Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
POREY PIYOZINING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA AGROTEXNIK ELEMENTLARNING TA'SIRI
Ushbu maqolada porey piyoziining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga oid ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Porey piyozi, sabzavot, nav, geterozis duragay, urug' unuvchanligi, soxta poya, o'suv davri, o'simlik bo'yining balandligi, hosildorlik.
This article provides information on the growth, development and productivity of leeks.
Keywords: Porey onion, vegetable, variety, heterosis mix, seed germination, fake stem, onion, unification, row spacing softening, growth period, plant growth, yield.
Kirish. Insonlar bir necha ming yillardan buyon piyozning har xil turlarini oziq-ovqat mahsuloti sifatida iste'mol qilib kelmoqda. Porey piyozini qadimgi misrliklar miloddan oldingi 3000 yilda oziq-ovqat o'simligi ya'ni sabzavot sifatida etishtirgan. Hozirgi kunda porey piyozi dunyo mamlakatlarida 0,126 mln. ga maydonga ekilib, 2,1 mln. tonna yalpi hosil etishtiriladi. Porey piyozi ko'p etishtiruvchi mamlakatlar Indoneziya (0,5 mln. t), Turkiya (0,2 mln. t), Belgiya (0,18 mln. t), Fransiya (0,16 mln. t), Xitoy (0,15 mln. t) kabi mamlakatlar hisoblanadi. Dunyo bo'yicha porey piyozidan olinadigan o'rtacha hosildorlik 16,9 t/ga bo'lib, eng yuqori hosildorlik (38,5-46,2 t/ga) Janubiy Koreya, Germaniya, Xitoy, SHvetsiya va Belgiyada olinadi.
Porey piyozi madaniy ekin sifatida ikki yillik o'simlik. Birinchi yili mayda,
H. O'. Qurbonov
SamDU tayanch doktoran
G'. Sh. Sanayev
TDAUSF tadqiqotchi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
uzunchoq, yo'g'onlashgan soxta poyaga tutashgan boshpiyoz va uzun yassi barglar hosil qiladi. Ikkinchi yil piyozboshdan gulpoya chiqarib, yirik gul to'plam urug' beradi.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Porey piyozining tez pishar navlardan Karatanskiy, Kolambus, Vesta, Xobot slona, Goliaf, Kilima, o'rtapishar navlardan Djolant, Kazimir, Kamus, Tango, Bastion, kech pishar navlardan Elefant, Bandit, Osenniy gigant, Asgeos, Merkuriy hamda Linkoln F1, Chinuk F1, Cheroki F1, Takrima F1 kabi duragaylari tarqalgan.
Bizning tajribalarimizda porey piyozining nav va duragaylarini kompleks o'rganilib, erta hosil olish uchun maqbul ekish muddatlari hamda ekish sxemalari va oziqlanish maydoni aniqlandi.
Tajribada porey piyozining tanlangan 2 ta Linkolin F1 va Bolgarskiy F1 duragaylarini 3 ta ekish muddatlarida (20 aprel, 1 may (nazorat), 10 may) va 3 ta ekish sxemalarida (70x5 sm, 70x10 sm, 70x15(nazorat) sm) ekib o'rganildi. Natijalar nazorat varianti bilan taqqoslandi. Har bir variant 4 qator, 4 qaytariqda joylashtiriladi. Egat uzunligi 10 m. Har bir delyanka maydoni 28 m2 Har bir duragay va ekish sxemasi bo'yicha qaytariqlarning maydoni 112 m2 ni tashkil etdi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tadqiqotlarimizda porey piyozining Linkolin F1 va Bolgarskiy F1 duragaylarini 3 ta ekish muddati ya'ni 20 aprel, 1 may (nazorat), 10 may ekish muddatlarida ko'chatlaridan ekib o'stirilganda o'simlik bo'yi 82,3-86,2 sm ni, soxta poya uzunligi 16,0-16,5 sm ni, soxta poya diametri 3,7-4,0 sm ni tashkil etdi. Ushbu biometrik ko'rsatkichlari bo'yicha eng yaxshi natija 20 aprel muddatida ekilganda olindi. Tajribalarda o'rganilgan Linkolin F1 va Bolgarskiy F1 duragaylarida ushbu muddatda ekib o'stirilgan o'simliklar vegetativ qismlarining o'rtacha vazni bo'yi cha ham yuqori natija ko'rsatib, bir dona porey piyozi o'simligi vazni 313,8341,9 grammni, tovar mahsulot hisoblangan soxta poya vazni 182,2 - 198,3 grammni, bir dona porey piyozining barglar vazni 105,8-110,9 grammni, ildiz vazni esa 25,8-32,7 grammni tashkil etdi.
Porey piyozi ko'chatlarini turli ekish muddatlari bo'yicha hosildorlik ko'rsatkichlari ham tahlil qilinganda ushbu o'rganilgan ikala duragayda variantlararo o'rtacha hosildorlik gektaridan 21,9-25,1 tonnadan iborat bo'ldi. Hosildorlik ko'rsatkichlari bo'yicha eng yaxshi natija 20 aprelda ekilgan muddatda olinib o'rtacha gektaridan 23,9-25,1 tonnani tashkil etdi.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari
jy
Tajríba maqsad va vazifalarini bajarish doirasida porey piyozining davlat reystriga kiritilgan Linkolin Fi va istiqbolli Bolgarskiy Fi duragaylarini turli ekish sxemalarida ham ekib o'stirildi. Bunda porey piyozining ikkala tanlangan duragaylari 70x5 sm, 70x10 sm, 70x15(nazorat) sm sxemalarda ekib o'rganildi. Ekish sxemalari bo'yicha olib borgan tajribalarimiz natijalari shuni ko'rsatdiki o'simlik bo'yi, soxta poya uzunligi, soxta poya diametri, o'simligi vazni, soxta poya vazni, barglar vazni, ildiz vazni bo'yicha ham eng yuqori ko'rsatkich porey piyozining ko'chatlari 70x5 sm sxemada ekilganda qayd etildi. Ushbu ekish sxemasida gektardan eng yuqori hosildorlikka erishilib o'rtacha 35,7-38,4 tonnani tashkil etdi.
Xulosalar. Tadqiqotlarimiz natijalari asosida qilingan xulosalarimizning ko'rsatishicha porey piyozining Linkolin Fi va istiqbolli Bolgarskiy Fi duragaylarini 20 aprel muddatida 70x5 sm sxemada ekish o'simlik bo'yi, soxta poya uzunligi, barglar soni hamda soxta poya diametrining ortishini va yuqori tovar hosil chiqimini hamda gektaridan 35,7-38,4 tonna sifatli hosil olishni ta'minlar ekan.
REFERENCES
1. Asatov SH.I., Qodirxo'jaev O., Mirzasoliev M.M. Piyozni takroriy ekin sifatida ko'chatidan etishtirish texnologiyasi. Tavsiyanoma. T., Navro'z., 2018-b 22.
2. Mirsoliev M.M., Boliqulov F.O. Porey piyoz etishtirish. Qo'llanma. T., 2021.
3. Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo'jaev.O.Q. Sabzavotchilik. Darslik. T., 2018.
4. OcTOHasynoB, T. 3., XannnoB, H. X., .yKOB, M. K., & CaHaeB, C. T. TaKpopnñ экннпaр ^apoBOHHHK MaHÖan. KymaHMa. CaMapKaHd-2017, 4.
5. Sanaev S.T., Qurbonov H.U., Sanaev G.SH., J.SH.YUsufov. ekish muddatlari va ekish sxemasining porey piyoz hosildorligiga ta'siri.
Ilmiyamaliy konferensiya. 142-145 betlar. Samarqand., 2022. 6. https:/agro-olam.uz.
May 12-13
554