Научная статья на тему 'QISQA METRLI KINONING OMMALASHUVIDA KINOFESTIVALLARNING O`RNI'

QISQA METRLI KINONING OMMALASHUVIDA KINOFESTIVALLARNING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
131
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kinematografiya / qisqa metrli kino / film / rejissor / kinofestival / ijodkor / kadr / janr.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Kasimova Nodira Saitjanovna

Ushbu maqolada qisqa metrli kinoning rivojida kinofestivallarning tutgan o`rni haqida yozilgan. Unda mamlakatda so`nggi o`n yillikda o`tkazilgan festivallar va ularning ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISQA METRLI KINONING OMMALASHUVIDA KINOFESTIVALLARNING O`RNI»

QISQA METRLI KINONING OMMALASHUVIDA KINOFESTIVALLARNING O RNI

Kasimova Nodira Saitjanovna nodira-kasimova@mail .ru OzDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada qisqa metrli kinoning rivojida kinofestivallarning tutgan o'rni haqida yozilgan. Unda mamlakatda so'nggi o'n yillikda o'tkazilgan festivallar va ularning ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: kinematografiya, qisqa metrli kino, film, rejissor, kinofestival, ijodkor, kadr, janr.

POSITION OF FILM FESTIVALS ON SHORT FILM DISTRIBUTION

Kasimova Nodira Saitjanovna nodira-kasimova@mail .ru UzSIAC

Abstract: The role of film festivals on development of short films is written in this article. There is importance of festivals that have been hold in the country last decade was elucidated.

Keywords: cinematography, short film, film, director, film festival, artist, shot, genre.

"O'zbekistonda qisqa metrli kinoning tarixiga nazar tashlanar ekan, uning o'ziga xos shakllanish va tarraqiyot yo'lini bosib otganligini ko'rish mumkin"1. O'zbek kino san'atida 2010 yillarga kelib qisqa metrli kino jadallik bilan rivojlana boshladi. "Ijodkorlar katta mablag' talab etmaydigan shu bilan birga, o'z qarashlarini ifoda etishga imkon beradigan bu yo'nalishda samarali ijod qila boshladilar"2. Ijodkorlar qarashlari o'z ifodasini topgan qisqa metrli kino namoyishi uchun ma'lum bir maskanga ehtiyoj sezildi. Internet tarmoqlarining ommalashuvi qisqa metrli filmlarni namoyish etish imkoniyatini kengaytirdi. Rejissorlar o'z ijod mahsulini keng ommaga taqdim qila olishi bu yo'nalishning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Shu bilan birga, mazkur yo'nalishning qo'llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu masalaga yechim sifatida kinofestivallar xizmat qildi. Bu davrda mamlakatda tashkil etilgan kinofestivallar yosh kinoijodkorlarni ijodiy rag'batlantirdi. 2011-2013 yillarda

1 Kasimova, N. Formation of short films in Uzbekistan. Theoretical & Applied Science. 2019, (9). - P. 28.

2 Kasimova, N. Features of Creativity in short films. The European Journal of Arts. 2020, (3). - P. 28.

I icclT^^^^H 540 http://oac.dsmi-qf.uz

"Oltin Gepard" Toshkent halqaro kinoforumi o'tkazilgan vaqtda U.Xamdamov ("Nazar" (2011)), H.Solixov ("Anor" (2011)), S.Sagdiyeva ("Sandiq" (2012)), A.Mingnorov ("Hovuz" (2012)), A.Safayev ("It" (2013) ("Sobaka")), D.Shexotsov ("Kechir" (2013)) kabi rejissorlar qisqa metrli filmlar yaratib festivalda ishtirok etishdi.

2015-2018 yillarda "PROlogue" - yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrli filmlar Respublika festivali tashkil etildi. Ushbu tadbir yosh rejissorlarga ijodiy ishlarini katta ekranda namoyish etish imonini berdi. Mazkur davrning birinchi yili (2015) H.Lutfullayev ("Oq bulut"), A.Iskanderov ("Tezkor yig'ilish"), M.Karimov, H.Qodirov ("Tobut"), M.Karimov, H.Qodirov ("Bekasiz uy"), M.Alloqulova ("Vafodor"), I.Muxammadibrohimov ("Girdob"), S.Xakimov ("Xotira yuki"), B.Xonkeldiyev ("Sovg'a"), S.Xakimov H("Eforiya"), D.Xodjimatov ("Qadr") kabi ijodkorlar mahoratini namayon qildilar. Festival oliygohni tamomlab, kino sohasiga endi qadam qo'ygan hamda xali talaba bo'la turib, mustaqil ravishda film tasvirga olishga jazm etgan yoshlarni birlashtirib, o'zaro tajriba almashishga sharoit yaratib berdi. Tadbirning ijobiy natijasi ikkinchi yili (2016) ayon bo'ldi. Yosh ijodkorlarda festivalda ishtirok etishga intilish kuzatildi. Ular yaratgan filmlarni tomoshabinlar kinozalda tamosha qilishlari muhim ahamiyat kasb etardi. Shu sababli 2016 yil festival ishtirokchilarining safi yanada kengaydi. SH.Xoliqov ("Bizni tushunishmaydi" (2016)), I.Baxtiyorov ("Tong" (2016)), D.Abdurahimova ("Rishta" (2016)), K.Maxmudova ("Erk" (2016)), S.Bekmuradova (Xalimova) ("Matonat" (2016)), S.Sultonov, H.Alijonov ("Hurriyat qurbonlari" (2015)), T.Urazov ("Bir kun qaytar" (2016)), O.Xan ("Cho'ldagi kemalar" (2016)), SH.Nabiyev ("Ertak bilan xayrlashuv" (2016)), B.Abduraxmonov ("Kechikish" (2016)), A.Arziqulov ("Adolat" (2016)), M.Azizova ("Tinchlik sohili" (2015)), A.Ilhomjonov ("Mehmon" (2016)), H.Alijonov ("Mehr" (2016)), A.Salomov ("Ojizlik" (2016)), S.Xakimov ("Mening dunyoim" (2016)) kabi yoshlarning filmlari ko'rigi bo'lib o'tdi.

2017 yilga kelib, "PROlogue" - yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrli filmlar Respublika festivalining nufuzi oshib, unda qatnashishni xohlovchilar soni ko'paydi. Bu o'z o'rnida nafaqat yosh rejissorlarni kashf qilishga, balki qisqa metrli kinoga bo'lgan e'tiborni kuchaytirishga xizmat qildi. Bu yo'nalishning yanada rivojlanishi va qisqa metrli filmlarning ommalashuviga olib keldi. Festivalda yosh ijodkorlardan A.Ilhomjonov, B.Abduraxmonov ("Mama"), M.Azizova ("U"), J.Qizimurodov ("Janoza"), F.Nasimov ("Najot"), A.Bahodirov ("Ichki hakam"), S.Sultonov ("Ustunsiz uy"), M.Aliqulov ("Pianino"), D.Xojimatov ("Qimiz"), M.Murodov ("Fig'on"), M.Alloqulova ("Xorazm jonginam"), SH.Xoliqov ("Dilemma"), Z.Sharipov ("Abadiy jazo"), H.Alijonov ("Akvarium"), A.Ilhomjonov ("Limuzin"), S.Bekmuradova (Xalimova), A.Shahobiddinovlar ("Qanotsiz farishtalar") mazkur yilda tasvirga olingan filmlari bilan ishtirok etdilar.

I icclT^^^^H 541 http://oac.dsmi-qf.uz

2018 yili ushbu festival xalqaro kinofestival maqomida bo'lib o'tdi. Unda qisqa metrli filmlar ikki yo'nalishda "Qisqa metrli milliy filmlar" va "Qisqa metrli xalqaro filmlar" tanlovlari doirasida namoyish qilindi. Tabiiyki, festivalning saralash bosqichi jiddiylashdi. Tanlovda 2018 yili film yaratgan Sh.Xoliqov ("Choy"), F.Nasimov ("Musavvir"), A.Mardonov ("Jarohat"), D.Abdurahimova ("Qulun"), X.Otaboyev ("Afsungarlar tuhfasi"), T.Suslin ("Gunohkor"), M.Orinbasarov ("Ustoz"), G.Ivanova ("Favvora"), M.Asqaraliyeva ("Qush"), J.Rustamov ("Yo'l") kabi yosh rejissorlar qatnashdilar.

Sh.Xoliqovning "Choy" filmi kinofestivalda "Eng yaxshi milliy film" deb topildi. Mazkur film nafaqat o'zbek tomoshabinlari, balki boshqa mamlakat kinomuxlislari tomonidan ham e'tirof etildi. Jumladan, Tojikistondagi "Navsoz" xalqaro qisqa metrli filmlar festivalida "Gran-pri", Qirg'istondagi "Umut" nomli yoshlar kinoforumida "Eng yaxshi aktyor" va "Hakamlar e'tirofi" hamda "Qirg'iziston - qisqa metrli filmlar mamlakati" nomli festivalda "Eng yaxshi rejissor", Rossiyadagi "LAMPA" ijtimoiy qisqa metrli filmlar, videoroliklar va ijtimoiy reklamalarga qaratilgan xalqaro kinofestivalda "Eng yaxshi dramatik film", 2019 yilda Hindistondagi 4-"Golden Triangle" xalqaro qisqa metrli filmlar festivalida "Eng yaxshi rejissor" va "Eng yaxshi aktyor", Makedoniyadagi xalqaro "Falsafiy filmlar" festivalida "Hakamlar e'tirofi" va "Tomoshabinlar mehri" Fransiyaning Kann shahridagi "Entr'2 Marches" festivalida "Gran-pri" mukofatlarini qo'lga kiritdi. Undan tashqari "Choy" filmi Hindistondagi "Alpamirama" va "Dadasaheb phalke" xalqaro qisqa metrli filmlar festivallari, Rossiyadagi 38-VGIK xalqaro talabalar kinofestivali, Braziliyadagi "Lobofest" xalqaro qisqa metrli filmlar festivali, AQShdagi "Arabian Night" xalqaro qisqa metrli filmlar festivali va "Global Las Vegas" kinofestivali, Polsha "Wegiel" kinofestivali, Birlashgan Arab Amirliklaridagi "White Oryx" xalqaro qisqa metrli filmlar festivali, Gruziyadagi xalqaro kino maktablar tanlovi ishtirokchisi hisoblanadi.

Sh.Xoliqovning "Choy" filmi erishgan yutuqlar sanab o'tilar ekan, A.Samug'jonovning "Qurt" filmiga ham to'xtalib o'tish joiz. Mazkur film 2018-2020 yillar davomida Turkiyadagi "International Silk Road Film Awards"ning "Hakamlar e'tirofi", Italiyadagi "Scampia Short Film Festival Competition"ning g'olibi, Xitoydagi "Global University Film Awards"ning "Eng yaxshi eksperimental film", Yaponiyadagi "DigiCon 6 ASIA"ning "Oltin" mukofatiga sazavor bo'ldi. Shu bilan birga, Avstriyaning "YOUKI" xalqaro yoshlar media-festivali, Kanadadagi "HECare Film Festival" inson va atrof-muhitga e'tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan kinofestival, Bangladeshning "Sylhet", Ekvadordagi "Festival Ecuatoriano de Cine Atuc", Rossiyadagi "LAMPA" ijtimoiy qisqa metrli filmlar, videoroliklar va ijtimoiy reklamalar xalqaro kinofestivali, Qirg'izistondagi "Qirg'iziston - qisqa metrli filmlar mamlakati" kabi kinofestivallarda ishtirok etdi.

I ibiSi^^Bl ®42 http://oac.dsmi-qf.uz

Ushbu filmlar misolida birgina kino asari qay darajada rejissorga, mamlakatga ijodiy muvaffaqiyat keltirishini ko'rish mumkin. Bunday e'tiroflar bir tomondan, ijodkorni ruhan rag'batlantirsa, ikkinchi tomondan, o'zbek kino san'atini dunyo mamlakatlari orasida targ'ib qilishga xizmat qiladi.

Ketma-ket mukofatlarni qo'lga kiritgan yosh ijodkor Sh. Xoliqov taassurotlarini quyidagicha izohlaydi: "Festivalda bo'lganimda, men yaratgan filmni tomosha qilayotgan tomoshabinlarning yuzidagi ifodani kuzatish men uchun eng ahamiyatli va hayajonli damlar edi. Film tugaganidan so'ng esa ulrning fikrini eshitish menga katta zavq bag'ishlardi. Fikrlar xoh ijobiy bo'lsin, xoh salbiy bo'lsin, baribir siz ulardan kuch, g'ayrat olar ekansiz. Xatolaringizni tushunib, filmning e'tibor bermagan jihatlirini ko'rib anglaysiz. Festivallarda ishtirok etishning eng foydali tomoni, siz boshqa ijodkorlarning filmlarini ko'rasiz, ular nima haqida o'ylayotgani, nima haqida film olmoqchiligi, nima demoqchiligi, sizdan qaysi tomonlama ustun ekanligini tushunasiz, xulosa qilasiz. Boshqa davlatda mukofot olish hisi esa umuman boshqacha, bu sizga g'urur bag'ishlaydi, Vataningiz haqida o'ylaysiz, millatingizning nomi yangraganiga cheksiz quvonasiz. Buni so'z bilan ta'riflash qiyin"3. Haqiqatan ham festivalda ishtirok etish ijodkorga katta maktab vazifasini o'taydi. Tadbir jarayonida boshqa mamlakatdan kelgan tengdoshlarining ijodiy ishlarini tomosha qilish, ular bilan fikr almashish ijodkorning dunyoqarashini kengaytiradi.

Yuqorida keltirilgan festivallar ro'yxatiga ko'ra shunday xulosa qilish mumkinki, jahonda turli xil qisqa metrli filmlar festivali mavjud. Ularni mavzu (ekoligik, imkoniyati cheklangan insonlar haqidagi, falsafiy, ijtimoiy mavzularga bag'ishlangan filmlar), ishtirokchilarning ijtimoiy darajasi (kinomaktablar (oliygohlar) talabalari, debyutantlar, imkoniyati cheklangan insonlar tomonidan yaratilgan filmlar) filmni tasvirga olish talabiga ko'ra (48 soatda, 5 kunda yaratilgan) turlanadi.

Shu bilan birga, qisqa metrli kinofestivallarda film davomiyligiga turlicha cheklov belgilangan. Masalan, Kann (Fransiya) festivalining "qisqa metrli filmlar" yo'nalishida 15 daqiqa, Berlinale (Germaniya)da 30 daqiqa, OSKAR (AQSH) nizomiga ko'ra 40 daqiqa, "Kinoshok" (Rossiya)da 35 daqiqa, "Qirg'iziston - qisqa metrli filmlar mamlakati" kinofestivalida 30 daqiqagacha bo'lgan filmlar qabul qilinadi. Shuningdek, "Depict Short Film Compitition" (Birlashgan Qirollik) festivalida 90 soniya, "Minute Madness Toronta" (Kanada) festivalida 60 soniyagacha davomiylikka ega filmlar ishtirok etadi.

Festivallarning turli tumanligi butun dunyo miqyosida qisqa metrli filmlarga katta ahamiyat berilayotganligidan dalolat beradi. Bu yo'nalishning yanada ravnaq topishi va yosh ijodkorlarni kashf qilishga xizmat qilmoqda. "So'nggi o'n yillik kinofestivallarga bo'lgan qiziqishning bir necha yil ichida keskin ortishiga guvoh

3 Xoloqov Sh. Bilan suhbat. 2019 yil may.

LKÜ^M

bo'ldi"4. Darhaqiqat, hozirgi kunda festivalda ishtirok etish murakkab emas. Barcha hujjatlar festivalning internet sahifasida to'ldiriladi, film o'sha saytga yoki aksariyat hollarda biron bir internet kanalga joylashtirilib, unga havola beriladi. Bunday tartib ijodkorga vaqt va moliyaviy jihatdan qiyinchilik tug'dirmaydi. Festival izlash jarayonini ham optimallashtirish maqsadida, FilmFreeway, Festagent kabi saytlar tashkil etilgan bo'lib, ularda barcha xalqaro kinofestivallar haqida qisqacha ma'lumot berilib, festival internet manziliga havola keltirilgan. Bu ijodkorga yanada qulaylik yaratadi.

Dunyoda festivallarning tashkil etilishi bejizga emas. U bir qator vazifalarni bajaradi. Sankt-Peterburg davlat kino va televideniye institutining soha mutaxassislari

A.Klimina va S.Kartashovlar festivalning quyidagi maqsadlarini izohlab o'tadi: "Kinofestivallar ijtimoiy-madaniy samaradorlikni oshirishga yo'naltirilgan faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilarga qaratilgan bo'lishi kerak: eng yaxshi kinoasarlarni aniqlash va debyutantlarni qo'llab-quvvatlash; turli mamlakatlardagi kinematografiya sohasidagi mutaxassislar o'rtasida tajriba va g'oyalar almashish; ommaviy auditoriyani muayyan mamlakat, mavzu, davrning eng yaxshi kinoasarlari bilan tanishtirish; jamiyatda san'atga muhabbatni uyg'otish va qo'llab-quvvatlash; kino sohasini, muayyan yo'nalishni rivojlantirish; mamlakatlar o'rtasida kinematografiya sohasida madaniyatlararo muloqot va hamkorlikni kengaytirish"5. Demak, festival shunchaki, yosh ijodkorni mashhur qilishga xizmat qilmaydi, balki ushbu tadbir doirasida jamiyat va insoniyat uchun kerakli filmlar saralanadi, bu esa kino san'tining rivojlanishiga xissa qo'shadi. Shuningdek, jahon bo'ylab kinoijodkorlarni birlashtirib, o'zaro tajriba almashish, yangi g'oya va qarashlarlarni shakllantirish uchun zamin yaratadi. "Kino va televideniye san'ati taraqqiyotga yuz tutarkan, u hamisha yangilikka intiladi"6.

O'zbekistonda kino san'ati hamda qisqa metrli filmlarning jamiyat ma'naviy hayotidagi o'rni inobatga olinib, mamlakat miqyosida katta e'tibor berilmoqda. Buni "O'zbekkino" agentligi tomonidan amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlarda ko'rish mumkin. Jumladan, 2018 yili "Urushning so'nggi qurboni" (rej. Sh.Musayev) 2019 yilda esa "Kulcha" (rej. S.Bekmuradova (S.Xalimova)), "Mehribonim" (rej.

B.Abdurahmonov), "So'zana" (rej. J.Narziqulov), "Ehson" (rej. M.Shodiyev), "Ishora" (rej. U.Malikov) kabi filmlar yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratildi. Shu bilan birga, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, "Kino, televideniye va

4 de Valck M., Kredell B, Loist S. Film Festivals History, Theory, Method, Practice. first published 2016 by Routledge 2 Park Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN and by Routledge 711 Third Avenue, New York, NY 10017. - P. 2.

1 Климина А.В., Карташов С.Л. Кинофестивальная деятельность: основные направления повышения эффективности. Наука и образование в жизни современного общества: сборник научных трудов по материалам международной научно-практической конференции 29 ноября 2013 г. Часть 17. Тамбов: ООО «Консалтинговая компания Юком», 2013. - С. 69.

6 Fayziyeva F. Teleserial xodisasining evolyutsiyasi. Oriental Art and Culture, 2021, December. - 310 b. ПсГГЙ^^^И ^44 http://oac.dsmi-qf.uz

radio rejissorligi" kafedrasi bilan hamkorlikda "Kino va televideniye rejissorligi" ta'lim yo'nalishi bitiruvchilarining dipom ishlari - qisqa metrli filmlarni tasvirga olish jarayoni moliyalashtirildi. Natijada 2019 yilgi bitiruv malakaviy ishlar - qisqa metrli filmlar ("Sovg'a" rej. M.Asqaraliyeva, "O'g'ri" rej. I.Haydarov, "Dadamning sovg'asi" rej. M.Ergashev, "Malikaniki" rej. S.Mahkamboyev, "Alla" rej. F.Nasimov) tomoshabinlarga taqdim etildi. Bundan ko'rinib turibdiki, qisqa metrli kinoga uning ma'naviy ta'sir kuchiga egaligi nuqtai nazardan katta ahamiyat qaratilmoqda.

Qisqa metrli kinoni yanada rivojlantirish va yosh kinoijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida "O'zbekkino" Milliy agentligining "Yoshlar ijodiy - tajriba studiyasi" DUK "Debyut" nomli qisqa metrli filmlar uchun ssenariylar tanlovi o'tkazildi. Unda "Men seni sevaman O'zbekiston!", "Mening dunyoim" kabi ustuvor g'oya asosida kinoalmanax janridagi loyihalarga muvofiq, erkin mavzuda 78 ta ssenariy qabul qilindi va ular orasidan 18 tasi saralab olindi. Mazkur tadbir doirasida "Sartarosh" (rej. SH.Nazarov), "Astma" (rej.

H.Jomonqulov), "Qovun pishganda" (rej. J.Narziqulov), "Ilinj" (rej. H.Boybamtov), "Chana" (rej. S.Qodirov), "Va'da" (rej. O.Yo'ldoshev), "Ro'mol" (rej. H.Alijonov), "Bahs" (rej. G.Ivanova), "Ertaga bahor" (rej. U.Zokirov), "Tandir" (rej. A.Qurbonov), "Uy" (rej. F.Bahodirov), "Anvar" (rej. Sh.Subxonov), "Kichkina katta odam" (R.Grublyak), "Svetafor" (rej. I.Risqulov), "Tuhfa" (Sh.Murodov), kabi filmlar suratga olindi hamda ular orasida "Debyut 2020" festivali ham tashkil etildi. Bu o'z o'rnida yosh ijodkorlar o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantiradi hamda ijod qilishda rag'batlantiradi.

Ushbu an'ana 2021 yilda ham davom ettirildi. Natijada, "Hamroh" (rej.

I.Nurmuhamedova), "Pari" (rej. T.Murodov), "Ertaga maktab" (rej. A.Haydarov), "Jur'at" (rej. M.Turdiyev), "Montaj" (rej. D.Usmonov), "Soddadil" (rej. A.Nurmatov), "Yordam" (rej. S.Jumayev), "Hali urush tugumadi" (rej. D.Qosimova), "Qovoq - mening jon-u dilim" (rej. A.Nazarov), "Sharpa" (rej. A.Jumayev), "So'nggi dars" (rej. J.Karimov), "Olimpiada" (rej. U.Ro'zimov), "Skripka" (rej. S.Qodirov), "San'at" (rej. F.Tursunxo'jayeva), "Palto" (rej. Sh.Tuyunova), "Devor" (rej. S.Mahmudov) kabi filmlar yaratildi. "Debyut" yosh ijodkorlarga film tasvirga olishga imkoniyat beribgina qolmay, qisqa metrli filmlarning saviyasi oshishiga olib keladi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o'zbek kinosi shuningdek, qisqa metrli filmlarning taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Bunga yorqin misol qilib kino sahasidagi so'nggi Prezident Farmonini keltirish mumkin.

2021 yil 7 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6202-sonli "Kino san'ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni e'lon qilindi. Unda qator milliy kinematografiyani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari

I [ccñ^^BI 545 http://oac.dsmi-qf.uz

belgilandi. Jumladan, "O'zbekkino" Milliy agentligi O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlanishi va "Ipak yo'li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalini ta'sis etish va uni 2021 yildan boshlab muntazam o'tkazib borish to'g'risida bandlar kiritildi. Ushbu Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi "Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o'tkazish to'g'risida"gi PQ-5151-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda "1968 - 1997 yillar davomida O'zbekistonda o'tkazilib kelingan "Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali" "Ipak yo'li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklansin hamda 2021 yildan boshlab har yili sentabr-oktabr oylarida Toshkent shahrida o'tkazilsin."7 - deya ta'kidlandi.

2021 yilning 28 sentabr - 3 oktabr kunlari "Tinchlik, taraqqiyot va ma'rifat" shiori ostida "Ipak yo'li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali poytaxt hamda respublikaning boshqa hududlarini (Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm, Guliston, Farg'ona, Andijon, Qoraqalpog'iston Respublikasi) qamrab olgan holda bulib o'tdi. Festival doirasida "Kino 5 kunda" nomi ostida 25 ta qisqa metrli film suratga olindi. O'zbekiston Respublikasidan yosh rejissorlar SH.Nazarov va S.Masudxonov ishtirok etib, "Gran-pri" (rej: Sh.Nazarov "Ipak yo'li bo'ylab") hamda "Hakamlar maxsus sovrini" (rej: S.Masudxonov "Obyektiv") bilan taqdirlandilar.

Sh.Nazarovning "Ipak yo'li bo'ylab" filmi inson hayotida qanday fojia sadir bo'lmasin, u yashashda davom etishi kerakligi g'oyasini ilgari surgan. Rejissor ba'zida odam voqelikni qabul qilolmay, o'z qobig'ida qolib ketishi mumkinligini, aslida esa o'tmishni ortda qoldirib, oldinga harakat qilishi kerakligini anglatmoqchi bo'lgan. Film psixologik drama janrida bo'lib, yolg'izlik mavzusiga bag'ishlangan. "Ipak yo'li bo'ylab" voqealari Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida bo'lib o'tadi. Ijodkor tomonidan tanlangan tasvirga olish obyekti - kulba va filmda qo'llanilgan tabiiy shovqinlar asar muhiti, qahramonlarning holatini ochib berishga xizmat qilgan.

S.Masudxonovning "Obyektiv" filmi muhabbat mavzusida bo'lib, inson ba'zan kimnidir qanchalik sevishini uni yo'qotganidan keyingina tushunishi haqida hikoya qiladi. Rejissor tomoshabinga sevgan insonning tuyg'ularini hurmat qilish kerak degan g'oyani yetkazmoqchi bo'lgan. Film badiiy va hujjatli kino xususiyatlaridan qorishiq holda foydalanilgan tarzda yaratilgan. Unda hujjatli kinoga xos kuzatuv usulini ko'rish mumkin. Obyektiv ya'ni asarda sodir bo'layotgan voqealar tashqaridan tashlangan nigoh orqali ko'rsatiladi. Shu bilan birga, qahramonlar badiiy kino asosi ssenariyga ko'ra xatti-harakat sodir etadilar.

"Ipak yo'li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tashkil etilgani o'zbek kino san'atining yangi bir bosqichga ko'tarilganidan darak beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 19.06.2021, N PQ-5151

Mamlakatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar kinoijodkorlar, ayniqsa yoshlarni ijodiy izlanishlar olib borishga, yuqori saviyadagi kinoasarlar yaratishga undaydi.

Toshkent xalqaro kinofestivali davomida yana bir ahamiyatli tadbir bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 avgustdagi "Toshkent shahrida "S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti" federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-5238-sonli qaroriga ko'ra 2021 yil 1-oktabr kuni institutning ochilish marosimi o'tkazildi.

"Kinematografiya sohasi uchun yuqori malakali ijodiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ta'lim muassasalarining oliy ma'lumotli ijodiy kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida"8 tashkil etilgan mazkur institut 2021-2022 o'quv yilidan o'z faoliyatini boshladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oxirgi o'n yillikda mamlakatda kino san'atini rivojlantirish uchun qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, respublikada tashkil etilgan turli festivallar bunga dalil bo'la oladi. Albatta, ma'lum bir kinofestivalning muntazam davom ettirilmagani achinarli hol. Ammo bir tadbirning o'rniga boshqa tanlovning vujudga kelishi, o'zbek kino sohasining taraqqiy etishi uchun qilinatyotgan say-harakatlarning to'xtab qolmaganidan darak beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 19.06.2021, N PQ-5151

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 19.06.2021, N PQ-5138

3. de Valck M., Kredell B, Loist S. Film Festivals History, Theory, Method, Practice. first published 2016 by Routledge 2 Park Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN and by Routledge 711 Third Avenue, New York, NY 10017.

4. Климина А.В., Карташов С.Л. Кинофестивальная деятельность: основные направления повышения эффективности. Наука и образование в жизни современного общества: сборник научных трудов по материалам международной научно-практической конференции 29 ноября 2013 г. Часть 17. Тамбов: ООО «Консалтинговая компания Юком», 2013.

5. Kasimova, N. Formation of short films in Uzbekistan. Theoretical & Applied Science. 2019, (9).

6. Fayziyeva F. Teleserial xodisasining evolyutsiyasi. Oriental Art and Culture, 2021, December.

7. Kasimova, N. Features of creativity in short films. The European Journal of Arts. 2020, (3).

8 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 19.06.2021, N PQ-5138

I ГсОТ^^^^Н 547 http://oac.dsmi-qf.uz

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X

8. Xoloqov Sh. bilan suhbat. 2019 yil may.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.