"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023
FILMLARDA TASVIRIY YECHIM VA SIFAT (MAXALLIY KINOOPERATORLARNING YETISHIB CHIQISHI)
Iqbol Mamasodiqovich Meliqo'ziev [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqola o'zbek kinooperatorlik san'atining tarixi, 6070 yillarda o'zbek kinematografiyasida yangi yo'nalish va uslublarning paydo bo'lishi kinostudiyada Sh.Abbasov, E.Ishmuhamedov, A.Xamrayev, operatorlar X.Fayziyev,
D.Fatxulin, rassomlar E.Kalantarov, E.Raximboyev kabi yosh ijodkorlarning nomlari bilan chambarchas bog'liq. Shu bilan birga, maqolada o'zbek kinooperatorlik san'ati o'zbek kinosi rivoji uchun ahamiyati to'g'risida ilmiy asoslangan fikrlar bildirilib o'zgarishlar va ularning mohiyati haqida ham so'z boradi.
Kalit so'zlar: operator, san'at,tarix,o'bektiv, fotokamera, rang, yorug'lik, kompozitsiya, simmetriya, kino, kinooperatorlik maktabi, ijodkor, badiiylik, tasviriy yechim
ILLUSTRATIVE SOLUTION AND QUALITY IN FILMS (MATURATION
OF LOCAL FILM OPERATORS)
Iqbal Mamasodikovich Melikuziev [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This scientific article is a history of Uzbek cinematographic art, the emergence of new directions and styles in Uzbek cinema in the 60s and 70s.Abbasov,
E.Ishmuhamedov, A.Khamraev, operators X.Feyziev, D.Fatkhulin, artists E.Kalantarov, E.Closely related to the names of such young creators as rachimboev. At the same time, the article also talks about the changes and their essence by expressing scientifically based opinions about the importance of Uzbek filmmaking for the development of Uzbek cinema.
Keywords: cinematography, art, history, Object, Camera, color, light, composition, SImmetry, cinema, School of cinematography, creativity, art, graphic solution
KIRISH
50-yillarda "O'zbekfilm" studiyasi ijodiy jamoasi son jihatdan ko'plab filmlarni yarata boshladilar. Studiyaga yangi ijodiy shahslar kirib keldi. Ular o'zlari bilan yangi
mavzularni, yangi yechimlarni, yangicha izlanishlarni, hayot va san'atga bo'lgan yangicha munosabatni olib keldilar. 1956-1959-yillar ichida "O'zbekfilm" kinostudiyasi tomonidan turli janrlar va mavzularni qamrab olgan o'ndan ortiq badiiy filmlar yaratildi. Rejissyor Z.Sobitovning "Farzandlar olg'a boradilar" ("Sbinovya idut dalshe", ssenariy mualliflari Yu.German va G.Rest). Filmda o'zbek xalqining Mirzacho'lni o'zlashtirish, suvsiz yotgan cho'lni gulistonga aylantirishdagi mardonavor kurashi, bunda o'zbek xalqining g'alabasi haqida xikoya qilingan. Taniqli kinorejissyor K.Yormatov tarixiy mavzudagi eng yaxshi film - "Ibn Sino" ("Avitsenna") filmini suratga oldi. Mualliflar V.Vitkovich va S.Ulug'zodalar ssenariysi asosida yaratilgan bu kinoasar o'rta asrlarda yashab o'tgan buyuk olim, faylasuf va tabobat ilmining asoschisi sifatida barchaga ma'lum bo'lgan Abu Ali ibn Sino tavallud topganining 1000 yilligi munosabati bilan ekran yuzini ko'rdi.
USULLAR
Qayd etilgan filmlar Respublikaning madaniy hayotida muxim voqea bo'lganligini e'tirof etish lozim.
50-yilning ikkinchi yarimidan ekranlarda namoyish etilgan filmlarga e'tiborimizni qaratsak, shuni alohida e'tirof etishimiz mumkinki, o'zbek kinematografistlari o'z ijodlarida yangi va zamonaviy mavzularga qo'l urishga, zamon bilan hamnafas bo'lishga intilganlar. Ekranlarda birin-ketin o'ndan ortiq zamonaviy mavzularda yaratilgan badiiy filmlar ekranlarga chiqdi. Bir necha yillik tanafusdan so'ng rejissyor Y.Agzamov o'zining "Gulbahor" (ssenariy mualliflari M.Yelenin va G.Maryanovskiylar), "Orol baliqchilari" ("Rbbaki Arala", ssenariy mualliflari M.Melkumov va A.Japanovlar), "Maftuningman" ("Ocharovan toboy", ssenariy mualliflari T.To'la va M.Melkumov) filmini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Rejissyor Z.Sobitov ham shu davrda "Stadionda uchrashamiz" ("Vstretimsya na stadione", ssenariy muallifi Yu.Kalabin) nomli komediya yaratadi. Keyinchalik detektiv janriga mansub "Sahrodagi voqea" ("Sluchay v pustbine", 1959 y.) filmini suratga oldi. Rejissyorlar K.Yormatov va L.Fayzievlar ijodiy hamkorlikda "Atirgullar gullaganda" ("Kogda svetut rozi", ssenariy muallifi K.Fayzullin) hamda "Ikkinchi gullash" ("Vtoroe svetenie", ssenariy muallifi V.Kreps) filmlarini yaratdilar.1
NATIJALAR VA MUNOZARA
Kinostudiyaning o'sha davrdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib qarasak qisqa muddatda son jihatdan bu qadar ko'p filmlarning yaratilishi o'zbek kino san'ati uchun xech mubolag'asiz katta yutuq edi. Albatta filmlardagi daramaturgiyaning zaifligi, ziddiyatlarning sayozligi va maromiga yetmaganligi, ba'zi obrazlarning juda jo'nligi va siyqasi chiqqanligi yaqqol ko'zga tashlanib qolgan. Nazarimizda filmlarda fikrlar teranligi, filmlardan olinadigan xulosalarning keng ko'lamliligi yetishmas edi. Ammo,
1 КИНОИСКУССТВО УЗБЕКИСТАНА: ВЧЕРА И СЕГОДНЯ И.М. Меликузиев ЖУРНАЛ ЮРИДИЧЕСКИХ, ФИНАНСОВЫХ И ПРИКЛАДНЫХ НАУК Инновационная академия ...
mavjud kamchiliklariga qaramasdan, bu filmlar o'zida ezgulik g'oyalarini mujassam qilgan, o'z davrining zamonaviy talablariga javob bera olgan. Bu esa O'zbekiston kino san'atida yangidan-yangi zamonaviy mavzularni yoritgan filmlar yaratishda muhim omil edi.
Respublika kino sanoatidagi keskin o'sish, bu o'sishga turtki bo'lgan bir nechta qiziqarli va o'ziga xos ijodiy yangiliklar - o'zbek milliy kino san'atining o'sha davrdagi rivojlanish bosqichiga xos bo'lgan xususiyatdir.
60-yildan boshlab o'zbek kinematografiyasida rivojlanish va o'sish davri boshlandi. Respublika kinematografiyasiga yosh rejissyorlar, ssenariy mualliflari, kinooperatorlar, rassomlar guruhi kelib qo'shildi.
Ishlab chiqarishning hajmi ortdi. Filmlarning mavzu va janrlar chegaralari kengayib bordi va natijada o'zbek kino ijodkorlarining faoliyati ham rivojlanib bordi. Ekranlarga biri-biridan qiziqarli yirik filmlar ekranlarga chiqa boshladi. "Mahallada duv-duv gap" ("Ob etom govorit vsya maxallya"), "Sen yetim emassan" ("T i ne sirota"), "Nafosat" ("Nejnost"), "Ulug'bek yulduzi" ("Zvezda Ulugbeka") va bir qator e'tiborga molik hujjatli filmlar yaratildi. Kino ustalari 60-yillarning oxirlari va 70-yillarga kelib o'z ijodlarida g'oyaviy-badiiy yetuklikka, yangi ijodiy pog'onalarga ko'tarilganlarini namoyish etdilar. Ulkan mahorat va tajribaga ega rejissyorlar K.Yormatov, Yu.Agzamov, Z.Sobitov, L.Fayziev, X.Axmar hamda Sh.Abbosov, A.Hamraev, R.Botirov, U.Nazaraov, E.Ishmuhamedov, A.Qobilov, A.Xachaturov, Q.Kamalova, D.Salimov kabi bir qator ilg'or fikrlovchi va izlanuvchi yoshlar "Toshkent non shahri" ("Tashkent gorod xlebniy"), "Abu Rayhon Beruniy" ("Abu Reyxan Beruni"), "O'tkan kunlar" ("Minuvshie dni"), "Favqulotda komissar" ("Chrezvichayniy komissar"), "Seni kutamiz yigit" ("Jdyom tebya, paren"), "Integral", "Sevishganlar" ("Vlyublennie"), "Uchrashuvlar va vidolashuvlar" ("Vstrechi i rasstavaniya"), "Farxodning jasorati" ("Podvig Farxada"), Inson qushlar ortidan boradi" ("Chelovek uxodit za ptitsami"), "Achchiq meva" ("Gorkaya yagoda"), "Ikki askar haqida qissa" ("Povest o dvux soldatax"), "Qo'qon voqeasi" ("Eto bilo v Kokande") televizion badiiy filmi, "Shum bola" ("Ozornik") va boshqa talaygina mashhur va yetuk kinoasarlarni yaratishga muvaffaq bo'ldilar.
1961 yilda hukumat qarori asosida "O'zbekfilm" qoshidagi hujjatli kino bo'limi mustaqil faoliyat yurituvchi O'zbekiston ilmiy-ommabop va xronikal-hujjatli filmlar kinostudiyasiga aylantirildi. Shu ondan boshlab respublikaning hujjatli kino san'atida keskin rivojlanish va ko'tarilish davri boshlandi. Yosh hujjatli kinochilar M.Qayumov, A.Saidov, A.Tursunov, Sh.Zoxidov, A.Raximov, P.Rasulov, I.Gibalevich kabi taniqli hujjatli kino ustalari bilan yonma-yon, ko'tarinki ruhda ijod qila boshladilar. Ular katta qiziqish va ishtiyoq bilan respublika solnomalarini yarata boshladilar. N.Ataulloeva, D.Salimov, T.Bobojonov, T.Nodirov, T.Ro'ziev, N.Azimov, K.Xasanov, M.Ismoilov va boshqa rejissyor va operatorlarning nomlari allaqchon respublikamizdan tashqarida
ham ma'lum edi. O'zbekistonlik tasvirga olish guruhlarini Xindiston va Belgiyada, Shri-Lanka va Kanadada, Bangladesh va Angliyada, AQSh va Afg'onistonda, Vetnamda, Malayziya, Pokistonda va ko'plab boshqa yurtlarda kam uchratish mumkin edi.
Respublika kino san'atining keskin rivojlanib borishi 60-yillarda boshlandi. 1961 yilda "O'zbekfilm" studiyasi Shayxontohur madrasasidan yangi qurilgan binoga, ya'ni Chilonzor xududiga ko'chib o'tdi. Studiya yangi jixozlar, xona va sexlarga ega bo'libgina qolmay, eng zamonaviy texnik jixozlar, ayniqsa eng zamonaviy tasvirga olish uskunalari va pavilonlariga ega bo'ldi. Keyinchalik 1966 yilda ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasi ham yangi binoga joylashadi. Ijodiy va texnik xodimlar jamoasiga yosh mutaxassislar kelib qo'shildi. Ular Butunittifoq davlat kinematografiya institutini (VGIK) tamomlagan, Leningrad kino muxandislari institutini (LIKI), Moskva Oliy ssenariy mualliflari malaka oshirish o'quv yurtini hamda Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan bir guruh bitiruvchilari, ijodkorlar yoshlar edilar.
Bularning barchasi badiiy, ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar ishlab chiqarish imkonlarini yanada kengaytirdi. Natijada sifat o'zgarishlari yuz berdi. Yoshlar o'z ijodiy imkoniyatlarini namoyish eta boshladilar. Ijodiy jarayonda uning uslub va uslubiyatida yangilanish ko'zga tashlana boshlandi. Kasbiy mahorat takomillashib o'sib bordi, mavzu va janrlar rangbarangligi ko'rinib zamonaviy mavzular keng va teran talqin etishga bo'lgan harakat yaqqol ko'rinish berdi.
Yosh mutaxassislarning ijodkorlar safiga kelib qo'shilishi nafaqat mavzular va uslublarning yangilanishi, balki hujjatli kinoda shu paytgacha qo'llanilmagan yangi shakl va uslublarning yuzaga kelishi va rivojlanishidan darak berar edi. Filmlarning tasviriy yechimini belgilashga tamomila yangicha yondashuv, suratga olish uslublariga, kadr kompozitsiyasiga yangicha nuqtai nazar va yangicha munosabatda bu yaqqol ko'zga tashlanar edi. Yangicha uslub mavzuni poetik idrok etish, turli metaforalarga boy tasviriy til va falsafiy umumlashmalarda namoyon bo'ldi.
Yosh ijodkorlar M.Qayumov, M.Penson, A.Tursunov, P.Rasulov, I.Gibalevich, T.Nodirov va boshqa kasb ustalari tomonidan yaratilgan o'ziga xos ijodiy maktab an'analari, yillar davomida orttirilgan ulkan ijodiy tajribalar asosida yanada faol shakllandi, rivojlandi.
Yangi avlod, jumladan N.Ataullaeva, D.Salimov, T.Bobojonov, T.Ro'ziev, N.Azimov, Q.Xasanov, M.Ismoilov va boshqalar o'zlarining ishlari bilan jahonga tanildilar. Xususan "Sahro" ("Pustinya") filmining operatori T.Bobojonov Germaniyaning Leypsig shahrida o'tkazilgan Xalqaro kinofestival g'olibi bo'ldi. Yurtimizda "Kumush kabutar" ("Serebrenniy golub") mukofoti taqdim etildi. Bu
voqea O'zbekiston hujjatli kinosi uchun tarixiy voqea bo'lib xotiramizda doimo saqlanib qoldi.2
1961 yilda O'zbekiston xronikal-hujjatli filmlar studiyasi va Moskva hujjatli filmlar markaziy studiyasi (SSDF) bilan birgalikda yangi loyiha - Respublika gazchilari haqida to'liq metrajli, hujjatli film yaratish ustida ish boshladilar. O'zbekiston tomonidan "Zangori olov odamlari" ("Lyudi golubogo ognya" (Buxoro-Ust-Yurt-Rossiya-Yevropa) filmini yaratishda yetakchi kinooperatorlar T.Nodirov va T.Bobojonovlar, sSDF tomonidan esa taniqli xronikachi kinorejissyor va operator Roman Grigorev va xronikachi kinooperator va Oleg Arseulov ishtirok etgan. Hamkorlikdagi ijodiy faoliyat ajoyib natijalar berdi.
Badiiy kinoga VGIKni tamomlagan yosh rejissyorlar D.Salimov, A.Hamraev, E.Ishmuhamedovlar "O'zbekfilmga"ga o'zlarining yangi zamonaviy mavzulari, yangicha dunyoqarashlari, ilg'or ijodiy uslublari bilan kirib keldilar. Ularning qatorida X.Fayziev, D.Fatxulin, L.Traviskiy, T.Eftimovskiy, A.Ismoilov kabi bir nechta yosh kinooperatorlar va E.Qalantarov, N.Raximboev, V.Dobrin, S.Ziyamuhammedov va B.Nazarov kabi ko'pchiligi VGIKni bitirgan postanovkachi-rassomlar bor edi. Barcha yosh rejissyorlar, operatorlar va rassomlar birinchi ishlaridayoq o'zlarining iqtidorli ijodkor ekanligini isbotladilar.
Qayd etilgan yillarda K.Yormatov, Y.Agzamov, Z.Sobitov, L.Fayziev, I.Krasnyanskiy, A.Pann, V.Sinchenko va boshqa keksa avlod vakillari ham g'ayrat, shijoat bilan o'z ijodlarini davom ettirdilar.
Ilg'or fikrlar, ijodga, yangicha yondashuv, novatorlik 60-70 yillarda yosh o'zbek rejissyori Sh.Abbosovning kinostudiyaga kelishi bilan bir davrda boshlandi. 1960 yilda rejissyor Sh.Abbosov o'zining birinchi to'la metrajli "Mahallada duv-duv gap" (ssenariy mualliflari A.Ramazanov va B.Rest) badiiy filmini yaratdi va bu bilan o'zining betakror va iqtidorli ijodkor ekanligini namoyish etdi. 3
Zamonaviy materialga asoslangan kinokomediyada o'zbek xalqining hayoti va uning kundalik turmush tarzi o'zgarib borishi bilan birga, insonlarning ruhiyati, tafakkuri, dunyoqarashi ham o'zgarib, rivojlanib borayotgani, yoshlar taqdirini belgilashdagi turli irim-sirimlar, bid'at tushunchalarning asta-sekin yo'q bo'lib ketayotgani haqida hikoya qilinadi.
Filmda asosiy rollarni R.Pirmuhammedov, L.Sarimsoqova, M.Yoqubova kabi iste'dodli, atoqli kino va teatr aktyorlari ijro etganlar va o'ziga xos yorqin obrazlar yaratganlar. Film operatori V.Vladimirov, postanovkachi-rassom E.Qalantarov o'zbek halqining ruhiyatini, uning milliy xususiyatlarini yaxshi bilgan ijodkorlar sifatida
2 ПРОЯВЛЕНИЕ ЭЛЕМЕНТОВ НЕОРЕАЛИЗМА В ОПЕРАТОРСКОМ ИСКУССТВЕ УЗБЕКИСТАНА И.М.Меликузиев НАУКА И ИННОВАЦИИ МЕЖДУНАРОДНЫЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ 2022 № 1 1 (1), 136-148
3 ЁШ АВЛОД РЕЖИССЁРЛАРИНИНГ КИНО САНЪАТИДА ИЖОДИ ВА МАХ.ОРАТ МАСАЛАЛАРИ, И.М.Меликузиев Научно-методический журнал "Восточное искусство и культура" Том 3 Выпуск 3 (2 ...
filmning dramaturgik tasviriy yechimini juda aniqlik bilan, o'zgacha ichki bir sezim va mahorat bilan juda ifodali va ma'noli xal qilishga muvaffaq bo'lganlar.
O'sha davrlarda o'zbek kinematografiyasida yuz bergan e'tiborli voqealardan yana biri Sh.Abbasovning "Sen yetim emassan" ("Ti - ne sirota"; ssenariy muallifi R.Fayzi, postanovkachi-operator X.Fayziev, postanovkachi-rassom E.Kalantarov) filmining yaratilishi bo'ldi. Film 1962 yilda ekranga chiqarilgan bo'lib unda Ulug' Vatan urushi yillarida Toshkentlik Shoahmad va Baxri Shomahmudovlar oilasi tomonidan turli millatga mansub yetim bolalarni asrab olishi, ularni o'z farzandlari kabi tarbiyalashi nihoyatda hayajonli va jonli tarzda hikoya qilinadi. "Sen yetim emassan" filmi o'zbek kinosi uchun chinakam g'alaba bo'ldi. Film o'zining bevosita haqqoniyligi, ajoyib rejissyorlik topilmalari bilan, bosh rollar ijrochilari Obid Jalilov va Lutfixonim Sarimsoqovalar yaratgan betakror va yorqin obrazlari hamda ularning farzandlari rolini o'ynagan yosh aktyorlarning a'lo darajadagi ijrosi bilan tomoshabinlarni o'ziga rom etdi.
Film vatanimiz va dunyoning ko'plab mamlakatlarida keng namoyish etilib tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi. Butunittifoq va xalqaro kinofestivallarda bir qator faxrli mukofotlar va oliy darajadagi sovrinlarni, diplomlarni qo'lga kiritdi.
Internatsionalizm, umuminsoniylik mavzusini Sh.Abbasov o'zining "Toshkent non shahri" (A.Neverovning shu nomli juda mashhur qissasi asosida yaratilgan) filmida davom ettirdi va aytish mumkinki bu mavzuni yanada chuqurlashtirdi. Bu film 60-yillar so'ngida o'zbek kino san'atidagi muhim ahamiyatga ega bo'lgan yutuq bo'ldi. Rejissyor Sh.Abbasov, operator X.Fayziev, rassom E.Qalantarov insonlarga bo'lgan samimiy muhabbat bilan, o'sha davr ruhiyatini ekranlarda mahorat bilan ko'rsatib bera olganliklari, badiiy haqiqat bilan tomoshabinlar diqqat e'tiborini tamomila zabt etdilar.
60-yillarda o'zbek kinamatografistlari tomonidan o'zbek xalqining ikkinchi jahon urushi davrida ko'rsatgan qahramonliklari, jasorat mavzulariga bag'ishlangan ko'plab filmlar yaratildi. Bular Latif Fayzievning "Vatan farzandlari" ("Sini otechestva"; ssenariy mualliflari S.Azimov, N.Rojkov). Zohid Sobitovning "General Sobir Raximov" (ssenariy mualliflari K.Yashin, I.Lukovskoy), Ravil Botirovning "41-yil olmalari" ("Yabloki 41-go goda"; ssenariy muallifi D.Xolendro), Albert Xachaturovning "Farxodning jasorati" ("Podvig Farxada"; ssenariy muallifi I.Raxim), Xabib Fayzievning "Oy borib omon qayt" ("Vozvra^aysya s solnsem"; ssenariy muallifi Z.Fatxulin) va boshqalar.
60-yillarda zamonaviy mavzular quyidagi filmlarda rivojlanib bordi: "Oq qushlar, oppoq qushlar" ("Belie, belie aisti"; rejissyor A.Hamraev, operator D.Fatxulin, rassom Sh.Abdusalomov), "Uyg'onish" ("Prozrenie"; rejissyor Sh.Abbosov, operator M.Penson), "Sinchalak" ("Ptichka-nevelichka"; rejissyor L.Fayziev, operator A.Pann), "Dorbozlar" ("Kanatoxodsi"; rejissyor R.Botirov), "Yigit va qiz" ("Paren i devushka";
rejissyor U.Nazarov), "Vijdon amri bilan" ("Navstrechu sovesti"; rejissyor A.Xachaturov,) "Davra" ("Krug"; rejissyor D.Salimov), "Koniyut siri" ("Tayna Kaniyuta"; rejissyor X.Fayziev), "Nafosat" ("Nejnost"), "Sevishganlar" ("Vlyublennie"; rejissyor E.Ishmuhammedov, operator D.Fatxulin va G.Tutunovlar).
Ammo shuni ham takidlash zarurki zamonaviy mavzular barcha filmlarda ham o'zining yetarli darajadagi badiiy ifodasini topmadi. Hayot haqidagi yuzaki tasavvur, haqiqatni, voqelikni tasvirlashda biryoqlamalik va kasbiy mahoratning yetishmasligi filmlarning g'oyaviy va badiiy darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Biroq, shu bilan birga bir qator yaxshi kinofilmlar ham yaratildi. "Oq qushlar, oppoq qushlar", "Uyg'onish", "Surayyo", "Davra", "Nafosat", "Sevishganlar" kabi asosan yosh rejissyorlar tomonidan yaratilgan kinoasarlar o'sha davr o'zbek kinematografiyasini ko'p jihatdan boyitdi, uni ijodiy kamolot sari boshladi.
Bularning barchasi kinostudiya ijodiy jamoasining kasbiy mahorati o'sib borayotganidan, ijodkorlarning zamonning dolzarb muammolarini o'ziga xos tarzda anglashga, tushunishga va ifoda etishga urinayotganliklaridan dalolat berar edi. Bu filmlar kino tadqiqotchilar va keng tomoshabinlar ommasi e'tiborini tortdi.
Rejissyor A.Hamraev, operator D.Fatxulin, ssenariy mualliflari Sh.Abdusalomov va O.Agishevlarning o'zaro hamkorligida 1966 yilda yaratilgan "Oq qushlar, oppoq qushlar" filmi zamonning ma'naviy-axloqiy muammolariga bag'ishlangan. U adabiy asosining, rejissurasining, operatorlik ishi va aktyorlik san'atlarining betakrorligi, o'ziga xosligi va juda mukammalligi bilan ajralib turardi.
Film atrofida qiziqarli ijodiy bahs boshlandi. Ba'zilar film mualliflari hayot haqiqatiga tik boqqanliklari va asar qahramonlari atrofida yuzaga keskin, ziddiyatli dramatik vaziyatlar uchun qo'llab-quvvatladilar. Boshqalar esa film ijodkorlarini hayotiy me'yorlarni buzganliklari, filmning asosiy qahramonlari - Malik va Qayum atrofidagi muammoli, chigal muhitni sun'iy ravishda bo'rttirib ko'rsatganliklari uchun va o'z mualliflik pozitsiyalarini aniq belgilab olmaganlikda tanqid qilishdi.
Bu kabi xolis va qiziqarli ijodiy munozaralar kelgusida O'zbekiston yosh kinoijodkorlari ijodini faollashtirish, ekranda zamonaviy mavzuni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo'lib xizmat qildi.
Yosh rejissyor E.Ishmuhammedov BDKI (VGIK) tamomlagach o'zining birinchi to'la metrajli "Nafosat" filmini yaratdi (ssenariy muallifi O.Agishev, operator D.Fatxulin). Ular ushbu film bilan o'zlarini nafis va betakror dunyoqarashlari va nozikta'b ijodkor ekanliklarini isbotladilar hamda badiiylikda betakror yo'l topganliklarini namoyish etdilar. Bu film har bir insonning hayotida yuz berishi mumkin bo'lgan voqea bo'lib, insonning bolalik davri tugab o'spirinlik yoshiga o'tish davridagi ruhiy, hissiy muammolari haqidadir.
Yosh rejissyor va operatorning ulkan yutug'i shunda ediki, ular keng miqyosli kinoasar yaratibgina qolmay, har bir qahramonning, ayniqsa Sanjar, Lena va
Ma'muraning chuqur ifodali poetik obrazlarini yaratish, o'z yutuq va kamchiliklariga, orzu va armonlariga, turli hayotiy muammolariga ega bo'lgan haqiqiy va oddiy inson timsolini gavdalantirish uchun o'ziga xos xususiyatlarni, detallarni topa oldilar.
"Nafosat" filmi o'zbek kinematografiyasida yangi sahifa bo'ldi. Ko'plab xalqaro kinofestivallarda qator sovrin va diplomlarni qo'lga kiritdi, zamonaviy mavzudagi kinematografiyaning eng yaxshi filmlaridan biri sifatida qayd etildi.
E.Ishmuhamedovning navbatdagi "Sevishganlar" filmi (ssenariy muallifi O.Agishev, operator G.Tutunov, rassomi S.Ziyomuhamedov, 1969 y.) "Nafosat" filmining tajribasini davom ettirdi, shuningdek zamonaviy yoshlar orasidagi ma'naviy-axloqiy muammolarga e'tibor qaratdi. Ushbu nafis lirik kinoqissa orqali mualliflar yoshlar, ularning quvonchlari va tashvishlari, qalb sofligi va ruhiy ziddiyatlari, hayotda o'z o'rnini topishga urinayotgan yosh insonning o'y-fikrlari haqida hikoya qildilar. Mualliflar film vositasida davr yoshlarining ruhiy kechinmalarining moxiyatini anglashga, ularning hayotga bo'lgan munosabatlari, dunyoqarashlari qanday shakllanganligini tahlil qilishga harakat qilishadi. Filmda qahramonlar mas'uliyat tuyg'usini osonlikcha qo'lga kiritmaydilar, balki olishadi.
Film qahramonlari hayotda ma'suliyat hissini sezishga osonlikcha erishimaganliklarini, ular buning uchun ko'plab muvaffaqiyatsizliklar, xatolar, ba'zida juda og'riqli tajribalar, qalb istiroblarini boshdan kechirish orqali mas'uliyatli insonlarga aylanganliklarini ko'ramiz va mas'uliyat tuyg'usining shakllanish jarayoni filmda ko'proq umuminsoniy ahamiyat kasb etadi. Bu fikr filmga majburan tiqishtirilmaydi, aksincha filmning o'ziga xos lirik muhiti orqali yaratiladi. "Sevishganlar" filmining asosiy yutug'i shundaki, yoshlar haqidagi bir qator filmlardan farqli o'laroq, bu filmning ijodkorlari "Ijobiy qahramon - bu jamiyat axloqining tashuvchisidir" degan g'oyani faol ravishda ilgari suradilar.
Filmda haqiqatan ham qiziqarli va iste'dodli aktyorlik ijrolarini ko'rishimiz mumkin. Avvalo, bu iste'dodli aktyor Rodion Naxapetov tomonidan yaratilgan juda murakkab Rodin obrazidir. U o'z qahramonining murakkab ichki dunyosini ochishga erishgan. Yosh aktyor Rustam Sagdullaev filmda qiziqarli ijro namoyish etib o'z qahramonining go'zal xulq-atvori, samimiyligi va haqqoniyligi, hissiyotlar tozaligi bilan tomoshabinlar qalbini zabt etdi. Albatta, filmda ba'zi kamchiliklar ham yo'q emas: ba'zi joylarda rejissyor muvozanatni, me'yor tushunchasini yo'qotadi, ba'zi epizodlar cho'zilib ketgan, ayrimlari yuzaki hal qilingan. Shunga qaramasdan, rejissyor E.Ishmuhammedov zamonamizning muammolariga o'z munosabatini obrazli ravishda ifoda eta oldi, u milliy kinematografiyamiz dong'ini jahonga taratgan muhim va ajoyib filmni yaratdi.
60-yillardagi O'zbekiston badiiy kinematografiyasining rivojiga va qisqacha tavsifiga yakun yasab shuni alohida ta'kidlaymizki, ekran ijodkorlari o'sha davr hayoti haqiqatini keng va teran ochib berishga intilganlar, uning nozik aloqalarini o'rganib,
qahramonning intellektual dunyosiga chuqur kirib bordilar, ko'p millatli kinoning eng yaxshi an'analarini davom ettirdilar va rivojlantirdilar.
1979-1971 yillarda "O'zbekfilm" kinostudiyasining ijodiy jamoasi zamonaviy mavzularga bag'ishlangan bir necha yangi filmlarni yaratdilar. Bular "Integral" (rejissyor X.Axmarov, operator A.Pann), "Quyosh jaziramasi ostida"("Pod palya^im solnsem"; rejissyor A.Xachaturov, operator A.Ismoilov), "Kutilmagan xodisa yoningda" ("Neojidannoe ryadom"; rejissyor Z.Sabitov, operator T.Eftimovskiy), "Shiddat" ("Poriv"; rejissyor U.Nazarov, operator A.Ismoilov), "So'qir yomg'ir" ("Slepoy dojd", rejissyor A.Kabulov, operator L.Traviskiy). Mamlakat ekranlariga xarbiy mavzularga bag'ishlangan "Muhabbat mojarosi" ("Drama lyubvi", rejissyor Sh.Abbasov, operator X.Fayziev), "Oy borib omon qayt" ("Vozra^aysa s sonsem", rejissyor X.Fayziev, operator D.Fatxulin) va "Semurg'" ("Semurg", rejissyor X.Fayziev, operator A.Pann) kabi bir nechta filmlar ham chiqarildi.
Yaratilgan filmlarning yarmidan ko'pi zamonaviy mavzularga bag'ishlanganligini ijobiy natija deb hisoblash mumkin. Bularga rejissyor R.Botirovning "Seni kutamiz yigit" ("Jdem tebya paren"), "Mening mehribon insonim" ("Moy dobriy chelovek") rejissyor A.Xamraevning "Muxlis" ("Poklonnik"), E.Ishmuhamedovning "Uchrashuvlar va vidolashuvlar" ("Vstrechi i rasstavaniya"), E.Xachaturovning "Bu ajoyib yigit" ("Etot slavniy paren"), A.Xachaturovning "Seni qarshi olib" ("Navstrechu tebe"), U.Nazarovning "Karvon" ("Karavan") badiiy filmlarini hamda bolalar va o'smirlar uchun yaratilgan rejissyor D.Salimovning "Tog'lar chorlaydi" ("Gori zovut") va rejissyor X.Axmarning "Qaldirg'ochlar bahorda uchib keladilar" ("Lastochki priletayut vesnoy") filmlarini misol qilib keltirish mumkin.
"Abu Rayhon Beruniy" filmini suratga olishga kirishishdan avval mualliflar O'rta asr Sharqining buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad al-Beruniyning hayoti va ilmiy merosini uzoq vaqt va astoydil o'rgandilar. Ssenariy mualliflari T.Bulgakov va Sh.Abbasovlar Beruniyni nafaqat buyuk qomusiy olim sifatida, balki o'z davrining diniy aqidaparastlik hujumlariga jasorat bilan qarshilik ko'rsata olgan eng buyuk insonparvar shaxslardan biri sifatida ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi. Ming yil oldingi voqealar, xuddi hozirgina sodir bo'layotgandek tomoshabinning ko'z oldidan o'tadi. Bosh qahramon Beruniyning ishonarli va haqqoniy obrazi iste'dodli aktyor Po'lat Saidqosimov tomonidan mahorat bilan yaratilgan. Beruniyning hayot yo'li, ilm-fan sohasidagi uzoq va mashaqqatli izlanishlari va yutuqlari filmda o'z aksini topgan. Film ijodkorlari olimning evrilishlarga boy hayotini, uning ilm-fan rivoji uchun olib borgan kurashlarining asl mazmun-mohiyatini ochib berishga intildilar. Filmning postanovkachi-operatori vazifasini bajarishga davrimizning buyuk operatori, o'zbek kinosining ustasi Xatam Fayziev tayinlangan edi.
"Abu Rayhon Beruniy" filmi o'zining yuksak g'oyaviy-badiiy xususiyatlari va yuqori professional darajada yaratilganligi bilan keng ommaning diqqatiga sazovor bo'ldi. 1974-yilda Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining III-xalqaro kinofestivalida Kinochilar uyushmasining sovrinini qo'lga kiritdi. So'ng Italiyaning Sanremo shahrida bo'lib o'tgan XVIII-xalqaro kinofestivalda ishtirok etdi, Moldaviyaning Kishinyov shahrida bo'lib o'tgan XVIII Butunittifoq kinofestivalining Bosh sovrinini qo'lga kiritdi. O'zbekistonda Xamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.
Badiiy kinematografiya rejissyorlari tomonidan hujjatli filmlar yaratish tajribasi juda foydali. Ularning mahorati zamonaviy o'zbek hujjatli kino san'atini shakllanishiga yordam berdi. Bu yo'nalishda L.Fayziev, A.Xamraev, E.Ishmuhamedov, U.Nazarov, E.Xachaturov, A.Qobulov va boshqa mashhur va tajribali rejissyorlar muvafaqiyatli faoliyat olib bordilar.
L.Fayzievning beshta qissa va prologdan iborat "Albomning jonli sahifalari" ("Jivie stranisi alboma", ssenariy mualliflari V.Nikolaev, K.Baxshi, operatorlar T.Ro'ziev, N.Azimov) kinokartinasida tarix va zamonaviylik sahifalari juda katta mahorat bilan namoyish etildi.
O'sha yillarda "O'zbekfilm" kinostudiyasida bir guruh professional va mahoratli kinoijodkorlar jamoasi voyaga yetdi. Bular A.Abarxo'jaev, X.Fayziev, operatorlar X.Fayziev, L.Traviskiy, T.Eftimovskiy, A.Ismoilov, rassomlar A.Raximov, E.Kalantarov, V.Dobrin, S.Ziyomuhamedov, B.Nazarov, ssenariy va rejissyor J.Isxakov, aktyorlardan T.Rejametov, T.Shokirova, Sh.Irgashev, I.Yergashev, R.Sa'dullaev, D.Qambarova, T.Shokirova, A.G'aniev, T.Nigmatullin va boshqalar.
O'zbek kinoijodkorlarining yaratgan kinoasarlari bir necha bor xalqaro va respublika kinofestivallari g'olibi bo'lib, turli sovrin va diplomlar bilan taqdirlanib keldilar, shu jumladan Xamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofotiga ham sazovor bo'ldi. O'zbekiston kinosan'atkorlarining o'nlab asarlari Xalqaro maydonda tan olinib ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldilar. "Toshkent, Zilzila" ("Tashkent, Zemletryasenie"), "Qudratli oqim" ("Moguchiy potok"), "Kun bo'yi shamol" ("Veter ves den"), "Oltin Bengaliya" ("Zolotaya Bengaliya"), "Paxta - inson guli" ("Xlopok -svetok chelovecheskiy"), "Quruq cho'l" ("Golodnaya step"), "O'zbekistonimizga keling" ("Priejayte k nam v Uzbekistan"), "13 qaldirg'och" ("13 lastochek"), "Bahordan bahorgacha" ("Ot vesni do vesni") "Vanihoyat suv keldi" ("I prishla voda"), "Tramvay" kabi filmlar ana shu muvaffaqiyat qozongan filmlar jumlasidan.4
O'zbek kino san'ati rivojlanishiga K.Yashin, A.Qaxxor, I.Sulton, T.To'la, R.Fayzi, I.Rahim, S.Ahmad, O.Yoqubov, O'.Umarbekov, S.Abduqaxxorov va boshqa shu kabi o'zbek yozuvchilari ham katta hissa qo'shdilar. O'sha yillarda S.Muhamedov,
4 МАСТЕРСТВО ОПЕРАТОРА В СОЗДАНИИ ДОКУМЕНТАЛЬНОГО ФИЛЬМА АННОТАЦИЯ, М.З.Икбол Мамасадыкович Меликузиев Узбекистан давлат санъат ва маданият хабарлари 23 (3), 5-12
M.Melikulov, O.Agishev, D.Bulgakov kabi ko'plab mashhur professional ssenaristlar sermahsul ijod qildilar. Moskva va Sankt-Peterburgning ko'plab professional ssenaristlari ham bu paytda "O'zbekfilm" kinostudiyasi uchun ko'plab ssenariylar yozdilar.
O'zbek kinoijodkorlarining filmlari uchun musiqani G.Uspenskiy, M.Ashrafiy, I.Akbarov, M.Burxanov, R.Vildanov, D.Zakirov, M.Leviev, E.Salixov, S.Yudakov,
D.Saidaminova, F.Yanov-Yanovskiy va boshqa iste'dodli kompozitorlar bastaladilar.
70-yillarda "O'zbekfilm" kinostudiyasi har yili mamlakat ekranlarida namoyish
etish uchun 10 ta to'liq metrajli badiiy va televizion filmlarni chiqardi; 5 ta animatsion film hamda "Nashtar" satirik kinojurnalining 6 ta sonini, shu bilan birga o'zbek tiliga dublyaj qilingan 75 ta badiiy filmni yetkazib bergan.
O'sha yillarda O'zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi har yili 60 ta film, jumladan 25 ta hujjatli, 5 ta ilmiy-ommabop va respublika vazirliklari va tashkilotlarining maxsus buyurtmasiga asosan 30 ta film ishlab chiqarar edi.
1970 yildan boshlab Nukus shahrida O'zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasining Qoraqalpog'iston filali o'z faoliyatini boshladi. Unda "Qoraqalpog'iston kinojurnali" muntazam ekranga chiqib bordi. Shu bilan birga hujjatli filmlarni suratga olish hamda badiiy filmlarni qoraqalpoq tiliga dublyaj qilish kabi ishlar ham yo'lga qo'yildi.
60-70 yillarda o'zbek kinematografiyasida yangi yo'nalish va uslublarning paydo bo'lishi kinostudiyada Sh.Abbasov, E.Ishmuhamedov, A.Xamraev, operatorlar X.Fayziev, D.Fatxulin, rassomlar E.Kalantarov, E.Raximboev kabi yosh ijodkorlarning nomlari bilan chambarchas bog'liq.
XULOSA
Yangicha uslubda yaratilgan filmlar sifatida rejissyor Sh.Abbasov, operator X.Fayziev va rassom E.Qalantarovlarning ijodiy hamkorligida yaratilgan "Mahallada duv-duv gap" ("Ob etom govorit vsya maxallya"), "Sen yetim emassan" ("T i ne sirota"), "Toshkent non shahri" ("Tashkent - gorod xlebniy") kabi filmlarini, rejissyor
E.Ishmuhamedovning operator D.Fatxulin va rassomlar E.Kalantarov, S.Ziyamuhamedovlar bilan birgalikda suratga olgan "Nafosat" ("Nejnost"), "Sevishganlar" ("Vlyublennie"), "Dahoning yoshligi" ("Yunost geniya") filmlarini, rejissyor Ali Hamraevning, operatorlar D.Fatxulin, X.Fayziev, A.Pann va rassom E.Kalantarov hamkorligida yaratilgan "Oq qushlar, oppoq qushlar" ("Belie, belie aisti"), "Qo'rquvsiz" ("Bez straxa"), "Favqulodda komissar" ("Chrezvichayniy komissar"), "Yettinchi o'q" ("Sedmaya pulya") va boshqa filmlarini, shu bilan birga rejissyor Qamara Kamolovaning, operatorlar A.Pann, A.Ismoilovlar, rassom S.Ziyomuhamedov bilan hamkorlikda suratga olingan "Achchiq meva" ("Gorkaya yagoda"), "O'zganing baxti" ("Chujoe schaste") kabi filmlarini misol qilib keltirish mumkin.
O'zbek kinoustalarining kasbiy mahorati yil sayin o'sib takomillashib bordi. Ularning muvaffaqiyatlari haqida jahon kino arboblari doimo e'tirof etib kelgan. Ular kelajak avlodga erkin ijod qilishlari uchun o'ziga xos ijodiy muhit, yaxshi zamin yaratdilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ikbal Melikuziev. (2020). CINEMATOGRAPHER'S ABILITY IN THE CREATION OF GRAPHIC IMAGE IN UZBEK HISTORICAL FILMS. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(05), 1554 - 1567. Retrieved from http: //sersc.org/j ournal s/index.php/IJAST/article/view/10078
2. Ikboljon, M., & Tirkashaliyevich, K. S. (2019). Creative researches of young cameramen on the creation of graphic image in modern uzbek feature films. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 5230-5236. doi:10.35940/ijeat. A2948.109119
3. Abul-Kasimova X. Кино и художественная култура Узбекистана. - T.: "Fan",-1991.
4. Abulqosimova X. Kino san'ati asoslar i/ X. Abulqosimova; mas'ul muharrir H. Ikromov; O'zbekiston Davlat san'at instituti. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. - 100 b.
5. Akbarov H. Adabiyot va kino. - T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, -1984 y.
6. Akbarov H. Sehrli yog'du. Yillar va filmlar, yetuklik bo'sag'asida, ekran va ikki muammo. - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1977. - 176 b.
7. Aliev M. Xalq sevgan san'at. - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1973. 134 b.
8. Aliev M. Kino asoslari: O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy-ma'rifiy ixtisosdan bilim olayotgan talabalar uchun o'quv qo'll. - 2-qayta ishlangan va to'ldirilgan nashr. - T.: O'qituvchi, 1993. - 160 b.
9. Aliev M. Zamon bilan hamnafas. (O'zbek kinosi misolida) - T.: "O'zbekiston" 1983.
10. Возможности кинооператора в создании графического образа в узбекских исторических фильмах Меликузиев,Международный журнал передовых наук и технологий 29 (5), 1554-1567.
11. КИНОИСКУССТВО УЗБЕКИСТАНА: ВЧЕРА И СЕГОДНЯ И.М. Меликузиев ЖУРНАЛ ЮРИДИЧЕСКИХ, ФИНАНСОВЫХ И ПРИКЛАДНЫХ НАУК Инновационная академия