Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDA TARIXIY FILMLARNI YARATISHDAGI DOLZARB MASALALAR (O‘ZBEKISTON KINEMATOGRAFIYASI MISOLIDA)'

BUGUNGI KUNDA TARIXIY FILMLARNI YARATISHDAGI DOLZARB MASALALAR (O‘ZBEKISTON KINEMATOGRAFIYASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
171
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kino / manaviy / g‘oya / aktyor / rol ijro / estetik / tarix / xalq / millat / mezon

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Fozil Rahmiddin O‘g‘li Nazarov

Ushbu maqola o‘zbekistonda tarixiy filmlarni suratga olishdagi dolzarb masalalar haqida. Kino san’atid a tarixiy filmlarning o‘rni va uning ongimizga tasiri haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDA TARIXIY FILMLARNI YARATISHDAGI DOLZARB MASALALAR (O‘ZBEKISTON KINEMATOGRAFIYASI MISOLIDA)»

BUGUNGI KUNDA TARIXIY FILMLARNI YARATISHDAGI DOLZARB MASALALAR (O'ZBEKISTON KINEMATOGRAFIYASI MISOLIDA)

Fozil Rahmiddin o'g'li Nazarov

O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbekistonda tarixiy filmlarni suratga olishdagi dolzarb masalalar haqida. Kino san'atid a tarixiy filmlarning o'rni va uning ongimizga tasiri haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kino, manaviy, g'oya, aktyor, rol ijro, estetik, tarix, xalq, millat, mezon

CHALLENGING ISSUES IN HISTORICAL FILMMAKING TODAY (IN THE CASE OF CINEMATOGRAPHY OF UZBEKISTAN)

Fozil Rahmiddin o'g'li Nazarov

UzSIAC

Abstract: This article is about current issues in making historical films in Uzbekistan. There is talk of the role of historical films in the art of cinema and its impact on our minds.

Keywords: cinema, spirituality, idea, actor, role, performance, aesthetics, history, people, nation, criterion

"Agar biz ajdodlarimiz xotirasini ulug'lamoqchi, shu asosda o'zbek nomini, O'zbekiston nomini butun dunyoga tarranum etmoqchi ekanmiz, bu ishni birinchi navbatda kino san 'ati orqali amalga oshirishimiz kerak" Sh.M.Mirziyoyev

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu- tabiiy hol odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl nasabini, o'zi tug'ilib voyaga yetgan qishloq, shahar xullaski vataning tarxini bilishni istaydi.

Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud yani bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan so'ng qurilgan murakkab suv inshoatlari, shu kungacha ko'rku fayzini, mahobatini yo'qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaxarsozlik san'ati yuksak bo'lganidan dalolat beradi.

Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimizda saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo'l yozma, ularda mujassamlangan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astranomiya, memorchilik, dehqonchilikka oid o'n minglab asarlar bizning beqiyos manaviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo'lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin.

So'ngi vaqtlarda matbuotimizda va ijtimoiy tarmoqlarda milliy kinolarimiz haqida maqolalar va turli fikrlar elon qilinib, ularda "Nima uchun bizda tarixiy flimlar yaratilmaydi" degan haqli savol o'rtaga tashlanmoqda. Fikrlar yaxshi. "Ming asrlar ichra pinxon" tariximiz bobma-bob kinolentalarimizga muhrlansa, nur ustiga alo nur bo'lardi. Chunki prezindentimiz ta'kidlab o'tkanlaridek "Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidik, o'z tarixini bilmagan xalqning xam kelajagi bo'lmaydi"

Oddiy axoli o'rtasida sotsiologlar tomonidan olib borilgan so'rovnomada vatandoshlarimizdan qaysi mavzularda tarxiy flimlar yaratish kerak deb xisoblashlarini so'rab o'rganganimizda ularning ko'pchiligi, Shiroqniing jasorati, To'maris haqida, Spitamen, Alpomish, Amir Temur, Bibixonim, Mirzo Bobur, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Al Buxoriy, Az Zamaxshariy, Al Farg'oniy, Al Xorazmiy, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Islom Karimov va boshqa tarixiy shaxslar haqida fílmlar yaratish kerak degan fikrlarni bildirdilar. Garchand o'tgan asrda bir qator tarixiy shaxslarimiz buyuk allomalarimiz haqida fílmlar masalan Alisher Navoiy, Ibn Sino, Moniy, Mirzo Ulug'bek, Beruniy, Hamza haqidagi fílmlar yaratilgan bo'lsada, ular sobiq sovet tuzumi davrida yaratilganligi bois ularda tarixning ko'p qirralari atayin buzib ko'rsatilgan. Sovet mafkurasi singdirilgan, buyuk allomalar, vatanparvar shaxslar nomiga loy chaplaganligi bilan ham bugungi kun talabiga javob bera olmaydi. Haqiqatdan ham bugungi kino arboblari oldida katta masuliyatli buyuk vazefa turibdi. O'zbekistonda yashab o'tgan, dunyo tamaduniga o'zining salmoqli hissalarini qo'shib kelgan buyuk tarixiy shaxslarimiz shu qadar ko'pki ularning har birining hayoti, ilm, ijod yo'li, vatanparvarligi, marifati, fidoiyiligi haqida butun boshli seriallar, katta katta fílmlar yaratish mumkin. O'zbekning buyuk o'gloni yozuvchi Abdulla Qodiriy o'zining o'tgan kunlar asarida "Moziyga qaytib ish ko'rmoq-hayirlidir" deya fikr bildirganlar. Albbatta, xalq o'z tarixini bilmas ekan bora bora o'zligini yo'qotadi va tanazzulga yuz tutadi.

Albatta, tarixiy filmlarni yaratishga juda katta mablag'lar talab qilinadi. Vatanimiz mustaqilligining ilk davrlarida birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o'zbek xalqi kimning avlodi ekanligini anglab yetishi insonlarda milliy g'ururni shakllantir niyatida Sohibqiron Amir Temur haqida "Buyuk Amir Temur" filimini yaratish uchun usha paytda jahon standartlari darajasidagi 55 ta film yaratish uchun yetadigan judda katta mablag'ni birgina "Buyuk Amir Temur" filimini yaratish

uchun ajratishga topshiriq bergan edilar. Lekin, afsuski film uchun javobgar shaxslarning masuliyatsizligi, sovuqonligi tufayli o'rtamiyona film yaratilgan. Film jamoatchilik kino tanqidchilari va mutahasislari tomonidan ko'plab tanqidlarga uchragan.

Aslida film italiyalik kino ijodkorlar bilan hamkorlikda yaratilishi rejalashtirilgan edi va film rejissori Amir Temur roligi golivud aktyori Shon Konnerini taklif etishni rejalashtiradi. Bu holatga esa jamoatchillik va kino tanqidchilar vatanimizda Amir Temur rolini ijro eta oladigan aktyor yo'qmi deya o'znini tanqidiy fikrlarini bildiraverishganidan keyin italyalik rejissor shartnomani bekor qilib filmni yaratishdan voz kechadi. O'zimizning ijodkorlar esa qanday film yaratishgani esa hammamizga ma'lum.

Balki, usha paytdagi kino arboblarimiz jahon kino san'ati va sanaotida marketing degan tushuncha borligini anglab yetmagandirlar. Balki, asosiy rolni kim ijro etishi filmning dunyo kino san'ati tomonidan tan olinishiga katta xissa qo'shishi haqida o'ylab ko'rishmagan, yoki bo'lmasa boshqa biror biz bilmagan maqsadni ko'zlagandirlar. Buni esa biz hozir bila olmiymiz. Nima bo'lganda ham juda katta mablag'lar xisobiga so'ngi 10-15 yil ichida Milliy Teleradiokanallarimizda biror marta ham namoyish etilmayotgan va tomoshabin qariyib unutib bo'lgan film yaratildi.

Buyuk tarixiy shaxslarimiz, allomalarimiz haqida filmlar ola biladigan kinorejissorlar hozir ham bor. Faqat tarixiy film yaratilishi bitta rejjisyorining o'zi uddalashi mushkul ish. Buning uchun bir nechta kuchli rejissorlar bir yoqadan bosh chiqarib hamkorlik qilishlari kerak. Bir necha o'nlab yosh rejissorlar esa ularga assistant sifatida ishlari, birinchi, ikkinchi, uchinchi plandagi, ommaviy saxnalardagi aktyorlar bilan, yorituvchilar guruhi, operatorlar, rassomlar, liboslar bo'yicha, rekvizitlar bo'yicha mutahasis bilan ishlashlari kerak.

Huddi shunday, tasvirga olish guruhida ham o'nlab maxoratli va tajribali kinooperatorlar, ularga yordamchi sifatida bir necha o'nlab yosh operatorlar bir jamoa va yakdil bo'lib ishlashlari kerak bo'ladi. Nazarimizda, bugun kino ijodkorlarimizga ana shu hamfikirlik, birlashish va eng asosiysi vatanparvarlik etishmayabdi. Kino san'atining yana bir muhim tomoni bolalar hayoti xalq og'zaki ijodlarini ham film qilishlari kerak.

Milliy mafkurani yoshlikdan farzandlarimizga singdirish kerak. Yoshlarga oldi qochdi filmlarni targ'ib qilgandan ko'ra "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" ni ular ongiga kiritish kerakdir. San'atning boshqa turlarini kamsitmagan holda bugungi kunda televideniyaning kino san'atining tasir kuchi benihoya yuksalib borayotganini qayd etish lozim. Shuning uchun mening nazarimda kichkintoy bolalarimiz uchun milliy ruhda ko'plab multifilmlar badiiy va vedio filmlar yaratish lozim. Toki farzandlarimiz o'zbek xalq ertaklarini milliy qahramonlarimizni ham tanisin bilsin. Ular bilan iftihor qilishga odatlansin. Keying yillarda kino san'atimizda jiddiy

o'zgarishlar yuz berayotganidan ko'z yumushimiz adolatdan emasligini takidlab o'tmoqchimiz. O'zgarishlar jarayoni kishini quvontirishi shubhasiz. E'tibor va rag'bat berilganligi bois kino asarlar mazmuni o'zgardi. Xususan "Imom Termiziy", "Islomxo'ja", "Elparvar", "Qo'qon shamoli", "101", "Ibrat" kabi tarixiy filmlar ishlandi. Yaqin tariximiz bo'lgan urush haqida filmlar ko'p ulardan shedevrlari etib "Sen yetim emasan", "Janga keksalar kiradi", "Hur qizlar" kabi filmlarni aytishimiz mumkin. Ana shunday filmlardan yana biri 2020-yil 9-may "Xotira va qadirlash kuni"da telikanalarda ilk bor namoyish etilgan "Ilhaq" badiiy filmidir. Har qanday film estetik zavq baxsh etishi bilan birga manaviy ozuqa ham berish kerak. Ana shunda u kuchli kino asarga aylanadi. Tomoshabin kartina qahramonlari kulganda kulib yig'laganda birga yig'lasa dardu g'amini o'zinikaday his qilsa ana shu uning katta yutuqlaridan biri bo'ladi. "Ilhaq" badiiy filmi ham o'zida ana shu jihatlarni o'zida shu kabi jihatlarni namoyish eta oldi. Undagi bir qator yutuqlardan yana biri yangi qiyofalarning kashf etishidadir. Tarixiy yangiliklardan yana biri sarkarda Jaloliddin Manguberdi hayotiga bag'ishlangan "Mendirman Jaloliddin" yangi ko'p qismli badiiy filmning suratga olinishi quvonarli hol. "Mendirman Jaloliddin" serialini tarixiy filmlar olish borasida katta tajribaga ega turkiyaning mashhur "Bozdag film" suratga oldi. Mazkur loyihada milliy Mass-media fondi Vasiylik kengashi O'zbekiston madaniyat vazirligi hamda homiy sifatida "Orient Finans Bank" ishtirok etdi. Ushbu ko'p qismli filmning suratga olinishi katta jasorat, mehnat va Iroda talab qilgani pandemiya sharoitida yuzaga kelgan qiyinchiliklari hech kimga sir emas.

Bizni quvontiradigan yana bir yangilik, yaqinda O'zbekiston kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi o'rtasida Baxodir Yalangto'shning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan tarixiy janrdagi badiiy filmni suratga olish bo'yicha memorandum imzolangan edi. Film rejissori Jhongir Ahmedov va ssenariy muallifi Hasan Toshxo'jayev. Filmni suratga olish ishlari qizg'in davom etyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlisga joriy yilgi murojaatnomasida kinemotogirafiya sohasida badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratish zamonaviy kino studiyani rivojlantirish jumladan yangi kinoteatrlar qurish lozimligini takidlagan edi. Shu maqsadda sohaga katta mablag' yunaltirildi. Xususan "O'zbekfilm"dagi barcha pavilionlar ta'mirlanib, yangi kartinalar suratga olish uchun sharoit yaxshilandi. Maskur kinostudiya va hujjatli filmlar studiyasini zamonaviy tehnikalar bilan jihozlandi.

Prezident ijodkorlar bilan suhbatlashganda, Jahon kinosanoatini o'rganish va tadbiq etish, ijodkorlar malakasini oshirib borish, xususan, yoshlarni Rossiya davlat kinemotagrafiya institutida o'qitish bo'yicha fikrlar bildirdi. Shuningdek bolalar uchun kinostudiya tashkil qilish g'oyasi ham ilgari surildi. Suhbatda "Kino-tarbiyaning zamini. Bu ijodning maktabini ochishimiz kerak, hozir mukammal filmlar yaratishga

havasimiz bor, lekin sifatlisi kam. Yurtimiz tarixi haqida albatta film bo'lishi kerak. Bunga vaqt keldi" - dedi davlat raxbari.

Bizni quvontiradigan yana bir yangilik, yaqinda O'zbekiston kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi o'rtasida Baxodir Yalangto'shning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan tarixiy janrdagi badiiy filmni suratga olish bo'yicha memorandum imzolangan edi. Film rejissori Jhongir Ahmedov va senariy muallifi Hasan Toshxo'jayev. "O'zbekfilm kinokonserni"ning yani panoramali panoramali povilionda filmni suratga olish ishlari qizg'in davom etyapti. Ushbu povilionda eng yuqori zamonaviy badiiy va texnologik saviyada filmlarni suratga olish imkonini beradigan shart sharoitlar yaratilgan ishonamizki bu film xam bugungi kino san'atimizdagi yangilik bo'ladi.

Albatta tarixiy filmlar bo'lishi kerak, darhaqiqat tarixiy filmlarni yaratishda ijodkorlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularga tarixiy faktlar bo'yicha konsultatsiyalar beruvchi mutaxassislarni ta'limga jalb etish, tarixiy filmlar yaratish jarayonida sifatga erishishga omil bo'ladi.

Zero yosh avlodni manaviyatli qilib tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, ularga o'z tarixini haqqoniy va xolisona yetkazish zarur. Vizual asrda esa bu zarurat kino ijodkorlar zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. M. Tadqidiy tahlil qatiy - tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston, NMIU Toshkent, 2017.

2. Karimov I. A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T. "O'zbekiston"

2011

3. Akbarov H. Kino san'ati tarixi. -T. : TIU, 2005.

4. Abduqosimova H. Kino san'ati asoslari. -T. : O'zMI, 2009.

5. Ubaydullaev A. Oynai jahon istiqbollari. -T. : Fan, 1993.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.