Научная статья на тему 'MOYLI O‘SIMLIKLARNING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI, XANTAL O‘SIMLIGINING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI'

MOYLI O‘SIMLIKLARNING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI, XANTAL O‘SIMLIGINING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

111
315
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kuydiruvchi kukun / gullash fazasi / serhosil / achchiq ta’m / fotosintez / hosildorlik / efir / xantal qog‘ozlari / neytrallashtirish / sifat / lipidlar / yarim quriydigan moy / qurimaydigan moy. / Едкий порошок / фаза цветения / фертильность / горький вкус / фотосинтез / продуктивность / эфир / горчичник / нейтрализация / качество / липиды / полувысыхающее масло / невысыхающее масло

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Matluba Zokirovna Isoqova

Ildizlari tuproqdagi barcha oziqa moddalarni o‘zlashtirib olish xususiyatiga ega. Xantal ildizi o‘zidan fitotoksinlar chiqarib, zararli mikroorganizmlarni yo‘q qiladi. Uning ildizlari tuproqni tozalovchi vazifasini bajaradi. Tuproqda o‘zlashtirilmaydigan holatga o‘tib qoladigan va qotib qolgan fosforli birikmalarni o‘zlashtirish xususiyatiga ega. Shuning uchun xantal o‘simligi moyli ekin sifatida va tibbiyotda foydalanishdan tashqari dala almashlab ekishda joriy qilish maqsadga muvofiq sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Корни обладают способностью поглащать все питательные вещества из почвы. Корень горчицы выделяет фитотоксины и уничтожает вредоносные микроорганизмы. Корни горчицы действуют как очиститель почвы. Помимо применения горчицы в качестве масличной культуры и в медицине, было бы у местно её внедрение в полевом севообороте.

Текст научной работы на тему «MOYLI O‘SIMLIKLARNING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI, XANTAL O‘SIMLIGINING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

MOYLI O'SIMLIKLARNING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI, XANTAL O'SIMLIGINING QISHLOQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI

Matluba Zokirovna Isoqova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, assistenti.

Matluba Zokirovna Isokova

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University, assistant.

Ildizlari tuproqdagi barcha oziqa moddalarni o'zlashtirib olish xususiyatiga ega. Xantal ildizi o'zidan fitotoksinlar chiqarib, zararli mikroorganizmlarni yo'q qiladi. Uning ildizlari tuproqni tozalovchi vazifasini bajaradi. Tuproqda o'zlashtirilmaydigan holatga o'tib qoladigan va qotib qolgan fosforli birikmalarni o'zlashtirish xususiyatiga ega. Shuning uchun xantal o'simligi moyli ekin sifatida va tibbiyotda foydalanishdan tashqari dala almashlab ekishda joriy qilish maqsadga muvofiq sanaladi.

Kalit so'zlar va iboralar: Kuydiruvchi kukun, gullash fazasi, serhosil, achchiq ta'm, fotosintez, hosildorlik, efir, xantal qog'ozlari, neytrallashtirish, sifat, lipidlar, yarim quriydigan moy, qurimaydigan moy.

Корни обладают способностью поглащать все питательные вещества из почвы. Корень горчицы выделяет фитотоксины и уничтожает вредоносные микроорганизмы. Корни горчицы действуют как очиститель почвы. Помимо применения горчицы в качестве масличной культуры и в медицине, было бы у местно её внедрение в полевом севообороте.

Ключевые слова и понятия: Едкий порошок, фаза цветения, фертильность, горький вкус, фотосинтез, продуктивность, эфир, горчичник, нейтрализация, качество, липиды, полувысыхающее масло, невысыхающее масло

ANNOTASIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Roots have the ability to absorb all the nutrients in the soil. Mustard root releases phytotoxins and destroys harmful

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

microorganisms. Its roots act as a soil purifier. It has the property of assimilating phosphorus compounds that are not assimilated in the soil and become hardened. Therefore, it is considered appropriate to introduce the mustard plant as an oilseed crop and in field rotation in addition to its use in medicine.

Keywords: burning powder, flowering phase, prolific, bitter taste, photosynthesis, yield, ether, mustard notes, neutralization, quality, lipids, semi-drying oil, non-drying oil.

Yer shari aholisining o'simlik yog'iga bo'lgan talabi kundan-kun oshib bormoqda. Chunki yog'dan iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida oziq-ovqat, konserva, lak-bo'yoq, parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarishda, linolium, bosmaxona bo'yoqlari tayyorlashda, tibbiyotda va asbob-uskunalarni moylashda foydalaniladi. Yog' inson salomatligi uchun foydali bo'lib, oziq-ovqat sanoatida donli mahsulotlardan keyin eng ko'p ishlatiladigan mahsulotdir. Yer yuzida moyli ekinlar ko'p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln. gektardan ortiqdir. Eng ko'p tarqalgan ekinlar - soya (111,3 mln. ga), kungaboqar (20,6 mln. ga), maxsar (7,82mln. ga), yeryong'oq (23,7 mln. ga), moyli zig'ir (7,5 mln. ga), kunjut (9,4 mln. ga), xantal (8,2 mln.ga).

Moyli ekinlar AQSh, Kanada, Hindiston, Braziliya, Argentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Yevropa. Ukraina davlatlarida tarqalgan[1].

2030-yilda O'zbekiston aholisining soni 40 million nafarga yetishi taxmin qilinmoqda. Demak, mamlakatimizda o'simlik yog'iga bo'lgan talab bundan keyin ham oshib boradi. Ma'lumki, yurtimiz o'simlik yog'i iste'moli bo'yicha dunyoda oxirgi o'rinlardan birini egallaydi. O'simlik yog'i ishlab chiqarish va iste'mol qilish Amerika Qo'shma Shtatlarida jon boshiga 19 kg, Angliyada 20 kg, Germaniyada 22 kilogrammni tashkil etadi. Mamlakatimizda esa bu ko'rsatkich 7 kilogrammdan oshmaydi[12]. Hozirgi kunda bozor va do'kon peshtaxtalari asosan xorijdan keltirilgan o'simlik yog'lari bilan band. Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va eksport hajmlarini yanada oshirish, texnik, boshoqli don, dukkakli, moyli, poliz, sabzavot, kartoshka va ozuqa ekinlarini oqilona joylashtirish, mevali bog', uzum va tutzorlar tashkil etish hamda mahsulot yetishtiruvchilarning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yilning 4-

KIRISH

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

martdagi 121-sonli "Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to'g'risida"gi qarori ishlab chiqildi.

Moyli ekinlar turli botanik oilalarga mansub, ular - karamdoshlar, dukkakdoshlar, sutlamaguldoshlar va boshqalardir. O'simlik moyi - gliserinning moy kislotalari bilan birikishidan vujudga keladigan murakkab efirlardir. Yog' tarkibiga uglerod (75-79%), vodorod (11-13%) va kislorod (10-12%) kiradi. Oqsil va uglevodga nisbatan moyning quvvati ikki - uch barobar ortiqdir. Ularning ko'pchiligi qimmatli asal beruvchi o'simligi. Moyning sifati ularning tarkibidagi kislotalarga, ya'ni to'yinmagan (olein linoleum, linol) va to'yingan (palmitin, stearin) kislotalarga bog'liq. Moyli ekinlar tarkibidagi moyning miqdori, sifati yetishtirish sharoitiga bog'liq. 100 g moy qancha yodni qabul qilsa, shunga qarab yod soni aniqlanadi. Yod soni ko'p bo'lgan moy tez quriydi. Shunga qarab o'simlik moyi 3 guruhga bo'linadi: - quriydigan moy (perilla, lyalemansiya, rijik, zig'ir moyi) - yod soni 130 dan ortiq bo'ladi; - yarim quriydigan moy - yod soni 85 - 130 bo'lib, bu oziq - ovqatda ishlatiladigan moy (kungaboqar, kunjut, soya, raps, xantal, maxsar) qurimaydigan moy (yeryong'oq va kanakunjut moyi) - yod soni 85 dan kam bo'ladi. Oziq-ovqatda va texnikada qo'llaniladigan moy tarkibida bog'lanmagan yog' kislotalar soni kam bo'lishi kerak. Bu moylarni 4 neytrallashtirish yog' kislotalarini neytrallash uchun sarflanadigan o'yuvchi kaliy miqdoriga qarab kislota soni aniqlanadi. To'la pishmagan urug'da kislota soni ko'p bo'ladi [10].

Respublikamizda kuzgi bug'doydan keyin juda katta maydonlar takroriy ekinlar uchun bo'shaydi. Bu yerlardan yog'li o'simliklarni takroriy ekin tarzida yetishtirishda foydalanish mumkin. Qolaversa, joylarda ertapishar soya, kungaboqar, kunjut va xantalning erta pishar navlarini ekish ijobiy natija beradi. Bunday maydonlarda kech kuzda maxsar, erta bahorda zig'ir, kungaboqar va bahorda kunjut, perko ekish yog' beruvchi xomashyoni ko'paytiradi. Bundan tashqari, vino, konserva zavodlarida uzum, anor urug'laridan, o'rik, shaftoli danaklaridan yog' ajratib olishni yo'lga qo'yish kerak. Bu o'simlik moyiga bo'lgan ichki ehtiyojni qondiribgina qolmay, balki xorijga yog' eksport qilish imkoniyatini ham yaratadi. Soya, kunjut, zig'ir, maxsar, yeryong'oq, perko, kanakunjut, sachratqiqoqi, zaytun, makkajo'xori, paxta, kungaboqar, xantal, perilla, lyallemansiya, kashnich, arpabodiyon, qorazira, yalpiz, mavrak singari moyli o'simliklarni yetishtirish uchun bizda qulay iqlim sharoiti mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Shulardan biri xantal o'simligidir. Xantal-eng qimmatbaho o'simliklardan hisoblanadi. Xantalning uchta turi: oq xantal (Sinapis alba), sarapet xantali (Brassica juncea), va qora xantal (Brassica nigra) ekiladi. Sarapet xantali ko'proq tarqalgan. Uning urug'ida 35-47% moy bor. Oq xantalda 30-40% moy bor. Sarapet xantali nisbatan moyni ko'proq saqlaydi[2]. Xantal moyi oziq-ovqat sanoatida eng qimmatli moylardan hisoblanadi. Ta'mi jihatidan kungaboqar moyidan keyin turadi. Undan oziq-ovqat sanoatida, konserva va konditer mahsulotlarini tayyorlashda, to'qimachilik va dori-darmon ishlab chiqarishda foydalaniladi. Xantal moyi qo'shilgan nonlar yumshoq, so'lqildoq bo'ladi va qotib qolmaydi. Xantal moyida efir mavjud bo'lib, bu moy upa-elik olishda ishlatiladi. Xantal kunjarasidan achchiq, kuydiruvchi ta'mli xantal kukuni olinib, xantal va xantal qog'ozlari ishlab chiqariladi va tibbiyotda qo'llaniladi[1].

Oq xantal, quzoqcha hosil qilgunicha chorva mollari uchun ertangi ko'k poya beradi,100 kg ko'k poyasida 16 oziq birligi saqlaydi. Ko'k no'xat, vika va boshqa ekinlarga qo'shilib, ko'kat o'g'it sifatida ekiladi. Xantal ko'p gullagani asalarilar uchun tuyimli ozuqa hisoblanadi. O'zbekistonda xantal urug'i uchun ekilganda gektaridan

22-25-sentnergacha urug' olinadi[2]. Xantal ildizi o'zidan fitotoksinlar chiqaradi, zararli mikroorganizmlarni yo'q qiladi. Xantal ildizlari tuproqni tozalovchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham muhim o'tmishdosh hisoblanadi. Xantalni ildizlari tuproqdan oziq moddalarini yuqori darajada o'zlashtirgani uchun o'g'itga ko'p talabchan emas. O'g'itning bir qismi tuproqda o'zlashtirilmaydigan holatga o'tib qoladi. Ana shu o'g'itning, ayniqsa, qotib qolgan fosforli birikmalarni xantal ildizlari o'zlashtirish xususiyatiga ega. Xantal ildizlari fosforli o'g'itning bir qismini o'zi o'zlashtirib, qolgan qismini esa kelgusi yilgi o'simlik uchun tayyor holga keltiradi[2,7, 9].

Bundan tashqari xantal tabiiy yashil o'g'it bo'lib, u tuproqni yanada boyitadi va zararkunandalarga qarshi kurashishda yordam beradi. O'simliklarni yaxshi o'sishi uchun ularga doimiy parvarish lozim. Xantal esa tuproqni azot, fosfor va oltingugurt bilan boyitadi. Shuningdek, buta va sabzavotlarga xantal kukuni eritmasi sepilishi mumkin. U o'simliklarni yeb bitiruvchi turli xil zararkunandalarni yo'q qilishda yordam beradi [12].

REFERENCES

May 12-131 ©

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

1. D.Yormatova., O'simlikshunoslik Sharq nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent -2002 yil-320 B

2. Yu.Ch.Kenjayev.,Sh.Z.Abdullayev., M.Q.Karimboyeva., M.B.Tolibova., Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy universiteti "Xantal" ykenj [email protected]

3. Велкова Н. И., Наумкин В. П. Пыльцевая продуктивность горчицы белой // Пчеловодство : журнал. — 2007. — № 9. — С. 21—22.

4. Винокурова З. И. Горчица белая // Пчеловодство : журнал. — 1996. — № 6. — С. 16—17.

5. Губанов И. А. 691. Sinapis alba L. — Горчица белая // Иллюстрированный определитель растений Средней России : в 3 т. / И. А. Губанов, К. В. Киселёва, В. С. Новиков, В. Н. Тихомиров. — М. : Товарищество науч. изд. КМК : Ин-т технол. исслед., 2003. — Т. 2 : Покрытосеменные (двудольные: раздельнолепестные). — С. 317. — 666 с. — 3000 экз. ISBN 9-87317-128-9.

6. Дудченко Л. Г., Козьяков А. С., Кривенко В. В. Пряно-ароматические и пряно-вкусовые растения: Справочник / Отв. ред. К. М. Сытник. — К.: Наукова думка, 1989. -304 с.-100 000 экз. ISBN 5-12-000483-0.

7. Ларин И. В., Ларина В. К. Кормовые растения сенокосов и пастбищ СССР : в 3 т. / под ред. И. В. Ларина. — М. ; Л. : Сельхозгиз, 1951. — Т. 2 : Двудольные (Хлорантовые — Бобовые). — С. 452—453. — 948 с. — 10 000 экз.

8. Медведев П. Ф., Сметанникова А. И. Кормовые растения европейской части СССР. — Л.: Колос, 1981. — С. 80—81. — 336 с. — 25 000 экз.

9. Никандров В. П. Нектароносы — пчёлам // Пчеловодство : журнал. — 1974. — № 11. — С. 14—15.

10. H.S.Yo'ldoshev., O'simlik mahsulotlarni yetishtirish texnologiyasi fanini o'qitish metodikasi. Sharq nashriyoti aksionerlik kompaniyasi. Toshkent -2003

11. R.O.Oripov.,N.X.Xalilov., "O'simlikshunoslik" O'zbekiston faylasuflari milliy nashriyoti. Toshkent-2007.

12. Veb saytlar: https://www.facebook.com/Qishloqhayoti/, https://zamin.uz/hayot-tarzi.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.