Научная статья на тему 'HIMOYALANGAN YERLARDA SHIRIN QALAMPIRNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA O‘G‘ITLASH ME’YORLARINING TA’SIRI'

HIMOYALANGAN YERLARDA SHIRIN QALAMPIRNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA O‘G‘ITLASH ME’YORLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

311
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O„tloqi bo„z tuproq / himoyalangan yer / shirin qalampir Marjona navi / Zombello F1 duragayi / o„g„it me‟yorlari va hosildorlik / Grassy gray soil / sheltered land / sweet pepper variety Marjona / Zombello F1 hybrid / fertilizer rates and yield

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Shuhrat Eshquvatovich Xolmuminov, Amanturdiyev Ilxom Xolmuminovich

Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o„tloqi bo„z tuproqlari sharoitida himoyalangan yer maydonlarida shirin qalampirning Marjona navi va Zombello F1 duragayini turli o„g„it me‟yorlarida o„sishi, rivojlanishi va hosildorlik ko„rsatkichlari bo„yicha olingan ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents data on the growth, development and yield indicators of sweet pepper variety Marjona and Zombello F1 hybrid under different fertilizer standards in the conditions of gray soils of protected grassland of Samarkand region.

Текст научной работы на тему «HIMOYALANGAN YERLARDA SHIRIN QALAMPIRNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA O‘G‘ITLASH ME’YORLARINING TA’SIRI»

HIMOYALANGAN YERLARDA SHIRIN QALAMPIRNING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA O'G'ITLASH ME'YORLARINING

TA'SIRI

Shuhrat Eshquvatovich Xolmuminov

ToshDAU SF magistranti

Amanturdiyev Ilxom Xolmuminovich

ToshDAU SF dotsenti, q.x.f.f.d.

ANNOTATSIYA

Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida himoyalangan yer maydonlarida shirin qalampirning Marjona navi va Zombello F1 duragayini turli o'g'it me'yorlarida o'sishi, rivojlanishi va hosildorlik ko'rsatkichlari bo'yicha olingan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: O'tloqi bo'z tuproq, himoyalangan yer, shirin qalampir Marjona navi, Zombello F1 duragayi, o'g'it me'yorlari va hosildorlik.

ABSTRACT

The article presents data on the growth, development and yield indicators of sweet pepper variety Marjona and Zombello F1 hybrid under different fertilizer standards in the conditions of gray soils of protected grassland of Samarkand region.

Keywords: Grassy gray soil, sheltered land, sweet pepper variety Marjona, Zombello F1 hybrid, fertilizer rates and yield.

Kirish. So'nggi yillarda O'zbekistonda qishloq xo'jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi "Qishloq xo'jaligida bilim va innovasiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko'rsatishni yanada rivojlantirish to'g'risidagi"gi PF-6159-son Farmoni bilan tasdiqlangan "20212025 yillarda qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi"da "Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini

October 5-6

308

oshirish, yangi navlami yaratish, seleksiya, urug'chilik va ko'chatchilikni rivojlantirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, respublika hududlarini muayyan qishloq xo'jaligi ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish kabi konseptual yo'nalishlarga asoslangan ilm-fanni rivojlantirish dolzarb vazifa" ekanligi belgilab berilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda shirin qalampir sabzavot ekinlari orasida ekin maydoni va ishlab chiqarish hajmi bo'yicha o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan ekinlardan biridir.

Shirin qalampir ozuqaviyligi jihatidan qimmatbaho ekindir. Shirin qalampir mevasi sabzavot sifatida yangi uzilgan, qayta ishlangan, pishirilgan holda iste'mol qilinadi.

Shirin qalampir ekini ochiq maydonda asosiy va takroriy muddatda hamda issiqxonalarda yetishtirishtiriladi. Bu borada mamlakatimiz ilm-fani va ishlab chiqarishida ulkan tajriba mavjud.

Samarqand viloyati himoyalangan yerlarda o'tloqi bo'z tuproqlar sharoitida shirin qalampir hosildorligini oshirish, mazkur sharoitga mos ekin nav va duragaylarini tanlab, maqbul o'g'it me'yorlarini to'g'ri qo'llashga bog'liq. Shuning uchun har bir muayyan sharoitga mos ekin navlarini tanlash, ulardan yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasining asosiy elementlari yaniy rejalashtirilgan hosildorlikni hisobga olgan holda maqbul o'g'it me'yorlarida oziqlantirish nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.

Materiallar va metodlar. Yuqoridagilarni inobatga olib bizlar, 2022-yilda Samarqand viloyatining "Xalimova Iroda" dehqon xo'jaligining o'tloqi bo'z tuproqlar sharoitida shirin qalampirni Marjona navi va Zombello F1 duragayini turli o'g'itlash me'yorlarida o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini o'rganish maqsadida dala tajribalari o'tkazildi.

Tadqiqot obyekti bo'lib o'tloqi bo'z tuproqlar, shirin qalampirning Marjona navi va Zombello F1 duragayi hamda mineral o'g'it (NPK)larni turli me'yorlari olindi.

Dala tajribalarimiz himoyalangan maydonda quyidagi tajriba tizimlari asosida o'tkazilmoqda. Tajriba 4 ta variantda, 4 takrorlikda, umumiy maydoni 112 m , shirin qalampirning nav va duragayining 50-55 kunlik, 4-5 chin barg hosil qilgan kuchatlari 1 mayda 60x30 sm ekish sxemasida ekilib, tajribalar olib borilmoqda (Azimov B.J., Azimov B.B, 2002).

Tajribalarda turli mineral o'g'it me'yorlarining shirin

qalampirning o'sishi, rivojlanishiga ta'siri bo'yicha shirin

October 5-6

qalampirda o'tkaziladigan fenologik kuzatuv va biometrik o'lchashlar xar bir variantdan 10 dona o'simlikda olib borilmoqda (Azimov B.J., Azimov B.B, 2002).

Olingan natijalar va ularning tahlili. Olingan natijalarning ko'rsatishicha (1-jadval) Marjona navida o'suv davri o'g'itsiz (nazorat) variantda 102 kunni, gektariga o'g'itlar me'yori N100 P70 K50 kg/ga berilganda 104 kunni, N150 P90 K75 kg/ga berilganda 105 kunni va N200 P110 K100 kg/ga berilganda esa 106 kunni tashkil etib, nazoratga nisbatan 4 kunga uzaygani kuzatildi. Bu ko'rsatkich Zombello F1 duragayida quyidagicha 106, 108, 110 va 111 kunni tashkil etib, nazoratga nisbatan 5 kunga uzaygani ma'lum bo'ldi.

O'rganilgan Marjona navida o'simlik bo'yi o'suv davri (texnik pishish davri)da o'lchanganda, o'g'it me'yori qo'llanilmagan nazorat variantda eng past ko'rsatkich 104 sm ni tashkil etdi. O'g'it me'yori oshirilib, gektariga N200 P110 K100 kg/ga berilganda esa 121 santimetrni tashkil etib, nazoratga nisbatan 17 sm ga yuqori bo'ldi. Zombello F1 duragayida esa o'g'itsiz (nazorat), N100 P70 K50, N150 P90 K75 va N200 P110 K100 kg/ga variantlar tartibida o'tkazilganda bu ko'rsatkichlar 106, 111, 117 va 124 sm bo'lib, nazoratga nisbatan 18 santimetrga ziyod ekanligi qayd etildi.

O'simlikdagi yon shoxlar soni tajriba variantlari bo'yicha sezilarli darajada o'zgarmay, Marjona navi o'suv davri (texnik pishish davri)da kuztish olib borilganda, har bir tupda 1,7-2,7 donani, Zombello F1 duragayida esa 1,8-2,8 dona yon shoxlar shakllangani kuzatildi.

O'simlikda barg soni hosil bo'lishiga o'g'it me'yorlarining ta'siri natijalari shirin qalampir Marjona navi va Zombello F1 duragayida o'g'itsiz (nazorat) variantda o'stirilganda o'suv davri (texnik pishish davri)da bir tup o'simlikda eng kam barglar soni 53 - 57 donani tashkil etgan bo'lsa, eng yuqori barglanish 78 - 81 donani o'g'itlar me'yorlari N200P110K100 kg/ga qo'llanilganda kuzatildi.

Shirin qalampirning Marjona navi va Zombello F1 duragayini turli o'g'itlash me'yorlarida o'stirilganda mahsuldorlik ko'rsatkichlari - bir tup o'simlikdagi mevalar soni, mevaning uzunligi va diametri hamda o'rtacha bitta meva vazni bo'yicha o'rganildi (2-jadval).

Shirin qalampir Marjona navini bir tupida o'suv davri (texnik pishish davri)da tajriba variantlari bo'yicha o'rganilganda mevalar soni 19-31 donani, bitta meva uzunligi 9-10 va 11-14 santimetrni, bitta meva diametri esa 4-8 va 6-11 santimetrni hamda o'rtacha bitta meva vazni 114-142 grammni tashkil etdi. Zombello F1 duragayida mos ravishda, mevalar soni 19-31 donani, bitta meva uzunligi 9-10 va 11-14 santimetrni, bitta meva diametri esa 4-8 va

6-11 santimetrni hamda o'rtacha bitta meva vazni 114-142

October 5-6

grammni tashkil etdi. Eng yuqori mahsuldorlik ko'rsatkichlari mineral o'g'itlar N200P110K100 kilogamm miqdorida berilganda olindi. Eng kam mahsuldorlik ko'rsatkichlari esa o'g'itsiz nazorat variantda kuzatildi.

1-jadval

Himoyalangan yerlarda shirin qalampirning o'sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga o'g'itlash

me'yorlarining ta'siri

№ O'g'itlash me'yori, kg/ga O'suv davri, kun hisobida O'simlik bo'yi, sm (texnik pishish davrida) Yon shoxlar soni, dona (texnik pishish davrida) Barglar soni, dona (texnik pishish davrida) Meva

soni, dona uzunligi, sm diametri, sm o'rtacha vazni, g

Marjona navida

1. O'g'itsiz (nazorat) 102 104 1,7 53 19 9-10 4-8 114

2. N100 P70 K50 104 108 2,0 62 23 9-11 4-9 120

3. N150 P90 K75 105 113 2,4 71 27 10-12 6-10 132

4. N200 P110 K100 106 121 2,7 78 31 11-14 6-11 142

Zombello F1 duragayida

5. O'g'itsiz (nazorat) 106 106 1,8 57 21 10-11 4-9 120

6. N100 P70 K50 108 111 2,1 64 25 11-13 4-10 128

7. N150 P90 K75 110 117 2,5 69 29 12-14 6-11 141

8. N200 P110 K100 111 124 2,8 81 34 12-15 6-12 156

Shirin qalampirning Marjona navi o'g'itsiz (nazorat) variantda hosildorlik 22,3 tonnani, N100P70K50 kg/ga minerai o'g'it berilgan variantda hosildorlik gektaridan 27,0 tonna, N150P90K75 kg/ga soling variantda 29,8 tonna va N200P110K100 kg/ga berilgan variantda esa 31,7 tonna hosil olindi yoki gektaridan 4,7; 7,5 va 9,4 tonna qo'shimcha hosildorlikga erishildi.

Zombello F1 duragayida o'g'it variantlari bo'yicha hosildorlik mos ravishda 24,0; 28,7; 32,3 va 34,1 t/ga yoki 4,7; 8,3 va 10,1 t/ga qo'shimcha hosildorlik qayd etildi.

® ©

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

o1

311

2-jadval

Himoyalangan yerlarda shirin qalampirni turli mineral o'g'itlar me'yorida o'stirilganda

hosildorligi va tovarligi

№ O'g'itlash me'yori, kg/ga O'rtacha hosildorlik, t/ga (2022) Shundan tovar hosil Standartga nisbatan qo'shimcha tovar hosil

t/ga % t/ga %

Marjona navida

1. O'g'itsiz (nazorat) 22,3 20,2 90,6 - 100

2. N100 P70 K50 27,0 25,4 94,0 5,2 125,7

3. N150 P90 K75 29,8 27,9 93,6 7,7 138,1

4. N200 P110 K100 31,7 29,9 94,3 9,7 148,0

Zombello F1 duragayida

5. O'g'itsiz (nazorat) 24,0 22,1 92,0 - 100

6. N100 P70 K50 28,7 26,9 93,7 4,8 121,7

7. N150 P90 K75 32,3 30,6 94,7 8,5 138,7

8. N200 P110 K100 34,1 32,4 95,0 10,3 146,6

Eng yuqori tovar hosil ikkala sinalgan Marjona navi va Zombello F1 duragayida (29,9-32,4 t/ga yoki 94,3-95,0%) o'g'itlash me'yorlari N200P110K100 kg/ga qo'llanilganda erishildi. Eng kam tovar hosildorlik (20,2-22,1 t/ga yoki 90,6-92,0%) o'g'itsiz (nazorat) variantda kuzatildi.

Xulosalar

1. Samarqand viloyati o'tloqi bo'z tuproqlari himoyalangan yerlar sharoitida shirin qalampirni o'sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga o'g'itlar me'yorlari sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Eng baland bo'yli (121-124 sm), yon shoxlar soni (2,7-2,8 dona), barglar soni (78-81 dona), bir tup o'simlikdagi mevalar soni (31-34 dona), bitta meva uzunligi (11-14 va 12-15 sm), diametri esa (6-11 va 6-12 sm), hamda o'rtacha bitta meva vazni (142-156 g) o'rganilgan Marjona navi va Zombello F1 duragayida o'g'itlash N200P110K100 kg/ga qo'llanilganda eng yuqori ko'rsatkich qayd etildi.

2. Shirin qalampirdan maqbul o'g'itlash me'yorlarida barqaror, yuqori sifatli hosil olish uchun N200 P110 K100 kg/ga o'g'itlar me'yorida mineral oziqlantirish, hosildorlikka ijobiy ta'sir etib, gektaridan 31-34 tonnadan oshirib sifatli hosil olishni ta'minladi.

REFERENCES

® ©

October 5-6

©

o1

312

1. Zuyev V.I., Ataxodjayev A.A., Asatov Sh.I., Kodirxujayev A., Akromov U.A. Himoyalangan yer sabzavotchiligi. Toshkent - 2018. 465 b.

2. Rasulov F.F. Shirin qalampir yetishtirish. T., 2021. 48 b.

3. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2002. -

4. O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reyestri. Toshkent - 2021. 51-52 b.

5. T. Ostonakulov, O. Alimardonov, I. Amanturdiev, A. Shamsiev. (2021). Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 11907-11916. Retrieved from.

6. Остонакулов Т.Э., Шамсиев А.А., Амантурдиев И.Х., & Турсунов Г.С. (2022). ОЦЕНКА СОРТОВ БАТАТА И РАЗРАБОТКА ТЕХНОЛОГИИ ИХ ВОЗДЕЛЫВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Международный научно-исследовательский журнал, (4-1 (118)), 162-169.

7. S.T.Sanaev., Kh.Kh.Khonkulov., I.Kh.Amanturdiyev "Yield And Marketability Of Potato Varieties With Different Numbers Of Irrigation Schemes And Fertilizer Standards In Case Of Uzbekistan." European Journal of Agricultural and Rural Education, vol. 2, no. 8, 2021, pp. 5-8.

8. Ruziboy Normakhmatov, & Ilkhom Kholmuminovich Amanturdiyev (2022). POSSIBILITIES OF USING GENETICALLY MODIFIED FOODS. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 39-42.

9. Qahhorov, S. Q. S., Sanayev, S. T., & Botirov, A. E. (2022). BROKKOLI KARAMINING OZIQ OVQAT HAVSIZLIGIDA TUTGAN O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(4), 97-101.

10. Каршиев А.Е. Бобомирзаев П.Х. Рол сорта, сроков инорм посева в технологии выращивания твердой пшенисы на богарах. Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва, 2022, № 4 (127). - С.44-47. (06.00.00; №

11. Hamdamova E.I., Suvonova G. Ko'ko't (poterium polygamum waldst. et. kit.) noan'anaviy yem-xashak zahirasi. International scientific-practical conference on

181-185 b.

5).

"CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS", 2022. Samarkand. pp. 778-782.

October 5-6

12. Almuth Mullner, Julia F. Hagenguth, Bernadette Pachler, Maria Buerstmayr, Sebastian Michel, David Hole, Herbert Huss, Hermann Buerstmayr. "Identification of common bunt resistance gene Bt12 in wheat". International Symposium of the Society for Plant Breeding e.V. (GPZ). DIGITAL BREEDING. Book of Abstracts. February 11-13, 2020. Tulln - Austria.

13. A.Maxmatmurodov, A.Djo'rayev, K.Sharifov. "Common weeds in winter wheat fields and measures to control them". Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22(33&34): 551-558; England. 2021 ISSN: 0972-2025.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

14. Kh.Yusupov. "Influence of fertilizer rate and application depth on typical rain-fed gray soils on soil fertility and winter wheat yield". International scientific practical online conference on human resources: problems, solution, perspectives. February 11-12 p. 2021.

15. Z.Bobokulov, A.Botirov "Teaching agricultural sciences: essence and teaching technology". Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition) 42(03):12-17 p. 2022.

16. EorapoB, A. 3., EOH^OHOB, y. M., & PycraMOBa, r. A. (2022). mAOTOHHHHHr TyPHH HABHAPHHH KACAHHHK 3APAPKyHAHAA^APrA ^APmH qH^AMHHHHrHHH yPrAHHmHHHr HHMHH ACOCHAPH. Academic research in educational sciences, 3(7), 176-182.

17. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root growth changes in the winter planting of young „Miyabi Fuji'apple trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.