Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
MANGOLD YUQORI AHAMIYATLI KAM TARQALGAN SABZAVOT
EKINIDIR
A. I. Ismoyilov
SPE va KITI Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi direktori q.x.f.f.d.,(PhD).
G. R. Rasulova
SPE va KITI doktaranti
M .Sh. Ergasheva
TDAU SF bakalavri
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada barg lavlagi-mangoldning O'zbekistonda sabzavotlar assortimentini kengaytirishdagi roli, oziq -ovqat sanoatidagi ahamiyati va shifobaxshlik xususiyatlari va o'stirish texnologiyasi elementlari haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Kalit so'zlar: Sabzavotlar, sabzavotlar assortimenti, Rim karami, mangold, introduksiya,tuproqqa ishlov berish, ekish muddati, yirik barg, seret barg bandi, vitaminlar,oqsil, uglevod.
АННОТАЦИЯ
В статье описывается роль свеклы-свеклы в расширении ассортимента овощей в Узбекистане, ее значение в пищевой промышленности и лечебные свойства, элементы технологии возделывания.
Keywords: Vegetables, assortment of vegetables, Roman cabbage, chard, intro duction, tillage, planting period, large leaf, seret leaf band, vitamins, protein, carbohydrate.
ABSTRACT
The article describes the role of beetroot-chard in expanding the assortment of vegetables in Uzbekistan, its importance in the food industry and medicinal properties, elements of cultivation technology.
Ключевые слова: Овощи, сортимент овощей, римская капуста, мангольд, интродукция, обработка почвы, сроки
May 12-13
532
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
посева, крупный лист, серебристо-листовая полоса, витамины, белок, углеводы.
Kirish.Sabzavotchilik qishloq xo'jaligining mamlakatimizda tobora rivojlanib borayotgan sermahsul sohasi bo'lsada, ammo sabzavot ekinlari assortimenti bizda chegaralangan bo'lib, Respublikamizda iste'molga chiqarilayotgan sabzavot ekinlarining soni 20 tadan oshmaydi va uning katta qismini ya'ni 84-86% foizini piyoz, sabzi, karam, pomidor, bodiring kabi sabzavotlar tashkil etmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, xalqimiz uchun yangi noan'anaviy va kam tarqalgan sabzavot ekinlarini iqlimlashtirish, yangi nav va duragaylarini yaratish, yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish zarur. Shunday kam tarqalgan ekinlardan biri bu mangold sabzavot ekinidir. Kelib chiqishiga ko'ra vatani O'rta Yer dengizi sohillari bo'lgan bu o'simlik qadimdan boshqa xalqlarning ovqatlanish ratsionida bo'lgan, hattoki qadimgi Rim imperiyasi davdrida ham ko'kat sabzavot sifarida foydalanilganligi haqida manbaalar mavjud
[https://www.missouribotanicalgarden.org/condition s]. Shuning uchun uni Rim karami ham deb atashadi. Bugungi kunda AQSH, G'arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Hindiston, Shimoliy Afrika, Rossiya davlatlari hududlarida keng tarqalgan.
Haroratga talabi. Mangold lavlagining boshqa turlari kabi erta ekiladigan ekin turiga kiradi. Uning urug'lari tuproq harorati 5-60C bo'lganda ekiladi, +8+100 C haroratda una boshlaydi. Maysalari qisqa muddatli sovuqlarga bardosh beradi. Mangold uchun 25-280C optimal harorat. [Kapelnoye orosheniye. /http://www.drip.agrodepartament.ru]. Barg sathi yirik bo'lishi hisobiga suvni ko'p bug'latadi, o'suv davrida 8-10 martagacha sug'orishni talab etadi.
Tuproqni ekishga tayyorlash. Mangoldning ildiz qismi yer ostiga 25-30 sm kirib boradi, shuning uchun yerga chuqurroq ishlov beriladi. Kuzda shudgor bilan bir vaqtda albatta organik va fosforli og'it beriladi. Bahorda ekin maydonlari yuza qilib ishlanadi, borona qilinib mola bosiladi. O'g'itlar miqdori tuproq unumdorligi ko'rsatgichlari va rejalashtirilgan hosildorlik asosida hisoblanishi kerak. [may, 2014 Van Wyk, B.-E. 2005. Food Plants of the World - Identification, Culinary Uses and Nutritional Value. Briza, Pretoria]. Mangold ekini yaxshi o'sib va undan yuqori hosil olish uchun N-100,P-100,K-50 me'yorda o'g'itlash tavsiya etiladi. Shundan ammafos o'g'iti 200 kg/ga superfosfat 600 kg/ga va kaliy o'g'iti 80 kg/ga bo'z tuproqli ekin maydonlariga shudgordan oldin RMU-0,5 rusumli mineral o'g'itlarni sochgich mashinasi orqali ekin maydon yuzasiga
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
sochiladi.Qolgan fosforli va kaliyli o'g'itlar ekinlarni birinchi o'g'itlshda solinadi. Azotli o'g'itlarni hammasi vegetatsiya davrida oziqlantirishda ikkiga bo'lib beriladi.
Yetishtirish usullari. Mangold yirik bargi va seret barg bandi hosil qilishi hisobiga yerdan yaxshigina oziqa moddalarni o'zlashtiradi. Shuning uchun ekish agrotexnikasiga e'tibor qaratish, xususan ekishda ketma- ketlikni takrorlamaslik, mzakur ekin turi oilasiga mansub ekinlarni ekmaslik talab etiladi. Mangold uchun dukkaklilar, kartoshka, pomidor, poliz ekinlari yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Uning urug'lari juda sekin unadi va ularning unuvchanligi past bo'ladi. [ Kononkov P.F., R.A.Kamarova - Salat, v ki zelenntix ovoshntie kulturti. Moskva - 1975 g
] Urug'larning unuvchligini tezlashtirish uchun drajalanadi. Buning uchun urug'lar oziqa moddalarga boy issiq go'ng eritmasiga botirib olinadi. Hosil bo'lgan dumaloq sharchalar nam matoda 2-3 kun ushlab turiladi. Drajalangan urug'lar 2,5-3,0 sm chuqurlikka navining xususiyatlaringa qarab 15x30, 30x60, 40x25 sxemada ekiladi. Respublikamizda mangoldni 2 muddatda bahorgi va kuzgi muddatlarda ekish mumkin.Yopiq maydonlarda esa yil bo'yi o'stirsa bo'ladi.
Foydali xususiyatlari. Mangold barglari ekstraksiya asosida kimyoviy tarkibi o'rganilganda uning barglarida ham ildiz meva qismidagi moddalar ya'ni oqsillar, uglevodlar, biriktiruvchi to'qimalar, kaliy, fosfor, kalsiy, magniy, temir, rux moddalari, C,B1,B5,B6,PP,E vitaminlari, oksalat kislotasi mavjudligi aniqlangan [R.Dehqonov, G'.Mamajonov, Sh.Mamadaliyev- Lavlagi yer ustki qisminingt kimyoviy tahlili, Ilmiy maqolalar to'plami II qism, 1-3.05] Uning bunday foydali elementlari tufayli tabobatda shamollash, yallig'lanish,gipvitaminoz, qon ketishi, animiya, gipovinaminoz, ko'z pardasining yallig'lanish kasalliklarini bartaraf etishda foydalaniladi. Bundan tashqari qondagi shakar darajasini me'yorlashtiradi, toksinlardan tanani tozalaydi, miyani foalligini oshiradi. [2014O.Yunusov, R.Yuldashev- Kam tarqalgan mangold o'simligining ahamiyat va shifobaxshlik xususiyati, O'zbekiston Agrar fani xabarnomasi, (3).2022 104-106 bet.] Oziq-ovqat sanoatida esa bargi xomligicha hamda turli taomlar, salatlar tayyorlashda ishlatiladi. Ba'zi navlarida uzun barg bandi etdor va sersuv bo'lib oksalat kislotaga boy bo'ladi, to'g'rab salatlarga qo'shilganda an'anaviy sabzavotlar o'rnini bosoladi.Uning chiroyli ko'rinishga ega va rang-barang xillaridan dekorativ o'simlik sifatida foydalanish mumkin.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda, biz o'rganayotgan mangold o'simligi O'zbekistonda yetishirilayotgan sabzavot o'simliklari turini kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kuzatuvlar tajriba
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
dalalarida mangold kolleksiyasini o'rganish VIR uslublari bo'yicha o'tkazilmoqda. Oldimizga qo'yilgan asosiy maqsad O'zbekiston sharoitida mangold o'simligi assortimenti kam bo'lganligi sababli uni urug'larini chetdan olib kelib introdusiya qilish, yangi nav va duragaylar seleksiyasi uchun boshlang'ich manbaa yaratishdan iborat.
REFERENCES
1. Kononkov P.F., R.A.Kamarova - Salat, v ki zelenntix ovoshntie kulturti. Moskva - 1975 g
2. O.Yunusov, R.Yuldashev- Kam tarqalgan mangold o'simligining ahamiyat va shifobaxshlik xususiyati, O'zbekiston Agrar fani xabarnomasi, (3).2022 104-106 bet.
3. R.Dehqonov, G'.Mamajonov, Sh.Mamadaliyev- Lavlagi yer ustki qisminingt kimyoviy tahlili, Ilmiy maqolalar to'plami II qism, 1-3 may, 2014
4. Van Wyk, B.-E. 2005. Food Plants of the World - Identification, Culinary Uses and Nutritional Value. Briza, Pretoria.
5. Kapelnoye orosheniye. /http://www.drip.agrodepartament.ru.
6. https://www.missouribotanicalgarden.org/conditions
May 12-13