Научная статья на тему 'KUZGI YUMSHOQ BUG„DOYNING YANGI “FARBOMA” NAVI SUG„ORISH TARTIBI'

KUZGI YUMSHOQ BUG„DOYNING YANGI “FARBOMA” NAVI SUG„ORISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

141
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug„oriladigan yerlar / o„tloqi-bo„z tuproq / nav / yumshoq bug„doy / Farboma navi / nam to„playdigan sug„orish / sug„orish soni / tuproqni cheklangan dala nam sig„imi / sug„orish tartibi / don / hosil.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — F. O. Qahramonova, P. Bobomirzayev

Ushbu maqolada Samarqand viloyatining sug„oriladigan o„tloqi-bo„z tuproqlari sharoitida sug„orish rejimining kuzgi yumshoq bug„doyning yangi “Farboma”navi o„sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‟siri o„rganilgan va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUZGI YUMSHOQ BUG„DOYNING YANGI “FARBOMA” NAVI SUG„ORISH TARTIBI»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

KUZGI YUMSHOQ BUG'DOYNING YANGI "FARBOMA" NAVI SUG'ORISH TARTIBI

F. O. Qahramonova

TDAU Samarqand filiali 2-bosqich magistranti

P. Bobomirzayev

TDAU Samarqand filiali professori v.v.b, q.x.f.d (Ds)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Samarqand viloyatining sug'oriladigan o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida sug'orish rejimining kuzgi yumshoq bug'doyning yangi "Farboma"navi o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri o'rganilgan va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: sug'oriladigan yerlar, o'tloqi-bo'z tuproq, nav, yumshoq bug'doy, Farboma navi, nam to'playdigan sug'orish, sug'orish soni, tuproqni cheklangan dala nam sig'imi, sug'orish tartibi, don, hosil.

Kirish: Suv resurslari cheklangan bizning qurg'oqchil sharoitda mavud suv zahiralaridan tejamli va samarali foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Jahon dehqonchiligida don, xususan bug'doy doni 2021 yilda 776,5 mln tonna ishlab chiqarilgan. Donli ekinlar hosildorligini oshirishga asosan yangi serhosil navlarni joriy etish, ma'dan o'g'itlar va suvdan samarali foydalanish hamda yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish orqali erishilmoqda.

Respublikada g'allachilikni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari ekin maydonlarini kengayishi, moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlanishi, yuqori hamda sifatli don hosili beradigan boshoqli don ekinlari yangi navlarini yaratish, ular urug'chiligini tashkil etish hamda ularning yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqilishi natijasida boshoqli don ekinlari maydonlari kengaytirildi, 1992 yilda respublikada yalpi hosil jami boshoqli don ekinlaridan 1 mln. 250 ming tonnani tashkil etgan bo'lsa 2020 yida ushbu ko'rsatkich 6 mln. 500 ming tonnaga yaqin bo'ldi. Sug'oriladigan yerlarda hosildorlik 17,0 sentnerdan 55,0 sentnerga ko'tarildi. Qishloq xo'jaligida o'tkazilgan islohotlar natijasida respublikamizda boshoqli don ekinlari jumladan bug'doy yetishtirish o'n barobarga, hosildorlik uch barobarga oshdi.

Ko'pgina bajarilgan ilmiy ishlar natijalari shuni ko'rsatadiki, sug'oriladigan mintaqalarda kuzgi bug'doydan mo'l

October 5-6

218

va sifatli don hosili yetishtirishda sug'orish tartibi muhim bo'lib unga rioya qilinganda kutilgan natijalarga erishish mumkinligini ko'rsatadi[1;2;4;7;9;10;12].

Shundan kelib chiqib Samarqand viloyati sug'oriladigan yerlarida yumshoq bug'doyning yangi Farboma navi hosildorligini oshirish, don sifatini yaxshilash, navning biologik xususiyatlari va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan sug'orish tartibini ishlab chiqish g'allachilikdagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Respublikamiz turli tuproq-iqlim sharoitlarida o'tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlarida tuproqning sug'orish oldi namligi CHDNS ga nisbatan 75-75-60% sug'orish tartibida (3 marta sug'orish, mavsumiy sug'orish meyori 2450 m3/ga) kuzgi bug'doyning "Kroshka" navi don hosili-58,0 s/ga, Farg'ona viloyatining o'tloqi bo'z tuproqlarida 70-70-60% sug'orish tartibida (4 marta sug'orish, mavsumiy sug'orish meyori 3990 m3/ga) kuzgi bug'doy don hosili-60,3 s/ga, Samarqand viloyatining o'tloqi tuproqlarida 65-65-60% sug'orish tartibida (3 marta sug'orish, mavsumiy sug'orish meyori 2530 m3/ga) kuzgi bug'doy don hosili-69,6 s/ga, Xorazm viloyatining o'tloqi tuproqlarida 75-75-60% sug'orish tartibida (4 marta sug'orish, mavsumiy sug'orish meyori 4100 m3/ga) kuzgi bug'doy don hosili-46,9 s/ga ni tashkil etdi [3].

Q.Eshmirzayev, R.Siddiqov, X.Yusupov tadqiqotlari natijalari ko'rsatishicha, vegetatsiya davomida intensiv tipdagi bug'doy navlarini 4-6, mahalliy navlarni esa 34 marta sug'orish talab etiladi.Sug'orish meyori tuproqning 0-100 sm qatlamidagi namlik miqdoriga qarab gektariga 650-700 dan 750-800 m3 ni tashkil etishi lozim

Adabiyotlar tahlilidan ko'rinib turibdiki, mavjud ma'lumotlar kuzgi bug'doy uchun qaysi sug'orish tartibi eng ma'qulligini tanlashga imkon bermaydi. Bunga sabab bu ma'lumotlarning turli tumanligi emas, balki mualliflarning eng maqbul sug'orish rejimini tanlashda don sifatini hisobga olmay faqat hosildorlikni nazarda tutishidir.

Tadqiqot metodologiyasi. Dala tajribalarini Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi "FARBOMA SELEKT" ilmiy urug'chilik fermer xo'jaligi sharoitida o'tkazdik. Dala tajribalari o'tkazilgan o'tloqi-bo'z tuproqlarining mexanik tarkibi o'rtacha qumoq. Sug'orishlar meyori Chipoletti suv o'lchagichi yordamida aniqlandi. Dala tajribalarida sug'orish tartibi 4 variantda l.Kuzgi nam to'plash (fon), 2. Fon + 65-70-60% CHDNS, 3. Fon + 70-75-

[11].

65% CHDNS, 4. Fon + 75-80-70% CHDNS Farboma navining

October 5-6

o'sishi, rivojlanishi, don hosili va sifatiga ta'sirini o'rgandik. Tajriba dalasi tuprog'ini CHDNS tuproqni 0-100 sm qatlamida 21,7 foizni tashkil qildi. Tajribada o'simlik parvarishi mazkur mintaqa uchun qabul qilingan agrotexnika asosida bajarildi. Dala tajribasida o'tkazilgan tuproqning suv-fizik xossalarini o'rganishda "Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polevnix xlopkovix rayonax" [8] va barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchovlar O'zPITIning «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» [5] uslubiy qo'llanmalaridan foydalanildi. Hosildorlik bo'yicha olingan malumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov [6] bo'yicha aniqlandi.

Tahlil va natijalar. Tajribalarimiz natijalarida yumshoq bug'doyning Farboma navi o'sishi, rivojlanishi uchun tuproq namligi bilan maqbul miqdorda taminlanishi ularning tuplanish darajasiga, hosil strukturasi, don hosili va uning sifatiga ijobiy tasir ko'rsatishi aniqlandi. Kuzda ekilgan bug'doyning rivojlanish sur'ati ma'lum darajada o'sish sharoitiga, tur va navning biologik xususiyatlariga, tup qalinligiga, tuproqning namligiga, havo xaroratiga, urug'larning ekish chuqurligiga, ekish muddatlariga, meyorlariga, o'g'itlash va sug'orish meyorlari va boshqa omillarga bog'liqdir. Fenologik kuzatuvlar har bir rivojlanish davrining boshlanishidan (10%) toki 75% o'simlikda namoyon bo'lguncha har ikki kunda doimiy amalga oshirib borildi. Navning unib chiqish-tuplash davri asosan sug'orish tartibiga ko'ra o'zgarmadi 46 kunda kuzatildi. Tuplash-naychalash (poya hosil qilish) davri. Bu davrda o'simlik tez o'sadi, uning massasi tez ko'payadi. Shuning uchun bu davrda o'simliklarni oziq moddalarga va namga talabchanligi oshadi. Tuplash-naychalash davri fevral oyining oxiri va mart oyining boshida 73 kunda davom etganligi kuzatildi. Naychalash-boshoqlash davri nav xususiyati bilan birga qo'llanilgan agrotexnik omillar, ya'ni sug'orish tartibi asosida ham o'zgarishi aniqlandi. Sug'orishdan oldingi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 65-70-60% bo'lganda 48 kunda, sug'orishdan oldingi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-75-65% bo'lganda 51 kunda, sug'orishdan oldingi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 75-8070% bo'lganda esa 54 kunda boshoqladi ya'ni o'simlikning namlik bilan ta'minlanishi yaxshilanishi bilan uning o'suv o'zayib bordi.

O'suv davri tahlil qilinganda, sug'orish tartibiga asosan o'zgarishi aniqlandi. Sug'orishdan oldingi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 65-70-60% bo'lganda navlarning o'suv davri 221kunni tashkil etib, to'liq pishish fazasi 10 iyunda kuzatildi.

Bu ko'rsatkich sug'orishdan oldingi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-75-65% bo'lganda navlarning o'suv davri

226 kunni tashkil etib, CHDNS 65-70-60% variantiga nisbatan

October 5-6

o'rtacha 5 kunga uzayishi aniqlandi. To'liq pishish davri o'rganilganda Farboma navida 13 iyunda kuzatildi.

Sug'orishdan oldingi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 75-80-70% bo'lganda o'suv davri 230 kunni tashkil etib, CHDNS 65-70-60% variantiga nisbatan o'rtacha 10 kunga, CHDNS 70-75-65% variantiga nisbatan o'rtacha 5 kunga uzayishi aniqlandi. Sug'orish sonining kamayishi va sug'orishlar oralig'idagi davrning uzayib borishi o'simlikning rivojlanish bosqichlarining qisqarishiga olib keldi. Tuproqdagi namlik miqdori kuzgi yumshoq bug'doyning rivojlanish jarayoniga bevosita ta'sir etdi.

Sug'orishning 75-80-70% % CHDNS tartibida paykalning ayrim joylarida o'simliklar yotib qolishiga olib keldi. Yotib qolganda o'simliklarni zang bilan zararlanish kuchaydi, donlari mayda va puch bo'ldi, sifati pasaydi. Hosilni kombaynlar bilan yig'ishtirish qiyinlashtirdi.

Tajriba dalasida sug'orish yumshoq bug'doyning tuplanish-naychalash, boshoqlash gullash va sut pishish fazalarida o'tkazilganda tuproqning 0-100 sm qatlamidagi namlikni nam to'playdigan sug'orish fonida tuproqni cheklangan dala nam sig'imi 65-70-60; 70-75-65 va 75-80-70 % holida ushlandi. Sug'orish tartibi CHDNSning 65-70-60% ushlab turilganda uch marta, 70-75-65 %da to'rt marta va 75-80-70 % ushlab turilganda besh marta sug'orildi. Buning uchun sug'orish tartibida bug'doy navlarining yillik suv istemoli sarfi 65-70-60 % CHDNS da navlarning biologik xususiyatlari, ob-havo sharoitlari va tuproqdagi namlik zahirasiga qarab gektariga 3300 m3ni, 70-75-65 % CHDNS da 3950 m3ni va 75-80-70 % CHDNS da 4670 m3ni tashkil etdi.

Sug'oriladigan yerlarda kuzgi g'alla ekinlaridan barqaror, mo'l va sifatli don olish uchun muqobil sug'orish, oziqlantirish rejimiga va yuksak agrotexnikaga asoslangan jadal texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish, har bir qishloq xo'jaligi ekinlarini ekishdan oldin, uning hosildorligiga va shu hosildorlikka ta'sir etuvchi omillardan biridir. Ilmiy asoslangan intensiv texnologiyani tadbiq qilish evaziga don hosildorligi 2-2,5 barobarga oshadi.

Tadqiqotlarimizda kuzgi yumshoq bug'doy navining don hosildorligi tuproq namligiga bog'liqligi kuzatildi.

Farboma navi hosili faqat kuzda ekish oldidan nam to'plash sug'orilgan variantda (FON) gektaridan 24,1 sentner eng yuqori don hosildorligi sug'orishdan oldingi tuproq namligi CHDNSga nisbatan Fon+70-75-65% variantda gektaridan 73,0 sentner bo'lishi aniqlandi.

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Xulosalar. Shunday qilib, Samarqand o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi bug'doyni yangi Farboma navidan mo'l va sifatli hosil yetishtirish uchun kuzda ekish oldidan 1200 ga/m3 hisobida tuproqda nam to'playdigan sug'orish o'tkazib, o'suv davrida sug'orish tartibi tuproq namligini CHDNSning 70-75-65 % da ushlash orqali hosil sturukturasi, don hosili va sifatining yaxshilanishi kuzatildi.

REFERENCES

1. Atakulov T.U. Vliyaniye rejima orosheniya na urojaynost ozimoy pshenitsi v usloviyax tipichnix serozemnix pochvax. Tashkent.: 2000. - 22 s.

2. Babitsskiy A.F. Urojay i urojayniye kachestva semyan pshenitsi // Agrarnaya nauka. -Moskva, 2012.-№ 7.-S. 20-22.

3. Bezborodov G.A., Toshmatov M.N., Shamsiyev A.S. Rejim orasheniya ozimoy pshenitsi v usloviyax Uzbekistana // O'zbekistonda bug'doy seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish texnologiyasiga bag'ishlangan birinchi milliy konferensiya. -Toshkent: 2004. - B. 174-175.

4.Boboqulov Z., Botirov A. TEACHING AGRICULTURAL SCIENCES: ESSENCE AND TEACHING TECHNOLOGY. TEACHING AGRICULTURAL SCIENCES: ESSENCE AND TEACHING TECHNOLOGY.

5. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari.- O'zPITI, -Toshkent, 2007.-145 b.

6. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. -M., 1985. -356 s.

7. Djumaniyazova Y., Ibragimov N., Ro'zimov J., Kuyozov I. Bug'doy hosilini bashorati// O'zbekiston qishloq xo'jaligi. -Toshkent, 2007.- № 12.-B.22.

8.Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax. - Tashkent:, 1962. - 440 s.

9.Sanaev S.T., Khonkulov Kh.Kh., Amanturdiyev I.Kh."Yield And Marketability Of Potato Varieties With Different Numbers Of Irrigation Schemes And Fertilizer Standards In Case Of Uzbekistan." European Journal of Agricultural and Rural Education, vol. 2, no. 8, 2021, pp. 5-8.

10.Rizayev Sh.X.The influence of agro-technical and chemical weeds control measures and yield of autumn wheat in Zarafshon valley of Uzbekistan. Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22 (67&68): 38-46 England. 2021 ISSN: 0972-2025.

11. Eshmirzayev Q., Siddiqov R., Yusupov X. G'alladan mo'l hosil yetishtirish omillari// O'zbekiston qishloq xo'jaligi. 2009. -№ 4. -B.3-4.

12. Bobomirzayev P., Boboqulov Z.R. Photosynthetic activity of durum wheat on irrigated lands at different times and seeding

October 5-6

222

rates.lst International Forum on Bioeconomy for Sustainable Development of Countries and Regions (IFBSDCR) 27th & 28th April 2022, Samarkand 2022, 102109 рр.

13. Alisher Botirov, Baxodir Ochilov, & Furqat Hasanov (2022). ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO'NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 202-207.

14. Ботиров, А. Э., Бойжонов, У. М., & Рустамова, Г. А. (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА КАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ УРГАНИШНИНГ ИЛМИИ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(7), 176-182.

15. Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 293-297.

16. Улугбек Бойжонов, Урмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров (2022). САМАРКАНД ИЛМИИ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ МАИДОНЛАРИДАГИ истикболли урик навларида ФЕНОФАЗАЛАРНИ УТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 287-292.

17. Botirov, A., Arakawa, O., & Zhang, S. (2021). Forecasting Young Apple Tree Bud Status with a Visible/Near-Infrared Spectrometer.

18. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root growth changes in the winter planting of young 'Miyabi Fuji'apple trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233.

19. Botirov, A., & Arakawa, O. (2022). THE INTERACTION OF ROOTSTOCKS, WATER AND SOIL HUMECTANTS AND YOUNG APPLE TREE GROWTH. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 43-56.

20. Botirov, A., An, S., Arakawa, O., & Zhang, S. (2022). Application of a visible/near-infrared spectrometer in identifying flower and non-flower buds on 'Fuji' apple trees. Indian Journal of Agricultural Research, 56(2), 214-219.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.