Научная статья на тему 'ZA’FARON (Crocus sativus ) O’SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

ZA’FARON (Crocus sativus ) O’SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

296
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ziravorlar sultoni / an‘anaviy kosmetologiya / erkin radikal hosil qiluvchi moddalar / antioksidant / za‘faron yog‗i / ketonlar va aldegidlar / sultan of spices / traditional cosmetology / free radical generators / antioxidant / saffron oil / ketones and aldehydes.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sitora Erali Qizi Raimova

Ushbu maqolada za‘faron o‗simligining amaliy ahamiyatini o‗rganish haqida yoritilgan. Shuningdek za‘faron o‗simligi, uning sistematik o‗rni, uning amaliy ahamiyati, qadimdan da‘vo bo‗lgan kasalliklari haqida.Hozirda o‗zimizda ham yetishtirish texnologiyasi haqida ma‘lumotlar berib o‗tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article covers the study of the practical importance of the saffron plant. Also, about the saffron plant, its systematic place, its practical importance, diseases that have been claimed since ancient times.

Текст научной работы на тему «ZA’FARON (Crocus sativus ) O’SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ZA'FARON (Crocus sativus ) O'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Sitora Erali qizi Raimova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada za'faron o'simligining amaliy ahamiyatini o'rganish haqida yoritilgan. Shuningdek za'faron o'simligi, uning sistematik o'rni, uning amaliy ahamiyati, qadimdan da'vo bo'lgan kasalliklari haqida.Hozirda o'zimizda ham yetishtirish texnologiyasi haqida ma'lumotlar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ziravorlar sultoni, an'anaviy kosmetologiya, erkin radikal hosil qiluvchi moddalar, antioksidant, za'faron yog'i, ketonlar va aldegidlar.

This article covers the study of the practical importance of the saffron plant. Also, about the saffron plant, its systematic place, its practical importance, diseases that have been claimed since ancient times.

Keywords: sultan of spices, traditional cosmetology, free radical generators, antioxidant, saffron oil, ketones and aldehydes.

Za'faron (Crocus sativus L.) — sapsarguldoshlarga mansub ko'p yillik o'tsimon tuganak piyozli o'simlik Yovvoyi xolda uchramaydi . Bu o'simlikni yetishtirish va xomashyoni terib olish faqat qo'l mehnati bilan amalga oshirilgani uchun juda qimmatbaho hisoblanadi. Bugungi kunda za'faron Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya kabi o'n beshdan ortiq mamlakatda yetishtiriladi.Hozirgi kunda O'zbekistonda ham dorivor o'simliklarni yetishtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.Madaniy shakilda esa kichik hovlilarda ham yetishtirsa buladi. Piyozchalaridan ko'paytiriladi. U suvsizlikka chidamli bo'lib lalmi yirlarga ekishga moslashgan o'simliklardan biri hisoblanadi.

Tarixi. Yer yuzida bugungi kunda yiliga faqat uch yuz tonna za'faron yetishtiriladi. (2017-yil holatiga ko'ra) Tabobatda dori-darmon sifatida qulaniladi. Za'faron guli qadimgi Misr va Ossuriya tabiblarining yozuvlarida tilga olingan. Yunonchadan tarjima qilganda gullagan za'far,

ABSTRACT

Kirish.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ya'ni "krokus" - ip yoki tola degan ma'noni anglatadi. Uning ikkinchi nomi — "za'far" arab tilida "zeferan" "sariq" degan ma'noni anglatadi. U tibbiyotda, kosmetologiyada, pazandachilikda keng qo'llaniladi.Ma'lumki, zafaron insoniyatga ziravor sifatida iste'mol qilinishi to'rt ming yildan ko'proq tarixga ega bo'lib, bo'yoq sifatida neolit davrida tog'larda qoya toshlariga rasm chizishda ishlatilgan. Qadimgi Mesopotamiyada uni taomda ishlatilgan izlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Yozuvlarda u haqda birinchi eslatmalar Shumer sivilizatsiyasi qoldiqlarida kuzatiladi. Qadimgi Xitoy manbalarida shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Sharqda budda monaxlari liboslarini bo'yash uchun ishlatilgan. Yevropada uni ishlatgan boylar jamiyatda kiborlar tabaqasiga mansubligini ifodalagan. Rim arkoni davlati za'faronni dori sifatida, teri va matolarga bo'yoq, attorlik moddasi sifatida ishlatgan. U - eng mazali ziravor, sifatli tabiiy bo'yoq moddasi va qimmatbaho attorlik vositasi, hamma dardlarga davo bo'luvchi moddadir.Sharqda ilgarilari u "qizil oltin" deb nomlangan.

Biologiyasi. Za'faron -Gulsafsarguldoshlarga mansub ko'p yillik o'tsimon tuganak piyozli o'simlik yovvoyi holda uchramaydi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta, och sariq rangda eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqo'rg'ondan qisqa. Ko'sagi cho'ziq, eni 6-7 mm. Fevral-iyulda gullaydi, aprel-avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi bo'lgani uchun hidi juda o'tkir va yoqimli, 90-100 ming dona zafaron gulidan 1 kg qurigan gul tumshuqchalari olinadi.

Za'faronni tarkibi. Tarkibida 10-12 % suv, 5-7 % mineral moddalar, 5-8 % moy va mum, 12-13 % oqsil va eng oz miqdorda yog' ekstraktidan iborat o'ziga xos va xushbo'y yoqimli moddalardan tarkib topgan. O'zbekistonda eng qimmat o'simlik sifatida bazi bir viloyatlarda yitishtirilmoqda Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) Jizzax viloyati Baxmal tumanida joylashgan naq 200 gektarlik za'faron plantatsiyalari mavjut Za'faron mavsumiy hisoblanib, hosilni yani gulini yig'ib olish ishlari oktyabr-noyabr oylarida amalga oshiriladi. plantatsiyalarda esa piyozlarning rivojlanishni to'xamaydi.

Morfologiyasi. Za'farning qiymati uning Kundalik ovqat tarkibiga o'simlik ziravoridan solish orqali aqliy faoliyatni faollashtirish, terlashni pasayishiga erishish, ishtahani yaxshilash, ovqat hazm qilishni yaxshilash va metabolizmni jadallashtirishga erishish mumkin.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Muntazam ravishda za'faronli choydan ichib borish jigar va buyrakni tozalanishiga va ish faoliyatini yaxshilanishiga, jigar sohasidagi shishlarni qaytishiga ko'mak beradi. Hatto za'faron suvini asal bilan qo'shib tayyorlangan darmon yordamida buyrak va o't qopidagi toshlarni erishiga ham guvoh bo'lishimiz mumkin. Za'faron o'simligidan tayyorlangan damlamani doimiy qabul qilish bosh og'riqlari, yurak va jigar sanchiqlarini kamayishiga va qolib ketishiga olib keladi. Organizmda sarotonin garmoni ishlab chiqarilishini jadallashtirganligi sababli xursandchilik kayfiyatini hosil qiladi va yurak siqilishi, g'ashlikni ketkazadi. Stress holatidan chiqishga yordam beradi, miyadagi turli hayollar va qo'rquv, vasvasa holatlarini bosilishiga sabab bo'ladi. Za'faron tarkibida eng muhim biologik faol moddalardan krosetin va glikozid krosein mavjudligi sababli tezda so'riladi va miya, qontomirlar tiqinlarini ochadi, qotib qolgan qonlarni eritadi, natijada qon bosimi mo'tadillashadi, umumiy tana qon aylanishi yaxshilanadi, miyaga toza qon va kislorodning yetib borishi qulaylashadi. Za'faron tarkibida krotsin karatinoid krosetinning digentibiyoz efiri borligi sababli uni xushbo'yligi ta'rifiga til ojiz. Shu sababdan zotiljam kasalligida bemorga za'faron hidlatish samarali hisoblanadi. Za'faron hidlagan bemor tinchlanadi va osuda uyquga ketadi. Za'faron yog'i yordamida nafas yo'llarini tozalash va ravonlashtirish, nafas olish sistemasi a'zolarini ish faoliyatini kuchaytirishga erishish mumkin. Za'faronning xushbo'yligini ta'minlovchi yana bir muhim modda 2-gidroksi-4,4,6- trimetil-2,5-siklogeksadien-1-on bo'lib, bu modda yordamida za'faron quritilganda xushbo'y hid beradi. Natijada za'farondan o 'ziga xos ta'm kelib chiqadi va uning vositasida yeguliklarga maza kiritadi. Za'farondan tayyorlangan ziravor ta'mi o'tkirligini achchiq glyukozid pikrokrotsin ta'minlaydi. a-krotsin karotenoid pigment va a-krosin yordamida qaynatilgan va dimlangan guruchga o'ziga xos ta'm bilan birgalikda yorqin rang ham hosil qilish mumkin. Melanxoliya va ruhiy tushkunlik, qo'rquv holatlarini yengillashtirishda za'faron choyi tavsiya qilinadi. Za'faron antisplazmotik, diuretik va yallig'lanishlarga qarshi qo'llanilganda samarali foyda beradi. Quruq bronxit, qizamiq, ko'k yo'tal kabi surunkali kasalliklarni yengillashtirishda ham za'farondan bemalol foydalanish mumkin. Za'faron tarkibidagi antimutagen xususiyat saraton o'smalarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va bir me'yorda ushlab turishga yordamlashadi. Ushbu xususiyatli birikma -kempferol za'faron gulbarglarida joylashgan.

Za'faron tarkibidagi shafranal aromo-faol birikmalari inson kayfiyatini ko'taradi, xotirani yaxshilaydi, o'rganish ishtiyoqini

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

oshiradi, miya hujayralarini oksidlovchi stressdan muhofaza qilib turadi. Qadimdan za'faron issiq sut bilan aralashtirilib ichilgan, bu o'z navbatida bosh miya to'qimalarining o'sishiga yordam beradi, xotirani kuchaytiradi va ko'rish qobiliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Za'faronni suvda qaynatib iliq holida oz-ozdan boshdan quyish uyquni maromiga keltiradi. Za'faron tarkibida ketonlar va aldegidlar ustunlik qiladigan 28 ga yaqin uchuvchi va xushbo'y birikmalar bo'lib, uning ko'rish sistemasiga ham ijobiy ta'sirlari o'rganilgan. Yoshga bog'liq buzilishlarni oldini oladi, ko'rish sistemasidagi yo'qotilgan keskinlikni, shikastlangan fotoretseptorlar hujayralarini qayta tiklaydi. Ko'zga tushuvchi nazlalarni to'xtatadi va ko'zga tushgan pardaga qarshi foyda beradi. Keksalik yoshidagi insonlar doimiy za'farondan qabul qilishi esa kataraktani oldini olib

Hozirda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi TDAUSF tajriba maydonida za'faron o'simligini yetishtirish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, 02.09.2022 yilda 100 tup za'faron piyozlari ekilib, 28 noyabr kuni o'simliklar gullagani qayd etildi. Gullar qo'l mexnati yordamida yig'ib olindi, hozirgi kunda vegitatsiya davrini o'tab bo'lib 18 aprel kuni piyozchalari kovlab olindi. Za'faronni piyozchalarini oktyabr-noyabr oylarida qayta ekish rejalashtirilgan.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda za'faron o'simligi turli hastaliklarga da'vo, og'riqlarni yengillashitiruvchi, tana va teri uchun ajoyib parvarishchi. Bugungi kunda za'faron o'simligiga bo'lgan talabning ortishi uni ko'plab hududlarda plantatsiyalarini yaratishga, yetkazib berish xizmatlari va qadoqlash, ishlov berish kabi jarayonlarni olib borishga undamoqda. Bu esa o'z navbatida xalqimiz uchun tabiiy vositalardan foydalish, kimyoviy moddalar orqali zaharlanishni oldini olishga ko'mak bermoqda.

REFERENCES

1. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. Xorazm viloyatida agrar sohaning eksport salohiyatini kengaytirishda ayrim noan'anaviy tarmoqlardan foydalanish istiqbollari va rivoji //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 1. - C. 38-42.

2. Lak, Daniel (11 November 1998). "Kashmiris pin hopes on saffron".

3. Hosseini A, Razavi BM, Hosseinzadeh H (2018). "Pharmacokinetic Properties of Saffron and its Active Components". European Journal of Drug Metabolism and Pharmacokinetics.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

4. Verjee S, Garo E, Pelaez S, Fertig O, Hamburger M, Butterweck V. Saffron flower extract promotes scratch wound closure of keratinocytes and enhances VEGF production.

5. Ostonakulov, T., Alimardonov, O., Amanturdiev, I., & Shamsiev, A. (2021). Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 11907-11916.

5. www.byrdie.com.

7. www.healthline.com.

8. https://biosfera.uz/zafaron/

9.https://xalq tabobati.uz/uy/2095/tabobat dorixonasi/zafaron ziravorlar sultoni va sultonlar ziravori/

10. https : //uz.m.wikipedia.org/wiki/Za%CA%BCfaron

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.