Научная статья на тему 'KONSERT IJODKORLIGI: TUR, JANR VA SHAKLLAR'

KONSERT IJODKORLIGI: TUR, JANR VA SHAKLLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
791
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / sahna / aktyor / rassom / maktab / janr / mahorat / kasbiy mahorat / an'analar / zamonaviylik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — T.M.Rashidov

Mazkur maqolada konsert ijodkorligi turlari, janrlari va shakllari, konsert asari ustida ishlashning o'ziga xos xususiyatlari, konsert repertuarida aktyor ijrosi haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSERT IJODKORLIGI: TUR, JANR VA SHAKLLAR»

KONSERT IJODKORLIGI: TUR, JANR VA SHAKLLAR

T.M.Rashidov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada konsert ijodkorligi turlari, janrlari va shakllari, konsert asari ustida ishlashning o'ziga xos xususiyatlari, konsert repertuarida aktyor ijrosi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: teatr, sahna, aktyor, rassom, maktab, janr, mahorat, kasbiy mahorat, an'analar, zamonaviylik.

CONCERT CREATIVITY: KINDS, GENRES AND FORMS

Temur Rashidov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article deals with the types, genres and forms of concert creativity, the specifics of working on a concert piece, the actor's embodiment of the concert repertoire.

Keywords: theater, stage, actor, artist, school, genre, skill, professionalism, traditions, modernity.

Aslida zamonaviy estrada ikki shaklni biz yuqorida aytgan kafe-kabare estradasi va qadimiy tomosha san'ati hisoblanmish bayramlar estradasini birlashtirdi.

Shu munosabat bilan estrada san'atining shakl va janrlarini sinfiy bo'lish istagida bo'lsak, unda uni uch guruhga ajratishimiz o'rinli bo'ladi.

Konsert estradasi (yoki uning tarixiy atamasi singari aytganda divertisment uslubidagi) estrada konsertlarida namoyish etiladigan barcha turdagi chiqishlar.

Teatr estradasi kichik ko'rinishdagi spektakllar yoki miniatyuralar teatri ko'rinishida namoyon bo'ladi (teatr-kabare, kafe-teatr) yoki aksincha, myuzik-xollarda ko'psonli ijrochilar va a'lo darajali sahna uskunalari yordamida namoyish etiladigan yirik shakldagi revyu-konsertlar.

Bayram estradasini ochiq osmon ostida tashkil etiladigan xalq sayillari va to'y -marosimlari bilan tenglashtirish o'rinlidir. Ushbu qismga stadionlarda o'tkaziladigan sport va konsert nomerlaridan tuzilgan tomoshalar, korporativ kechalar, karnaval, maskarad, kafe, restoran va diskotekalarda tashkil etiladigan shou-dasturlarni ham kiritish mumkin.

Konsert san'ati shartli ravishda uch tipga bo'linadi: musiqali, adabiy va estrada. Estrada san'ati rivojining keyingi davrini tahlil qiladigan bo'lsak, uning tematik

konsert, teatrlashtirilgan konsert, yig'ma konsert, yakkaxon konsert, (kamerniy) kichik konsert, namoyish konsert va boshqalar.

Konsert atamasi asosini lotin tilidagi "konserto" - "bellashaman" so'zi tashkil qiladi. Bu tushuncha bellashuvning turli shakllarida antik davrdan buyon yuritilgan bo'lib, shu qatorda badiiy ijod sohasida ham qo'llanilib kelgan.

Aslida mohiyati jihatidan ham konsert so'zimazkur o'rinda to'g'ri qo'llaniladi, chunkikonsert dasturlaridaiste'dod egalari bellashadilar.

Tarixdan bizga ma'lumki, XVIII asrda vujudga kela boshlagan ilk ommaviy konsert tomoshalarining aksariyati musiqiy yo'nalishda bo'lgan edi. Konsert sahnasida tomosha san'atining boshqa tur va janrlarining paydo bo'lishini quyidagicha izohlash mumkin. XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asr boshlarida dramatik teatr sahnalarida konsert dasturlariga yaqin tomoshalar berila boshlaydi. Dramatik teatrda spektakllar oralig'ida mazkur teatr aktyorlari va boshqa taklif etilgan aktyorlar ijrosida biz yuqorida aytgan "divertisment"lar sahna yuzina ko'ra boshladi. Dasturlarda estrada nomerlariga xos chiqishlar, kuy va qo'shiqlar ijro etilgan. Divertismentlar uzoq yillar mobaynida teatr homiyligida ijod qilishlariga to'g'ri keladi. Va nihoyat XIX asr o'rtalariga kelibgina, estrada san'ati og'asi bo'lmish teatr binosidan ochiq osmon ostiga yo'l oladi.

Konsert shakli bolalar bog'chasi, maktab va ijodkorlar sayroylarida ommabob hisoblanadi.Konsertning o'ziga xos xususiyati ham shundaki, u har qaysi zamonda o'z aktualligini yo'qotmaydi.

Endilikda estrada konsertlarining ko'plab turlari mavjuddir: yig'ma (yoki aralash) konsert, yakkaxon konsert, mavzuli konsert, teatrlashgan konsert, konsert namoyish, bir janrga xos konsertlar - nutqiy, musiqali, xoreografik va boshqalar. Ularning barchasini mufassal ravishda ko'rib chiqamiz.

Yakkaxon konsert - konsertning mazkur turi yakka ijrochi tomonidan tashkil etiladi. Ijrochi albatta atoqli san'atkor bo'lishi bilan birga katta mahorat egasi, o'z ishining ustasi bo'lishi talab etiladi. Sahnaga olib chiqilishi kerak bo'lgan material mazmundor bo'lib, ijrochining repertuari rang-barang nomerlarga boy bo'lishi zarurdir. Muhimi tomoshabin bir necha soatli konsert davomida zerikib qolmasligi, ya'ni uni o'zining chiqishlari bilan qiziqtira olishi kerak bo'ladi.

Kichik (kamerniy) konsert - repertuarining mohiyati jihatidan u qadar katta bo'lmagan auditoriyaga moslangan bo'ladi.

Konsert namoyish - konsertning bu turi tomoshabinga kunning siyosiy va ijtimoiy holatini oshkor qilishi bilan farqlanadi. Tomosha asosan musiqiy janrdagi nomerlardan tuzilgan bo'lib, ularda ommani vatanparvarlik ruhida jolantirish, ijtimoiy hayotiga kuch-g'ayrat qo'shish konsertning asosiy g'oyasiga aylanadi. Bu tipdagi konsertlarad yana xalqni hayajonga solayotgan kunning asosiy voqea-hodisalari xususida she'rlar, siyosiy qo'shiqlar, kino- xujjatlar va slaydlar namoyish qilinishi mumkin.

Konsert-intervyu - estrada konserti tashkil qilayotgan bir yoki bir necha ijrochilar bilan muloqot ko'rinishida boradi. Jurnalist yoki boshlovchi konsert davomida ijrochilarning hayoti va ijodidan savollar berib, bunga tomoshabinlarni ham biriktirishi mumkin bo'ladi. Bunday konsertning o'ziga xosligi shundaki, bunday konsertda ma'lum bir artistning nafaqat ijodiy qirralarini, balki tomoshabinlarni qiziqtirgan shaxsiy hayoti to'g'risida ham ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.Bu jarayonda intervyuer qiziqarli savollarni tuza olishi, suhbatni maroqli mavzuda olib borish xususiyatlariga ega bo'lishi lozimdir.

Monokonsert - yakka yoki bir guruh ijrochilarning estrada uslubidagi konsertlari bo'lib, yakkaxon konsert xususiyatlariga yaqin hisoblanadi. O'ziga xosligi shundaki, artistlar nafaqat nomerlarini ijro etadilar, balki tomoshabinlarga o'z ijodlari, shoirlar va rejissyorlar haqidagi fíkrlari, gastrollari, kelajakdagi istak-hoxishlarini bayon etib, ular bilan konsert davomida jonli muloqot olib boradilar ham. Albatt mazkur jarayonda tomoshabinlarning qiziqish va istaklari ham inobatga olinib turiladi.

Konsert-rekviyem - bizningcha konsertning bu turini xotira konserti deb atash o'rinli bo'lardi. Chunki mazkur konsert motam- tantana ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu konsertning xususiyati shundaki, uning asosiy mavzusi marhum ijodkorlar, xalq qahramonlari, shoir va yozuvchilar, tarixiy shaxslarni xotirlash bilan bog'liq bo'ladi. Konsert-rekviyem o'zida teatrlashtirish elementlari va hayotiy haqiqatlarni mujassam etishi mumkin.

Revyu(fransuz tilidan olingan revue) - manzara, ko'rinish degani. Revyuda har-xil turdagi nomerlarni ketma-ket joylashtirishda teatrlashtirishdan keng va faol ravishda qo'llaniladi. Uning asosiy ko'rinishi o'zida syujet tizimini mujassam etgan va bu bilan turli nomerlarni uyg'unlashtirgan teatrlashgan konsertda namoyon bo'ladi. Konsert dasturi asl mohiyatini spektaklga qiyoslash mumkin bo'ladi. Revyuda asosiy planda tashqi shaklning yorqinligi va ijro mahoratining zohiriy hashamdorligi turadi. Tomoshani boshlovchilar olib borishadi va shu bilan bir qatorda spektaklni mushohada qilish va konferanse vazifasi ularning zimmasiga yuklanadi.

Divertisment dasturi namoyish shakliga o'tib, qatnashchilarning soni ko'payadi va shuni ta'kidlash joizki, rang-barang tashqi bezak revyuga xos xususiyatdir. Revyuda muloqotning ikki uslubini ko'rish mumkin. Sahnadagi partnyorlar bilan va tomoshabinlar bilan muloqot, zero aktyorlarning tomoshabinlar auditoriyasi bilan muloqotining qiyofasi o'zgachadir.

Katta sahna, ko'pincha bir qancha maxsus sahnalashtirish vositalarini talab etadi. Tomosha umumiy planga o'tib, tomoshabinning e'tibori har yoqqa tarqalib, ko'p obektlar ichida o'ziga keraklisini terib ola boshlaydi. Estradaning boshqa shakllaridan farqli o'laroq, revyuda muhlislar teatrdagi singari tomoshabinlar auditoriyasiga aylanib qoladi. Shu o'rinda tomoshabinlarni faollashtirish usullarini qo'llash o'rinlidir. Revyu

dasturini uch asosiy elementlar orqali qurish mumkin: estrada-sirk nomerlari, ochiq juft yoki uch konferanslar va xoreografik kompozisiyalar.

Shou-dasturlar - ko'ngilochar tomosha bo'lib, uning asosini divertisment dasturlari tashkil etadi. Shou-dastur o'ta dabdabali, dekorativ va hashamdor ko'rinishga ega bo'ladi. Aslini olganda shou-dastur ommaviy bayramlarga xos shakl bo'lib, undan syujet yoki mazmun-mohiyatni izlash shart emas. Tomoshaning mazkur shakli rivojlanishi oqibatida G'arbda "Shou-biznes" ko'ngil ochish sanoati vujudga keldi.

Estrada san'atida shou-dasturlarning maydonga kelishini ilmiy- texnologik jarayonlarning rivojlanib borayotganligi vaestrada konsertlari yangi shakllarining paydo bo'lishi hamda ularning badiiy san'at turlari bilan uyg'unlashayotganligini sabab qilib ko'rsatish mumkin. Ovoz akustika moslamalari, sahnani yoritishda qo'llaniladigan kompyuter va lazer texnikasi, kino va videoproyeksiya sahnada yangicha ifoda vositalarini hosil qilish mumkinligiga olib kelmoqda. Yangi uslubdagi dekorasiyalar va sahna sathini hayratga soluvchi bezak moslamalari bilan to'ldirish oqibatida misli ko'rilmagan bezak uslublarining paydo bo'lishiga olib kelayapdi. Bunday texnik ta'sirchan vositalarning kundan- kunga ortib borishi shou-dasturlarning rang-barang ko'rinishlarining vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda.

Revyudan farqli o'laroq, shou-dasturida ijrochining o'zi boshlovchi hisoblanadi. U vaziyatdan kelib chiqqan holda tomoshadagi nomerlar ketma-ketligini o'zi to'g'irlab boradi. Tomoshabinlarni konsertning bevosita ishtirokchisiga aylanishiga sabab bo'ladi. Istasa, ularni ijrochilar bilan birga qo'shiq kuylashga, raqsga tushishga, ayrim replikalarni aytishga chorlab turadi. U konsert davomida sodir bo'ladigan kutilmagan voqealarga zudlik bilan javob bera olishi, maroqli suhbatdosh bo'lishi zarur.

Yig'ma konsert. Nomidan ko'rinib turibdiki, konsertning mazkur turi bir birini takrorlamaydigan turli janrlarga xos alohida-alohida nomerlardan tarkib topadi. Tanlangan nomerlar janri jihatidan qay darajada hilma-hil bo'lsa, konsert ham shu darajada rang-barang va ta'sirchan bo'ladi. Yig'ma konsert rejissyor va ijrochilar ijodida keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Uni lirik va kichik ko'rinishda, ommaviy va ko'ngil ochar shaklda sahnalashtirib, nomerlarni badiiy kontrast yoki aksincha, o'zaro uyg'un holda qurish ham mumkin bo'ladi.

Yig'ma konsert o'z tuzilmasi jihatidan boshqa konsert turlariga nisbatan o'ta qayishqoq va o'zgaruvchandir. U yagona syujet tizimiga va belgilangan sahnalashtirish qolipiga bog'liq bo'lmasligi mumkin. Nomerlarni joylashtirish jarayonida kompozision uyg'unlik zaruriy bo'lsada, ammo ular orasida o'zaro bog'liqlik xosil qilish qat'iy talab qilinmaydi. Balki shuning uchun ham dastrulash qoidalari texnikasidan xabardor konferanse dasturdagi nomerlar o'rnini almashtirishi, yoki umuman boshqa nomerni kiritishi bilan ham konsertning umumiy tuzilmasi va mohiyatiga jiddiy shikast yetkazmaydi.

Mavzuli konsert. Konsertda bir mavzu hukmronlik qiladi. U o'z atrofida konsertning barcha badiiy qismlarini ipga tizilgan marjon shodalariday birlashtiradi.

Mazkur sharoitda konsert tashkilotchilari bo'lmish, rejissyor va konferanse oldiga bir qarashda oddiy, ammo maroqli vazifa qo'yiladi. Konsert dasturi uchun mavzuga doir ijrochilarni va repertuarni tanlash, har bir tanlangan nomer yakka holicha va hammasi birgalikda bir mavzuga bo'y so'nishi va uni ochib berishi zarur bo'ladi.

Mavzuli konsertlar kalendar yoki kasbiy bayramlarga, ijtimoiy-siyosiy voqealarga, yubiley kunlariga va tabriklash marosimlariga bag'ishlangan bo'lishi ham mumkin. Qo'shiqlar, kupletlar, reprizalar, hazilomuz o'yinlar, intermediya va viktorinalarga boy bo'lgan Yangi yil tomoshalari ham mavzuli konsert turiga kiradi.

San'atning ibtidoiy ko'rinishlari bo'lgan va teatr san'atini vujudga keltirgan musiqa, raqs va xalq tomosha san'ati, teatrda dramaturgiya paydo bo'lganidan so'ng alohida hayot kechirishi zarur edi. Haqiqatdan ham dramaturgiya teatrni o'ziga xos holatga keltirdi, ya'ni teatrda dramaturgiya qonuniyatlari hukm sura boshladi. Musiqa, raqs, qo'shiq ijrochiligi teatr vujudga kelgach yo'qolib ketmadi, balki birlashib yangi shaklni, ya'ni "konsert" san'atinining paydo bo'lishiga olib keldi.

Teatr asosan jamoaviy san'at turi hisoblanadi. Dramatik spektaklda ijrochi aktyorlarning soni o'rta hisobda 10-20 nafar bo'lishi bo'lishi mumkin. Spektakl dramturgik asosga ega, diolog va monologlar tayin, hatti-harakat dramaning o'zida mujassam etilgan. Konsertning vujudga kelishi uchun esa asosan individual, ya'ni bir-biriga o'xshamagan va takrorlanmas ijro qobiliyatiga ega aktyorlar zarur bo'ladi. Konsertda aktyor yakka o'zi bir necha daqiqa mobaynida bir-necha ming tomoshabinni qiziqtira olishi zarurdir. Buning uchun uning ijro imkoniyatlari chegara bilmasligi va kuchli mahorat egasi bo'lishi talab etiladi. Shunday ekan konsert san'atining vujudga kelishi uchun ana shunday ijro imkoniyatiga ega aktyorlarning shakllanishi zarur edi.

Ho'sh shakllanish qayerda va qanday kechdi? Albatta, teatrda. Teatr bunday aktyorlarning tarbiyalanishi uchun mahorat maktabi vazifasini o'tab berdi. Mahoratli va dong'i chiqqan aktyorlar spektakllar orasidagi antraktlarda kichik-kichik nomerlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Keyinchalki vaqt o'tishi bilan aktyorlar o'zlari ustida ishlab, o'z nomerlarini sayqallash va rivojlantirishlari oqibatida original uslubdagi estrada nomerlari paydo bo'ldi. Albatta, konsertlarning barcha qismlari ham faqat teatr binosida rivoj topmadi. Chunki teatrda xatti-harakatning cho'ziqligi, murakkab dekorasiyalarning mavjudligi va teatrga xos tartib-qoidalar uni bino ichkarisiga joylab qo'ygan va bu qolipdardan chiqa olish imkoniyati yo'q edi.

Xalq an'anaviy teatrining faol ishtiroki ham konsertlarning kelajakdagi rivojiga turtki bo'ldi. Zamonaviy konsertlarda an'anaviy tomoshaga xos bo'lgan masxarabozlik, qiziqchilik, payrov, askiya, muqallid singari janrlarni haligacha uchratishimiz mumkin.

Konsertni barcha san'at turlari birlashuvchi jamlanma, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki musiqa, xoreografiya, sirk, soz ijrochiligi, an'anaviy tomosha turlarini konsert birlashtira olish imkoniyatiga ega.

Biz yuqorida konsertlarning turlariga qisqacha ixoh bergan edik, quyida ularga batafsil to'xtalamiz. Ma'lumki, har qanday san'at asarida badiiy obraz yaratish, asarning mavzusi va g'oyasiga bog'liq bo'ladi. G'oya muallif va rejissyor fikrlarining uyg'unligida paydo bo'ladi. Bu yerda ham g'oya muallif yoki rejissyor tomoshabinga nima demoqchi, uning yuragiga qanday yo'l topmoqchi ekanligi dominantlik qiladi. Demak, shunday ekan konsert g'oyasi va mavzusi drama singari uning ssenariysi ishlab chiqilayotgan paytdayoq ayon bo'lishi lozim.

Ssenariy - konsertning asosi. Uni yaratishdan oldin, muallif dramadan farqli o'laroq rejissyor va hattoki bayram ishtirokchilarining asosiy qismi bilan tanish bo'lishi lozim. Bundan tashqari ssenariy muallifi ana shu ishtirokchilar (konferanse yoki boshlovchilar, xonandalar, sozandalar, raqqosalar, qiziqchilar, sirk artistlari va xokazo.)ning ijro uslublari, tashkil qilinishi lozim bo'lgan konsert uchun qanday nomerni tayyorlaganliklari haqida ham ma'lumotga ega bo'lishlari lozim. Ssenarist tayyor nomerning qanday janrda va mavzuda ekanligi, uning doimiylik vaqti qancha degan savollarga javob topishlariga ham to'g'ri keladi. Ijrochilar bilan tanishib bo'lgan ssenarist endi, ana shu konsert o'tkazilishi lozim bo'lgan sahnani uning bor imkoniyatlarini to'la qonli bo'lmasada, ammo yetarlicha habardor bo'lishi ham lozim. Chunki, konsert davomida spektakldan farqli holda, sahnaning bosh pardasi bir necha barobar ko'p ochib-yopilishi ham mumkin. Sahnaga qaratilgan chiroqlar, tomoshabinlar zalini yorituvchi moslamalar qanday o'rnatilgan uni o'zgartirish mumkinmi yoki yo'q. Ssenarist bunday vaziyatlarni to'laqonli bilishi talab etiladi.

Ssenariy muallifi va rejissyor tomonidan tanlangan bosh mavzu konsertning bosh voqeasiga aylanishi lozimdir.

Teatrlashgan konsert. Teatrlashgan konsert - xatti-harakatga qurilgan, mufassal konsert shaklidir. Teatrlashtirish konsert dasturining prologi va yakuniga teatr qonuniyatlarini kiritish bilan vujudga kelishi ham mumkin. Ammo teatrlashtirishning yanada mukammal va yuksak ko'rinishi bu unda syujet tizimini hosil qilish va konferansedan foydalanishdan boshlanadi.

Ma'lumki, spektaklda syujet xilma-xil janrlarni bir tizimga birlashtiradi. Teatrlashgan konsertning yana bir mukammal shaklidan biri bu- konsert namoyish hisoblanib, unda dramaturgik asos mavjud bo'lishi bilan birga, nomerlarni bir-biriga birlashtirib turuvchi nafaqat yaxlit mavzu, balki yaxlit voqea bilan bog'langan bo'ladi. Konferanse ma'lum bir syujet asosida xatti-harakat qiladi.

Teatrlashgan konsert yoki boshqacha qilib aytganda, "konsert-spektakl" (spektakl-konsert). Birinchidan, konsert ham spektakl singari sahna asari, u barcha sahna asarlari kabi sahna qonuniyatlariga bo'y so'nadi. Spektakl dramaturg pesasi

asosida yaratilsa, konsert ssenariy asosida tashkil qilinadi. Spektakl ham, konsert ham rejissyor tomonidan sahnalashtiriladi. Unda ham har qaysi spektaklda bo'lgani kabi aktyorlar, dekorasiya, kostyum, grim, chiroq, musiqa va hokazolar mavjud. Teatrlashgan konsert spektakl singari yagona badiiy obraz hamda qarama-qarshilik, yetakchi hatti- harakat, oliy maqsad mavjud singari ifoda vositalari mavjud bo'ladi. Teatrlashgan konsert o'z kompozision tizimiga ega bo'lib, ekspozisiya(kirish), tugun, rivojlanish, avj, yechim spektakl singari konsert kompozisiyasining ham asosiy elementlari hisoblanadi. Teatrlashgan konsertda akademik xordan tortib, xalq raqslariga qadar barcha janrga xos san'at turlari namoyon bo'lishi mumkin. Teatrlashgan konsert har doim mavzuli bo'ladi. Bir yoki ikki qismli bo'lib, (vaqt qonuniyati hukm surishi tayin - chunki tomosha davomida tomoshabinlarni toliqtirib qo'yish mumkin emas) albatta antrakti bo'ladi. Konsertning vaqt birligi 1 soatu 10 daqiqadan 1 soatu 30 daqiqagacha bo'lishi mumkin. Agarda u ikki qismli bo'lsa, birichi qism 1 soat yoki 1 soatu 10 daqiqa, ikkinchi qism 50-55 daqiqadan oshmasligi zarurdir.

Teatrlashgan konsert uchun quyidagi inshootlar tanlanishi mumkin:

- teatr binosi

- konsert zali

- mehmonxona

- istirohat bog'i

- filarmoniya zali

- kapella zali

Teatrlashgan konsert ssenariysi badiiy nomerlar ketma-ketligidan tashkil topgan bo'lib, albatta u yerda boshlovchilarning so'zlari hamda yaxlit badiiy obrazni yuzaga chiqaruvchi (chiroq, musiqa, film, slaydlar, ommaviy mezassenalar) ifoda vositalari, to'g'risidagi ma'lumotlar o'rin egallaydi. Nomerlar teatrlashgan konsert qonuniyatlariga asosan badiiy umulashgan ko'rinishda bo'lib, mazmun-mohiyati jihatidan bir-birini davom ettirishi zarur. Teatrlashgan konsert kompozision bezagining alohida-alohida bo'laklari o'ta nafis bo'lishi, nomerlar qatori mazmun yaxlitligini buzmasligi, tanlangan g'oya aniq va ravshan namoyon bo'lib, rejissyor oliy maqsadiga qaratilgan bo'lishi ko'zda tutiladi. Nomerlarni teatrlashtirish bilan ham g'oyaviy va obrazli yaxlitlikka erishish mumkin.

Teatrlashgan konsert asosan shiddatli va yorqin ommaviy sahna bilan boshlanadi. Konsert ijrochilariga nisbatan nomer mavzularini tanlashda zaruriy talab qo'yiladiki, mavzularda kunning muhim voqealarini olib chiqish, qisqa va lo'ndalik hamda rang-baranglikdir.

Demak, teatrlashgan konsertni to'la qonli spektakl deyishimiz mumkinmi? Mumkin, lekin teatrlashgan konsertning spektakldan farqli tomonlari ham borki, uning bu qirralari uni dramatik spektakldan o'zgacha ekanligini yaqqol ko'rsatadi.

Dramatik spektaklning asosi hatti-harakat ekanligi bizga ma'lum, har qanday konsertning asosi esa nomerdir. Dramada hatti-harakat voqealar ketma-ketligini boshqarib, uning syujetlarini rivojlantirib tursa, konsertdagi vazifasi parchalarni bir uyg'unlikda saqlash va bir muhim tizimga birlashtirish hisoblanadi.

Sahnalashtirish jarayonida dadillik bilan yo'l tutish zarur bo'ladi. Qiziqarli va so'zlovchi mizanssenalar, turli sathdagi dekorasiyalar - pog'onalar va zinalardan foydalanib, "makonni sindirish" usullarini qo'llash o'rinli bo'ladi. Konsert nomerlari bilan ishlashda ijrochilarning dramaturgik ifodaviyligiga alohida ahamiyat berish kerak. Jamoaga erinmasdan konsertning bosh g'oyasi va mavzusini tushuntirish va nomerlarda g'oyaning yaqqol ifodalanishini ta'minlash zarur. Agarda nomerlar ichida badiiy o'qish bilan bog'liq bo'lganlari uchrasa, ular bilan jiddiyroq shug'ullanish kerak bo'ladi, chunki katta sahna ovozni yutib yuborishi evaziga mo'ljallangan natijaga erishib bo'lmasligi mumkin.

Istalgan xatti-harakat asarda ekspozisiya-avj va yakunga tayangan bo'ladi. Ekspozisiya bizni yaqinda bo'ladigan tugunga yetaklab, sahna muhitiga kiritadi. Bu uvertyurani konsertning boshidan oxiriga qadar davom etuvchi leytmotiv hisoblash mumkin. Ekspozisiya va yakun har doim bir biriga bog'liq bo'ladi. Ekspozisiyada tashlangan tugun yakunda yechiladi. Avj nuqtasida barcha qarama-qarshi kuchlar o'rtasidagi kurashning yuqori cho'qqisini ko'ramiz. Bu bayramning o'ta keskinlik va his-tuyg'ularni jumbushga keltiradigan lahzasidir.

Jamlanma repetisiyalarni iloji boricha tayyor yoki yarim tayyor dekorasiyalarda o'tkazish yaxshi natija beradi. Boshlovchilar qo'liga albatta mikrofon berilishi kerak. Badiiy so'z bilan bog'liq bo'lgan nomerlarga yana bir bor ko'z yugurtirib o'tish yoddan ko'tarilmasligi, kamchiliklari uchrasa, to'g'irlab o'tish zarurdir. Texnika ustalari ovoz kuchaytirgich va yorug'lik moslamalarini to'g'irlashlariga imkon yaratish va repetisiyada ulardan foydalanish o'rinli bo'ladi. Foyeda bayramona kayfiyatni yaratish ham mumkin. Uning bezagiga alohida e'tibor qaratish, mehmonlarni kutib olishda mavzuli ommaviy ko'rinishlardan foydalanish ijobiy natijalar beradi.

Konsert dasturining shakli va xususiyati. Konsert faoliyati haqida gap ketganda, vokal, instrumental, xoreografik, so'zlashuv(nutqiy) va original janrlarda ijod qiluvchi badiiy jamoalarning ommaviy tomoshasi ko'z oldimizga keladi. Konsertning o'ziga xos qirrasi ijro etiladigan janrlarning xilma-xilligi, ishtirokchilarning ko'psonli ekanligi va o'tkazilish joyidadir. (filarmoniya zali, madaniyat uyi, sport saroyi, maktabning kichik zali va boshqalar.)

Konsert dasturi ommaviy tomoshaning bir turi bo'lib, unda eng kamida, u yoki bu shakldagi san'atning besh turini uchratish mumkin: musiqa, adabiyot, xoreografiya, teatr va estrada. Konsert dasturi o'z tarixiy ildizlaridan ko'p qirralarini bugungi kunimizgacha saqlab qolgan va zamonaviy o'zgarishlar bilan boyib bormoqda. Uni

teatr va sirk dasturlarida ajratib turuvchi jihatlari borki, quyida shular to'g'risida fikr yuritamiz.

Konsert dasturini xususiyatiga ko'ra ikki asosiy qismga bo'lish mumkin: filarmoniya konserti(grek tilidan phileo - sevaman, harmonía - uyg'unlik) va estrada konserti. Bu ikki filarmonik va estrada janrlarini farqlash faqat ularning repertuari asosida yuzaga keladi. Konsert dasturi madaniy-ommaviy tadbir hisoblanib uni ilmiy-nazariy tahlil qilish bilan uning xususiyati va ichki tizmilarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda konsert dasturini tashkil etish moliyaviy va texnologik jarayonlarni ham talab etishini unutmaslik zarur. Demak konsert bu nafaqat bir yoki bir necha ijodkorlar jamoasining, balki jamiyatning umummadaniy va ijtimoiy voqeasi hamdir.

Konsert dasturi ommaviy bo'lishi bilan birga uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini ham unutmasligimiz zarur. Konsert ommaviy-madaniy shakl ekan, uning bugungi kunda ma'naviy hayotdagi o'rnini o'rganish katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda zamonaviy konsertlarni san'atshunoslik va madaniyatshunoslik nuqtai-nazardan o'rganish o'ta muhim masaladir.

Biz yuqorida xususiyatiga ko'ra konsert dasturini ikki guruhga ajratdik: filarmoniya konserti va estrada konserti.

Filarmoniya konsertiga to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi ham bir necha guruhlarga bo'linib ketadi.

• Simfonik konsertlar: simfoniya, oratoriya, syuita, uvertyura, musiqali spektakllarning parchalarini ijro etuvchi simfonik orkestrlar konsertlari. Ularda yakkaxon-vokalistlar va instrumental yo'nalish ijrochilari ishtirok etishlari mumkin;

• Kamerniy konsertlar: kichik shakldagi musiqiy asarlarni - sonata, trio, kvartet, kvintet va boshqalarni ijro etuvchi kamerniy orkestr va ansambllar ishtirokidagikonsertlar. Bu tipdagi konsertlarda hamyakkaxon-vokalistlar va instrumental yo'nalish ijrochilari ishtirok etishlari mumkin;

• Xor va raqs jamoalari ishtirokidagi konsertlar: xor, kapella, ashula va raqs ansambllari va boshqalar;

• Duxovoy orkestrlar va xalq ashula va raqs ansambllari ishtirokidagi konsertlar;

• Mumtoz asarlarni ijro etuvchi yakkaxon ijrochilarning konsertlari: badiiy so'z ustalari, opera vokalichi-artistlari, yakkaxon instrumentalistlar, konsertmeystrlar va boshqalar;

• Adabiy-musiqiy konsertlar: vokalistlar, instrumentalistlar, badiiy so'z ustalari va balet artistlari tomonidan musiqali va adabiy-dramaturgik asarlar ijro etiladigan konsertlar;

• Konsert-ma'ruzalar: qo'shiqchi va kompozitorlar, yozuvchi va shoirlar, aktyor va rejissyorlar ijodiga bag'ishlangan mavzuli ma'ruzalar o'qiladigan konsert kechalari.

• Shu jumladan estrada konsertlari ham bir qancha yo'nalishlarga bo'linib ketadi:

• Simfonik estrada va estrada orkestrlari djaz uslubidagi orkestlar va ansambllar, yengil instrumental musiqani ijro etuvchi instrumental estrada ansambllari ishtirokidagi konsertlar;

• Vokal, vokal-instrumental hamda vokal va raqs ansambllari ishrokidagi konsertlar. Yengil yo'nalishdagi musiqa va qo'shiqlarni ijro etadigan operetta ansambllarining konsertlari;

• Musiqali komediya va estrada artistlari hamda vokalistlari tomonidan ijro qilinadigan konsertlar;

• So'z ustalari va so'zlashuv janri ijrochilari (drama, qo'g'irchoq, estrada teatri artistlari, feletonchilar, kupletchilar)ning konsertlari;

• Teatrlashgan estrada tomoshalari, shu jumladan estrada jamoalarining teatrlashgan dasturlari(miniatyuralar teatri, myuzik-xoll, estrada raqs ansamblari, pantomima, muz ustidagi balet va qo'g'irchoq guruhlari);

• Xalq estradasi uslubida ijod qiladigan jamoalarning ko'ngilochar repertuarlari.

Ta'kidlaymizki, konsertlarning bunday tarzdagi tizimlanishi shartli hisoblanadi

va ularni har doim ham bu tarzda ajratish, konsert ijodini o'rganishda qo'l kelavermaydi.

Konsert dasturlarining sinfiy bo'linishini o'tkazilish maqsadiga, o'tkazilish joyiga, ishtirokchilar tarkibiga, ishtirokchilar soniga, tomoshabinlar tarkibiga qarab ham tizimlash mumkin.

Maqsadiga qarab:

- Kundalik konsertlar

- Hisobot konsertlari

- Ko'rik konsertlar

- Bayram konsertlari

- Yubiley konsertlari

O'tkazilish joyiga qarab:

- Stasionar (ko'chmaydigan) konsertlar

- Sayyor konsertlar

- Gastrol konsertlar

Ishtirokchilar tarkibidan kelib chiqqan holda:

- Havaskor ijrochilar konsertlari

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- Professional ijrochilar konsertlari

- Aralash yoki qo'shma konsertlar

Ishtirokchilar sonidan kelib chiqib:

- Yakkaxon konsertlar yoki benefislar

- Guruhli konsertlar yoki yarim benefislar

- Jamoaviy konsertlar

- Yig'ma konsertlar

Tomoshabinlar tarkibiga qarab:

- Bolalar uchun konsert

- Yoshlar uchun konsert

Konsert dasturida kompozision uyg'unlik. Chamamizda, bo'lajak konsert dasturining g'oyasini ongimizda paydo qilib, uning mantiqiy qurilmasi hamda ketma -ketligini benuqson ravishda oq qog'ozga tushirishdan bo'lak murakkab mashg'ulot bo'lmasa kerak. Chunki bu jarayon haqiqatdan ham o'ta og'ir hisoblanadi. Yo'q narsani hosil qilish, bo'm-bo'sh sahnada badiiy obrazlarni yaratish ijodkordan keng tasavvur talab etadi.

Konsert turli-tuman nomerlardan tashkil topar ekan, soha mutaxassisi bo'lmagan odam o'ylashi mumkinki, ularni oldinma- ketin qo'yilsa, konsert vujudga keladi, deb. Aslida esa bu ula o'ylaganchalik yengil jarayon emas. Agar bu yo'sinda ish tutilsa, konsert dasturi o'z tomoshabobligini yo'qotib zerikarli va qiziqarsiz bo'lib qoladi. Shunday ekan, mukammal ko'rinishdagi qiziqarli va tomoshabob konsert tashkil etish uchun, avvalambor uning uyg'unligini ta'minlash zarur bo'ladi. Uyg'unlik esa kompozisiya, tempo-ritm, qarama-qarshilik, xatti-harakat va hokazo badiiy ifoda vositalari ishtirokida vujudga keladi.

Konsertning kompozision tuzulishi to'g'risida yuqorida aytib o'tgan edik. Quyida uning uyg'unligini oshiradigan boshqa vositalarning ahamiyati to'g'risida fikr yuritamiz.

Inson ongi turli vaziyatda turli xil intensivlikda ishlaydi. His tuyg'ularning o'zgarishi bilan ong va fikrning tezligi o'zgaradi boradi, ya'ni eng yuqori faollikdan eng kam tushkunlikkacha.

Sahna san'atidagi ruhiy va fizik faollikni K.S.Stanislavskiy "tempo-ritm" deb atadi. Chunki, har qandaydramatik asarida xarakterlar va maqsadlar to'qnashuvi yuz beradi, qarama-qarshilik va ziddiyatlar sodir bo'ladi. To'qnashuvlarning eng yuqori cho'qqisida tempo-ritm eng tez bo'lsa, asar boshida, ya'ni ekspozisiyasida hali ziddiyatlar u qadar faollashmagan mahalda tempo-ritm sokin kechadi. Tempo-ritm ikki bir-biriga aloqador lekin xususiyati jihatidan bir-biriga o'xshamagan ""temp" va "ritm" so'zlarining birikishidan hosil bo'lgan. Keling ularni alohida-alohida ko'rib chiqsak.

Temp - italiyan tilidan tempo - vaqt ma'nosini bildiradi. Temp atamasini "tezlik" tushunchasiga aynan o'xshash deb aytish noo'rin bo'ladi. Temp xatti-harakatning o'ziga xos xarakterini ham bildiradi. Masalan, bir tekis, keskin o'zgaruvchan, jadal, sekinlashgan, uzuq-uzuq va hokazo. Inson xatti-harakatida temp juda murakkab va xilma-xildir ko'rinishlarda bo'ladi. Harakatning xarkaterini bilishda tepm yetakchi hisoblanadi, chunki faqat shu orqali biz inson ruhiyatini sezamiz. Misol uchun, ta'ziyada odamlar o'ta sekin harakat qiladilar, lekin hech birimiz sekinlik bilan mushtlashayotgan raqiblarni ko'rgan emasmiz.

Ritm - lotin tilidan rhythmus - kechmoqma'nosini anglatadi.Barcha estetik kategoriyalar singari ritm ham har qaysi san'at turi xususiyatidan kelib chiqqan holda o'z qonuniyatlariga egadir. Bu qonuniyatlar san'at turining badiiy vositalaridan kelib chiqadi. Ya'ni raqsda harakat, adabiyotda so'z va musiqada tovush.Teatrda esa ritm aktyorlarning sahnadagi xatti-harakatida ko'zga tashlanadi. Ritm - bu xatti-harakatning vaqt va makondagi o'zaro nisbati bo'lib, harakat va to'xtalishlar muddatini bildiradi. Ritmda ketma-ketlik mujassamlashgan bo'ladi, hoh u tovush, harakat yoki hissiyotlar bo'lsin.

Shunday ekan, tempo-ritm har qanday ijod turi singari konsert ijodida ham o'ta muhim badiiy vosita hisoblanadi. Konsert nomerlarini ketma-ket joylashtirishda uning ahamiyati yuqoridir.

Konsertning xususiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, unda nomerlar o'rtasida bellashuv kechadi va buni ham qarama- qarshilikni yuzaga keltiruvchi asosiy omil, deyish mumkin.

Qarama-qarshilik har qanday dramaturgiya asarining asosi hisoblanib, u syujet zanjiri va kompozisiyani aniqlashda muhim o'rin tutadi va asar yetakchi harakatini vujudga keltiradi.

Xatti-harakat aktyorlik san'atining asosiy ifoda vositalaridan biri hisoblanadi. Dramatik spektakl va shu jumladan konsertlarda ham badiiy obraz aktyorning oliy maqsadni aniqlashdagi xatti-harakatlari evaziga yuzaga keladi. Estrada aktyori ijodida tomoshabilarga yo'naltiriladigan so'z va so'z xatti-harakati o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, estradaning shunday janrlari borki, unda so'z xatti-harakati umuman bo'lmaydi. Misol uchun, pantomima janrida mim plastik xatti-harakatlari yordamida badiiy obrazni ifoda etadi. Bu yerda vosita sifatida inson tanasining plastik ifodaviylik mahorati darajasi yotadi. Shu jumladan vokal estradasida bu vazifani ovoz, original estrada yo'nalishlarida texnik moslamalar bajarishi mumkin.

Konsert dasturi ifoda vositalarini ko'rib chiqib, ularning konsert kompozisiyasini yaratishdagi ahamiyatini ham o'rganish zarur. Ko'p turdagi konsert dasturlari boshlovchi va konferanslar tomonidan olib boriladi. Ularning vazifasi konsertdagi nomerlarni ulash, nomer ijrochilarini tanishtirish va nomerlar orasidagi b o'shliqni to'ldirishdan iboratdir.

Boshlovchining yana bir muhim vazifasi - bu konsert kompozisiyasini bir maromda saqlab turishdir. Boshlovchi konsert dasturining tempo-ritmini boshqarib borishi, uyg'unlikni yo'qotmasligi, tomoshabinlar zerikib qolishining oldini olib turishi zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. - 324 b.

2. Клитин С.С. Эстрада. Проблемы теории, истории и методики. - Москва: Искусство, 2015. - 192 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.