Научная статья на тему 'KUZGI YUMSHOQ BUG`DOYNING “JASMINA” NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA‟SIRI'

KUZGI YUMSHOQ BUG`DOYNING “JASMINA” NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA‟SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

161
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug„oriladigan yerlar / to„q tusli bo„z tuproq / nav / yumshoq bug„doy / Jasmina navi / ekish meyori / rivojlanish fazalari / unib chiqish / tuplash / naychalash / o‟sish davri / don / hosil

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Rustamov, P. Bobomirzayev, J. Fayzimurodov

Maqolada sug„oriladigan yerlarning to„q tusli bo„z tuproqlari sharoitida ekish meyorlarining yumshoq bug„doyning “Jasmina” navi don hosildorligiga ta‟siri o„rganilgan va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUZGI YUMSHOQ BUG`DOYNING “JASMINA” NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA‟SIRI»

KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA'SIRI

M. Rustamov

TDAU Samarqand filiali 2-bosqich magistranti

P. Bobomirzayev

TDAU Samarqand filiali professori v.v.b, q.x.f.d (Ds)

Maqolada sug'oriladigan yerlarning to'q tusli bo'z tuproqlari sharoitida ekish meyorlarining yumshoq bug'doyning "Jasmina" navi don hosildorligiga ta'siri o'rganilgan va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: sug'oriladigan yerlar, to'q tusli bo'z tuproq, nav, yumshoq bug'doy, Jasmina navi, ekish meyori, rivojlanish fazalari, unib chiqish, tuplash, naychalash, o'sish davri, don, hosil.

Kirish. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash, qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini to'la qonidirish, fermer xo'jaliklarini ustuvor xo'jalik yuritish shakli sifatida samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlash va boshqa yo'nalishlarda tizimli, keng qamrovli chora-tadbirlar samarali amalga oshirlmoqda.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qishloq xo'jaligida chuqur islohatlar o'tkazildi. Don ekinlarining yangi serhosil, don sifati yuqori, kasalliklarga zararkunandalarga, tabiatning noqulay omillariga yotib qolishga chidamli navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda.

Kuzgi bug'doy o'stirishning eng muhim texnologik usullari ekish me'yorlarini to'g'ri belgilashdir.

Sug'orladigan yerlarda kuzgi yumshoq bug'doyning yangi "Jasmina" navi don hosilidan bo'shagan maydonlarga suv ta'minoti, ijobiy yoki faol harorat yig'indisi, ekinlarning, navlarning o'suv davri, ularning

J. Fayzimurodov

TDAU Samarqand filiali assistenti

ANNOTASIYA

hosilini shakllanish xususiyatlari hisobga olingan holda etishtirish

October 5-6

texnologiyasini takomillashtirish asosida tannarxi past, sifatli mahsulot etishtirish muhim ahamiyatga molik.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Ekish me'yorlari tuproq-iqlim sharoitlariga qarab o'zgaradi. Qalin ekish sernam, shimoliy mintaqalarda qalinlashadi. Janubiy mintaqalarda nisbatan kam bo'ladi. Sernam shimolda ekish me'yorini belgilaydigan asosiy omillar - yorug'lik va tuproq unumdorligi bo'lsa, qurg'oqchil mintaqalarda -o'simlikning nam bilan ta'minlanishidir. Shuning uchun sug'oriladigan yerlarda ekish me'yori lalmikorlikdagidan ancha ko'p bo'ladi.

Ekish me'yori gektariga kilogramm yoki unib chiqadigan urug'lar soni (million hisobida 1 ga ekilgan urug'lar) bilan ifodalanadi. Urug'larni vazni bo'yicha ekish me'yori belgilanganda ularning yirikligi e'tiborga olinmaydi. Shuning uchun 1000 dona urug' vazni har xil bo'lganda vazni bir xil ekish me'yorida turli sondagi urug'lar ekilib oziqlanish maydoni har xil bo'ladi. Ekish me'yorini bir gektarga ekiladigan urug'lar soniga qarab aniqlash to'g'ri bo'ladi. Bunda yirikligi har xil urug'lar ekilganda ham o'simliklarni oziqlanish maydoni bir xil bo'ladi.

Hozirgi paytda O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida ekish me'yorlari gektariga 3,5-4,5; 6,0 mln/ga urug' hisobida tavsiya qilinmoqda.

Andijon viloyatida R.I.Siddiqov tadqiqotlari natijalarida, kuzda ekilgan bug'doyning Kroshka, Polovchanka navlari uchun 4,0-5,0 mln. dona unuvchan urug' hisobida bo'lib, Mars-1 navida 4,0 mln. dona urug' O. Qodirov, J.Nematjonov tajribalarida esa, Polovchanka, Chillaki navlarini gektariga 5,0 mln.unuvchan urug' ekish maqbul ekanligi belgilangan [6].

Qoraqalpog'iston Respublikasining sho'rlangan yerlarida Z.Sultonovaning olib borgan tadqiqotlarida ko'rsatishicha, bahori bug'doy navlari optimal ekish me'yori gektariga 6,0 mln unuvchan urug' bo'lib, Chimbay va Favorit navlarining don hosildorligi muvofiq holda gektaridan 25,1; 27,6 sentnerni tashkil etgan. Chimbay navida Favorit naviga nisbatan zararli tuzlar kam to'plangan. Shu sharoitda Z.Sultonovaning tadqiqotlari natijalarida aniqlanishicha, Krasnodarskaya 99 navida eng yuqori don hosili 5,0 mln unuvchan urug'/ga ekilganda-35,2 s va Polovchanka navida esa, 6,0 mln unuvchan urug'/ga ekilganda -40,2 s/ga olingan[5].

G'.G'aybullayev va boshqalar tajribalari natijalarida Krasnodarskaya 99 navi uchun ekish meyori 4,5 mln unuvchan urug'/ga va o'g'it meyori N180R135K90 kg/ga qo'llanilgan variantda o'rganilgan boshqa variantlarga nisbatan hosildorlik va urug'lik sifati yuqori bo'lishi aniqlangan[2].

Siyrak va shuningdek ortiqcha zich ekilgan ekinlar

hosilining past bo'lishligi ma'lum. Birinchi holda o'simliklar soni

October 5-6

kam bo'lsa, ikkinchi holda esa tuproqda namlik va oziq moddalar yetishmasdan qoladi. Bundan tashqari zich ekinzorlar tez yotib qoladi. Normal poyalar ma'lum sharoitda eng yaxshi me'yorlarda olinadi. Ekish me'yorini navlar va ekish muddatlariga bog'liq holda aniqlash zarur .

Tadqiqot metodologiyasi. Dala tajribalarini Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi "FARBOMA SELEKT" ilmiy urug'chilik fermer xo'jaligi sharoitida o'tkazdik. Tajribada kuzgi bug'doyni 1 oktyabr, 21 oktyabr, 11 noyabr va ldekabr ekish muddatlarining har birida ekish me'yori gektariga 2,0; 2,5; 3,0 va 3,5 mln. dona unuvchan urug' hisobida ekilib o'rganildi. Dala tajribalari 4 qaytariqli hisobga olinadigan paykallarning kattaligi 50 m2, 2 yarusli qilib joylashtirildi. Dala tajribasida o'tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchovlar O'zPITIning «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» uslubiy qo'llanmalaridan foydalanildi. Kleykovina miqdori GOST 13586-1-68 bo'yicha aniqlandi[4].

Hosildorlik bo'yicha olingan malumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov bo'yicha aniqlandi[3].

Tahlil va natijalar. Tajribalarimizda ekish me'yorlari hamda kuzda ekilgan bug'doy urug'larining dala sharoitidagi unuvchanligiga sezilarli ta'sir qildi.

1- Jadval.

Jasmina navi urug'lari dala unuvchanligining ekish me'yorlariga bog'liqligi (2020-2022

yillar).

Ekish me'yori, gektariga mln dona unuvchan urug' 2 1m unib chiqqan o'simlik soni, dona dala unuvchanligi, %

3,0 265,8 88,6

4,0 347,6 86,9

5,0 424,5 84,9

6,0 490,8 81,8

Urug'larning dala sharoitida unuvchanligi ekish me'yorlariga боглик; холда Jasmina навида 81,8 dan 88.6 gacha o'zgarib turdi (1-jadval). Tadqiqotlarimizda Jasmina navi Ekish me'yori gektariga 6.0.mln unuvchan urug' bo'lganda dala sharoitidagi unuvchanlik 3.0.mln unuvchan urug' ekilganga nisbatan 6,8%% kamaydi.

O'simlik tup qalinligi kuzgi bug'doy o'sishi, rivojlanishi va hosildorligini aniqlaydigan muhim omillardan biri hisoblanadi.

October 5-6

260

Urug'lar siyrak ekilganda maydonlardan o'simlik yetarli foydalana olmaydi, dalani begona o'tlar bosadi, tuplanishi oshib ketadi, natijada har hil sifatli urug' shakllanadi, mahsuldor poyalar yetarli bo'lmaydi, pishish davri uzayadi. Aksincha zich ekilgan maydonlarda o'simlikka namlik, oziq moddalar yetishmasligi yotib qolishi tufayli tovarligi va urug'ning sifati past bo'ladi, puch donlar hosil bo'ladi, hosildorlik kamayadi [8;9;10;11;12].

B.R.Irmulatov, B.A.Mustafayevlar takidlaydiki, bug'doyning optimal ekish me'yori o'simlikning maydon bo'yicha bir tekis joylashishiga, tuproq resurslari sarflanishini tejashga imkon beradi va hosildorlikni 19-21% ga oshiradi[7].

2 -jadval

Ekish me'yorlarining yumshoq bug'doyning yangi Jasmina navi don hosildorligiga ta'siri,

s/ga

Ekish me'yori mln. dona unuvchan urug'/ga Takroriylik O'rtacha

I II III

3,0 58,0 53,3 60,0 57,1

4,0 60,2 57,8 64,1 60,7

5,0 62,0 58,4 65,6 62,0

6,0 60,8 55,4 62,0 59,4

S ^ (%)= 1,2 1,31 1,3

EKF05(s/ga)= 1,9 2,04 2,2

Tajribalarimizda Jasmina navi ekish meyorini gektariga 3,0 mln. dan 5,0 mln gacha oshirganda hosildorlik 62,0 sentnerni tashkil qildi yoki don hosili gektariga 4,9 sentner ko'paydi. Ekish meyorini gektariga 5,0 mln.dan 6,0 mln. oshirganda don hosili 2,6 sentnerga kamaydi (2-jadval).

Shunday qilib, Samarqand viloyatining sug'oriladigan yerlarida yumshoq bug'doyning Jasmina navini maqbul ekish meyori gektariga 5,0 mln.unuvchan urug' ekanligi aniqlandi. Ekish meyorini ko'rsatilgan meyordan kamaytirish yoki oshirish ham don hosilini kamayishiga olib keladi.

Urug'lar siyrak ekilganda maydonlardan o'simlik yetarli foydalana olmaydi, dalani begona o'tlar bosadi, tuplanishi oshib ketadi, natijada har hil sifatli urug' shakllanadi, mahsuldor poyalar yetarli bo'lmaydi, pishish davri uzayadi. Aksincha zich ekilgan maydonlarda o'simlikka namlik, oziq moddalar yetishmasligi yotib qolishi tufayli tovarligi va urug'ning sifati past bo'ladi, puch donlar hosil bo'ladi, hosildorlik kamayadi.

October 5-6

261

Xulosalar. Samarqand viloyatining sug'oriladigan yerlari sharoitida yuumshoq bug'doyning intensiv tipdagi Jasmina navi maqbul meyorda (gektariga 5,0 mln. unuvchan urug') ekilganda yuqori don hosilini shakllantirdi.

REFERENCES

1. Bobomirzayev P., Boboqulov Z.R. Photosynthetic activity of durum wheat on irrigated lands at different times and seeding rates.lst International Forum on Bioeconomy for Sustainable Development of Countries and Regions (IFBSDCR) 27th & 28th April 2022, Samarkand 2022, 102-109 рр.

2. Гайбуллаев С., Ковалев А.И., Мусулманов М. Некоторые премы агротехники мягкой пшеницы в орошаемых условиях Узбекистана// Новые агротехнические приемы в повышение урожайности зерновых, зернобобовых и кормовых культур. - Ташкент, 1986. -С.25.

3. Dospexov B.A. Metodika polevogo opbita. M.Kolos, 1985, 317 s.

4. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari.- O'zPITI, -Toshkent, 2007.-145 b.

5. Султанова З. Изучение продуктивности и соленакопления сортов яровой пшеницы при различном нормах высева в условиях приаралья // Агро илм. -Тошкент, 2010.- № 2 (14). -С.25-26.

6.Сиддиков Р.И. Сугориладиган ерларда кузги бугдой етиштириш технологиясини такомиллаштиришнинг илмий-амалий асослари: Кх. фан. док. ... дис. автореф. - Тошкент: 2007.-40 б.

7. Ирмулатов Б.П., Мустафаев Б.А. Влияние сроков посева нормы высева на урожайность современных сортов яровой пшеницы // Аграрная наука.-Москва,2014.-№ 9.-С. 13-14.

8.Sanaev S.T., Khonkulov Kh.Kh., Amanturdiyev I.Kh."Yield And Marketability Of Potato Varieties With Different Numbers Of Irrigation Schemes And Fertilizer Standards In Case Of Uzbekistan." European Journal of Agricultural and Rural Education, vol. 2, no. 8, 2021, pp. 5-8.

9.Rizayev Sh.X.The influence of agro-technical and chemical weeds control measures and yield of autumn wheat in Zarafshon valley of Uzbekistan. Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22 (67&68): 38-46 England. 2021 ISSN: 0972-2025.

10.0стонакулов Т.Э., Шамсиев А.А., Амантурдиев И.Х., & Турсунов Г.С. (2022). ОЦЕНКА СОРТОВ БАТАТА И РАЗРАБОТКА ТЕХНОЛОГИИ ИХ ВОЗДЕЛЫВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ.

October 5-6

Международный научно-исследовательский журнал, (4-1 (118)), 162-169.

11. Bobomirzayev P., Tursunov Sh. Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley/ Journal of Hunan University (Natural Sciences) Vol. 49. No. 01. January 2022.

12. Makhmatmurodov A.U.,Mashrabov M. Yield of corn grain at various forms and rates of phosphorus fertilizers on the unwashed and washed off typical gray soils. European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Available Online at: Vol. 2 No. 2, February 2021. -P. 3-5. https://www.scholarzest.com

14. Qahhorov, S. Q. S., Sanayev, S. T., & Botirov, A. E. (2022). BROKKOLI KARAMINING OZIQ OVQAT HAVSIZLIGIDA TUTGAN O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(4), 97-101.

15. Ботиров, А. Э., Бойжонов, У. М., & Рустамова, Г. А. (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА КАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ УРГАНИШНИНГ ИЛМИИ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(7), 176-182.

16. Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 293-297.

17. Улугбек Бойжонов, Урмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров (2022). САМАРКАНД ИЛМИЙ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ МАЙДОНЛАРИДАГИ ИСТЩБОЛЛИ УРИК НАВЛАРИДА ФЕНОФАЗАЛАРНИ УТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 287-292.

18. Botirov, A., Arakawa, O., & Zhang, S. (2021). Forecasting Young Apple Tree Bud Status with a Visible/Near-Infrared Spectrometer.

• О

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

О

©

263

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.