Научная статья на тему 'GIDROMORF TUPROQLARNING O’ZLASHTIRISHDA MOYLI O’SIMLIKLARNI YETISHTIRISHNING AHAMIYATI'

GIDROMORF TUPROQLARNING O’ZLASHTIRISHDA MOYLI O’SIMLIKLARNI YETISHTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
256
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Gidromorf / o’tloq / botqoq / sho’rxok / yeryong’oq / moyli o’simliklar / sug’orma.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Musurmonov Abror Alisherovich, Choriyev Jahongir Olimjon Ogli

Annotatsiya: Gidromorf tuproqlarining xossalari sizot suvlarining sathi, minerallashganlik darajasi va shuningdek doimiy ravishda bo’lib turadigan toshqin suvlar rejimiga bog’liq. Tajriba asosida gidromorf tuproqlarda yetishtirish mumkin bo’lgan moyli o’simliklarini keltirish mumkin. Birgina yeryong’oq o’simligi misolida turli gidromorf tuproqlarda rivojlanish va hosil ko’rsatkichini keltirish mumkin.Bu orqali sug’oriladigan yerlarning maydoni ortadi va dorivor o’simliklar xomashyo bazasi kengayadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GIDROMORF TUPROQLARNING O’ZLASHTIRISHDA MOYLI O’SIMLIKLARNI YETISHTIRISHNING AHAMIYATI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

GIDROMORF TUPROQLARNING O'ZLASHTIRISHDA MOYLI O'SIMLIKLARNI YETISHTIRISHNING AHAMIYATI

Musurmonov Abror Alisherovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Biologiya yo'nalishi talabasi

Choriyev Jahongir Olimjon o'g'li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Biologiya yo'nalishi talabasi

Annotatsiya: Gidromorf tuproqlarining xossalari sizot suvlarining sathi, minerallashganlik darajasi va shuningdek doimiy ravishda bo'lib turadigan toshqin suvlar rejimiga bog'liq. Tajribaasosidagidromorf tuproqlarda yetishtirish mumkin bo'lgan moyli o'simliklarini keltirish mumkin. Birgina yeryong'oq o'simligi misolida turli gidromorf tuproqlarda rivojlanish va hosil ko'rsatkichini keltirish mumkin.Bu orqali sug'oriladigan yerlarning maydoni ortadi va dorivor o'simliklar xomashyo bazasi kengayadi.

Kalit so'zlar: Gidromorf, o'tloq, botqoq, sho'rxok, yeryong'oq, moyli o'simliklar, sug'orma.

https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7216151

ЗНАЧЕНИЕ ВЫРАЩИВАНИЯ МАСЛИЧНЫХ РАСТЕНИЙ В УЛУЧШЕНИИ ГИДРОМОРФНЫХ ПОЧВ

Мусурмонов Аброр Алишерович

Студент Деповского института предпринимательства и педагогики, биологический факультет Чориев - сын Джахангира Олимджона

Студент Деновского института предпринимательства и педагогики, биологический факультет

Аннотация: Свойства гидроморфных грунтов зависят от уровня фильтрационных вод, уровня минерализации, а также регулярности паводкового водного режима. На основании опыта можно назвать масличные растения, которые можно выращивать на гидроморфных почвах. В качестве примера одного растения арахиса можно привести показатели развития и урожайности на разных гидроморфных почвах, что увеличивает площадь орошаемых земель и расширяет сырьевую базу лекарственных растений.

Ключевые слова: гидроморфа, луг, болото, солончак, арахис, масличные растения, орошение.

THE IMPORTANCE OF CULTIVATION OF OILY PLANTS IN THE IMPROVEMENT OF HYDROMORPHIC SOILS

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Musurmonov Abror Alisherovich

Student of Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, Department of Biology Choriyev is the son of Jahangir Olimjon

Student of Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, Department of Biology

Annotation: The properties of hydromorphic soils depend on the level of seepage water, the level of mineralization, as well as the regular flood water regime. On the basis of experience, it is possible to name oil plants that can be grown on hydromorphic soils. As an example of a single peanut plant, it is possible to cite development and yield indicators in different hydromorphic soils. This increases the area of irrigated land and expands the raw material base of medicinal plants.

Key words: hydromorph, meadow, swamp, salt marsh, peanut, oil plants, irrigation.

KIRISH

Gidromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin bo'lgan sharoitda, doimiy kapillyar namlik ta'sirida hosil bo'ladigan o'tloq, botqoq, botqoq-o'tloq tuproqlar va sho'rxoklar kiradi. Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarining sathi, minerallashganlik darajasi va shuningdek, doimiy ravishda bo'lib turadigan toshqin suvlar rejimiga bog'liq. Tuproqning namlanib turish holati, shu yerdagi tuproq paydo qiluvchi ona jinslarning mexanik tarkibi va fizikaviy xossalariga ham bog'liq. Jumladan, yer osti suvlari lyosslarda 3-4 m bo'lganida, gilli va qatlamli guruntlarda 1,5-3 m da tuproq gorizonti doimiy kapillyar namlanib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yer yong'oq-Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O'zbekistonda keng tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun va farmasetika sanoatlarida muhim sanaladi. Kunjarasida 45 % oqsil, 8 % yog' saqlanadi. Urug'ida 60 % yog', 35 % oqsil saqlanadi. Shuningdek turli yog'da eriydigan vitaminlarga boy. Dukkagining po'chog'idan izolyatsiya materiallari tayyorlashda, yonilg'i (o'tin) sifatida foydalaniladi. Dunyo bo'yicha 22 mln gektar maydonni egallaydi. O'zbekistonda asosan sug'oriladigan yerlarda ekiladi, hosildorligi 30-40 s/ga ga teng. Bir yillik o'simlik bo'lib, ildizi 190 cm ga chuqurlikkacha kirib boradi. Yeryong'oq issiqsevar va namsevar. Gullashdan to meva hosil qilguncha namga eng talabchan davri sanaladi. Tuproq sharoitiga qarab unumdor, g'ovak, yaxshi ishlov berilgan, begona o'tlar bosmaydigan yerlarda o'stiriladi. Og'ir, sho'rxok va botqoq tuproqlarda yer yongo'q uchun yaroqsiz. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda yaxshi o'sadi, yuqori hosil to'playdi.

Gidromorf tuproqlarning barcha tuzilish darajasida moyli o'simlik turlari keng tarqalishi va rivojlanishi mumkin, ammo sizot suvlari tuproq sathiga yaqin hamda minerallashish darajasi juda yuqori qiymatlarda cheklangan darajada o'sib-rivojlanadi. Tarqalishida va turg'un muvozanatda moyli o'simlik turlari uchun xos ko'p yillik o'simliklar ekanligi hamda talab etiladigan optimal harorat me'yorlaridan chiqqanda

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'simlik turlarining rivojlanishi cheklanadi va turlarning shu hudud uchun yo'qolishiga sabab bo'ladi.

Gidromorf tuproqlar O'zbekistonning sug'orma yerlarining 50% ni tashkil etadi va qishloq xo'jaligi o'simligini yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etmaydi. Yetishtirilgan o'simliklar hosildorligi ham yuqori emas hamda mavsumiy ekinlar asosida ekiladi. Asosiy unumdor va agronometrik ko'rsatkichi yuqori tuproqlarda yer yong'oq madaniy va yovvoyi holda o'sib-rivojlanganda optimal haroratda katta yer yong'oqning me'yor darajasidan ham ortiq o'sishi va urug' berish ko'rsatkichi yuqori bo'lishligi tajribalarda isbotlangan. Oziq-ovqat sanoatida yer yong'oq xomashyosiga bo'lgan talab yuqoriligini hisobga olib, o'zlashtirilmayotgan gidromorf tuproqlarda o'simlikni yetishtirib ko'rish va uning hosilini baholash hamda tuproqning sifat darajasini o'zgarishini baholash tajribamizning asosi sanaladi. Tajribada Surxondaryo viloyatining daryo o'zaniga yaqin gidromorf tuproqlari va sho'rxok hamda boshqa turdagi tuproqlarda o'stirildi.

1- jadval.

Yer yong'oq turining gidromorf tuproq turlarida ko'rsatkichlari.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Surxondaryo viloyati harorat yig'indisi yer yong'oq turi uchun optimal darajada ekanligi uchun o'simlikning o'lcham ko'rsatkichi va tarqalishiga asosiy to'sqinlik tuproqning agrokimyoviy ko'rsatkichi sababdir. Yeryong'oq yetishtirilgandan keyin tuproq tarkibidagi o'zgarishlarni ham hisobga olib doimiy va mavsumiy ekinlar grafigini tuzib olish mumkin. Tuproqning tarkibining o'zgarishi va ta'sir darajasiga qarab ekishga tavsiya etiladigan o'simliklar:

1. O'tloq-zig'ir, perilla, kungaboqar, xantal , yer yon'oq, kunjut, maxsar,soya.

2. Botqoq-xantal, zig'ir, yer yong'oq.

3. Botqoq-o'tloq-perilla, xantal, yer yong'oq,maxsar.

4. Sho'rxok-maxsar,yeryong'oq, lyallemanatsiya, raps.

XULOSA VA TAKLIFLAR

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bugungi globallashuv davrida jahon aholisi sifatli oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj. Shu sababli o'zlashtirilmayotgan yerlarning o'zlashtirilishi bu muhtojlikni ancha yumshatadi. O'rta Osiyo hududida 40% ga yaqin yerlar gidromorf ekanligini hisobga olib, o'zlashtirishda ayniqsa agrokimyoviy ko'rsatkichlarini barqarorlashtirishda ko'plab moyli o'simliklarining ro'li yuqori sanaladi. Dunyo oziq-ovaqat sanoatida global muommolarning yechimlaridan biri bu o'zlashtirilmayotgan yerlarni muqobil yo''lar bilan o'zlashtirish muhim sanaladi. Tavsiya etilgan o'simliklarning gidromorf yerlarda yillar davomida monopoliyasi hosil qilinsa ham hosil, ham o'zlashtirilgan yerlar soni ortadi. Keyinchalik shartli ekish mumkin bo'lgan o'simliklarni yetishtirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI:

1. Abdullayev X.A. O'zbekiston tuproqlari. Toshkent-1980.

2. Azimboyev S.A.Sho'rlangan tuproqlar melioratsiyasi.Toshkent-2003.

3. Boboxo'jayev I.Uzokov P. Tuproqning tarkibi, xossalari va analizi. Toshkent-

1998.

4. Musurmonov Abror Alisherovich, Choriyev Jahongir Olimjon o'g'li & To'xtayeva Surayyo Sobir qizi (2022).Komplex Evaluation of different fertilization systems in the cultivation of vegetables on different field soils.Europan Journal of Agricultural and Rural Education.3(3).22-25 https://scholarzest.com.index.php/ejare/article/view/1996.

5. Khidirov Bobur Tojimurodovich,Musurmonov Abror Alisherovich and Choriyev Jahongir Olimjon o'g'li.2021.Elimination of Black mell disease in Surkhandarya climate and measures.International Engineering Journal for research Development.6.TCRRTNB (Dec.2021)2.https://doi.org./10.17605/OSF.IO/2FY4P.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.