Научная статья на тему 'BADIIY FILMLARDA JANRNING VUJUDGA KELISHI'

BADIIY FILMLARDA JANRNING VUJUDGA KELISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
365
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
film / janr / vestern / myuzikal / komediya / jangari filmlar / syujet / motiv / tamoyil / film ishlab chiqarish / rejissyor / distribyutor / tomoshabin / qolip / yo‘nalish / uslub

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sayram Muxsinaliyevna Sobirova

Ushbu maqolada badiiy filmlar tasniflashning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Maqolada filmlarni janrga ajratishning kino yaratilish jarayoniga ta’siri yoritladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY FILMLARDA JANRNING VUJUDGA KELISHI»

BADIIY FILMLARDA JANRNING VUJUDGA KELISHI

Sayram Muxsinaliyevna Sobirova sayram.sobirova@mail.ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy filmlar tasniflashning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Maqolada filmlarni janrga ajratishning kino yaratilish jarayoniga ta'siri yoritladi.

Kalit so'zlar: film, janr, vestern, myuzikal, komediya, jangari filmlar, syujet, motiv, tamoyil, film ishlab chiqarish, rejissyor, distribyutor, tomoshabin, qolip, yo'nalish, uslub.

THE RISE OF GENRE IN FEATURE FILMS

Sobirova Sayram Mukhsinaliyevna sayram.sobirova@mail.ru Uzbekistan state institute of arts and culture

Abstract: This article discusses the evolution and stages of development of the classification of feature films. The article highlights the impact of the division of films into genres on the process of creating a film.

Keywords: film, genre, western, musical, comedy, action films, plot, motif, concept, film production, director, distributor, audience, form, shorthand, style.

Kirish. Janr termini fransuz tilidan tur, tip degan ma'noni bildiradi asli lotin tildagi genus so'zidan olingan. Bu tushincha tarixdan mavjud bo'lib, adabiy asarlarni turlarga bo'lishda katta ahamiyat kasb etdi. Adabiyotda janr terminini quyidagicha holatlarda qo'llanilishi kuzatiladi:

1. Berilishi jihatiga ko'ra (epik, lirik, dramatik).

2. Reallikga aloqadorligiga ko'ra (hujjatli, badiiy (to'qima).

3. Syujet turiga ko'ra ( komediya, tragediya).

4. Mazmunning mohiyatiga ko'ra (sentimental roman, tarixiy roman, sarguzasht roman) va boshqalar.

Bu chalkash holatni tartibga solish maqsadida 19-asrning positivizm olimlari adabiyotda janr masalasini Darvinning gen va turlar evolyutsiyasi qarashlariga asoslangan K.Linneyning jonzotlar va o'simliklarni binomial klassifikatsiyasiga (har bir alohida tur lotin so'zlari bilan genus va turlar) tayangan holda tadqiq etishga urunishdi. [1.8]

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

19-asr oxirlarida 20-asr boshlarida kino yangi industiyaga aylana boshlaganda aynan "janr" tushunchasiga bunday qarash o'zini oqlamadi. Ammo ko'plab ma'lumotlarni guruhlarga ajratishda umumiy xususiyatlariga tayanish davom etdi.

Asosiy qism. Film ishlab chiqarishning ilk yillarida filmlar davomiyligi va mavzusiga ko'ra ajratildi. Janr atamasi o'ta erkin holda qo'llanilgani kuzatiladi. Masalan, 1890-yillar oxirida ishlangan filmlar "jangari kartinalar" yoki 1904-yildan keyin ishlngan filmlar "syujetli kartinalar"ga bo'lindi. 1910-yilga kelib filmlar soni ko'paydi hamda janr tushunchasi filmni aniqlash va farqlash uchun qo'llanila boshlandi. Janrdan nazariy savollarga javob topish va amaliy jihatdan foydalanishga qaratilgan adabiyotdan farqli, ilk davrlarda film jarni terminologiyasi film distribyutorlari uchun o'zaro muloqot termini bo'lib qoldi. Bunda adabiyot hamda teatrda mavjud komediya, romantika kabi terminlardan, shuningdek, film mavzusini, masalan "urush haqidagi kartina" kabilarga ajratilgan.

Keyinchalik janrga oid terminlar film ishlab chiqarish jarayoniga asoslanib shakllandi. Masalan, tryuk filmlar, animatsion filmlar, taqib filmlar, kinoxronikalar, film d'art va boshqalar. I Jahon Urushi davomida va undan keying davrda film ishlab chiqarish jarayoni standartlashdi. Jam terminologiyasi adabiyot yoki teatr an'analariga suyanmadi. Aksincha, badiiy filmlarning ikkita katta tarmog'i melodrama hamda komediya podjanrlariga asoslandi, ya'ni kinoga xoslashdi. 1910-yilgacha film distribyutorlari ma'lum bir janrni nomlashda aniqlashturuvchi sifat va umulashtiruvchi otdan foydalanishgan. Masalan, taqib komediyasi, vestern melodrama kabi. Ovozsiz filmlar davri oxiriga kelib esa, ta'riflanishdagi ot tushirib qolidirilar hamda sifat mustaqili tarzda qo'llanila boshlangandi. Natijada "slapstick", "fars", "burlesk" komediya turi emas, balki alohida janrlar sifatida vujudga keldi. Shuningdek, melodrama o'rniga "vestern", "saspens", "horror", "serial" AQSHda "svashbuckler", Germaniyada "Kammerspiel", Fransiyada "boulevard film", Yaponiyada "jidaigeki" ( tarixiy film), "gendaigeki" (zamonaviy hayot tasvirlangan film) qo'llanila boshlandi.

Janr terminologiyasi ustida fikr yuritilar ekan, film ishlab chiqarish jarayonidagi qatnashchilar uchun bu tushuncha turlicha vazifalarda kelishini kuzatish mumkin.

Masalan,

1. Ishlab chiqaruvchilar: ishlab chiqarish uchun yo'riqnoma. Ijodiy hamda texnik jamoaning film ustida ishlashini tartiblashga yo'naltirilgan, yo'nalish berishga qaratilgan tushuncha sifatida.

2. Distribyutor: film prodyuseri va distiribyutorlar orasida o'zaro muloqotni to'g'ri o'rnatishga yo'naltiruvchi tushunchalardan biri sifatida.

3. Tomoshabin: tomoshabinni jalb etuvchi uslub; kino zallar va iste'molchilar, shuningdek, tomoshabinlarning o'zaro munosabatlarini yengillashtirishga qaratilgan tushuncha sifatida kelishi tushuniladi. [1.14]

Distribyutsiya kategoriyasi xususiyatiga ko'ra filmlar u yoki bu janrga mansub bo'ladi. Ammo barcha kartinlar ham ma'lum bir jarn modeliga xos tarzda ishlab chiqarilishi yoki tomoshabinlar tomonidan tanlanishi kuzatilmaydi.

Janr tushunchasiga tavsiflovchi sifatida yondashilganda, odatda distibyutsiya hamda klassifikatsiyalashda bu holat kuzatiladi, aynan film janri haqida fikr yuritiladi. Film janri tushunchasi ichlab chiqarish va iste'molchilar nuqtai nazaridan qo'llanilganda, ko'p hollarda janr filmi o'rnida qo'llanilishi kuzatiladi. Shu tarzda jarnga xoslilik filmga tomoshabinni jalb etishni shakllantiruvchi omillardan biriga aylanadi.

Endigina paydo bo'layotgan yoki rivojlanib kelayotgan film ishlab chiqaruvchilarda kino jarnlari yuqori darajada rivojlanmaganligi kuzatiladi. Janr filmlari esa yetuk film industriyalari, masalan AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, milliy yoki xududiy tomoshabinlar uchun mo'ljallangan filmlmar yaratuvchi yirik kino sanoatiga ega Xitoy va Hindiston kabi davlatlar tomonidan yaratilib kelinmoqda. Janr milliy film industriyalarini tushunib olish uchun ahamiyatli tushuncha hisoblansa-da, 1930-yillardan beri Gollivud studiyalari tuzilmalari jarn kino yaratishda global gegemonlikni o'rnatishdi.

Yarim asrdan ko'proq davr ichida AQSH kinoindustriyasi tomoshabinlar ongida bir necha turg'un janrlarni shakklanishiga erishdi. Ammo boshqa davlatlar kino ijodkorlari yaratgan janr filmlari oz sonni tashkil etib, u darajada katta e'tirofga erishmadi, ko'p hollarda AQSH janr kinolari ta'siri ostida qoldi.

Janrga mavzu asosida yondashuvdan syujet motivlaridagi o'xshashlik, kompozitsiyadagi o'xshashlik, voqeani bayon etish uslubidagi o'xshashklik hamda filmni tomoshabin tomonidan qabul qilinishida yuzaga kelgan shartlilkka asoslanish orqali ta'riflash orqali janr filmlaridagi o'sish kuzatiladi.

AQSHda hozir "vestern" deb ataladigan filmlar, o'z davrida tomoshabinlar tomonidan "vestern" sifatida qabul qilinmadi. Masalan, "Poyezdagi buyuk o'g'rilik" (1903) filmi sahna melodramalariga ta'sir o'tkazdi. "Poyezdagi buyuk o'g'rilik" (1903) vestern filmlariga namuna bo'lib xizmat qilish o'rniga, kriminal filmlar ishlab "chiqarishda ilhom berdi. Ammo keying o'n yillikda "vestern taqib" filmlar, "vestern melodramalar", "vestern romantik" filmlar, "vester epik" filmlar soni ortib borishi "vestern" janrini mustahkam shakllanishiga olib keldi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, dastlabki davrlarda vestern istalgan syujet, istalgan qahramon va uslubda kelishi mumkin edi. 1910 va 1920 yillar orasida vestern jarni (ta'siri sezilib borayotgan vestern ikonografiyasi va adabiyoti bilan bir qatorda) geografik nuqtai nazaridan tadqiq etildi, ajratildi va tizimlashtirildi. Bir paytlar har xil turdagi filmlarni tasvirga tushurishda sevimli joyni anglatuvchi oddiy "vestern" sifati tez orada g'arbdagi jamoatchilik qiziqishiga asoslangan, o'z o'rnida tomoshabinga yo'naltirilgan film janrining nomiga aylandi. vaqt o'tishi bilan mustahkamlanib va an'analashib brogan

I ibiSi^^Bl ^ http://oac.dsmi-qf.uz

umumiy tushunchalar yaratilayotgan janr filmlari sonini ortishini ta'minladi. Tomoshabinlar bu filmlarni vestern filmlari talablari asosida talqin qildi.

Gollivudda myuzikalniing rivojlanishi filmga ovozning kirib kelishi bilan boshlandi. Ilk onlarda filmda qo'llanilgan musiqalar myuzikal sifatida ta'riflanmagan. O'zining jarn xususiyatiga ega hikoya tizimining bir qismi sifatida qaralgan. Ovozli filmlar yaratilgan ilk davrlarda muzikal tushunchasi odatda komediya, romantika, melodrama, dialog, revyu kabi otlardan oldin sifat bo'lib kelgan. Bugunda myuzikal janri klassik namunasi hisoblangan filmlar o'z davrida myuzikal deb yuritilmagan. Masalan, rejisyor Garry Bomontning 1929 yilda yaratgan "Brodvey melodiyasi" filmi Metro Golden Mayer tomonidan "barcha gapiradigan, barcha kuylaydigan, barcha raqsga tushadigan dramatik sensatsiya" sifatida ta'riflandi. Uvorner Brathers esa rejissyor Roy Del Rutning "Sahro qo'shig'i" (1929) filmini "barcha gapiradigan, barcha kuylaydigan operetta" deb nomladi. RKO Radio Piktchers rejissyor Lyuter Ridning "Rio Rita" (1929) filmini "ekran myuzikali" deb ta'riflashi bilan myuzikal termini ilk marta mustaqil ma'no kasb etdi. [1.22]

1930 yilning 1-sezoniga, ya'ni tomoshabinlarning myuzikallarga nisbatan qiziqishi tushib ketgan bir davrga qadar, myuzikal termini ommavviy tarzda qo'llanilmay keldi. O'tgan davda ishlangan filmlarni tahlil qilish natijasida ularni (muzikallarni) bir guruhga jamlash mumkin bo'lib, film janri degan ta'rif mavjud bo'lsa-da, bu dastlabki bosqichda musiqiy filmlar hali jarn filmlariga aylanib ulgurmagandi. Chunki janr kinosigaa xos ishlab chiqarish va tomoshabin ongida ma'lum bir janr tushunchasini paydo qilishga xizmat qiluvchi tamoyillar hali tadqiq etilmagandi. Faqatgina 1933-yilga kelib romantik komediya va musiqa yaratishning uyg'unlashuvi natijasida, "muzikal" termini o'zining sifatlilik ko'rsatgichidan xalos bo'lib, ot sifatida qo'llanila boshlandi. Bu davrga kelib Uorner Brathers kinokampaniyasi tomonidan ishlangan rejissyor Lloyd Bekonnning "42-ko'cha" nomli filmi "to'la-to'kis myuzikal" deb ta'riflandi. [2.189]

Janrlar uyg'unlikka erishib, tomoshabinlarni o'ziga jalb etib bordi. Shu sabab kinonig barcha jabhlariga ta'siri sezilarli darajada ortidi. Janr normalari ijodiy guruhlar uchun ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirishga qaratilgan yo'riqnoma sifatida xizmat qildi. Ssenaristlar ko'proq ma'lum bir janr bilan bog'liq bo'lgan syujet qoliplari va xarakter turlarini yaratishga kirishdi. Kasting agentliklari ma'lum film uchun to'g'ri keladigan tashqi ko'rinish hamda aktyorlik mahoratini oson ilg'ashdi. Ijodiy hamda texnik jamoa avval shu janrlarda film yaratishda qo'llagan yechimlarni qayta ishlatish orqali vaqtni tejashdi. Masalan, tayyor dekoratsaiyalar, kostyumlar, ovoz effektlari va boshqalardan janr xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qayta foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Shu tarzda ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy tejamkorlikka erishildi.

Distribyutsiya va film namoyishi jarayonlari ham umumiy janrga tasniflanish bilan sezilarli darajada bog'liq. Har bir tomoshabinga alohida yondashilmay, aksincha, ularning ma'lum janrga bo'lgan ixlosdmandligi asosida tomoshabinlarni guruhlarga ajratish imkoniyati tug'ildi. Janrga xos xususiyatlar - janr nomi, tasvirlar, ovoz, syujet motivlari, .asosan ma'lum janrda rol ijro etuvchi aktyorlar - muhim reklama vazifasini bajaradi. Ya'ni tomoshabinni jalb etuvchi ohangrabo bo'lib xizmat qiladi. Har bir janr o'z o'rniga ega bo'lib borishi bilan maxsus tizimlar qo'llab-quvvatlashiga erishib boradi. Ular haqida gazetalarda, jurnallarda yoziladi, tijorat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi, fan klublar tuziladi va hakazo.

Xulosa. Janr tamoyillari tomoshabinlar uchun film tanlash jarayonini qulaylashtirdi. Filmning ma'lum janrga xosligi ulardan kutiladigan natijaga yo'nalish berdi. Ma'lum bir janrda bir xil qoliplar ko'p kuzatilib, uni oddiylashtirib, janr filmlari tomoshabinini esa saviyasiz sifatida gavdalantirishi mumkin. [1.25] Anmo janrga xos xususiyatlarga qo'shimcha murakkab qatlamlarni qo'shib borish orqali har doim ham film darajasini orttirish imkoniyati mavjud. Shuning uchun aksariyat kino harakatlari o'z asarlarida janr tamolillariga bilvosita tayanishni afzal bilgan. Masalan, Fransuz "yangi to'lqini", "yangi Amerika kinosi", hatto siyosiy radikal Lotin Amerika kinosi shular jumlasidandir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Altman, Rick. Film Genre. London: BFI Publishing,1999

2. Schastz, Thomas. Hollywood Genres, Formulas, Filmmaking and studio sytem. New York: Random House, 1981

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.