QORAQALPOG'ISTON KINO SANATIDA HUJJATLI FILMLARNING
OLINISHI TARIXIDAN
Maxmut Gaipovich Yusupbaev O'zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya: O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon sanat sohasida shuning ichida kino sohasida yuz berayotgan yangiliklar va kino sohasiga degan etiborni farqli hisobga olib utsak arziydi.
Kalit so'zlar: kino san'ati, hujjjatli film, tarix
HISTORY OF DOCUMENTARY FILMS IN KARAKALPAKSTAN CINEMA
Maxmut Gaipovich Yusupbaev Nukus branch of O'zbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: Since the independence of the Republic of O'zbekistan, it is worth noting the different developments in the field of art, including cinema, and the attention paid to the film industry.
Keywords: cinematography, documentary, history
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 7-avgust 2017-yilgi PK-3176-sonli «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora - tadbirlari haqida»gi qarori, shu jumladan O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yilgi 28-dekabrdagi 1030 -sonli «O'zbekkino Milliy Agentligi faoliyatini tashkil etish boyicha qushimcha chora-tadbirlari haqida» qarori kabi hukumatlik hujjatlarning mamlakatlik darajadagi etibornining orqasida kino sohasida katta uzgarishlar yuz bermoqda.
Qoraqalpoq kinosi ham o'zining sogasini hujjatli filmlardan olgan.
Qoraqalpogiston Respublikasi aholisi, xalq xo'jaligi, adabiyot va sanat tez rivojlar bilan yuksalib kelayotganligini hisobga ola utirib va qoraqalpoq aholisining hayotini kinematografiyada atroflicha mujassamlashtirib borish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kinematografiya buyicha Davlat qumitasining 1970-yil 19-fevraldagi 45-sonli qarori bilan Nukusda O'zbekiston hujjatli va Ilmiy ommabop filmlar kinostudiyasining Qoraqalpog'iston filiali ochildi.
O'zlarining oldiga xujalik hisobidagi korxona sifatida kinostudiya 1970-yilning 1-aprelidan uz ishini boshladi. Dastlabki yillari kinostudiya yiliga 4-filmni qoraqalpoq tiliga tarjima qilib Qoraqalpog'iston kinojurnalining 4-sonin va 2-hujjatli film tasvirga olish reja etib belgilandi.
Bundan oldin qoraqalpoq aholisining hayoti iqtisodiyoti siyosati va madaniyati hayotini tasvirlovchi toliq metrajli hujjatli filmi 1937-yili ekranga chiqqan edilar (rejissyor D.Vasis, operatori A.Zilbernik, A.Raxmanov).
1949-yildan etiboran Qoraqalpog'istonda sobiq uyushmaning turli yerlaridan kinematografistler kelib, shuning ichida Toshkentdan kelgan kino sohasining ijodkorlari tomonidan har xil janrdagi mavzularda kino tasmalar tasvirga olina boshladi. Belgili O'zbek xalqining ulug' kino chevari Malik Kayumovning qullab quvvatlashi orqasida Qoraqalpog'istonda bir qansha kino ijodkorlari yetilisip chiqdi. Shularning biri O'zbek millatining faxri bulgan Malik
Kayumovning shogirdi Qoraqalpoq kinosining tirnogini tamal toshini qolap ketgan kinodokumentalist operator va rejissyor Nagmet Dauqaraev dir.
Taniqli yozuvchi va dramaturg Muratbay Nizanov Moskva shahriga borib «Mosfilm» kinostudiyasi arxividan 1959-yili tasvirga olingan «Orol baliqchilari» («Ribaki Arala») nomli kinolentasini Qoraqalpog'istonga olib kelib, u yerdagi film qahramonlari bilan tanisganida filmda suratga tushgan maxalliy aktyorlardan hech birini tanimaganliginm yoki bulmasa Qoraqalpog'istonda yashaydigan mahalliy aktyorlarning ishtirok etmaganligini aytadi.
Qoraqalpog'istonda kino sohasi, shuning ichida hujjatli filmlarning rivojlanishi mana shundoqgina uzimizda yetishib chiqqan maxalliy mualliflarning va rejissyorlarning uzlar i ustida kuproq mehnat qilganliginiing orqasida yuzaga kelyapti. XX-asrning 70-shi yillarning urtalarida Qoraqalpoq kinoiskusstvosi tez suratlar bilan rivojlandi. Bu davr ayniqsa 1975-yili Nukusda hujjatli filmlarning respublika miqyosidagi festivali utkazilishi va ushbu kinoforumda Qoraqalpoq kinochilarining «Abdullaev cho'qqisi» (rejissyor - operator N.Dauqaraev) filmining «Eng yaxshi hujjatli film» diplomiga miyassar bulishi bilan farqli esda qoldi. Kinostudiyaning Qoraqalpogiston filialining xodimlari mamlakat miqyosida emas, xorijiy davlatlarda ham bo'lib, respublikaning madaniy hayotiga aloqador filmlar yaratdi. Rejissyor operator N.Dauqaraevning Yugoslaviyadagi «Uchrashuvlar» filmi buning yaqqol dalili bula oladi
Ko'pchilik operator va kino rejissyorlar uzlari ustida ishlab tajriba orttirib, uzlarining usullarida kitoblar va ilmiy mehnatlar yozib qoldirganlar. Ushbu urinda K. S.Stanislavskiy, V.Nemirovich-Danchenko, V.Meyerxold, L.Kuleshov, S.Eyzenshteyn, A.Dovjenko, M.Romm, S.Yutkevich, G.Kozincev, L.Trauberg kabi ulug' rejissyorlarning etiborli badiiy asarlarini eslab utish zarur bu ladi. Ularning badiiy asarlari kompoziciyasi tarafidan turlicha bulgani bilan da fikrlari bir maqsadda tomoshabin uchun tugri yul haqida suz etiladi. Bunda sanat sohasida bosib utgan yullariniing uziga tanligi amaliy va nazariy tomondan tajriybalardan kelib chiqib yozilgan mehnatlarini aytib utsak arziydi.
Qoraqalpog'iston filialining bir qator badiiy va hujjatli filmlari GMDA va xorijiy mamlakatlarda diqqatga sazovar buldi. SHulardan «Orolqum» hujjatli filmi (muallif S.Eremenkov, O.Abduraxmanov, matni Chernichenko, operator Sh.Maksudov) Makachkalada utkazilgan 1988-yilgi 3- Butunrossiyalik konkursiga qatnashib, «Eng yaxshi hujjatli fil'm» diplomi bilan mukofatlandi. Usha yillardagi filialning erishgan yutuqlari Qoraqalpog'istonda alohida uz oldiga kinostudiya ochishga imkoniyat yaratdi.
Qoraqalpog'istonda kino sanatining rivojida Turaniyaz Qalimbetovning qushgan hissasi uz oldiga mavzu bulguday ahamiyatga ega Sababi bundan oldin bir nechta filmlarni tasvirga olib rejissyor sifatida tajriybaga ega rejissyorlardan biri bo'lib hisoblanadi.Mana shu sababli Turaniyaz Qalimbetov Qoraqalpoq kino sohasida uzining urniga ega rejissyorlardan biri bo'lib sanaladi.
Tureniyaz Qalimbetov uz filmlarini tasvirga olish jarayonini boshlamasdan muqaddam terannan obdan uylab oladi. Bunga misol sifatida 2018= yilgi tushirilgan «POYTAXT SHAXRIM - NUKUSIM» nomli xujjatli filmini misol sifatida olib qarashimiz mumkin.
«Poytaxt Shaxrim - Nukusim» filmining scenariy muallifi Baxtiyar Madiyarov saxnalastiruvchi rejissyori Turaniyaz Qalimbetov va saxnalastiruvchi operatori Asenbay Asqarov.
Bu film O'zbekiston Respublikasi Tashkent shaharida utkazilgan «EN ULUG -EN AZIZ» xujjatli filmler kinofestivalida eng katta sovrin festivalning «GRAN-PRI» sovrinini engib olishga miyassar bulgan film. Bunda muallif Baxtiyar Madiyarovni tulgandirip yurgan narsa uzi yashab turgan shaharning kundan-kunga yasharib chiroylanib har -bir imorati kuzlarni quvondiradigan darajada qurilish yumushlari tezlik bilan rivojlanib samo bilan barobar imoratlarning soni kun sayin yuksalib borayotganligi film muallifini ham ilhomlondirib yubordi.
B.Madiyarov O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami oldidan utkazilayotgan tayyorliklar va u yerdagi Nukus shahrida ishlanayotgan yumushlari borasida yozilgan maqolaga kuzi tushib qoladi.. Muallif bundagi qurilish inshootlari uchun ajratilgan qarji summalarini kurib tasiyn qoladi. Agar Mamlakatimiz tomonidan shu darajada sarmoya ajratilgan bulsa bunaqada Nukus shahri odam tanimas darajada yuksalib rivojlanib ketishiga guman yuqdur deya uylab qoladi. Muallif B. Madiyarov uziniining yozuv stoli ga borib xam shundoqqina shiyrin uylarning qanotida kuzlari oldida uzining kelajakdagi Nukus shahri haqidagi shiyrin hayoliga shongib uzining navbatdagi filmini yozib tugatadi.
Albatta bu film birdaniga yozila quymadi bir qancha qurilish buyicha mutaxasislardan maslahat olgan holatda film yuzaga keladi sababi B.Madiyarovning qulida esa usha imoratlarning qurilishiga bagishlanib yozilgan «ERKIN QARAQALPAQSTAN» gazetasidagi maliumatlar mavjud edi.
Muallifning yagona film haqida maslahatlashadigan odami Qorakalpoqfilmda qanaqa film tushiriladigan bulsa bu inson bilan maslahatlashib songra filmni tasvirga olar edilar. Bu inson marhum Toraniyaz Qalimbetov edilar.
«Poytaxt Shaxrim-Nukusim» nomli senariydi B.Madiyarov Turaniyaz Qolimbetov scenaeiyni uqib tanishgach goya muallifi rejissyorning fikrlarini tinglab kurdi.
Film rejissyori Turaniyaz Qalimbetov har qanday scenariyni quliga olar ekan u insonning bir ikki kun obdan uylab yuradigan odati bor edilar deydi (B.Madiyarov -1) Songra u menga uch kun vaqt kerak der edilar keyin meni uch kun bezovta qilmay turasizlar der edilar. Turaniyaz Qalimbetov usha uch kun obdan uylab «TOPTIM» deb filmning kulminaciyasinI uylab topadigan edilar (B.Madiyarov-2)
Biz «Poytaxt shaxrim - Nukusim» xujjatli filmini tasvirga olmasdan oldin rejissyor va opereator birgalikda Nukus shaharidagi qurilayotgan imoratlarni birgalikda kuzdan o'tkazib chiqadi va tasvirga olish ob'ektlarini sinchiklab o'rganib chiqib keyin esa film operatori Asenbay Asqarov bilan birgalikda aylanib kurib chiqadi. Nukus shaharining diqqatga sazovar deya topilgan joylarini va topgan yerlarini kurib chiqadi. Demak operatorning ham uz nuqtai-nazari etiborga olinadi. operatorning fikricha qanday bulishi zarur bulsa oddiy tomoshabin uchun ham sirli bo'lib kurinishi kerak.
Film operatori Asenbay Asqarov uzining operatorlik mahoratini ushbu filmda ham kursata bildi u ayniqsa filmda belgili rejissyor Vsevolod Illariorionovich Pudovkin usuli bilan erta ertalab kun endi tepaga kutarilayotganda rasmga olish usulini qullaydi. Agar quyosh yuqoriga kutarilib ketsa kadrding nosozligini yani operatorlik til bilan aytganda «kontrast» berib ketishi mumkin shu tariqa kadr aniq tushmaydi va bizga kerakli bulgan materiallarni tushira olmay qolamiz agar «falga»dan foydalanadigan bulsak u yerda kadrni tugrilashga buladi deb tusindirgan
Fil'm rejissyori To'raniyaz Qalimbetov o'ziniini bor dikkatin ushbu fil'mdegi mayda-mayda tavsilot'larga qaratqan sababin apiuayi narsenide tomoshachi uchun qiziqarli etib tusiriwge uringan.
Masalan olib karaytin bo'lsak Karakalpakstannin birinchi poytaxti «To'rtkuldi» tusirer waktinda xazirgi o'rni deb eshpe kumlardan va shamol eshib turgan dalanliklardi uchtalari - kiyiri kormbeytin keng saxrani tusiriw mumkin emas o'sha sababli muallif xam rejissyor operator arxiv materiallarinan foydalangan buni tomoshachi ko'zlar oldiga keltirib bugingi «Poytaxt shaxarim Nukusim» shundoqqina turoqnan foyda bo'lganini ko'zlar oldiga xayoliy sharpaletedi. Fil'mdi tusiriwde operator ozinin usullari bilan ko'proq panorama xam travelling usulliri bilan tusirgen.
Filmdagi ekspoziciya tugin va hokazoda bunday usullarda tushirishi filmni montajlaganda ham juda qul kelishi mumkin sababi kameraning dastlabki harakatining yunalishlari kino dramaturgiyasini xam scenariydagi voqealarning
joylashishi ziddiyatlarni yuzaga keltirishi asarning kompoziciyaviy tuzilishini ekspoziciya tugin bosh voqea kulminaciyalardan iboratligi asarning yaratilishiga tamal soladi. Sanatda kompoziciya quyilgan maqsadga erishishda bosib utadigan yulni ifodalashga qaratilgan.
Har qanday sanat kichkina epizoddan tortib katta film darajasiga va seriallarga qadar ushbu yulni bosib utadi «Poytaxt Shaxrim -Nukusim» filmida ham rejissyor operatorga uzining topshiriqlarini (REJISSYORSKAYA ZADACHA) va uz maqsadlarini taqozo etib quygan sababi operator Asenbay Asqarovnig aytishiga qoraganda kadr chegarasi kompoziciya markazi birinchi va ikkinchi planlar (avvalgi va orqadagi planlar) simmetriya asimmetriya ritm perspektiva lineynost glubina yorug'lik rang kontrast plan (umumiy urta yirik planlar) tusyirilishi natijasida operator mahoratiniing ochilmagan qirralarini rejissyor ochib bergan (M.YU.)
Filmning scenariyi buyicha Turtkulda tushirilishi zarur bulgan obektlarning kuplarini arxiv materiallaridan olingan sababi sobiq Turtkul suvning ostida qolib ketganligi sababli tasvirga olish nihoyatda qiyinga tushdi deydi biz bila n bulgan suhbatida film operatori. Sababi usha davrdagi bamisoli ushanaqa tipda qurilgan uylarni topishning uzi qiyinga tushti deydi hech yerda u yerdagiday arxitekturada solingan imoratlar yuq edilar shaharning chekkaroq joyida joylashgan eskirib qolgan bittagina imorat topilib tasvirga olishimiz uchun usha bittagina inshootdan foydalandik qolgan imoratlarning barshasini arxiv materialllardan foydalandik deya takidlaydi Sobiq I.V.Savickiy nomidagi muzeyning imoratida usha yillardagi joyi shaharning boshqa tomonida edilar filmda keltirib utganidek u muzeyning oldingi urindagi tasvirlarida muzeyda saqlanib turgan fotolardan foydalangan. Muallifning g'oyasi kup qirli bo'lib kuringani bilan rejissyor va operator bu fikrlardi uzlarining kadrlarida joylashtira bilgan. Bunga asosiy va shu urinda bitta sabab sobiq shahar kurinishini usha original xolatida kursatish bu rejissyorning va operatorning kursatilishi zarur edilar tilakka zid bunday kadrlar saqlanib qolmaganligi sababli filmga bunday kadrlarni qusha olmadilar. Shuni aytib utishimiz zarur «Poytaxt Shaxrim - Nukusim» nomli bu hujjatli film «Eng Ulug', Eng Aziz» hujjatli filmlarning festivalida qatnashib eng ulug' mukofot «GRAN-PRI» ni qulga kirgizib bu festivalning g'olibiga aylandi. Demak Qoraqalpoq kino sanati rivojlanish yulida deb aytsak bulmaydi. XX-asr boshlarida kino sanati asta rivojlandi. Biroq kinoga degan taqozo kushli edilar shu tariqa kinoapparatlarning yangi turlari yaratildi. Francuz firmasi «A-DEBRI» 1908-yili ichki kassetali kinoga olish qurilmasin ishlab chiqara boshladi. XX-asrning 10-shi yillarining oxirida undosh kino yangi bosqichi boshlandi. XX-asrning uttizinshi yillariga kelib kuchma (statcionar) kinoproektorlar yaratilishi bilan tubdan kino sanati rivojlanish yulini boshladi. Qoraqalpoqstan kino maktabi boshqa sanat - turlariga qaraganda endi gina rivojlanib kelayotgan sanat turi deb aytishimizga buladi. Sababi bizdagi eng yosh sanat turi bu kino sohasi bo'lib
topiladi biz Qoraqalpoq kinosining rivoji yulida hali kuproq izlanishni va bilimni talab etadigan kino sohasiga yetuk mutaxasislar kinoscenaristler rejissyorlar va operatorlar bilan tulishini hohlar edik.
Qoraqalpog'istonda kino foyda bo'lib sanat sifatida rivojlangannan buyon unchalik kup vaqt utmagan bulsada bu sohada kup mehnat ishlandi. Ulug' ajdodlarimizning oqilona farosati bilan va badiiy chevarligi bilan yaratilgan biytakror badiiy asarlar xalqimizning bebaho boyligi bo'lib hisoblanadi.
Foydalangan adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh. M. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. // Amiuwdar'ya. 2018. № 3.
2. Axmedov B. Kino Karakalpakstana. Tashkent. 2011.
3. Axmedov B. Kino maxorat pogonalari. Tashkent. 2010
4. Xidirova K. Kinoteleoperatorlik maxorati. Tashkent. 2017..
5. Yusupbaev M. Dala yozuvlari. 2021 j, № 4. Informator: M. Nizanov, Nukus
sh.
6. Yusupbaev. M. Dala yozuvlari 2021. №5 Informator B. Madiyarov. Nukus sh.
7. Yusupbaev. M. Dala yozuvlari 2021 № 6 Informator A. Asqarov. Nukus sh,