldagi san'at asarida ham ulkan ahamiyatga ega bo'lgan g'oyalar o'z ifodasini topadi. Hattoki yengil musiqa, sho'x sahna ko'rinishlari, parodiya va hazillar tomoshabinni ajablantirib, ko'nglini chog' qilishi bilan bir qatorda, unga ma'naviy ozuqa beradi va tarbiyalaydi.

Estrada nomerida ham syujet, qarama-qarshilik, fabula, peripetiyalar, voqealar ketma-ketligi kabi qismlar mavjuddir.Ularning joylashuvi nomer xususiyati, tanlangan mavzusi, janri, aktyorning ijro uslubi bilan bog'liqdir.

Ammo shunday holatlar ham kuzatiladiki, ijro mahorati jihatidan tajribaga ega bo'lmagan ayrim estrada artistlari sahnada faqat o'z qarashlarini namoyish etib, abstrakt (mavhum) shaxs nomidan gapira boshlaydilar. Shu sababli sahna asari to'la ravishda o'z ifodasini topmaydi. Bunday ko'rinishdagi sahna asari haqiqiy san'at darajasidan yiroqlashib qoladi. Haqiqiy estrada artisti har doim hayot haqiqatiga asoslangan chinakam obraz yaratish ishtiyoqida bo'lishi muhimdir.

Yuqorida ta'kidlaganimizday 3-4 daqiqalik kichik estrada nomeri asosida bir, bir yarim soat davom etadigan spektakl va kinofilmdagi singari katta fikr va g'oyalar mujassam bo'ladi.

XX-asrga kelib estrada yo'nalishi san'at alohida turi bo'lib ajralib chiqa boshladi. Uning asosini kichik shakldagi nomerlar tashkil qilgan. Nomer esa -g'oyaviy obrazli kompozitsiyaga ega bo'lgan, 5-10 minutlik kichik shakldagi badiiy tomosha deb qabul qilingan.

XX asrning oxirlarida butun dunyoda estrada haqiqiy san'at turi sifatida ommalasha boshladi. Shu jihatdan estrada teatri san'atining o'ziga xos va mos bir qancha janrlari rivojlandi. Tadqiqotchi M.Umarov estrada teatri san'ati janrlarini 2-rasmda berilgan tartibda qayd etgan [5, 125-138] (2-rasmga qarang).

Estrada artisti oldida o'z nomeriga ma'suliyatli yondashish, uni yengil-yelpi hazillar bilin to'ldirib yubormaslik, bo'lar-bo'lmas fikrlarni yetkazmaslik, davr bilan

ham-ohang holda va iloji boricha teran g'oyalarni tomoshabinlarga ravonlik bilan bayon etish talabi turadi. Shu bilan bir qatorda, estrada artisti o'z nomerini takrorlanmas ijro uslublari bilan boyitishi, ijroda yangicha sintetik birikmalarni qo'llashi, tomoshaviylikning original shakllaridan foydalanishi zarur bo'ladi.

Bu ishda u zamonaviy texnika qurilmalaridan foydalanishi ham mumkin. Ya'ni, zamonaviy yoritish qurilmalari, ovoz kuchaytirgich moslamalari, elektr musiqiy asboblari, zamonaviy grimlar, zamonaviy ekran va boshqalar.

Varete Revyu Divertisment

EkYÜibrtstika Konsert

Strk Myuzik - xoll

Benifis Kabare

Gipnos Kjonferanse

Eksssntrika Kiiplet

ESTRADA TEATRI SAN'ATI JANRLARI

Bard Vodevil

Klounada Badiiy o'qish.

Fars Mslodeklomatsiya

Maska Imitatïiva

Ail?kin Momentaliït

Int ame diva Referen

Parodiya Feleton

Pantomima Fokus

Gyorls MinÍE ayiira Bmims

2-rasm. Estrada teatri san'ati janrlari

Estrada san'ati spetsifikasi va janrlar klassifikatsiyasini bir kichik tadqiqot yuzasidan to'laqonli ochib berish murakkab bo'lib, bu borada ilmiy tadqiqot olib borish, sohani chuqur tadqiq etish lozim. Mavzuni yanada ommalashtirish, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

- "Teatr tarixi" fani o'quv dasturlari mazmuniga estrada janrlarining, jumladan estrada teatri va tomoshalarining paydo bo'lishi va taraqqiy etishiga oid ma'ruzalarni kiritish;

- televideniyeda estrada teatri janrlari asosidagi ko'rsatuvlarni yanada ko'paytirish;

- Toshkent shahrida aynan estrada teatri janrlari asosida faoliyat yuritadigan Estrada teatrini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmedov F.E. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. - Toshkent: Aloqachi, 2008. - 424 b.

2. Egamberdiyev F.T. Estrada san'ati metodologiyasi va texnologiyasi. -Toshkent: Lesson Press, - 160 b.

3. Egamberdiyev F.T. Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. - 356 b.

4. Sayfullaev B.S., Mamatqosimov J.A.Aktyorlik mahorati. -Toshkent:Fan va texnologiya, 2012. - 388 b.

5. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. - Toshkent: Yangi asar avlodi. 2009. - B. 206.

6. Yusupova M.R. va boshqalar. Aktyorlik mahorati. - Toshkent: O'zR FA Asosiy kutubxonasi bosmaxonasi, 2015. - 128 b.

7. Qodirov M. Temuriylar davri tomosha san'atlari. - Toshkent: San'at jurnali nashriyoti, 2007.

8. Qoraboyev U. O'zbek xalqi bayramlari. - Toshkent: Sharq, 2002. - 239 b.

9. Рашидов Т.М. Методология и технология эстрадного искусства. -Ташкент: Lesson Press, 2019. - 323 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.