XXI ASR JAHON KINO SAN'ATIDA QISQA METRAJLI FILMLARNING
O'RNI
Nodira Saitjanovna Kasimova nodira-kasimova@mail .ru O'zDSMI
Annotatsiya: Ushbu maqolada qisqa metrajli filmlarning jahon kinosida tutgan o'rni haqida yozilgan. Unda nafaqat yosh ijodkorlar, balki mashhur rejissorlar ham qisqa metrli kinoga murojaat qilayotganligi to'g'risida so'z yuritilgan. Maqolada XXI asrda yaratilgan qisqa metrajli filmlar taxlilga tortilgan.
Kalit so'zlar: kinematografiya, qisqa metrajli film, rejissor, qahramon, kinofestival.
THE POSITION OF SHORT FILMS IN THE WORLD CINEMA
Nodira Saitjanovna Kasimova nodira-kasimova@mail .ru UzSIAC
Abstract: This article is about the role of short films in the world cinema. There is said that not only young artists, but also famous directors have referred to shorts. In the article short films made in the XXI century are analyzed.
Keywords: cinematography, short film, director, hero, film festival.
XXI asrda texnik taraqqiyot natijasida kino asarini tasvirga olish jarayoni birmuncha yengillashdi (kinoplyonkadan HD formatga o'tildi). Shu bilan birga, ijod mahsulini namoyish qilishga keng imkoniyat yuzaga keldi (oldin, asosan kinofestival doirasida namoyish etilgan bo'lsa, endilikda, internet sahifalari uy kinoteatri vazifasini bajara boshladi). Bu kabi omillar kinematografiyani, ayniqsa qisqa metrajli kinoning keskin rivojlanishiga va ommalashishiga sabab bo'ldi. "Kino mahsulotlari haqida gap ketarkan, ikki xil ko'rinish mavjud ekanligini ta'kidlash joiz: mualliflik filmlari (art house) va ommabop filmlar. Mualliflik asarlar orasida qisqa metrajli filmlar e'tiborga molik"1. "Rejissorlar o'z ijod mahsulini keng ommaga taqdim qila olishi bu yo'nalishning rivojlanishiga turtki bo'ldi"2. "Ijodkorlar "katta film" homiylari qo'l
1 . Kasimova, N.S. (2020). Genre variety and features of compositional formingof the uzbek short films. Central Asian Journal of Art Studies 5 (4). - P. 85.
2 Kasimova Nodira Saitjanovna (2022). Qisqa metrli kinoning ommalashuvida kinofestivallarning o'rni. Oriental Art and Culture 3 (1), 540-548. - 548 b.
I fctlT^^^^H 279 http://oac.dsmi-qf.uz
urishga botina olmaydigan muammolarni o'zlarining "kichkina" ishlarida ko'tarib chiqmoqdalar"3.
2000-yillarda internet sahifalarida tomoshabinlar e'tiboriga tushgan filmlardan biri 2006-yili buyuk britaniyalik rejissor S.Djeykobson tomonidan yaratilgan "Yuzdan bir soniya" ("One Hundredth of a Second") filmidir. Uning ssenariysi real voqea asosida A.Boden va S.Djeykobsonlar tomonidan yozilgan. Syujet ichki konfliktga qurilgan. Asarda insonning ichki hakami va orzu-havasi o'rtasidagi kurash aks etadi. 6 daqiqa davom etuvchi ushbu filmda insonni qiynaydigan vijdon azobi tasvirlangan. Rejissor g'oyasini ochishda parallel montaj usulini qo'llagan. Film qahramoni fotojurnalist qiz muhim tadbirga borish uchun uyda tayyorgarlik ko'radi. Qiz pardoz qila turib, xotiraga beriladi. U tadbirga kelib o'tirarkan, fleshbek kadrlar real kadrlar bilan almashaveradi. Voqea hozir va o'tmish bilan parallel tarzda rivojlanaveradi.
Retro kadrlarda, kasbini sevuvchi qahramon jang bo'layotgan joydan otishma va voqelikni harakatlarni foto tasmaga muhrlashga intiladi. U iloji boricha jonli va ta'sirli suratlar olishga harakat qiladi. Fotojurnalist bir qizaloqning dushman askar turgan muyulishga kirganini ko'radi va xavfsizlikni unutib, uning ortidan ergashadi. Qurollangan askar qizchaning qo'lidagi xaltani tortib olmoqchi bo'ladi. Qizcha esa jon-jahdi bilan xaltani qo'lidan qo'yib yubormaydi. Qizcha fotojurnalistni ko'rib, unga umid bilan tikiladi.
Hozirgi vaqtni ifodalovchi kadrda, "Yilning eng yaxshi fotosuratchisi" nominatsiyasida qahramonning ismi tilga olinadi, u sahnaga taklif etiladi. Sahna ekranida peshonasidan qon sizib chiqib turgan qizcha hamda yerda xaltadan sochilib yotgan sabzavotlar tasviri tushirilgan surat. Fotojurnalist taqdirlash marosimidan otilib chiqib ketadi. U o'zini yig'idan to'xtata olmaydi. Vijdoni bir qizchaning o'limi evaziga erishilgan butun umrlik orzusini qabul qila olmaydi.
S.Djeykobson "Yuzdan bir soniya" filmida vijdon va orzu-havas o'rtasidagi konfliktni asar davomida asta-sekinlik bilan kuchaytiradi. Asar boshida qarama-qarshilik oshkor etilmaydi. Ichki kurash rivojlanib, kulminatsiyada cho'qqiga chiqadi. Mazkur film 1993-yilda JARlik suratchi K.Karter faoliyati asosida yaratilgan bo'lib, o'shanda u suratga olgan bir tasvir bahs-munozaraga sabab bo'lgandi. Rejissor ushbu real voqeani ekranga olib chiqarkan, odamlarni har qanday sharoitda ham insoniylikni unutmaslikka chaqiradi.
Rejissor S.Djeykobsonning ijodiy faoliyatida qisqa metrajli kino muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki uning filmografiyasida sakkizta rejissorlik ish bo'lsa, ulardan to'rttasi qisqa metrajli filmdan iborat. Qisqa metrajli filmlar AQSH, Yevropa mamlakatlarida rejissorlar ijodida qanday o'rin tutsa, Osiyo, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarida ham shunday o'ringa ega. "Shuni ta'kidlab o'tish joizki, 2005 yildan
3 Kasimova, N.S. (2018). Expressing peculiar views in Uzbek short films in the XXI century. Colloquium-journal 11 (20), - P. 4.
280
http://oac.dsmi-qf.uz
keyin Qirg'iziston oliy ta'limlarida kinomutaxassislaг tayyorlana boshlandi. Bitiruvchilar milliy kinostudiyalar ("Qirg'izfilm" hoziгda T.Okeyev nomidagi) va xususiy kinostudiyalar ijodiy guгuhlaгi tarkibiga qо'shildilar. Yosh mutaxassislaг badiiy saviyasi yuqori bо'lgan qisqa metгajli filmlar yaгata boshladilaг. Bunga "Deraza"("Okno" rej. F.Tuгsunov va G.Sidikova (2005)), "Bizda hammasi yaxshi" ("U nas vse xorosho" гej. A.Bekbolotov (2007)), "Chiqimda" ("U trata" гej. N.Asanbekov (2009)), "Suv" ("Voda" гej. A. Nasirov (2011)) kabi filmlarni misol keltirish mumkin"4.
Darhaqiqat, 2000 yillaгdan sо'ng qiгg'iz kinematografi yangi bosqichga to'tarildi deyish mumkin. Buni kinoijodkorlar tomonidan yaratilayotgan filmlar va mamlakatda о'tkazilayotgan festivallaг misolida kо'гish mumkin. "Qirg'iz qisqa metгajli kinosining muvaffaqiyati haqida har yili Bishkekda о'tkaziladigan "Qn-g'iziston - qisqa metrajli filmlar mamlakati" nomli MDH va Boltiq davlatlari xalqaгo kinofestivali daгak beгadi"5.
Mazkur festival ishtirokchisi yosh rejissor A.Bakanova 2011 yilda "Yomg'ir qо'shig'i" filmini suratga oldi. Mazkur asar jahon ekranlaгida nomoyish etildi. Bishkek festivalida "Eng yaxshi film" deb topilib, Shveysariyadigi Lokarno xalqaгo kinofestivalining asosiy tanlovida ishtirok etishi uchun saralab olindi.
A.Bakanova tomonidan yaratilgan "Yomg'ir qо'shig'i" filmi eгi xoгij - Rossiyaga ishlagani ketgan yosh juvon Begoyim hayoti haqida hikoya qiladi. Begoyim xomilador Ьо'НЬ, erining qо'ng'iroq qilishini kutib yashaydi. Qaynonasi esa uning holiga qaramay, bir dam tin olishga bermaydi. Begoyim xali tug'ilmagan farzandiga otasining tez kunlarda kelib qolishi haqida gapiгib, о^т ovitib yuгadi. Ammo chet elda eri bilan biгga ishlab kelgan qо'shnisidan bо'lajak faгzandining otasi boshqa ayol bilan yashayotganligini eshitib qoladi. Begoyim о^ va farzandining eriga keгakmasligidan kuyunadi.
Film "Yomg'iг qо'shig'i" bilan yakun topadi. Rejissor A.Bakanova ushbu qо'shiq oгqali Begoyimning ichki kechinmalaгini tasviгlab beгishga muyassar bо'lgan. Ayol qо'shiq xiгgoyi qilarkan, qalbidagi barcha alam-anduxlarni tо'kib sochadi. Mazkur asar orqali rejissor qiгg'iz ayollarining baxtsiz taqdiгini kо'гstishga intilgan. Pul dardida oilalarning paгchalanib ketishi nafaqat Qirg'izistonda, balki kо'plab dunyo mamlakatlarida yuz berayotgan ijtimoiy-maishiy muammodiг. Shuning uchun Ьо'^ keгak, "Yomg'iг qо'shig'i" filmi dunyoning tuгli xil davlatlarida о'z muxlislaгini topdi.
Qiгg'izistonda mavjud tendensiyani Qozig'iston kenematogгafida ham kuzatish mumkin. "Hozirgi kunda "Qozoqfilm" kinostudiyasida "Debyut" bо'limi faoliyat yuгitayotgan Ьо'НЬ, bu yerda yosh rejissorlar, Qozig'iston, Rossiya, Fransiya va
4 Толомушева Г. Территория Киностан. Кыргызское кино в лицах. - Бишкек. 2009. - С. 65.
5 Токоева Ж.Т. Основные тенденции развития современного кыргызского кинематографа // Культура и искусство. 2019, № 11. - C. 13. DOI: 10.7256/2454-0625.2019.11.30832 URL: https://nbpublish.com/library_read_article.php?id=30832
i вдп^^в! ^81 http://oac.dsmi-qf.uz
AQSH oliygohlarining bitiruvchilari birinchi professional qisqa metrajli filmini suratga olish imkoniga ega"6. Jumladan, "Tonggi shafaq nuri" ("Luch utrenney zari" rej. D.Tulegenov (2015)), "Oliara" (rej. Ye.Yeskendir (2016)), "Erkak" (rej. B.Jaxanov (2016)), "Kub" (rej. M.Kodarov (2016)), "Shoqol" (rej. A,Seitov (2016)), "Tubsizlik" (rej. R.Kaldikoz (2017)), "Baliq sho'rva" (rej. A.Jadigerov (2018)), "Samal" (rej. Sh.Serjan (2018)), "Suv" (rej. A.Kasimbek (2018)), "Qishloqdagi diplom" ("Diplom v selo" rej. S.Raxim (2019)) kabi filmlar yaratildi. Bu Qozog'istonda qisqa metrajli kinoga katta ahamiyat berilayotganligidan dalolat beradi. Yosh ijodkorlarga kino sohasida o'rinlarini topishga yordam berish hamda ularni qo'llab quvvatlash uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "Respublika va xalqaro kinofestivallarda qisqa metrajli filmlar namoyishi o'tkazilmoqda. Xalqaro talabalar kinofestivali "Bastau" va "Shaken yulduzlari" aynan debyutantlarning qisqa metrajli filmlari uchun tashkil etildi"7.
D.Tulegenovning "Tonggi shafaq nuri" nomli filmi xam ko'plab festivallarda ishtirok etib, Bishkekdagi "Qirg'iziston - qisqa metrajli filmlar mamlakati" nomli MDH va Boltiq davlatlari xalqaro kinofestivalida "Bosh sovrin" (2015), Olmaotadagi "Yevraziya" xalqaro kinofestivalda "Eng yaxshi qisqa metrajli film" (2016), Yekaterinburgdagi "Kinoproba" kinomaktablar amaliyot-festivalida (festivalpraktikum kinoshkol) "Hakamlar sovrini" kabi yutuqlarni qo'lga kiritdi. Mazkur film maishiy drama janrida bo'lib, ona va bola o'rtasidagi murakkab munosabatni ko'rsatadi. Rejissor otalik mehrini his qilmay voyaga yetayotgan qahramon bolaning alamzadaligi tufayli, ahloqsizlik va buzg'unchilikka moyilligini tasvirlab bergan.
Filmda noto'kis oilada balog'atga yetayotgan o'smir yigitning qalb tug'yoni obyektlarda va detallarda aniq ifodalangan. Masalan, ilk kadrdagi bo'sh tramvay ichidagi buzuq o'rindiq, oilaning but emasligiga ishora bo'lsa, derazalarni sindirib ichkariga kelib tushadigan toshlar esa, qahramonning faryodini izohlaydi. Bola tosh otarkan, alamini olishga urinadi. Bu xatti-harakat obrazning xarakterini ochib beradi. Rejissor D.Tulegenov filmni "Tonggi shafaq nuri" deb nomlashi bejizga emas. Chunki boshqa erkak bilan turmush qurishga intilgan ona nomarddan jabr ko'rib, asar so'nggida o'g'li bilan qoladi. Be'zorilik qilib yurgan o'g'il ham onasining holatini tushunib unga suyanchiq bo'ladi. Film so'nggida ona va bola o'rtasidagi munosabat yaxshilanganligi va ikkisi ham bir-birini qadrlay boshlagani tongdagi shafaqqa qiyos qilinadi. Rejissor yangi kunni hayot, nurni umid ramzida ifodalagan.
XXI asrdagi texnologik evolyusiya qisqa metrajli kinoga keng imkoniyat ochib berdi. Bu yo'nalish yosh ijodkorlar faoliyatida muhim rol o'ynash bilan birga, kinoda
6 Байракимов А. Короткометражный фильм как метод воспитания режиссёра. APRIORI. Серрия: Гуманитарные науки. WWW.APRIORI - JOURNAL. RU._ - 2016, № 2. - С.3.
7 Байракимов А. Короткометражный фильм как метод воспитания режиссёра. APRIORI. Серрия: Гуманитарные науки. WWW.APRIORI - JOURNAL. RU._ - 2016, № 2. - С.4-5.
ГГлЦ^^Ш! 282 http://oac.dsmi-qf.uz
mavqega erishgan rejissorlar ijodidan o'rin egallab kelmoqda. Ushbu xususiyatni rossiyalik ikki rejissor A.Melikyan va Ye.Nikitinlar ishi misolida ko'rish mumkin.
2015 yilda mashhur rejissor A.Melikyan "8" nomli qisqa metrajli film suratga oldi. Fantastik drama janridagi bu filmda javobsiz sevgi tufayli, o'tmishni unutishga uringan yigitning kechinmalari ifodalangan. Film janrga xos uslubda tasvirga olingan bo'lib, xayol va reallikni izohlovchi kadrlar keskin ravishda montaj orqali almashadi. Rejissor filmda detalga urg'u berib, yirik plandan keskin boshqa obyektdagi umumiy plandagi tasvirga o'tgan. Masalan, qahramonning armonli muhabbati bilan bog'liq xotirasini o'chiruvchi dori tasviridan yigitning uyida dori ichayotgan holatidagi o'rta plani, so'ng maxsus effektdagi fantistik hodisa va xayolatdagi umumiy yiriklikdagi tasvirdan foydalanilgan. Bunday keskin kadrlar almashishi filmning temp va ritmini oshirib, syujetni yorqin o'ziga xos usulda ochib bergan. A.Melikyanning "8" filmi oq-qora rangda bo'lib, g'aroyib dori qizil rangda bo'lib, uning insonga ta'siri yorqin ranglarda beriladi. Film "8" deb nomlanishiga sabab odamni azoblovchi o'tmishni unutish uchun 8 dona dori kerak. Bu raqam cheksizlik ma'nosini ham anglatib, inson hayotida javobsiz tuyg'ular, yo'qotishlar va ular bilan bog'liq og'riqli hissiyotlar doim mavjud bo'ladi. Chunki odamzod yaqin munosabatga intiladi, lekin hech narsa abadiy emas.
"8" qisqa metrajli bo'lishiga qaramay, unda taniqli aktyorlar Ye.Siganov, I.Dapkunayte rol ijro etgan. Ye.Siganov yaratgan obrazining holatini aniq ko'rsatib bergan. Aktyorning yuz ifodasi va harakatlari qahramonning ichki kechinmalarini ta'sirli va ishonarli ifodalagan. Shuningdek, I.Dapkunayte talqin qilgan obrazining xarakteriga jiddiy yondashgan. U jiddiylik va faylasufona tabassum orqali yorqin obraz gavdalantirgan.
Yosh rejissorlardan Ye.Nikitin 2017 yilda navbatdagi qisqa metrajli filmini yaratdi. "Nayza" ("Strela") nomli film maktabning yuqori sinf o'quvchilari orasidagi muammoga bag'ishlangan. 25 daqiqa davom etuvchi ijtimoiy drama janridagi mazkur asarning maqsadi ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra bolalarning bir-biriga bo'lgan munosabati va maktab rahbariyatining ularga bo'lgan muomalasini ochib berishga qaratilgan. Edik boy xonadonning o'ta tantiq va odobsiz bolasi. U istaganicha darsga xalaqit beradi. Sinfdoshlarini masxaralab, o'qituvchilarni behurmat qiladi. Lekin ota-onasining maktabga ko'rsatayotgan moddiy yordami tufayli, maktab direktori uning barcha qiliqlariga ko'z yumadi. Sinfga Alisa ismli yangi o'quvchi qiz keladi. Qiz Edikning boshkalarga qilayotgan muomalasiga chiday olmay unga musht tushiradi va darsdan keyin jangga chaqiradi. Rejissor ushbu filmdagi qiz obrazi orqali har qanday beboshlikka qarshi chiquvchi kuch topilishi muqarrar ekanligini ta'kidlagan.
Ye.Nikitin "Nayza" filmi bilan ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra maktabda bolalar qanday nohakliklarga uchrashi haqida hikoya qiladi. Rahbariyat esa o'quvchilarni birdek ko'rib, ularga to'g'ri tarbiya berish o'rniga ota-onalarning moddiy ko'magiga
I icclT^^^^H 283 http://oac.dsmi-qf.uz
qarab, turlicha munosabatda Ьо'ШЫш aks ettirgan. O'qituvchilar tengsizlik tufayli, hurmatsizliklarga chidashga majburligi tasvirlagan. Yosh ijodkor filmni voqealarga to'ra qismlarga Ьо'НЬ, ularni syujet nuqtai nazardan iboralar bilan nomlagan. Har bir ibora kichik sahnaning ma'nosini izohlaydi. "Оо^й^ yordamga kelganda", "Chetlab o'tilgan jang muvaffaqiyatli jang" kabi qo'llanilgan iboralar rejissorning fikrini bayon qilishga va tomoshabinni o'ylashga undaydi. "Nayza" qisqa metrajli filmi rejissorning uslubi, jamiyatda uchraydigan muammolarga munosabatini ifodalaydi.
Jahonda ekran san'ati paydo Ьо'^п ekan, yildan-yilga turli janrlar va uslublar to'payib mukammallashib boraverdi. Ammo qisqa metrajli kino о^ xususiyatini yo'qotmadi. U yuzaga kelgan vaqtidagi kabi jamiyatdagi muammolarni ochib, faqat kino san'ati yo'lida xizmat qilib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kasimova, N.S. (2020). Genre variety and features of compositional formingof the uzbek short films. Central Asian Journal of Art Studies 5 (4), 84-93.
2. Kasimova Nodira Saitjanovna (2022). Qisqa metrli kinoning ommalashuvida kinofestivallarning o'rni. Oriental Art and Culture 3 (1), 540-548.
3. Kasimova, N.S. (2018). Expressing peculiar views in Uzbek short films in the XXI century. Colloquium-journal 11 (20), 4-6.
4. Толомушева Г. Территория Киностан. Кыргызское кино в лицах. -Бишкек. 2009.
5. Токоева Ж.Т. Основные тенденции развития современного кыргызского кинематографа // Культура и искусство. 2019, № 11. DOI: 10.7256/24540625.2019.11.30832 URL: https://nbpublish.com/library_read_article.php?id=30832
6. Байракимов А. Короткометражный фильм как метод воспитания режиссёра. APRIORI. Серрия: Гуманитарные науки. WWW.APRIORI-JOURNAL.RU. - 2016, № 2.
284
http://oac.dsmi-qf.uz