Научная статья на тему 'ZAFARON O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA XALQ TABOBATIDA QO‘LLANILISH'

ZAFARON O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA XALQ TABOBATIDA QO‘LLANILISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zaʼfaron / qizil oltin / karotin / tiamin / riboflamin / flavonoidlar / kalsiy / fosfor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Haydarov Mavlonjon Mashrabovich, Teshaboyeva Maftuna Ikromjovna, Qoraboyeva Sofiya Avazbek Qizi, Solijonova Sadoqatxon Usmonjon Qizi, Ahmadjonova Maftuna Ahrorjon Qizi

Bugungi kunda dorivor о‘simliklarga bо‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo pandemiyasida insonlar sog’lig’iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal kо‘rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor о‘simliklarga bо‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bо‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAFARON O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA XALQ TABOBATIDA QO‘LLANILISH»

ZAFARON O'SIMLIGINI YETISHTIRISH VA XALQ TABOBATIDA QO'LLANILISH 1Haydarov Mavlonjon Mashrabovich, 2Teshaboyeva Maftuna Ikromjovna, 3Qoraboyeva Sofiya Avazbek qizi, 4Solijonova Sadoqatxon Usmonjon qizi, 5Ahmadjonova Maftuna

Ahrorjon qizi

1FarDU b.f.f.d (PhD) 2FarDU doktorant 3 4 5FarDU talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11214662

Annotatsiya. Bugungi kunda dorivor o'simliklarga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo pandemiyasida insonlar sog'lig'iga alohida e 'tibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko'rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o'simliklarga bo'lgan talabningkeskin ortishiga sabab bo'ldi.

Kalit so'zlar: Za'faron, qizil oltin, karotin, tiamin, riboflamin,flavonoidlar, kalsiy, fosfor.

Аннотация. Сегодня интерес к лекарственным растениям возрастает, в связи с глобальной пандемией люди уделяют особое внимание здоровью, повышается осведомленность о секретах здоровья, а пожилые и хронически больные люди отдают предпочтение натуральным средствам для активации иммунной системы. Абсолютная безвредность и польза натуральных средств вызвали резкое увеличение объема инвестиций в научные исследования в этой области и спроса на лекарственные растения на международных рынках.

Ключевые слова: Шафран, красное золото, каротин, тиамин, рибофламин, флавоноиды, кальций, фосфор.

Abstract. Today, the interest in medicinal plants is increasing, due to the global pandemic, people pay special attention to health, the awareness of health secrets increases, and the elderly and chronically ill people prefer natural means to activate the immune system. , the absolute harmlessness and benefit of natural remedies has caused a sharp increase in the amount of investments in scientific research in this field and the demandfor medicinal plants in international markets.

Keywords: Saffron, red gold, carotene, thiamin, riboflamin, flavonoids, calcium, phosphorus.

Za'faron (Crocus sativus - lotin.) -sapsarguldoshlarga mansub ko'p yillik o'tsimon tuganak piyozli o'simlik. Yovvoyi holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta, och sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqo'rg'ondan qisqa. Ko'sagi cho'ziq, eni 6-7 mm.

Fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi bo'lgani uchun hidi juda o'tkir va yoqimli. 90-100 ming dona za'faron gulidan 1 kg qurigan gul tumshuqchalari olinadi. Za'faron gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, oziq-ovqat (pishloq, sariyog', likyor va boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir-upa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda dori-darmon sifatida qo'llaniladi. Za'faron o'rta asrlardan beri bahosi va qadri tushmay kelayotgan yagona ziravordir.

Za'faron haqida tarixiy manbalar Bu ziravorning nomi deyarli hamma tillarda arabcha "sariq" ma'nosini beradigan "Za'faron" so'zidan olingan bo'lib, qadimda mazkur noyob o'simlikdan bo'yoqlash moddasi sifatida foydalanilganidan dalolat beradi. Yer yuzida bugungi kunda yiliga faqat uch yuz tonna za'faron yetishtiriladi. (2017-yil holatiga ko'ra)

Ma'lumki, za'faron insoniyatga ziravor sifatida iste'mol qilinishi to'rt ming yildan ko'proq tarixga ega bo'lib, bo'yoq sifatida neolit davrida tog'larda qoya toshlariga rasm chizishda ishlatilgan. Qadimgi Mesopotamiyada uni taomda ishlatilgan izlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Yozuvlarda u haqda birinchi eslatmalar Shumer sivilizatsiyasi qoldiqlarida kuzatiladi. Iskandar Zulqarnayn armiyasida jarohatlarni davolashda ishlatilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Rim davlati za'faronni dori sifatida, teri va matolarga bo'yoq, attorlik moddasi sifatida ishlatgan. U - eng mazali ziravor, sifatli tabiiy bo'yoq moddasi va qimmatbaho attorlik vositasi, hamma dardlarga davo bo'luvchi moddadir.

Sharqda ilgarilari u "qizil oltin" deb nomlangan. Za'faron qimmat-baholigining sababi ikkita: birinchidan, uni yetishtirish juda mashaqqatli ish, ikkinchidan, xushbo'yligi, ta'mi va davolash xususiyatlari bo'yicha za'faron ziravorlar orasida tengsizdir. Qadimgi zamonlardan ma'lumki, u nodir va bemisl xususiyatlarga ega. U og'riqni qoldiruvchi, quvonch va xursandchilik baxsh etuvchi, tushkunlikdan chiqaruvchi, quvonch gormoni - serotonin ishlab chiqarish xususiyatiga egadir.

Qadimda za'faronni hazm taomni yaxshilashga, sezgi va nafas olish organlarini mustahkamlashga, jigar, buyraklar, limfa bezlarini tozalashga, titroqni bosishga, tomirlarda to'xtagan qonni yurgizishga, yuz rangini tiniqlashga, jinsiy quvvatni faollashtirishga ham xizmat qilishini ta'kidlagan.

Zamonaviy tibbiyotda u ko'zga tomiziladigan dori tayyorlashda va umumiy quvvatlantiruvchi turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi. Za'faronning antikanserogen va antimutagen xususiyatlarga egaligi isbotlangan. Uni qaynoq sut bilan ichilsa, bosh miya faoliyatini mustahkamlab, xotirani kuchaytiradi. Agar asal bilan iste'mol qilinsa, buyrakdagi toshlarni maydalanishiga yordam beradi. Za'faron guli tumshuqlari eritmasi inson organizmiga zarur bo'lgan karotin, tiamin, riboflamin, flavonoidlar, kalsiy, fosfor kabi moddalarga va turli vitaminlarga boy. To'rt ming yillik ishlatish tarixida uning to'qson xil turli kasalliklarni davolashda qo'llanishi aniqlangan.

Za'faronning xushbo'y hidini hidlash insonni nafas olish organlariga ijobiy ta'sir qilib tinchlantiradi va uyqusizlikdan qutilishga yordam beradi. Kuchli bosh og'rig'ida va quloq shamollaganida za'faron suvida paxta yoki yumshoq matoni ho'llab kasal a'zoga bosilsa, og'riqni qoldiradi. Bundan tashqari u qorin ochish hissini ham kamaytiradi.

Za'faron me'yoridan oshirib ishlatilsa, sezgi organlarini qattiq zo'riqishiga olib kelishi mumkin. Me'yordan ko'p ovqatga qo'shilgan za'faron taomni buzishdan tashqari insonni zaharlanishga, bir necha gramm yangi uzilgan sifatli za'faron iste'mol qilinishi, o'limga ham sabab bo'lishi mumkin. Mutaxassis maslahatisiz homilador ayollarga tinchlantiruvchi vosita sifatida iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Za'faron xarid qilishda yanchilib maydalanganini emas, balki butun tolali gullarini olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan ikki ming yil avval Pliniy yanchilgan za'faron qalbaki bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Uni uzoq saqlab bo'lmaydi, shuning uchun oldindan olib qo'yib bo'lmaydi. Za'faron ovqat hazm qilishni yaxshilab, ishtahani ochadi, organizmning hayotiy faolligini yaxshilaydi, kishilar undan oshqozon, yurak, jigar nafas olish a'zolari va asab tizimini mustahkamlashda, buyraklarni tozalashda, og'riqni qoldirishda, tinchlantiruvchi, peshob, o't va ter haydovchi vosita sifatida foydalanishadi.

Lekin homiladorlikda uni iste'mol qilib bo'lmaydi, chunki u homilani muddatidan oldin tushishiga sabab bo'lishi mumkin. Za'faron dorishunoslik sanoatida keng ishlatiladi, u sharq tabobatining 300 dan ortiq dori-darmonlari tarkibiga kiradi. Uning damlamasi bilan qadimda kataraktani davolashgan, hozirgi vaqtda ham u ko'zga tomiziladigan dorilar tarkibiga qo'shiladi.

Tarkibi: Za'faronning 2-3 gul otaligi va 10 dona mayiz olib, yarim stakan sovuq suvga solinadi, tun davomida tindiriladi— suv qo'ng'ir-tilla rang tus oladi. Ertalab nahorga ichiladi, xuddi shu yo'sinda kechqurun ichishga keyingi me'yordagi dori ertalab tayyorlab qo'yiladi. Muolaja davomiyligi - 2 oy. Bu dorini ichish uchun eng munosib vaqt bahor va yoz fasllari.

Jigar faoliyatini me'yoriga keltirish va uni davolash maqsadida za'faron un kabi yanchilib, maydalanadi va ovqatlangandan 20 minut o'tkazib iste'mol qilinadi. Uslubi: choy qoshig'i uchida iste'mol qilinadi.

Yurak, buyrak, jigar kasalliklarini davolashda, konyunktivit, keratit va yiringli jarohatlarni davolashda za'faronning suvdagi aralashmasidan foydalaniladi. Buning uchun bir choy qoshig'i za'faron tolalari ustidan qaynab turgan bir stakan suv quyiladi, 20 daqiqa tindiradi, 3 qavat dokadan o'tkazib, sovutiladi va kuniga uch mahal ovqatdan oldin 15 gramdan ichiladi yoki bu suvga dokani ho'llab jarohatga qo'yiladi.

REFERENCES

1. Абу Али ибн Сино. Тиб конунлари. -Тошкент: Фан, 1982.Т.1. -497 б

2. Абу Райхон Беруни. Избранные произведения. Китоб ас-Сайдана // Фармакогнозия. книга 4. -Ташкент: Фан, 1974.-С. 692-693.

3. Abu Ali ibn Kanon vrachebnoy nauki. Izbrannbie razdelbi. V 3-ch. (sostaviteli: Karimov U. I., Xurshut E. U.)- Tashkent: MIKO. -Fan, 1994.- 1 ch. -400 s., 2 ch. -360 s., 3 ch. -232 s .

4. Askerov Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat va qishloq хо^^ vazirligi hamda "Denizbank" hamkorligida tayyorlangan "100ta kitob"dan iborat to'plami SHafran. - Baku : Azerneshr, 1934. - 113 s .

5. Garagezov G., Gasbimov K. G., Serkerov S.V., Novruzov E.N., Muradov P.Z., SHaxmuradov I.A. Strategiya izucheniya bio - logii Apsheronskoy populyasii shafrana (Crocus sativus L.) // AMEA-nin Xabarlari (biologiya va tibb elmlari), 2017. - Cild 70.№2. - s.164-173.

6. Ikromjonovna, Teshaboyeva Maftuna. "FERULA O'SIMLIGINING MORFOLOGIYASI VA DORIVOR XUSUSIYATLARI." INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 2.24 (2022): 28-30.

7. Teshaboyeva, M. I., I. Ro'zmamatova, and F. Komiljonova. "DORIVOR CHAKANDA (ОБЛЕПИХА) O'SIMLIGINING ZARARKUNANDALARI." Scientific Impulse 2.17 (2024): 764-767.

8. Ikromjonovna, Teshaboyeva Maftuna, and Ro'Zmamatova Irodaxon Asqarali Qizi. "SABZAVOT EKINLARI YETISHTIRISHNING YANGI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI." Science and innovation 2.Special Issue 6 (2023): 358-362.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.