Научная статья на тему 'RAYHON (OCIMUM BASILICUM L.) NAV VA DURAGAYLARINING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FOYDALI JIHATLARI'

RAYHON (OCIMUM BASILICUM L.) NAV VA DURAGAYLARINING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FOYDALI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

292
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sabzavotlar / oddiy rayhon / Ocimum basilicum / efir moyi / flavonoid / ekish muddati / yirik barg / vitaminlar / oqsil / uglevod. / Овощи / базилик обыкновенный / Ocimum basilicum / эфирное масло / флавоноиды / дата посадки / крупный лист / полоса листьев серета / витамины / белок / углеводы.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — M.S.Maxmudova, E.I.Xamdamova, M.Sh.Xudayqulova

Ushbu maqolada oddiy rayhon (Ocimum basilicum) ning O’zbekistonda sabzavotlar assortimentini kengaytirishdagi roli, oziq – ovqat sanoatidagi ahamiyati va shifobaxshlik xususiyatlari va o’stirish texnologiyasining elementlari haqida ma’lumotlar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представлены сведения о роли базилика обыкновенного (Ocimum basilicum) в расширении ассортимента овощей в Узбекистане, его значении в пищевой промышленности, его лечебных свойствах, элементах технологии возделывания.

Текст научной работы на тему «RAYHON (OCIMUM BASILICUM L.) NAV VA DURAGAYLARINING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FOYDALI JIHATLARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

RAYHON (OCIMUM BASILICUM L.) NAV VA DURAGAYLARINING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FOYDALI JIHATLARI

Ushbu maqolada oddiy rayhon (Ocimum basilicum) ning O'zbekistonda sabzavotlar assortimentini kengaytirishdagi roli, oziq - ovqat sanoatidagi ahamiyati va shifobaxshlik xususiyatlari va o'stirish texnologiyasining elementlari haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Sabzavotlar, oddiy rayhon, Ocimum basilicum, efir moyi, flavonoid, ekish muddati, yirik barg, vitaminlar,oqsil, uglevod.

В данной статье представлены сведения о роли базилика обыкновенного (Оштит basilicum) в расширении ассортимента овощей в Узбекистане, его значении в пищевой промышленности, его лечебных свойствах, элементах технологии возделывания.

Ключевые слова: Овощи, базилик обыкновенный, Ocimum basilicum, эфирное масло, флавоноиды, дата посадки, крупный лист, полоса листьев серета, витамины, белок, углеводы.

This article presents information about the role of common basil (Ocimum basilicum) in expanding the range of vegetables in Uzbekistan, its importance in the food industry, its medicinal properties, and elements of cultivation technology.

M.S.Maxmudova

TDAUSF tayanch doktoranti

E.I.Xamdamova

SDVMChBU dotsenti

M.Sh.Xudayqulova,

TDAUSF assistenti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Keywords: Vegetables, common basil, Ocimum basilicum, essential oil, flavonoid, planting date, large leaf, vitamins, protein, carbohydrate

Kirish. Mamlakatimizda sabzavotchilik qishloq xo'jaligining tobora rivojlanib borayotgan sermahsul sohasi bo'lsada, ammo sabzavot ekinlari assortimenti bizda chegaralangan bo'lib, Respublikamizda iste'molga chiqarilayotgan sabzavot ekinlarining soni 20 tadan oshmaydi va uning katta qismini ya'ni 84-86% foizini piyoz, sabzi, karam, pomidor, bodring kabi sabzavotlar tashkil etmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, xalqimiz uchun yangi noan'anaviy va kam tarqalgan sabzavot ekinlarini iqlimlashtirish, yangi nav va duragaylarini yaratish, yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish zarur. Shunday ekinlardan biri bu oddiy rayhondir. Rayhonni qadimgi yunonlar yaxshi bilishgan. Rayhon-qadimgi yunoncha "monarx" so'zidan olingan bo'lib, Yunonistonda faqat monarx rayhonini yig'ish mumkin bo'lgan va xushbo'y poyalarni faqat oltin o'roq bilan kesishgan. Bugungi kunda Hindiston, Janubiy Afrika, Shri Lanka, Gruziya va Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o'lkasida bir yillik ekin sifatida keng tarqalgan.

Foydali xususiyatlari. Bu o'simlik asrlar davomida xalq tabobatida xushbo'y oshpazlik o'ti va dori sifatida ishlatilgan. Yangi va quritilgan barglar yoqimli ta'mi va xushbo'yligi tufayli salatlar, makaron, sho'rvalar va dengiz mahsulotlari kabi ko'plab taomlarda xushbo'y moddalar sifatida keng qo'llaniladi Oddiy rayhon bioaktiv fitokimyoviy moddalar, ayniqsa efir moylari va fenolli birikmalarning boy manbaidir. Xususan, yashil massasi tarkibida 0,3 % gacha efir moyi saqlaydi. Rayhon an'anaviy tibbiyotda bosh og'rig'i, yo'tal, ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir va siydik tizimi kasalliklarida qo'llaniladi. Rayhon tarkibida oqsillar, uglevodlar, yog'lar, kaliy, fosfor, kalsiy, magniy, temir, rux moddalari, C, B1, B5, B6, PP, E vitaminlari, rozmarin kislotasi mavjudligi aniqlangan. O'simlik tarkibidagi fenolli birikmalar va flavonoidlar oziq-ovqatning organoleptik xususiyatlariga kuchli ta'sir qilishdan tashqari, antioksidant, antimikrobial va antifungal ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ham ega. Bundan tashqari, bu o't va undan olingan mahsulotlar farmatsiya, kosmetika, parfyumeriya va oziq-ovqat qo'shimchalarini ishlab chiqarish kabi turli sanoat tarmoqlarida keng qo'llanilmoqda. Uning chiroyli ko'rinishga ega va rang-barang xillaridan dekorativ o'simlik sifatida ham foydalanish mumkin.

Oddiy rayhon (Ocimum bazilicum) labguldoshlar (Laminaceae) oilasining bir yillik, ziravor, dorivor va manzarali vakili. O'zbekistonda manzarali, ziravor va oshko'k sifatida ekib o'stiriladi. Bo'yi 25-40

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

sm. gacha bo'lib may- oktabr oylarida gullab, urug' hosil qiladi. Urug'lari erta bahorda ko'chatxonalrga sepiladi. Urug'lar 12-15 0C haroratda unib chiqa boshlaydi. Nihollar uchun optimal harorat 20-25 0C deb hisoblanadi va bu vaqtda ko'chatlar 914 kunda paydo bo'ladi. Issiqlikka, namlikka va yorug'likka talabchan, qurg'oqchilikka chidamli o'simlik. Hosildorligi gektaridan 40-80 s ko'k masasa olinib, urug'lari unuvchanligini 4-5 yilgacha saqlaydi. Barglari tuxumsimon, rang intensivligi yashildan och binafshagacha o'zgaradi. Barg rangi va o'simlik shakliga qarab oq rayhon, sada rayhon, qora rayhon, osh rayhon, hoji rayhon kabi xillarga bo'linadi. 300 dan ortiq navlari bor.

Oddiy rayhon mineral o'g'itlarni qo'llashga juda sezgir. Azotli o'g'itlar mavjud bo'lganda, yer usti massasining hosildorligi oshadi. Fosfor va kaliy efir moyining sifatini yaxshilaydi va urug'larning shakllanishi va pishishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Respublikamizda rayhonni 2 muddatda bahorgi va kuzgi muddatlarda ekish mumkin. Yopiq maydonlarda esa yil bo'yi o'stirsa bo'ladi.

Rayhon o'simligini begona o'tlar qoplab ketmasligi uchun uni tozalab turish maqsadga muvofiq bo'ladi. Vegetatsiya davomida 12-13 marta sug'oriladi va 4-5 marta kultivatsiya qilinadi. Kultivatorlar yordamida yumshatiladi. Rayhon mineral va organik o'gitlarga juda talabchan ekin hisoblanadi. Uning yaxshi o 'sishi, rivojlanishi va ko'proq ko'k massa yetishtirishda o 'g'itlash tizimini to 'g'ri belgilash lozim bo 'ladi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, biz o'rganayotgan oddiy rayhon o'simligi O'zbekistonda yetishirilayotgan sabzavot o'simliklari turini kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda O'zbekiston sharoitida rayhon o'simligi nav namunalari to'plamini o'rganish, ulardan istiqbolli navlarini ajratish, bahorgi va kuzgi mavsumda maqbul ekish muddatlarini aniqlash bo'yicha ilmiy-tadqiot ishlari olib borish asosiy vazifalardan biridir.

REFERENCES

1. O'. Axmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M. Yulchiyeva, D.Mustafakulov Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi . Toshkent-2020.

2. Morphological characterization, essential oil composition and DNA genotyping of Ocimum basilicum L. cultivars. Massimo Labra, Mariangela Miele, Bernardetta Ledda, Fabrizio Grassi, Mauro Mazzei, Francesco Sala. 25 May 2004, pp 725-731

3. Basil (Ocimum basilicum L.) Leaves as a Source of Bioactive Compounds. Raffaele Romano, Lucia De Luca,

May 12-13

655

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Alessandra Aiello, Raffaele Pagano, Prospero Di Pierro, Fabiana Pizzolongo and Paolo Masi Foods 2022, 11, 3212. https://doi.org/10.3390/foods11203212

4. Effect of Seed Storage Period on Seed Quality and Seedling Growth of Basil (Ocimum basilicum L.) Varieties. Hailu Garkebo Mola* and Wondimkun Dikr Desta DOI: http://dx.doi.org/10.22192/ijarbs.2022.09.10.005

5. Study of Six Varieties of Sweet Basil (Ocimum basilicum L.) and their Morphological Variations Rajni Rawat, K.S. Negi, P.S. Mehta, Vandana Tiwari, S.K. Verma and I.S. Bisht Journal of Non-Timber Forest Products 23(1) 1-4, 2016

6. The Potential Effects of Species Ocimum basilicum L. on Health: A Review of the Chemical and Biological Studies Lethicia Barreto Brandao*, Lizandra Lima Santos, Rosany Lopes Martins, Alex Bruno Lobato Rodrigues, Anderson Luiz Pena da Costa Pharmacogn Rev. 2022;16(31):22-26

7. Normakhmatov, R., & Amanturdiyev, I. K. (2022). POSSIBILITIES OF USING GENETICALLY MODIFIED FOODS. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 39-42.

8. https://www.missouribotanicalgarden.org/conditions

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.